22.11.2018 yildagi PF-5580-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun toʻlovlarni toʻlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini isloh qilish doirasida hududlarni sanitar tozalash boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish, maishiy chiqindilarni toʻplash va hududlardan olib chiqishning samarali mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga sanitar tozalash xizmatlarini koʻrsatish koʻlami ortmoqda, shu jumladan hududlarda 174 ta tuman (shahar) filiallaridan iborat 13 ta “Toza hudud” davlat unitar korxonalari tashkil etildi, ushbu sohaga elektron tanlovlar asosida hududlarni biriktirishning shaffof mexanizmlari orqali tadbirkorlik subyektlari faol jalb qilinmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chiqindilar bilan bogʻliq infratuzilma takomillashtirilmoqda, tasdiqlangan dasturlar doirasida yangi chiqindi toʻplash shoxobchalari qurilmoqda va konteynerlar bilan jihozlanmoqda, chiqindilarni toʻplash va olib chiqish ishlari bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarning transport saroylari yangilanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga hududlarda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish ishlarida ayrim muammolarning mavjudligi chiqindilar bilan bogʻliq samarali tizimni shakllantirishga hamda sohani yanada rivojlantirishga toʻsqinlik qilmoqda, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, toʻlov intizomi darajasining pastligi qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda — xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar) moliyaviy koʻrsatkichlariga salbiy taʼsir koʻrsatib, asosiy fondlarni yangilash va xizmatlar sifatini oshirishga investitsiya kiritish imkoniyatlarini cheklamoqda, shuningdek, ushbu sohaga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilishga toʻsiq boʻlmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, isteʼmolchilarning va ular tomonidan toʻlangan toʻlovlarning yagona hisobi amalda yuritilmayapti, bu esa ushbu sohada naqd pul mablagʻlari bankdan tashqari aylanishiga va ularni oʻzlashtirish holatlariga zamin yaratmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hududlarni sanitar tozalash va ulardagi ekologik holatni yaxshilash boʻyicha oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun yetarli moliyaviy va tashkiliy imkoniyatlarga ega emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikning, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik bitimlari doirasida hamkorlikning aniq maʼmuriy va bozor mexanizmlari ishlab chiqilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq tizimni yanada rivojlantirish, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish sohasida toʻlov intizomini mustahkamlash, aholining sifatli sanitar tozalash xizmatlari bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PF-189-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) maishiy chiqindilarni boshqarish va toʻlov intizomini mustahkamlash boʻyicha quyidagi ikki bosqichli yangi tizim joriy etiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bosqichda 2025-yil 1-iyuldan boshlab respublikada maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati uchun toʻlovlar 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bosqichda 2027-yil 1-yanvardan boshlab ekosanoat zonalari tashkil etilgan hududlarda maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati uchun toʻlovlar 2-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan toʻlov hisoblangan davrdan keyingi oyning oʻninchi sanasidan kechikmay Agentlikning maxsus tranzit bank hisob raqamlariga toʻlanadi va uning maxsus bank hisob raqamida jamlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Agentlikning maxsus bank hisobvaragʻida jamlangan mablagʻlar bosqichma-bosqich oʻrnatilgan tartibda 1-2-ilovalarga muvofiq yoʻnaltiriladi. Bunda qolgan mablagʻlar Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun aholidan undirilgan toʻlovlarning 1 foizi avtomatik ravishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chiqindilarni boshqarish tizimini muvofiqlashtirish va aylanma (sirkulyar) iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi bir oy muddatda “jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimi” (keyingi oʻrinlarda — Hisobga olishning yagona elektron tizimi) maʼlumotlari asosida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha sanitar tozalash korxonalari (operatorlar) tomonidan amalga oshiriladigan xizmatlar uchun poligonlarga, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalariga yoki chiqindilarni yoqish zavodlari yoxud ekosanoat zonalariga topshirilgan qattiq maishiy chiqindi miqdorini inobatga olgan holda haq toʻlashning alohida tartibini tasdiqlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat ekologiya qoʻmitasi 2019-yil 1-yanvarga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Byuroga tegishli vazifalar oʻtkazilishini inobatga olib, “Toza hudud” va “Maxsustrans” davlat unitar korxonalaridagi yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uy-joylar uchastkalari nazoratchilari shtatlar sonining qisqartirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimi ishlashini, shuningdek, tizimga sanitar tozalash markazlari va Byuroning ulanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan birgalikda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlarni toʻlovchi jismoniy shaxslarni xatlovdan oʻtkazsin, ularga shaxsiy hisobvaraqlar ochilishini, shuningdek, mavjud qarzdorlik toʻgʻrisida axborot qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimiga kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlarini koʻrsatish sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish qoidalariga qatʼiy muvofiq holda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlarini koʻrsatish, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan tuziladigan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar va shartnomalardagi majburiyatlarga rioya etish uchun javobgardir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi:
(6-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimini shakllantirish, mazkur tizimning boshqarilishini va uzluksiz faoliyat yuritishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqindilar bilan bogʻliq sohadagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini belgilangan tartibda amalga oshirish uchun javobgardir;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PF-189-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Byuro bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda aholi qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlarni toʻlashi uchun tushumlarning haqqoniy hisobini va monitoringini yuritish imkonini beradigan yagona tranzit bank hisobvaraqlari ochilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va aholi yagona tranzit bank hisobvaraqlari hamda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlarni aholi tomonidan toʻlash tartibi haqida xabardor qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat ekologiya qoʻmitasi va Bosh prokuratura boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 20-dekabrga qadar Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish qoidalarining yangi tahrirdagi loyihasini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqindilar bilan bogʻliq sohadagi oxirgi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda isteʼmolchilar, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻrtasidagi yangi huquqiy munosabatlar tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlarni toʻlovchi jismoniy shaxslar hisobini yuritish, shuningdek, belgilangan tarifdan kelib chiqib toʻlanishi lozim boʻlgan oylik majburiy toʻlovlar miqdorini belgilash mexanizmlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi namunaviy bitimni hamda aholiga qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi namunaviy shartnomani tasdiqlash nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmuni va mohiyati, shu jumladan, maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish zarurligi, ushbu sohadagi huquqbuzarliklar uchun qoʻllaniladigan javobgarlik choralari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat ekologiya qoʻmitasi Adliya vazirligi, Byuro, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 22-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5580-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PF-189-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi PF-5580-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatini rivojlantirish va ushbu xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish jarayonini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslar

1. Maishiy chiqindilarni qayta ishlanadigan, qayta ishlanmaydigan va oziq-ovqat toifalariga ajratgan holda chiqindilarni yigʻish shoxobchasiga yoki chiqindilarni yigʻish konteyneriga olib chiqadi.

2. Maishiy chiqindilar uchun onlayn toʻlov platformalari orqali majburiy toʻlovlarni amalga oshiradi.

Bunda internet aloqasi bilan taʼminlanmagan, hudud markazidan olis masofada joylashgan aholi yashash punktlarida yashaydigan va faoliyat koʻrsatadigan jismoniy va yuridik shaxslar maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati uchun toʻlovlarni istisno tariqasida tijorat banklari kassalari, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ pochta boʻlimlari orqali amalga oshirilishiga ruxsat beriladi.

Doimiy

2-bosqich

Sanitar tozalash korxonalari (operator)

1. Hududlardan olib chiqilgan maishiy chiqindilarni chiqindi poligonlariga yoki chiqindilarni qayta yuklash stansiyalariga topshiradi.

2. Chiqindi poligonlariga yoki chiqindilarni qayta yuklash stansiyalariga topshirilgan maishiy chiqindilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali Agentlikka taqdim etadi.

Doimiy

3-bosqich

Chiqindi poligonlari yoki qayta yuklash stansiyalari

1. Sanitar tozalash korxonalari tomonidan olib kelingan maishiy chiqindilarni qabul qiladi, saralaydi va utilizatsiya qilinishini tashkil etadi.

2. Sanitar tozalash korxonalari tomonidan taqdim qilingan va utilizatsiya qilingan maishiy chiqindilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali Agentlikka taqdim etadi.

Doimiy

4-bosqich

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi

1. Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketganlik uchun aholi, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan toʻlangan majburiy toʻlovlarning Agentlikning maxsus hisobvaragʻida jamlanishini tashkil etadi.

2. Sanitar tozalash korxonalari, chiqindi poligonlari va qayta yuklash stansiyalari tomonidan Hisobga olishning yagona elektron tizimiga kiritilgan talabnomalarni oʻrganib chiqadi.

3. Hisobga olishning yagona elektron tizimi maʼlumotlari asosida poligonga yoki chiqindilarni qayta yuklash stansiyalariga topshirgani uchun sanitar tozalash korxonasiga (alohida tartib asosida) va chiqindilar utilizatsiya qilingani boʻyicha har bir tonna chiqindi uchun “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasiga tegishli mablagʻlarni oʻtkazib beradi.

Doimiy

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi PF-5580-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika hududlarida maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish, ularni qayta ishlash va utilizatsiya qilish xizmatlarini tashkil etish hamda ushbu xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslar

1. Maishiy chiqindilarni qayta ishlanadigan, qayta ishlanmaydigan va oziq-ovqat toifalariga ajratgan holda chiqindilarni yigʻish shoxobchasiga yoki chiqindilarni yigʻish konteyneriga olib chiqadi.

2. Maishiy chiqindilar uchun onlayn toʻlov platformalari orqali majburiy toʻlovlarni amalga oshiradi.

Doimiy

2-bosqich

Sanitar tozalash korxonalari

(operator)

1. Maishiy chiqindilarni hududlardan olib chiqadi hamda chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, termik usulda yoqish zavodiga yoki ekosanoat zonasiga topshiradi.

Doimiy

2. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari yoki ekosanoat zonasiga topshirilgan maishiy chiqindilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali Agentlikka taqdim etib boradi.

Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali doimiy

3-bosqich

Qayta yuklash stansiyalari

1. Olib kelingan maishiy chiqindilar qabul qilinadi, saralanadi.

Doimiy

2. Qabul qilingan maishiy chiqindilarni ekosanoat zonasi, chiqindilarni yoqish zavodi, chiqindilarni qayta ishlash zavodiga yetkazib beradi.

3. Qabul qilingan, saralangan va yetkazib berilgan maishiy chiqindilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali Agentlikka taqdim etadi.

Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali doimiy

4-bosqich

Ekosanoat zonasi

(chiqindilarni yoqish zavodi, chiqindilarni qayta ishlash zavodi)

1. Olib kelingan maishiy chiqindilar qabul qilinadi, saralanadi, qayta ishlanadi, yoqish orqali muqobil energiya ishlab chiqariladi.

Doimiy

2. Qabul qilingan, saralangan, qayta ishlangan va poligonlarga koʻmilgan maishiy chiqindilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali Agentlikka taqdim etadi.

Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali doimiy

5-bosqich

“Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi

1. Poligonga toʻgʻridan-toʻgʻri olib kelingan yoqilmagan, qayta ishlanmagan chiqindilar saralanadi hamda chiqindilarni yoqish va qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan kul utilizatsiya qilinadi.

Doimiy

Bunda toʻlovlar yoqish natijasida hosil boʻlgan kul uchun ularning turi va utilizatsiya toifasiga koʻra alohida belgilanadigan tariflar asosida Agentlik maxsus bank hisobvaragʻiga qabul qilinadi.

2. Poligonlarda qabul qilingan va utilizatsiya qilingan chiqindilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali Agentlikka taqdim etadi.

Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali doimiy

6-bosqich

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi

1. Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketganlik uchun aholi va yuridik shaxslar tomonidan toʻlangan majburiy toʻlovlarni hamda utilizatsiya qilingani uchun poligon toʻlovlarini Agentlikning maxsus hisobvaragʻida jamlanishini tashkil etadi.

Doimiy

2. Hududdagi maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish, saralash, qayta ishlash, yoqish, utilizatsiya qilish toʻgʻrisida Agentlikning Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali taqdim etilgan maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi.

3. Hududdan olib chiqilgan maishiy chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi, chiqindilarni yoqish yoki qayta ishlash zavodiga yoxud ekosanoat zonasiga topshirgani uchun — sanitar tozalash korxonasiga (toʻlov alohida tartib asosida), poligonlarga qabul qilingan chiqindilar uchun — “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasiga, chiqindilarni saralangani, qayta ishlangani, yoqilgani boʻyicha — chiqindilarni yoqish yoki qayta ishlash zavodiga yoxud ekosanoat zonasiga tegishli mablagʻlarni (Gate fee) oʻtkazib beradi.

Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali doimiy

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi PF-5580-son Farmoniga
3-ILOVA
(3-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “tarmoqlariga” soʻzi “vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlariga, suv quvurlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshidagi “uchun toʻlovlarning” soʻzlari “va suv uchun toʻlovlarning, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun aholidan kelib tushadigan majburiy toʻlovlarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi “energiya resurslari” soʻzlaridan keyin “va suv” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi “energiya resurslarini” soʻzlaridan keyin “va suvni” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“energiya resurslari va suvni ehtiyot qilish va ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha isteʼmolchilarning masʼuliyati va huquqiy madaniyatini oshirish choralarini koʻrish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“kompleks tahlil oʻtkazish, tizimli muammolarni aniqlash, energiya resurslari hamda suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati toʻlovlari hisob-kitob qilinishini, kattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun aholidan majburiy toʻlovlarning toʻlanishini taʼminlash, majburiy ijro tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi beshinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“respublika isteʼmolchilariga energiya resurslari sotishdan, shuningdek, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati koʻrsatishdan tushgan mablaglarning 10 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organlar tomonidan olib koʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulklarni sotishdan, shuningdek, karzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini (davlat bojidan tashqari) undirishdan tushgan mablagʻlarning 8 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Byuro organlari tomonidan olib qoʻyilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulklarni sotishdan tushgan mablagʻlarning 8 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijrochilari tomonidan undiriladigan ijro yigʻimi mablagʻlarining 80 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Byuro xodimlari tomonidan koʻllaniladigan va undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Byuro boʻlinmalari, shuningdek, prokuratura organlarining Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xarid qilingan asosiy vositalarini sotishdan olingan mablagʻlarning 50 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻninchi — oʻn uchinchi xatboshilar tegishlicha oʻn uchinchi — oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-son “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni 8-bandi birinchi xatboshidagi “suv chiqarish xizmati” soʻzlaridan keyin “koʻrsatilgan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 2-bandi birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlarining cheklangan soni 12 074 nafar, shu jumladan, markaziy apparatda 142 nafar etib belgilansin, shundan 1301 nafari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan, 10 773 nafari Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 1 — 3-ilovalar (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining tashkiliy-shtat tuzilmasi, Majburiy ijro byurosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi, Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimlarining namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi) quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 142 birlik, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan — 36 birlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining umumiy soni 49 — 72 birlik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari xodimlarining umumiy soni 810 birlik, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan — 270 birlik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy shtat birliklari soni — 15-198 birlik, shundan boshqaruv xodimlari — 6-68 birlik (shu jumladan davlat ijrochilari — 2-61 birlik), ishlab chiqarish xodimlari — 9-142 birlik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimlarining umumiy cheklangan soni 11 122 birlik, shundan boshqaruv xodimlari — 3 883 birlik (shu jumladan davlat ijrochilari — 2 729 birlik), ishlab chiqarish xodimlari — 7 239 birlik., shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan — 995 birlik”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 4-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi toʻgʻrisidagi nizom):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“9. Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining soʻzsiz ijrosini taʼminlash, ijro hujjatlari hamda undirilgan mablagʻlarning haqqoniy hisobini yuritish, ijro ishi yuritishda sansalorlik va suiisteʼmolchilik holatlarini oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlariga, suv quvurlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi va tabiiy gaz (keyingi oʻrinlarda energiya resurslari deb ataladi), suv uchun toʻlovlarning, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun aholidan kelib tushadigan majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini, isteʼmolchilarning qarzdorligi kamaytirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya resurslari va suv isteʼmolini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlari, shuningdek, muqobil energiya manbalarining joriy etilishi ustidan monitoring oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya resurslarini va suvni sotish va isteʼmoli hisobini yuritishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya resurslari va suvni ehtiyot qilish va ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha isteʼmolchilarning masʼuliyati va huquqiy madaniyatini oshirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompleks tahlil oʻtkazish, tizimli muammolarni aniqlash, energiya resurslari hamda suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati toʻlovlari hisob-kitob qilinishini, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun aholidan kelib tushadigan majburiy toʻlovlarning toʻlanishini taʼminlash, majburiy ijro tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish, surishtiruv va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v) energiya resurslari, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati toʻlovlari, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini, isteʼmolchilarning qarzdorligini kamaytirishni taʼminlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchilar, isteʼmol kilingan energiya resurslari, suv hajmlari, ular uchun amalga oshirilgan toʻlovlar, yuzaga kelgan qarzdorlik, shuningdek, qattik maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun aholi tomonidan amalga oshirilgan majburiy toʻlovlar hisobini shakllantirish va yuritishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchilar, elektr, gaz, suv taʼminoti va kanalizatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalari toʻgʻrisida, shuningdek, isteʼmol qilingan energiya resurslari va suv hajmlarini aniqlashda elektr, gaz taʼminoti, vodoprovod-kanalizatsiya xoʻjaligi hamda boshqa tashkilotlar bilan maʼlumotlar almashinuvini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya resurslari, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun toʻlovlarni, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun aholidan majburiy toʻlovlarni toʻliq va oʻz vaqtida undirilishini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchi — yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning qarzdorligi soʻzsiz undirilishini amalga oshiradi, elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminoti, vodoprovod-kanalizatsiya xoʻjaligi korxonalari manfaatida qarzdorlikni undirish boʻyicha talabnoma-daʼvo ishlarini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro hujjatlari asosida energiya resurslari, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun toʻlovlar, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni majburiy undirishni amalga oshiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“e” kichik bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“e) energiya resurslari va suvni ehtiyot qilish va ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha isteʼmolchilarning masʼuliyati va huquqiy madaniyatini oshirish choralarini koʻrish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya resurslari, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun toʻlovlarning, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari soʻzsiz va ixtiyoriy ijro etilishi yuzasidan isteʼmolchilarning madaniyatini yuksaltirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“j” kichik bandining birinchi — toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“j) kompleks tahlil oʻtkazish, tizimli muammolarni aniqlash, energiya resurslari hamda suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati toʻlovlari hisob-kitob qilinishini, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun aholidan kelib tushadigan majburiy toʻlovlarning toʻlanishini taʼminlash, majburiy ijro tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish, energiya resurslari, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun toʻlovlar hisob-kitob qilinishini, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun aholidan majburiy toʻlovlarni undirishni taʼminlash sohasida huquqni qoʻllash amaliyotini taxdil qiladi va umumlashtiradi, shuningdek, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Byuro faoliyatining natijalari, ijro ishi yuritish va energiya resurslari, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun toʻlovlarning, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun majburiy toʻlovlarning undirilishi haqida statistik maʼlumotlar bazasini shakllantiradi hamda ularning haqqoniyligini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya resurslaridan foydalanish, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati, qattiq maishiy chiqindilar sohasida shartnoma-toʻlov intizomini mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “energiya resurslari” soʻzlaridan keyin “suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati toʻlovlari, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun majburiy toʻlovlar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“energiya resurslari, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati isteʼmoli, toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliqligini nazorat qilish va monitoringini amalga oshirish, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun majburiy toʻlovlarni toʻlovchi jismoniy shaxslarning hamda ular tomonidan kiritilgan toʻlovlarning hisobi toʻgʻri olib borishini nazorat qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlar va fuqarolardan talab qilib olish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshidagi “energiya resurslari” soʻzlaridan keyin “suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati toʻlovlari, shuningdek qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorliklar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlar, shu jumladan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga energiya resurslarini va suvni yetkazib berish qamda isteʼmol qilish, qattiq maishiy chikindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmat koʻrsatish sohasidagi hukuqbuzarliklar sodir etilishiga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek, energiya resurslari, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati toʻlovlari hamda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblarni muntazam ravishda amalga oshirmayotgan isteʼmolchilarga nisbatan jamoat taʼsir choralarini koʻrish haqida takdimnomalar kiritish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn ikkinchi xatboshidagi “energiya resurslari” soʻzlari “energiya resurslari, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati toʻlovlari, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun majburiy toʻlovlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzbek tilidagi matni oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yetkazib berilgan energiya resurslari, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati toʻlovlari hamda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish uchun majburiy toʻlovlar uchun har oyda eng kam ish haqining ikki baravaridan koʻp boʻlmagan miqdordagi qarzdorlikni isteʼmolchilarning plastik kartalariga xizmat koʻrsatiladigan bank hisobraqamlaridan nizosiz tartibda hisobdan chiqarish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn uchinchi — oʻn oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn toʻrtinchi — oʻn yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 12-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“energiya resurslari, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati toʻlovlari, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini, isteʼmolchilarning qarzdorligi kamaytirilishini taʼminlash”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“21. Prokuratura organlari xodimlari oʻz maqomiga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy apparati boshqaruv xodimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Byuroning hududiy boshqarmalari boshqaruv xodimlari (moliya-xoʻjalik tuzilmalari bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, davlat ijrochilari, surishtiruvchilar, shuningdek, Byuro boʻlinmalarining tezkor shuʼbalari va qidiruv boʻyicha guruhlari (shuʼbalari) xodimlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu xodimlarga darajali unvonlar beriladi va ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq xizmatni oʻtaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Byuroning boshqa xodimlari faoliyatni mehnat shartnomalariga asosan, prokuratura organlariga qabul qilishda koʻyiladigan talablar hisobga olingan holda, amalga oshiradi. Byuroningtuman (shahar) boʻlimlari energiya resurslari, suv va maishiy chiqindilar boʻyicha qarzdorlikni undirish va nazorat qilish guruhlari (shuʼbalari)ning davlat inspektorlari, qoida tariqasida, olti oy muddatga tuziladigan mehnat shartnomalariga asosan ishga qabul qilinadi. Ushbu xodimlar bilan mehnat munosabatlarini davom ettirishning asosiy sharti — biriktirilgan hududda energiya resurslari, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun toʻlovlar, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilar toʻplash va olib chiqish uchun majburiy toʻlovlardan qarzdorlikning kamida 80 foizdan kam boʻlmagan miqdorda undirilishini taʼminlash hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning oltinchi xatboshida koʻrsatilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarga Bosh prokuror tomonidan oʻrnatilgan tartibda maxsus toifalar beriladi, shuningdek, ularga maxsus toifalar va uzoq yil xizmat qilganlik uchun ustama haqi toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
prokuratura organlaridan oʻtkazilgan xodimlarda prokuratura organlari xodimlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq, imtiyoz va boshqa afzalliklar saqlanib qolinadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi PQ-3060-son qarori bilan tasdiqlangan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Byuro organlari tomonidan olib qoʻyilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan tushgan mablagʻlarning 8 foizi;”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilari tegishlicha beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3149-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yetkazib berilgan energiya resurslari, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun toʻlovlar, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun majburiy toʻlovlar, shuningdek, ijro hujjatlari boʻyicha qarzi boʻlgan shaxslar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 18-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “beshinchi” soʻzi “oltinchi” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“37. Mol-mulk takroriy auksionga elektron onlayn-auksion yakunlangan kundan boshlab oʻn ikki ish kunidan kechiktirmasdan koʻyiladi. Takroriy auksion xabarnomada koʻrsatilgan kun va vaqtda boshlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“bironta auksion ishtirokchisi elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun qoʻyilmagan boʻlsa, shu jumladan, unda ishtirok etish uchun bironta buyurtmanoma tushmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksionda ishtirok etish uchun faqat bitta ishtirokchi qoʻyilgan va u ushbu Nizomning 481-bandida nazarda tutilgan tartibda auksion obyektini qoʻlga kiritishni rad etgan boʻlsa;”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi — beshinchi xatboshilari tegishlicha toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshida “toʻrtinchi va beshinchi” soʻzlari “beshinchi va oltinchi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshida “toʻrtinchi va beshinchi” soʻzlari “beshinchi va oltinchi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 6-bob quyidagi mazmundagi 481-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“481. Agar buyurtmanoma berish vaqti yakunlangan paytga kelib faqat bir ishtirokchi tomonidan buyurtmanoma berilgan boʻlsa, operator takroriy auksion oʻtkazilishi kunida ushbu ishtirokchiga auksion obyektining boshlangʻich narxdan bitta kadamga tushirilgan narxdagi qiymatini besh ish kuni ichida toʻlagan holda sotib olish haqidagi taklifni elektron xat bilan yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ishtirokchi mol-mulkning boshlangʻich narxdan bitta qadamga tushirilgan narxdagi qiymatini besh ish kuni davomida toʻliq toʻlasa, u auksion gʻolibi deb topiladi va unga mazkur Nizomning 50-51-bandlarida belgilangan tartibda auksion natijalari haqidagi bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar auksion ishtirokchisi taklif yuborilgan kundan boshlab besh ish kuni davomida mol-mulkni sotib olish istagi yoʻqligi haqida operatorni xabardor qilsa yoki ushbu muddat ichida mol-mulkning boshlangʻich narxdan bitta qadamga tushirilgan narxdagi qiymatini toʻliqtoʻlamasa, u auksion obyektini olishdan bosh tortgan deb hisoblanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 55-band “36” raqamidan keyin “481” raqami bilan toʻldirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 06/18/5580/2202-son; 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son; 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son; 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son; 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son; 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son; 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son)