12.12.2024 yildagi PQ-431-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligida zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish, ekinlarni ekish, yetishtirish va hosilni yigʻib olishni bosqichma-bosqich toʻliq mexanizatsiyalash, agrar sohada qishloq xoʻjaligi texnikalariga servis (texnik holatini koʻrikdan oʻtkazish va taʼmirlash) xizmatlari koʻrsatish darajasini oshirish va servis ustaxonalari texnologik bazasini rivojlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining paxta yetishtiruvchilar bilan kelishgan holda 2025-yildan boshlab barcha paxta ekiladigan maydonlarda bosqichma-bosqich paxta chigitini qator orasi 76 sm kenglikda qoʻshqator qilib, aniq donalab ekuvchi koʻp funksiyali chigit ekish seyalkalari orqali (plyonka ostiga shlang bilan) ekishga va paxta xomashyosi hosilini mashinalar yordamida terib olishga oʻtish toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi 2025-2026-yillarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, qishloq xoʻjaligi kooperatsiyalari, qishloq xoʻjaligi korxonalari va mahallalarga agrotexnik xizmatlar koʻrsatuvchi tadbirkorlarga mazkur qarorga 1-ilovada keltirilgan zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalarini kredit yoki lizing shartlarida yetkazib berishni tashkil etish uchun Jahon bankining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida ajratilgan mablagʻlar hisobidan 34 million AQSH dollari hamda “Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasida ajratilgan mablagʻlar hisobidan 19,5 million AQSH dollarini lizing tashkilotlariga yoʻnaltirish boʻyicha Jahon bankining roziligi olinganligini inobatga olib, bir oy muddatda mazkur mablagʻlarning belgilangan tartibda lizing tashkilotlariga ajratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida tayyor bogʻ va kichik agrologistika loyihalari uchun koʻzda tutilgan mablagʻlardan 65 million AQSH dollarini zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalari sotib olish uchun yoʻnaltirish masalasini uch oy muddatda Jahon banki bilan kelishib, qarz bitimiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari 2025-yilda xarid qilinadigan paxta terish mashinalari, lazerli yer tekislagichlar, aniq donalab ekuvchi koʻp funksiyali chigit ekish seyalkalarini xarid qiladigan talabgorlar roʻyxatini shakllantirish, yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish va boʻnak mablagʻlarini yoʻnaltirish ishlarining 2025-yil 1-fevralga qadar yakunlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2025-yil 1-yanvardan boshlab, qishloq xoʻjaligi texnikalari yetkazib berishda amaldagi qonunchilikka muvofiq qoʻllaniladigan imtiyozlar (subsidiya moliyaviy yordamlar) faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilar va dilerlar orqali muomalaga chiqariladigan qishloq xoʻjaligi texnikalariga nisbatan tatbiq etiladi;
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2027-yil 1-yanvarga qadar quyidagilar bojxona bojidan va utilizatsiya yigʻimidan ozod qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, qishloq xoʻjaligi kooperatsiyalari va qishloq xoʻjaligiga agrotexnik xizmatlar koʻrsatuvchi tadbirkorlar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun oʻrnatilgan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha xorijdan olib kelinadigan hamda ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan paxta terish kombaynlari, oʻziyurar ozuqa yigʻuvchi va bogʻdorchilik kombaynlari, koʻchat koʻmish va ochish texnikalari;
(4-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ishlab chiqaruvchilar va dilerlik xizmati tomonidan xorijdan olib kelinadigan yangi paxta terish kombaynlari, oʻziyurar ozuqa yigʻuvchi va bogʻdorchilik kombaynlari, koʻchat koʻmish va ochish texnikalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2025-yil 1-martdan boshlab amaldagi qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan (subsidiya, soliq va bojxona imtiyozlari va moliyaviy yordamlar) foydalangan holda xarid qilingan, shu jumladan, respublikada ishlab chiqarilgan va import qilingan yangi traktorlar va kombaynlarni ularga GPS qurilmasini oʻrnatmagan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ulardan foydalanish taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 2028-yil 1-yanvardan boshlab asosiy paxta va gʻalla hosili uchun paxta chigiti va bugʻdoyni ekishda aniq donalab ekmaydigan seyalkalardan foydalanish taqiqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) amaldagi qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan (subsidiya moliyaviy yordamlar) foydalangan holda xarid qilingan mazkur qarorga 1-ilovada keltirilgan yangi traktor va kombaynlar (1 — 6-pozitsiyalar) 3 yil davomida boshqa shaxslarga sotilganda, berilgan barcha imtiyozlar bekor qilinadi va imtiyoz summalari 25 foiz jarima qoʻllangan holda Davlat budjeti daromadiga undiriladi. Bunda 2024-yildan boshlab lizing asosida berilgan paxta terish mashinalari qishloq xoʻjaligi korxonalari faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan holda (fermer xoʻjaliklari yoki klasterlarning yer maydonlari davlat ehtiyojlari (zaxira) uchun olib qoʻyilganda yoki qishloq xoʻjaligi korxonalariga nisbatan belgilangan tartibda bankrotlik tartib-taomillari qoʻllanilganda) qayta rasmiylashtirilganda lizing toʻlovlari uchun beriladigan subsidiyalar istisno tariqasida saqlanib qolinadi;
(4-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) qishloq xoʻjaligi texnikalariga xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining buyurtmasi (talabi) boʻyicha aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari yoʻllanmasiga asosan ishsiz yoshlarni zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalariga xizmat koʻrsatuvchi mutaxassis sifatida va ushbu texnikalarni boshqaruvchi operatorlikka (traktorchi-mashinist) oʻqitish va qayta tayyorlash xarajatlari Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar qishloq xoʻjaligi texnikalarini taʼmirlash, agrotexnik xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan, ekin maydonlarini lazerli yer tekislagich yordamida tekislash, gʻoʻzani chilpish (chekanka) va defoliatsiyalash xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga (bundan klasterlar mustasno) yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import qilingan qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotuvchi dilerlarning davlat reyestri yuritilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda dilerlik xizmatlari uchun talablarning (faoliyatni roʻyxatdan oʻtkazish, ekologik va texnik standartlarga rioya etish, sertifikatsiyalash, traktorchi-mashinistlarning kasb mahoratini oshirish, biznesni sugʻurtalash, sotuvdan keyin kafolat va kafolatdan keyingi texnik xizmat) Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar tomonidan oʻz ehtiyoji uchun oʻrnatilgan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha xorijdan olib kelinadigan qishloq xoʻjaligi texnikalarining butlovchi va ehtiyot qismlari 2028-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu imtiyoz hisobiga tejalgan mablagʻlarning hisobi alohida yuritilib, mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizatsiyalashga yoʻnaltirilishi va mazkur talab bajarilmaganda ushbu mablagʻlar Davlat budjeti daromadiga undirilishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzavtosanoat” AJ Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda 2025-yil 1-aprelga qadar 100 dona aniq donalab ekuvchi koʻp funksiyali chigit ekish seyalkalarini, 2025-yil 1-sentabrga qadar 50 dona zamonaviy paxta terish kombaynlari, 10 donadan ozuqa yigʻuvchi, bogʻdorchilik kombaynlari, koʻchat koʻmish va ochish texnikalarini mahalliylashtirgan holda ishlab chiqarilishini va ushbu texnikalarning samaradorligini 2025-yil hosilida tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarini jalb etgan holda agrotexnik tadbirlarni bajarish rejimlarida oʻrganishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Bosh vazir huzurida qishloq xoʻjaligi texnikalarini mahalliylashtirish boʻyicha taqdimot oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi “Chirchiq shahrida qishloq xoʻjaligi mashinasozlik klasterini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-7-son qarorida nazarda tutilgan subsidiyalar mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarilgan hamda xorijdan tayyor holda olib kelinadigan aniq donalab ekuvchi koʻp funksiyali chigit ekish seyalkalari, gʻalla oʻrish kombaynlari hamda paxta terish kombaynlari uchun, istisno tariqasida, 2026-yil 1-yanvarga qadar tatbiq etiladi. Bunda mazkur tartib 2024-yilda tayyor holda import qilingan paxta terish kombaynlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yili Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda qishloq xoʻjaligi texnikalari xaridi qiymatining hamda foiz xarajatlarining bir qismini subsidiyalash uchun tegishli mablagʻlar koʻzda tutib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Oʻzavtosanoat” AJ bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqaruvchi korxonalar dilerlari hamkorligida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining oʻquv bazasida va respublikaning barcha hududlarida zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalarini boshqaruvchi traktorchi-mashinistlarni hamda ushbu texnikalarga xizmat koʻrsatish markazlari uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash kurslarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzavtosanoat” AJ, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, lizing kompaniyalari hamda manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2025-yil 1-martga qadar paxta terish kombaynlarini xarid qilish, xaridni moliyalashtirish, subsidiyalardan foydalanish, qishloq xoʻjaligi texnikalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, servis xizmatlaridan foydalanish hamda ehtiyot qismlarni xarid qilish imkoniyatini beruvchi raqamlashtirilgan yagona axborot portalining toʻliq ishga tushirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyatlar hokimlari qishloq xoʻjaligi texnikalari yetkazib beruvchi dilerlarga servis xizmatlari koʻrsatish shoxobchalarini tashkil etish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda zarur bino-inshootlar olishga amaliy yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Bosh prokuratura (J. Xatamov) mazkur qaror bilan qishloq xoʻjaligi texnikalarini xarid qilish boʻyicha belgilangan imtiyozlar va ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va manzilli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev hamda qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 12-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-431-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi PQ-431-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-2026-yillarda qishloq xoʻjaligi korxonalariga yetkazib beriladigan zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalari va uskunalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Texnikalar nomlari

TIF TN kodi

1.

Quvvati 140 ot kuchiga teng va undan yuqori boʻlgan umumiy foydalanishdagi (GPS qurilmali) gʻildirakli traktorlar

8701 93 100 0

2.

Quvvati 80 — 110 ot kuchiga teng boʻlgan universal chopiq traktorlar (GPS qurilmali)

8701 93 100 0

3.

Quvvati 80 — 110 ot kuchiga teng boʻlgan (GPS qurilmali) yuqori klirensli traktorlar

8701 93 100 0

4.

Quvvati 40 — 60 ot kuchiga teng boʻlgan bogʻdorchilikda ishlatiladigan (GPS qurilmali) traktorlar

8701 93 100 0

5.

Gʻalla oʻrish kombaynlari (GPS qurilmali)

8433 51 000 1

6.

Paxta terish mashinalari (GPS qurilmali)

8433 52 000 0

7.

Lazerli yer tekislagichlar

8 432 800 000

8.

Aylanma omochlar

8 432 100 000

9.

Diskli boronalar

8 432 210 000

10.

Ekin ekish (elektron boshqaruvli, oʻgʻit va gerbitsid sepish moslamali, pnevmatik) seyalkalari

8432 31 110 0

11.

Yuqori aniqlikdagi va koʻp funksiyali barabanli seyalkalar (bir vaqtda urugʻlik ekish, tomchilatib sugʻorish shlanglarini yotqizish va plyonka tortishga moʻljallangan)

8432 31 110 0

12.

Don ekish seyalkalari

8432 31 110 0

13.

No-till texnologiyada urugʻlik ekish seyalkasi

8432 31 110 0

14.

Tirkamalar

8716 20 000 0

15.

Ventilyatorli purkagichlar (OVX)

8424 49 990 0

16.

Shtangali purkagichlar (mayda dispersli)

8424 49 990 0

17.

Kultivatorlar

8432 29 100 0

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi PQ-431-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-106-son qaroriga 4-ilovaning 7-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-344-son qarorining 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“12. Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov, J. Xodjayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) 2025-yil 1-iyunga qadar Jahon banki bilan muzokaralar oʻtkazgan holda Jahon bankining “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida tayyor kichik agrologistika loyihalari uchun ajratilgan 65 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlardan maqsadli foydalanish va agrologistika sohasiga yoʻnaltirish boʻyicha aniq mexanizmlarni joriy qilsin”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2024-y., 07/24/431/1026-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 13.03.2026-y., 07/26/97/0225-son; 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son; 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)