03.03.2026 yildagi 90-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreativ iqtisodiyot sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Kreativ iqtisodiyot toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 26-martdagi PF-61-son Farmoni va “Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 16-fevraldagi PQ-64-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreativ industriya parki faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreativ industriya sohalaridagi iqtisodiy faoliyat turlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kreativ industriya parki uchun barpo etilayotgan obyekt foydalanishga topshirilguniga qadar uning direksiyasi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasining Toshkent shahri Mirobod tumani T. Shevchenko koʻchasi 1-uy manzilidagi binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi G.O. Umerova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 3-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-martdagi 90-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashining (keyingi oʻrinlarda — Kengash) asosiy vazifalari va huquqlari, tarkibini shakllantirish hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining “Kreativ iqtisodiyot toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kengash kreativ industriya sohalarini rivojlantirish boʻyicha jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatadigan maslahat organidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Kengashning tarkibi va uni shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kengashning tarkibi kreativ industriya sohalari boʻyicha tegishli davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, kreativ industriya sohalaridagi yetakchi tadbirkorlar hamda xalqaro va mahalliy ekspertlardan iborat boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kengash rais, rais oʻrinbosari, uning aʼzolari va kotibidan — jami 15 nafar kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi. Kengash raisining taqdimnomasiga binoan Kengash majlisida Kengash raisi oʻrinbosari saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi. Kengash faoliyatiga vazirlik va idoralar rahbarlari, tegishli soha vakillari va mutaxassislar jalb etilishi mumkin. Bunda jalb qilinadigan mutaxassislar Kengash raisi tomonidan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Kengashning asosiy vazifalari va huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish va kreativ industriya sohalarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreativ industriya sohalaridagi iqtisodiy faoliyat turlarini belgilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreativ industriyaning istiqbolli yoʻnalishlari va “oʻsish nuqtalari”ni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreativ industriya parki faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish hamda faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreativ industriya sohalarida investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish va xalqaro bozorlarga chiqish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreativ industriya sohalarida adolatli monetizatsiya mexanizmlarini takomillashtirish hamda shu orqali intellektual mulk, shu jumladan, mualliflik huquqlarini himoya qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreativ industriya sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreativ industriya sohasida davlat organlari, xususiy sektor va nodavlat tashkilotlar oʻrtasida samarali hamkorlikni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarining kreativ iqtisodiyot sohalariga taalluqli masalalar yuzasidan axborotlarini eshitish hamda tegishli qaror qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kengash quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreativ iqtisodiyot toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlaridan kreativ iqtisodiyotga oid zarur materiallar va maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarda kreativ iqtisodiyot toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga zid kelgan nomuvofiqliklar aniqlangan hollarda, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash majlislarida davlat organlari va tashkilotlarining kreativ iqtisodiyot sohalariga oid takliflarini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan kreativ iqtisodiyot boʻyicha muammo va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgani aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish choralarini koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kengash oʻz vakolatlari doirasida faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha ekspert kengashlari va ishchi guruhlarni tuzishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Kengashning faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Kengash majlisi Kengash faoliyatining asosiy tashkiliy shakli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kengash majlisining kun tartibi, shuningdek, uni oʻtkazish joyi va vaqti Kengash raisi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kengash majlislarini Kengash raisi olib boradi, rais qatnashmagan hollarda esa, Kengash majlisini uning oʻrinbosari olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Kengash majlisi, zaruratga koʻra, bir yilda kamida bir marotaba oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kengash majlisi oʻz aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kengashning qarori majlisda qatnashayotgan Kengash aʼzolarining ochiq ovoz berishi orqali majlis ishtirokchilarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raislik qiluvchi oxirida ovoz beradi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Kengashning qaroridan rozi boʻlmagan Kengash aʼzosi oʻzining alohida fikrini yozma tarzda bayon qilishga haqli boʻlib, ushbu fikr majlis bayonnomasiga qoʻshib qoʻyiladi, lekin eʼlon qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kengash qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, uni Kengash raisi yoki majlisga raislik qilgan uning oʻrinbosari va Kengash kotibi imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Kengash qarorlarining mazmuni (sharhi) ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilib borilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Foydalanish huquqi cheklangan axborotlarni oʻzida mujassam etgan materiallar Kengashning yopiq majlislarida vakolatli aʼzolar ishtirokida koʻrib chiqiladi. Ushbu majlislarda qabul qilingan qarorlar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Kengashning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — Ishchi organ) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ishchi organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan zarur hujjatlarni, materiallar va takliflarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash faoliyatiga taalluqli materiallarni umumlashtirish va tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash faoliyatini taʼminlash uchun boshqa zarur boʻlgan barcha choralarni koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Kengash faoliyati moddiy-texnik jihatdan Ishchi organ tomonidan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar hisobidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-martdagi 90-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreativ industriya parki faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Kreativ industriya parki va uning direksiyasi faoliyatini tashkil etish, kreativ industriya subyektlarini Kreativ industriya parki rezidentligiga qabul qilish hamda rezidentlarga soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreativ industriya parki (keyingi oʻrinlarda — Kreativ park) — Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida eksterritoriallik prinsiplari asosida kreativ industriya sohalarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida faoliyat koʻrsatadigan tashkiliy-huquqiy tuzilma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreativ park direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) — Kreativ park faoliyatini belgilangan tartibda boshqaruvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreativ industriya subyektlari — kreativ mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish, saqlash, tarqatish va ilgari surish bilan shugʻullanadigan jismoniy va yuridik shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreativ mahsulot — kreativ iqtisodiyot sohasida iqtisodiy qimmatga ega boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar), shuningdek, boshqa fuqarolik-huquqiy bitimlar obyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreativ park rezidenti — Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik faoliyatini yurituvchi, belgilangan tartibda Kreativ park rezidentligini olgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertlar kengashi — Kreativ park rezidenti maqomini olish uchun talabgorlik qiluvchi kreativ industriya subyektlarining arizalarini koʻrib chiqish va tahlil qilish maqsadida Direksiyada malakali mutaxassislardan iborat tarkibda tashkil etiladigan kollegial ekspert-konsultativ organ. Ekspertlar kengashining ish tartibi va tarkibi Direksiya tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
veb-portal — Kreativ park rezidenti maqomini olish uchun kreativ industriya subyektlaridan hujjatlar qabul qilish, Direksiya va uning rezidentlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik qilish, shu jumladan, ulardan hisobotlar, xulosalar, biznes-rejalar va boshqalarni qabul qilish uchun moʻljallangan Direksiyaning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-sayti. Veb-portalning ishlash tartibi Direksiya tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
virtual ofis — Internet jahon axborot tarmogʻida joylashgan yuridik (pochta) manzili orqali (jismoniy joylashmagan holda) xodimlar oʻz ishlarini bajarishlari, Kreativ park bilan kontragentlar (yetkazib beruvchilar, xaridorlar, davlat organlari va boshqalar) muloqot qilish imkonini beruvchi joy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Kreativ parkning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreativ iqtisodiyot sohasida raqobatbardoshli mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqilishini rivojlantirish va ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ichki va tashqi bozorlarga kirib borishini va innovatsion ishlanmalarni ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreativ park rezidentlariga faoliyatni amalga oshirish uchun zarur infratuzilma, shu jumladan, zamonaviy laboratoriyalarni ijaraga berish, ularga moliyaviy, marketing, yuridik va boshqa konsalting xizmatlarini koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
startap-loyihalarni amalga oshirishda, shu jumladan, venchur moliyalashtirish asosida qoʻllab-quvvatlash, kreativ iqtisodiyot sohasida faoliyatini yangidan boshlayotgan va kichik tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun mahalliy va xorijiy investorlarni jalb etishda oʻz rezidentlariga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreativ mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish zanjirining uzluksizligini taʼminlash uchun ilmiy, ilmiy-tadqiqot, oʻquv va ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyati oʻzaro integratsiyasiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreativ iqtisodiyot sohasida yuqori malakali mutaxassislarning zamonaviy sinfini shakllantirish maqsadida aholi va yoshlarning oʻqitilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreativ iqtisodiyot sohasida yetakchi kompaniyalar va mutaxassislarni jalb etgan holda mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Kreativ park direksiyasi faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Direksiyaga belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan Direktor rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktorning vakolatlari Direksiya ustavida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Direksiya faoliyati quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreativ park rezidentlari tomonidan toʻlanadigan aʼzolik badallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetidan Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi orqali ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasining oʻz hisobidan ajratiladigan, shu jumladan, Kreativ park hududida joylashgan davlat sherigiga tegishli boʻlgan bino va inshootlarni ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yaratish va realizatsiya qilish va boshqa faoliyat turlaridan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Direksiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreativ park rezidenti maqomini olish uchun kreativ industriya subyektlaridan buyurtmanomalar qabul qilinishini tashkil etadi, shuningdek Kreativ park rezidentlarini Rezidentlarning yagona reyestriga (keyingi oʻrinlarda — rezidentlar roʻyxati) kiritish va Kreativ park rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtganlikni tasdiqlovchi guvohnoma (sertifikat) berish orqali Kreativ park rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreativ industriya subyektlarining Kreativ park rezidenti maqomini olish uchun bergan arizalarini xolis, professional va mustaqil tarzda koʻrib chiqishni taʼminlash, shuningdek, Kreativ park rezidentlari faoliyatini baholash uchun Ekspertlar kengashini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga muvofiq kreativ industriya subyektlari tomonidan taqdim etilgan biznes-rejalarning Ekspertlar kengashi hamda boshqa ekspertlarni (ilmiy va boshqa tashkilotlar, olimlar va mutaxassislarni) jalb qilish orqali ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreativ iqtisodiyot sohasida yagona axborot maydonini shakllantirish, Kreativ park faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, shuningdek, Kreativ park rezidenti maqomini berish jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida veb-portal tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma asosida Kreativ park rezidentlari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga uskunalar, laboratoriya, tajriba uchun ishlab chiqarish maydonlari, ofislar, oʻquv xonalari, konferens zallar, auditoriyalar va boshqa xonalarni ijaraga beradi, shuningdek, virtual ofis va tadbirkorlikni boshlash va tashkil etish boʻyicha hujjatlarni tayyorlash xizmatlarini koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreativ iqtisodiyot sohasida kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreativ park va uning rezidentlari faoliyati ommaviy axborot vositalarida yoritilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida axborot va tahliliy materiallarni tayyorlaydi va nashr qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatini boshlayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga investorlar va kreditorlar bilan shartnomalar tuzish jarayonida moliyaviy, yuridik yoki boshqa maslahat yordamini beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreativ park rezidentlariga ularning startap-loyihalari uchun investitsiyalarni jalb qilishda koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreativ park rezidentlarining mahsulotlari va xizmatlari ichki va tashqi bozorlarga kirib borishini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreativ park rezidentlari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqariladigan kreativ mahsulotlarning xalqaro yarmarka va koʻrgazmalarini tashkil etadi va oʻtkazadi, shuningdek, Kreativ park rezidentlarining xalqaro seminarlar, konferensiyalarda va respublikada hamda xalqaro koʻlamda oʻtkaziladigan boshqa tadbirlarda ishtirok etishini tashkil etishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreativ industriya subyektlarini rezident maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya ushbu Nizom va qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda muassis boʻlishga yoki boshqa yuridik shaxslarning ustav fondida (ustav kapitalida) boshqacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar va filiallar tashkil etishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Kreativ industriya parki rezidentligiga qabul qilish va rad etish hamda rezidentlarga imtiyozlarni qoʻllash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kreativ park rezidenti maqomini olishga yillik umumiy daromadining kamida sakson foizi kreativ industriya sohasiga oid faoliyatdan iborat boʻlgan kreativ industriya subyektlari daʼvogarlik qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi tashkil etilgan (roʻyxatdan oʻtkazilgan) kreativ industriya subyektlarini rezidentlikka qabul qilishda ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan kreativ industriya sohasidagi faoliyatdan olingan daromadning minimal miqdori boʻyicha shartlar inobatga olinmaydi. Bunda minimal miqdor boʻyicha talablar moliya yilining yakuni bilan bajarilmagan taqdirda foydalanilgan imtiyozlar summasi soliq qonunchiligiga asosan qayta hisoblanadi va budjetga undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kreativ park rezidenti maqomini olish uchun yuridik va jismoniy shaxslar quyidagi mezonlarga javob berishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxs sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq kreativ industriya sohalaridagi iqtisodiy faoliyat turlaridan birini amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreativ park hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan iqtisodiy asoslangan biznes-rejaga, shu jumladan aniq oʻlchanadigan oʻsish koʻrsatkichlariga (ish oʻrinlari yaratish, eksport hajmi, tushum oʻsishi va tijoratlashtirish mumkin boʻlgan intellektual mulk elementlariga ega mahsulot ishlab chiqarish va boshqalar) ega boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy asoslangan biznes-reja, oʻsish koʻrsatkichlari, shuningdek asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) Direksiya tomonidan individual tartibda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kreativ park rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun yuridik yoki jismoniy shaxs (keyingi oʻrinlarda — arizachi) belgilangan tartibda veb-portal orqali ariza topshiradi va arizaga Kreativ park rezidenti sifatida amalga oshirilishi taklif etilayotgan biznes-rejani ilova qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda veb-portal toʻliq ishga tushirilgunga qadar arizachilar oʻz arizalarini bevosita Direksiyaga taqdim etishi imkoniyati yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Kreativ park rezidenti maqomini olish uchun ariza bergan yuridik yoki jismoniy shaxsdan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etish talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Taqdim etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun arizachi javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agar arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ushbu Nizom va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga zid keluvchi holatlar aniqlansa, arizachi besh ish kuni ichida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va arizani qayta topshirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agar arizachi belgilangan muddatda kamchiliklarni bartaraf etmasa, arizalar birinchi marta taqdim etilgan deb hisoblanadi. Bunda Direksiya arizani koʻrib chiqmaslik huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqilganidan soʻng hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab oʻn besh ish kun muddatda Direksiya Ekspertlar kengashining xulosasi asosida arizachining Kreativ park rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi yoki buni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Arizachining Kreativ park rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtkazishga bergan soʻrovini rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizachi tomonidan belgilangan muddatda aniqlangan hujjatdagi nomuvofiqliklarning bartaraf etilmagani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan reja kreativ industriya sohalaridagi iqtisodiy faoliyat turlari roʻyxatida koʻrsatilgan sohalarga muvofiq emasligi yoki uning amalga oshirilishi belgilangan yoʻnalishlar doirasidan chiqib ketishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish vaqtida arizachining soliq hisobotlarining taqdim qilinmagani, faoliyat koʻrsatmayotgani, tugatish jarayonida ekanligi yoki arizachiga nisbatan sud qarori bilan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari (kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv, tugatishga doir ish yuritish) qoʻllanilgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturlari yoki subsidiyalardan suiisteʼmol qilingan holatlar mavjudligi, shuningdek, soliq va yigʻimlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish sababi Direksiyaning arizachini Kreativ park rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorida koʻrsatiladi va bu haqida arizachiga onlayn xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Agar arizachi Kreativ park rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtkazishdan rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etsa, ariza ushbu Nizomga muvofiq tarzda qayta koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Yuridik yoki jismoniy shaxsni Kreativ park rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror yuridik yoki jismoniy shaxsning Kreativ park rezidentining faoliyat shartlari toʻgʻrisidagi shartnomaga (keyingi oʻrinlarda — Shartnoma) roziligi sifatida talqin qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma shakli Direksiya tomonidan tasdiqlanadi va rasmiy veb-saytida joylashtiriladi, shuningdek, ushbu hujjat ommaviy oferta shartnomasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Kreativ park rezidentlari aʼzolik badalini toʻlaydi hamda ushbu badal quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun — aylanmasidan 0,1 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar uchun — aylanmasidan 0,3 foiz.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aʼzolik badalini toʻlash muddatlari hamda tartibi Direksiya va rezident oʻrtasidagi Shartnoma shartlarida kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kreativ park rezidentligiga qabul qilish rad etilgan taqdirda yuridik va jismoniy shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuqori turuvchi organ yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Kreativ park rezidenti quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
virtual ofisdan foydalanib oʻz faoliyatini yuritish (qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilaridan tashqari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
internet resurslari orqali onlayn doʻkonlarda tovarlar (ishlar xizmatlar)ni eksportga elektron tijorat orqali bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan, tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga axborot kiritmasdan, pochta xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga muvofiq realizatsiya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreativ park rezidenti Shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Kreativ park rezidentlarining majburiyatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreativ industriya sohalaridagi iqtisodiy faoliyat turlari roʻyxati va biznes-rejaga muvofiq faoliyat yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomaga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aʼzolik badallarini belgilangan muddatlarda toʻlab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot yilidan keyingi yilning 15-iyunidan kechiktirmay, har yili moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha auditorlik tekshiruvini oʻtkazish va auditorlik xulosasini (yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslardan tashqari) Direksiyaga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreativ park rezidenti tomonidan ilgari taqdim etilgan biznes-rejada koʻrsatilmagan yangi faoliyat turlarini faqat Direksiya tomonidan yangi (qoʻshimcha) biznes-reja tasdiqlangandan soʻng amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya soʻroviga binoan kreativ industriyalar yoʻnalishida oʻquv dasturlarida qatnashish va murabbiylar ajratish hamda Direksiya tomonidan jalb qilingan mutaxassis va stajyorlarga zarur shart-sharoitlar yaratib berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Kreativ park rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingandan soʻng uch ish kuni ichida Direksiya quyidagilarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik yoki jismoniy shaxsning nomi, faoliyat turi, pochta va elektron manzili maʼlumotlari koʻrsatilgan holda ularni rezidentlar roʻyxatiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik yoki jismoniy shaxsga Kreativ park rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma (sertifikat) taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik yoki jismoniy shaxsning Kreativ park rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi rasmiy xabarnomani Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi va Bojxona qoʻmitasi hamda rezidentga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Yuridik shaxs qayta tashkil etilgan taqdirda, agar bu qayta tashkil etish qayta tuzish shaklida amalga oshirilgan boʻlsa, Kreativ park rezidenti maqomi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga oʻtadi, bunda barcha huquqlar va ilgari qabul qilingan majburiyatlar saqlanib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida yuridik shaxs Direksiyaga tegishli hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha yozma murojaat bilan chiqishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu tartib yuridik shaxs nomi oʻzgartirilgan hollarda ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxs tomonidan qayta tashkil etish yoki nom oʻzgarishi haqida yuborilgan xabarnomaga asosan Direksiya rezidentlar roʻyxatiga mos oʻzgartirishlar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yuridik yoki jismoniy shaxsni kreativ park rezidenti maqomidan mahrum qilish asoslari va shikoyat berish tartiblari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Yuridik yoki jismoniy shaxsni Kreativ park rezidenti maqomidan mahrum qilish asoslari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezidentning amaldagi faoliyati kreativ industriya sohalaridagi iqtisodiy faoliyat turlariga mos kelmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma boʻyicha Direksiya bilan belgilangan majburiyatlarning bajarilmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreativ park rezidentiga nisbatan sud qarori bilan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari (kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv, tugatishga doir ish yuritish) qoʻllanilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezidentning oʻz ixtiyori bilan Kreativ park rezidenti maqomidan voz kechishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan muddatlarda va tartibda oʻz faoliyati, soliq va statistika hisobotlari, biznes-reja, auditorlik hisobotlari va auditorlik xulosasini taqdim etmaslik (bundan yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar mustasno) yoki ularda notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa asoslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Direksiya Ekspertlar kengashi bilan birgalikda har yili Kreativ park rezidentlarining biznes-rejalari, oʻsish koʻrsatkichlari va ular tomonidan asosiy samaradorlik koʻrsatkichlariga (KPI) erishish holatini tahlil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar xatoliklar aniqlansa, Kreativ park rezidenti ikki ish kunida mazkur xatoliklarni tuzatish choralarini koʻrsatuvchi reja taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreativ park rezidenti tomonidan bunday reja taqdim etilmagan taqdirda yoki holat takroran yuz bersa, Direksiya tomonidan rezident maqomi oʻttiz kun muddatgacha toʻxtatilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Kreativ park rezidenti maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi qaror mazkur Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan tahlil natijalari asosida Direksiya tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qaror qabul qilingach, yuridik yoki jismoniy shaxsga bu haqida xabarnoma yuboriladi hamda rezidentlar roʻyxatiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Direksiya Kreativ park rezidenti maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida Kreativ park rezidenti maqomidan mahrum qilingani toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi va Bojxona qoʻmitasi hamda rezidentga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Kreativ park rezidentlari uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi hamda boshqa soliq qonunchiligi hujjatlariga muvofiq Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari beriladi. Bunda rezidentlar oʻz xohishlariga koʻra imtiyozlardan qisman voz kechish orqali umumiy belgilangan soliqqa tortish tartibini tanlash huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mazkur Nizomning 28-bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari yuridik shaxs yoki jismoniy shaxs Kreativ park rezidenti sifatida roʻyxatga olingandan soʻng keyingi oyning 1-sanasidan boshlab qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Kreativ park rezidentlari tomonidan ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilmasligi Kreativ park rezidenti maqomidan mahrum boʻlishni anglatadi va Direksiya tomonidan xabarnoma yuborilganidan soʻng davlat soliq xizmati organlari ularga mazkur Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan soliq imtiyozlarini qoʻllashni bekor qilish choralarini koʻradi, shuningdek, ularning Davlat budjetiga toʻlov majburiyatlarini belgilangan tartibda tiklashni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Yuridik yoki jismoniy shaxs Kreativ park rezidenti maqomidan mahrum qilingan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlardan foydalana olmaydi. Bunda yuridik yoki jismoniy shaxsning Direksiyaga taqdim etgan arizasi sanasi, Kreativ park rezidentining maqomidan ixtiyoriy ravishda voz kechganligi sanasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Kreativ park faoliyati mazkur Nizom va qonunchilik hujjatlariga muvofiq qayta tashkil etiladi va toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-martdagi 90-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreativ industriya sohalaridagi iqtisodiy faoliyat turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Faoliyat turlari

1. Adabiy ijod

1.

Tarjima qilish xizmatlari (badiiy adabiyotni tarjima qilish, texnik tarjima, veb-saytlar, filmlar, kompyuter va mobil ilovalar, taqdimotlar, video, audio va reklamalar tarjimasi)

2.

Maʼrifiy faoliyatni amalga oshirish

3.

Kutubxonalar va arxivlar faoliyati

4.

Axborot-kutubxona xizmatlari, jumladan, kitoblar, arxivlar va maʼlumot resurslarini taqdim etish

5.

Elektron kutubxonalar, raqamli arxivlar va maʼlumot bazalarini yaratish va yuritish

2. Amaliy sanʼat va hunarmandchilik

6.

Ganch oʻymakorligi

7.

Qoʻlda gilam toʻqish

8.

Gilam va gilam mahsulotlarini ishlab chiqarish (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)

9.

Qoʻlda gazlamalar toʻqish

10.

Tosh oʻymakorligi

11.

Toshni kesish, unga ishlov berish va pardozlash

12.

Miniatura, rang-tasvir, naqqoshlik va boʻyoqli naqshlar tayyorlash

13.

Metalldan buyumlar yasash (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)

14.

Tunukadan buyumlar yasash

15.

Milliy poyabzal tayyorlash (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)

16.

Milliy liboslar tayyorlash (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)

17.

Bosh kiyimlar tayyorlash (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)

18.

Yogʻoch oʻymakorligi

19.

Suyakka oʻyma naqsh solish

20.

Gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar tayyorlash (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)

21.

Kashtachilik

22.

Zardoʻzlik buyumlari

23.

Musiqa asboblarini qoʻlda tayyorlash

24.

Chinni, fayans va sopol buyumlar tayyorlash (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)

25.

Qimmatbaho metalldan zargarlik buyumlarini yasash (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)

26.

Oʻyinchoqlar tayyorlash (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)

27.

Mayda haykaltaroshlik buyumlarini tayyorlash

28.

Charm mahsulotlarini tayyorlash (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)

29.

Mualliflik mebellarini tayyorlash (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)

30.

Yogʻochdan xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini tayyorlash

31.

Novdalardan buyumlar toʻqish

32.

Mozaika ishlari

33.

Koʻzgu tayyorlash

34.

Shisha puflash ishlari

35.

Esdalik buyumlarini tayyorlash (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)

36.

Oddiy metallardan milliy uslubda taqinchoqlar yasash

37.

Ot anjomlarini tayyorlash

38.

Xattotlik

39.

Qadimiy qoʻlyozmalarni restavratsiya qilish

40.

Makrame va qoʻlda toʻqilgan buyumlar tayyorlash

41.

Anʼanaviy doʻppichilik

42.

Zamonaviy sanʼat asarlarini yaratish

43.

Devorga bezak berish

44.

Anʼanaviy dizaynerlik xizmatlarini koʻrsatish

45.

Quroqchilik usulida tikish

46.

Gazlamalarga naqshlar solish (gazlamalar va kiyim ashyolarini qoʻlda boʻyash, gazlamalarga, shu jumladan, trafaretli bosma va qoʻlda rasm chizish usuli bilan rasmlar solish)

47.

Kashtachilik

48.

Galantereya buyumlarini tayyorlash va taʼmirlash

49.

Bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va taʼmirlash (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)

50.

Gulchambarlar (shu jumladan, motam gulchambarlari), sunʼiy gullar, ikebana, gul marjonlarini tayyorlash

51.

Toʻsiqlar, haykallar, metalldan gulchambarlarni tayyorlash va taʼmirlash

52.

Musiqa asboblarini taʼmirlash va sozlash

53.

Gips va ganchdan buyumlar yasash (uy jihozlari, ertak qahramonlari haykallarini yasash)

54.

Tosh va tosh mahsulotlaridan yodgorlik, suvenir va dekorativ buyumlar tayyorlash

55.

Yogʻoch mahsulotlaridan savat, non mahsulotlari uchun maxsus idish va boshqa buyumlarni toʻqish (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)

56.

Yogʻoch idishlar ishlab chiqarish (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)

57.

Kulolchilik

58.

Atlas va adras toʻqish

59.

Ipak tolalarini tayyorlash va yigirish

60.

Ipak gazlama ishlab chiqarish (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)

61.

Mayda munchoq (biser) tikish

62.

Doʻppidoʻzlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash

63.

Temirchilik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash

64.

Quroqchilik usulida koʻylak, koʻrpa va yopinchiqlar tikish

65.

Pichoq tayyorlash (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)

66.

Uy sharoitida bolalar oʻyinchogʻi ishlab chiqarish

67.

Milliy taqinchoqlar yasash

68.

Kandakorlik, miskarlik buyumlarini uy sharoitida tayyorlash

69.

Shisha va oynalarni kesish, shishaga badiiy ishlov berish

70.

Zargarlik buyumlari va shu kabi buyumlarni ishlab chiqarish (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)

71.

Bijuteriya va shu kabi buyumlarni ishlab chiqarish (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)

72.

Maishiy va dekorativ keramik buyumlarni ishlab chiqarish (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)

3. Arxitektura, loyihalashtirish va urbanistika

73.

Meʼmorchilik sohasidagi faoliyat

74.

Obodonlashtirish boʻyicha faoliyat, landshaftni rejalashtirish

75.

Muhandislik izlanishlari sohasidagi faoliyat va ushbu sohalarda texnik maslahatlar koʻrsatish

4. Audiovizual sanʼati

76.

Kino videofilmlar va televizion dasturlar ishlab chiqarish

77.

Kino videofilmlar va televizion dasturlarni ishlab chiqarishdan keyingi bosqich

78.

Kinofilmlarni namoyish etish

79.

Fotografiya sohasidagi faoliyat

80.

Video va fotosuratga olish xizmatlari

81.

Videorolik va musiqa kliplarini ishlab chiqarish xizmati

82.

2D, 3D Animatsiya xizmatlari va multfilmlar ishlab chiqarish

5. Ijrochilik sanʼati

83.

Sanʼat sohasidagi faoliyat

84.

Fonogrammalar va musiqali yozuvlarni nashr qilish boʻyicha faoliyat

85.

Madaniyat sohasidagi taʼlim

86.

Aktyorlik, musiqachilik va xonandalik xizmatlari

87.

Dramatik, musiqiy va qoʻgʻirchoq teatrlarining faoliyati

88.

Opera, balet va xoreografiya (raqs) sanʼati

89.

Yakkaxon va jamoaviy musiqiy ijro (vokal va instrumental)

90.

Folklor, anʼanaviy va zamonaviy ijro sanʼati

91.

Sirk sanʼati va sahnaviy plastikaga oid chiqishlar

92.

Performans, sahnaviy oʻqishlar va eksperimental ijro shakllari

93.

Spektakllar va boshqa jonli sahna tomoshalarini tayyorlash va namoyish etish

6. Konsert-tomosha faoliyati va ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish

94.

Teatr va konsert zallari faoliyati

95.

Teatrlar faoliyati

96.

Spektakllarni namoyish etishda texnik qoʻllab-quvvatlash

97.

Madaniyat va sanʼat sohalarida konferensiyalar va koʻrgazmalar tashkil qilish

98.

Konsert-tomosha va ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish faoliyati

7. Moda va dizayn sanʼati

99.

Ixtisoslashgan dizaynerlik faoliyati

100.

Kiyim-kechak, poyabzal va aksessuarlar dizayni

101.

Moda kolleksiyalarini yaratish, modellashtirish va ishlab chiqish

102.

Toʻqimachilik dizayni (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)

103.

Grafik dizayn

104.

Mahsulot dizayni va sanoat dizayni (sanoat usulida ishlab chiqarish bundan mustasno)

105.

Interyer va ekspozitsiya dizayni

106.

Moda illustratsiyasi va stilizatsiya

107.

Stilistika, imijmeyking va feshn-konsalting

108.

Moda fotosʼyomkasi va vizual kontent yaratish

109.

Moda koʻrgazmalari, defile va prezentatsiyalarni tashkil etish

110.

Dizayn sohasida taʼlim, laboratoriyalar va ijodiy ustaxonalar faoliyati

111.

Raqamli dizayn

8. Muzeylar, badiiy galereyalar (koʻrgazmalar), axborot-kutubxona faoliyati

112.

Muzeylar, badiiy galereyalar, koʻrgazma zallari faoliyati

113.

Doimiy va vaqtincha madaniyat va sanʼat sohalarida koʻrgazmalarni tayyorlash va namoyish etish

114.

Tarixiy, badiiy, ilmiy va madaniy meros obyektlarini saqlash, restavratsiya qilish va hujjatlashtirish

115.

Kolleksiyalarni shakllantirish, saqlash va raqamlashtirish

116.

Kuratorlik faoliyati, ekspozitsiya konsepsiyalari va koʻrgazma ssenariylarini ishlab chiqish

9. Nashriyot va matbaa sohasidagi ijodiy faoliyat

117.

Gazetalar, jurnallar, davriy nashrlar nashr qilish

118.

Matbaa va nashriyotchilik faoliyatining boshqa turlari

119.

Bosma shakllarni tayyorlash va axborot faoliyati

10. Ommaviy axborot vositalari sohasidagi va Internet jahon axborot tarmogʻi orqali uzatish yoʻli bilan amalga oshiriladigan ijodiy faoliyat

120.

Axborot tarqatuvchilardagi yozuvlarni aks ettirish

121.

Radioeshittirish

122.

Televizion dasturlarni yaratish va namoyish qilish boʻyicha faoliyat

123.

Axborot agentliklari faoliyati

124.

Multimedia, dizayn va sanʼat materiallarini yaratish va ishlov berish (veb-dizayner, grafika dizayneri, kompyuter oʻyinlari dizayneri, interyer dizayneri, landshaft dizayneri, liboslar dizayneri, retusher, fotokollajchi, vektor grafikasi muharriri, arxitektor, vizuallashtiruvchi dizayner, maʼlumot dizayneri, interfeys dizayneri, texnik dizayner, moushn-dizayner, banner yasovchi, nashriyot dizayneri, flesher, 3D-dizayner, video muharrir, videooperator, bastakor, ovoz rejissori, aranjirovkachi, suxandon, foto muharrir va boshqalar)

125.

Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat (PR-menejer, internet-marketolog, ijtimoiy tarmoqlarda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ilgari surish va reklama qilish (SMM), ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori, akkaunt-menejer, marketolog, link-menejer, targetolog, kontekst-reklama boʻyicha mutaxassis, direktolog, media rejalashtiruvchi, SMO mutaxassisi)

126.

Kreativ industriya sohalarida onlayn konsultatsiya berish (onlayn-konsultant, onlayn-trener, moliyaviy maslahatchi, vebinar olib boruvchi)

11. Prodyuserlik faoliyati

127.

Kino-prodyuserlik faoliyati

128.

Musiqa prodyuserlik faoliyati

129.

Teatr va ommaviy tadbirlar prodyusseri

12. Raqamli texnologiyalar sohasidagi ijodiy faoliyat

130.

Kompyuter va boshqa texnik qurilmalar uchun oʻyinlarni yaratish

131.

Boshqa dasturiy mahsulot va dasturiy taʼminotlarni chiqarish

132.

Dasturiy taʼminot, axborot tizimlari, mobil ilovalar va veb-saytlarni ishlab chiqish va texnik qoʻllab-quvvatlash (dasturchi, dasturiy taʼminotni sinovchi mutaxassis, veb-sahifalarni sahifalovchi, veb-tahlilchi, veb-saytlarni optimallashtirish boʻyicha mutaxassis)

13. Reklama sohasidagi ijodiy faoliyat

133.

Reklama agentliklari

134.

Matnni yaratish va ishlov berish (kopirayter, rerayter, SEO-kopirayter, SEO-rerayter, musahhih, kontent-menejer, muharrir, e-mail orqali xatlarni joʻnatish boʻyicha mutaxassis, spichrayter, transkriber va boshqalar)

14. Sanʼat ashyolari va madaniy meros obyektlarini asrashga doir faoliyat

135.

Tarixiy joylar va binolarni, madaniyat yodgorliklarini asrash boʻyicha faoliyat

15. Tasviriy sanʼat

136.

Rassomchilik

137.

Zamonaviy tasviriy sanʼat

138.

Raqamli tasviriy sanʼat

139.

Art-obyektlar, art-installyatsiyalar va ommaviy makon uchun sanʼat asarlari;

140.

Tasviriy sanʼat asarlarini yaratish, restavratsiya qilish va konservatsiya qilish

141.

Art-rezidensiyalar, ijodiy ustaxonalar va studiyalar faoliyati

142.

Tasviriy sanʼat asarlarini ekspertlash, baholash va art-konsalting

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2026-y., 09/26/90/0191-son)