|
Oʻzbekiston respublikasi prezidentining Farmoni 2025-2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin koʻpaytirish va turistik xizmatlar koʻlamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi oʻrni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida [Koʻchirma] Mamlakatimizda turizm sohasini iqtisodiyotning muhim strategik tarmogʻi sifatida yanada rivojlantirish, sayyohlar oqimini keskin oshirish, yangi turizm obyektlarini tashkil etish, sohadagi tadbirkorlarni qoʻshimcha ravishda qoʻllab-quvvatlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda mavjud ish oʻrinlarini saqlab qolish maqsadida qaror qilaman: I. Maqsadlar 1. Quyidagilar 2025-yil yakuniga qadar turizm sohasining asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin: (a) respublika hududlariga 15,8 million nafar xorijiy turistlarning safarlarini tashkil etish, turizm xizmatlari eksportini 4 milliard AQSH dollariga yetkazish; (b) ichki turizmni rivojlantirish hisobiga 40 millionta mahalliy sayyohlarning hududlarga safarlarini tashkil etish, qoʻshimcha 378 ta turoperator faoliyatini yoʻlga qoʻyish; (v) respublika hududlarida yangi 108 ta mehmonxona, 375 ta oilaviy mehmon uyi va 123 ta xostel qurish, 745 ta kapsula va oʻtov uylari, apart-otel, modulli mehmonxonalar hamda 12 ta turizm qishlogʻi va turizm mahallasini tashkil etish. II. Respublika hududlariga turistlar oqimini koʻpaytirish 2. 2025-yil 1-iyundan boshlab Bahrayn Qirolligi, Kuvayt Davlati va Oʻmon Sultonligi fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilansin. 3. Tashqi ishlar vazirligi uch oy muddatda: (a) Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston va Ozarbayjon davlatlari fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga ichki hujjat yoki ID-karta, shu jumladan, 16 yoshga toʻlmagan fuqarolarga “kinder pasport” bilan 30 kungacha kirish rejimini joriy qilish; (b) Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga 30 kunlik muddatga vizasiz kirish rejimini joriy qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Amerika Qoʻshma Shtatlari hududiga kirish uchun viza talablarini yengillashtirish yuzasidan muzokaralar boshlasin va yakuni boʻyicha taklif kiritsin. 4. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarini Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Indoneziya, Malayziya va Koʻrfaz arab davlatlaridan xorijiy turistlarni koʻpaytirish maqsadida tegishli hududlarga biriktirsin. 5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda oʻzlariga biriktirilgan hududlar bilan turizm sohasida aloqalarni kengaytirish boʻyicha quyidagi ishlarni tashkil qilsin: (a) turizm taqdimotlarini tashkil etish orqali biriktirilgan hududlardan turistlar oqimini oshirish hamda Oʻzbekistonda zamonaviy turizm namoyishi obyektlarini barpo qilish uchun investitsiyalarni jalb qilish; (b) har yili mazkur davlatlardan ommaviy axborot vositalari vakillari, taniqli bloger va vlogerlar uchun respublikamiz hududlariga kamida ikkita mediatur tashkil qilish; (v) turizm yarmarka va koʻrgazmalari, taqdimotlar (roadshow), biznes forumlarda Oʻzbekiston turizm sohasi vakillari va tadbirkorlik subyektlari ishtirokini tashkil etishga koʻmaklashish; (g) hududlararo biznes forumlar, ishbilarmonlar oʻrtasida delegatsiyalar almashinuvi kun tartibiga turizm masalalarini kiritib borish. 6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2025-yildan boshlab, har yili 30-noyabrga qadar kelgusi yil uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari quyidagilarni nazarda tutuvchi turizmni rivojlantirish boʻyicha hududiy dasturlarni (keyingi oʻrinlarda — hududiy dasturlar) ishlab chiqib, ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi: (a) hududning turistik salohiyatini targʻib qilish va xorijiy turistlarni jalb etish; (b) turistik yoʻnalishlarni kengaytirish, turistlarni himoya qilish va ularning xavfsizligini taʼminlash, hududda transport logistikasi va infratuzilmasini rivojlantirish, transport xizmatlari sifatini oshirish; (v) hududda turizmni kompleks rivojlantirish va turizm infratuzilmasini takomillashtirish va lozim darajadagi holatda saqlash hamda sanitariya-gigiyenik holatini yaxshilash, uni rivojlantirishga investitsiyalar jalb qilish; (g) joylashtirish vositalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish, yirik, oʻrta, kichik mehmonxonalar va boshqa turizm obyektlarini qurish loyihalarini amalga oshirish, tadbirkorlarga oʻz xizmatlarining sifatini oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish; (d) turizm navigatsiyasi tizimini rivojlantirish, koʻchalarda, transport vositalari hamda avtomobil yoʻllarida turizm yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish. 7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari 2025-yil 1-iyulga qadar 2025-yil uchun hududiy dasturlarni belgilangan tartibda tasdiqlasin. 8. Belgilansinki: (a) hududiy dasturlar tegishli xalq deputatlari mahalliy kengashlari va turizmni rivojlantirish boʻyicha mahalliy jamoatchilik kengashlarida muhokama qilingandan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan Turizm qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi; (b) hududiy dasturlar turizm sohasida davlat dasturlari, turizmni rivojlantirish strategiyasi (konsepsiyasi) va boshqa davlat dasturlariga muvofiqlashtirilgan holda ishlab chiqiladi. 9. 2025-yildan boshlab har yili noyabr oyining uchinchi haftasida Xalqaro turizm haftaligi va uning doirasida mazkur Farmonga 1-ilovada belgilangan xalqaro tadbirlar tashkil etilsin va oʻtkazilsin. III. Ichki turizmni yanada ommalashtirish 10. 2025-yil iyun oyidan boshlab “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun har oyning ikkinchi haftasining shanba va yakshanba kunlari “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” etib belgilansin. 11. Vazirlar Mahkamasi oʻn besh kun muddatda 2025-yil iyun — dekabr oylarida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar, sugʻurta tashkilotlari hamda tijorat banklari xodimlarining Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish reja-jadvalini tasdiqlasin. 12. Vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar, sugʻurta tashkilotlari hamda tijorat banklari har yili 1-dekabrga qadar kelgusi yil uchun xodimlarining sayohat reja-jadvalini tasdiqlasin. 13. “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturini targʻib qilishga qaratilgan quyidagi yangi mexanizmlar joriy qilinsin: (a) har yili Turizm qoʻmitasining Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga turistik yigʻimdan kelib tushadigan tushumlarning 10 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlar ichki turizm imkoniyatlarini targʻib qilishga yoʻnaltiriladi; (b) Turizm qoʻmitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga har yili 15-dekabrga qadar kelgusi yil uchun “Oʻzbekistonni tanitamiz” mediarejasi kiritiladi. Bunda mediaturlar 20 nafardan kam boʻlmagan tarkibda OAV vakillari, bloger va vlogerlardan iborat mediaguruh bilan shartnoma, shu jumladan, autsorsing asosida amalga oshiriladi. 14. Respublika miqyosida yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladigan sport musobaqalari gʻoliblarini qoʻshimcha ravishda “Oʻzbekiston boʻylab sayohat” yoʻllanmasi bilan taqdirlash amaliyoti joriy etilsin. IV. Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash 15. Belgilab qoʻyilsinki, 2025-yil 1-sentabrdan boshlab 2028-yil 1-yanvarga qadar har yil ajratiladigan 50 milliard soʻm mablagʻ doirasida Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan: (a) mehmonxona, umumiy ovqatlanish korxonalari va restoranlarning oʻz faoliyatini targʻib qilishga qaratilgan audiovizual mahsulotlar (videofilm, videorolik, klip va anime roliklar) yaratish va targʻib qilish xarajatlarining 50 foizi, lekin 50 million soʻmdan oshmagan qismi qoplab beriladi. Bunda ushbu maqsadlar uchun har yili 20 milliard soʻm ajratiladi; (b) Turizm qoʻmitasi tomonidan belgilangan yetakchi xorijiy davlatlarda mahalliy tadbirkorlar tomonidan har yili 50 ta oʻzbek milliy taomlariga ixtisoslashtirilgan umumiy ovqatlanish korxonalari va restoranlar tashkil etilganda ularning quyidagi xarajatlari subsidiyalanadi: (i) faoliyatni yoʻlga qoʻyish uchun roʻyxatdan oʻtish yoki ruxsatnoma olish, ijara, dizayn, zarur uskuna va anjomlarni sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizi, biroq 25 ming AQSH dollaridan oshmagan miqdorda bir martalik subsidiya; (ii) taomlar tayyorlash uchun bir yilda 300 kilogramm mahsulotni Oʻzbekistondan yetkazib berish boʻyicha transport xarajatlarining 50 foizi, biroq bitta tadbirkorlik subyekti uchun 100 million soʻmgacha miqdorda. Bunda ushbu maqsadlar uchun har yili 30 milliard soʻm ajratiladi; (v) joylashtirish vositalari, yirik savdo majmualari va umumiy ovqatlanish shoxobchalari tomonidan oʻzlarining hududlarida zamonaviy suzish havzalarini (basseyn) tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizigacha, lekin 100 million soʻmdan oshmagan qismi qoplab beriladi (dastlabki 100 ta basseyn uchun). 16. 2025-yil 1-iyuldan boshlab Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan: (a) 2027-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlari tomonidan modulli mehmonxonani qurish va jihozlash (rekonstruksiya qilish bundan mustasno) xarajatlarining bir qismini qoplash uchun kamida 10 ta moduldan iborat boʻlgan modulli mehmonxonalar uchun bir martalik subsidiya quyidagi miqdorlarda ajratiladi: I toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun — 10 million soʻm; II toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun — 7 million soʻm; III toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun — 5 million soʻm; (b) 2028-yil 1-yanvarga qadar tibbiy turizm klasterlarining turizm yoʻnalishidagi xodimlari malakasini oshirish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi; (v) 2030-yil 1-yanvarga qadar tibbiy turizm klasterlarining xizmatlari xalqaro turizm va tibbiyot yarmarkalari hamda koʻrgazmalarida targʻib qilinadi. 17. 2025-yilda turizm salohiyati yuqori boʻlgan tuman va shaharlarda apart-otel, kapsula uylar va shu kabi joylashtirish vositalaridan iborat zamonaviy dam olish maskanlarini tashkil etish rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. V. Turizm xizmatlarini raqamlashtirish va diversifikatsiya qilish 18. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-iyundan boshlab turizm sohasiga oid barcha davlat elektron tizim va platformalari Milliy turizm yagona platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma) doirasida ishlab chiqiladi. Bunda: (a) Platforma orqali joylashtirish vositalarini onlayn band qilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz MyID tizimi orqali identifikatsiyadan oʻtishga ruxsat beriladi; (b) Platformaga ulangan joylashtirish vositalarining shaxsiy kabinetida mehmonni QR kod yoki yuz orqali identifikatsiya qilish imkoniyati yaratiladi. 19. 2025-yil 1-sentabrga qadar Platforma orqali axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyilishi lozim boʻlgan vazirlik va idoralarning roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 20. Turizm qoʻmitasi Tashqi ishlar vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar Samarqand shahrida “Ipak yoʻlida turizm” tematik ofisini tashkil etish choralarini koʻrsin. Bunda “Ipak yoʻlida turizm” tematik ofisini tashkil etish va faoliyatini moliyalashtirish bilan bogʻliq xarajatlar 2025-yilda turizm sohasiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan, 2026-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan qoplanadi. 21. Belgilansinki, 2026-yilning 1-yanvariga qadar Turizm qoʻmitasi balansida boʻlgan davlat koʻchmas mulki obyektlarida uning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlar tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi. VI. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat qilish 22. Quyidagilar: (a) 2025-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida turizmni rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq; (b) Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan 2025-yilda xorijiy turistlarni Oʻzbekistonga jalb qilish boʻyicha reja-jadval 5-ilovaga muvofiq; (v) Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish, turizm infratuzilmasini yaxshilash va targʻibot ishlarini kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 6-ilovaga muvofiq; (g) 2025-yilda maqsadli bozorlardan sayyohlar oqimini oshirish maqsadida turizm biznesi vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan taqdimotlar (roadshow) roʻyxati 7-ilovaga muvofiq; (d) Turizm infratuzilmasini xorijiy sayyohlarga moslashtirish maqsadida “Tourist friendly” (Turistlarga mehmondoʻstlik) tizimini joriy qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 23. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Turizm qoʻmitasi tomonidan tashkil etiladigan mamlakatning turizm imkoniyatlarini targʻib etishga qaratilgan barcha tadbirlar (festivallar, ichki turizm yarmarkalari, info-tur va press-turlar), xorij mamlakatlarida tashkil etiladigan xalqaro turizm yarmarkalari, taqdimotlar (roadshow), madaniy tadbirlar keng targʻib etib borilishini taʼminlasin. 24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 9-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin. 25. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov belgilansin. Farmon ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2025-yil 15-may, PF-87-son Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-son Farmoniga 1-ILOVA Xalqaro turizm haftaligi doirasida oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlar ROʻYXATI
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-oktabrdagi PF-193-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., 06/25/193/0984-son) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-son Farmoniga 2-ILOVA 2025-yilda turizm salohiyati yuqori boʻlgan tuman va shaharlarda apart-otel, kapsula uylar va shu kabi joylashtirish vositalaridan iborat zamonaviy dam olish maskanlarini tashkil etish REJASI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-son Farmoniga 3-ILOVA Milliy turizm yagona platformasi orqali axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyilishi lozim boʻlgan vazirlik va idoralar ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-son Farmoniga 4-ILOVA 2025-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida turizmni rivojlantirishning MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Izoh: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun masʼul hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-son Farmoniga 5-ILOVA Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan 2025-yilda xorijiy turistlarni Oʻzbekistonga jalb qilish boʻyicha REJA-JADVAL
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-son Farmoniga 6-ILOVA Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish, turizm infratuzilmasini yaxshilash va targʻibot ishlarini kengaytirish boʻyicha “YOʻL XARITASI” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-son Farmoniga 7-ILOVA 2025-yil maqsadli bozorlardan sayyohlar oqimini oshirish maqsadida turizm biznesi vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan taqdimotlar (roadshow) ROʻYXATI
* Turizm qoʻmitasi turistik kompaniyalar talabidan kelib chiqib, mazkur roʻyxatga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-son Farmoniga 8-ILOVA Turizm infratuzilmasini xorijiy sayyohlarga moslashtirish maqsadida “Tourist friendly” (Turistlarga mehmondoʻstlik) tizimini joriy qilish boʻyicha CHORA-TADBIRLAR REJASI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-son Farmoniga 9-ILOVA Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5490-son Farmoniga 3-ilovaning 1-pozitsiyasi chiqarib tashlansin. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi “Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun toʻlovlarni toʻlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5580-son Farmonida: 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin; 1-ilovaning 4-bosqich “Chora-tadbirlar” ustuni 1-bandida “aholi” soʻzidan keyin “, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor” soʻzlari bilan toʻldirilsin. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-avgustdagi “Boʻstonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6053-son Farmonining 1-bandidagi “2024-yil 31-dekabrga qadar” soʻzlari “2030-yil 31-dekabrga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin. 4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-46-son Farmonining 15-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. 5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoniga 2-ilovaning 187-pozitsiyasida: “Muddati” ustuni 1-bandidagi “2022-yil davomida” soʻzlari “2022 — 2026-yillar davomida” soʻzlari bilan almashtirilsin; “Masʼul ijrochilar” ustuni 1-bandidagi “Turizm va sport vazirligi U. Azamov, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi A. Voitov, Toshkent viloyati hokimligi Z. Mirzayev” soʻzlari “Toshkent viloyati hokimligi Z. Mirzayev, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi N. Xolmurodov, Turizm qoʻmitasi U. Shadiyev, “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi DUK” soʻzlari bilan almashtirilsin. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5-son Farmonida: a) 3-bandda: “b” kichik band “aholi” soʻzidan keyin “, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor” soʻzlari bilan toʻldirilsin; “v” kichik band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin: “jismoniy shaxslarga qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlarini ommaviy shartnoma asosida koʻrsatish va bunda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuman (shahar) hududlari biriktirilganidan keyin besh ish kuni ichida xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan ommaviy shartnoma havolasini qisqa xabar (SMS) orqali isteʼmolchilarga yuborish”; b) 4-band quyidagi mazmundagi “v” va “g” kichik bandlar bilan toʻldirilsin: “v) 2025-yil 1-iyulga qadar Agentlikning yagona elektron billing tizimi hamda “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi oʻrtasida oʻzaro axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish; g) qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlaridan qarzdorligi mavjud boʻlgan abonentlarning qarzdorligi soʻndirilmaguniga qadar elektr energiyasi uchun toʻlovlarni cheklash tizimi faqatgina aholiga koʻrsatilgan xizmatlar uchun maxsus texnikalarga oʻrnatilgan GPS uskunalari hisobga olishning yagona elektron billing tizimiga ulangan holda toʻlovlarni hisoblash yoʻlga qoʻyilgan hududlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi”; v) 5-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “2023-yil 31-dekabrga qadar” soʻzlari “2025-yil 30-iyunga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin; g) 8-bandning “v” kichik bandida: uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin. 7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-9-son Farmonining 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda turizm markazlari uchun yer maydonlari ajratilgandan soʻng 6 oy muddatda ularning master rejalari ishlab chiqilishini taʼminlasin”. 8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi PF-80-son Farmonida: a) 1-ilovaning 6-pozitsiyasi chiqarib tashlansin; b) 6-ilovaning 14-pozitsiyasida: “Amalga oshirish mexanizmi” ustunida: sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin; toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar tegishincha sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin; “Masʼul ijrochilar” ustunidan “Turizm qoʻmitasi” soʻzlari chiqarib tashlansin. 9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-102-son Farmoniga 3-ilovaning 30-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2024-yil davomida” soʻzlari “2025-yil davomida” soʻzlari bilan almashtirilsin. 11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-16-son Farmoniga 18-ilovaning 1-pozitsiyasi “Chora-tadbir nomi” ustunidagi “Yashil mehmonxona” yulduz toifasini joriy etish” soʻzlari “Yashil mehmonxona” mexanizmini joriy etish” soʻzlari bilan almashtirilsin. 12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi “Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini taʼminlashning samarali tizimini joriy etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4229-son qarorining 5-bandida: a) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin: “Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar”; b) beshinchi — oʻn uchinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin; v) toʻqqizinchi xatboshidagi “xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari xodimlari uchun” soʻzlari “Departament boshligʻi hamda xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari xodimlari uchun” soʻzlari bilan almashtirilsin. 13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-232-son qaroriga 1-ilovada: a) 6-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “har yili” soʻzlari “2025-yil noyabrga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin; b) 20-pozitsiyada: “Chora-tadbir nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Boʻstonliq tumanining bosh rejasi va hududlarning master rejalari asosida Boʻstonliq tumani “Novobod”, “Gʻazalkent” va “Chimyon” MFYlar hududida jahon standartlariga mos 5 ta zamonaviy osma dor yoʻlini barpo etish. Bunda: 1 ta dor yoʻli Xoʻjakent massivida “Chinorkent” majmuasi hududida; 1 ta dor yoʻli xususiylashtirilgan Beldirsoy oromgohi hududidagi eski dor yoʻlini rekonstruksiya qilish orqali; 3 ta dor yoʻli barcha mavsumlarda faoliyat koʻrsatuvchi “Chimyon” xalqaro kurortini qurish doirasida barpo etilishi nazarda tutiladi. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar”; “Ijro muddati” ustunidagi “2022 — 2025-yillarda” soʻzlari “2022 — 2030-yillarda” soʻzlari bilan almashtirilsin. 14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-338-son qarorining 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “11. Fargʻona viloyati hokimligi, Turizm qoʻmitasi va Sport vazirligi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2026-yil yakuniga qadar Fargʻona viloyatida islom dini, mintaqadagi mavjud din namoyandalari merosi va moddiy madaniy meros obyektlarini aks ettiruvchi “Turkiy dunyo bogʻi”, “Askiyachilar bogʻi” va “Shaxmat bogʻi” nomli tematik bogʻlarni barpo etsin”. 15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi”gi PQ-102-son qaroriga 1-ilovaning 408, 409, 412, 413-pozitsiyalari chiqarib tashlansin. 16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi “Turizm yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-238-son qaroriga 1-ilovaning 14-pozitsiyasi chiqarib tashlansin. 17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi “Xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston tarixi va madaniyati, oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganishni keng targʻib qilish orqali turistlar oqimini koʻpaytirish hamda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-19-son qaroriga 2-ilovaning 3-pozitsiyasi “Ijro uchun masʼullar” ustunidan “Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev),” soʻzlari chiqarib tashlansin. 18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-sentabrdagi “Chang boʻronlariga qarshi kurashish va atmosfera havosi sifatini yaxshilash boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-338-son qaroriga 2-ilovaning 16-pozitsiyasi chiqarib tashlansin. (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son; 28.10.2025-y., 06/25/193/0984-son) |
Указ Президента Республики Узбекистан О мерах по повышению роли и значения туризма в экономике путем кардинального увеличения потока туристов и ускоренного расширения объема туристских услуг в 2025-2026 годах [Извлечение] В целях дальнейшего развития сферы туризма в качестве важнейшей стратегической отрасли экономики в стране, кардинального увеличения потока туристов, создания новых туристских объектов, дополнительной поддержки предпринимателей отрасли, создания новых и сохранения действующих рабочих мест постановляю: I. Цели 1. Определить основными целевыми показателями сферы туризма до конца 2025 года: (а) организацию поездок в регионы республики 15,8 миллиона иностранных туристов, доведение экспорта туристских услуг до 4 миллиардов долларов США; (б) за счет развития внутреннего туризма организацию поездок в регионы 40 миллионов местных туристов, налаживание деятельности дополнительно 378 туроператоров; (в) строительство в регионах республики новых 108 гостиниц, 375 семейных гостевых домов и 123 хостелов, создание 745 капсульных и палаточных домов, апарт-отелей, модульных гостиниц, а также организацию 12 туристических деревень и туристических махаллей. II. Увеличение потока туристов в регионы республики 2. Установить с 1 июня 2025 года безвизовый режим на срок 30 дней со дня въезда на территорию Республики Узбекистан для граждан Королевства Бахрейн, Государства Кувейт и Султаната Оман. 3. Министерству иностранных дел в трехмесячный срок начать переговоры и по их итогам внести предложения: (а) о введении режима въезда на территорию Республики Узбекистан на срок до 30 дней для граждан Российской Федерации, Казахстана и Азербайджана по внутреннему документу либо ID-карте, в том числе для граждан в возрасте до 16 лет — по «киндер паспорту»; (б) о введении режима безвизового въезда на территорию Республики Узбекистан граждан Соединенных Штатов Америки на срок 30 дней, а также об облегчении визовых требований для въезда граждан Республики Узбекистан на территорию Соединенных Штатов Америки. 4. Кабинету Министров в двухнедельный срок в целях увеличения притока иностранных туристов из стран Европейского Союза, Российской Федерации, Китайской Народной Республики, Японии, Республики Корея, Индонезии, Малайзии и арабских государств Залива закрепить Председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимов областей и города Ташкента за соответствующими регионами. 5. Председателю Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимам областей и города Ташкента совместно с дипломатическими представительствами Республики Узбекистан в зарубежных странах организовать следующую работу по расширению связей в сфере туризма с закрепленными за ними регионами: (а) увеличение потока туристов из закрепленных за ними регионов путем организации туристских презентаций, а также привлечение инвестиций для строительства современных объектов туристского показа в Узбекистане; (б) ежегодную организацию не менее двух медиатуров по регионам республики для представителей средств массовой информации, известных блогеров и влогеров из данных государств; (в) оказание содействия в организации участия представителей сферы туризма и субъектов предпринимательства Узбекистана в туристических ярмарках и выставках, презентациях (roadshow), бизнес-форумах; (г) регулярное включение вопросов по туризму в повестку дня межрегиональных бизнес-форумов, обмена делегациями предпринимателей. 6. Установить порядок, в соответствии с которым начиная с 2025 года ежегодно в срок до 30 ноября Совет Министров Республики Каракалпакстан, хокимияты областей и города Ташкента разрабатывают и обеспечивают реализацию региональных программ развития туризма на следующий год (далее — региональные программы), предусматривающих: (а) продвижение туристского потенциала соответствующего региона и привлечение иностранных туристов; (б) расширение туристских маршрутов, обеспечение безопасности и защиту туристов, развитие транспортной логистики и инфраструктуры в регионе, повышение качества транспортных услуг; (в) комплексное развитие туризма в регионе, совершенствование, содержание на надлежащем уровне туристской инфраструктуры и улучшение ее санитарно-гигиенического состояния, привлечение инвестиций для развития; (г) поэтапное развитие средств размещения, реализацию проектов строительства крупных, средних, малых гостиниц и иных туристских объектов, создание дополнительных удобств для предпринимателей в целях повышения качества оказываемых ими услуг; (д) развитие системы туристской навигации, установку туристических дорожных указателей на улицах, транспортных средствах и автомобильных дорогах. 7. Председателю Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимам областей и города Ташкента в срок до 1 июля 2025 года утвердить в установленном порядке региональные программы на 2025 год. 8. Определить, что: (а) региональные программы после обсуждения в соответствующих местных кенгашах народных депутатов и местном общественном совете по развитию туризма утверждаются Председателем Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимами областей и города Ташкента по согласованию с Комитетом по туризму; (б) региональные программы разрабатываются в соответствии с государственными программами в сфере туризма, стратегиями (концепциями) развития туризма и другими государственными программами. 9. Начиная с 2025 года ежегодно в третью неделю ноября организовывать и проводить Международную неделю туризма и в ее рамках международные мероприятия, определенные в приложении № 1* к настоящему Указу. III. Дальнейшая популяризация внутреннего туризма 10. Определить, что начиная с июня 2025 года в целях реализации Программы развития внутреннего туризма «Путешествуй по Узбекистану!» суббота и воскресенье второй недели каждого месяца объявляются «Днем выезда в путешествие с семьей и коллективом». 11. Кабинету Министров в пятнадцатидневный срок утвердить план-график путешествий по Узбекистану в июне — декабре 2025 года для работников министерств и ведомств, органов исполнительной власти на местах, хозяйственных объединений, а также предприятий, страховых организаций и коммерческих банков, в которых государственная доля составляет более 50 процентов. 12. Министерствам и ведомствам, органам исполнительной власти на местах, хозяйственным объединениям, а также предприятиям, страховым организациям и коммерческим банкам, в которых государственная доля составляет более 50 процентов, ежегодно в срок до 1 декабря утверждать план-график путешествий своих работников на следующий год. 13. Внедрить новые механизмы продвижения Программы развития внутреннего туризма «Путешествуй по Узбекистану!», предусматривающие: (а) ежегодное направление не менее 10 процентов средств, поступающих в Фонд поддержки туризма Комитета по туризму от туристского сбора, на продвижение возможностей внутреннего туризма; (б) ежегодное внесение Комитетом по туризму в Кабинет Министров до 15 декабря медиа-плана «Популяризация Узбекистана» на следующий год. При этом медиатуры осуществляются на основании договоров с медиа-группами в составе не менее 20 представителей СМИ, блогеров и влогеров, в том числе на основе аутсорсинга. 14. Внедрить практику дополнительного награждения победителей проводимых среди молодежи спортивных соревнований на республиканском уровне путевкой «Путешествие по Узбекистану». IV. Поддержка предпринимательства 15. Установить, что в период с 1 сентября 2025 года по 1 января 2028 года в рамках ежегодно выделяемых средств в размере 50 миллиардов сумов за счет Фонда поддержки туризма осуществляются: (а) покрытие 50 процентов (но не более 50 миллионов сумов) расходов гостиниц, предприятий общественного питания и ресторанов на создание и продвижение аудиовизуальной продукции (видеофильмов, видеороликов, клипов и роликов аниме), направленной на продвижение их деятельности. При этом на эти цели ежегодно выделяется 20 миллиардов сумов; (б) ежегодное субсидирование следующих расходов на создание местными предпринимателями в определяемых Комитетом по туризму ведущих зарубежных государствах 50 предприятий общественного питания и ресторанов, специализирующихся на узбекских национальных блюдах: (i) связанных с прохождением регистрации для налаживания деятельности либо получением разрешения, арендой, дизайном, закупкой необходимого оборудования и инвентаря — в виде единовременной субсидии в размере 50 процентов расходов (но не более 25 тысяч долларов США); (ii) 50 процентов транспортных расходов на доставку из Узбекистана 300 килограммов продукции в год для приготовления блюд, но в размере до 100 миллионов сумов для одного субъекта предпринимательства. При этом на эти цели ежегодно выделяется 30 миллиардов сумов; (в) покрытие до 50 процентов (но не более 100 миллионов сумов) расходов средств размещения, крупных торговых комплексов и пунктов общественного питания на создание на их территории современных плавательных бассейнов (для первых 100 бассейнов). 16. Начиная с 1 июля 2025 года за счет средств Фонда поддержки туризма: (а) в срок до 1 января 2027 года выделяется единовременная субсидия на модульные гостиницы, состоящие минимум из 10 модулей, в целях покрытия части расходов субъектов предпринимательства на строительство и оснащение (кроме реконструкции) модульных гостиниц в размере: 10 миллионов сумов — за каждое место в модульных гостиницах I категории; 7 миллионов сумов — за каждое место в модульных гостиницах II категории; 5 миллионов сумов — за каждое место в модульных гостиницах III категории; (б) в срок до 1 января 2028 года покрывается часть расходов кластеров медицинского туризма на повышение квалификации их работников, осуществляющих деятельность в направлении туризма; (в) в срок до 1 января 2030 года покрываются расходы на продвижение услуг кластеров медицинского туризма на международных туристских и медицинских ярмарках и выставках. 17. Утвердить План создания современных зон отдыха, состоящих из апарт-отелей, капсульных домов и иных аналогичных средств размещения, в районах и городах, обладающих высоким туристским потенциалом, в 2025 году согласно приложению № 2*. V. Цифровизация и диверсификация туристских услуг 18. Установить порядок, в соответствии с которым начиная с 1 июня 2025 года все государственные электронные системы и платформы в сфере туризма подлежат разработке в рамках Единой национальной платформы туризма (далее — Платформа). При этом: (а) гражданам Республики Узбекистан, осуществившим онлайн-бронирование средств размещения посредством Платформы, разрешается пройти идентификацию в системе MyID без документа, удостоверяющего личность; (б) в персональном кабинете средств размещения, подключенных к Платформе, создается возможность идентификации гостей посредством QR-кода или системы распознавания лица. 19. Утвердить Перечень министерств и ведомств, которые в срок до 1 сентября 2025 года должны наладить обмен данными посредством Платформы, согласно приложению № 3*. 20. Комитету по туризму совместно с Министерством иностранных дел, а также соответствующими министерствами и ведомствами в срок до конца 2025 года принять меры по созданию в городе Самарканде тематического офиса «Туризм по Шелковому пути». При этом расходы, связанные с созданием и финансированием деятельности тематического офиса «Туризм по Шелковому пути», покрываются в 2025 году за счет средств, выделенных для сферы туризма, с 2026 года — за счет средств Государственного бюджета Республики Узбекистан. 21. Определить, что до 1 января 2026 года организации, входящие в организационную структуру Комитета по туризму, размещаются в государственных объектах недвижимого имущества, состоящих на его балансе, на основе права безвозмездного пользования. VI. Организация, обеспечение и контроль исполнения Указа 22. Утвердить: (а) Целевые показатели развития туризма в Республике Каракалпакстан, областях и городе Ташкенте на 2025 год согласно приложению № 4*; (б) План-график привлечения иностранных туристов в Узбекистан дипломатическими представительствами Республики Узбекистан в зарубежных странах в 2025 году согласно приложению № 5*; (в) «Дорожную карту» по дальнейшему увеличению потока иностранных и отечественных туристов, улучшению туристской инфраструктуры и расширению разъяснительной работы согласно приложению № 6*; (г) Перечень презентаций (roadshow), проводимых с участием представителей туристского бизнеса в целях повышения потока туристов из целевых рынков в 2025 году согласно приложению № 7*; (д) План мер по внедрению системы «Tourist friendly» (Гостеприимство туристам) в целях приспособления туристской инфраструктуры к потребностям иностранных туристов согласно приложению № 8*. Приложения №№ 1 — 8 приводятся на узбекском языке. 23. Национальной телерадиокомпании Узбекистана, Национальному информационному агентству Узбекистана, Национальной медиа-ассоциации Узбекистана, Агентству информации и массовых коммуникаций обеспечить разъяснительную работу по организуемым Комитетом по туризму и направленным на продвижение туристских возможностей нашей страны мероприятиям (фестивалям, ярмаркам внутреннего туризма, инфо-турам и пресс-турам), международным туристским ярмаркам, презентациям (roadshow), культурным мероприятиям в зарубежных государствах. 24. Внести изменения и дополнения в некоторые акты Президента Республики Узбекистан согласно приложению № 9. 25. Возложить на заместителя Премьер-министра Д.А. Кучкарова и министра экологии, охраны окружающей среды и изменения климата А.А. Абдухакимова персональную ответственность за эффективную организацию исполнения настоящего Указа. Осуществление координации и контроля за деятельностью ведомств, ответственных за исполнение настоящего Указа, возложить на Премьер-министра Республики Узбекистан А.Н. Арипова. Президент Республики Узбекистан Ш. МИРЗИЁЕВ г. Ташкент, 15 мая 2025 г., № УП-87 ПРИЛОЖЕНИЕ № 9 к Указу Президента Республики Узбекистан от 15 мая 2025 года № УП-87 Изменения и дополнения, вносимые в некоторые акты Президента Республики Узбекистан 1. Позицию 1 приложения № 3 к Указу Президента Республики Узбекистан от 27 июля 2018 года № УП-5490 «О мерах по дальнейшему совершенствованию системы защиты прав и законных интересов субъектов предпринимательства» исключить. 2. В Указе Президента Республики Узбекистан от 22 ноября 2018 года № УП-5580 «О мерах по кардинальному совершенствованию системы оплаты платежей за сбор и вывоз твердых бытовых отходов»: пункт 2 признать утратившим силу; в пункте 1 графы «Меры» 4-го этапа приложения № 1 после слова «населением» дополнить словами «, юридическим лицом и индивидуальным предпринимателем». 3. В пункте 1 Указа Президента Республики Узбекистан от 27 августа 2020 года № УП-6053 «О мерах по ускоренному развитию туризма путем внедрения особого порядка управления в Бостанлыкском районе» слова «до 31 декабря 2024 года» заменить словами «до 31 декабря 2030 года». 4. Пункт 15 Указа Президента Республики Узбекистан от 30 декабря 2021 года № УП-46 «О мерах по ускорению работ по озеленению и дальнейшей эффективной организации охраны деревьев в республике» признать утратившим силу. 5. В тексте на государственном языке позиции 187 приложения № 2 к Указу Президента Республики Узбекистан от 28 января 2022 года № УП-60 «О Стратегии развития Нового Узбекистана на 2022 — 2026 годы»: в графе «Муддати» пункта 1 слова «2022 йил давомида» заменить словами «2022 — 2026 йиллар давомида»; в графе «Масъул ижрочилар» пункта 1 слова «Туризм ва спорт вазирлиги У. Азамов, Инвестиция ва ташқи савдо вазирлиги А. Воитов, Тошкент вилояти ҳокимлиги З. Мирзаев» заменить словами «Тошкент вилояти ҳокимлиги З. Мирзаев, Инвестициялар, саноат ва савдо вазирлиги Н. Холмуродов, Туризм қўмитаси У. Шадиев, «Чорвоқ» туристик-рекреацион зонаси дирекцияси ДУК». 6. В Указе Президента Республики Узбекистан от 4 января 2024 года № УП-5 «О мерах по совершенствованию системы управления отходами и снижению их негативного воздействия на экологическую ситуацию»: а) в пункте 3: подпункт «б» после слова «граждан» дополнить словами «, юридического лица и индивидуального предпринимателя»; подпункт «в» дополнить абзацем пятым следующего содержания: «оказание физическим лицам услуг по сбору и вывозу твердых бытовых отходов на основе публичного договора и при этом направление потребителям через краткое сообщение (SMS) ссылки публичного договора обслуживающей организацией в течение пяти рабочих дней после закрепления территорий районов (городов) в установленном законодательством порядке»; б) пункт 4 дополнить подпунктами «в» и «г» следующего содержания: «в) налаживание до 1 июля 2025 года взаимного обмена информацией между единой электронной биллинговой системой Агентства и информационной системой «Единый электронный архив ЗАГС»; г) система ограничения платежей за электроэнергию до погашения задолженности абонентов, у которых имеется задолженность за услуги по сбору и вывозу твердых бытовых отходов, поэтапно внедряется только в регионах, в которых налажен расчет платежей с подключением GPS-оборудования, установленного на специальной технике для услуг, оказанных населению, к единой электронной биллинговой системе учета»; в) в абзаце четвертом пункта 5 слова «до 31 декабря 2023 года» заменить словами «до 30 июня 2025 года»; г) в подпункте «в» пункта 8: абзац третий исключить; абзац четвертый считать абзацем третьим. 7. Пункт 10 Указа Президента Республики Узбекистан от 12 января 2024 года № УП-9 «О мерах по значительному увеличению потока иностранных туристов в республику и дальнейшему активизации внутреннего туризма» изложить в следующей редакции: «10. Совету Министров Республики Узбекистан и хокимиятам областей совместно с Министерством строительства и жилищно-коммунального хозяйства, Комитетом по туризму обеспечить разработку мастер-планов туристских центров в шестимесячный срок после выделения земельных площадей». 8. В Указе Президента Республики Узбекистан от 24 мая 2024 года № УП-80 «О дальнейшем повышении ответственности и формировании компактной системы управления органов и учреждений юстиции в рамках административных реформ»: а) позицию 6 приложения № 1 исключить; б) в позиции 14 приложения № 6: в графе «Механизм реализации»: абзац восьмой исключить; абзацы девятый и десятый считать соответственно абзацами восьмым и девятым; из графы «Ответственные исполнители» слова «Комитет по туризму» исключить. 9. В тексте на государственном языке графы «Ижро муддати» позиции 30 приложения № 3 к Указу Президента Республики Узбекистан от 18 июля 2024 года № УП-102 «О дополнительных мерах по улучшению туристической инфраструктуры и дальнейшему увеличению потока иностранных туристов в Республику Узбекистан» слова «2024 йил давомида» заменить словами «2025 йил давомида». 11. В тексте на государственном языке графы «Чора-тадбир номи» позиции 1 приложения № 18 к Указу Президента Республики Узбекистан от 30 января 2025 года № УП-16 «О Государственной программе по реализации Стратегии «Узбекистан — 2030» в «Год охраны окружающей среды и «зеленой экономики» слова «Яшил меҳмонхона» юлдуз тоифасини жорий этиш» заменить словами «Яшил меҳмонхона» механизмини жорий этиш». 12. В пункте 5 постановления Президента Республики Узбекистан от 6 марта 2019 года № ПП-4229 «О дополнительных мерах по внедрению эффективной системы обеспечения общественной безопасности на объектах транспорта и туризма»: а) дополнить абзацем пятым следующего содержания: «доходы, поступающие от размещения временно свободных средств Фонда на депозиты коммерческих банков»; б) абзацы пятый — тринадцатый считать соответственно абзацами шестым — четырнадцатым; в) в абзаце девятом после слов «устанавливать для» дополнить словами «начальника Департамента и». 13. В приложении № 1 к постановлению Президента Республики Узбекистан от 30 апреля 2022 года № ПП-232 «О дополнительных мерах по диверсификации услуг внутреннего туризма»: а) в графе «Срок исполнения» позиции 6 слова «Ежегодно, начиная с 2023/2024 учебного года» заменить словами «Начиная с 2023/2024 учебного года до ноября 2025 года»; б) в позиции 20: графу «Наименование мероприятия» изложить в следующей редакции: «Строительство 5 современных подвесных канатных дорог в соответствии с мировыми стандартами на территории сходов граждан махаллей «Новобод», «Газалкент» и «Чимён» Бостанлыкского района на основании генерального плана Бостанлыкского района и мастер-планов регионов. При этом предусматривается возведение: 1 канатной дороги — на территории комплекса «Чиноркент» на массиве Ходжакент; 1 канатной дороги — путем реконструкции старой канатной дороги на территории приватизированного курорта «Бельдерсай»; 3 канатных дорог — в рамках строительства всесезонного международного курорта «Чимён». Форма реализации: практические меры»; в графе «Сроки исполнения» слова «2022 — 2025 годы» заменить словами «2022 — 2030 годы». 14. Пункт 11 постановления Президента Республики Узбекистан от 29 июля 2022 года № ПП-338 «О мерах по ускоренному развитию сотрудничества с тюркскими государствами в сфере туризма» изложить в следующей редакции: «11. Хокимияту Ферганской области, Комитету по туризму и Министерству спорта в рамках общенационального проекта «Яшил макон» до конца 2026 года возвести тематические парки «Сад тюркского мира», «Сад острословов» и «Шахматный сад», раскрывающих суть религии ислам и наследие видных представителей религий региона, а также отображающих объекты материального культурного наследия». 15. Позиции 408, 409, 412, 413 приложения № 1 к постановлению Президента Республики Узбекистан от 24 марта 2023 года № ПП-102 «О дополнительных мерах по сокращению государственного участия в экономике» исключить. 16. Позицию 14 приложения № 1 к постановлению Президента Республики Узбекистан от 27 июля 2023 года № ПП-238 «О мерах по дальнейшему ускорению реформ и эффективной организации системы государственного управления в сфере туризма» исключить. 17. В графе «Ответственные за исполнение» позиции 3 приложения № 2 к постановлению Президента Республики Узбекистан от 12 января 2024 года № ПП-19 «О дополнительных мерах по увеличению потока иностранных туристов и дальнейшему повышению имиджа страны путем широкого продвижения изучения истории и культуры Узбекистана, узбекского языка и литературы в зарубежных государствах» слова «Комитет по туризму (У. Шадиев),» исключить. 18. Позицию 16 приложения № 2 к постановлению Президента Республики Узбекистан от 24 сентября 2024 года № ПП-338 «О первоочередных мерах по борьбе с пыльными бурями и улучшению качества атмосферного воздуха» исключить. (Национальная база данных законодательства, 20.05.2025 г., № 06/25/87/0451; 28.10.2025 г., № 06/25/193/0984) |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||