28.02.2023 yildagi PF-27-son
2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarga muvofiq aholining hayot darajasini yanada yuksaltirish, ta’lim sifatini ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi islohotlarimizni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Ustuvor yo‘nalishlar, maqsadlar va vazifalar

Amalga oshirish mexanizmlari

Amalga oshirish shakli

Muddati

Amalga oshirish xarajatlari

(moliyalashtirish manbalari)

Nazorat qiluvchilar

Mas’ul ijrochilar

I. INSON QADRINI YUKSALTIRISh VA ERKIN FUQAROLIK JAMIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISh ORQALI XALQPARVAR DAVLAT BARPO ETISh

1-maqsad: Mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylantirish

1.

Fuqarolarning o‘z mahallasi hayotidagi ishtirokini kuchaytirish hamda davlat organlari va mahallalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish.

Raqamli mahalla” markazini tashkil et�sh hamda “Ijtimoiy mahalla” axborot tizimini joriy etish. Bunda:

mahalladagi aholi va tadbirkorlarning mavjud muammo va kamchiliklarini “xonadonbay” o‘rganish bo‘yicha so‘rovnomalarni o‘tkazish, natijalarini tegishli davlat organlari va tashkilotlariga yuborish hamda ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritish;

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatilgan yordam haqidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritib borish;

mahallalarning hududi, maydoni, infratuzilmasi, chegarasi aks etgan xaritasi, xonadonlarning joylashuvi, raqamlari va ko‘cha nomlarining yagona bazasini yuritish;

Ijtimoiy mahallaaxborot tizimi hamda “Elektron hukumattizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali 40 turdagi ma’lumotlarning yagona bazasini yuritish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil aprel

Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasi

J. Qo‘chqorov

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2.

Joylarda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda mahallalar rolini oshirish.

1. Mahallalarga tegishli hududdagi tuman (shahar) mahalliy Kengashlari sessiyalari kun tartibiga ko‘rib chiqish uchun taklif kiritish, tuman (shahar) mahalliy Kengashlarining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishda ishtirok etish huquqini taqdim etish.

2. Har bir mahallaning “o‘sish nuqtalari” va ularda yashovchi aholining ehtiyojidan kelib chiqib, mahallaning moliyaviy mustaqilligini kuchaytirish maqsadida mahallalar qoshida tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish.

3. Mahallalarda “Tadbirkorlar kengashlari”ni tashkil etish, ularning maqomi va vazifalarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil may

-

Oliy Majlis Senati

T. Narbayeva

(kelishuv asosida)

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

3.

Mahallalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

1. Mahallalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha 2023 — 2025-yillarga mo‘ljallangan manzilli dasturni ishlab chiqish. Bunda:

xizmat binosida muammosi bo‘lgan 2 327 ta mahallalar uchun xizmat binolarini qurish, jihozlash, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlash;

binolarni qurishda mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli hamda profilaktika inspektorlari uchun alohida xonalar bo‘lishiga e’tibor qaratish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil aprel

Budjetda mahallalar infratuzilma-sini rivojlantirish uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida, homiylik, davlat-xususiy sheriklik, “Mahalla” jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Vazirlar Mahkamasi

J. Qo‘chqorov

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

B. Zakirov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

A. Ikramov

4.

Mahalla institutini jamiyat hayotida tutgan o‘rnini xalqaro hamjamiyatga yetkazish.

1.Mahalla institutining O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini qaror topishidagi o‘rni va roli: kecha, bugun va ertaga” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish.

2. Mamlakatimizda yuqori darajadagi Xalqaro forumni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyul

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

A. Ikramov

3. Mamlakatimizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yuqori darajadagi Xalqaro forumga xorijiy ishtirokchilarni jalb qilish maqsadida tadbirning konsepsiyasi va dasturini rus va ingliz tillarida Tashqi ishlar vazirligiga tadbirdan 3 oy oldin taqdim qilish.

4. Xalqaro forumda xorijiy mutaxassislar ishtirokini ta’minlash.

2023-yil may

5. “Mahalla institutini jamiyat hayotida tutgan o‘rni” Xalqaro forumini o‘tkazish.

2023-yil sentyabr

2-maqsad: Xalq deputatlari Kengashlarini hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish

5.

Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining mahallalardagi muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish bo‘yicha doimiy komissiyalar faoliyatini kuchaytirish.

1. Tajriba tariqasida xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining komissiya raislarini doimiy asosda faoliyat olib borishlarini tashkil etish.

2. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda va uni amalga oshirishda xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining doimiy komissiyalari ishtirokini ta’minlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentyabr

-

Oliy Majlis Senati

T. Narbayeva,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

R. Davletov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Oliy Majlis Senati senatorlari

(kelishuv asosida),

Davlat boshqaruvi akademiyasi

A. Bekmurodov

3-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining institutsional asoslarini zamon talablariga moslashtirish

6.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining institutsional asoslarini takomillashtirish orqali ularga yuklatilgan ortiqcha vazifa va funksiyalarni maqbullashtirish, ular faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish.

1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish.

2. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining takrorlanadigan vazifa va funksiyalarini qayta ko‘rib chiq�sh va maqbullashtirish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2023-yil sentyabr

-

Oliy Majlis Senati

T. Narbayeva,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

N. Ismoilov,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

G‘. Mirza�v,

R. Davletov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

4-maqsad: Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “fuqarolarga xizmat qilishga yo‘naltirish” tamoyili asosida transformatsiya qilish

7.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.

1. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tashkil etish va tugatish asoslari va mezonlarini ularning vakolatlari hamda javobgarlik sohalarini aniqlashtirgan holda belgilash.

Qonun loyihasi

2023-yil aprel

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

G‘. Mirzayev,

R. Davletov,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

O. Xasanov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Davlat boshqaruvi akademiyasi

A. Bekmurodov

2. Davlat boshqaruvi organlari xodimlarining ma’muriy tartib-taomillarni qo‘llash borasidagi malakalarini oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob-kitoblarga ko‘ra

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

G‘. Mirzayev

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Davlat boshqaruvi akademiyasi

A. Bekmurodov

5-maqsad: Ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy qilish

8.

Vazirlik va idoralarning funksiya va vazifalarini qayta ko‘rib chiqish.

1. Vazirlik va idoralarning takrorlanadigan 168 ta vazifa va 301 ta funksiyalarini maqbullashtirish nuqtai nazardan ko‘rib chiqish.

2. Faoliyati samarasiz deb topilgan va davlat-hokimiyat vakolatlari berilgan 40 dan ortiq idoralararo kollegial organlarni maqbullashtirish, zarurat bo‘lganda ularning vazifalarini tegishli idoralarga o‘tkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil oktyabr

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

R. Davletov,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

O. Xasanov,

vazirlik va idoralar

9.

Davlat boshqaruvi tizimida adliya organlarining huquqiy maqomini qonun hujjati bilan mustahkamlash.

Huquq ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash hamda huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish, shuningdek, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash borasida adliya organlari faoliyatini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2023-yil sentyabr

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

6-maqsad: Davlat boshqaruvi tizimida ma’muriy apparatni ixchamlashtirish va ish jarayonlarini maqbullashtirish

10.

Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarining ikkinchi bosqichi doirasida hududlardagi boshqaruv tizimini isloh qilish.

Mahalliy ijro hokimiyati organlarining faoliyatini chuqur tahlil qilgan holda ularning faoliyatini takomillashtirish va tashkiliy tuzilmasini maqbullashtirish, bo‘ysunuv tizimini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2023-yil aprel

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

B. Mavlonov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

11.

Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish orqali ish jarayonlarini maqbullashtirish.

Davlat boshqaruvi organlari kesimida davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2023-yil noyabr

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

B. Mavlonov,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

7-maqsad: Mamlakatimizdagi islohotlarni izchil davom ettirishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish

12.

Parlament palatalari qo‘mitalarini nazorat-tahlil jarayonlariga yanada kengroq jalb etilishini ta’minlash.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitalariga hukumat a’zolarining, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan parlament eshituvlarini o‘tkazish tashabbusi huquqini berish bo‘yicha takliflar kiritish.

Axborot-tahliliy ma’lumotnoma

2023-yil iyun

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

R. Davletov

Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

F. Otaxonov,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

(kelishuv asosida)

8-maqsad: Norma ijodkorligi jarayonini modernizatsiya qilish, qonunchilik hujjatlarining qat’iy ijrosini ta’minlash

13.

Huquqiy eksperiment o‘tkazish tartibi, asosi va mexanizmini aniq belgilash.

“Huquqiy eksperiment asoslari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

huquqiy eksperimentning asosiy prinsiplari, uni tashkil etish va o‘tkazish tamoyillari (shartlari), davomiylik muddati;

huquqiy eksperiment joriy etish mumkin bo‘lmagan sohalar;

huquqiy eksperiment o‘tkazish shakllari va usullari va boshqa masalalar nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2023-yil oktyabr

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

R. Davletov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

9-maqsad: “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish hamda byurokratiyani bartaraf etish

14.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish.

1. Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rik natijalarini tibbiyot muassasalari tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga real vaqt rejimida joylashtirish tartibini yo‘lga qo‘yish.

2. Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bog‘liq bo‘lgan sud qarorlarini ular qonuniy kuchga kirgan kuni ushbu qarorni qabul qilgan sud organi tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga elektron tizim orqali yuborish hamda sudda ko‘rib chiqilayotgan dalolatnoma yozuvlarini axborot tizimidan yuklab olish orqali, qarorlarni o‘zaro bog‘lash tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyul

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezide?ti Administratsiyasi

D. Kadirov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Oliy sud

B. Islomov

15.

Fuqarolar va davlat idoralari o‘rtasidagi munosabatlarda ortiqcha byurokratiya holatlariga barham berish ishlarini davom ettirish.

1. Davlat xizmatlarini qo‘shimcha to‘lov asosida xizmat ko‘rsatuvchi xodimni fuqaroning yashash joyiga chaqirish orqali maxsus texnik qurilmalar yordamida ko‘rsatish amaliyotini kengaytirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil aprel

Hisob-kitoblarga ko‘ra

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vazirlik va idoralar

2. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy ma’lumotnomalar berilishini bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil aprel

Hisob-kitoblarga ko‘ra

O‘zbekiston Respubl�kasi Prezidenti Administratsiyasi

L. To‘ychiyev

Sog‘liqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

3. Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatadigan davlat organlari va tashkilotlarida ko‘rsatilgan xizmat sifati, xodimlarning muomala madaniyati va boshqa ko‘rsatkichlarni maxsus elektron moslamalar orqali baholash tizimini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil aprel

Hisob-kitoblarga ko‘ra

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va tashkilotlari,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

4. Aholi va tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish bilan bog‘liq barcha xizmatlar bosqichma-bosqich yagona elektron platformaga o‘tkazish hamda subsidiyalarni ajratishning maqsadga muvofiqligini elektron platforma orqali onlayn tekshirish tizimi yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust

Hisob-kitoblarga ko‘ra

Vazirlar Mahkamasi

J. Qo‘chqorov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

5. Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sonini 300 taga, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar sonini 570 taga yetkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil may

Hisob-kitoblarga ko‘ra

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

R. Gulyamov,

D. Kadirov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

6. Ayrim faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olmasdan tegishli faoliyatni boshlash hamda uch oylik “o‘tish va moslashish davri”ni belgilaydigan “Biznesga litsenziyasiz kirish” (Zero Licensing) rejimini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil may

Hisob-kitoblarga ko‘ra

Vazirlar Mahkamasi

J. Qo‘chqorov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Savdo-sanoat palatasi

D. Vaxobov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

7. Kamida 10 ta davlat xizmatlarini ariza beruvchining xohishiga ko‘ra qo‘shimcha to‘lov evaziga tezlashtirilgan tartibda ko‘rsatish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil may

Hisob-kitoblarga ko‘ra

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

8. Elektr, gaz va suv sarfi hisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini proaktiv tarzda ko‘rsatish (xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning o‘z tashabbusi bilan fuqaro murojaatini kutmasdan) yuzasidan taklif berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil may

Hisob-kitoblarga ko‘ra

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

R. Gulyamov

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

16.

Elektron davlat xizmatlarining ulushini 55 foizga yetkazish.

1. 2023-yil mobaynida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy etiladigan va optimizatsiya qilinadigan 40 ta davlat xizmatlari va servislari ro‘yxatini tasdiqlash.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil mart

Hisob-kitoblarga ko‘ra Ijrochilar mablag‘lari loyiha-texnik hujjatlariga muvofiq

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

R. Gulyamov

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Talabalarni yotoqxonaga onlayn joylashish imkoniyatlarini beruvchi, Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan bepul elektron xizmatni joriy etish. Bunda:

yotoqxonalar hisobini yuritish reyestrini ishlab chiqish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni ustuvor ravishda joylashtirish;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ariza berish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil may

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

3. Quyidagi davlat xizmatlarini Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish:

kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun onlayn ariza tizimini joriy etish;

sport turlari bo‘yicha sport unvonlari va sport razryadlarini berish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyun

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

A. Ikramov

10-maqsad: Davlat fuqarolik xizmati tizimini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish

17.

Davlat fuqarolik xizmatini zamonaviy standartlar asosida raqamlashtirish maqsadida “Davlat xizmatchisi” mobil dasturini joriy etish.

1. Davlat fuqarolik xizmatchisining yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan ish faoliyatiga oid munosabatlarini raqamlashtirish yuzasidan tahlil o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart

Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

K. Kuranbayev

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

O. Xasanov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev

2. Texnik topshiriq hujjatini shakllantirish va moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

2023-yil may

3. Mobil ilovani ishlab chiqish va “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi bilan ilova o‘rtasida elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

2023-yil iyul

4. “Davlat xizmatchisi” mobil dasturini ishga tushirish.

2023-yil avgust

18.

Davlat fuqarolik xizmatchilarining rahbarlik lavozimlariga istiqbolli va salohiyatli boshqaruv kadrlarini saralash va tayyorlash bo‘yicha “100 nafar eng ilg‘or yetakchi” dasturini yo‘lga quyish.

1. Ishchi guruh tuzish, dasturni tashkil etish yuzasidan xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

har ikki yilda 100 nafar salohiyatli boshqaruv kadrlari tanlov asosida saralab olinadi;

ular uchun maxsus o‘quv dasturi va xorijda stajirovka tashkil etiladi.

3. “100 nafar ilg‘or yetakchi” dasturini tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentyabr

Hisob-kitoblarga ko‘ra

Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari,

“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari, xalqaro moliya institutlarining grantlari hamda qonun hujja�larida taqiqlanmagan boshqa manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

K. Kuranbayev

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

O. Xasanov,

Davlat boshqaruvi akademiyasi

A. Bekmurodov,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

Kambag‘allikni qisqar�irish va bandlik vazirligi

B. Musayev

19.

Fuqarolarning davlat fuqarolik xizmatiga kirish imkoniyatlarini kengaytirish.

Davlat fuqarolik xizmatchilarining vakant lavozimlariga ochiq tanlovni o‘tkazishda shaffoflikni oshirish va inson omilini qisqartirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyun

-

Prezidenti Administratsiyasi

K. Kuranbayev

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

O. Xasanov

11-maqsad: Xalq bilan muloqot mexanizmlarini takomillashtirish

20.

Hukumatning hududlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, hududlarda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni tezkor hal etish maqsadida har oyda kamida bir marotaba Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Hukumat a’zolari ishtirokida “�ukumat kuni”ni o‘tkazib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

1. “Hukumat kuni”ni hududlar kesimida o‘tkazish bo‘yicha reja-grafikni va unda ishtirok etuvchi mansabdor shaxslar ro‘yxatini tasdiqlash.

2. “Hukumat kuni” doirasida muhokama qilinadigan muammolarni tahlil qilish va uni Hukumat a’zolariga o‘rganish uchun yetkazish bo‘yicha sohalar kesimidagi doimiy ishchi guruhlarni shakllantirish.

3. “Hukumat kuni”ni o‘tkazish tartibini tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil aprel

-

Vazirlar Mahkamasi

A. Aripov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

12-maqsad: Ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish

21.

Vazir�ik, idora va tashkilotlar tomonidan aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgan tizimli masalalarni aniqlash va ularga yechim topish ishlari sifatini oshirish, aholi muammolari va murojaatlar bilan ishlashda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

Xalq qabulxonalari huzurida taniqli huquqshunoslar, mahalla raislari, ziyolilar, ijodkorlar, jurnalistlar va blogerlardan tarkib topgan “Xalq ovozi” jamoatchilik kengashlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bunda:

eng ko‘p e’tirozlarga sabab bo‘layotgan masalalarni muhokama qilish, ular bo‘yicha tegishli davlat idoralari rahbarlarining hisobotini eshitish hamda mazkur muammolarning bartaraf etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;

joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash maqsadida jamoatchilik orasida mamlakatimizda jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan tadbirlar bo‘yicha targ‘ibot ishlarini tashkil etish;

hududlardagi oliy ta’lim muassasalari, yetakchi sotsiolog, psixolog olimlar va boshqa mutaxassislarni jalb qilgan holda jamiyatdagi, aholi kayfiyatidagi o‘zgarish va talablarni o‘rganib borish;

fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarni tegishli soha mutaxassislari va jamoatchilik vakillari ishtirokida �uhokama qilish, ular bilan tushuntirish ishlari olib borish, e’tirozlarga sabab bo‘layotgan holatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga axborot va takliflar kiritish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2023-yil may

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

U. Muxammadiyev

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari

22.

Davlat organlari ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatishning zamonaviy shakllarini joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

mahalla raisi tomonidan aholi e’tirozlariga eng ko‘p sabab bo‘layotgan muammolarni aniqlash maqsadida muntazam ravishda muhokamalar o‘tkazish;

har oyda mahalla kengashida tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axborotlarini eshitish;

Mahalla nazorati” va “mahalla �aisi so‘rovi” institutlarini joriy qilish;

davlat organlariga murojaatlar va so‘rovlar berish, davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish, jamoatchilik muhokamasi, eshituvi, monitoringi, ekspertizasini o‘tkazish, jamoatchilik fikrini o‘rganish tartiblarini joriy etish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil avgust

-

Oliy Majlis Senati Raisi

T. Narbayeva

(kelishuv asosida)

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. MAMLAKATIMIZDA ADOLAT VA QONUN USTUVORLIGI TAMOYILLARINI TARAQQIYOTNING ENG ASOSIY VA ZARUR ShARTIGA AYLANTIRISh

13-maqsad: Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish

23.

Baholash faoliyatida davlat sud ekspertizasi va boshqa tashkilotlar uchun umumiy bo‘lgan baholash qoidalari, mezonlari va tartiblarini belgilagan holda baholash obyektlarining, shu jumladan bino va inshootlar qurishning zamonaviy tendensiyalarini hisobga olish tartibini joriy etish.

1. Baholash va baholash yo‘nalishidagi sud ekspertlik faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazgan holda, ilg‘or xalqaro tajribadan kelib chiqib, o‘zaro muvofiqlashtirilishini ta’minlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentyabr

Hisob-kitoblarga ko‘ra

Vazirlar Mahkamasi

J. Qo‘chqorov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Davlat aktivlarni boshqarish agentligi

A. Ortikov

2. Baholashning xalqaro standartlari tamoyillari asosida yagona yondashuvni va bozor konyunkturasini hisobga olishni ta’minlaydigan Yagona milliy baholash standartlarini takomillashtirish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil oktyabr

Hisob-kitoblarga ko‘ra

Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

(ekspertlarni jalb qilish uchun)

Davlat aktivlarni boshqarish agentligi

A. Ortikov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

14-maqsad: Qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni ta’minlash hamda inson qadrini ushbu jarayonning bosh mezoni sifatida belgilash

24.

Bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik o‘tkazishning oldini olishga qaratilgan huquqiy mexanizmlarni kuchaytirish.

1. Bolalarni tazyiq va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishda davlat organlarining vakolatlarini aniq belgilash.

2. Bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, ularni aniqlash, tazyiqlarga chek qo‘yish mexanizmini takomillashtirish.

3. Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan bolalarga kompleks yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish.

Qonun loyihasi

2023-yil iyul

-

Bola huquqlari bo‘yicha vakil

(Bolalar ombudsmani)

A. Yunusova

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Bosh prokuratura

N. Yo‘ldoshev,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Maktabgacha va maktab ta’limivazirligi

X. Umarova

25.

Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni yanada liberallashtirish.

18 yoshga to‘lgunga qadar sodir etgan jinoyati (o‘ta og‘ir jinoyatlar bundan mustasno) uchun shaxs jazoni o‘tab bo‘lganidan so‘ng sudlanmagan hisoblanishiga oid normani qonunchilikka kiritish orqali bunday shaxslarning sudlanganlik tamg‘asidan xalos bo‘lishini ta’minlash.

Qonun loyihasi

2023-yil may

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Bosh prokuratura

N. Yo‘ldoshev,

Oliy sud

B. Islamov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

26.

Nizolarni muqobil hal etishda mediatsiya institutini rivojlantirish orqali fuqarolarning buzilgan huquqlarini soddalashtirilgan tartibda himoya qilish.

1. Mediatsiya qo‘llaniladigan sohalar doirasini kengaytirish.

2. Mediatorga doir talablarni qayta ko‘rib chiqish.

3. Hakamlik sudlari faoliyati hamda hakamlik muhokamasini xalqaro standartlarga moslashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi

2023-yil sentyabr

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Oliy sud

B. Islamov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

27.

Ayrim toifadagi jinoiy qilmishlar uchun javobgarlikni liberallashtirish.

1. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish harakatlarini birinchi marta sodir etganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilash.

2. Ushbu toifadagi huquqbuzarliklar uchun Jinoyat kodeksida belgilangan sanksiyalarga muqobil jazo choralarini kiritish.

Qonun loyihasi

2023-yil iyul

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Bojxona qo‘mitasi

A. Mavlonov,

Bosh prokuratura

N. Yo‘ldoshev,

Davlat xavfsizlik xizmati

A. Azizov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Oliy sud

B. Islamov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

15-maqsad: Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish hamda fuqaro va tadbirkorlik subyektlarining odil sudlovga erishish darajasini oshirish

28.

Sud-tergov jarayonida ishtirokchilarning huquq va erkinliklarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yutuqlaridan foydalangan holda samarali himoya qilishni ta’minlash.

Elektron (raqamli) dalil tushunchasi, elektron dalillarni aniqlash, to‘plash, taqdim qilish, tekshirish, baho berish, qayd etish, saqlash tartiblari va bu jarayonda protsess ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilash.

Qonun loyihasi

2023-yil avgust

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Oliy sud

B. Islamov,

Bosh prokuratura

N. Yo‘ldoshev,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

29.

Ma’muriy sudga murojaat qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirish.

Fuqarolar o‘zlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qaror va harakatlari (harakatsizligi) ustidan ma’muriy sudlarga murojaat qilganda undiriladigan davlat boji stavkalarini pasaytirish.

Qonun loyihasi

2023-yil iyun

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Oliy sud

B. Islamov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Bosh prokuratura

N. Yo‘ldoshev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

30.

Jinoyatlarni tergov qilish jarayonida “Xabeas korpus” institutini qo‘llash amaliyotini yanada kengaytirish.

1. Tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlash protsessual harakatlarini amalga oshirish uchun sanksiya berish vakolatini prokurorlardan sudlarga o‘tkazish.

2. Jinoyat ishini sudlarga ayblov xulosasi (ayblov dalolatnomasi) va himoyachi fikri bilan birga taqdim etish tartibini joriy etish.

Qonun loyihasi

2023-yil iyul

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Oliy sud

B. Islamov,

Bosh prokuratura

N. Yo‘ldoshev,

Davlat xavfsizlik xizmati

A. Azizov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

31.

Fuqarolarning harakatlanish erkinligi bilan bog‘liq huquqlarini cheklashda qonuniylikni ta’minlash ustidan nazoratni kuchaytirish.

Harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona elektron reyestrni shakllantirish, yuritish va undagi ma’lumotlardan foydalanish tartibini quyidagilarni nazarda tutgan holda belgilash:

vakolatli organlar tomonidan Yagona elektron reyestrni shakllantirish, yuritish va undagi ma’lumotlardan foydalanish, jumladan tegishli ma’lumotlarni harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarning qarindoshlari yoki advokatlariga taqdim etish tartibi;

Yagona elektron reyestrni qonunchilikda belgilangan talablar va shartlarda ishlab chiqish, takomillashtirish va keyinchalik texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha buyurtmachi hamda axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha vakolatli organni belgilash;

Yagona elektron reyestrni ishlab chiqish va shakllantirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish tartibi;

Mas’ul vazirlik va idoralarning xodimlarini yangi tartibning mazmun-mohiyati va harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘qitish.

Vazirlar Mahkamasi qa�ori

2023-yil may

Mas’ul vazirlik va idoralarning budjet hamda budjetdan tashqari mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Bosh prokuratura

N. Yo‘ldoshev,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Davlat xavfsizlik xizmati

A. Azizov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

16-maqsad: Jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish

32.

Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi tashkiliy-boshqaruv faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish.

1. Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida yagona boshqaruv tizimini yaratish.

2. Hududiy tergov bo‘linmalari xodimlarini ishga qabul qilish, lavozimga tayinlash va rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish.

3. Jinoyatlarni tergov qilish jarayoniga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish.

Normativ-huquqiy-hujjat loyihasi

2023-yil avgust

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Bosh prokuratura

N. Yo‘ldoshev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

33.

Transport vositasida yo‘l-harakati qoidalarini buzganlik holatlarini aniqlash tartibini takomillashtirish.

Transport vositasi mulkdorining transport vositasini boshqarish huquqi o‘tkazilgan shaxs bilan birgalikdagi murojaatiga ko‘ra vakolatli organ tomonidan huquqbuzarliklarni qayd etish tizimiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish hamda ushbu transport vositasida sodir etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun boshqarish huquqi o‘tkazilgan shaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani rasmiylashtirish tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil noyabr

Hisob-kitoblarga ko‘ra

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Oliy sud

B. Islamov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

34.

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasini “shahar avtomobillar emas, balki piyodalar uchun” g‘oyasi asosida isloh qilish.

Nukus va Toshkent shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlar markazlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligini soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil mart

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

17-maqsad: Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yangi qiyofasini shakllantirish va ularning faoliyatini xalq manfaatlari, inson qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini samarali himoya qilishga yo‘naltirish

35.

Sudga qadar ish yuritishning barcha bosqichida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilishning kafolatlarini kuchaytirish.

1. Tergovga qadar tekshiruv jarayoniga jalb etilgan shaxslarning protsessual maqomini aniqlashtirish, ushbu shaxslar gumon qilinuvchi, jabrlanuvchi va guvoh huquq va majburiyatlaridan foydalanishini belgilash.

2. Tergovga qadar tekshiruv bosqichida ayrim tergov harakatlarini o‘tkazishga ruxsat berish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentyabr

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Bosh prokuror

N. Yo‘ldoshev,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

18-maqsad: Sud va boshqa organlar hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlash

36.

Sud hujjatlarining ijrosini ta’minlash maqsadida undiruvni mulkiy huquqlarga qaratish mexanizmlar�ning samaradorligini oshirish.

Undiruvni uzoq muddatli ko‘chmas mulk ijarasi huquqiga, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarga, intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mulkiy huquqlarga qaratish tartibining huquqiy asoslarini mustahkamlash.

Normativ-huquqiy-hujjat loyihasi

2023-yil oktyabr

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Bosh prokuror

N. Yo‘ldoshev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

37.

Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibini yanada takomillashtirish.

Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibini qarzdor jismoniy shaxslardan kommunal xizmatlar uchun qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi sud hujjatlariga nisbatan tatbiq etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil oktyabr

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Bosh prokuror

N. Yo‘ldoshev,

manfaatdor vazirlik va idoralar

19-maqsad: Advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy ma�faatlarini himoya qilishdagi salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlarining malakali huquqiy xizmatlarga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish

38.

Advokatura instituti jozibadorligini oshirish orqali sohaga yosh kadrlarni jalb etishning samarali tizimini yaratish.

Advokaturaga ishga qabul qilish tartibini yanada soddalashtirish, shu jumladan advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lish talabini bekor qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil mart

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

20-maqsad: Faol fuqarolik jamiyatini rivojlantirish hamda fuqarolar o‘rtasida qonunga hurmat va itoat qilish hissini shakllantirish

39.

Aholining barcha qatlami uchun mo‘ljallangan “Yuridik kutubxona” elektron tizimini va uning mobil il�vasini yaratish.

Huquqiy manba sifatida aholi foydalanishi uchun elektron kutubxonada:

yuridik adabiyotlarni sohalar kesimida (fuqarolik, mehnat, jinoyat va boshqa) tizimga joylashtirish;

foydalanuvchilarga kitoblarni bepul ko‘chirib olish, foydalanish, nusxa ko‘chirish imkoniyatini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyul

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 300 mln. so‘m

(budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

III. MILLIY IQTISODIYOTNI JADAL RIVOJLANTIRISh VA YUQORI O‘SISh SUR’ATLARINI TA’MINLASh

21-maqsad: Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni — 1,6 barobar (1750 dollardan 2800 dollarga) va 2030-yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish hamda “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish uchun zamin yaratish

40.

Iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash.

1. 2023-yilda iqtisodiy o‘sish sur’atlari 5,3 foizda bo‘lishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

R. Gulyamov,

Vazirlar Mahkamasi

J. Qo‘chqorov,

J. Xodjayev

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

Markaziy bank

M. Nurmuratov,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Yillik inflatsiya darajasini 9,5-10 foizgacha pasaytirish.

Bunda:

makroprudensial nazorat mexanizmlari va vositalarini takomillashtirish, ularni pul-kredit siyosati chora-tadbirlari bilan muvofiqlashtirish orqali inflatsiya darajasini pasaytirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash;

narx shakllanishining bozor mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish va tartibga solinadigan tovarlar narxini qayta ko‘rib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyiha�i

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

R. Gulyamov,

Vazirlar Mahkamasi

J. Qo‘chqorov

Markaziy bank

M. Nurmuratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

manfaatdor vazirlik va idoralar

3. Davlat qarzini boshqarishda yillik yangi jalb qilingan tashqi qarz miqdori 4,5 mlrd dollardan oshmasligini ta’minlash.

Bunda, davlat tashqi qarzi mablag‘larini asosan muhim ijtimoiy soha va infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Qo‘chqorov,

J. Xodjayev

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

22-maqsad: Milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 barobar oshirish

41.

Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholiga neft-gaz mahsulotlarining uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash.

1. 2023-yil uchun respublika bo‘yicha uglevodorod resurslarini qazib chiqarish prognoz hajmlari bajarilishini ta’minlash.

2. Mahalliy zavodlarda suyultirilgan gaz va neft mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish.

3. 1500 kv.km maydonda 3D seysmik ishlar o‘tkazish, 20 ta yangi maydonni burg‘ilashga kiritish, 50 ta quduq burg‘ilash, 15 ta yangi konlarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, yuqoridagi ishlar natijasida 35,3 mlrd kub metr tabiiy gaz va 1,2 mln tn suyuq uglevodorodlar zaxirasini o‘stirish.

Tashkiliy-huquqiy choralar

2023-yil mart

Qazib chiqarish va ishlab chiqarish korxonalari mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov,

“O‘zbekneftgaz” AJ

42.

“Yoshlik” mis konini o‘zlashtirishning birinchi bosqichi yakuniga yetkazib, 60 million tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega 3-misni boyitish fabrikasini ishga tushirish.

1. “Yoshlik” mis konini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasi doirasida rejalashtirilgan “Yoshlik I” va 3-misni boyitish fabrikasi uchun asosiy texnologik uskunalarni qurilish maydonchasiga yetk�zish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust

Hisob-kitoblarga ko‘ra

(tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari, tijorat banklari krediti)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov,

“Olmaliq KMK” AJ, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

2. Rudani qayta ishlash quvvati 60 million tonna bo‘lgan 3-misni boyitish fabrikasida qurilish-montaj ishlarini yakunlash va uning 1-liniyasini ishga tushirish.

2023-yil sentyabr

43.

Olmaliqda misni boyitish fabrikasi va Mis eritish zavodi loyihalarini boshlash.

1. “Olmaliq KMK” AJ negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust

Hisob-kitoblarga ko‘ra

(tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari, tijorat banklari krediti, xorijiy investitsiyalar)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov,

“Olmaliq KMK” AJ, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

2. “Olmaliq KMK” AJ tomonidan mis eritish quvvatlarini kengaytirishning asosiy muhandislik-loyihalash (Basic Engineering) ishlarini yakunlash.

2023-yil mart

3. “Olmaliq KMK” AJ mis eritish quvvatlarini kengaytirishning dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishni yakunlash.

2023-yil iyun

44.

Navoiydagi Pistali konida 4 million tonna oltin rudasini qayta ishlash majmuasining qurilishini yakunlash.

1. Investitsiya loyihasi doirasida ko‘zda tutilgan “Pistali” koni va “6-gidrometallurgiya zavodi” (“6-GMZ”) uchun asosiy tog‘-kon va boyi�ish texnologik uskunalarini sotib olish ishlarini yakunlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyun

Hisob-kitoblarga ko‘ra

(tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari, tijorat banklari krediti, xorijiy investitsiyalar)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev,

Vazirlar Mahkamasi

J. Qo‘chqorov

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov,

“Navoiy KMK” AJ, O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

2. “Navoiy KMK” AJ tomonidan “Pistali” koni va “6-GMZ” sanoat obyektlarining tashqi elektr ta’minoti qurilishi ishlarini yakunlash.

2023-yil avgust

3. “Navoiy KMK” AJ tomonidan “Pistali” koni va 6-GMZ qurilish ishlarining 1-bosqichini yakunlash va foydalanishga topshirish.

2023-yil sentyabr

45.

Kimyo sanoati, elektr texnikasi, transport va energetika sohalarida nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan birga, alohida muhandislik maktablarini tashkil qilish.

Kimyo sanoati va energetika sohasida nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan muhandislik maktablari tashkil qilish bo‘yicha muzokaralar olib borish hamda kelishuvlarga erishish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil 1-avgust

Energetika vazirligi va uning tarkibidagi tashkilotlar, “O‘zkimyosanoat” AJ hamda investorlar mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

R. Gulyamov

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

“O‘zkimyosanoat” AJ

46.

Umumiy qiymati 8 mlrd dollarlik 300 dan ziyod loyihani ishga tushirish va 40 ta yangi yirik loyihani amalga oshirishni boshlash.

1. Loyihalar kesimida tarmoq jadvallari ishlab chiqilib, har bir ishga tushadigan loyihaga mas’ullarni biriktirilishi va tasdiqlanishini ta’minlash hamda ijroga qaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Tarmoq jadvallarida belgilangan chora-tadbirlarning natijadorligini tahlil qilib borish, mavjud muammoli masalalarni aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘rish, Hukumat komissiyasi yig‘ilishlarida muhokama qilib borishni tashkil etish.

har oy yakunida

47.

Avtomobilsozlik va qishloq xo‘jaligi mashinasozligida investitsiya loyihalarini ishga tushirish.

1. Jizzax viloyatida yengil avtomobillar ishlab chiqarishni kengaytirish, elektromobillar va gibrid avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

2. Chirchiq shahrida Qishloq xo‘jalik texnikalari klasteri negizida 100 ot kuchiga ega milliy traktorni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob-kitoblarga ko‘ra

(tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari, tijorat banklari krediti, xorijiy investitsiyalar)

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

“O‘zavtosanoat” AJ,

Andijon viloyati hokimligi,

Jizzax viloyati hokimligi,

Toshkent viloyati hokimligi

48.

Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish dasturini amalga oshirish.

Oziq-ovqat xomashyo bazasini kengaytirish va mahsulotlar hajmini bosqichma-bosqich oshirish dasturini ishlab chiqish. Bunda:

2023-yil yakuniga qadar 68,5 trln. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishini ta’minlash;

qayta ishlash quvvatlarini meva-sabzavot mahsulotlarida 3,2 mln tonnaga, sut mahsulotlarida 3,0 mln tonnaga va go‘sht mahsulotlarida 450 ming tonnaga yetkazish;

25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari importini qisqartirish uchun qiymati 7,8 trln. so‘mlik 619 ta loyihalarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

Hisob-kitoblarga ko‘ra

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

B. Mavlonov,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

A. Voitov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

49.

Yangi xalqaro standartlarni amaliyotga joriy etish.

Yengil sanoat, charm-poyabzal, elektrotexnika, qurilish va oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga tegishli xalqaro va Yevropa standartlarni amaliyotga joriy etish. Bunda:

1 400 dan ortiq xalqaro va Yevropa standartlari tahlilini o‘tkazish;

dolzarb bo‘lgan standartlar ro‘yxatini shakllantirish;

ro‘yxat asosida standartlar xaridi va davlat tiliga tarjimasi bilan bog‘liq xarajatlarni Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan moliyalashtirish;

xarid qilingan va davlat tiliga tarjima qilingan xalqaro va Yevropa standartlarini O‘zbekiston Respublikasida qabul qilish va amaliyotga joriy etishni nazarda tutish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil dekabr

Hisob-kitoblarga ko‘ra

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

B. Zakirov,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

A. Voitov,

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi

50.

Elektrotexnika sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 22 trln. so‘mdan oshirish va eksport hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish.

Elektrotexnika sanoatidagi tadbirkorlik subyektlari bilan yaqin hamkorlikda ishlab, ularning ishlab chiqarish va eksport hajmlarini 1 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.

“Yo‘l xaritasi”

2023-yil mart

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov,

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi

51.

Qurilish materiallari sanoati mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish.

Qurilish sohasida yangi mahsulotlar turlarini, shu jumladan, zamonaviy uslubda gulqog‘oz, polimer va kompozitli materiallar asosida geotekstil, geomembrana, katta o‘lchamli granit va marmar plitalari, keramogranit, yorug‘likni qaytaruvchi turli rangdagi qalin va mustahkam oynalar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob-kitoblarga ko‘ra

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi

52.

Kalava ipni qayta ishlash darajasini oshirish, qayta ishlash zanjirining keyingi bosqichlaridagi mavjud bo‘shliqlarni to‘ldirish.

Sohadagi qo‘shimcha qiymat zanjiri bo‘shliqlarini to‘ldirish maqsadida Andijon, Qashqadaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida to‘qimachilik sohasiga ixtisoslashtirilgan zamonaviy ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish.

“Yo‘l xaritasi”

2023-yil may

Loyiha tashabbuskorlari mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi

53.

To‘qimachilik sanoatida mahsulot eksporti hajmini 1,4 barobarga oshirish.

Yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport geografiyasini kengaytirish, jumladan GSP+ prefrensiyalaridan keng foydalangan holda eksport hajmini 4,5 mlrd. dollarga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi

54.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yog‘-moy sanoati tarmog‘ida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 8 foizga oshirish.

1. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 6,5 trln so‘mga yetkazish.

2. 30 mln dollarlik yog‘-moy mahsulotlari eksportini amalga oshirish.

3. Investitsiya dasturi doirasida 14 mln dollar o‘zlashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Loyiha tashabbuskorlari mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

B. Mavlonov

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

A. Voitov

55.

Mahalliy ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi aloqalarini yanada kengaytirish.

Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini va respublika sanoat yarmarkasini yuqori darajada o‘tkazish. Bunda:

hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida tarmoqlar va yirik sanoat korxonalari tomonidan asosiy faoliyat turi bo‘yicha kooperatsiya asosida o‘zlashtirish tavsiya etiladigan tovarlar namunalarini namoyish etish va yirik sanoat korxonalari tomonidan sanoat kooperatsiyasiga qiziqish bildirgan xususiy korxonalarni “shatakka olish”;

yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallari, metallokonstruksiya va uskunalar, elektrotexnika mahsulotlari, tez ishdan chiquvchi va doimiy foydalaniladigan butlovchi qismlarni o‘zlashtirish hamda sotib olish bo‘yicha mahalliy korxonalar bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil aprel

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

56.

Ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan yangi turdagi, respublikada ishlab chiqarilmaydigan mahsulotlarni mahalliylashtirish.

1. Hududlarning salohiyati, geografik joylashuvi hamda tabiiy va mineral resurslarini hisobga olgan holda yangi turdagi yuqori texnologik, zamonaviy, energiya tejamkor, innovatsiya va fan yutuqlariga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish dasturini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov

2. Mahalliylashtirish dasturi doirasida kamida 60 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

57.

Ipak mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,5 barobarga, eksportni 1,2 barobarga oshirish va investitsiyalarni keng jalb qilish.

1. 2,8 trln so‘mlik ipak mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish.

2. Sohada 25 mln dollarlik 16 ta loyihani ishga tushirish.

3. Ipak mahsulotlarining eksportini 110 mln dollarga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

A. Voitov

23-maqsad: Geologiya-qidiruv ishlari hajmini keskin oshirish, sohaga xususiy investorlar va ilg‘or xorijiy kompaniyalarni keng jalb qilish

58.

Gaz zaxiralarini ko‘paytirish maqsadida geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha o‘n yillik dasturni amalga oshirishni boshlash.

Respublikada 2023 — 2033-yillarda uglevodorod xomashyosi zaxiralarini ko‘paytirishga qaratilgan geologiya-qidiruvi ishlari dasturini ishlab chiqish.

Bunda:

yangi texnologiyalarni joriy etib, ilk bor chuqur qatlamlarda gaz qazib chiqarish;

Ustyurtning yuqori istiqbolga ega chuqur qatlamlarida qidiruv ishlariga nufuzli xorijiy investorlarni jalb qilish nazarda tutiladi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil may

Yillik dasturda ajratilgan limitlar doirasida

Davlat budjeti mablag‘lari,

tijorat banklari kreditlari, xorijiy investitsiyalar, korxonalarning o‘z mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov,

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

“O‘zbekneftgaz” AJ,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

59.

Gaz qazib chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar faoliyatini o‘rganish.

Gaz qazib chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni o‘rganib chiqish va natijalariga asosan ishlayotgan korxonalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan takliflar kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

60.

Geologiya-qidiruv sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish, mahalliy xomashyolarni sanoat usulida chuqur qayta ishlash texnologiyalarini yaratish.

1. Uglevodorodga istiqbolli maydonlar bo‘yicha seysmik ma’lumotlarni yuqori aniqlikdagi zamonaviy “Paradigm” dasturiy ta’minotida qayta ishlash hamda 18 ta maydonning 3D modelini yaratish.

2. Zamonaviy GIS texnologiyalaridan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasining 1:500 000 miqyosdagi raqamli gidrogeologik xaritasini yaratish.

3. Angren konida kaolin va Gushsoyda alunit ma’danlaridan alyuminiy oksidini ajratib olishning texnologik sxemasini ishlab chiqish.

4. Mahalliy xomashyolar asosida bo‘yoq tayyorlashda ishlatiladigan 50 foizli vodorod peroksidi va natriy perekarbonatini ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zlashtirish.

5. Plazmatron yordamida reniy metall kukunini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

“Olmaliq KMK” AJ

61.

Iqtisodiyotning drayver tarmoqlari uchun mineral xomashyo bazasi zaxiralarini ko‘paytirish.

Geologiya sohasini istiqbolli rivojlantirish hamda olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlarini yanada jadallashtirishga qaratilgan mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish dasturi doirasida quyidagilarni ta’minlash:

Bukantov, Tomditov, Chotqol-Qurama, Hisor, Kuljuktov, Sultanuvays kabi jami 20 tadan ortiq obyektda tadqiqotlar o‘tkazish hisobiga oltin zaxirasini 136 tonnaga, kumush zaxirasini 175 tonnaga yetkazish;

mis zaxirasini 255 ming tonnaga, qo‘rg‘oshin zaxirasini 42 ming tonnaga, rux zaxirasini 48 ming tonnaga, volfram zaxirasini 8 ming tonnaga ko‘paytirish;

uran zaxirasini 5,5 ming tonnaga ko‘paytirish, uglevodorodlar resurslarini 58 mln tonna shartli yoqilg‘iga o‘stirish;

yer osti suvlarining 143,7 ming m3/sut zaxirasini aniqlash va natijasida 600 mingdan ortiq aholini ichimlik suvi, 40 ming gektar yerlarni sug‘orish uchun suv resurslarini ko‘paytirish.

Ilmiy-texnik kengash va doimiy faoliyatdagi zaxiralar komissiyasi bayoni

2023-yil dekabr

Yillik dasturda ajratilgan limitlar doirasida

(Davlat budjeti mablag‘lari)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

“Navoyuran” DK,

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

24-maqsad: Iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda “Yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish va havoga chiqariladigan zararli gazlar hajmini 10 foizga qisqartirish

62.

Iqtisodiyot korxonalarida 737,01 mln kVt soat elektr energiyasi, 813,26 mln kub metr tabiiy gaz va 5,4 ming tonna neft mahsulotlarining tejalishiga erishish.

Yirik sanoat korxonalarida energiya resurslarini tejash bo‘yicha tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Korxona va tashkilotlarining o‘z mablag‘lari,

O‘zenergoinspeksiya, O‘zneftgaz-inspeksiya mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

R. Gulyamov

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

O‘zenergoinspeksiya

63.

Energetika tekshiruvlarini (energetika auditi) amalga oshirish, energiya menejment tizimini joriy etish.

Yillik hajmi ikki ming tonnadan ortiq shartli yoqilg‘i yoki bir ming tonnadan ortiq motor yoqilg‘isiga teng energiya resurslarini sarflaydigan 74 ta korxona, muassasa va tashkilotlarni majburiy energetika tekshiruvlaridan (audit) o‘tkazilishini muvofiqlashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Korxona va tashkilotlar �ablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

O‘zenergoinspeksiya

64.

2026-yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichini qo‘shimcha 30 mlrd kVt soatga oshirib, jami 104 mlrd kVt soatga yetkazish.

1. Buxoro, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida umumiy quvvati 650 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyalarini qurish loyihalari bo‘yicha bitimlarni imzolash.

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasida quvvati 200 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida tenderni yakunlab, bitim imzolash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Xalqaro moliya institutlari va ijrochilar mablag‘lari,

xorijiy investitsiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlari hokimliklar

65.

Respublikada o‘sib borayotgan elektr energiyasiga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida yangi generatsiya quvvatlarini yaratish.

1. Sirdaryo viloyatida “ACWA Power” (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi bilan hamkorlikda quvvati 1 500 MVtga teng zamonaviy issiqlik elektr stansiyasini yagona energetika tizimiga sinov tariqasida ulash.

2. Surxondaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida “Masdar” (BAA) kompaniyasi bilan hamkorlikda umumiy quvvati 670 MVtga teng ikkita quyosh fotoelektr stansiyalarini yagona energetika tizimiga ulash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

Xorijiy investitsiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

66.

4,5 min� MVt quvvatga ega 11 ta yirik loyihani yakuniga yetkazish. Jumladan, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida barpo etiladigan quyosh va shamol elektr stansiyalari hisobidan qo‘shimcha 14 mlrd kVt elektr ishlab chiqarish orqali xonadonlarga beriladigan elektr energiyasini 50 foizga ko‘paytirish.

1. 4,5 ming MVt quvvatga ega 11 ta yirik loyihani samarali va o‘z vaqtida yakuniga yetkazish (tenderlarni yakunlash, bitimlarni imzolash, moliyalashtirish manbalarini aniqlash ishlari) bo‘yicha tarmoq jadvallarini tasdiqlash.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil 15-mart

Xorijiy investitsiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

2. Tasdiqlangan tarmoq jadvallari ijrosini ta’minlash.

tarmoq jadvaliga asosan

67.

Energiya samaradorligini oshirish Milliy dasturini ishlab chiqish.

Iqtisodiyot energiya iste’molini kamaytirish va energiya resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha milliy dasturini ishlab chiqish va kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2023-yil iyul

Hisob-kitoblarga ko‘ra

O‘zbekiston Respub�ikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

68.

Kichik hajmdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni keskin oshirish.

2023-yilda davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy hokimliklar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish bo‘yicha manzilli dasturni ishlab chiqish va kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2023-yil aprel

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov,

“Olmaliq KMK” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ,

vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

25-maqsad: Raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver” sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish

69.

2023-yilda axborot texnologiyalari sohasida eksport hajmini oshirish.

1. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari sonini 300 taga oshirish, shu jumladan xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalarni 30 taga ko‘paytirish.

2. Kompyuter dasturlash va autsorsing xizmatlari hajmini 5 trln. so‘mga va ularning eksporti hajmini 280 mln. dollarga yetkazish.

3. IT-park rezidentlari tomonidan axborot texnologiyalari sohasida venchur moliyalashtirish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash (akselerator) va kibersport sohasida xizmat ko‘rsatishga ruxsat berish orqali rezidentlar amalga oshirishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlarini kengaytirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

Vazirlar Mahkamasi

A. Aripov

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

70.

Respublika aholi yashash punktlarini telekommunikatsiya xizmatlari bilan qamrab olish.

1. Respublika bo‘ylab 50 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurish orqali ularning umumiy uzunligini 220 ming km ga yetkazish.

2. Mobil aloqa operatorlari tomonidan qo‘shimcha baza stansiyalari o‘rnatish va respublikadagi aholi yashash punktlarida mobil aloqa va keng polosali mobil Internet xizmatlari qamrovini 99 foizga yetkazish.

3. Mobil aloqa operatorlari tomonidan qo‘shimcha baza stansiyalari o‘rnatish orqali xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarida mobil aloqa va Internet qamrovini 70 foizga yetkazish.

4. Qo‘shimcha ravishda 700 mingta keng polosali Internet portlar o‘rnatish orqali ularning umumiy sonini 5,3 mln. taga yetkazish.

5. Xalqaro paketli kommutatsiya markazi o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 3 600 Gbit/s ga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasi

A. Aripov

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

71.

Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish uchun yanada qulayliklar yaratish va ularni qo‘llab quvvatlash.

1. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini maqsadli amalga oshirish va yanada qo‘llab-quvvatlash.

Ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi

2023-yil mart

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi birinchi darajali budjet taqsimlovchilarga ajratilgan mablag‘lar doirasida

9,1 mlrd.so‘m

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

R. Gulyamov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov

2. Sun’iy intellekt sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

3. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish instituti laboratoriyalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktyabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

4. O‘zbek tilidagi matnlarni o‘qish jarayonini avtomatlashtirish, matnni ovozga (Text-to-Speech) va ovozli ma’lumotlarni matnga (Speech-to-Text) o‘tkazuvchi dasturiy ta’minotni yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablag‘lar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

26-maqsad: Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard AQSh dollari, jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini ko‘rish

72.

Davlat organlari va investorlar o‘rtasida tuzilgan investitsiya shartnomalaridagi investitsiya majburiyatlarini elektron tarzda ro‘yxatga olish tizimini ishlab chiqish.

Elektron tarzda ro‘yxatga olish dasturini ishlab chiqish va tizim faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil sentyabr

Hisob-kitoblarga ko‘ra

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

73.

Respublikaning sanoat va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish orqali hududlarda yangi i�lab chiqarish quvvatlarini yaratish.

1. 11 mlrd dollarlik xorijiy investitsiyani o‘zlashtirish.

2. 304 ta yirik ishlab chiqarish obyektlari va quvvatlarini ishga tushirish orqali 48,7 mingta yangi ish o‘rinlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

11 mlrd doll

to‘g‘ridan-to‘g‘ri investiyatsiyalar

Vazirlar Mahkamasi J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

74.

Iqtisodiyotga xorijiy va mahalliy xususiy investitsiyalarni ko‘paytirish uchun sharoitlarni yaxshilash.

1. Hududlarning investitsiya jozibadorligini har tomonlama baholash va hududlar o‘rtasida investitsiyalarni jalb etishda sog‘lom raqobatni shakllantirish uchun investitsiya standarti tizimi va investitsiya muhiti reytingini amaliyotga joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil mart

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

2. Toshkent shahrida II Toshkent xalqaro investitsiya Forumini o‘tkazish.

2023-yil noyabr

75.

2023-yildan boshlab har bir hokim o‘z tumaniga 40-50 million dollar xususiy investitsiya olib kelishini tashkil etish.

1. Shahar va tumanlar, investitsiya loyihalari kesimida manzilli loyihalar ro‘yxatini shakllantirish va tasdiqlash.

2. Investitsiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha oyma-oy grafiklar ishlab chiqish, ularni tasdiqlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahri hokimliklari

76.

Investitsiya dasturlarini mahalla darajasiga tushirish va mahallalarning moliyaviy vakolatlarini kengaytirish.

Mahalla o‘z muammolarini mustaqil hal etishi uchun “Mahalla budjeti” tizimini soliqlarni undirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan har bir viloyatlardan bittadan tumanda eksperiment tariqasida joriy etish hamda uning samaradorligi, natijadorligi va tizimni barcha tuman (shahar)larda joriy etish yuzasidan taklif kiritish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2023-yil mart

Hisob-kitoblarga ko‘ra

Vazirlar Mahkamasi

J. Qo‘chqorov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

27-maqsad: Iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko‘paytirish maqsadida, kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200 million AQSh dollaridan 7 milliard AQSh dollariga yetkazish

77.

Xususiylashtirish dasturi doirasida 1 mingga yaqin korxonani savdoga chiqarish.

Davlat ishtirokidagi korxonalar, xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi davlat muassasalari va davlat ko‘chmas mulk obyektlarini davlatda saqlab qolish mezonlaridan kelib chiqib “sot yoki tushuntir” tamoyili asosida davlat ishtirokidagi korxonalar sonini keskin qisqartirish hamda kamida mingta davlat aktivlarini ommaviy savdolar orqali xususiylashtirishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil aprel

Hisob-kitoblarga ko‘ra

Vazirlar Mahkamasi

J. Qo‘chqorov

Davlat aktivlari agentligi

A. Ortikov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

78.

Eng yirik 10 ta kompaniya va tijorat banklarining aksiyalarini aholi uchun ochiq va shaffof savdoga chiqarish (IPO).

1. Aksiyalarini aholi uchun ochiq va shaffof savdoga chiqarish (IPO) uchun eng yirik 10 ta kompaniya va tijorat banklarining ro‘yxatini shakllantirish.

2. Yirik 10 ta kompaniya va tijorat banklarining “IPO” jarayonidagi harakatlar strategiyasini ishlab chiqish.

3. “IPO”ga tayyorgarlik jarayoni davomida kelib chiqadigan zarur tadbirlarni amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob-kitoblarga ko‘ra

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

79.

Iqtisodiyotni, shu jumladan sanoatning yetakchi tarmoqlarini yanada liberallashtirish hamda transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish.

2023 — 2026-yillarda ustav kapitalida davlat ulushi mavjud transformatsiya qilinadigan aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga ESG (Environment, Social, Governance)ni joriy etish, bunda atrof-muhit, ijtimoiy omillar va korporativ boshqaruv omillari (ESG omillari), shuningdek, barqaror rivojlanish masalalari bilan bog‘liq omillarni hisobga olish masalalari jamiyatlar boshqaruv organlarida ko‘rib chiqilishini tashkillashtirish va tavsiyalar ishlab chiqish.

Xalqaro moliya institutlarini jalb qilgan holda quyidagi korxonalarda ESGni joriy etish:

2023-yilda — “O‘zmetkombinat” AJ;

2024-yilda — “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ;

2025-2026-yillarda — boshqa davlat ishtirokidagi boshqa yirik korxonalar.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil oktyabr

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

A. Abduqodirov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

A. Ortikov,

“O‘zmetkombinat” AJ,

“Navoiy KMK”

AJ, “Olmaliq KMK” AJ

80.

Bank tizimi aktivlarida xususiy sektor ulushini oshirish.

Bank tizimida davlat ulushiga ega tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini amalga oshirish orqali banklardagi davlat ulushini ochiq va shaffof mexanizmlar asosida xususiylashtirish.

Bunda:

davlat ulushi mavjud banklar (Qishloq qurilish bank, Xalq banki, Mikrokreditbank, Aloqa bank, Agro bank va Milliy bank) aksiyalarini ommaviy ochiq savdolarga (IPO) olib chiqish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni samarali yakunlash;

O‘zsanoatqurilishbankdagi davlat ulushini strategik investorga sotish va xususiylashtirishga qaratilgan tadbirlarni yakunlash;

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Asaka bankni transformatsiya qilish bo‘yicha kelishuvlarni imzolash nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil davomida

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

A. Abduqodirov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Markaziy bank

M. Nurmuratov,

davlat tijorat banklari

81.

Banklardagi omonatlarni himoyalash tizimini takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasini ishlab chiqish:

bankla�dagi omonatlarni kafolatlash fondining (Fond) tashkiliy tuzilmasini va vakolatlarini belgilash;

kafolatlanadigan omonatlar qamrovi va miqdorini belgilash;

barcha banklarning Fondga a’zo bo‘lishi lozimligini belgilash;

banklarni sanatsiyalashda Fond mablag‘laridan foydalanish imkoniyatini yaratish;

omonatlarni Fond tomonidan to‘lab berilishi munosabati bilan omonatchilarning bankdan ustuvor ravishda talab qilish huquqini Fondga o‘tkazish;

Fondga to‘lab berilishi lozim bo‘lgan mablag‘lardan to‘langan badallarni chegirish amaliyotini bekor qilish.

Qonun loyihasi

2023-yil oktyabr

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Qo‘chqorov

Markaziy bank

M. Nurmuratov

82.

Bozorlarda yangi ishtirokchilarning kirib kelishidagi mavjud to‘siqlarni bartaraf etish orqali raqobatni rivojlantirish.

1. Raqobatni cheklovchi mutlaq (eksklyuziv) huquqlarni bekor qilish bo‘yicha taklif ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyul

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Qo‘chqorov

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi

2. Kamida 2 ta tovar bozorida raqobatni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish.

“Yo‘l xaritasi”

2023-yil oktyabr

3. Tarmoqlarni tartibga solishda yuridik shaxslar birlashmalarining bozorlardagi raqobatga salbiy ta’sirini cheklashga qaratilgan qoidalarni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentyabr

28-maqsad: Respublikaning eksport salohiyatini oshirish orqali 2026-yilda respublika eksport hajmlarini 30 mlrd AQSh dollariga yetkazish

83.

2023-yilda eksport hajmini 23 mlrd dollardan oshirish, maxsus eksportsiz eksport hajmini 17,7 mlrd dollarga yetkazish. Bunda:

eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ulushini 47 foizdan 54 foizga yoki 9,6 mlrd dollarga yetkazish;

mavjud xomashyo resurslarini qayta ishlash quvvatlarini oshirish hisobiga eksport tarkibidagi ulushini 26 foizdan 20 foizgacha kamaytirish;

xizmatlar eksport hajmlarini 4,6 mlrd dollarga yetkazish.

Ushbu ko‘rsatkichlarning ijrosini ta’minlash uchun respublika hududlari va tarmoqlar bilan birgalikda 2023-yilda eksportchi korxonalarni moliyaviy va huquqiy qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rish. Xususan:

aylanma mablag‘lar uchun 350 dan ortiq korxonaga Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan qulay shartlarda mablag‘lar �jratish;

580 tadan ortiq korxonaga transport xarajatlarining bir qismi qoplab berish;

260 ta tadbirkorlik subyektining xalqaro tan olingan sertifikat va standartlarni joriy etish xarajatlarini qoplab berish;

yangi xorijiy bozorlarga kirish maqsadida mahalliy meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga Hindiston, Xitoy, Fransiya va Indoneziya davlatlaridan anor, achchiq qalampir, xurmo, tarvuz, uzum, no‘xat, gilos mahsulotlariga karantin ruxsatnomalari olinishini ta’minlash;

xorijiy davlatlarda doimiy ravishda faoliyat yurituvchi “Made in Uzbekistan” brendi ostida “shou-rum”lar tashkil etish choralari ko‘rish;

Allbiz, Global pulses, Europages kabi xalqaro elektron savdo portallarida “O‘zbekistonning milliy mahsulotlari paviloni”ni ishga tushirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob-kitoblarga ko‘ra

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari

84.

2023-yilda tayyor mahsulotlar eksportini qo‘shimcha 4 milliard dollarga oshirish.

1. Iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlari, tovar va xizmatlar, aniq muddatlar kesimida oyma-oy eksportga yuklash grafiklarini ishlab chiqish, tasdiqlanishini ta’minlash hamda ijroga qaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

Har chorakda

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov, iqtisodiyot tarmoqlari,

tijorat banklari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Eksport prognoz ko‘rsatkichlarining ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini tahlil qilib borish, mavjud muammoli masalalarni aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘rib borish.

Har oyda kamida 1-marta

3. Eksport prognozi ijrosini ta’minlash, korxon�larga ta’sirchan amaliy yordam berish maqsadida respublikadagi yirik eksportchi korxonalarga tarmoqlar, tijorat banklari va hududlardan mas’ul rahbarlarni biriktirish.

2023-yil mart

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

4. Mahalliy eksportchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish.

2023-yil davomida

Eksportni rag‘batlantirish agentligi, iqtisodiyot tarmoqlari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5. Mahalliy korxonalarning eksport faoliyati uzluksizligini ta’minlash maqsadida eksportoldi moliyalashtirish uchun zarur kredit mablag‘larini ajratib borish.

2023-yil davomida

6. Xalqaro ko‘rgazmalar va taqdimotlarda ishtirok etish orqali o‘zbek brendlari va mahsulotlarini xorijda ilgari surish bo‘yicha “Made in Uzbekistan” dasturini amalga oshirish.

Tadbirlar grafigiga muvofiq

85.

Yangi O‘zbekiston — raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturini davom ettirish.

1. Eksportni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlarni keng targ‘ib qilish orqali tadbirkorlik subyektlarini eksport faoliyatiga faol jalb qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

Tadbirlar grafigiga muvofiq

Hisob-kitoblarga ko‘ra

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

tijorat banklari,

iqtisodiyot tarmoqlari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Investitsiya dasturlari doirasida ishga tushirilgan yangi korxonalarni eksport faoliyatiga jalb qilish.

3. “Yangi O‘zbekiston — raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi doirasida 2023-yilda 100 ta eksportchini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirish choralarini ko‘rish.

4. Mahalliy korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishiga yo‘l ochib berish maqsadida “tadbirkordan — eksportyorgacha” tamoyili asosida chora-tadbirlar dasturiga muvofiq mahalliy korxonalarni tashqi bozorlarga chiqishiga ko‘maklashish.

2023-yil davomida,

har chorak yakuni bo‘yicha hisobot kiritgan holda 2023-yil davomida,

har chorak yakuni bo‘yicha hisobot kiritgan holda

86.

Yevropa bozorlariga tekstil, elektr texnikasi, charm-poyabzal va boshqa tayyor mahsulotlar ekspo�tini kamida 2 barobarga oshirish.

1. Yevropa bozorining elektrotexnika mahsulotlariga bo‘lgan talabini o‘rganish va yirik import qiluvchi kompaniyalar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Yevropa bozoriga eksport qilinishi mumkin bo‘lgan 20 turdagi mahsulotlar ro‘yxatini tuzish.

3. Xalqaro sertifikatlar olishni tashkil etuvchi konsalting kompaniyalarni aniqlash va ular bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

4. Eksport qilinishi belgilangan mahsulotlarga Yevropa davlatida tan olingan xalqaro sertifikatlar olinishi bo‘yicha zarur choralar ko‘rish.

5. Xalqaro sertifikatlarni olish bilan bog‘liq xarajatlarni Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob-kitoblarga ko‘ra

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi,

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Eksportni rag‘batlantirish agentligi

6. GSP+ doirasida Yevropaga eksportni (hajmi va nomenklaturasi) kengaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish va tasdiqlash.

Yo‘l xaritasi

2023-yil mart

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

“O‘zto‘qimachilik-sanoat” uyushmasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

7. Xalqaro standartlash va sertifikatlash tashkilotlari, “Teri ishchi guruhi” (LWG) va “Barqaror terichilikni rivojlantirish tashkiloti” (SLF) bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Sohadagi kamida 200 ta eksportchi korxonada xalqaro sifat va menejment tizimlari standartlarini joriy qilish choralari ko‘rish.

Yevropaning brend mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari bilan “autsorsing” va “franchayzing” asosida mahalliy korxonalarda poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish va brend egalarini jalb qilish choralarini ko‘rish.

Yevropa davlatlarida tashkil etiladigan yirik ko‘rgazma-yarmarkalarda mahalliy poyabzal, charm-attorlik, jun, mo‘yna va qorako‘ldan tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning faol ishtirokini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

87.

Eksport qiluvchilarga transport va boshqa xarajatlarni kompensatsiya qilish ishlarini davom ettirish.

1. Eksport qiluvchilarning transport va boshqa xarajatlarini kompensatsiya qilish tizimi to‘g‘risida tadbirkorlik subyektlarining xabardorligini oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Hisob-kitoblarga ko‘ra

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

manfaatdor vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Eksportni rag‘batlantirish agentligining buyurtmalariga asosan zarur subsidiya mablag‘larini ajratib borish.

Buyurtmaga asosan

88.

Mahsulotlar eksporti bo‘yicha hozirgi 9 ta bosqichdan iborat bojxona rasmiylashtiruvini 3 barobar qisqarish.

“Eksport uch qadamda� — eksport bojxona yuk deklaratsiyalarini shakllantirishdan boshlab, rasmiylashtirishga qadar bo‘lgan barcha jarayonlarni o‘z ichiga qamrab olgan tizimni joriy etish.

Bunda, eksport operatsiyalarini quyidagi 3 bosqichda amalga oshirish nazarda tutiladi:

eksport shartnomasini shakllantirish;

tovar va transport hujjatlari asosida eksport deklaratsiyasini avtomatik shakllantirish;

bojxona rasmiylashtiruvi va chegara nazorati.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust

Hisob-kitoblarga ko‘ra

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Sh. Kudbiyev

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

89.

Eksportni rag‘batlantirish agentligi orqali moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibini ixchamlashtirish.

Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam xizmatlari bo‘yicha yagona normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyun

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Eksportni rag‘batlantirish agentligi

90.

Respublikadagi barcha tuman va shaharlarning eksport bo‘yicha mas’ul rahbarlari uchun faoliyat samar?dorligini baholash (KPI) tizimini joriy etish.

1. Respublikadagi barcha tuman va shaharlarning eksport bo‘yicha mas’ul rahbarlarini uchun yangi korxonalarni eksport faoliyatiga jalb etish, yangi turdagi mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yish va yangi bozorlarni o‘zlashtirish kabi mezonlar asosida baholash metodologiyasini ishlab chiqish.

2. Eksport yo‘nalishida respublikaning eng qoloq va eng namunali tuman va shaharlar ro‘yxatini shakllantirib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil may

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Eksportni rag‘batlantirish agentligi

91.

Turizm xizmatlari eksportini 2 mlrd dollarga yetkazish.

1. Mamlakatning diplomatik vakolatxonalari bilan hamkorlikda hududlarning turizm salohiyatini targ‘ib qilish, jumladan, “Samarqand — Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” targ‘ibot kampaniyasini o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob kitoblarga ko‘ra Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari doirasida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Iqtis�diyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

2. Transport-logistika xizmatlarini kengaytirish.

Bunda xorijiy davlat aviatashuvchilari bilan muzokara olib borish va Yevropa, Osiyo, Arab davlatlari hamda qo‘shni mamlakatlardan O‘zbekiston hududiga amaldagi xalqaro aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish va yangi yo‘nalishlarni ochish.

Amaliy chora-tadbirlar

Grafik asosida

Transport vazirligi

I. Maxkamov,

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov

3. Samarqand shahrida “Aviation & Logistics Forum” II-xalqaro aviatsiya forumini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentyabr

Hisob kitoblarga ko‘ra

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Transport vazirligi

I. Maxkamov

4. Joylashtirish va mehmonxona vositalari, ovqatlanish, transport xizmatlarini kengaytirish va hunarmandchilik ustaxonalari, zargarlik, suvenir mahsulotlari savdosini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Transport vazirligi

I. Maxkamov

29-maqsad: Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish

92.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqot” tadbirini o‘tkazish.

20 avgustTadbirkorlar kuni doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqot” tadbirini o‘tkazish, bunda:

Respublika shtabi hamda hududlarda maxsus shtablar faoliyatini tashkil qilish;

“Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tunu-kun qabul qilishni tashkil qilish;

tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida tizimli muammolarni hal qilish va yechimlari yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

“Ochiq muloqot” davomida bildirilgan takliflarni amalga oshirish yuzasidan “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash;

yangi tashabbuslarning mazmun-mohiyati va ahamiyati, tadbirkorlar fikr-mulohazalarini ommaviy axborot vositalarida yoritish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari farmoyishi loyihasi

2023-yil may

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Savdo-sanoat palatasi

D. Vaxobov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Biznes-ombudsman

D. Kasimov

93.

Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish:

korporativ boshqaruv sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlardan kelib chiqib, qonun loyihasi normalarini takomillashtirish;

jamiyatlar tomonidan yirik va affillangan shaxslar bilan bitimlarni tuzishda aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish;

jamiyat ustav kapitalini oshirish, jumladan qo‘shimcha aksiyalar chiqarishda minoritar aksiyadorlar huquqlarini ta’minlashni kuchaytirish;

jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish mexanizmlarini ko‘rib chiqish.

Qonun loyihasi

2023-yil oktyabr

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Qo‘chqorov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

A. Ortikov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

94.

Yonilg‘i quyish shahobchalari orqali realizatsiya qilingan gaz hajmi hisobini masofadan onlayn yuritish tizimini joriy qilish.

Yonilg‘i quyish shohobchalarida realizatsiya qilingan gaz hajmining aniq hisobini yuritish uchun gaz quyish uskunalariga maxsus dasturlashtirilgan mahsulotni joriy etish va uni Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyun

Hisob-kitoblarga ko‘ra

Vazirlar Mahkamasi

J. Qo‘chqorov

Iqtisodiyot va moliya vazirli�i

Sh. Kudbiyev,

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov

95.

2023-yilda nazorat qiluvchi va ruxsat beruvchi idoralar faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqish.

1. “Tadbirkorlik subyektlarini soliq tekshiruvlaridan o‘tkazish muddatlarining qisqartirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini kiritish.

Qonun loyihasi

2023-yil aprel

Hisob-kitoblarga ko‘ra

Vazirlar Mahkamasi

J. Qo‘chqorov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Savdo-sanoat palatasi

D. Vaxobov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

96.

Ilg‘or tajribalar asosida soliq va bojxona ma’murchiligini tubdan isloh qilish.

Soliq ma’murchiligi bo‘yicha:

Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi huzurida barcha soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalarini yuritishni markazlashtirgan Budjet bilan munosabatlarni boshqarish direksiyasini Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Soliq qo‘mitasining amaldagi shtat birliklari doirasida tashkil etish;

soliqlarni o‘z vaqtida to‘layotgan intizomli soliq to‘lovchilar bo‘yicha “Ishonchli soliq to‘lovchisi reytingi”ni yuritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob-kitoblarga ko‘ra

Vazirlar Mahkamasi

J. Qo‘chqorov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

A. Burxanov

97.

Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilikni qayta ko‘rib chiqish.

Bunda, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish, investitsiya kiritish faoliyati va davlat-xususiy sheriklik faoliyati o‘rtasidagi aniq chegara va mezonlarni belgilash nazarda tutiladi.

Axborot xati

2023-yil may

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

A. Musayev

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

30-maqsad: Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga yetkazish

98.

2023-yilda suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan 100 ming gektargacha qo‘shimcha ekin maydonlarini dehqonchilik ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, shu jumladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholiga ajratish hisobidan qariyb 350 mingta yangi dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish.

1. Dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun fermer xo‘jaliklari va agrosanoat klasterlariga ijaraga berilgan, ular tomonidan samarali foydalanilmayotgan, suv ta’minoti tizimi yaxshi bo‘lgan, aholi yashash joylariga yaqin bo‘lgan, lotlarga bo‘lish natijasida konturlar yaxlitligi buzilmaydigan yerlarni tanlab olish tartibini joriy etish.

2. Dehqon xo‘jaliklariga ajratilgan yer maydonlarida hududlar ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan eksportbop va bozorbop qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilishini ta’minlash.

3. Sabzavot, poliz, dukkakli, moyli va kartoshka ekinlarini intensiv usulda ekish ishlarini tashkil etish.

4. Kooperatsiya tizimi asosida mahsulot yetishtirish va sotishni yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Tashabbuskorlar mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

Sh. G‘aniyev,

B. Mavlonov

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

A. Voitov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Suv xo‘jaligi vazirligi

Sh. Xamrayev

99.

750 mingta yangi dehqon xo‘jaliklarini tadbirkorga, yer egasiga aylantirish, buning hisobiga qishloqlarda ijtimoiy muammolar, avvalo, ishsizlik va kambag‘allik masalasini hal etish ishlarini davom ettirish.

1. Hududlar kesimida mahsulotlarni xomashyo bazasiga nisbatan mavjud saqlash va qayta ishlash quvvatlarini o‘rganish.

2. O‘rganish natijalariga ko‘ra infratuzilma (elektr, tabiiy gaz, ichimlik suv, oqova, transport yo‘li) obyektlari bilan ta’minlash choralarini belgilash va loyihalarni shakllantirish.

3. Belgilangan loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish choralarini ko‘rish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

Tadbirkorlik subyektlari o‘z mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar budjet mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

B. Mavlonov

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

A. Voitov,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Adliya vazirligi

A. Tashkulov

100.

Agrar sohada yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish loyihalariga 2023-yilda 1 milliard AQSh dollari ajratish.

1. Agrar sohaning barcha yo‘nalishlarida yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish loyihalarining manzilli ro‘yxatini hududlar kesimida shakllantirish.

2. Manzilli ro‘yxatni mas’ullar va tijorat banklari bilan kelishish.

3. Shakllantirilgan dasturni kelishish uchun vazirlikka taqdim etish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

Tadbirkorlik subyektlari o‘z mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

B. Mavlonov

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

A. Voitov,

Qoraqalpog‘iston respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

101.

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasida yangi agrotexnologiyalar, suv tejovchi va hosild