28.01.2022 yildagi PQ-106-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini tubdan modernizatsiya qilish, sifatli va raqobatbardosh urug‘lik mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, urug‘chilikda qo‘shilgan qiymat zanjirini shakllantirish, sohani raqamlashtirish, ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni o‘zaro integratsiya qilish va kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish hamda innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga (keyingi o‘rinlarda — Markaz) quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urug‘liklar yetishtiruvchi subyektlar joylashgan hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, g‘o‘za, boshoqli don, sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va ozuqa ekinlarini ularning turlari hamda navlari bo‘yicha joylashtirish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urug‘liklar yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi subyektlarining yagona elektron tizimini yaratish. Bunda, subyekt nomi, ekin turi, navi va avlodi, urug‘lik maydoniga berilgan mineral o‘g‘itlar turi va miqdori, ishlatilgan kimyoviy vositalar nomi va me’yori, aprobatsiya komissiyasining navdorlik bo‘yicha xulosasi, yetishtirilgan hosil to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urug‘lik yetishtiruvchi subyektlarda vegetatsiya davrida paxta va boshoqli don maydonlarida kamida uch marta, boshqa urug‘chilik maydonlarida kamida ikki marta, urug‘liklarni saqlash va qayta ishlash jarayonlarida doimiy monitoring yuritish, ularga yaqindan amaliy yordam ko‘rsatish va faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlari turi va navidan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ekish, parvarishlash va hosilni yig‘ib olish bo‘yicha tavsiya, qo‘llanma, me’yoriy hujjatlar tayyorlash va urug‘chilik subyektlariga yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urug‘chilik subyektlarida yetishtirilgan paxta, boshoqli don, sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va ozuqa ekinlari urug‘liklarini xalqaro standartlarga mos ravishda tayyorlash va qadoqlash hamda ichki va tashqi bozorga “Uzbek seeds” milliy brendi asosida sotishni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarga 1-ilovaga muvofiq 20 ta urug‘lik don tayyorlash sexlari ushbu korxonalarning soliq va jamg‘arma oldidagi qarzdorligini obyektning baholangan qiymati miqdoriga kamaytirish hisobiga Markazga o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “O‘zpaxtasanoat” AJ tizimidagi 11 ta urug‘lik chigit tayyorlash sexlarini 2-ilovaga muvofiq ularning Davlat budjeti oldidagi qarzdorligini (ular bo‘yicha hisoblangan penyalar, shuningdek, obyektni o‘tkazish natijasida yuzaga keladigan soliqlarni ham inobatga olgan holda) obyektning baholangan qiymati miqdoriga kamaytirish hisobiga Markazga berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda, ushbu korxonalar Davlat budjeti oldida qarzdorlik mavjud bo‘lmagan hollarda “O‘zpaxtasanoat” AJdagi davlat ulushi va “O‘zpaxtasanoat” AJning urug‘chilik sexlaridagi ulushini tegishincha kamaytirish hisobiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Urug‘lik tayyorlash sexlarini Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga o‘tkazish bo‘yicha Idoralararo ishchi guruhi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo ishchi guruhiga uch oy muddatda urug‘lik tayyorlash sexlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, qayta baholash va Markazga topshirish-qabul qilish dalolatnomalarini tuzish, kadastr hujjatlari, kommunikatsiya tizimlari (elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv, aloqa tarmoqlari, urug‘lik chigit tayyorlash sexlariga kirish va chiqish yo‘llari) bilan bog‘liq hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish vazifalari yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev) urug‘lik tayyorlash sexlarining Markaz balansiga o‘tkazilishi munosabati bilan Markaz va uning hududiy boshqarmalari tuzilmasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qishloq xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda Jahon bankining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasidagi 26,5 mln AQSH dollari miqdoridagi kreditlari hisobidan urug‘lik chigit va urug‘lik don tayyorlash sexlarini 2022-2023-yillarda to‘liq modernizatsiya qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Respublikada 2022 — 2025-yillarda yangi navlar maydonlarini kengaytirish hisobiga paxta hosildorligini 50 sentnerga, boshoqli don ekinlari hosildorligini 90 sentnerga yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir o‘rinbosari Sh. G‘aniyev, qishloq xo‘jaligi vaziri J. Xodjayev mazkur chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 2022-yil 1-yanvardan boshlab yuqori avlodli urug‘liklarni yetishtirish tizimi joriy etilsin. Bunda:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining tuproq unumdorligi yuqori, suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan 200 ming gektar sug‘oriladigan yerlarda 5-ilovaga muvofiq qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini yetishtirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
(7-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari har yili “E-urug‘” axborot tizimida urug‘liklar yetishtiruvchi subyektlar tanlanishini hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirilishini ta’minlasin;
(7-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ilmiy tashkilotlar — nav originatorlari qishloq xo‘jaligi ekinlarining dastlabki va yuqori avlodli urug‘lik materiallarini Markaz tomonidan berilgan talabnomaga asosan tayyorlaydi va boshqa urug‘chilik subyektlariga shartnoma asosida yetkazib beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ilmiy-tadqiqot institutlari va Markaz tizimidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklari tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarining birlamchi urug‘chiligi yo‘lga qo‘yiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tanlovdan o‘tgan urug‘chilik subyektlari tomonidan urug‘liklar yetishtiriladi va Markaz, paxta-to‘qimachilik, g‘allachilik klasterlari hamda boshqa subyektlar tomonidan qayta ishlanib, iste’molchilarga yetkazib berilishi ta’minlanadi.
(7-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi har chorakda urug‘liklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklari uchun berilgan raqamli QR kodli yorliqlar hamda ekinboplik xulosalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Qishloq xo‘jaligi vazirligiga kiritib borishni ta’minlasin.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar urug‘chilik subyektlarining asosiy vazifalari ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nav originatorlari tomonidan ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida agrotexnik tadbirlar belgilangan muddatlarda va me’yorlarda sifatli o‘tkazilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urug‘liklarni yetishtirish, yig‘ib-terib olish va qayta ishlash korxonalariga topshirishda davlat standarti talablariga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi sohasida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sabzavot, poliz, dukkakli, ozuqa va moyli ekinlarning mahalliy seleksiya navlari urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) agroklasterlar va fermer xo‘jaliklariga g‘o‘za hamda boshoqli don ekinlarining eng hosildor navlarini belgilangan tartibda import qilishga, shuningdek, mustaqil joylashtirishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Markaz tizimidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklari va tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida xo‘jaliklarga yil yakunlari bo‘yicha sof foydadan Davlat budjetiga ajratmalar (dividendlar)ni to‘lash yuzasidan 3 yil muddatga imtiyoz beriladi hamda elita urug‘chilik xo‘jaliklarining ustav fondiga xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali bosqichma-bosqich davlat ulushi kamaytirib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Markaz, klasterlar va boshqa urug‘lik tayyorlovchi subyektlar tomonidan urug‘lik yetishtirilishi va xarid qilinishini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4634-son, 2021-yil 10-noyabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirish va uning yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2-son, 2021-yil 15-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-52-son qarorlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda MDHga a’zo mamlakatlarning qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari va duragaylari urug‘liklarini, meva-rezavor va uzum ko‘chatlarini yetishtirish hamda yetkazib berish bo‘yicha davlatlararo ixtisoslashuv to‘g‘risidagi bitimga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi hududlarda urug‘liklardan yuqori sifatli hosil yetishtirish, ularni saqlash, saralash va qayta ishlash bo‘yicha o‘quv-dala seminarlarini doimiy tashkil etib borsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 28-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-106-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PQ-106-son qaroriga

1-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga o‘tkazilayotgan urug‘lik don tayyorlash sexlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Urug‘lik don tayyorlash sexining nomi

Urug‘lik don tayyorlash sexi joylashgan manzil

1.

Nukus urug‘lik don tayyorlash sexi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri

2.

Oltinko‘l urug‘lik don tayyorlash sexi

Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani

3.

Romitan urug‘lik don tayyorlash sexi

Buxoro viloyati, Romitan tumani

4.

Do‘stlik urug‘lik don tayyorlash sexi

Jizzax viloyati, Do‘stlik tumani

5.

Yakkabog‘ urug‘lik don tayyorlash sexi

Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani

6.

Shakarjoy urug‘lik don tayyorlash sexi

Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani

7.

Nishon urug‘lik don tayyorlash sexi

Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani

8.

2-sonli urug‘lik don tayyorlash sexi

Navoiy viloyati, Navoiy shahri

9.

Uchqo‘rg‘on urug‘lik don tayyorlash sexi

Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumani

10.

Chortoq urug‘lik don tayyorlash sexi

Namangan viloyati, Chortoq tumani

11.

“3-baza” urug‘lik don tayyorlash sexi

Samarqand viloyati, Samarqand shahri

12.

Ishtixon urug‘lik don tayyorlash sexi

Samarqand viloyati, Ishtixon tumani

13.

Zirabuloq urug‘lik don tayyorlash sexi

Samarqand viloyati, Payariq tumani

14.

Jarqo‘rg‘on urug‘lik don tayyorlash sexi

Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani

15.

Muzrabot urug‘lik don tayyorlash sexi

Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani

16.

“Bosh korxona 2” urug‘lik don tayyorlash sexi

Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani

17.

Do‘stlik urug‘lik don tayyorlash sexi

Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani

18.

Quyichirchiq urug‘lik don tayyorlash sexi

Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani

19.

Bag‘dod urug‘lik don tayyorlash sexi

Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumani

20.

Begovot urug‘lik don tayyorlash sexi

Xorazm viloyati, Urganch shahri

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PQ-106-son qaroriga

2-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga o‘tkazilayotgan urug‘lik chigit tayyorlash sexlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Urug‘lik chigit tayyorlash sexining nomi

Urug‘lik chigit tayyorlash sexi joylashgan manzil

1.

“Xalqobod paxta tozalash” AJga qarashli urug‘lik chigit tayyorlash sexi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani

2.

“Jizzax paxta urug‘chiligi” MCHJga qarashli urug‘lik chigit tayyorlash sexi

Jizzax viloyati Paxtakor tumani

3.

“Beshkent” urug‘lik chigit tayyorlash sexi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani

4.

“Zarafshon paxta servis” MCHJga qarashli urug‘lik chigit tayyorlash sexi

Navoiy viloyati Karmana tumani

5.

“Namangan paxta urug‘chiligi” MCHJga qarashli Chust urug‘lik chigit tayyorlash sexi

Namangan viloyati Chust tumani

6.

“Samarqand paxta urug‘chiligi” MCHJga qarashli M. Qo‘chqorov urug‘lik chigit tayyorlash sexi

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani

7.

“Surxondaryo paxta urug‘chiligi” MCHJga qarashli Angor urug‘lik chigit tayyorlash sexi

Surxondaryo viloyati Angor tumani

8.

“Baxt” urug‘lik chigit tayyorlash sexi

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani

9.

“Toshkent paxta urug‘chiligi” MCHJga qarashli urug‘lik chigit tayyorlash sexlari

Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani

10.

“Farg‘ona paxta urug‘chiligi” MCHJga qarashli Rishton urug‘lik chigit tayyorlash sexi

Farg‘ona viloyati Rishton tumani

11.

“Xorazm paxta urug‘chiligi” MCHJga qarashli Xonqa urug‘lik chigit tayyorlash sexi

Xorazm viloyati Xonqa tumani

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PQ-106-son qaroriga

3-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Urug‘lik tayyorlash sexlarini Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga o‘tkazish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Sh. G‘aniyev

Bosh vazir o‘rinbosari, Ishchi guruh rahbari

2.

J. Xodjayev

qishloq xo‘jaligi vaziri, Ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari

3.

I. Norqulov

iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari

4.

O. Nasritdinxodjayev

moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

5.

A. Ortiqov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

6.

F.Umarov

Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari — Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori

7.

A. Axmedxadjayev

energetika vazirining birinchi o‘rinbosari

8.

Sh. Nazarov

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

9.

F. Po‘latov

“O‘zdonmahsulot” AK raisi

10.

Sh. Mamajonov

Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktori

11.

Sh. Mirzayev

qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari, Ishchi guruh kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PQ-106-son qaroriga

4-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada 2022 — 2025-yillarda yangi navlar maydonlarini kengaytirish hisobiga paxta hosildorligini 50 sentnerga, boshoqli don ekinlari hosilini 90 sentnerga yetkazish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Ijro uchun mas’ullar

1.

Paxta ekiladigan maydonlarda kuzgi-qishki tadbirlarni sifatli amalga oshirish.

1. Yuqori unumli haydov texnikalari bilan paxta ekiladigan maydonlarni 35 — 40 sm chuqurlikda sifatli shudgorlash.

Har yili oktabr — dekabr oylarida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zagroservis” AJ,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Fosforli mineral o‘g‘itlarning 70 foizi va kaliyli o‘g‘itlarning 50 foizini shudgorlashdan oldin solishni tashkil qilish.

3. Yer tekislash, pushta olish, yerni sho‘r yuvishga tayyorlash hamda sho‘r yuvish tadbirlarini muddatida va sifatli amalga oshirish.

Har yili dekabr — fevral oylarida

2.

Hosildorligi va navdorligi past bo‘lgan g‘o‘za navlarini serhosil, ertapishar, tola sifati yuqori navlar bilan bosqichma-bosqich yangilash.

1. Paxta to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari tomonidan ekish uchun tavsiya etilgan g‘o‘za navlarining oxirgi uch yildagi hosildorligini tahlil qilish.

2. Tahlillar asosida bir necha yillar davomida ekib kelinayotgan va hosildorligi nisbatan past bo‘lgan g‘o‘za navlarini bosqichma-bosqich yangilash.

3. Har bir tuproq-iqlim sharoiti uchun mos, hosildorligi 50 — 60 s/ga, tola chiqimi 38 — 40%, mikroneyri 4,4-4,5, o‘suv davri 110 — 115 kun bo‘lgan va tolasi IV tipga mansub navlarni tanlash, joylashtirish hamda urug‘chilikni yo‘lga qo‘yish.

Har yili dekabr — aprel oylarida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Fanlar Akademiyasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

3.

Chigit ekishdan oldin yerlarni lazerli tekislash.

1. Har yili 200 ming gektar va 2026-yilgacha 1 mln. gektar maydonlarni lazerli tekislash.

2. Yerlarni lazerli tekislash uchun talab etiladigan tekislagichlarni sotib olishni tashkil etish.

3. Lazerli tekislash hisobiga suvni 18 — 20 foiz tejash, bir tekis va sog‘lom ko‘chat olish, hosildorlikni 4-5 s/ga ga oshirish.

Har yili dekabr — aprel oylari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zagroservis” AJ,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

4.

Mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida 2022 — 2026-yillarda 580 ming gektar paxta maydonlarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish.

1. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilinadigan paxta maydonlarini konturlar bo‘yicha tanlash, manzilli ro‘yxatini shakllantirish va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish.

2. Paxta yetishtiruvchilar tomonidan tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan maydonlarda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish.

3. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish hisobiga suvni 50 — 55 foiz, YOMMni 30 — 35 foizga tejash va gektaridan qo‘shimcha 10 — 12 sentner hosil olish.

Har yili aprel — iyun oylari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

5.

Paxta maydonlarida tuproq unumdorligini oshirish va g‘o‘zani mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish.

1. Tuproq unumdorligi va hosildorligi past bo‘lgan paxta maydonlarida “g‘o‘za+beda+g‘alla” almashlab ekish tizimini joriy qilish.

2. Har gektar maydonga 15 — 20 tonna organik o‘g‘it yoki 20 — 30 tonna kompost solish va dukkakli don, siderat ekinlari ekish.

3. Agrokimyoviy xaritalar asosida mineral o‘g‘itlarni qo‘llash me’yorlarini ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish.

4. G‘o‘zaga solinadigan fosfor va kaliyli o‘g‘itlarning yillik me’yorlarini azotli o‘g‘it bo‘yicha N:R:K =1:0,7:0,5 nisbatda belgilash.

Mavsum davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zkimyosanoat” AJ,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

6.

Paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan g‘o‘zani yetishtirish bo‘yicha agrotexnik tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash.

1. Chigitni o‘z muddatida va sifatli ekish orqali bir tekis va sog‘lom ko‘chat olishni ta’minlash.

2. Tuproq sharoiti va g‘o‘za navlari biologik xususiyatidan kelib chiqib yaganalashni amalga oshirish.

3. Tuproqning mexanik tarkibiga ko‘ra qator orasiga ishlov berish va chuqur yumshatishni tashkil etish.

4. Mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish, g‘o‘zani tunda va sharbat usulida sug‘orishni yo‘lga qo‘yish.

5. O‘suv davrida kamida 3-marta biostimulyatorlar bilan va o‘sishni boshqaruvchi mepikvat-xlorid asosli regulatorlar bilan ishlov berish;

6. G‘o‘za kasalliklari, zararkunandalari va begona o‘tlarga qarshi uyg‘unlashgan kurash choralarini qo‘llash.

7. G‘o‘za defoliatsiyasini o‘z muddatida va sifatli o‘tkazish.

Mavsum davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zagroinspeksiya”,

“O‘zagroservis” AJ,

“O‘zkimyosanoat” AJ,

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

8.

Qishlovga kirish oldidan azot yetishmovchiligini oldini olish maqsadida boshoqli don ekinlari ekilgan maydonlarni azotli mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish

Azot yetishmovchiligining oldini olish, g‘allani qishlovdan betalofat chiqishini ta’minlash maqsadida erta muddatlarda ekilgan g‘allani gektariga fizik xolda 100 kg.dan azotli mineral o‘g‘itlar bilan NRU-05, RUM-8 mineral o‘g‘it sepgich moslamalari bilan oziqlantirish. Bunda:

tuplash fazasiga kirgan g‘alla maydonlariga gektariga fizik xolda 150 kg.dan;

3-4 barg fazasidagi g‘alla maydonlariga gektariga 100 kg.dan oziqlantirish ishlarini tashkil etish;

Azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirilgan g‘alla maydonlarini sharbat bilan peshma-pesh sug‘orish.

Har yili oktabr-noyabr oylarida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zkimyosanoat” AJ,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

9.

Ekilgan g‘alla maydonlarining har 5 gektariga 1 tadan sharbat o‘ralar qazish, gektariga 3 tonnadan mahalliy o‘g‘it chiqarishni tashkil etish

1. G‘alla ekilgan har bir konturning suv kiradigan quloqlari boshida 5 gektariga 1 tadan 3x2x1,5 o‘lchamda sharbat o‘ralar qazish.

2. G‘alla ekilgan maydonlarning har gektariga 3 tonnadan mahalliy o‘g‘it chiqarishni tashkil etish. Bunda har 5 gektarga 1 tadan sharbat o‘ralar qazish, har bir sharbat o‘raga 15 tonnadan mahalliy o‘g‘it chiqarishni tashkil etish.

Har yili dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zkimyosanoat” AJ,

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

10.

G‘o‘za qator oralariga ekilgan g‘alla maydonlarini g‘o‘zapoya va dala atrofidagi qurigan xas-xashaklardan tozalash

G‘o‘za qator oralariga ekilgan maydonlarni g‘o‘zapoya va begona o‘t qoldiqlaridan tozalash.

Bunda:

g‘o‘zapoyani g‘alla nihollariga zarar yetkazmasdan, yerning ustki qismi muzlagan paytlarda o‘rib olishni tashkil etish;

g‘alla maydonlariga transport vositalarini kiritmasdan qo‘l kuchi bilan g‘o‘zapoyalarni daladan tashqariga olib chiqishni tashkil etish;

dalani atrofdagi qurigan begona o‘t xas-xashaklaridan tozalash;

g‘alla ekilgan maydonlarning sug‘orish tarmoqlarida kuzgi-qishgi tadbirlarni amalga oshirish.

Har yili dekabr-yanvar oylarida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

11.

G‘alla vegetatsiyasi davrida begona o‘t, kasallik va zararkunandalarga qarshi ishlov berish uchun mexanizmlarni tayyorlash, mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalar zaxirasini yaratish

1. Boshoqli don ekinlarini parvarishlashda qatnashadigan texnika va mexanizmlarni (NRU-0,5, shtangali va OVX purkagichlar) ta’mirlash va ko‘rikdan o‘tkazish.

2. G‘allani bahorgi o‘suv davrida mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish uchun talab etiladigan (gektariga 750 — 800 kg. fizik holda) azotli mineral o‘g‘itlar zaxirasini yaratish.

3. G‘allazorlardagi begona o‘tlarga qarshi gerbitsidlar, kasalliklarga qarshi fungitsidlar va zararkunanda hasharotlarga (zararli xasva) qarshi akaritsidlar zaxirasini yaratish.

Har yili yanvar oyida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zagroinspeksiya”,

“O‘zagroservis” AJ,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

12.

G‘allani vegetatsiya davridan sug‘orish choralarini ko‘rish

1. Fermer xo‘jaliklari konturlari kesimida g‘alla ekilgan maydonlarni suv bilan ta’minlash chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2. Birinchi navbatda suv ta’minoti qiyin g‘allazorlar suv yo‘llarini tartibga keltirish, qo‘l bilan tozalaydigan suv yo‘llari, jumladan ariq, lotok va boshqa suv o‘tkazish obyektlarini tozalash va ta’mirlash ishlarini yakunlash.

3. Har 50 — 60 metrda g‘alla ko‘ndalang o‘q ariqlarini olishni tashkil etish.

Har yili yanvar-fevral oylarida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zagroinspeksiya”,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

13.

G‘allani erta bahorgi birinchi oziqlantirish, sug‘orish ishlarini tashkil etish

1. Erta bahorgi azot taqchilligining oldini olish maqsadida g‘alla maydonlarini azotli mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish.

Har yili fevral-mart oylari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagroinspeksiya”,

“O‘zkimyosanoat” AJ,

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. To‘plangan g‘alla maydonlarini gektariga 200 kg.dan, 3-4 barg fazasida 150 kg.dan va 1-2 barg fazasida 100 kg.dan fizik holda azotli mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish;

3. Respublikaning janubiy mintaqalari — Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida oziqlantirish ishlarini amalga oshirish.

4. Respublikaning Markaziy va Farg‘ona vodiysi mintaqalarida oziqlantirish ishlarini amalga oshirish.

Har yili Fevral oyida

5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida oziqlantirish ishlarini amalga oshirish.

6. Bahorgi birinchi azotli mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirilgan g‘alla maydonlarini peshma-pesh sharbat bilan sug‘orishni tashkil etish.

Har yili mart oyida

14.

G‘allani mikro va makro o‘g‘itlar bilan boyitilgan preparatlar asosida bargdan oziqlantirish (suspenziya) ishlarini tashkil etish

1. Boshoqli don ekinlarini bargdan oziqlantirishni tashkil etish.

2. Resurstejamkor texnologiyalar asosida kuzgi bug‘doy to‘planish fazasida g‘allazorlardagi begona o‘tlar, kasallik va zararkunandalar turlarini aniqlab, ularga qarshi kimyoviy vositalar to‘rtlik aralashmasi bilan ishlov berish.

3. O‘simlik o‘stiruvchi moddalar (gumimaks, kristalon yara, Gammat natriy va boshqa biostimulyatorlar) me’yorini belgilab, barg orqali oziqlantirishni tashkil etish.

Har yili mart oyida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zkimyosanoat” AJ,

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

15.

Boshoqli don ekinlarini naychalash fazasidagi ikkini bahorgi oziqlantirish ishlarini tashkil etish

1. G‘allaning naychalash fazasida ikkinchi oziqlantirishni yillik azotli o‘g‘itlar me’yorining 50 foizi, ya’ni gektariga fizik holda 350 — 400 kg. miqdorda berish.

Har yili mart-aprel oylarida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagroinspeksiya”,

“O‘zkimyosanoat” AJ,

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Respublikaning janubiy mintaqalarida — Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida oziqlantirish ishlarini amalga oshirish.

3. Respublikaning Markaziy va Farg‘ona vodiysi mintaqalarida oziqlantirish ishlarini amalga oshirish.

4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida oziqlantirish ishlarini amalga oshirish.

Har yili mart oyida

5. G‘allani sharbat usulida sug‘orish maqsadida sharbat o‘ralarni mahalliy o‘g‘itlar bilan to‘ldirishni tashkil etish.

6. Birinchi navbatda ertapishar navlar, so‘ng o‘rta va kechpishar navlarga navbatlab oziqlantirishni hamda oziqlantirilgan maydonlarni peshma-pesh sharbat bilan sug‘orishni tashkil qilish.

Har yili aprel oyida

7. Hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, mart oyida sharbat bilan sug‘orishni tashkil etishda har 10 gektar maydonga 3 tagacha suvchilarni biriktirish va g‘allani tungi sug‘orishni tashkil etish.

16.

Boshoqli don ekinlarini kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, uchinchi oziqlantirish choralarini ko‘rish

1. G‘allazorlardagi sariq va qo‘ng‘ir zang kasalliklari, zararli xasva, shira zararkunandalariga qarshi uchlik aralashma (fungitsid, akaritsid va suspenziya) sepishni tashkil etish.

2. G‘allani boshoqlash, gullash, don shakllanish va don to‘lishini hisobga olgan holda, gektariga 150 — 200 kg miqdorida azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish.

3. Mintaqa tuproq-iqlim sharoitiga mos holda oziqlantirilgandan so‘ng, gektariga 500 — 600 m3 me’yorda qondirib sug‘orishni tashkil etish.

4. Sug‘orishni sharbat usulda har gektarga 5 tonnadan mahalliy o‘g‘it hisobida 2-marta amalga oshirish.

Har yili aprel oyida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagroinspeksiya”,

“O‘zkimyosanoat” AJ,

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

17.

Urug‘lik uchun ekilgan g‘alla maydonlarini aprobatsiyadan o‘tkazish

Urug‘lik uchun ekilgan g‘alla maydonlarida navlarning navdorligini aniqlash uchun urug‘lik dalalarni aprobatsiyaga tayyorlash. Bunda:

begona nav, tur xillaridan hamda begona o‘tlardan tozalash ishlarini amalga oshirish;

o‘rim-yig‘im texnikalarini mavsumga tayyorlash hamda ko‘rikdan o‘tkazish tadbirlarini amalga oshirish.

Har yili may oyida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zagroinspeksiya”,

“O‘zkimyosanoat” AJ,

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi,

“O‘zagroservis” AJ,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

18.

Yuqori va sifatli paxta xomashyosi va don hosili yetishtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar tayyorlash hamda seminarlar tashkil qilish.

1. Sohaga aloqador ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalarining olimlari tomonidan olib borilgan izlanishlar natijalari asosida yuqori darajada hosildor va sifatli paxta va don hosili yetishtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiya hamda uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash.

2. Chop etilgan tavsiya va uslubiy qo‘llanmalarni klasterlar va fermer xo‘jaliklariga yetkazish.

3. Agrotexnik tadbirni ilm-fan yutuqlari va raqamli texnologiyalarni joriy etgan holda amalga oshirish bo‘yicha seminarlar va o‘quv kurslari tashkil qilish.

Mavsum davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Fanlar Akademiyasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi PQ-431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2024-y., 07/24/431/1026-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PQ-106-son qaroriga

5-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklari yetishtiriladigan hududlardagi maydonlarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PROGNOZ KO‘RSATKICHLARI
(5-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar nomi

Jami urug‘liklar yetishtiriladigan maydon,

gektar

Shundan: gektar

paxta maydoni

g‘alla maydoni

sabzavot, poliz, dukkakli, moyli va boshqa ekinlar maydonlari

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

14 600

9 600

4 600

400

viloyatlar:

2.

Andijon

18 103

9 500

7 003

1 600

3.

Buxoro

14 870

9 652

5 218

4.

Jizzax

13 401

6 000

6 200

1 200

5.

Qashqadaryo

23 100

12 000

10 000

1 100

6.

Navoiy

5 900

3 000

2 500

400

7.

Namangan

11 209

6 089

3 800

1 320

8.

Samarqand

19 042

8 528

9 014

1 500

9.

Surxondaryo

15 500

7 500

6 800

1 200

10.

Sirdaryo

15 882

6 742

8 339

800

11.

Toshkent

12 649

3 600

7 950

1 100

12.

Farg‘ona

23 553

8 948

13 083

1 522

13.

Xorazm

12 192

8 841

2 099

1 252

Jami

200 000

100 000

86 605

13 395

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishgan holda jami urug‘liklar yetishtiriladigan maydon (gektar)larga hududlar kesimida o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.01.2022-y., 07/22/106/0071-son; 14.12.2024-y., 07/24/431/1026-son; 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)