1-ILOVA
T/r | Davlat xizmatlari nomi | Joriy etish muddati | Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun masʼul vakolatli organ |
1. | Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazish hamda muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olish | 2024-yil iyul | Adliya vazirligi |
2. | Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarni hisob roʻyxatiga olish | ||
3. | Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini akkreditatsiya qilish | ||
4. | Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramziy belgilarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish | ||
5. | Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va chetdan olib kelinadigan oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarish vositalariga va xalq isteʼmoli mollariga sanitariya-epidemiologik xulosa | 2024-yil avgust | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
7. | Chet el yuridik shaxslarining doimiy muassasalarini hamda alohida boʻlinmalarini soliq organlarida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) | Soliq qoʻmitasi | |
8. | Nomoddiy madaniy meros obyektlarini Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritish | 2024-yil sentabr | Madaniyat vazirligi |
9. | Nomoddiy madaniy meros obyektini Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kirgan yoki kirmaganligi xaqida maʼlumot berish | ||
10. | Transport vositalariga “VIN” kodini berish | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | |
11. | Moddiy madaniy meros obyektini Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritish | Madaniy meros agentligi | |
12. | Milliy muzey fondining Davlat katalogida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma | ||
13. | Arxeologiya ashyosini Arxeologiya ashyolari davlat katalogiga kirgan yoki kirmaganligi haqida maʼlumot berish |
2-ILOVA
T/r | Davlat xizmatlari nomi | Joriy etish muddati | Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun masʼul vakolatli organ |
I. Proaktiv shaklga oʻtkaziladigan davlat xizmatlari | |||
1. | Issiq suvni hisobga olish (hisoblagich) uskunasini qiyoslashdan oʻtkazish | 2024-yil 1-iyul | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
2. | Ichimlik suvini hisobga olish (hisoblagich) uskunasini qiyoslashdan oʻtkazish | ||
3. | Tabiiy gazni hisobga olish (hisoblagich) uskunasini qiyoslashdan oʻtkazish | Energetika vazirligi | |
4. | Elektr energiyasini hisobga olish (hisoblagich) uskunasini qiyoslashdan oʻtkazish | ||
5. | Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi | |
6. | Milliy toifali sport hakami toifasini berish | Sport vazirligi | |
7. | Sport-taʼlim muassasasining yoʻriqchi-uslubchisi uchun birinchi yoki ikkinchi malaka toifasini olish | ||
8. | Sport-taʼlim muassasasining yoʻriqchi-uslubchisi uchun oliy malaka toifasini olish | ||
9. | Sport-taʼlim muassasasining trener-oʻqituvchisi uchun birinchi yoki ikkinchi malaka toifasini olish | ||
10. | Sport-taʼlim muassasasining trener-oʻqituvchisi uchun oliy malaka toifasini olish | ||
11. | Sport hakamlariga malaka toifasini berish | ||
II. Kompozit shaklga oʻtkaziladigan davlat xizmatlari | |||
1. | Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va reyestrdan koʻchirma berish — ushbu manzilga yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish bilan | 2024-yil 1-avgust | Adliya vazirligi Kadastr agentligi Ichki ishlar vazirligi |
2. | Koʻchmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini soliq organlarida hisobga qoʻyish — ushbu manzilga vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish bilan | Adliya vazirligi Soliq qoʻmitasi Ichki ishlar vazirligi | |
3. | Xususiy bandlik agentliklarini Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish — xususiy bandlik agentliklarining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyati uchun litsenziya berish bilan | 2024-yil 1-sentabr | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
4. | Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida va istirohat bogʻlari attraksionlarida putur yetkazmaydigan nazorat ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tomonidan berilgan putur yetkazmaydigan nazorat tizimini rentgen uskunasidan foydalangan holda tekshirish uchun xulosa bilan | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi | |
5. | Yadroviy va radioaktiv materiallar, radiatsiya manbalari, radioaktiv chiqindilar va qurilmalarni tashish shartlari va usullarining sanitariya qoidalariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa — xavfli yuklarni tashish uchun sigʻimlarning yaroqliligi toʻgʻrisida xulosa bilan | ||
6. | Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma — tibbiy faoliyat uchun litsenziya berish bilan | Sogʻliqni saqlash vazirligi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi | |
7. | Maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomini berish — tadbirkorlik subyektlarini qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Adliya vazirligi | |
3-ILOVA
|
T/r |
Davlat xizmatining turi |
|
1. |
Koʻchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish |
|
2. |
Sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish |
|
3. |
Soliqlar va yigʻimlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish |
|
4. |
Texnik loyiha hujjatlarini koʻrib chiqish |
|
5. |
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish |
|
6. |
Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish |
|
7. |
Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsatnoma berish |
|
8. |
Isteʼmolchilarning quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash ishlarini amalga oshirish uchun texnik shartni, elektr taʼminoti loyihalarini, amalga oshirilgan qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari hamda elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha dalolatnoma tuzish |
|
9. |
Issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzish |
|
10. |
Issiqlik taʼminoti loyihasini kelishish |
|
11. |
Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish |
|
12. |
Turar joyning maydoni toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish |
|
13. |
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining oʻquvchisi yoki bitiruvchisi boʻlgan yoshlarga isteʼmol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilish |
|
14. |
Yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash |
|
15. |
Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish |
6-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
I. Adliya organlarining asosiy faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha | |||||
1. | Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining yagona reyestrini yuritishni yoʻlga qoʻyish. | 1. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining yagona reyestrini shakllantirish va yuritish. 2. Funksiyalarni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish asoslari hamda ularni amalga oshirishda moliyaviy-iqtisodiy va kadrlar resurslari bilan taʼminlash mezonlarini ishlab chiqish. 3. Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan funksiyalarni bekor qilish. 4. “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2024-yil iyun | Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. | Qonunchilik tizimini takomillashtirish va tartibga solish yukini kamaytirish. | 1. Faqat qonunlar bilan tartibga solinishi lozim boʻlgan ijtimoiy munosabatlarning aniq roʻyxatini belgilash. 2. Vazirlar Mahkamasi tizimiga kiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishni har yili Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan rejalashtirish dasturlari asosida amalga oshirish. 3. Qonunchilik hujjatlarini normativ-huquqiy va normativ boʻlmagan huquqiy hujjatlarga ajratish. Bunda, umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilmagan barcha tashkiliy, nazorat yoki amaliy chora-tadbirlar va topshiriqlarni normativ boʻlmagan huquqiy hujjatlar shaklida qabul qilish. 4. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tartibga solish taʼsirini baholash tizimini takomillashtirish. 5. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ilmiy tashkilotlarni keng jalb qilish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | 2024-yil iyul | Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
3. | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini modernizatsiya qilish orqali qonunchilik hujjatlarini qabul qilish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish. | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini quyidagi qoʻshimcha imkoniyatlarni nazarda tutgan holda zamonaviy dasturlar orqali modernizatsiya qilish: project.gov.uz, regulation.gov.uz va boshqa modullarni har biri mustaqil holda ishlovchi mikroxizmat arxitekturasi asosida ishlab chiqish hamda ularni yagona portalga birlashtirish (keyingi oʻrinlarda — Yagona portal); bek-ofis funksiyalarini soddalashtirish, Yagona portalni ishga tushirish, turli xil koʻrinishdagi jadvallar, sxemalar, shakllar, grafiklarni toʻgʻridan-toʻgʻri kiritish imkoniyatini yaratish; front-ofis funksiyalarini soddalashtirish, inson omilisiz Yagona portaldagi mavjud axborotlar doirasida qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish, tartibga solish taʼsirini baholash, jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish va qabul qilish bilan bogʻliq barcha turdagi statistik maʼlumotlarni shakllantirish imkoniyatini yaratish, Yagona portalni zamonaviy UI/UX elementlari asosida ishlab chiqish, foydalanuvchilar uchun ergonomikani taʼminlash; Yagona portal orqali qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida avtomatik ravishda eʼlon qilinishini taʼminlash; axborot xavfsizligini taʼminlash va kriptografik himoyalash choralarini koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil avgust | Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
4. | Notariat sohasida aholiga qulay va tezkor xizmatlar koʻrsatish, ortiqcha maʼmuriy toʻsiqlarni bartaraf etish hamda zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish. | 1. Notarial idoralarda fuqaro shaxsini Face-ID orqali aniqlash tizimini joriy etish. 2. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda ortiqcha byurokratiya va qogʻozbozlikka chek qoʻyish. 3. Aholiga masofadan turib interaktiv elektron notarial xizmatlar koʻrsatish koʻlamini yanada kengaytirish. 4. Notarial harakatlarni rasmiylashtirishda foydalaniladigan gerbli (maxsus) blanklarni unifikatsiya qilish orqali yagona shakldagi gerbli (maxsus) blank joriy etish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | 2024-yil sentabr | Adliya vazirligi |
5. | Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini xalqaro tajriba va zamonaviy taʼlim standartlari talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish: yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini transformatsiya qilish, oʻquv jarayonini zamonaviy, jumladan, raqamli texnologiyalarni qoʻllash orqali tashkil etish; yuridik kadrlar kasbiy malakasini uzluksiz rivojlantirishning yangi zamonaviy shakllari va usullarini joriy qilish; yuridik kadrlarga oʻz kasbiy rivojlanish ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan malaka oshirish shakllari va dasturlarini mustaqil tanlash va oʻzlashtirish imkoniyatini yaratish; oʻqitishning muqobil va qulay shakllarini keng yoʻlga qoʻyish, masofaviy va mustaqil taʼlimni kengaytirish, malaka oshirishga kredit-modul tizimini joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil avgust | Adliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
6. | Toshkent davlat yuridik universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish. | 1. TDYU faoliyati, taʼlim dasturlari, taʼlim jarayonini tashkil etish va boshqarish, taʼlim texnologiyalari va oʻqitish metodikalarini xalqaro standartlarga muvofiq transformatsiya qilish. 2. Transformatsiya jarayonlariga Buyuk Britaniya Oliy taʼlim sifatini taʼminlash agentligi (The Quality Assurance Agency for Higher Education — QAA) va yuqori akademik reytingga ega boʻlgan Buyuk Britaniya universitetlari orasidan hamkor universitetni aniqlagan holda, shartnoma asosida yuridik kadrlar tayyorlash boʻyicha ingliz standartini joriy etish. 3. Dars jarayonlariga xorijiy professor-oʻqituvchilarni keng jalb qilish. 4. Universitetda mantiqiy fikrlash, tahlil qilish va tadqiqot oʻtkazishga qaratilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar va oʻqitishning ilgʻor yondashuvlarini (Just-in-Time teaching, Concept mapping methodology) joriy etish. 5. Universitetning hududiy filiallarini tashkil etish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | 2024-yil sentabr | Adliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti |
7. | Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik texnikumlari negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseylarining iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qilish tartibini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil iyul | Adliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti |
2. Akademik litseylar ustavi, tashkiliy tuzilmasi hamda shtatlar jadvalini tasdiqlash. | Amaliy chora-tadbirlar | ||||
8. | Sud ekspertiza sohasida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish va faoliyatning ilmiy asoslarini yanada takomillashtirish, sohada sogʻlom raqobatni qaror toptirish hamda xususiy sektor rolini oshirish, shuningdek hududlarda oʻtkaziladigan ekspertiza turlarini koʻpaytirish. | Sud ekspertizasi sohasini quyidagilarni nazarda tutgan holda rivojlantirish: Respublika sud ekspertiza markazining hududiy boʻlimlarida yangi laboratoriyalarni tashkil etish; sohaga zamonaviy texnologiyalarni yanada keng joriy etish; sud-ekspertlik faoliyatini raqamlashtirish; sud ekspertlik faoliyati ilmiy asoslarini yanada takomillashtirish, soha faoliyatiga fan va texnika yutuqlarini keng joriy qilish; oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalariga, ularning yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda sud ekspertizalari boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazishga ruxsat berish; nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan oʻtkazishga ruxsat berilgan sud ekspertizalari turlarini koʻpaytirish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | 2024-yil oktabr | Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
9. | Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatining qamrovini oshirish. | Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat bilan taʼminlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar)lar boʻlinmalariga huquqiy xizmat koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2024-yil sentabr | Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
10. | Xalqaro arbitrajlarda va xorijiy davlatlar sudlarida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish faoliyatini tashkil etishning yagona tartibini belgilash. | 1. Davlat organlari va tashkilotlarining xalqaro arbitraj va sud ishlarini yuritish masalalari boʻyicha respublika manfaatlarini himoya qilish sohasidagi vakolatlari va majburiyatlarini belgilash. 2. Xalqaro yuridik kompaniyalar, ekspertlar, guvohlar va tarjimonlarni jalb qilish hamda moliyalashtirish tartibini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil oktabr | Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
11. | Jismoniy shaxslarning fuqarolik holati hamda ularning shaxsiga taalluqli boʻlgan boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi Aholining yagona elektron reyestrini yuritish tizimini yoʻlga qoʻyish. | 1. Adliya vazirligi tomonidan Aholining yagona elektron reyestrini yuritish va undan foydalanish tartibini ishlab chiqish. 2. Aholining yagona elektron reyestriga kiritiladigan jismoniy shaxslarning shaxsiga taalluqli boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatini tasdiqlash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil noyabr | Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
II. Davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini soddalashtirish sohasida | |||||
12. | Davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish va soddalashtirish. | 1. Davlat xizmatlari koʻrsatish natijasini boshqa shaxsga taqdim etishda ishonchnoma talab qilish tartibini bekor qilish. 2. Davlat xizmatlari koʻrsatish natijasini ariza beruvchi shaxsning roziligi bilan boshqa shaxsga taqdim etish. 3. Davlat xizmatlari koʻrsatish natijasini taqdim etishda shaxsni, uning imzosi yoki barmoq izlarini identifikatsiya (verifikatsiya) qilish tartiblarini soddalashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil avgust | Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
4. Barcha aholi gavjum joylarni, shu jumladan mahallalarni 24/7 rejimida onlayn davlat xizmatlarini koʻrsatadigan interaktiv kiosklar bilan bosqichma-bosqich taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024 — 2026-yillar | |||
13. | Davlat xizmatlaridan onlayn navbatlar asosida foydalanishni yoʻlga qoʻyish. | Davlat xizmatlaridan foydalanishda vakolatli davlat organlarining rasmiy veb-saytlari orqali onlayn navbat olish imkoniyatini yaratish. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi: tibbiyot muassasalari, ichki ishlar organlarining roʻyxatga olish va imtihondan oʻtkazish boʻlinmalari, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari, hududiy soliq inspeksiyalari hamda davlat xizmatlari markazlarida davlat organlarining rasmiy veb-saytlari orqali onlayn navbat olish imkoniyatini yaratish; elektron navbatlar ish faoliyati onlayn navbatlarga mos ravishda ishlashini taʼminlash; rasmiy veb-sayt orqali olingan navbatni tasdiqlovchi hujjatlarni joylardagi elektron navbat berish axborot tizimida oʻqish imkoniyatini yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil iyul | Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
14. | Davlat xizmatlarini koʻrsatishda tuziladigan shartnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirishni kengaytirish. | Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatishda tuziladigan quyidagi shartnomalarni tegishli axborot tizimlarida elektron shaklda rasmiylashtirishni yoʻlga qoʻyish: | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil avgust | |
dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning namunalarini birlamchi (dastlabki) ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha shartnoma; | Sogʻliqni saqlash vazirligi | ||||
veterinariya dori vositasi yoki ozuqabop qoʻshimchani ekspertiza qilish boʻyicha shartnoma; | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | ||||
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha shartnoma; | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi | ||||
investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha shartnoma; | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi | ||||
davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarini va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha shartnoma; | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||||
shartnomalar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha shartnoma; | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi | ||||
tashkilotlarning hujjatlarini tartibga keltirish boʻyicha shartnoma; | Adliya vazirligi | ||||
davlat mulki obyektlarini ijaraga berish boʻyicha shartnoma. | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | ||||
III. Arxiv ishi va ish yuritish sohasida | |||||
15. | Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat boshqaruvi va nazoratini takomillashtirish, arxiv xizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini raqamlashtirish va soddalashtirish. | 1. Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat boshqaruvi va nazoratini takomillashtirish. 2. Arxiv xizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini raqamlashtirish va soddalashtirish. 3. Davlat arxivlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanishni tashkil qilish. 4. Shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari faoliyatini qayta koʻrib chiqish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | 2024-yil noyabr | Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
16. | Arxiv ishi va ish yuritish faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish. | Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish: elektron arxiv tushunchasi va tashkil etish tartiblarini belgilash; arxiv hujjatlarining elektron nusxasi tushunchasiga taʼrif berish hamda elektron nusxani asl nusxa oʻrnida tan olishga qaratilgan normalarni belgilash; davlat organlariga arxiv maʼlumotnomalari va arxiv hujjatining koʻchirma nusxasini bepul berish; arxiv hujjatlarini Milliy arxiv fondi tarkibidan chiqarish tartibini belgilash; idoraviy arxivlarni tashkil etish tartibi va shartlari. | Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi | 2024-yil dekabr | Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
IV. Intellektual mulk sohasida | |||||
17. | Konsert-tomosha tadbirlarida mualliflik va turdosh huquqlar himoyasini mustahkamlash. | Konsert-tomosha tadbirlarida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga rioya qilmaslikni litsenziya talablari va shartlarining qoʻpol ravishda buzilishi sifatida eʼtirof etish hamda litsenziyani bekor qilish choralarini qoʻllash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil iyul | Adliya vazirligi, Madaniyat vazirligi |
18. | Intellektual mulk huquqining kafolatli himoyasini taʼminlash, shu jumladan kontrafakt mahsulotlar aylanmasiga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish. | 1. Kontrafakt mahsulotlarni olib qoʻyish va yoʻq qilishning aniq mexanizmlarini belgilash. 2. Intellektual mulkka boʻlgan huquqlarni buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni aniqlash boʻyicha nazorat xaridini amalga oshirish tartibini belgilash. 3. Ixtiro va foydali model hamda sanoat namunalarini roʻyxatdan oʻtkazish talabnomalari boʻyicha oʻtkaziladigan davlat ekspertizasi jarayonlariga autsorsing usullarini joriy qilish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2024-yil avgust | Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
19. | Intellektual mulk huquqini himoya qilish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | Ayrim turdagi mahsulotlarni (oziq-ovqat, alkogol, tamaki, shaxsiy gigiyena vositalari va boshqalar) savdoga chiqarishdan oldin raqamli markirovkalashda intellektual mulk huquqlariga rioya etilganligini nazorat qilish tartibini joriy etishni oʻrganib chiqib, takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Tahliliy maʼlumotnoma | 2024-yil oktabr | Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
V. Huquqiy targʻibot, huquqiy axborotni tarqatish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish sohalarida | |||||
20. | Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini takomillashtirib borish orqali aholining barcha qatlamlarining huquqiy savodxonlikka erishishini taʼminlash. | Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi ijrosini samarali amalga oshirib borish maqsadida quyidagilarni oʻz ichiga olgan ikki yilga moʻljallangan huquqiy savodxonlikni oshirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish va Hukumatga kiritish: jamiyatda bolalikdan boshlab kundalik hayotda qoʻllashga moʻljallangan boshlangʻich huquqiy bilim va koʻnikmalarni shakllantirish; taʼlim muassasalarida huquqiy savodxonlikni oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish; aholining huquqiy muammolarini hal qilish va ularning huquqiy bilimlarini yuksaltirishda mahalla institutining rolini oshirish; huquqiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan innovatsion loyihalarni amalga oshirish; “huquqiy axborot har doim va har kim uchun” tamoyili asosida aholining huquqiy axborotga boʻlgan ehtiyojini qondirish; davlat xizmatchilarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish; jamiyatda muammolarni faqat huquqiy mexanizmlar orqali hal etilishini keng targʻib qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Har ikki yilda | Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
21. | Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish. | 1. Yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat hissini kuchaytirishga qaratilgan kompleks huquqiy targʻibot tadbirlarini oʻtkazish. 2. Toshkent davlat yuridik universiteti va yuridik texnikumlarga yoshlarning tashrifini tashkil qilish. 3. Yuridik taʼlim muassasalarida “Tengdoshimga huquqiy yordam” tadbirlarini oʻtkazib borish, ularning yuridik klinikalarida yoshlarga huquqiy maslahatlar berib borish. 4. Huquqshunoslik kasbining jozibadorligi va imijini oshirish, yoshlarda ushbu kasbga faxr va iftixor tuygʻularini uygʻotish maqsadida taniqli huquqshunoslarning hayot yoʻllari va muvaffaqiyatini ibrat sifatida yoshlarga koʻrsatib beruvchi kontentlar (hujjatli film, kitob, qoʻllanma) va klublar yaratish hamda yoshlar orasida keng targʻib qilish orqali ularning izdoshlarini tarbiyalash. 5. Yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan onlayn huquqiy savodxonlik maktabini tashkil etish va u orqali bepul huquqiy oʻquv kurslarini joriy etish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2024-yil iyun | Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
22. | Yoshlarda huquqiy muammolarni hal qilishning amaliy koʻnikmalarini hosil qilishga qaratilgan “Street law” loyihasini ommalashtirish. | 1. “Street law” loyihasiga volontyor yoshlarni keng jalb etish va oʻzaro muloqotni taʼminlash maqsadida maxsus elektron platforma ishlab chiqish. 2. Platformaga “Street law” loyihasini amalga oshirishga qaratilgan metodik qoʻllanmalar, video va boshqa vizual manbalarni joylashtirish. 3. “Street law” loyihasi ishtirokchilari — yuridik yoʻnalishdagi oliy taʼlim muassasalari va yuridik texnikumlar tomonidan volontyorlar uchun treninglar oʻtkazish va targʻibot guruhlarini shakllantirish. 4. Targʻibot guruhlarini taʼlim muassasalariga biriktirgan holda huquqiy targʻibot tadbirlarini amalga oshirish. 5. Loyihani amalga oshirishda faol qatnashgan yoshlarni volontyorlik faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiq ragʻbatlantirib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil iyun | Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
24. | “Huquq ambassadori” loyihasini amalga oshirish. | 1. “Huquq ambassadori” sifatida xalqqa taniqli insonlar (artistlar, aktyorlar, sportchilar, blogerlar) va jamiyatda qonuniylikni taʼminlash sohasida faoliyat olib boruvchi jamoatchilik faollarini jalb qilish. 2. “Huquq ambassadori” loyihasi orqali quyidagilarni amalga oshirish: jamiyatda va kundalik hayotda qonunlarga rioya qilish, qonuniylikni keng targʻib qilish; mamlakatda huquq ustuvorligi taʼminlanishiga intiluvchi shaxslar faoliyatiga koʻmaklashish; mamlakatda huquq ustuvorligiga zid gʻoyalar tarqalishining oldini olish va ularga qarshi mafkuraviy kurashish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil avgust | Adliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi |
25. | “Madad” NNT orqali aholining turli qatlamlariga huquqiy yordam koʻrsatish koʻlamini kengaytirish. | 1. Barcha tuman (shahar)larda “Madad” NNTning huquqiy maslahat byurolarini bosqichma-bosqich tashkil qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-2025-yillar | Adliya vazirligi, “Madad” NNT (kelishuv asosida) |
2. “Madad” NNTning tuman (shahar)lar huquqiy maslahat byurolari orqali aholiga, avvalambor, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish, nizolarni sudgacha va sud orqali hal etishda zarur boʻladigan protsessual hujjatlarni tayyorlashda koʻmaklashish. 3. “Madad” NNTning bepul huquqiy maslahat berish faoliyati haqida aholi xabardorligini oshirish boʻyicha keng koʻlamli targʻibot ishlarini amalga oshirish. | Doimiy | ||||
26. | Taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish tizimini yanada yaxshilash. | 1. Huquq fani oʻqituvchilarining uzluksiz kasbiy bilim va koʻnikmalarini rivojlantirib borish hamda ularni metodik taʼminlashga qaratilgan Adliya vazirligining maxsus elektron platformasini yaratish. 2. Maktablarda “Huquq olamiga sayohat” oʻquv dasturlarini joriy etish. 3. Oʻquvchilar oʻrtasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi, huquq fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Eng yaxshi huquq oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovini oʻtkazib borishni joriy etish. 4. Taʼlim muassasalarida “Huquqiy bilimlar oyligi”ni oʻtkazib borish, oʻquvchilar va talabalarga huquqiy bilimlarni mustaqil oʻzlashtirishiga qaratilgan koʻrgazmali oʻquv qoʻllanmalari, videoroliklar, kompyuter oʻyinlari va mobil ilovalari yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil avgust | Adliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
27. | “Mahalla huquqshunosi” loyihasini amalga oshirish. | 1. Mahalla raislarining huquqiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borish maqsadida Adliya vazirligi taʼlim muassasalari tomonidan qisqa muddatli bepul oʻquv kurslari tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-2025-yillar davomida | Adliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
2. Mahalla raislariga mahalla faoliyatiga doir, shuningdek, aholini qiynab kelayotgan kundalik muammolar yechimiga oid qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ularni mediatorlik faoliyati boʻyicha oʻqitish. 3. Mahallalardagi muammolarni aniqlagan holda, shuningdek, mahalla raislarining takliflari asosida oʻquv dasturlarini muntazam ravishda yangilab borish. 4. Oʻquv kurslarini mahalla raisi saylovlaridan soʻng uch oy ichida oʻtkazib borish tizimini yoʻlga qoʻyish. | Tadbirlar grafigiga muvofiq | ||||
28. | “Mahalla yettiligi” faoliyatiga uslubiy koʻmaklashish. | 1. “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga oid normativ-huquqiy hujjatlar toʻplami”, “Yoshlar huquqi”, “Ayollarga huquqiy maslahatlar”, “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun huquqiy toʻplam” va “Tadbirkorlar uchun maslahatlar” kabi qoʻllanmalarni tayyorlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil iyul | Adliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oila va xotin qizlar qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (kelishuv asosida) |
2. Qoʻllanmalarni tegishli vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan buyurtma asosida chop etish va har bir mahallaga tarqatish. | 2024-yil avgust | ||||
31. | Davlat organlari va tashkilotlarida huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish. | 1. Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va metodik taʼminlash boʻyicha manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlar dasturini ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | Har yili | Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Huquqni qoʻllash amaliyotida uchrayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish va “Lex.uz”ga joylashtirish. 3. Biznes jarayonlarini reinjiniring qilish (BPR) usullaridan foydalangan holda davlat organlari va tashkilotlarining funksiyalarini maqbullashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 4. Davlat organlari va tashkilotlari uchun ish yuritishga doir namunaviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish. 5. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining yagona huquqni qoʻllash amaliyotini joriy etish boʻyicha malakasini oshirish. 6. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Jizzax viloyati Doʻstlik tumani hokimligi hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida namunali huquqni qoʻllash tizimini yoʻlga qoʻyish. | Dasturga muvofiq | ||||
VI. Tashkiliy masalalar | |||||
32. | Adliya organlari va muassasalarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish orqali faoliyat samaradorligini oshirish. | 1. Adliya vazirligida inson resurslarini boshqarish tizimini 2025-2026-yillarda rivojlantirish strategiyasini xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda ishlab chiqish. 2. Inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirishda xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini implementatsiya qilish. 3. Yangi ishga kirgan xodimlarning moslashish (adaptatsiya qilish) tartibini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil sentabr | Adliya vazirligi |
33. | Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti faoliyatini tashkil etish. | 1. Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti ustavi, tashkiliy tuzilmasi hamda shtatlar jadvalini tasdiqlash. 2. Institutni amaliy ish tajribasiga ega, xorijiy tillarni egallagan malakali kadrlar bilan toʻldirish. 3. Institutning 2024-yilga moʻljallangan ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil iyun | Adliya vazirligi |
34. | Adliya vazirligi tizimidagi binolardan foydalanishni maqbullashtirish. | 1. Adliya vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlar balansidagi boʻsh turgan bino va inshootlarga “Oʻzarxiv” agentligi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarni operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil davomida | Adliya vazirligi, “Oʻzarxiv” agentligi |
2. “Oʻzarxiv” agentligi va uning tizim tashkilotlarini joylashtirishdan ortgan boʻsh turgan bino-inshootlarni belgilangan tartibda sotish va undan tushgan mablagʻlarni baholash va sotish xarajatlari chegirilgan holda Adliya vazirligi va “Oʻzarxiv” agentligining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish maqsadida foydalanish uchun Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2024-yil iyul | |||
35. | Vazirlik va idoralarning elektron hujjatlarini saqlash uchun topshirishga moʻljallangan axborot tizimini yaratish. | 1. Vazirlik va idoralarning elektron hujjatlarini saqlash uchun topshirishga moʻljallangan “Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimining texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil iyul | “Oʻzarxiv” agentligi |
2. Axborot tizimini ishga tushirish. | 2024-yil dekabr | ||||
36. | Qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli tashkilotlarning autsorsing xizmatlaridan foydalangan holda davlat arxivlarida saqlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini raqamlashtirish. | Quyidagi imkoniyatlarni oʻz ichiga olgan “Elektron oʻquv zali” davlat xizmati va axborot tizimini joriy etish: arxivlarning elektron oʻquv zallariga onlayn kirish; arxiv hujjatlarining roʻyxatlarini koʻrish va zarur arxiv hujjatlarini tanlash; arxiv hujjatlari nusxalariga buyurtma berish va yuklab olish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil noyabr | “Oʻzarxiv” agentligi |
7-ILOVA