1-ILOVA
1. | G.O. Umerova | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm boʻyicha departamenti boshligʻi, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi, Kengash raisi |
2. | Sh.X. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri |
3. | O.A. Nazarbekov | — | madaniyat vaziri |
4. | A.D. Tashkulov | — | adliya vaziri |
5. | B.S. Hamrayev | — | Milliy statistika qoʻmitasi raisi |
6. | F.J. Pulatov | — | Soliq qoʻmitasi raisi |
7. | I.I. Norqulov | — | iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
8. | D.A. Vaxabov | — | Savdo-sanoat palatasi raisi |
9. | J.O. Ahmedov | — | Bolalar kontentini rivojlantirish markazi rahbari |
10. | F.D. Usmanov | — | Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori |
11. | X.R. Salixov | — | Kreativ industriya parki direksiyasi direktori |
12. | Kelishuv asosida* | — | kreativ industriya sohalaridagi yetakchi tadbirkor |
13. | Kelishuv asosida* | — | kreativ industriya sohalaridagi xalqaro ekspert |
14. | Kelishuv asosida* | — | kreativ industriya sohalaridagi mahalliy ekspert |
15. | A.A. Mannopov | — | Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisining birinchi oʻrinbosari, Kengash kotibi |
2-ILOVA
3-ILOVA
4-ILOVA
T/r | Hududlar nomi | Joylashgan shahar |
1. | Registon maydoni (Ulugʻbek, Sherdor, Tillakori madrasalari) | Samarqand shahri |
2. | Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesi doirasida qamrab olingan hudud* | Buxoro shahri |
3. | Ichan-qalʼa majmuasi | Xiva shahri |
5-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
1. | Quyidagilarning tasdiqlanishini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritish: Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi toʻgʻrisidagi nizom; Kreativ industriya parkini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida nizom; Kreativ industriya sohalaridagi iqtisodiy faoliyat turlari roʻyxati. | 2026-yil fevral | Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi |
2. | Milliy statistika qoʻmitasi tarkibida amaldagi shtat birliklari doirasida 4 ta shtat birligidan iborat kreativ iqtisodiyot hisobini yurituvchi alohida tuzilma tashkil etish. | 2026-yil mart | Milliy statistika qoʻmitasi, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
Kreativ mahsulotlar hajmining mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushini hisoblashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish. | 2026-yil iyul | ||
3. | Kreativ mahsulotlar yuzasidan moliyaviy va statistik hisobotlarni mobil ilova orqali soddalashtirilgan tartibda elektron taqdim etish tizimini yaratish. | 2026-yil aprel | Soliq qoʻmitasi, Milliy statistika qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi |
4. | Toshkent shahri Shayxontohur tumani Forobiy koʻchasida joylashgan boʻsh turgan tegishli bino-inshootlarni kreativ industriya parki barpo etish uchun Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz oʻtkazishni yakunlash va kadastr hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish. | 2026-yil fevral | Kadastr agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahri hokimligi, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi |
5. | Toshkent shahri Shayxontohur tumani Forobiy koʻchasida tashkil etiladigan kreativ industriya parkini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari (elektr, gaz, suv, issiqlik, kanalizatsiya hamda yoʻllar)ga ulanishini taʼminlash. | Bino-inshootlar qurilishi yakuni bilan | Toshkent shahri hokimligi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, tegishli vazirlik va idoralar |
6. | Buyurtmachi, loyiha va pudrat tashkilotlariga belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan kreativ mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun zarur xomashyolar va asbob-uskunalarni bojxona bojidan uch yil muddatga ozod etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil iyun | Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Bojxona qoʻmitasi |
7. | Kreativ industriya parkini yanada kengaytirish va zamonaviy formatda tashkil etish boʻyicha Yangi Toshkent hududidan yer maydoni ajratish va uni barpo etishni moliyalashtirish manbalarini nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish. | 2026-yil aprel | Vazirlar Mahkamasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Toshkent shahri hokimligi, Adliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi |
8. | Kreativ industriya parki direksiyasi rezidenti maqomini olgan yuridik va jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish maqsadida: | Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Soliq qoʻmitasi, Milliy statistika qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi | |
Kreativ industriya parki direksiyasining axborotlar bazasini yaratish; | 2026-yil avgust | ||
Kreativ industriya parkining axborotlar bazasini davlat organlari va idoralarining axborot bazalari bilan oʻzaro integratsiya qilish. | 2026-yil dekabr | ||
9. | Kreativ iqtisodiyot sohasida intellektual mulk obyektlarini himoya qilish va ularni tijoratlashtirishni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 2026-yil dekabr | Kreativ industriya parki direksiyasi, Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi |
10. | Kreativ industriya parki rezidentlari tomonidan ishlab chiqarilgan kreativ mahsulotlar boʻyicha davlat xaridlarini amalga oshirish uchun davlat xaridlari elektron tizimlarida alohida boʻlim tashkil etish. | 2026-yil dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Kreativ industriya parki direksiyasi |
11. | Nukus shahrining “Istiqlol” madaniyat va istirohat bogʻi, uning hududidagi pavilyon va angarni rekonstruksiya qilish, shuningdek, bolalar kutubxonasi binosini barpo etishni loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish hamda ushbu hududni kreativ park sifatida tashkil etishni moliyalashtirish manbalarini belgilash yuzasidan taklif kiritish. | 2026-yil mart | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
12. | Kreativ industriya parki rezidentlari hamda ular tomonidan ishlab chiqariladigan kreativ mahsulotlar davlat xaridlarida ishtirok etishi uchun ularning reyestrini shakllantirish, kreativ industriya parkining rasmiy veb-saytidagi hamda reyestrdagi maʼlumotlarni muntazam yangilab borish. | 2026-yil maydan boshlab doimiy | Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Kreativ industriya parki direksiyasi |