ILOVA
T/r | Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Mas’ul ijrochilar |
1. | 1. “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijda o‘qiyotgan har bir talaba bilan doimiy muloqotda bo‘lib, ularning ehtiyojlarini aniqlash, Vatanga qaytib, o‘z o‘rnini topishi, muvaffaqiyatli karyera qilishiga ko‘maklashish. Bunda Jamg‘arma orqali xorijda o‘qib qaytgan yoshlar hamda ularning ota-onalari hamjamiyatlarini tashkil etish. 2. “El-yurt umidi” jamg‘armasining energetika, transport, urbanizatsiya, zamonaviy arxitektura, tibbiyot yo‘nalishlaridagi kvotalari sonini yanada oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | - | “El-yurt umidi” jamg‘armasi (Bekmurodov), Boshqaruv samaradorligi agentligi (U. Xusainov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev) |
2. | 1. “El-yurt umidi” jamg‘armasining yangi stipendiya yo‘nalishi sifatida “Yorqin iste’dod” loyihasini amalga oshirish tartibini ishlab chiqish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: iqtidorli, bilimga chanqoq, og‘ir oilaviy sharoiti sababli o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan kambag‘al oilalar farzandlarini xorijda o‘qitish maqsadida har bir mahalladan faol yoshlarni saralash tartibi; yoshlarning iqtidorini aniqlash orqali ularni salohiyatiga mos xorijiy oliygohlarga yuborish uchun tayyorgarlik kurslarida o‘qitish tartibi; tayyorgarlik kurslaridan muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlarni nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishga yuborish, o‘qish va yashash xarajatlarini qoplab berish tartibi. 2. “Yorqin iste’dod” loyihasi doirasida yoshlarni saralab olish jarayonlariga Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini jalb etish. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | 2025-yil may | 2025-yilda Davlat budjetidan 300 mlrd so‘m hamda kelgusi yillardan hisob-kitoblarga asosan | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (Mirzayev), “El-yurt umidi” jamg‘armasi (Bekmurodov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Qo‘chqorov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev) |
3. | “Yorqin iste’dod” loyihasi doirasida xorijda yoshlarni o‘qitish uchun nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan muzokaralar olib borish hamda loyiha doirasida o‘qishga yuboriladigan yoshlarning imtiyozli shartlar asosida ta’lim olishiga shart-sharoit yaratish bo‘yicha kelishuvga erishish choralarini ko‘rish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil II — IV choraklar | - | Tashqi ishlar vazirligi (Saidov), “El-yurt umidi” jamg‘armasi (Bekmurodov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (Musayev), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
4. | “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy mamlakatlarda ta’lim olib qaytgan stipendiatlarni milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish hamda ularni davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olish amaliyotini joriy etish. | Qonun loyihasi, amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil may | - | “El-yurt umidi” jamg‘armasi (Bekmurodov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (Musayev) |
5. | Milliy qahramon obrazini yaratish, Vatanga muhabbat, tabiatni asrash tuyg‘ularini kuchaytirishga qaratilgan “Bek va Lola”, “Al-Xorazmiy”, “Yashil makon” kabi milliy video kontentlarni, shuningdek, “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa”, “Ustoz AI” loyihalarini maktabgacha va maktab ta’limi jarayonlarida namoyish etish orqali yanada ommalashtirish choralarini ko‘rish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil aprel | - | Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Umarova) |
6. | Kreativ parklar bazasida tashkil etiladigan biznes maktablarda yoshlarga yangi va zamonaviy biznes yuritish hamda elektron tijorat kabi xizmat ko‘rsatishning innovatsion usullarini o‘rgatish choralarini ko‘rish. | Amaliy chora-tadbirlar | Kreativ parklar tashkil etilgandan so‘ng bir oy ichida | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, “Yoshlar daftari” jamg‘armalari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar | Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (Umerova) |
7. | Ilgari ajratilgan yerga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekib, kamida 100 million so‘m daromad olgan yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-18-son Farmoniga asosan joriy etilgan yangicha tartib asosida qo‘shimcha yer maydonlari ajratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil oktabr | - | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abduraxmonov), Kadastr agentligi (Pulatov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev) |
8. | “Surxondaryo tajribasi” asosida yoshlar sanoat zonalarida sanoat ipotekasi asosida barpo etilgan ishlab chiqarish bino-inshootlarini ajratish bilan birgalikda zarur uskunalar xaridi uchun yosh tadbirkorlarga Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi qarorisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat banklari orqali 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda kredit ajratish masalasini ko‘rib chiqib, taklif kiritish. | Tahliliy ma’lumotnoma | 2025-yil aprel | Tijorat banklari kreditlari | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Markaziy bank (Ishmetov), Surxondaryo viloyati hokimligi (Qosimov) |
9. | Kreativ park, uning hududlardagi filiallarini, shuningdek, ularda kreativ soha vakillari o‘qitiladigan biznes maktablar faoliyatini tashkil etish hamda zarur sharoit yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil may | Mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari, homiylik mablag‘lari | Vazirlar Mahkamasi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (Umerova), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
10. | Kreativ soha vakillarini kreativ park rezidentligiga qabul qilish hamda rezidentlarga soliq imtiyozlarini qo‘llash shartlarini belgilab berish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2025-yil may | - | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (Umerova), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Qo‘chqorov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev) |
11. | Xususiy o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlarga o‘quv xarajatlarini “2+6” shaklida to‘lab berish orqali 100 ming nafar yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitishga qaratilgan dastur ishlab chiqish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2025-yil may | Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, “Yoshlar daftari” jamg‘armalari | Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev) |
12. | 1. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 300 ming yoshlarni o‘qitishni tashkil etish. 2. 50 ming nafar xotin-qizlarni axborot texnologiyalari bo‘yicha bepul o‘qitish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlar mablag‘lari, homiylik mablag‘lari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Umarova) |
3. “Kursera” platformasida bosqichma-bosqich 3 mingdan ortiq kursda sun’iy intellekt yordamida yoshlar uchun o‘zbek tilida ta’lim olish imkoniyatini yaratib borish. | 2025-yil sentabrdan boshlab | ||||
4. “Bir million dasturchi” va “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihalarini hamda yoshlar uchun mo‘ljallangan boshqa raqamli ta’lim loyihalarini (shu bilan birga xalqaro olimpiada hamda tanlovlar ishtirokchilarini) monitoring qiluvchi “Raqamli yoshlar” platformasini ishlab chiqish. | 2025-yil sentabr | ||||
13. | Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Bir million sun’iy intellekt foydalanuvchilari” loyihasini amalga oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil 1-iyundan boshlab | - | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
14. | 1. Xorazm viloyatida amalga oshirilgan “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi tajribasi asosida ushbu loyihani bosqichma-bosqich Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy etish. 2. “Bir million dasturchi” loyihasining navbatdagi bosqichini barcha hududlarda joriy qilishda eng yuqori natijaga erishgan o‘quvchi-talabalar va ularning o‘qituvchilari, shuningdek, ta’lim muassasalarini qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2025-yil iyun | - | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Ermanov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Umarova) |
15. | IT sohasidagi loyihalarni muvaffaqiyatli tugatgan ming nafar qizlar orasidan saralangan iqtidorli qizlarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash choralarini ko‘rish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi, Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Umarova) |
16. | Yoshlarni birlashtirish, yosh avlodda milliy qadriyatlarni shakllantirish maqsadida ularning qiziqish va ehtiyojlarini sun’iy intellekt texnologiyalari asosida barvaqt aniqlash, salohiyatini monetizatsiya qilish, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarga jalb etish bo‘yicha raqamli ijtimoiy ekotizimni joriy etishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | 2025-yil iyun | - | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (Davletov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Xasanov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
17. | Toshkent shahridagi 1 ta ta’lim muassasasida o‘quvchi-talabalarni dunyoning nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining TOP-10 talik ro‘yxatiga kiruvchi oliygohlarga puxta tayyorlash guruhini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil aprel | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining budjet tashqari mablag‘lari, Toshkent shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Fanlar akademiyasi (Ayupov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov) |
18. | Dunyoning eng nufuzli TOP-10 talik ro‘yxatiga kiruvchi oliygohlarida o‘qish istagidagi o‘quvchi-talabalar uchun kvotalar sonini oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil avgust | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Tashqi ishlar vazirligi (Saidov) |
19. | Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi milliy va foydali mediakontentlar yaratish hamda eng yaxshi intellektual shoularni tashkil etish uchun 100 million so‘mgacha grantlar ajratish tartibini, shu jumladan, talabgorlar va loyihalarni tanlab olish mexanizmlarini ko‘zda tutgan holda ishlab chiqish. Bunda grant mablag‘larini ajratish bo‘yicha arizalarni taqdim etish va ko‘rib chiqish jarayonlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilishini nazarda tutish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil may | Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi | Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Djurabayev) |
20. | Yoshlarda tabiatga muhabbat hissini uyg‘otish, ularning atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun Yoshlar ishlari agentligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan “Yashil tashabbuslar”ni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil may | Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi | Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (Abduxakimov) |
21. | Olmazor tumani tajribasi asosida respublikaning har bir tumanida (shaharda) kamida 1 tadan maktabda muhandislik laboratoriyalarini tashkil etib, ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil avgust | Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari va homiylik mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar, tuman (shahar) hokimliklari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Umarova) |
22. | Ilm-fan va ta’lim yo‘nalishidagi foydali milliy internet resurslari (“Ibrat farzandlari”, “Mutolaa”, “Ustoz AI”, “Qizlar akademiyasi”, “UzChess” va boshqa) reyestrini shakllantirib, ulardan internet tarmog‘i orqali bepul foydalanishni yo‘lga qo‘yish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil aprel | - | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
23. | Har bir mahallada yoshlar o‘rtasida mahalla — tuman — viloyat — respublika darajasida “Shijoat va g‘ayrat” sport o‘yinlarini o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish hamda g‘olib mahallalarga sport inshootini qurib berish va zarur anjomlar bilan ta’minlash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi, amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil aprel | Mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari, ijrochilarning o‘z mablag‘lari va homiylik mablag‘lari | O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (Kuranbayev), Davlat xavfsizlik xizmati (Jo‘rayev), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari |
24. | 1. Yoshlarda vatanparvarlik ruhini kuchaytirishga qaratilgan “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati jamoalari o‘rtasida maktab — tuman — viloyat — respublika bosqichlarida sport va ijodiy musobaqalar tashkil etish. 2. “Vatan tayanchi” va “Shijoat va g‘ayrat” musobaqalari g‘oliblariga harbiy oliygohlarga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish amaliyotini joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi, amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil aprel | Respublika budjetidan ajratiladigan 50 mlrd so‘m mablag‘ | Mudofaa vazirligi (Qarshiyev), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Boqiyev), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Buzrukxonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Qo‘chqorov) |
25. | 1. Hududiy va mahalliy bo‘linma rahbarlari yoshlar yetakchilari bilan birgalikda o‘z harakat dasturini ishlab chiqib, jamoatchilikka murojaat qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. 2. “Mutolaa” loyihasi doirasida yoshlarimizda kitobga mehrni oshirish, buyuk sohibqiron Amir Temurning bolalik davri haqida bolalar uchun kitob, “Ildiz” to‘plami hamda animatsion multfilmlar tayyorlab, ommalashtirish. 3. Xotin-qizlarni psixologik qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Koll-markaz” faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi | Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev) |
26. | Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi “Axmad klub” nodavlat ta’lim muassasasi namunasi asosida respublikaning boshqa tuman (shahar)larida sport klublari faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari va homiylik mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari, Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortikov) |
27. | “Yoshlar ovozi” gazetasining 100 yilligini munosib nishonlash, Davlat rahbarining yoshlar bilan ochiq muloqotida ishtirok etgan iqtidorli va tashabbuskor yoshlarning erishgan yutuqlari hamda ularning faoliyatini gazetada keng yoritish, gazeta tahririyati bilan birgalikda ularning faoliyati aks etgan “Yoshlar — xalqimiz, Vatanimizning oltin fondi” nomli maxsus kitob-albom tayyorlash va chop etish choralarini ko‘rish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil iyun | Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi | Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev) |