30.12.2025 yildagi KCQ-5-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati toʻgʻrisidagi axborotini tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 133-moddasi birinchi qismi 7-bandiga va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 4-moddasi birinchi qismi 6-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qaror qildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining 2025-yilda mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati toʻgʻrisidagi axboroti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 30-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KSQ-5-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining 2025-yil 30-dekabrdagi KSQ-5-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining 2025-yilda mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AXBOROTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini hayotga tatbiq etish boʻyicha 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda konstitutsiyaviy qonuniylikni taʼminlash davlatchilikni mustahkamlash va uning barqaror rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 30-aprelda referendumda qabul qilingan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konstitutsiya) davlat boshqaruvini demokratlashtirish, davlatning ijtimoiy rolini va majburiyatlarini kengaytirish, inson huquq va erkinliklarini muhofaza qilish asoslarini mustahkamladi. Bosh qomusimizdagi norma va prinsiplarni hayotga tatbiq etish, shu jumladan, jamiyat va davlatni Konstitutsiyaga muvofiq, huquqiy modernizatsiya qilish, mamlakatda konstitutsiyaviy qonuniylikni yanada mustahkamlash boʻyicha ishlar 2025-yil davomida ham faol davom ettirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi (keyingi oʻrinlarda — Konstitutsiyaviy sud) qabul qilingan qonunchilik hujjatlari va amalga oshirilgan chora-tadbirlarni oʻrganish asosida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni eʼtirofga molik, deb hisoblaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchidan, 2025-yilda yangi konstitutsiyaviy institut va mexanizmlarni soʻzsiz va toʻliq amalga oshirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, odil sudlovni roʻyobga chiqarishda Konstitutsiya normalarining toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida sud organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilib, ular faoliyati yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda yoʻlga qoʻyildi. Jumladan, sudning qayta tashkil etilishi yoki tugatilishidagi kafolatlari, sudlarning faoliyatini moliyalashtirishga oid konstitutsiyaviy qoidalar qonunlarda rivojlantirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkinligi, hech kim oʻziga hamda yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emasligi, agar shaxsning oʻz aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil boʻlsa, u aybdor deb topilishi mumkin emasligi, shaxsning sudlanganligi uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos boʻlishi mumkin emasligi haqidagi konstitutsiyaviy qoidalar qonun hujjatlarida rivojlantirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tergov sudyalari faoliyati qonuniy asoslarining yaratilishi hamda Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlanishi, “Raqamli sud” konsepsiyasini joriy etilishi, Odil sudlov akademiyasi tashkil etilishi Konstitutsiya va qonun ustuvorligi, sud himoyasiga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlarni samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinib, “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Qonunning bekor qilinishi fuqarolarning Oʻzbekiston hududida erkin harakatlanishga boʻlgan huquqlarini kafolatlovchi Konstitutsiyaning 32-moddasi talablariga mos keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumot uchun: 2025-yil 9-iyundagi OʻRQ-1067-son Qonun, 2025-yil 10-iyuldagi OʻRQ-1074-son Qonun, 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-son Qonun, 2025-yil 11-martdagi OʻRQ-1047-son Qonun, 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-son Farmon, 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-son Farmon, 2025-yil 30-yanvardagi PQ-33-son qaror
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchidan, vakillik organlarining maqomi mustahkamlanishi va vakolatlarining kengaytirilishi, fuqarolik jamiyati institutlari uchun shart-sharoitlarning yaxshilanishi Konstitutsiyada belgilangan xalq hokimiyatchiligi, hokimiyatlar taqsimlanishi, jamoatchilik nazorati kabi prinsip va normalarni roʻyobga chiqarishga xizmat qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, parlamentdagi muxolifatning kafolatlangan huquqlari kengaytirilib, ularga qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqilganiga qadar oʻsha masalaga doir qonun loyihasining muqobil tahririni kiritish, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir nafar qoʻmita raisi va ikki nafar qoʻmita raisi oʻrinbosari lavozimlarini kafolatli egallash, har chorakda “hukumat soati” va parlament soʻrovi doirasida masala kiritish kabi qoʻshimcha huquqlar kafolatlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglarida tashabbusli budjet doirasida gʻolib boʻlmagan loyihani Qonunchilik palatasi deputati tashabbusiga koʻra gʻolib deb eʼlon qilish tartibi joriy etilganligi xalq vakillarining ijtimoiy masalalarni hal etishdagi rolini oshirishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy sud fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi kafolatlarini kuchaytirish maqsadida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) huzurida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan maslahat organi sifatida Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiyasi tuzilishini qoʻllab-quvvatlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq hokimiyatchiligi konstitutsiyaviy prinsipini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish maqsadida “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilinganligi joylarda demokratik tamoyillarning qaror topayotganligini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini 2025-yilda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” va davlat tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarini ijtimoiy sheriklik asosida jalb qilish dasturi tasdiqlandi. Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining erkinligi kafolatlarini mustahkamlash maqsadida ularning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish natijalari boʻyicha tayyorlangan yakuniy hujjatni koʻrib chiqmaganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumot uchun: 2025-yil 30-iyuldagi OʻRQ-1077-son Qonun, 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-son Qonun, 2025-yil 23-iyundagi PF-98-son Farmon, Qonunchilik palatasi va Senat kengashlarining 2025-yil 29-yanvardagi qoʻshma qarori, Senat Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi qarori, 2025-yil 2-maydagi 288-son qaror
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchinchidan, Konstitutsiyaning 37-moddasida mustahkamlangan fuqarolarning davlat xizmatiga kirishda teng huquqliligi haqidagi normani samarali amalga oshirishga qaratilgan zamonaviy standartlar joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, moslashuvchan, professional, innovatsion va natijadorlikka qaratilgan davlat fuqarolik xizmatining yangi modelini yaratishga qaratilgan Davlat fuqarolik xizmatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi. Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etilishi belgilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruvi akademiyasi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib, mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi etib qayta tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumot uchun: 2025-yil 5-maydagi PF-77-son Farmon, 2025-yil 5-maydagi PF-78-son Farmon
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻrtinchidan, fuqarolarning Konstitutsiyaning 50 va 51-moddalarida belgilangan taʼlim olishga boʻlgan huquqlarini amalga oshirishlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish sohalarida tashqi sifat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi sifatida Prezident Administratsiyasi huzurida Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tashkil etildi. “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi va uni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dastur hamda “Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim sifati va samaradorligini oshirish” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlatning maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha konstitutsiyaviy majburiyati doirasida bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish boʻyicha dastur va maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlandi. Ilk rivojlanish markazlari va “Kelajak” markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabdan tashqari taʼlim tizimining huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirilib, nafaqat bolalarning, balki barcha yoshdagi fuqarolarning qoʻshimcha taʼlim olish, yangi kasbiy bilim va koʻnikmalarni egallashi uchun huquqiy asoslar yaratildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasbiy taʼlim va milliy malaka tizimi takomillashtirildi. Kasbiy taʼlim sohasini boshqarishga masʼul Kasbiy taʼlim agentligi, hududlarda ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari tashkil etildi. Oliy taʼlimga oid malakalarni tan olish toʻgʻrisida global konvensiya (Parij, 2019-yil 25-noyabr) ratifikatsiya qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim olishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqni samarali amalga oshirish maqsadida 2025-yilda Turkiy davlatlar xalqaro universiteti, Al-Xorazmiy universiteti, “ToshTech”, Nukus, Namangan, Fargʻona, Buxoro davlat texnika universitetlari, Qoʻqon, “Cyber university” davlat universiteti, Moskva davlat texnika universiteti filiali, Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti, Urganch davlat tibbiyot instituti, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat kabi yangi taʼlim tashkilotlari tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumot uchun: 2025-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-1091-son Qonun, 2025-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-1094-son Qonun, 2025-yil 15-maydagi PF-86-son Farmon, 2025-yil 10-sentabrdagi PF-162-son Farmon, 2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmon, 2025-yil 28-apreldagi PF-73-son Farmon, 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-son Farmon, 2025-yil 28-apreldagi PQ-151-son qaror, 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-275-son qaror, 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-277-son qaror, 2025-yil 28-apreldagi PQ-152-son qaror, 2025-yil 1-iyuldagi PQ-209-son qaror, 2025-yil 23-oktabrdagi PQ-316-son qaror va b.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Beshinchidan, Konstitutsiyaning 20-moddasida davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi, 26-moddasida hech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emasligi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shundan kelib chiqib, ayrim jazo choralari qayta koʻrib chiqildi hamda baʼzilari uchun maʼmuriy javobgarlik bekor qilindi. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish amaliyotiga xususiy ayblov instituti joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qiynoqlarning oldini olish maqsadida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxslarning qiynoqqa solinishi holatlarini aniqlash va ularning oldini olish maqsadida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini koʻllash chogʻida gumon qilinuvchi va ayblanuvchi tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin ularni tergov hibsxonalarining oʻzida majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumot uchun: 2025-yil 26-iyundagi OʻRQ-1072-son Qonun, 2025-yil 10-iyuldagi OʻRQ-1075-son Qonun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oltinchidan, dunyoviy davlat konstitutsiyaviy prinsipini (1-modda) roʻyobga chiqarish va vijdon erkinligi (35-modda) kafolatlarini taʼminlash maqsadida 2025-yilda muhim islohotlar amalga oshirildi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi. Konsepsiyada belgilangan asosiy vazifalarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish boʻyicha parlament komissiyasi tuzildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning ibodatlar va diniy rasm-rusumlarni amalga oshirishi uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish, “Haj” va “Umra” ziyoratlariga borishi bilan bogʻliq xizmatlarni tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida “Haj va Umra yagona portali” ishlab chiqildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi faoliyati takomillashtirildi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita huzurida Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti, Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi, Diniy-maʼrifiy sohada taʼlim, fan va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkazildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumot uchun: 2025-yil 25-fevraldagi OʻRQ-1037-sonli Qonun, 2025-yil 21-apreldagi PF-68-son Farmon, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati kengashlarining 2025-yil 4-martdagi qoʻshma qarori, 2025-yil 27-avgustdagi 542-son qaror, 2025-yil 5-sentabrdagi 565-son qaror
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yettinchidan, Konstitutsiyaning 47-moddasiga muvofiq, davlat uy-joy qurilishini ragʻbatlantirishi va uy-joyga boʻlgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid chora-tadbirlar belgilandi. Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturi qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yangi Oʻzbekiston” massivlarining muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari loyihalarini ishlab chiqish va qurishda yangi quriladigan infratuzilma inshootlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari va energiya tejovchi uskunalaridan keng foydalanish boʻyicha talablar belgilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yashil” standartlar asosida qurilish loyihalari va qurilgan uy-joylarni baholash hamda sertifikatlash tizimi joriy etilib, koʻp kvartirali uy-joylarni foydalanishga qabul qilish jarayonlari soddalashtirildi va raqamlashtirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu sohada yagona davlat siyosatini yuritishga masʼul boʻlgan Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi tuzildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumot uchun: 2025-yil 21-fevraldagi PF-26-son Farmon, 2025-yil 19-noyabrdagi PF-219-son Farmon
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sakkizinchidan, davlat xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolish hamda rivojlantirish toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishi haqidagi konstitutsiyaviy norma (23-modda) asosida xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni rivojlantirish boʻyicha bir qator islohotlar amalga oshirildi. Xususan, Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi negizida Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita, hokimliklarda Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlash boʻyicha jamoatchilik kengashlari tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har yili yurtimizdagi barcha millat va elatlar vakillari birdamligini eʼtirof etuvchi “Oʻzbekiston yagona Vatan!” anjumani tashkil etilishi belgilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumot uchun: 2025-yil 19-martdagi PF-52-son Farmon, 2025-yil 19-martdagi PQ-115-son qaror
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻqqizinchidan, Konstitutsiyaning 41-moddasida belgilangan bank operatsiyalarining, omonatlarning va hisobvaraqlarning sir tutilishi qonun bilan kafolatlanishi toʻgʻrisidagi normani hayotga tatbiq etish maqsadida “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumot uchun: 2025-yil 18-fevraldagi OʻRQ-1031-son Qonun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻninchidan, Konstitutsiyada shaxsning, shu jumladan, homilador va bolasi bor ayollarning mehnat huquqlariga oid konstitutsiyaviy kafolatlar (42-modda), shuningdek, davlat fuqarolarning bandligini taʼminlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek kambagʻallikni qisqartirish choralarini koʻrishi (43-modda) mustahkamlab qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu konstitutsiyaviy normalarni hayotga tatbiq etish maqsadida fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlarini taʼminlash va konstitutsiyaviy kafolatlarni milliy qonunchilikka joriy etish, mehnat sohasidagi munosabatlarning elektron tizimga oʻtishini taʼminlash, davlat organlari va tashkilotlariga ishga kirayotgan fuqarolardan ortiqcha hujjatlarni talab qilish hollarini bartaraf etish choralari koʻrildi. Homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan boʻshatishga taqiq mehnat sohasidagi qonunlarga ham kiritildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan va ushbu reyestrga tushish xavfi boʻlgan oilalarni toifalarga taqsimlagan holda davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etish tartibi joriy etildi. Oilalarni kambagʻallikdan chiqarishga qaratilgan koʻmakni ijtimoiy shartnoma asosida koʻrsatish tartibi tasdiqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarda aholi bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va daromadlarini oshirish boʻyicha yangi yondashuvlarni keng joriy qilish maqsadida 2025-yilda aholini daromadli mehnat bilan taʼminlash dasturi tasdiqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumot uchun: 2025-yil 13-fevraldagi OʻRQ-1030-son Qonun, 2025-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-1095-son Qonun, 2025-yil 8-maydagi PF-84-son Farmon, 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-son qaror, 2025-yil 27-fevraldagi 125-son qaror, 2025-yil 24-iyuldagi 465-son qaror, 2025-yil 21-iyuldagi 454-son qaror
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻn birinchidan, bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratish, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligini kafolatlash (65-modda), qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini taʼminlash (67-modda) boʻyicha davlat oʻz zimmasiga bir qator konstitutsiyaviy majburiyatlar olgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu borada davlat ishtirokidagi bir qator korxonalar va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning maxsus (eksklyuziv) huquqlari bekor qilindi. Eksklyuziv huquq xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qonunlar va Prezident farmon va qarorlari bilan uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga faqat ikkita maqsad uchun berilishi nazarda tutildi. Eksklyuziv huquqlar taqdim etilishiga va bunday huquqlar berilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga doir aniq talablar belgilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2028-yil 1-yanvarga qadar kichik va oʻrta biznes subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga moratoriy eʼlon qilindi. Tadbirkorlik subyektlari oʻz mablagʻlari hisobidan ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari qurib, begʻaraz topshirganda, ushbu obyektlar uchun xarajatlar foyda soligʻi bazasidan kamaytirilishi belgilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy-hududiy birliklar tuzilganligi yoki tugatilganligi, ularning chegaralari yoki boʻysunuvi oʻzgartirilganligi natijasida tadbirkorlik subyektlarining va boshqa yuridik shaxslarning joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganda ular qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat bojini toʻlashdan ozod etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlarning maʼmuriy xarajatlarini va davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik jarayonlaridagi vaqtini tejash choralari koʻrilib, bir qancha davlat xizmatlarini bir vaqtning oʻzida kompozit koʻrsatishni nazarda tutuvchi tadbirkorlik subyektlarini “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126 turdagi tovarlar sanitariya-epidemiologiya, davlat veterinariya xizmati, oʻsimliklar karantini, texnik tartibga solish nazoratidagi roʻyxatlardan chiqarib tashlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumot uchun: 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-son Qonun, 2025-yil 13-yanvardagi OʻRQ-1018-son, 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-son Qonun, 2025-yil 30-apreldagi PF-74-son Farmon, 2025-yil 25-martdagi PF-57-son Farmon, 2025-yil 19-martdagi PF-50-son Farmon, 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-son Farmon, 2025-yil 21-apreldagi PF-70-son Farmon, 2025-yil 4-martdagi PF-41-son Farmon va boshqalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻn ikkinchidan, Konstitutsiyada fuqarolarning qulay atrof-muhitga, uning holati toʻgʻrisida ishonchli axborotga ega boʻlish huquqlari, shaharsozlik hujjatlari loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilishi (49-modda), yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikligi, ulardan oqilona foydalanish zarurligi va ular davlat muhofazasidaligi (68-modda) haqidagi normalar mustahkamlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Konstitutsiyada belgilangan ushbu normalarni amalga oshirish maqsadida Suv kodeksi, “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”, “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash toʻgʻrisida”gi qonunlar qabul qilindi, Atrof-muhit bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati toʻgʻrisidagi Konvensiya (Orxus, 1998-yil 25-iyun) ratifikatsiya qilindi. 2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yili deb eʼlon qilindi va shu yoʻnalishda qabul qilingan alohida davlat dasturida “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini keng joriy qilish, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, metan emissiyasini qisqartirish, “Yashil bino” sertifikatini joriy etish, tadbirkorlik subyektlarini “yashil tadbirkor” sifatida eʼtirof etish choralari belgilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Vazirlar Mahkamasi tizimidan chiqarilib, uning negizida Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya), shuningdek, Oʻrmon xoʻjaligi agentligi negizida Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi tashkil etilganligi Konstitutsiya asosida davlat oʻz zimmasiga olgan ekologik majburiyatlarni samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yashil hududlarni kengaytirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda jamoatchilik ishtirokini oshirish, ochiqlikni taʼminlash va raqamlashtirishga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy qilindi. Kompensatsiya sifatida ekilgan daraxt va buta koʻchatlari hisobini yuritish tizimi joriy qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yashil” davlat xaridlari tizimi joriy etildi, davlat xaridlarini amalga oshirishda ekologik mezonlar eng yaxshi takliflarni tanlash va tenderlardagi xarid qilish hujjatlariga majburiy tartibda kiritilishi belgilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologiya sohasida qonuniylik va qonun ustuvorligini taʼminlash maqsadida qurilish maydonlarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablar va ularni buzganlik uchun javobgarlik choralari belgilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish, hududlarini qisqartirish, mazkur hududlarda bino va inshootlar qurish taqiqlandi. Botanika bogʻlarini xususiylashtirish va ularning hududlarida qurilishni amalga oshirish taqiqlandi hamda botanika bogʻlari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar roʻyxatiga kiritildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumot uchun: 2025-yil 30-iyuldagi OʻRQ-1076-son Qonun, 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-son va OʻRQ-1062-son, 2025-yil 24-fevraldagi OʻRQ-1036-son, 2025-yil 11-martdagi OʻRQ-1045-son, 2025-yil 3-martdagi OʻRQ-1042-son qonunlar, 2025-yil 30-maydagi PF-90-son Farmon, 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-son Farmon
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻn uchinchidan, Konstitutsiyaning 57-moddasi asosida mehnatga layoqatsiz va yolgʻiz keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining huquqlarini davlat tomonidan himoya qilishga hamda ijtimoiy davlat prinsipini amalga oshirishga qaratilgan tizimli ishlar davom ettirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu borada nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlash tizimi takomillashtirildi, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash, ularga soliq imtiyozlari ularning murojaatisiz proaktiv shaklda taqdim etish tartibi joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning aʼzolarini band qilgan tadbirkorlik subyektlari uchun kompensatsiya taqdim etish tartibi joriy etildi. “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 6 ta yangi moliyaviy yordam turlari joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish koʻlamini yanada oshirishga, oʻzgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etildi. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari tomonidan ijtimoiy karta orqali xarid qilingan ayrim tovarlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarish tizimi soddalashtirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimi takomillashtirildi, xususan, fuqarolarni davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan majburiy va ixtiyoriy asoslarda qamrab olish tartibi, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni toʻlash asoslari mustahkamlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumot uchun: 2025-yil 8-maydagi PF-85-son Farmon, 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-son Farmon, 2025-yil 3-noyabrdagi PF-206-son Farmon, 2025-yil 8-maydagi PQ-171-son qaror, 2025-yil 3-fevraldagi PQ-41-son qaror, 2025-yil 27-maydagi PQ-194-son qaror, 2025-yil 2-apreldagi PQ-134-son qaror
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻn toʻrtinchidan, yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning taʼlim olishga, sogʻligʻini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga boʻlgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish (79-modda) toʻgʻrisidagi normalarni hayotga tatbiq etishga qaratilgan keng koʻlamli choralar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasining yangi stipendiya yoʻnalishi sifatida “Yorqin isteʼdod” loyihasi, oliy harbiy taʼlim muassasalarining namunali kursantlari uchun “Oliy bosh qoʻmondon” davlat stipendiyasi joriy etildi, xalqaro fan olimpiadalari gʻoliblariga toʻlanadigan bir martalik pul mukofoti miqdori besh baravarga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreativ industriya parklari tarmogʻi tashkil etilib, uning rezidentlariga bir qator soliq imtiyozlari taqdim etildi. Sunʼiy intellekt va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish boʻyicha “Ijodiy texnolaboratoriya” tashkil etilishi, “Ijodkor yoshlar klubi” va “Madaniyat volontyorlari” ijtimoiy harakati faoliyati yoʻlga qoʻyilishi belgilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilarining ishga joylashtirishiga koʻmaklashishga qaratilgan “Kelajakka qadam” dasturini amalga oshirish boshlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda yoshlarning bevosita ishtirokini taʼminlash maqsadida xalq deputatlari Kengashlari huzuridagi yoshlar maslahat guruhlari tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla yettiligi” imkoniyatlaridan foydalangan holda aholini jamoaviy sport turlariga jalb qilish orqali sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, aholiga sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda faollik koʻrsatgan shaxslarni har tomonlama ragʻbatlantirish boʻyicha yangi tartib joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarning tadbirkorlik gʻoya va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va ularning biznes loyihalarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish maqsadida “Yoshlar biznesi” dasturini amalga oshirish boshlandi, Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, “Yashil tashabbuslar”ni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari tashkil qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla yettiligi” va taʼlim muassasalari oʻrtasida yoshlar, jumladan, umumtaʼlim maktablarining bitiruvchi sinf oʻquvchilarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hamkorlik qilish tizimi joriy etildi, “Yoshlar yagona elektron platformasi” axborot tizimi yaratilishi belgilandi. Yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi milliy maʼruzani eʼlon qilish amaliyoti joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumot uchun: 2025-yil 26-martdagi PF-61-son Farmon, 2025-yil 10-sentabrdagi PF-163-son Farmon, 2025-yil 10-sentabrdagi PF-163-son Farmon, 2025-yil 20-noyabrdagi PF-222-son Farmon, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashining 2025-yil 26-fevralda qarori, 2025-yil 9-oktabrdagi 636-son qaror, 2025-yil 9-oktabrdagi 634-son qaror, 2025-yil 11-noyabrdagi 714-son qaror
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻn beshinchidan, Konstitutsiyaning 48-moddasiga koʻra, davlat sogʻliqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy sugʻurtaning har xil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu borada 2025-yilda aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishda qisqa muddatli chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan “Tibbiyotda 90 kunlik oʻzgarishlar” dasturi amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025 — 2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha milliy strategiya va uni amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi, Bolalar saratoni boʻyicha xalqaro akademik xab tashkil etildi. Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarni Davlat budjeti hisobidan bepul davolash hajmini va ushbu kasalliklarga chalingan bolalarning dori vositalari, maxsus oziq-ovqatlar va tibbiy jihozlar bilan taʼminlanish darajasini oshirish choralari koʻrildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtirilib, tibbiyot yoʻnalishidagi uchta oliy taʼlim muassasasi negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Tibbiyot ilmiy-innovatsion tadqiqot instituti faoliyati yoʻlga qoʻyildi, Universitetga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik berildi hamda uning huzurida Transformatsiya ofisi tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Raqamli sogʻliqni saqlash” platformasiga integratsiyalashgan, tibbiy koʻrik jarayonida va bemorlarga tashxis qoʻyishda shifokorga koʻmaklashuvchi sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan “Shifokorning raqamli yordamchisi” dasturini ishga tushirish choralari belgilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tibbiyot va farmatsevtika muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish boʻyicha choralar koʻrildi. Davlat tibbiyot muassasalarida yuqori malakali shifokorlar oylik lavozim maoshlariga ustama toʻlash tizimi joriy qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish, ushbu sohadagi huquqbuzarliklarni profilaktika qilishning zamonaviy usullarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar belgilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumot uchun: 2025-yil 19-maydagi PQ-185-son qaror, 2025-yil 19-maydagi PQ-186-sonli qaror, 2025-yil 19-maydagi PF-88-son Farmon, 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmon, 2025-yil 22-apreldagi PQ-149-son qaror, 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-son qaror, 2025-yil 9-noyabrdagi PQ-336-son qaror, 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-331-son qaror, 2025-yil 22-maydagi 326-son qaror, 2025-yil 19-iyundagi 382-son qaror, 2025-yil 3-oktabrdagi 621-son qaror
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻn oltinchidan, Konstitutsiyaning 52-moddasiga muvofiq, davlat oʻqituvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan oʻsishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi. Ushbu konstitutsiyaviy norma ijrosi doirasida 2025-yilda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori va uning oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi oshirildi, maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari uchun bazaviy tarif stavkalar maktab direktori oʻrinbosariga tenglashtirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish, kasbiy sertifikatlash va ragʻbatlantirish tizimi takomillashtirilib, ayrim pedagoglarni majburiy attestatsiyaga jalb etmasdan, ularga amaldagi malaka toifasi boʻyicha haq toʻlash, maʼlum talablarga javob beradigan pedagoglarga toʻgʻridan-toʻgʻri malaka toifasi berish tartibi yoʻlga qoʻyildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumot uchun: 2025-yil 19-martdagi PF-51-son Farmon, 2025-yil 28-apreldagi 264-son qaror, 2025-yil 28-fevraldagi 130-son qaror
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻn yettinchidan, Konstitutsiyaning 53-moddasiga muvofiq, jamiyatni ilmiy va texnikaviy rivojlantirish hamda intellektual mulkni muhofaza qilish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intellektual mulk obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayoni soddalashtirish, ayrim intellektual mulk obyektlarini ekspertiza qilish muddatlarini qisqartirish, roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlarida ortiqcha hujjatlardan voz kechish hamda intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish choralari koʻrildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumot uchun: 2025-yil 8-avgustdagi OʻRQ-1080-son Qonun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻn sakkizinchidan, Konstitutsiyaviy sud korrupsiyaviy omillar Konstitutsiya normalarini hayotga tatbiq etishdagi eng jiddiy tahdidlardan biri deb hisoblaydi va davlat tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida aniq choralar koʻrilayotganini ijobiy baholaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha yangi tizim joriy etilishi, ushbu masalada parlamentning roli kuchaytirilgani, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyati yangicha tartib asosida yoʻlga qoʻyilganligini qoʻllab-quvvatlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyotda korrupsiyaviy omillarning oldini olish maqsadida davlat xaridlarida sotib olinadigan tovar va xizmatlar narxi hamda uning oʻrtacha bozor narxi oʻrtasidagi tafovutning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan chegarasi belgilandi. Yirik investitsiya loyihalarida korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlar hamda yirik auksion shartlarini raqobatbardoshlik ekspertizasidan oʻtkazish tartibi joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari mustaqilligini taʼminlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi. Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarini tashkil etishning minimal mezonlari tasdiqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatida korrupsiyaning oldini olish choralari belgilandi. Rahbarlik lavozimlarida ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korrupsiyaga qarshi barqarorlik darajasini baholash mexanizmi joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yerga oid munosabatlarda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish mexanizmlarini yanada takomillashtirildi. Xususan, “e-yer nazorat” axborot tizimining yer sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha imkoniyatlari kengaytirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim boʻgʻin hisoblangan nazorat inspeksiyalarining mustaqilligini oshirish choralari koʻrildi. Xususan, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridan chiqarilib, Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkazildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlari ishtiroki kengaytirish maqsadida BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi qoidalarining bajarilishini nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan muqobil baholash tizimi yoʻlga qoʻyildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishidagi loyihalarga har yili 10 mlrd. soʻm miqdorida grantlar ajratish va ijtimoiy buyurtmalar berish tartibi belgilandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish muammolari boʻyicha mintaqaviy tadqiqot markazi tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumot uchun: 2025-yil 16-iyundagi OʻRQ-1069-son Qonun, 2025-yil 14-apreldagi PF-66-son Farmon, 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmon, 2025-yil 19-iyundagi PF-95-son Farmon, 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-son Farmon, 2025-yil 19-sentabrdagi PQ-288-son qaror, 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-son qaror, 2025-yil 18-sentabrdagi PQ-287-son qaror
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga Konstitutsiyaviy sud korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish muhimligini qayd etgan holda davlat organlari tomonidan xizmat koʻrsatish va aholi bilan muloqotni boshqa shakllarini tartibga soluvchi barcha hujjatlarni va jarayonlarni korrupsiya va byurokratiyaga qarshi standartlariga muvofiqligini yalpi baholashni taklif qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻn toʻqqizinchidan, 2025-yilda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini amalga oshirish uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, fuqarolarning qarzdorliklari boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta qildiruvchilar majburiy sugʻurta shartnomalaridan kelib chiqadigan daʼvolar yuzasidan davlat bojini toʻlashdan ozod etildi. Fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida inson omilini kamaytirib, davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yanada oshirish uchun yoshga doir pensiya olish huquqini beradigan yoshga toʻlgan fuqarolarga proaktiv shaklda pensiya tayinlash tartibi joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumot uchun: 2025-yil 16-iyundagi OʻRQ-1069-son Qonun, 2025-yil 31-iyuldagi OʻRQ-1078-son Qonun, 2025-yil 13-yanvardagi OʻRQ-1018-son Qonun, 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-son, 2025-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-1088-son Qonun, 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-son Farmon, 2025-yil 9-sentabrdagi PQ-280-son qaror
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga Konstitutsiyaviy sud mazkur yoʻnalishda majburiyatlar ixtiyoriy bajarilishini ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish, fuqarolarga berilayotgan imtiyozlarni bosqichma-bosqich proaktiv koʻrsatishga oʻtish, tijorat banklari tomonidan bank xizmatlarini koʻrsatishda isteʼmolchilar huquqlariga toʻliq rioya etish, moliyaviy ochiqlikni kengaytirish, toʻlangan mablagʻning ortiqcha qismi asosiy qarzni soʻndirishga yoʻnaltirganda kredit summasini oʻz vaqtida qayta hisoblash ham fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish uchun qoʻshimcha sharoit yaratadi, deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy sud qonunchilikdagi ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni aniqlash va ularni qisqartirib borish mexanizmlarini joriy etish muhim deb hisoblaydi hamda shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-noyabrdagi PF-244-son Farmonida nazarda tutilgan Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestrini shakllantirish boʻyicha ishlarni yakunlash hamda kelgusida tadbirkorlik subyektlari uchun yangi majburiy talab joriy etilganda uning oʻrniga reyestrdagi shu soha boʻyicha boshqa bir talabni majburiy chiqarib yuborish (“one in — one out”) tartibini joriy etishni taklif etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yigirmanchidan, huquqiy davlat, Konstitutsiya va qonunning ustunligi konstitutsiyaviy prinsiplari va konstitutsiyaviy qonuniylik muhiti oʻz navbatida samarali va shaffof qonun ijodkorligi jarayoni hamda uning hosilasi sifatida har tomonlama maromiga yetgan qonunlarning qabul qilinishi va ularning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini mustahkamlashni taqozo etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy sud jamiyat hayotining turli sohalari izchil rivojlanib borayotgan sharoitda huquqiy barqarorlikni taʼminlash hamda tizimlashgan va sifatli qonunchilik tizimini yaratish — fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini toʻlaqonli amalga oshirish uchun zarur shart-sharoit yaratishini eʼtirof etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davrda bu yoʻnalishda boshlangan tizimli islohotlar davom ettirilib, qonunlardagi havolaki normalarni amalga oshirishning aniq muddatlari va masʼul ijrochilarini shu qonunning oʻzida nazarda tutish, qonun loyihasini tayyorlashda tegishli sohada qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarni qonun darajasida tartibga solish imkoniyati koʻrib chiqish kabi yangi tartib-taomillar joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Islohotlarning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash va milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirishga qaratilgan 2025-2029-yillarga moʻljallangan qonun ijodkorligi dasturi qabul qilindi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan oʻtkazish tartiblari belgilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy sud “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunni amalga oshirish boʻyicha alohida Hukumat qarorini qabul qilinganligini maʼqullaydi va bunday amaliyotni kengaytirishni qoʻllab-quvvatlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumot uchun: 2025-yil 10-apreldagi OʻRQ-1054-son Qonun, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati kengashlarining 2025-yil 4-martdagi qoʻshma qarori, 2025-yil 27-maydagi 330-son qaror, 2025-yil 22-yanvardagi 29-son qaror
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga Konstitutsiyaviy sud toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonunlarni qabul qilish amaliyotini jadallashtirishga chaqiradi. Buning uchun qonun loyihalarini tayyorlash va baholash metodikasini, shuningdek, har yili muayyan soha va tarmoqlardagi qonunlarni qayta koʻrib chiqish, tizimlashtirish orqali va toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan va tizimlashgan qonunlarni qabul qilish boʻyicha dastur ishlab chiqish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy sud tizimlashgan hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha boshlangan tashabbuslarni jadallashtirishga, xususan, 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan davlat dasturida nazarda tutilgan Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi kodeksi loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishlarni yakunlashga daʼvat etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Konstitutsiyaviy sud huquqiy taʼsir choralarining mutanosibligi va yetarliligi konstitutsiyaviy prinsiplari asosida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 25-moddasida belgilangan maʼmuriy jarimaning eng koʻp miqdori fuqaro va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan, mansabdor shaxslarga esa, oʻn baravaridan oshmasligi kerakligi haqidagi umumiy qoidaga rioya etish hamda bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin boʻlgan baʼzi huquqbuzarliklarni aniqlashning aniq mezonlari va talablarini ishlab chiqish zarur, deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, ayrim qonunlar oʻrtasidagi tafovutlar fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini toʻlaqonli roʻyobga chiqarishga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Konstitutsiyaviy sud “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonun 47-moddasi va Mehnat kodeksining 299-moddasida intizomiy jazo qoʻllanilganda xodimga nisbatan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash yoki qoʻllamaslik yuzasidan vujudga kelayotgan kolliziyani Konstitutsiyaning 14, 19, 37 va 42-moddalarida belgilangan prinsiplar hamda 20-moddasida belgilangan inson bilan davlat organlarining oʻzaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi kerakligi haqidagi talabdan kelib chiqib hal etish zarur, deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy sud inson huquqlarini cheklovchi normalar boʻyicha qonun va qonunosti hujjatlar boʻyicha jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish talabiga rioya etishga chaqiradi. Adliya vazirligidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish vaqtida loyihada inson huquqlarini cheklovchi normalar aniqlanganda vazirlik xulosasida alohida koʻrsatib oʻtish lozim, deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy sud Konstitutsiyani toʻlaqonli ijro etilishini taʼminlash jamiyatdagi huquqiy ong va madaniyat darajasiga ham uzviy bogʻliq ekanligini eʼtirof etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu borada Konstitutsiyaviy sud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi F-60-son farmoyishi bilan tasdiqlangan, “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan dasturda tizimli chora-tadbirlar, ayniqsa, barcha hududlarda va aholining keng qatlamlari oʻrtasida Konstitutsiya mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha amaliy tadbirlar belgilanganligini qoʻllab-quvvatlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu maqsadda Konstitutsiyaviy sud huquqiy targʻibot ishlari koʻlamini kengaytirish yoʻnalishida olib borilayotgan islohotlarni muhim deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament tomonidan qabul qilingan Konstitutsiyani oʻqib-oʻrganish boʻyicha Milliy faoliyat dasturi ijrosini tahlil qilish va uni bugungi kun talablari asosida takomillashtirish zarurligiga eʼtibor qaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy sud sudlar tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyani bevosita qoʻllagan holda qarorlar qabul qilish amaliyotini qoʻllab-quvvatlaydi. Sud amaliyoti tahlili 2025-yilda Konstitutsiya va uning moddalariga 183 898 marotaba (2023-yilda — 52 596-marta, 2024-yilda — 168 767-marta) toʻgʻridan-toʻgʻri havola qilinganligini koʻrsatmoqda. Iqtisodiy ishlar boʻyicha Konstitutsiya normalarini toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllash holatlari salkam ikki baravarga oshib, 34 766 tadan 60 152 taga yetganligi Konstitutsiyaning shu yoʻnalishdagi normalari hayotda oʻz aksini topayotganligidan dalolat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy sud Konstitutsiya normalarini toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni eʼtirof etgan holda qonunchilikni Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish boʻyicha boshlangan ishlarni yanada jadallashtirish zarurligiga eʼtibor qaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu borada Konstitutsiyaviy sud Konstitutsiyaning 93-moddasi birinchi qismi 11-bandidan kelib chiqib, barcha majburiy toʻlovlarni oʻzida jamlagan yagona qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishlarni jadallashtirishga chaqiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy sud davlat oʻz zimmasiga olgan Konstitutsiyadagi ijtimoiy va boshqa majburiyatlar bajarilishi holati ustidan parlament nazoratini oʻrnatish, ushbu majburiyatlar boʻyicha masʼul vazirlik va idoralar tomonidan koʻrilayotgan choralarni muntazam ravishda qoʻmita yigʻilishlarida muhokama qilib borishni tavsiya etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umuman olganda, Konstitutsiyani davlat va jamiyat hayotiga toʻlaqonli tatbiq etish hamda uning normalarini qonunchilik hujjatlarida realizatsiya qilish va rivojlantirish boʻyicha Konstitutsiyaviy sud tomonidan olib borilgan monitoring ishlari shu koʻrsatadiki, joriy yilda ushbu yoʻnalishlar boʻyicha 200 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan, shulardan 40 dan ortigʻi qonun, 100 dan ziyodi Prezident farmon va qarorlari va boshqa turdagi huquqiy hujjatlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, Konstitutsiyaviy sud:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) qonunchilikdagi ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni aniqlash va ularni qisqartirib borish maqsadida Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestrini shakllantirish hamda tadbirkorlik subyektlari uchun yangi majburiy talab joriy etilganda, uning oʻrniga reyestrdagi shu soha boʻyicha boshqa bir talabni majburiy chiqarib yuborish (“one in — one out”) tartibini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) majburiyatlar ixtiyoriy bajarilishini ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish, fuqarolarga berilayotgan imtiyozlarni bosqichma-bosqich proaktiv koʻrsatishga oʻtish, tijorat banklari tomonidan bank xizmatlarini koʻrsatishda isteʼmolchilar huquqlariga toʻliq rioya etish, toʻlangan mablagʻning ortiqcha qismi asosiy qarzni soʻndirishga yoʻnaltirganda kredit summasini qayta hisoblash va moliyaviy ochiqlikni kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida davlat organlari tomonidan xizmat koʻrsatish va aholi bilan muloqotni boshqa shakllarini tartibga soluvchi barcha hujjatlarni va jarayonlarni korrupsiya va byurokratiyaga qarshi standartlarga muvofiqligi nuqtai nazardan baholashdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonunlarni qabul qilish amaliyotini jadallashtirish maqsadida bunday qonun loyihalarini tayyorlash va baholash metodikasini, shuningdek, har yili muayyan soha va tarmoqlardagi qonunlarni qayta koʻrib chiqish, tizimlashtirish orqali va toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan va tizimlashgan qonunlarni qabul qilish boʻyicha dastur ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) inson huquqlarini cheklovchi normalari mavjud boʻlgan qonun va qonunosti hujjatlar boʻyicha jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish maqsadida loyiha Adliya vazirligidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish vaqtida unda inson huquqlarini cheklovchi normalar mavjudligi haqida vazirlik xulosasida alohida koʻrsatib oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Konstitutsiyani oʻqib-oʻrganish boʻyicha Milliy faoliyat dasturi ijrosini tahlil qilish va uni bugungi kun talablari asosida takomillashtirishga, yangi konstitutsiyaviy prinsip va institutlarni oʻrganish, ularning mazmun-mohiyatini yoritib berishga qaratilgan maqsadli ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) Konstitutsiya talablaridan (93-modda birinchi qismi 11-bandi) kelib chiqib, barcha majburiy toʻlovlarni oʻzida jamlagan yagona qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishlarni jadallashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) tizimlashgan hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha boshlangan tashabbuslarni jadallashtirish, xususan, Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi kodeksi loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishlarni yakunlash va loyihani huquqiy taʼsir choralarining mutanosibligi va yetarliligi konstitutsiyaviy prinsiplari asosida qayta koʻrib chiqish, bunda oshirilgan jarima miqdori belgilanishi mumkin boʻlgan baʼzi huquqbuzarliklarni aniqlashning aniq mezonlari va talablarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonun 47-moddasi va Mehnat kodeksining 299-moddasida intizomiy jazo qoʻllanilganda xodimga nisbatan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash yoki qoʻllamaslik yuzasidan vujudga kelayotgan kolliziyani Konstitutsiyaning 14, 19, 37 va 42-moddalarida belgilangan prinsiplar hamda 20-moddasida belgilangan inson bilan davlat organlarining oʻzaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi kerakligi haqidagi talabdan kelib chiqib hal etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) Konstitutsiyaga muvofiq davlat oʻz zimmasiga olgan ijtimoiy va boshqa majburiyatlar bajarilishi holati ustidan parlament nazoratini oʻrnatish, ushbu majburiyatlar boʻyicha masʼul vazirlik va idoralar tomonidan koʻrilayotgan choralarni muntazam ravishda qoʻmita yigʻilishlarida muhokama qilib borish lozimligiga eʼtibor qaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Konstitutsiyaviy sud tomonidan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qoʻllash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy sud tomonidan fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish orqali ularning Konstitutsiya bilan kafolatlangan huquq va erkinliklariga bevosita taalluqli boʻlgan qonunlarning Konstitutsiyaga muvofiqligi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy shikoyat instituti konstitutsiyaviy odil sudlovga erishish va konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilishning muhim omili boʻlib xizmat qilmoqda. 2025-yil davomida Konstitutsiyaviy sudga jami 1 844 ta (2024-yilda — 1400 ta) murojaatlar, shundan 1 772 tasi fuqarolardan, 72 tasi yuridik shaxslardan kelib tushgan. Fuqarolar tomonidan umumiy yurisdiksiya sudlari, tergov organlari qarorlari, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari, fuqarolik, uy-joy, mehnat qonunchiligining alohida normalarini konstitutsiyaviyligini tekshirish, normativ-huquqiy hujjatlarga sharh va tushuntirish berish yuzasidan murojaatlar kelib tushgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaatlarning maʼmuriy-hududiy birliklar kesimidagi tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, eng koʻp murojaat Toshkent shahri, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan kelib tushgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy sud tomonidan 2025-yilda konstitutsiyaviy nazorat tartibida 81 ta qonun va 386 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning (2024-yilda 70 ta va 218 ta) Konstitutsiyaga muvofiqligi oʻrganilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Konstitutsiyaviy sudning 2025-yil 31-yanvarda boʻlib oʻtgan sud majlisida Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni 8, 9, 10-moddalari ikkinchi qismining Savdo-sanoat palatasiga oid normalariga sharh berish haqidagi masala koʻrib chiqildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy sud tomonidan Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — palata aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolari (arizalar) boʻyicha “koʻrsatilgan shaxslarning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi”, degan normani, davlat boji ariza qaysi shaxslarning manfaatlarini koʻzlab taqdim etilgan boʻlsa, shu shaxslardan daʼvo talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi, deb tushunish lozimligi toʻgʻrisida normaga aniqlik kiritildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq kelmaydigan murojaatlar ulushi yuqori boʻlib qolmoqda. Konstitutsiyaviy sud bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 18-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sud faoliyatini yanada takomillashtirish va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-253-son Farmonida fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaati koʻrib chiqish uchun qonunda belgilangan talablarga javob bermagan taqdirda, murojaatda nazarda tutilgan masalalarni Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan subyektlarga yuborish mexanizmining joriy etilganini qoʻllab-quvvatlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy nazorat tartibida tekshirilgan normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha Konstitutsiyaviy sud hujjatlarida zamonaviy konstitutsionalizm amaliyotini hisobga olgan holda huquqiy tizimni takomillashtirish boʻyicha konstitutsiyaviy-doktrinal yondashuvlar bayon etilgan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning aniq yoʻnalishlari koʻrsatib berilgan, huquqiy normalarni qoʻllashning konstitutsiyaviy-huquqiy masalalariga eʼtibor qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umuman olganda, soʻnggi yillarda konstitutsiyaviy ish yuritish amaliyoti kengayib borayotganligini inobatga olib, Konstitutsiyaviy sud ishlarni koʻrib chiqish, xulosa va qarorlarni qabul qilish kabi protsessual masalalarni tartibga soluvchi qonuniy asoslarni takomillashtirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy sudning 2024-yildagi mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati toʻgʻrisida axborotida ilgari surilgan tashabbuslar asosida joriy yilda vazirlik va idoralar tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konstitutsiyaviy sud masʼullarning eʼtiborini tergov va sud jarayonida vaqtincha tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarga bayram kunlarida oziq-ovqat, kiyim-kechak kiritish, toza havoda sayr qilish, yaqin qarindoshlari va advokatlari bilan uchrashuvga ruxsat beradigan tizimni joriy etish masalasiga qaratgan edi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu masala boʻyicha Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida kamida ikki soat davom etadigan sayr etish, kiyim-bosh va poyabzal olish hamda har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olishi uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining bir baravarigacha boʻlgan miqdorda pul sarflash boʻyicha huquqlarini mustahkamlash boʻyicha qonunchilik taklifini kiritdi va ushbu taklif joriy yil 18-noyabr kuni parlamentning quyi palatasida koʻrib chiqilib, maʼqullandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konstitutsiyaviy sud baʼzi hududlarda fermerlar oʻzlari yetishtirgan mahsulotni erkin tasarruf etishda toʻsqinliklarga uchrashi Oʻzbekiston hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishiga oid Konstitutsiyaning 67-moddasida belgilangan kafolatlarga zid ekanligi yuzasidan oʻz xavotirlarini bildirgan edi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan Konstitutsiyaviy sud Qonunchilik palatasi deputatlarining tovarlar, ishlar, xizmatlarning erkin harakatlanishiga yoki realizatsiya qilinishiga aralashish yoxud toʻsqinlik qilish holatlari yuzasidan maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilash boʻyicha 2025-yil 14-oktabrda quyi palatada qabul qilingan qonunchilik tashabbusini Konstitutsiyaning 67-moddasi ijrosini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konstitutsiyaviy sud 2024-yilda shaxsning sukut saqlashga oid konstitutsiyaviy huquqini qonunlarda aks ettirish va tergov sudyasi vakolatlarining qonuniy asoslarini yaratishni jadallashtirishga chaqirgan. Konstitutsiyaviy sud ushbu masalalar boʻyicha joriy yilda tegishli qonunlarning qabul qilinganini sudlar faoliyati hamda fuqarolar huquq va erkinliklarining konstitutsiyaviy kafolatlarini kuchaytirishda muhim qadam boʻldi, deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Konstitutsiyaviy sud qonunlardagi mahalliy davlat hokimiyati vakolatlariga oid umumiy normalarni hokimlik va mahalliy Kengashlar oʻrtasida ajratgan holda aniq tahrirda bayon etish taklifi boʻyicha 78 ta qonun hujjatlariga mahalliy hokimliklar va xalq deputatlari Kengashlari vakolatlarini ajratishga qaratilgan “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 9-sentabrda qabul qilinib, Oliy Majlis Senatiga yuborilganligini ijobiy baholaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Konstitutsiyaviy sud 2024-yilgi axborotda Konstitutsiyani toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllash masalasida sud va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini malakasini oshirib borish tashabbusi bilan chiqqan edi. Konstitutsiyaviy sud bu borada Odil sudlov akademiyasida malaka oshirish kurslarida “Odil sudlovni amalga oshirishda Konstitutsiya normalarini toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllashning mazmun-mohiyati” boʻyicha alohida mavzu kiritilib, 2025-yilda 555 nafar sud korpusi vakillari oʻqitilganligini qoʻllab-quvvatlaydi va bu amaliyotni davom ettirishga chaqiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yuridik yordamni davlat hisobidan koʻrsatishga oid (29-modda) konstitutsiyaviy norma ijrosini samarali tashkil etish maqsadida “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Qonunda davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega boʻlgan kam taʼminlangan shaxslarning normativ-huquqiy hujjatlar konstitutsiyaviyligini tekshirish boʻyicha murojaatlarini Konstitutsiyaviy sud majlisida koʻrib chiqishni ham kiritishni taklif etgan edi. Shu munosabat bilan tegishli qonun loyihasi ishlab chiqilib, Qonunchilik palatasida joriy yil 5-avgustda qabul qilinganligi hamda 31-oktabrda Senat tomonidan maʼqullanganligi yuqori eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, Konstitutsiyaviy sud fuqarolar va yuridik shaxslarning Konstitutsiyaviy sudga shikoyatlarini qabul qilish va koʻrib chiqish, konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish, xulosa va qarorlarni qabul qilish kabi protsessual masalalarni tartibga soluvchi qonuniy asoslarni takomillashtirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllash va uni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar va takliflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davrda konstitutsiyaviy sud ish yurituvi davomida, shuningdek, Ilmiy-maslahat kengashi tomonidan kiritilgan takliflarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Konstitutsiyaviy sud Konstitutsiyani toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllash va uni amalga oshirish bilan bogʻliq quyidagi ayrim masalalarga eʼtibor qaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchidan, Konstitutsiyaviy sud fuqarolarning malakali yuridik yordam olishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlarini (29-modda) taʼminlash huquqiy davlatning eng ustuvor va muhim talablaridan biri ekanligini eʼtirof etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malakali yuridik yordam olish huquqi oʻzi mustaqil huquq boʻlishi bilan bir qatorda, boshqa muhim konstitutsiyaviy huquqlarni amalga oshirish va saqlab qolish uchun ham zarur sharoit yaratib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu borada tergov amaliyotida jinoyat protsessida oʻz manfaatlarini himoya qiladigan shaxslar va himoyachining protsessual hujjatlar bilan tanishib chiqish huquqini taʼminlash muhim ahamiyatga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bois, Konstitutsiyaviy sud JPKning 46, 48 va 53-moddalarida ayblanuvchi, gumon qilinuvchi va himoyachi jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror bilan tanishish va undan nusxa olish huquqini ham alohida belgilash hamda oʻz hisobidan nusxa olish uchun zarur sharoit yaratib berish lozim, deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchidan, Konstitutsiyaviy sud 2025-yil 23-oktabrdagi Qonun bilan voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik liberallashtirilgani, oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni oʻtab boʻlgan shaxsni sudlanmagan deb hisoblashning alohida tartibi belgilanganini Konstitutsiyaning 78-79-moddalarida yoshlar uchun nazarda tutilgan konstitutsiyaviy kafolatlar mohiyatiga mos, deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga Konstitutsiyaviy sud bu boradagi islohotlarni davom ettirish muhimligini qayd etadi hamda bu yoʻnalishda manzil-koloniyasida saqlanayotgan voyaga yetmaganlarning taʼlim olishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha choralarni koʻrish, xususan, ushbu muassasalardagi mahkumlarni oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼlimi bilan qamrab olish tizimini yoʻlga qoʻyishni tavsiya etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, amaliyotda maktabda tahsil olayotgan voyaga yetmaganlarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilganda, ularning oʻrta taʼlim olish jarayoni toʻxtatilib, jazoni ijro etish davomida esa ular oʻz oʻqishini bir yil oldingi sinfda oʻqishga majbur boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagi holatni inobatga olib, Konstitutsiyaviy sud qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan voyaga yetmaganlarning uzluksiz umumiy oʻrta taʼlim olishini taʼminlash, bu borada ularga sud-tergov jarayonlari sababli taʼlimdan uzilib qolishi natijasida qoldirilgan dars soatlarini oʻzlashtirish va imtihon orqali qoplash imkonini yaratish maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchinchidan, Konstitutsiyaviy sud harakatlanish erkinligi insonning eng muhim tabiiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri boʻlib, uni cheklash eng soʻnggi huquqiy taʼsir chorasi boʻlishi va harakatlanish erkinligini cheklash bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa taʼsir choralarini qoʻllash bilan maqsadga erishishning imkoni boʻlmagan taqdirdagina qoʻllanilishi zarurligiga eʼtibor qaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mutanosiblik konstitutsiyaviy prinsipidan kelib chiqib, Konstitutsiyaviy sud maʼmuriy qamoq jazosini qoʻllashning adolat va insonparvarlik tamoyillariga muvofiq boʻlgan aniq mezonlarini ishlab chiqishga hamda birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy qamoqning eng koʻp muddatini qoʻllashni cheklashga chaqiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy imkoniyati yoʻqligi sababli ijro etilmagan jarimaga muqobil sifatida uni qamoq bilan almashtirish mexanizmini qayta koʻrib chiqish hamda jarimani almashtirish mumkin boʻlgan boshqa jazo choralarini, shu jumladan, majburiy jamoat ishlarini joriy etish maqsadga muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Konstitutsiyaviy sud Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) tomonidan taqdim etiladigan maʼruzalarida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarning huquqlari boʻyicha alohida koʻrsatib oʻtishni tavsiya etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻrtinchidan, Konstitutsiyaviy sud mamlakatni raqamli rivojlantirish strategik ahamiyatga ega maqsadlardan biri ekanligini eʼtirof etadi hamda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlaydi. Ayni damda raqamli transformatsiya yangicha iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy munosabatlarni vujudga keltirib, inson va fuqarolarning Konstitutsiya bilan kafolatlangan huquq va erkinliklariga ham taʼsir koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy sud raqamlashtirishning hozirgi surʼatlarini inobatga olib, quyidagi masalalarga eʼtibor qaratishga chaqiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sunʼiy intellektga asoslangan raqamli texnologiyalarning mazmun-mohiyatini, ularning davlat hamda jamiyat hayotiga taʼsirini puxta oʻrganish hamda bunday texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi qonun hujjatini ishlab chiqib, unda ushbu munosabatlarning barcha ishtirokchilarining xavfsizligi, huquq va majburiyatlariga oid aniq huquqiy qoidalarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaning 31-moddasida belgilangan shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqi kafolatlarini yaratish maqsadida hozirgi sunʼiy intellekt texnologiyalari jadal rivojlanayotgan sharoitda mazkur konstitutsiyaviy huquqni taʼminlash maqsadida barcha davlat organlari faoliyatini shaxsiy hayot daxlsizligi nuqtai nazaridan auditdan (“privacy audit”) oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy tarmoqlarda internet-firibgarlikning yangi shakllari, ayniqsa, tibbiyotda sertifikatdan oʻtmagan dorilar, davolash xizmatlari va tarkibi nomaʼlum biologik faol qoʻshimchalarni davlat organlari nomidan soxta xabarlar yordamida tarqatish holatlari ortib borayotganligini inobatga olib, Internetdagi soxta tibbiy reklamaning oldini olishning huquqiy mexanizmlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy sud faoliyatiga zamonaviy raqamlashtirish dasturlarini joriy etish, shu jumladan Konstitutsiyaviy sud faoliyati ochiqligini taʼminlash uchun fuqaro va yuridik shaxslarga interaktiv xizmatlar koʻrsatadigan axborot tizimlarini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Xulosa
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiya ustuvorligi huquqiy davlatchilik, davlat va jamiyat barqaror hamda uygʻun taraqqiyotining zaruriy sharti boʻlishi barobarida inson huquq va erkinliklarini toʻlaqonli amalga oshirishga qaratilgan milliy huquqiy tizimning rivojlanishi uchun muhim omil hamdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy sud barcha darajadagi davlat organlari va mansabdor shaxslarni oʻz faoliyatida Konstitutsiyaga mutlaq va soʻzsiz rioya qilishga, har qanday huquqiy qarorning markazida inson shaʼni, uning qadri-qimmatini adolatli huquqiy mezon sifatida aks ettirishga, huquqni qoʻllash amaliyotidagi har bir masalani Konstitutsiya norma va prinsiplar ruhi hamda talablari asosida qoʻllashga chaqiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiya faqat davlat organlari uchun emas, balki qaror qabul qilayotgan har bir mansabdor shaxs, sudya, qonun hujjati loyihasiga masʼul va huquqni qoʻllash amaliyotiga javobgar mansabdor shaxs, shuningdek jamiyatning barcha aʼzolari uchun beqiyos huquqiy mezon boʻlishiga erishish — huquqiy davlatchilikning muhim sharti. Shu bois, Konstitutsiyaviy sud Konstitutsiya ustunligi va qonun ustuvorligi kuchli umummilliy huquqiy intizom, yalpi huquqiy masʼuliyat va davlat boshqaruvining barcha boʻgʻinlari uchun dolzarb amaliy vazifaga aylanishi lozimligini eʼtirof etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy sud mamlakatimizda huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini barpo etish, hayotning barcha sohalarida inson qadri ustuvorligiga erishish maqsadida Konstitutsiya ustuvorligini taʼminlash konstitutsiyaviy prinsip va normalarni qonunchilikda hamda huquqni qoʻllash amaliyotida qoʻllash va rivojlantirish orqali amalga oshirilayotganligini eʼtirof etgan holda barcha darajadagi davlat organlarini oʻz faoliyatlarida yuksak konstitutsiyaviy mezon va adolatli andozalar asosida Konstitutsiyaga soʻzsiz amal qilish orqali huquqiy davlat barpo etishga qaratilgan umumiy saʼy-harakatlarga oʻz hissalarini qoʻshishga chaqirib qoladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 12/26/5/0010-son)