1-ILOVA
T/r | Axborot tizimlari | Maqsadi |
1. | Agroportal | Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun sohada xizmat ko‘rsatishning “yagona nuqtasi”ni belgilash. |
2. | Geoaxborot tizimi | Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish va hisobini yuritish, qishloq xo‘jaligi ekinlari monitoringini amalga oshirish. |
3. | “E-ijara” AT | Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli tashkilotlar bilan kelishish. |
4. | “Agrosubsidiya” AT | Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga subsidiyalar berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar bilan kelishish. |
5. | “Qishloq xo‘jaligi texnikalari reyestri” AT | Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari yagona davlat reyestrini shakllantirish. |
6. | “CropAgro” AT | Qishloq xo‘jaligi ekinlarini elektron joylashtirish, kelishish, ma’lumot va hisobotlarni shakllantirish. |
7. | “Agroplatforma” AT | Paxta, boshoqli don, meva-sabzavot yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish. |
8. | “Reagro” AT | Paxta-to‘qimachilik klasterlari bo‘yicha avtomatlashtirilgan reytingni va qishloq xo‘jaligi kooperatsiyalari bo‘yicha reyestrni yuritish. |
9. | “AgroBI” AT | Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ishonchli va yagona ma’lumotlarni shakllantirish. |
10. | “Oziq-ovqat mahsulotlarini zaxiralash” AT | Qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat zaxiralarini yaratish, zaxiraga olingan mahsulotlar hajmi bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish. |
11. | “O‘rmon E-ijara” AT* | O‘rmon fondi yerlarini ijaraga berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish hamda vakolatli organlar bilan kelishish. |
12. | “E-urug‘” AT | Elektron tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish, monitoring va aprobatsiya tadbirlari uchun zarur axborotni yuritish, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklari bazasini shakllantirish. |
13. | “AgroDocs” AT | Qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘rtasida shartnoma tuzish, shartnomaviy munosabatlarni tartibga solishga ko‘maklashish. |
14. | “Ombor kitobi” AT | Qishloq xo‘jaligi sohasida ustuvor vazifalarni belgilash va ijrosini nazorat qilish. |
15. | “Hosil qabuli” AT | Ayrim turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari miqdor va sifat ko‘rsatkichlari, yetkazib beruvchi va qabul qiluvchi tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish va statistik hisobotlarni yuritish. |
16. | “Agromonitoring” AT | Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda agrotexnik tadbirlar monitoringini yuritish. |
17. | “Agrotarozi” dasturiy ta’minoti | Paxta va boshoqli don yetishtiruvchilarga elektron tarozilar orqali xizmat ko‘rsatish. |
18. | “O‘zbekkosmos” agentligining “Space Agro Monitoring” subplatformasi | Paxta va boshoqli don yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni maqsadli yo‘naltirganlik holatini o‘rganish bo‘yicha masofaviy monitoring yuritish orqali xizmat ko‘rsatish. |
19. | Paxta xomashyosi va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonlarida resurslarning maqsadli sarflanishini monitoring va xavflarni avtomatik tahlil qilish AT** | Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonlarida resurslarning maqsadli sarflanishini monitoring qilish. |
20. | “Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi” AT (ishlab chiqiladi) | Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini ixtiyoriy sug‘urta kompaniyasi bilan elektron rasmiylashtirish. Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi shartnomasi ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari ustidan nazorat qilish, sug‘urta mukofoti uchun budjet subsidiyasini olishga oid arizalarni ko‘rib chiqish. |
2-ILOVA
T/r | Raqamli xizmat nomi | Mas’ul vazirlik va idora |
Davlat xizmatlari | ||
1. | Davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladigan imtiyozli kredit, subsidiya va kompensatsiyalar olishga ariza berish | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, tijorat banklari |
2. | Ilgari hisobga olingan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlarini belgilash | |
3. | Paxta va to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish uchun ariza berish | |
4. | Dron xizmatlarini ko‘rsatish uchun ariza berish | |
5. | Bug‘doy, paxta xomashyosi, meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, makkajo‘xori doni, dukkakli va moyli ekinlar, sholi ekinlarni yetishtirishni imtiyozli kreditlash | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, tijorat banklari |
6. | Davlat tomonidan dehqon va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladigan subsidiyalar va kompensatsiyalar olishga ariza berish | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
7. | Davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladigan subsidiyalar va kompensatsiyalar olishga ariza berish | Suv xo‘jaligi vazirligi |
8. | Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sertifikatlash | Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi |
9. | Urug‘lik paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash | |
10. | Donli ekinlar urug‘larini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash | |
11. | Urug‘lar, dukkakli va moyli ekinlar hamda boshqa don ekinlarini qayta ishlashni sertifikatlash | |
12. | Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish | |
13. | Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish | |
14. | Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini hisobdan chiqarish | |
15. | Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini majburiy yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazish | |
16. | Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yo‘nalishidagi ta’lim tashkilotlarini hisobga olish hamda traktorchi-mashinist guvohnomasini berish | |
17. | Veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish (laboratoriya-diagnostika ishlari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha) | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi |
18. | Veterinariya davolash-profilaktika faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma | |
19. | Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari hamda hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni ishlab chiqarish, saqlash va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi subyekt faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasini berish | |
20. | Veterinariya sertifikati | |
21. | Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar eksporti, importi va tranziti uchun ruxsatnoma berish | |
22. | Temiryo‘l vagonlari, kemalar, samolyot va boshqa transport vositalari veterinariya-sanitariya ishlovidan o‘tkazilgani haqida ma’lumotnoma rasmiylashtirish | |
23. | Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash | |
24. | Naslchilik xo‘jaliklari maqomini berish | |
25. | Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish | |
26. | Mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berish | O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Bojxona qo‘mitasi |
27. | Mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnoma berish | |
28. | Karantin ruxsatnomasini berish | |
29. | Fitosanitariya sertifikatini berish | |
30. | Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish va ro‘yxatga olish | |
31. | Transport birligini ochish dalolatnomasi | |
32. | Eksport va import qilinayotgan karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya) | |
33. | Davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladigan subsidiyalar va kompensatsiyalar olishga ariza berish | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi |
34. | Paxta xomashyosi, boshoqli don ekinlari va boshqa mahsulotlarni birja savdolariga chiqarish va sotish | “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ |
35. | Yerdan foydalanuvchilar tomonidan ularga paxta va boshoqli don yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadli yo‘naltirilganligi yoki yo‘qligini (ekinlar imtiyozli kredit ajratilgan yerga muvofiq ekilganligi yoki ekilmaganligini) tasdiqlovchi xulosani berish | Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi |
36. | Zaxira yerlaridan foydalanish holatini tasdiqlovchi xulosani berish | |
Xususiy sektor tomonidan ko‘rsatiladigan raqamli xizmat va servislar | ||
1. | Agroservis xizmatlari | Xususiy sektor vakillari* |
2. | Brokerlik va savdo xizmatlari | |
3. | Buxgalteriya elektron hisob-kitob va auditorlik maslahat xizmatlari | |
4. | Agronomiya va konsalting xizmatlari | |
5. | Veterinariya xizmatlari | |
6. | Mexanizatsiya va texnika xizmatlari | |
7. | Sug‘orish va suv menejmenti xizmatlari | |
8. | Ombor va logistika xizmatlari | |
9. | Kimyoviy himoya vositalari va mineral o‘g‘itlarni sotish xizmatlari | |
10. | Urug‘lar va ko‘chatlarni sotish xizmatlari | |
11. | Bank va lizing xizmatlari | |
12. | Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish va ichki bozorga sotish | |
13. | Laboratoriya xizmatlari | |
14. | Agrosug‘urtalash xizmatlari | |
3-ILOVA
1. | J.A. Qo‘chqorov | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining — Respublika komissiyasi raisi |
2. | Sh.M. G‘aniyev | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Respublika komissiyasi raisi o‘rinbosari |
3. | I.Yu. Abdurahmonov | — | qishloq xo‘jaligi vaziri — Respublika komissiyasi raisi o‘rinbosari |
4. | T.A. Ishmetov | — | Markaziy bank raisi |
5. | B.S. Hamrayev | — | Milliy statistika qo‘mitasi raisi |
6. | B.E. Zaxidov | — | kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri |
7. | Sh.R. Xamrayev | — | suv xo‘jaligi vaziri |
8. | Sh.X. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri |
9. | A.J. Vaxabov | — | Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i |
10. | A.A. Xaitov | — | O‘zbekiston fermerlari kengashi raisi |
11. | M.M. Mirzayev | — | Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
12. | J.J. Xatamov | — | Bosh prokuror o‘rinbosari — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i |
13. | D.A. Vahobov | — | Savdo-sanoat palatasi raisi |
14. | N.N. Oblomurodov | — | Toshkent davlat agrar universiteti rektori |
15. | Sh.E. Nomozov | — | Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori |
16. | A.M. Qosimov | — | qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari — Respublika komissiyasi kotibi |
4-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Moliyalashtirish manbalari | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
1. | Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari hisobini yuritish jarayonlarini raqamlashtirish. | 1. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari hisobini yuritishdagi mavjud mexanizmlarni o‘rganish. 2. Jarayonlarni raqamlashtirish bo‘yicha takliflar va tartib ishlab chiqish. 3. Yangi mexanizm asosida jarayonlarni raqamlashtirishni yo‘lga qo‘yish. | Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovlaridan Qishloq xo‘jaligi vazirligiga 10 foiz o‘tkaziladigan mablag‘lar | 2026-yildan boshlab | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Kadastr agentligi, “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ |
2. | “CropAgro” axborot tizimida har bir ekin joylashtirilgan kontur bo‘yicha suv yetkazib berish limitlari yuritilishini yo‘lga qo‘yish. | 1. “CropAgro” axborot tizimini takomillashtirish. 2. Suv yetkazib berish xizmati bo‘linmalari tomonidan “CropAgro” axborot tizimida suv yetkazib berish limitlarini shakllantirish. | - | Doimiy | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ |
3. | Agroportalda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni imtiyozli kreditlash xizmatini yo‘lga qo‘yish. | 1. Agroportal va tijorat banklarining axborot tizimlarini integratsiya qilish bo‘yicha texnologik yo‘riqnomalarni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Tizimlar integratsiyasini yo‘lga qo‘yish. 3. Imtiyozli kreditlarni taqdim etish uchun Agroportalda to‘lov topshiriqnomalarini shakllantirish va ijro etish. | - | 2025-yil sentabr — dekabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, tijorat banklari, “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ |
4. | Agroportalda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga lizing xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish. | 1. Xizmat ko‘rsatish reglamentini ishlab chiqish. 2. Xizmatni Agroportalga integratsiya qilish. | - | 2026 yil noyabr | “O‘zagrolizing” AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar |
5. | Mahsulot yetishtirish uchun doimiy foydalaniladigan yerlarda dron parvozlarini amalga oshirish va xizmat ko‘rsatish uchun soddalashtirilgan mexanizmni joriy qilish. | 1. Dronlar yordamida tezkor xizmat ko‘rsatish uchun parvozlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va yillik ruxsatnomalar rasmiylashtirishni yo‘lga qo‘yish. | - | 2025-yil noyabr | Fuqaro aviatsiyasi agentligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
2. Agroportalda dron xizmatlarini ko‘rsatuvchilar va mahsulot yetishtiruvchilar o‘rtasida shartnoma tuzish va buyurtma berish imkoniyatlarini yaratish. | 2026-yil davomida | ||||
6. | Agroportalda xizmat va servislar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish. | 1. Agrar sohadagi davlat xizmatlari ro‘yxatini shakllantirish. 2. Agroportalda xizmat va servislar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha texnologik yo‘riqnomalarni ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Tizimlar integratsiyasini yo‘lga qo‘yish. | - | 2025-yil noyabr-dekabr | Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zagroinspeksiya, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, tijorat banklari |
4. Agroportal orqali xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish. | Doimiy | ||||
7. | Agroportalda foydalanuvchi tomonidan bajariladigan amallarni qo‘shimcha tarzda himoyalashni joriy etish. | 1. Foydalanuvchilarning xohishiga ko‘ra elektron raqamli imzoga qo‘shimcha tarzda haq evaziga uchinchi tomonning biometrik identifikatsiya qilish xizmatini Agroportalda taqdim etish. | Foydalanuvchi mablag‘lari | 2025-yil oktabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ |
2. Agroportalda biometrik identifikatsiyalash texnologiyalarini joriy etish. | 2026-yil iyun | ||||
8. | Qishloq xo‘jaligi yerlarini ikkilamchi ijaraga berish jarayonlarini raqamlashtirish. | 1. Agroportalda xizmat ko‘rsatish uchun Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | - | 2025-yil sentabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Kadastr agentligi |
2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil dekabr | ||||
9. | Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turlari va tuproq unumdorligiga oid ma’lumotlar bazasini yaratish. | 1. Yer uchastkalari kesimida ruxsat etilgan foydalanish turlari va tuproq unumdorligiga oid ma’lumotlar bazasini yaratish. | Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Davlat budjeti parametrlari doirasida ajratilgan mablag‘lar | 2025-yil oktabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, ilmiy-tadqiqot institutlari, “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ |
2. Agroportalda ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda ekin joylashtirish, yer uchastkalarining normativ qiymatini avtomatik aniqlashni yo‘lga qo‘yish. | 2026-yil fevral | ||||
10. | Agroportal va uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlari barqaror ishlashini ta’minlash. | 1. Data markaz xizmatlariga imtiyozli tariflarni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalarni imzolash va Data markaz xizmatlaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish. | - | 2025-yil sentabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ |
11. | Qishloq xo‘jaligi sohasida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bilimlarni oshirish. | Axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha foydalanuvchilarning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish. | - | 2025-2026-yillar | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK |
12. | Qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari, fermer va dehqon xo‘jaliklari vakillarining axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarini oshirish. | Soha mutaxassislari, fermer va dehqon xo‘jaliklari vakillarini yaratilgan axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha o‘qitish. | - | 2025-2026-yillar | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermerlari kengashi |
13. | Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida dron xizmatlaridan foydalanish tartibini belgilash. | Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida dron xizmatlaridan foydalanish tartibini belgilash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | - | 2025-yil dekabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Transport vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
14. | Agroportalning mobil ilovasini yaratish. | 1. Portalda joriy etilgan xizmatlarni mobil qurilma orqali taqdim etish uchun loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazish. | Budjetdan tashqari mablag‘lar | 2025-yil dekabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
2. Mobil ilovani ishlab chiqish va ishga tushirish. | 2026-yil fevral | ||||
15. | Boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan (o‘rimdan so‘ng) yer maydonlarida somonpoyalar va ularning qoldiqlarini yoqish (dalalar yoqilishi) holatlari yuzasidan ta’sirchan javobgarlik choralarini belgilash yuzasidan takliflar kiritish. | 1. “O‘zbekkosmos” agentligi ma’lumoti asosida boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan (o‘rimdan so‘ng) yer maydonlarida somonpoyalar va ularning qoldiqlarini yoqish (dalalar yoqilishi) holatlari bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. | - | 2025-yil sentabrdan boshlab | Ekologiya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zagroinspeksiya, Adliya vazirligi, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Bosh prokuratura |
2. Boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan (o‘rimdan so‘ng) yer maydonlarida somonpoyalar va ularning qoldiqlarini yoqish (dalalar yoqilishi) holatlari bo‘yicha javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish. | 2025-yil oktabr | ||||
3. Takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil noyabr | ||||
16. | Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash. | 1. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish. | - | 2025-yil sentabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil sentabr | ||||
17. | Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan agronomik tahlillar bilan bog‘liq loyiha natijalarini tajribadan o‘tkazish. | 1. Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan agronomik tahlillar bilan bog‘liq loyiha natijalarini Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Parkent tumanlarida tajribadan o‘tkazish. 2. Tajriba natijalaridan kelib chiqib, yangi turdagi raqamli xizmat va servislarni Agroportalda joriy qilish choralarini ko‘rish. | - | 2025 — 2027-yillar | Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
18. | “UZKAD”, “E-Yer nazorat”, Agroportal va “Space Gov Monitoring” axborot tizimlarining o‘zaro integratsiyasini ta’minlash. | Kadastr agentligining “UZKAD” hamda “E-Yer nazorat” axborot tizimlarini tegishlicha Agroportal hamda “Space Gov Monitoring” tizimlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya qilish. | - | 2025-yil sentabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Kadastr agentligi |
19. | Agroportalda o‘simliklarni himoya qilish va dalaga biologik ishlov berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish. | 1. Biolaboratoriya mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzish, to‘lovlarni amalga oshirish, biomahsulotlarni dalaga tarqatish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish. 2. Agroportalda o‘simliklarni biologik himoya qilish, hasharotlarga qarshi kurashishda ularning o‘rtacha haroratda rivojlanish fazalarini aniqlab berish xizmatini yo‘lga qo‘yish. | Hisob-kitoblarga ko‘ra aniqlanadi | 2025-yil dekabr | O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, O‘zbekiston fermerlari kengashi, “Biosifat” respublika markazi |
20. | Gidromodul rayonlashuv hududlari chegaralari va xaritalarini qayta ko‘rib chiqish. | Qishloq va suv xo‘jaligi tizimidagi tegishli ilmiy-tadqiqot institutlarini jalb qilgan holda hududlar kesimida gidromodul rayonlashuv hududlarining chegaralari va xaritalarini qayta ko‘rib chiqib, ularni yangilash hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish tartibi va me’yorlariga o‘zgartirishlar kiritish. | - | 2025-2026-yillar | Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
21. | Ekin turlarining normativ hosildorligini takomillashtirish. | Ilmiy-tadqiqot institutlari yordamida normativ hosildorligi belgilanmagan ekin turlari normativ hosildorligini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | - | 2026-yil yanvar | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zagroinspeksiya |
22. | Suv omborlaridagi suv sathini o‘lchash tizimini takomillashtirish. | “O‘zbekkosmos” agentligi bilan kelishilgan holda suv omborlariga (doimiy suv yig‘ilmaydigan sel suv omborlari bundan mustasno) suv sathini o‘lchaydigan hisoblagichlar o‘rnatish va ularni mazkur agentlikning axborot tizimiga integratsiya qilish. | Suv xo‘jaligi vazirligiga raqamlashtirish uchun ajratilgan mablag‘lar | 2025-2026-yillar | Suv xo‘jaligi vazirligi, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
23. | Hududlarda kosmik ma’lumotlardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish. | 1. “O‘zbekkosmos” agentligi ma’lumotlaridan to‘liq foydalanishni yo‘lga qo‘yish va natijalari bo‘yicha mazkur agentlikka ma’lumot kiritib borish. Bunda ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligi uchun birinchi rahbarlar shaxsan javobgar hisoblanadi. | - | Har yili 15-dekabrga qadar | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi |
2. Raqamlashtirishga mas’ul tuzilmalar tegishli xodimlarining “O‘zbekkosmos” agentligi bilan shartnomaviy asosda malakasini oshirishni tashkil etish. | Yiliga 1-marta (reja-grafik asosida) | ||||
2025-yil oktabr | |||||
24. | Qishloq xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish. | 1. Quyidagi nizom va reglamentlarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihalarini ishlab chiqish: (a) “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi to‘g‘risidagi nizom; (b) Paxta va boshoqli donni qabul qilish hamda elektron hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom; (v) Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish shartnomalariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti. | - | 2025-yil oktabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Kadastr agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Hukumat qarori loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil noyabr | ||||
25. | Qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun o‘quv seminar-treninglar tashkil qilish. | Sohada joriy qilinayotgan raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun o‘quv seminar-treninglar tashkil qilish. | - | 2025-yil oktabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zagroinspeksiya, O‘zbekiston fermerlari kengashi |
26. | Qishloq xo‘jaligida ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish. | 1. Soliq qo‘mitasining tegishli axborot tizimlaridagi fermer xo‘jaliklari tomonidan to‘langan soliq turlari, mahsulot tannarxi, yaratgan ish o‘rinlari, faollik holati kabi ma’lumotlarni Agroportalga integratsiya qilish. 2. Milliy statistika qo‘mitasining tegishli axborot tizimlaridagi oziq-ovqat sanoatiga oid statistik ma’lumotlar, jumladan, mahsulotlarni qayta ishlash hajmi, qayta ishlash darajasi va oziq-ovqat yo‘nalishida o‘zlashtirilgan investitsiya loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiq portalda e’lon qilish va Agroportalga integratsiya qilish. | Mablag‘ talab etilmaydi | 2025-yil dekabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Milliy statistika qo‘mitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
5-ILOVA
“ | ||||
11. | Mirzacho‘l tumani | “Mirzacho‘l — Agro Star” MCHJ | Mirzaobod, Ko‘kdala, Sardoba, Yangibozor, Gurlan, Xovos, Oqoltin | Tarvuz, qovun |
... | ||||
13. | Uzun tumani | “Uzun — Agro Star” MCHJ | Kitob, Kattaqo‘rg‘on | Xurmo, anjir |
... | ||||
16. | Oltiariq tumani | “Oltiariq — Agro Star” MCHJ | Parkent, Buxoro, Ishtixon, Oltinsoy | Uzum (rizamat, husayni, kelinbarmoq, qorakishmish) |
”; | ||||
6-ILOVA