1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Bajarish muddati | Moliyalash-tirish manbasi | Masʼul tashkilotlar |
I. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish | |||||
1. | Sudyalar va sud xodimlarini zamonaviy kompyuter va “ofis” texnikasi bilan zarur miqdorda taʼminlash. | 1. Kompyuter va “ofis” texnikasiga boʻlgan talabni aniqlash. | 2026-yil 1-iyul | Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar | Konstitutsiyaviy sud (A. Gʻafurov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (G. Raximova), “Yagona integrator — UZINFOCOM” MCHJ (E. Gimranov) |
2. Kompyuter va “ofis” texnikasini belgilangan tartibda xarid qilish. | 2026-yil 1-avgust | ||||
2. | “Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlari (data-markaz)da Konstitutsiyaviy sud faoliyatiga joriy etiladigan axborot tizimlari, resurslari, dasturiy taʼminotlar va elektron reyestrlar maʼlumotlarining belgilangan tartibda joylashtirilishini tashkil etish. | 1. Konstitutsiyaviy sud tomonidan axborot tizimlari va resurslari, dasturiy taʼminotlar va elektron reyestrlar maʼlumotlarini joylashtirish uchun data-markazdan ajratiladigan zarur resurslarni aniqlash hamda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish. | 2026-yil 1-avgust | Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar | Konstitutsiyaviy sud (A. Gʻafurov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (G. Raximova), Raqamli texnologiyalar vazirligi (O. Umarov), “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DM (A. Mansurov) |
2. Data-markazdan zarur resurslarni ajratish. | 2026-yil 31-dekabr | ||||
3. | Sudning axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari va boshqa dasturiy mahsulotlarining axborot va kiberxavfsizligini taʼminlash, xizmat axborotlari va maʼlumotlarini kompleks himoya qilish choralarini koʻrish. | 1. Axborot xavfsizligi zaifligini oʻrganish va tahlil qilish. | 2027-yil 1-aprel | Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar, xorijiy hamkorlar mablagʻlari | Konstitutsiyaviy sud (A. Gʻafurov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (O. Mirzayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
2. Zarur uskunalar va dasturiy taʼminotlarni xarid qilish. | 2027-yil 1-oktabr | ||||
4. | Konstitutsiyaviy sud binosida IP telefon tizimini joriy etish. | 1. Tanlov savdosini oʻtkazgan holda tegishli qurilmalarni xarid qilish. | 2026-yil 1-oktabr | Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar, xorijiy hamkorlar mablagʻlari | Konstitutsiyaviy sud (A. Gʻafurov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (G. Raximova), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (J. Maxsudov), “Oʻzbektelekom” AJ (N. Xasanov) |
2. IP telefon tizimini oʻrnatilgan tartibda yoʻlga qoʻyish. | 2026-yil 31-dekabr | ||||
5. | Tashrif buyuruvchilar uchun sud binosida Wi-Fi hududlarini tashkil etish. | 1. Tanlov savdosini oʻtkazish va shartnoma tuzish. | 2026-yil 1-oktabr | Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar, xorijiy hamkorlar mablagʻlari | Konstitutsiyaviy sud (A. Gʻafurov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (G. Raximova), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (J. Maxsudov), “Oʻzbektelekom” AJ (N. Xasanov) |
2. Uskunalarni sotib olish, oʻrnatish va ishga tushirish. | 2026-yil 31-dekabr | ||||
6. | Sud majlisi zali uchun zarur uskunalarni xarid qilish, oʻrnatish va ishga tushirish orqali quyidagi tizimlarni joriy qilish: videokonferensaloqa tizimi; sud majlislarini audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib borish tizimi; zamonaviy vositalar (gadjetlar)dan foydalangan holda sud majlislarida ishtirok etish imkonini beruvchi videokonferensaloqa tizimi. | 1. Tanlov savdosini oʻtkazish va shartnoma tuzish. | 2027-yil 1-aprel | Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar, xorijiy hamkorlar mablagʻlari | Konstitutsiyaviy sud (A. Gʻafurov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (G. Raximova), “Yagona integrator — UZINFOCOM” MCHJ (E. Gimranov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (J. Maxsudov) |
2. Uskunalarni sotib olish, oʻrnatish va ishga tushirish. | 2027-yil 1-avgust | ||||
II. Konstitutsiyaviy sud faoliyatini raqamlashtirish orqali fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan elektron hamkorlikni taʼminlash | |||||
7. | Konstitutsiyaviy sud faoliyatiga quyidagilar orqali sud ish yurituvining “E-KSUD” axborot tizimini joriy etish: ish yuritish tartibini avtomatlashtirish orqali murojaatlarni elektron roʻyxatga olish va ularning hisobini yuritish; “Sud xabarnomasi” elektron tizimi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasi orqali sud ishtirokchilarini xabardor qilish; sud hujjatlarini axborot tizimidan foydalangan holda avtomatlashtirilgan ravishda shakllantirish; sud ishlarini elektron koʻrinishda shakllantirish boʻyicha modulni ishlab chiqish va joriy qilish. | 1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish. | 2026-yil 1-avgust | Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Konstitutsiyaviy sud (A. Gʻafurov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (O. Umarov), “Yagona integrator — UZINFOCOM” MCHJ (E. Gimranov) |
2. Dasturiy taʼminot ishlab chiqish. | 2027-yil 1-fevral | ||||
3. Dasturiy taʼminotni joriy etish. | 2027-yil 1-avgust | ||||
III. Konstitutsiyaviy sud faoliyatida axborot xavfsizligini, hujjatlarning xavfsiz aylanishini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining lozim darajada ishlashini taʼminlash | |||||
8. | Sud arxividagi maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash va arxiv hujjatlarini tizimlashtirish. | 1. Sud arxivini toʻliq xatlovdan oʻtkazish. 2. Sud arxivida qogʻoz shaklida saqlanayotgan ishlar va hujjatlarni elektron shaklga oʻtkazish. 3. Sud arxivida ish va hujjatlarni saqlash tartibi hamda muddatlarini qayta koʻrib chiqish. | 2027-yil 1-iyul | Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar, xorijiy hamkorlar mablagʻlari | Konstitutsiyaviy sud (A. Gʻafurov), “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov) |
9. | Sudda axborot texnologiyalaridan foydalanish tartibini belgilash. | Idoraviy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2027-yil 1-iyul | - | Konstitutsiyaviy sud (A. Gʻafurov), “Yagona integrator — UZINFOCOM” MCHJ (E. Gimranov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (O. Mirzayev) |
10. | Sud ish yurituvi tizimining axborot xavfsizligi siyosatini belgilash. | Idoraviy hujjatni ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2027-yil 1-dekabr | - | Konstitutsiyaviy sud (A. Gʻafurov), “Yagona integrator — UZINFOCOM” MCHJ (E. Gimranov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (O. Mirzayev) |
11. | Sud organlarining axborot tizimlarida xizmat maʼlumotlarini va fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlarini himoya qilish boʻyicha, shuningdek axborot xavfsizligining buzilishi bilan bogʻliq sodir boʻlishi mumkin boʻlgan hodisalarga tezkorlik bilan munosabat bildirish choralarni koʻrish. | Tashkiliy texnik choralar koʻrish. | Doimiy | - | Konstitutsiyaviy sud (A. Gʻafurov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (O. Mirzayev) |
12. | Barcha sudyalar va masʼul sud xodimlarini elektron raqamli imzolar bilan taʼminlash. | Elektron raqamli imzolarni xarid qilish boʻyicha zaruriy choralarni koʻrish. | Doimiy | Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar | Konstitutsiyaviy sud (A. Gʻafurov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (G. Raximova), Soliq qoʻmitasi (J. Abdiyev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (O. Umarov) |
IV. Konstitutsiyaviy sud faoliyatiga joriy etilgan axborot tizimlaridan keng va samarali foydalanish boʻyicha tashkiliy tadbirlar | |||||
13. | Konstitutsiyaviy sud faoliyatiga joriy etilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haqida aholi orasida keng targʻibot ishlarini tashkil etish. | Trening, seminar, videoroliklar ishlab chiqish va boshqa tadbirlarni tashkil etish. | 2027-yil avgustdan boshlab doimiy | - | Konstitutsiyaviy sud (A. Gʻafurov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Djoʻrabayev) |
14. | Sud faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish. | 1. Ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish va tahliliy maʼlumotlar tayyorlash. 2. Zarur hollarda, tanlangan ilgʻor xorijiy davlatlarga tashrif buyurish orqali tajribalarni oʻrganish. | Alohida reja asosida | Xalqaro donor tashkilotlar bilan hamkorlikda | Konstitutsiyaviy sud (A. Gʻafurov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (O. Umarov) |
15. | Konstitutsiyaviy sudda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishga masʼul boʻlgan xodimlar malakasini doimiy tarzda oshirib borish. | 1. Reja-grafikni tasdiqlash. 2. Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida sudda AKTni joriy etishga masʼul xodimlar malakasini oshirish | Har yili | - | Konstitutsiyaviy sud (A. Gʻafurov), Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (B. Maxkamov) |
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
1. | Ishda ishtirok etuvchi jismoniy shaxslar haqida maʼlumotlar olish imkoniyatini yaratgan holda Konstitutsiyaviy sud axborot tizimining Ichki ishlar vazirligi “Manzil” va “Jismoniy shaxslar” axborot tizimlari bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash. | 1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish. | 2027-yil yanvar | Konstitutsiyaviy sud (A. Gʻafurov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (O. Umarov), Ichki ishlar vazirligi (Z. Kurbanov) |
2. Veb-xizmatni yaratish. 3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish. | 2027-yil fevral | |||
2. | Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar haqidagi maʼlumotlarni onlayn tarzda olish imkoniyatini yaratish. | 1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish. | 2027-yil yanvar | Konstitutsiyaviy sud (A. Gʻafurov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (O. Umarov) |
2. Veb-xizmatni yaratish. 3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish. | 2027-yil fevral | |||
3. | Sud tomonidan pochta aloqasi orqali yoʻllanadigan xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qogʻozlari, boshqa hujjatlarni jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, maʼlumotlarni saqlash hamda hisobga olishning yagona milliy tizimi bilan oʻzaro elektron hamkorlikni taʼminlash. | 1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish. | 2027-yil mart | Konstitutsiyaviy sud (A. Gʻafurov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (O. Umarov), “Oʻzbekiston pochtasi” AJ (A. Fayzullayev) |
2. Veb-xizmatni yaratish. 3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish. | 2027-yil aprel | |||
4. | Konstitutsiyaviy sud va davlat arxivi oʻrtasida arxivda saqlanayotgan hujjatlarni olishga soʻrov yuborish hamda hujjatlarni arxivdan olish qismi boʻyicha elektron axborot almashinuvini taʼminlash. | 1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish. | 2027-yil may | “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov), Konstitutsiyaviy sud (A. Gʻafurov) |
2. Veb-xizmatni yaratish. 3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish. | 2027-yil iyun | |||
5. | Konstitutsiyaviy sud va Milliy statistika qoʻmitasi oʻrtasida statistik maʼlumotlar almashinuvi boʻyicha elektron hamkorlikni tashkil etish. | 1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish. | 2027-yil iyul | Konstitutsiyaviy sud (A. Gʻafurov), Milliy statistika qoʻmitasi (Z. Ziyayev) |
2. Veb-xizmatni yaratish. 3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish. | 2027-yil avgust | |||
6. | Sudga jismoniy shaxsning (16 yoshga toʻlgan jismoniy shaxslar va JSHSHIRga ega boʻlganlar) narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi haqidagi maʼlumotlarni onlayn tarzda olish imkoniyatini yaratish. | 1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish. | 2027-yil iyul | Konstitutsiyaviy sud (A. Gʻafurov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (O. Umarov) |
2. Veb-xizmatni yaratish. 3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish. | 2027-yil avgust | |||
7. | Sudga jismoniy shaxsning (16 yoshga toʻlgan jismoniy shaxslar va JSHSHIRga ega boʻlganlar) ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi haqidagi maʼlumotlarni onlayn tarzda olish imkoniyatini yaratish. | 1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish. | 2027-yil sentabr | Konstitutsiyaviy sud (A. Gʻafurov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (O. Umarov) |
2. Veb-xizmatni yaratish. 3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish. | 2027-yil oktabr | |||
8. | “E-qaror” elektron dasturidan viloyat, tuman va shahar hokimlari hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar mahalliy kengashlari qarorlari haqidagi maʼlumotlarni onlayn tarzda olishni taʼminlash. | 1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish. | 2027-yil noyabr | Konstitutsiyaviy sud (A. Gʻafurov), Adliya vazirligi (N. Muxammadiyev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (O. Umarov) |
2. Veb-xizmatni yaratish. 3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish. | 2027-yil dekabr |
3-ILOVA
1-ILOVA
Lavozimlar nomi | Mehnatga haq toʻlash razryadlari | Tarif koeffitsiyenti |
Rais | 21 | 19,631 |
Rais oʻrinbosari | 19 | 17,276 |
Sudya | 18 | 12,211 |
Devon rahbari | 18-3% | |
Guruh rahbari | 17 | 9,965 |
Matbuot xizmati rahbari, boʻlim boshligʻi | 16 | 6,490 |
Rais yordamchisi, birinchi boʻlim mudiri | 15 | 6,146 |
Katta ekspert, bosh konsultant, bosh mutaxassis | 14 | 5,810 |
Ekspert, katta konsultant, katta mutaxassis, devonxona mudiri | 13 | 5,482 |
”. |