02.11.2000 yildagi 424-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QISHLOQNI LIZING SHARTLARIDA QISHLOQ XOʻJALIGI TEXNIKASI BILAN TAʼMINLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligini yuqori samarali zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan jihozlashni ragʻbatlantirish, qishloq xoʻjaligi mashinasozligini, shu jumladan yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni shakllantirish, qishloqqa yetkazib berilayotgan traktorlar va oʻrim-yigʻim texnikasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, yangi zamonaviy gʻalla oʻrish kombayni va paxta terish mashinasini va ular bilan agregatlashtirilib ishlatiladigan traktorni (keyingi oʻrinlarda qishloq xoʻjalik texnikasi deb ataladi) qishloq xoʻjaligi korxonalari va ularga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga (keyingi oʻrinlarda lizing oluvchilar deb ataladi) quyidagi lizing shartlarida yetkazib beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 20 foizi avans sifatida lizing oluvchilar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga toʻlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 80 foizi lizing tashkilotlari tomonidan ularga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tomonidan qaytariladigan qarz asosida ajratiladigan mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 549-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Lizing tashkilotlariga quyidagi vazifalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizing oluvchilarning qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berish yuzasidan berilgan buyurtmalarini umumlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylashtirilgan buyurtmalarga muvofiq yetkazib beriladigan qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun oʻz vaqtida avans toʻlash va uzil-kesil hisob-kitob qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizing shartnomalarini tuzish, yangi qishloq xoʻjaligi texnikasini lizingga berish, lizing toʻlovlarini oʻz vaqtida undirilishini va Jamgʻarmaga toʻlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma bilan tuzilgan har bir qarz shartnomasi boʻyicha ajratilgan mablagʻlarning hisobini oʻz vaqtida yuritish va ularni hisoblangan foizlari bilan toʻlash.
(2-band Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/578/3419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/578/3419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaga har yili, 1-oktabrdan boshlab va uning kelgusi yilga tushumlar va xarajatlari balansi tasdiqlangungacha boʻlgan davrda, zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarilishini taʼminlash uchun ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy dileriga avans berish uchun lizing tashkilotlari buyurtmanomalari boʻyicha mablagʻlar ajratishga ruxsat etilsin. Avans berish har oylik ulushlar bilan, oldi-sotdi shartnomasida koʻrsatilgan yetkazib berish muddatidan kechikmay, ushbu shartnomada kelgusi yilda yetkazib berish nazarda tutilgan hajmlar va yetkazib berish muddatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 549-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda nazarda tutilgan tartib mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan 2025-yilda tayyor holda import qilingan qishloq xoʻjaligi texnikalariga ham tatbiq qilinadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-maydagi 345-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2025-y., 09/25/345/0491-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Lizing tashkilotlari lizing oluvchilar bilan lizing shartnomalari tuzishda:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/578/3419-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizing oluvchilarga texnikani faqat lizingning butun davri uchun olinayotgan texnika boʻyicha mulkiy tavakkalchiliklar sugʻurta polisi mavjud boʻlgandagina berishni;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizing kompaniya daromad foizining imtiyozli stavkasi Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan yuqori boʻlmasligini;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyuldagi 216-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 334-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizing muddatini fermer, dehqon xoʻjaliklari uchun 10 yil, qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi boshqa tashkilotlar uchun 7 yil etib belgilanishini nazarda tutadi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/578/3419-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizingga olingan qishloq xoʻjaligi texnikasining buzilishida aybdor boʻlgan lizing oluvchilar belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortishgacha boʻlgan darajada javob beradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizing oluvchilar tomonidan lizing shartnomasida nazarda tutilgan lizing toʻlovlari oʻz vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda tijorat banklari lizing egasining hisob raqamiga soʻzsiz bajarilishi kerak boʻlgan lizing tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan toʻlov talabnomalarini qoʻyadi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/578/3419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023 — 2025-yillarda tayyor holda import qilingan yangi zamonaviy gʻalla oʻrish kombaynlari va paxta terish mashinalari hamda ular bilan agregatlashgan holda ishlatiladigan traktorlarni qishloq xoʻjaligi subyektlariga imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish Jamgʻarma tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning imtiyozli qarz mablagʻlari hisobidan xarid qilingan qishloq xoʻjaligi texnikalariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan subsidiyalar qoʻllanmaydi;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 09/25/466/0655-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizing toʻlovlari toʻgʻri hisoblab yozilishi hamda toʻlanishini, shuningdek Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi va ularning oʻz vaqtida qaytarilishini nazorat qilish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi umumdavlat va mahalliy soliqlarni toʻlashdan besh yil muddatga ozod qilinsin, boʻshaydigan mablagʻlar qishloqqa qishloq xoʻjaligi texnikasi yetkazib berishni mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini toʻldirishga maqsadli yoʻnaltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda barcha viloyatlar markazlarida “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi filiallari ochilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyundagi 442-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 26-son, 593-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Toshkent shahar hokimligi “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi apparatini joylashtirish masalasini bir oy muddatda hal etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari bilan birgalikda xolding kompaniya korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. Mazkur chora-tadbirlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joy va ijtimoiy sohaning boshqa obyektlari “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi korxonalari balansidan mahalliy hokimiyat organlariga berilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanilmayotgan asbob-uskunalar, binolar, inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar sotilishi yoki konservatsiya qilinishini oʻz ichiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 2-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
424-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan yangi zamonaviy gʻalla oʻrish kombayni va paxta terish mashinasi va ular bilan agregatlashtirilib ishlatiladigan traktorni (keyingi oʻrinlarda qishloq xoʻjaligi texnikasi deb ataladi) lizing shartlarida yetkazib berishni tartibga soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom talablari mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan 2025-yilda tayyor holda import qilingan qishloq xoʻjaligi texnikalariga ham tatbiq qilinadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-maydagi 345-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2025-y., 09/25/345/0491-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi qishloq xoʻjaligi uchun zarur qishloq xoʻjaligi texnikasini turlari boʻyicha shakllantirilgan maʼlumotni hisobot yilining 1-sentabriga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) taqdim etadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 549-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Taqdim etilgan maʼlumot asosida Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish uchun mablagʻlar manbalarini shakllantiradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 549-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamgʻarma oʻzining veb-sahifasida kelgusi yil uchun qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishga qarz mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisidagi maʼlumotni joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamgʻarmaning veb-sahifasiga joylashtirilgan maʼlumotlar asosida respublikada faoliyat yurituvchi barcha lizing tashkilotlari qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berish boʻyicha dastlabki buyurtmanomalarni Jamgʻarmaning veb-sahifasiga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jamgʻarma veb-sahifaga joylashtirilgan dastlabki buyurtmanomalar tahlili asosida lizing tashkilotlari bilan qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishga qarz mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisida Bosh bitim tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lizing tashkilotlari qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqaruvchilar yoki ularning rasmiy dilerlari bilan qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berish, toʻlov tartibi va muddati koʻrsatilgan oldi-sotdi shartnomalari tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Lizing tashkilotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma bilan moliyaviy resurslar jalb etish uchun shartnoma tuzadi. Bunda lizing boʻyicha daromad foizi miqdori, shuningdek, lizing oluvchilar tomonidan toʻlanadigan lizing toʻlovlaridan ushlab qolinadigan lizing tashkiloti va bank xizmatlari uchun toʻlovlar miqdori kelishib olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari bilan moliyaviy agent funksiyalarini bajarish yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta tashkilotlari bilan sugʻurta qonunchiligiga muvofiq shartnomalar tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Lizing tashkilotlari lizing oluvchilar bilan qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berish shartnomalarini tuzadi. Har bir shartnomaga lizing toʻlovi jadvali ilova qilinadi. Bunda shartnomalar 3 nusxada tuziladi va bir nusxasi tijorat bankiga joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Lizing oluvchilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizingga olinadigan qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 20 foizini lizing tashkilotlariga toʻlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizingga olinadigan qishloq xoʻjaligi texnikasini oʻz mablagʻlari hisobiga sugʻurta tashkilotlarida sugʻurta qiladilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizing shartlarida rasmiylashtirilgan qishloq xoʻjaligi texnikasining qoplanmagan qiymatini hamda hisoblangan lizing foizini fermer, dehqon xoʻjaliklari 10 yil muddatgacha, qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi boshqa tashkilot va korxonalar 7 yil muddatgacha lizing tashkilotlariga toʻlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Lizing tashkilotlari lizing oluvchilar toʻlagan avans mablagʻlaridan kelib chiqib qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 60 foizigacha avans toʻlovini toʻlashga pul mablagʻlarini ajratish uchun buyurtmanomalarni Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu buyurtmanomalar asosida Jamgʻarma pul mablagʻlarini kelgusi davr uchun lizing tashkilotining tijorat bankidagi Jamgʻarma bilan hisob-kitoblar hisobvaragʻiga (keyingi oʻrinlarda amaliyot hisobvaragʻi deb ataladi) oʻtkazadi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 549-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Lizing tashkiloti shartnomada belgilangan muddatda yetkazib beriladigan qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 80 foizi miqdorida ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy dilerlariga amaliyot hisobvaragʻidan avans mablagʻini toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Lizing tashkiloti tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikasi lizingga rasmiylashtirilgandan keyin shartnoma shartlariga muvofiq lizing oluvchiga yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lizing tashkiloti qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing oluvchiga yetkazib berganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgandan keyin qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining qolgan yakuniy 20 foizi miqdoridagi pul mablagʻlari Jamgʻarma tomonidan lizing tashkilotining amaliyot hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Har oyda, kechi bilan oyning 5-kuni, lizing tashkiloti hizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga oldingi oyda tuzilgan shartnomalar boʻyicha lizing toʻlovi jadvali nusxalarini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Lizing oluvchilar lizing shartnomalarida belgilangan muddatlarda va miqdorlarda lizing tashkilotlariga lizing toʻlovlari (asosiy qarz va foiz)ni toʻlaydilar. Toʻlangan mablagʻlar toʻliq miqdorda amaliyot hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Lizing tashkilotlari tuzilgan qarz shartnomalariga muvofiq jalb etilgan qarz mablagʻlar boʻyicha asosiy qarz va foizlarni shartnomada belgilangan muddatlarda Jamgʻarmaga toʻlanishini taʼminlaydi. Lizing boʻyicha foizlar Jamgʻarma, lizing tashkiloti va tijorat banki oʻrtasida tuziladigan Bosh bitimga muvofiq taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Lizing tashkiloti va tijorat banki Jamgʻarma mablagʻlarining harakati, mablagʻlardan foydalanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyning 5-kuniga, shuningdek, choraklik, yillik buxgalteriya hisobotlarini chorak tugagandan keyingi oyning 20-kuniga qadar Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Lizing oluvchilar tomonidan majburiyatlar bajarilmaganda lizing tashkiloti, qonunchilikda belgilangan tartibda undirish choralarini koʻradi. Undirilgan pul mablagʻlari lizing tashkilotining amaliyot hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Lizing tashkiloti va unga hizmat koʻrsatuvchi tijorat banki va ularning hududiy filiallari rahbarlari, shuningdek, lizing oluvchilarning rahbarlari va bosh buxgalterlari Jamgʻarma mablagʻlarini maqsadga muvofiq ishlatilmaganligi, hisob-kitob qilish tartibi buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(ilovaning matni Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/578/3419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyundagi 442-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 26-son, 593-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 9-10-son, 134-modda; 2007-y., 25-26-son, 262-modda, 50-51-son, 517-modda; 2008-y., 10-11-son, 62-modda; 2009-y., 21-son, 252-modda; 2012-y., 29-son, 334-modda; 2017-y., 11-son, 161-modda, 26-son, 593-modda, 27-son, 618-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/350/1206-son, 25.08.2018-y., 09/18/683/1795-son; 13.07.2019-y., 09/19/578/3419-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 04.06.2025-y., 09/25/345/0491-son; 28.07.2025-y., 09/25/466/0655-son; 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)