08.10.2025 yildagi PF-181-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Issiqxona xoʻjaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini koʻpaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini koʻpaytirish, issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish hamda yangi zaxira va imkoniyatlarni ishga solish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar 2025 — 2027-yillarda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini oshirish, issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish hamda qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini 2026-yilda — 3,5 milliard AQSH dollari, 2027-yilda 4 milliard AQSH dollariga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) issiqxona xoʻjaliklarini tabiiy gaz bilan kafolatli taʼminlagan holda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish hajmini 2026-yilda — 620 ming tonnaga, 2027-yilda 670 ming tonnaga yetkazish, ushbu mahsulotlarning eksporti hajmini 30 foizdan 70 foizga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2026-yilda qoʻshimcha aniqlangan 20 ming gektar, 2027-yilda 15 ming gektar dala chetiga mevali koʻchat va sabzavotlar ekishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) organik mahsulot yetishtiriladigan yer maydonlari hajmini 2026-yilda — 20 ming gektarga, 2027-yilda — 25 ming gektarga, “Global GAP” xalqaro standartlari asosida sertifikat olingan yer maydonlari hajmini esa 2026-yilda 10 ming gektarga, 2027-yilda 15 ming gektarga yetkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Issiqxona xoʻjaliklarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ularning faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Issiqxona xoʻjaliklari uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun ularga quyidagi imtiyozlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) issiqxona faoliyatidan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadining kamida 60 foizini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari uchun 2026-yil 1-yanvardan boshlab 2028-yil yakuniga qadar ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) faoliyat yuritayotgan issiqxona xoʻjaliklarining 2025-yil 1-oktabr holatiga mavjud soliq qarzi yuzasidan toʻlov muddati foizlarni hisoblamagan holda 2028-yil yakuniga qadar uzaytiriladi hamda ushbu soliq qarzi 2029-yilning har choragida teng ulushlarda toʻlanadi. Bunda soliq qarzini undirish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) issiqxona xoʻjaliklariga qoʻllangan maʼmuriy va moliyaviy jarimalar hamda barcha hisoblangan penyalar toʻliq hisobdan chiqariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) issiqxona xoʻjaliklari bank hisobvaraqlariga qoʻyilgan inkasso topshiriqnomalari chaqirib olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) yuridik va jismoniy shaxslarning issiqxona xoʻjaliklari boʻyicha yer soligʻi yer fondi toifasidan qatʼi nazar qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalarida hisoblanadi. Bunda qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalarida hisoblangan yer soligʻi summasi 2025-yil yanvardan qayta hisob-kitob qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) kredit majburiyatlari bajarilmagani sababli tijorat banklari balansiga oʻtgan issiqxonalar va garov taʼminotida boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalar 2028-yil 1-yanvarga qadar qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod etiladi, shuningdek, mazkur mulklar tijorat banklari balansiga qabul qilingan vaqtdan yangi tashabbuskorga sotilgunga qadar boʻlgan davr mobaynida yer soligʻi toʻlashdan ozod qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarida qurilgan issiqxona majmualarini foydalanishga qabul qilish va ularga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda Yer kodeksining 43-moddasiga asoslangan holda mazkur yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan chiqarish talab etilmaydi, ushbu majmualar va ular joylashgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin tijorat banklari tomonidan ularni kredit taʼminoti sifatida qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) issiqxona xoʻjaliklari uchun ajratilgan yer maydonining 5 foizi, lekin 20 sotixdan oshmagan qismiga qishloq xoʻjaligi yerlari toifasini oʻzgartirmagan holda issiqxona infratuzilmasini (qozonxona, mahsulotlarni saralash va qadoqlash, issiqxona ehtiyot qismlarini saqlash, xizmat binolari) barpo qilishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tijorat banklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) bir oy muddatda mavjud issiqxona xoʻjaliklarini xatlovdan oʻtkazsin hamda xatlov natijalariga koʻra istiqbolli deb topilgan issiqxona xoʻjaliklariga 2025-yil 1-oktabrgacha ajratilgan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklar toʻlov grafiklarini kelgusidagi pul oqimlaridan kelib chiqib, qayta koʻrib chiqsin hamda hosil boʻlgan penya summalarini hisobdan chiqarsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) tijorat banklari huzuridagi investitsiya kompaniyalari orqali qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan issiqxona majmualarini salohiyatli investorlarga bozor qiymatida toʻgʻridan-toʻgʻri sotish choralarini koʻrsin. Bunda 2027-yil yakuniga qadar quyidagilarga ruxsat beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) tijorat banklariga va ular huzuridagi investitsiya kompaniyalariga vakolatli davlat organining roziligisiz qarzdor issiqxona xoʻjaliklari ustav kapitalida ulushga ega boʻlishga yoki yangi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tashkil qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) tijorat banklari huzuridagi investitsiya kompaniyalari hamda ularning ulushi jami 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga issiqxona majmualari faoliyatini tiklash jarayonida toʻgʻridan-toʻgʻri xaridlarni amalga oshirishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidan qatʼi nazar 2030-yilga qadar quyidagi moliyaviy imtiyozlar joriy qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamgʻarmasi hisobidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) issiqxona xoʻjaliklari loyihalarining biznes-rejasidagi ish oʻrinlarini yaratish va mahsulotlar realizatsiyasidan tushum kabi koʻrsatkichlar bajarilishining oʻrtacha miqdori 2025 — 2027-yillarda 30 foizdan va 2028-2029-yillarda 50 foizdan yuqori boʻlgan issiqxona xoʻjaliklariga “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ajratilayotgan kompensatsiya yordami qayta tiklanadi va toʻlab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 2025-yil 1-oktabrga qadar issiqxona yoʻnalishida ajratilgan kredit (lizing)lar miqdoridan qatʼi nazar barcha toifadagi tadbirkorlik subyektlariga hisobot oyi yakunida muddati oʻtgan qarzdorliklar mavjud boʻlmagan taqdirda, xorijiy valyutada ajratilgan kredit foizining 4 foiz punktidan yuqori qismi, milliy valyutada ajratilgan kredit foizining 14 foiz punktidan yuqori qismi kompensatsiya qilib beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) mazkur kichik bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan imtiyozlar bir vaqtning oʻzida qoʻllanishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tijorat banklari tomonidan issiqxona xoʻjaliklariga hosil qiymatining 50 foizi miqdorida aylanma mablagʻlarni toʻldirishga, shuningdek, chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatishga 12 oy muddatga yillik 14 foiz stavkada (shundan 4 foiz bank marjasi) imtiyozli kreditlar ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) issiqxona xoʻjaliklari tomonidan Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasi orqali xarid qilingan issiqlik nasoslarini oʻrnatish xarajatlarining 20 foizgacha qismi Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda issiqxona xoʻjaliklari bilan tuzilgan yer ijara shartnomalari muddatini kredit muddatlariga mutanosib ravishda uzaytirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, tabiiy gazda ishlaydigan issiqxona xoʻjaliklariga oktabr — mart oylarida har oy uchun 50 foiz oldindan toʻlovlar asosida tabiiy gaz kafolatli hajmda yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Energetika vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) har yili 1-oktabrga qadar (2025-yil uchun 10 kun muddatda) mazkur Farmonning 6-bandida belgilangan shartlarda tabiiy gazni yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzilishini taʼminlasin. Bunda shartnomalarda tabiiy gaz yetkazib berilmagani natijasida yoʻqotilgan hosil uchun yetkazib beruvchi tomonning javobgarligi aniq belgilab qoʻyilishga eʼtibor qaratilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) amalda barpo etilgan issiqxona xoʻjaliklari tijorat banklari balansiga oʻtkazilgan yoki yangi investorga sotilgan yoxud boshqacha tarzda samarali foydalanish uchun berilganda (shu jumladan, respublikaning boshqa hududlariga koʻchirilganda), shuningdek, yangi issiqxonalar tashkil etilganda, ushbu issiqxonalar uchun texnik shartlar belgilangan tartibda 10 kun muddatda taqdim etilishini hamda ularning gaz va elektr tarmoqlariga ulanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi markaziy apparatida vazirlik tizimiga ajratilgan amaldagi shtat birliklari doirasida issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tarkibiy boʻlinma tashkil etilsin va unga issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini muvofiqlashtirish, sohada mavjud muammolarni tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish vazifasi yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank bilan birgalikda xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda ikki oy muddatda issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini rivojlantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqsin. Bunda samarali boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyishga masʼul tashkilot taʼsis etish koʻzda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini rivojlantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatiga raqamlashtirishni keng joriy etish hisobiga boshqaruv shtat birliklari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-178-son Farmoni bilan Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlardan qisqartirilgan shtat birliklari hisobidan Vazirlar Mahkamasi huzurida 6 ta shtat birligidan iborat loyiha ofisi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari uchun minimal eksport narxlarini belgilash amaliyoti bekor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) dukkakli ekinlarni yigʻish texnikasini xarid qilgan tadbirkorlik subyektlariga Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan texnika qiymatining 15 foizi hamda lizing va kredit stavkasining 10 foizdan oshgan qismi qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Tashkiliy chora-tadbirlar va mazkur Farmon ijrosini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boʻyicha laboratoriya tahlillarini oʻtkazish hamda xalqaro sertifikat berish tizimini joriy qilish yuzasidan xorijiy kompaniyalar bilan kelishuvga erishish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) importchi xorijiy davlatlarning oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boʻyicha talablariga muvofiq karantin ostidagi mahsulotlarni (hoʻl va quritilgan) respublikadan eksport qilish uchun mahsulot tarkibidagi pestitsid va nitrat qoldiq miqdorlarini aniqlash boʻyicha laboratoriya tahlilini oʻtkazish tizimini joriy qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Ichki ishlar vazirligi, “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2025-yil 15-oktabrga qadar mavjud 200 dona boshoqli don oʻrish kombaynlarini dukkakli mahsulotlarni yigʻib olishga moslashtirish hamda dukkakli mahsulotlarni yetishtiruvchilarga biriktirishni tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda issiqxona xoʻjaliklari uchun berilayotgan soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Energiya samaradorligi milliy agentligi bilan birgalikda issiqxona xoʻjaliklari tomonidan Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasi orqali xarid qilingan issiqlik nasoslarini oʻrnatish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bir oy muddatda issiqxonalarni isitishda ekologik talablarni buzgan subyektlarga nisbatan koʻriladigan choralarni kuchaytirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J. Xodjayev va J. Qoʻchqorov, qishloq xoʻjaligi vaziri I. Abduraxmonov, Soliq qoʻmitasi raisi Sh. Kudbiyev hamda davlat ulushi mavjud tijorat banklari raislari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 8-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-181-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PF-181-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “Paxta xom ashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qoʻllashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-7-son Farmonining 2-bandi quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d) fyuchers va forvard shartnomalarida belgilangan paxta xomashyosi hajmidan ortiq qismiga ham mazkur shartnomalar asosida hisob-kitoblar amalga oshirilishiga ruxsat beriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi “Qishloq xoʻjaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-130-son Farmoni 2-bandi “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“(iii) 2027-yil hosilidan boshlab ruxsat etilgan foydalanish turlariga asosan bir nechta turdagi ekinlarni ekish rejalashtirilgan taqdirda, Agroportalga yer uchastkasining 90 foiz qismiga belgilangan ekin turlarini joylashtirish boʻyicha maʼlumotlar, paxta va boshoqli donni yetishtirish rejalashtirilgan taqdirda — yer uchastkasining 45 foiz qismiga paxta, qolgan 45 foiz qismiga boshoqli don joylashtirishga oid maʼlumotlar kiritiladi. Bunda yer uchastkasining qolgan 10 foiz qismiga qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga istalgan ekinlarni ekishga ruxsat beriladi (2026-yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan ekin turlarini joylashtirish mustaqil ulushlarda amalga oshiriladi)”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-fevraldagi “Respublikada meva-sabzavot mahsulotlari eksportini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 107-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2025-y., 06/25/181/0919-son)