09.11.2022 yildagi PF-244-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning aniq maqsad va chegaralarini belgilash, tadbirkorlik subyektlari tomonidan yangi mahsulot va xizmat turlarini joriy etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali ular uchun tartibga solish yukini kamaytirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasining davlat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini faqatgina quyidagi vositalar orqali tartibga solish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari faoliyatining ayrim turlari boʻyicha litsenziyalash, ruxsat berish hamda xabardor qilish tartib-taomillarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik jihatdan tartibga solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarif va notarif tartibga solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunda belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlarining javobgarligini majburiy sugʻurta qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat nazorati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatni himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun bilan tadbirkorlik subyektlari hamda ularning mansabdor shaxslari javobgarligini oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobotlarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotga aʼzolik (ishtirok etish) asosida oʻzini oʻzi boshqarishni joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunlar bilan tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning boshqa vositalari ham belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish vositalari tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va realizatsiya qilinadigan tovarlar, bajariladigan ishlar, koʻrsatiladigan xizmatlarning inson hayoti va sogʻligʻi uchun xavfsizligini, uning qonuniy manfaatlari himoyasini taʼminlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, davlat xavfsizligini taʼminlash va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida faqat normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar asosida joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy yoki texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat hisoblanmagan hujjatlarda belgilangan tartibga solish vositalari huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagi talablar 2023-yil 1-yanvardan bekor qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va ommaviy axborot vositalarida bu haqida eʼlon berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi import avtomobillarini sotish faqat yuridik shaxslar — ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasini elektr taʼminoti shartnomasida belgilangan hajmlardan (oylik shartnomaviy miqdordan) ortiqcha isteʼmol qilgan yuridik shaxslarga elektr energiyasi yetkazib berishni toʻxtatib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimlarni Yagona milliy mehnat tizimida hisobga olish orqali davlat soliq xizmati organlarida alohida hisobga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 1-martdan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchilarga soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilgan qarorlari ustidan toʻgʻridan-toʻgʻri sudga shikoyat qilish huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha yuridik shaxslarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tijorat xizmatlarini koʻrsatishga ruxsat beriladi. Bunda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali nodavlat xizmatlar koʻrsatish tartibi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxs tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-apreldagi PF-47-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2023-yil 1-yanvardan boshlab 1-ilovaga muvofiq sohalar boʻyicha yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining zamonaviy texnologiyalarga asoslangan yangi mahsulot va xizmatlarni yoki boshqa intellektual faoliyat natijalarini nazorat qilinadigan cheklangan muhitda sinovdan oʻtkazish boʻyicha faoliyatini maxsus tartibga solishni nazarda tutuvchi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini (keyingi oʻrinlarda — Maxsus huquqiy rejim) joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Maxsus huquqiy rejim doirasida tadbirkorlik subyektlariga quyidagilarga ruxsat etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqish, aprobatsiya qilish va joriy qilish yoʻnalishlaridagi faoliyatini cheklangan vaqt, hudud va shaxslar doirasida maxsus tartibga solish orqali ayrim qonunchilik hujjatlari normalariga amal qilmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyasiz va ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtmasdan faoliyatni amalga oshirish, bundan davlat siri va qonunchilikka muvofiq foydalanish cheklangan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Maxsus huquqiy rejim tegishli vakolatli organ va tashabbuskor oʻrtasida har bir loyiha boʻyicha alohida tuziladigan kelishuvga asosan joriy etiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelishuvda loyihani amalga oshirishning talab va shartlari, shu jumladan muddati, hududi va shaxslar doirasi, tashabbuskorga tatbiq etilmaydigan qonunchilik normalari roʻyxati hamda loyiha natijalarini baholash mezonlari (indikatorlari) belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir loyiha boʻyicha Maxsus huquqiy rejimning amal qilish muddati koʻpi bilan uch yilni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Maxsus huquqiy rejim yakunlari boʻyicha tegishli vakolatli organ tomonidan bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sinovdan oʻtkazilgan mahsulot va xizmatlarni joriy etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan tahlil oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot va xizmatlarni joriy etish maqsadga muvofiq deb topilganda, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi 2023-yil 1-yanvarga qadar “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni, shu jumladan uni aniq yoʻnalishlar kesimida amaliyotga tatbiq etish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda tegishli vakolatli organlar bilan birgalikda 2025-yil 1-yanvarga qadar Maxsus huquqiy rejim joriy etilgan loyihalar tahlili natijalari boʻyicha “Maxsus huquqiy rejim toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablarni Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Yagona reyestr) kiritish, takrorlanuvchi va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan majburiy talablarni qayta koʻrib chiqish tartibi joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Yagona reyestr tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish vositalari boʻyicha oʻrnatilgan barcha talablar, ularning muddatlari, ular bilan bogʻliq moliyaviy xarajatlar, talablarga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar, nazorat qiluvchi organlar, tekshiruv shakllari hamda javobgarlik choralarini oʻz ichiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Yagona reyestrga maʼlumotlar tegishli sohani tartibga soluvchi vakolatli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Adliya vazirligi Yagona reyestrning operatori hisoblanadi, Yagona reyestr yuritilishini uslubiy taʼminlaydi, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining ushbu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Yagona reyestr quyidagi bosqichlarda shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqichda (2023-yil) — qurilish, savdo, umumiy ovqatlanish, taʼlim va transport sohalaridagi majburiy talablar roʻyxati shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqichda (2024-2025-yillar) — barcha sohalardagi majburiy talablar roʻyxati shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Yagona reyestrni shakllantirish jarayonida majburiy talablarning dolzarbligi tanqidiy tahlil qilinadi, tartibga solish taʼsiri baholanadi va ularning soni qisqartiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Yagona reyestr 2025-yil 1-iyuldan boshlab toʻliq ishga tushiriladi. Bunda, Yagona reyestrga kiritilmagan majburiy talablarni bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilanmaydi, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Yagona reyestrga kiritilmagan majburiy talablarning bajarilishini tekshirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona reyestrni shakllantirish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi ikki oy muddatda Yagona reyestrni shakllantirish, yuritish va maʼlumotlarni yangilab borish tartibini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tadbirkorlik subyektlari uchun tartibga solish yukini kamaytirish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh (J. Xodjayev) tegishli tashkilotlar mutaxassislaridan iborat kichik ishchi guruhlarni tuzgan holda mazkur Farmonning 8-bandiga muvofiq tartibda va muddatlarda majburiy talablarni qisqartirish, ularning yagona reyestrini shakllantirish ishlarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha qulaylik yaratish hamda sohadagi byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Farmon bilan joriy etilgan yangi tartib-taomillarni amalga oshirish mexanizmlarining Tadbirkorlik kodeksi loyihasida nazarda tutilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev, adliya vaziri R.Q. Davletov hamda Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D.S. Kasimov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 9-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-244-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-noyabrdagi PF-244-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi joriy etiladigan sohalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Soha nomi

Vakolatli organ nomi

1.

Elektron tijorat (muomalasi cheklangan yoki taqiqlangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bilan savdo-sotiq qilishdan tashqari)

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

2.

Transport va logistika

Transport vazirligi

3.

Sanoat ishlab chiqarishi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

4.

Qishloq xoʻjaligi

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

5.

Qurilish

Qurilish vazirligi

Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Vazirlar Mahkamasiga mazkur roʻyxatga kelgusida boshqa yoʻnalishlarni ham kiritish huquqi beriladi, bundan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi nazorat qiladigan sohalar mustasno.
(izoh Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 06/25/254/1195-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-noyabrdagi PF-244-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestrini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Masʼullar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Davlat organlari va tashkilotlari

1. Oʻz sohasidagi majburiy talablar oʻrnatilgan barcha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar roʻyxatini shakllantiradi.

2. Ushbu hujjatlardagi majburiy talablarni ularning zarurati, asosliligi va dolzarbligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan birga belgilangan shaklda Tadbirkorlik subyektlari uchun tartibga solish yukini kamaytirish boʻyicha ishchi guruhga (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) kiritadi.

3 oy

2-bosqich

Ishchi guruh

1. Ishchi guruh masʼul vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlar, yirik davlat korxonalarining malakali mutaxassislari, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari va xalqaro tashkilotlar vakillaridan iborat tarkibda kichik ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda — kichik ishchi guruhlar) tuzadi.

1 oy

Kichik ishchi guruhlar

2. Kichik ishchi guruhlar sohaga tegishli majburiy talablarning zarurati, asosliligi va dolzarbligini tanqidiy tahlil qilgan holda, ularning tartibga solish taʼsirini baholaydi va ushbu talablarni qisqartirish toʻgʻrisidagi takliflarni Ishchi guruhga kiritadi.

4 oy

3-bosqich

Ishchi guruh

Majburiy talablarni qisqartirish haqidagi takliflarni koʻrib chiqadi va kichik ishchi guruhlarga ularni amalga oshirish boʻyicha topshiriq beradi.

1 oy

4-bosqich

Kichik ishchi guruhlar

Tegishli sohaga oid majburiy talablarni qisqartirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Ishchi guruhga kiritadi.

1 oy

5-bosqich

Ishchi guruh

Reyestrni shakllantirish doirasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish holati haqida axborot hamda majburiy talablarni qisqartirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

1 oy

6-bosqich

Davlat organlari va tashkilotlari

Qayta koʻrib chiqilgan va qisqartirilgan majburiy talablar asosida sohalar boʻyicha majburiy talablar reyestrini shakllantiradi hamda Adliya vazirligiga reyestrga joylashtirish uchun kiritadi.

1 oy

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-noyabrdagi PF-244-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari uchun tartibga solish yukini kamaytirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ISHCHI GURUH TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

J.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari

2.

D.S. Kasimov

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

D.A. Vahobov

Savdo-sanoat palatasi raisi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

4.

R.Q. Davletov

adliya vaziri

5.

T.A. Ishmetov

moliya vaziri

6.

Sh.X. Shermatov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

7.

B.I. Zakirov

qurilish vaziri

8.

Sh.D. Kudbiyev

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

9.

Sh.Sh. Sharaxmetov

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi

10.

L.Sh. Kudratov

investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

11.

M.M. Ubaydullayev

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari

12.

B.K. Yusupaliyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi

13.

Lavozimi boʻyicha

Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri, Ishchi guruh kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Ishchi guruhning aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifani bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-noyabrdagi PF-244-son Farmoniga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha qulaylik yaratish hamda sohadagi byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochi

1.

Tadbirkorlik subyektlariga oʻzining telefon hamda elektron pochta manzili haqidagi maʼlumotlarni Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimida istalgan vaqtda bepul oʻzgartirish imkoniyatini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil may

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

2.

Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasida davlat xizmatlari markazlari tomonidan tadbirkorlik subyekti boʻlgan yuridik shaxslarni yangidan davlat roʻyxatidan oʻtkazishda ularga soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini shakllantirish va berish imkoniyatini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyun

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

3.

Davlat organlari va tashkilotlarining soʻrovlariga asosan bojxona yuk deklaratsiyasi maʼlumotlari hamda ekologik ekspertiza xulosalari va ularning nusxalarini “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etishni yoʻlga qoʻyish, bundan davlat sirlari bilan bogʻliq maʼlumotlar mustasno.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyul

Davlat bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

(N. Oblomurodov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

4.

Tadbirkorlik subyektlariga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida xizmatlar koʻrsatish boʻyicha zarur shart-sharoitlar yaratish (tizimga kirish, undan foydalanish, xavfsizlik talablarini ishlab chiqish).

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil fevral

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

5.

Tadbirkorlik subyekti boʻlgan yuridik shaxslarni (banklar va kredit byurolaridan tashqari) ixtiyoriy tugatish boʻyicha murojaatlarni elektron tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish hamda yuridik shaxs tugatishga tayyor holga kelganligi haqida ariza beruvchiga sms-xabarnoma yuborish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil fevral

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

6.

Tadbirkorlik subyekti boʻlgan yuridik shaxslarning ixtiyoriy tugatish jarayoniga oʻtkazilganligi haqida kommunal tashkilotlarga (elektr, gaz, suv taʼminoti) xabarnoma yuborish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2. Kommunal tashkilotlarning axborot tizimlarini Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimiga integratsiya qilish.

2023-yil fevral

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Energetika vazirligi

(A. Axmedxadjayev)

7.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilgan xizmatlar natijasini sms-xabarnomadagi havola orqali olish hamda sms-xabarnomada ariza raqamini aks ettirish imkoniyatini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

8.

Koʻchmas mulk tarixi maʼlumotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmatini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, davlat xizmatlari markazi hamda Kadastr agentligining davreestr.uz veb-sayti orqali koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil mart

Kadastr agentligi

(F. Poʻlatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

9.

Auditorlik tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda uni Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish xizmatini kompozit usulida koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil may

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

10.

Ekologik auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, bekor qilish, Ekologik auditorlarning reyestrini yuritishni tartibga solish asoslarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil avgust

Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

(N. Oblomurodov)

11.

Hunarmandchilik subyektlari boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida Hunarmandlar uyushmasiga aʼzo boʻlish haqida murojaat qilish imkoniyatini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Hunarmandlar uyushmasi

(U. Abdullayev)

12.

Barcha turdagi malaka sertifikatlarining muddati tugashidan oldin sertifikat egalarini malaka sertifikati muddatini uzaytirish (malaka oshirishi) lozimligi haqida xabardor qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyun

Malaka sertifikatini beruvchi organlar

13.

Avtomototransport vositalari toifalari boʻyicha amaliy imtihonda bajariladigan sinov mashqlari roʻyxatini oʻz ichiga olgan umumiy koʻrsatmalarni ishlab chiqish hamda vakolatli organning rasmiy veb-saytida eʼlon qilish orqali avtomototransport vositalari toifalari boʻyicha amaliy imtihonda bajariladigan sinov mashqlari roʻyxatini kelishish tartib-taomilini bekor qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil yanvar

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

(U. Tashkenbayev)

14.

Sharbat mahsulotlarini yoʻq qilish usullari va shartlarini oʻz ichiga olgan umumiy koʻrsatmalarni ishlab chiqish hamda vakolatli organning rasmiy veb-saytida eʼlon orqali sharbat mahsulotlarini yoʻq qilish usullari va shartlarini kelishish tartib-taomilini bekor qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil yanvar

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

(B. Yusupaliyev),

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(D. Sattarov),

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

(N. Oblomuradov),

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

(B. Norqobilov),

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

(I. Ergashev)

15.

Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida barpo etiladigan yopiq muz qoplamali maydonlarning loyiha-smeta hujjatlarini kelishish tartib-taomilini bekor qilish orqali loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha talablarni davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda belgilash tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil yanvar

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi

(Z. Bozorov),

Turizm va madaniy meros vazirligi

(B. Shaxriyorov)

17.

Goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar uchun moʻljallangan, sanitariya qoidalari hamda normalariga muvofiq boʻlmagan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, yoʻq qilish yoki ulardan oziq-ovqat ehtiyojlaridan boshqa maqsadlar uchun foydalanish usullari va shartlarini elektron tarzda kelishish tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil fevral

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

(B. Yusupaliyev)

18.

Yogʻ-moy mahsulotlarini qaytarib olish va utilizatsiya qilish (qayta ishlash) shart-sharoitlarini belgilagan tartibda elektron tarzda kelishish tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil fevral

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(D. Sattarov)

19.

Alkogolsiz ichimliklarni utilizatsiya qilish usullari va shartlarini kelishish tartib-taomillarini elektron tarzda amalga oshirish tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil fevral

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(D. Sattarov)

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2022-y., 06/22/244/1006-son; 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 28.11.2024-y., 06/24/200/0981-son; 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son; 22.12.2025-y., 06/25/254/1195-son; 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)