T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Mas’ul ijrochilar |
I. Hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va turistik oqimni oshirish chora-tadbirlari |
1. | “Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi” formatida birinchi turizm forumini o‘tkazish. | 1. Turizm forumini o‘tkazish bilan bog‘liq takliflarni ishlab chiqish. | 2025-yil oktabr | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Tadbirning aniq muddatlarini kelishish borasida tashkiliy choralarni amalga oshirish. | 2025-yil noyabr |
3. Kelishuvga ko‘ra tadbirni o‘tkazish. | Kelishilgan muddatlarda |
2. | Maqsadli bozorlardan yetakchi turoperatorlarni jalb qilgan holda 2025-2026-yillarda “Destination forum” dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 1. Maqsadli bozorlarni aniqlash. 2. “Destination forum” dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Bir oy muddatda | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
3. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarining bosh rejalarini ishlab chiqish jarayonida “Entertainment district” — turizm xizmatlariga ixtisoslashgan hududlarni inobatga olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | “Entertainment district” — turizm xizmatlariga ixtisoslashgan hududlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | Uch oy muddatda | Ijrochilar mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
4. | Turizm salohiyati yuqori bo‘lgan 36 ta tuman(shahar) hududlarida manzarali daraxtlar va dorivor o‘simliklarni (sakura, atirgul, lavanda, barbaris, qizil do‘lana va boshqalar) tegishli o‘rganishlar asosida ekish ishlarini ta’minlash. | 1. 36 ta tuman(shahar)lar hududida kamida 3 — 10 ga yer maydonlarida dendroparklar tashkil etish mumkin bo‘lgan hududlarni belgilash. | Ikki oy muddatda | Ijrochilar mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Dendroparklarda sakura, atirgul, lavanda, barbaris, qizil do‘lana va boshqa daraxtlarni ilmiy o‘rganish asosida ekish. | 2025-2026-yillar davomida |
5. | 2025-yil iyun — dekabr oylarida ishchi-xodimlarni O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish bo‘yicha reja jadvallarini turizm mavsumini inobatga olgan holda ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlashga kiritish. | 1. 2025-yil iyun — dekabr oylarida ishchi-xodimlarni O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish bo‘yicha reja jadvallarini ishlab chiqish. 2. Sayohatga chiqish reja-grafiklarini ishlab chiqishda turizm mavsumini inobatga olish. | O‘n kun muddatda | Xodimlarning o‘z mablag‘lari, ish beruvchi mablag‘lari, tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari va jamoaviy shartnomalarga muvofiq boshqa mablag‘lar | Vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari |
3. Har oy yakuni bilan keyingi oyning 10-sanasiga qadar amalga oshirilgan sayohatlar bo‘yicha Turizm qo‘mitasiga ma’lumotlar taqdim etish. | Iyun oyidan boshlab har oyda |
6. | 2025-yil uchun “O‘zbekistonni tanitamiz” mediarejasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 1. Mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda keng jamoatchilik uchun notanish bo‘lgan yoki joriy yilda ishga tushirilayotgan keng qamrovli turizm lokatsiyalarini tanlab olish. 2. Tanlab olingan maskanlarni xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda 1 million nafardan kam bo‘lmagan obunachilarga ega bo‘lgan blogerlar ishtirokida keng targ‘ib etish maqsadida mediareja loyihasini ishlab chiqish. | Ikki oy muddatda | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
3. Media-reja loyihasiga ko‘ra, turistlar oqimini oshirish maqsadida targ‘ibot ishlarini qator ommaviy axborot vositalari hamda mashhur blogerlar bilan hamkorlikda amalga oshirish. | 2025-yil iyun oyidan boshlab doimiy |
7. | Tibbiy turizm klasteri maqomini berish to‘g‘risida qo‘shma qaror ishlab chiqish. | Tibbiy turizm klasteri maqomini olish uchun talabgorlarning arizalarini ko‘rib chiqish tartibini tasdiqlash. | 2025-yil dekabr | - | Turizm qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Transport vazirligi |
8. | Turizm sohasidagi mutaxassislarni xabardorligini oshirishga, ularning ko‘nikmalarini rivojlantirishga va turizm sohasida milliy biznes kontent yaratishga yordam beruvchi turizm-biznes portalini ishlab chiqish orqali sohani rivojlantirish. | 1. Biznes-portalning konsepsiyasini ishlab chiqish. 2. Loyihani amalga oshirishni moliyalashtirish. 3. Loyihani amalga oshirish. | 2025-2026-yillar | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi | Turizm qo‘mitasi |
9. | Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan “Strongmen” xalqaro bahodirlar o‘yini musobaqasini tashkil etish va o‘tkazish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025-yil iyun — avgust | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va mahalliy budjet mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan mablag‘lar | Turizm qo‘mitasi, Xorazm viloyati hokimligi, “Uzreport” axborot agentligi |
10. | Andijon viloyatidagi turizm obyektlariga olib boruvchi hududlarda turistik yo‘l ko‘rsatkich belgilarini o‘rnatish. | Turistik yo‘l ko‘rsatkich belgilari o‘rnatiladigan nuqtalarni aniqlash va o‘rnatish. | 2025-yil iyul | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Andijon viloyati hokimligi |
11. | Turizm qo‘mitasi balansida bo‘lgan davlat ko‘chmas mulki obyektlariga uning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlarni 2024-yil 1-yanvardan belgilangan tartibda tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish choralarini ko‘rish. | Turizm qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlarini uning so‘rovnomasiga asosan Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oybek ko‘chasi 18-uy manzilidagi mulkiga foydalanish huquqi asosida joylashtirish. | 2025-yil may | - | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Turizm qo‘mitasi |
12. | Hududlar salohiyatini ochib beruvchi festival va tadbirlarni rivojlantirish bo‘yicha tanlov tashkil qilish. Bunda: viloyat bosqichi g‘oliblari uchun 50 million so‘mdan; respublika bosqichi g‘oliblari uchun 100 million so‘mdan mukofot puli berish. Tanlov komissiyasi tomonidan turizm sohasi uchun istiqbolli deb topilgan takliflarni Madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimiga kiritish hamda yirik konsert-tomosha, festival va shou-tadbirlarni “Samarqand turizm markazi” va “Arda Xiva” kabi turizm majmualarida o‘tkazish. | 1. Hududlar salohiyatini ochib beruvchi festival va tadbirlarni rivojlantirish bo‘yicha tanlovni o‘tkazish tartibini ishlab chiqish. | Uch oy muddatda | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lar | Turizm qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Tanlovni tashkil etish hamda turizm sohasi uchun istiqbolli deb topilgan loyihalarni Madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimiga kiritish. | 2025-yil sentabr |
3. Yirik konsert-tomosha, festival va shou-tadbirlarni “Samarqand turizm markazi” va “Arda Xiva” kabi turizm majmualarida o‘tkazish. | 2025-yil may oyidan boshlab doimiy |
13. | Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Aral Sea Eco Marathon” marafoni va Borsakelmas hududida “Yonar-Burning man” festivalini tashkil qilish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025-yil avgust — noyabr | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
14. | Birinchi “Qoraqalpog‘iston — destinatsiya forum”ini o‘tkazish. | 1. Xalqaro yetakchi turoperatorlar va turizm biznes vakillari ro‘yxatini shakllantirish. 2. Tashkiliy masalalarni va muddatlarni kelishish. 3. Forum dasturi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil aprel | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
15. | Amudaryo tumani “Chilpiq” qal’asi hududida “Chilpiq milliy etnomadaniy turistik park”, Amudaryo tumani “Qipchoq” MFY hududida “Qipchoq baliqchilar ovuli”, Nukus shahrida “Ashshiko‘l” hududida “Ashshikul Sands”, Xo‘jayli tumanida Mizdakxon arxeologik yodgorligini yangi turistik chorlovchi brend sifatida turizmni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish. | 1. Turistik majmualarning yer maydonlarini topos’yomka, geologiya, gidrogeologiya izlanishlari hamda hududlarning xavfli kuzatuvlar xulosalarini olish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish. | 2025-yil iyul | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Turizm qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Kadastr agentligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi |
2. Master rejalarni ishlab chiqish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasini buyurtmachi etib belgilash. | 2025-yil sentabr |
3. Madaniy meros agentligi bilan kelishgan holda tajribali xususiy tashkilotni jalb qilgan holda loyiha oldi izlanishlar va turistik majmualarni rivojlantirish bo‘yicha master-rejalarini ishlab chiqish. | 2026-yil fevral |
4. Master rejalar asosida turistik majmualar va unga tutash hududda turizm, savdo va ko‘ngilochar xizmatlarini tashkil etish uchun yer uchastkalarini auksionga chiqarish choralarini ko‘rish (bundan madaniy meros obyektlari hamda tarixiy-madaniy ahamiyatga ega hududlar mustasno). | 2026-yil davomida |
16. | Bog‘ot tumanidagi “Qalajiqqal’a” ekoturizm majmuasini yo‘l infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash. | 1. Moliyalashtirish ochish. | 2025-yil sentabr | Tashabbuskorlar mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm qo‘mitasi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. | 2025-yil dekabr |
3. “Qalajiqqal’a” ekoturizm maskani bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot (videorolik, tarqatma material, infotur va b.) ishlarini olib borish. | 2025-2026-yillar davomida |
17. | Sirdaryo tumani “Sholikor” MFY hududidan o‘tuvchi Sirdaryo daryosi bo‘ylarida 38 ga yer maydonida turizm kompleksini tashkil etish orqali 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari hamda 50 dan ortiq xizmat ko‘rsatish va ko‘ngilochar obyektlarni tashkil etish. | 1. “Sholikor” MFY hududidan o‘tuvchi 1 km uzunlikdagi 38 gektar yer maydonida ekoturizmni rivojlantirish konsepsiya loyihasini ishlab chiqish. Bunda: kempinglar, bolalar o‘yingohi, savdo va umumiy ovqatlanish zonalari, yopiq turdagi akvapark va boshqa ko‘ngilochar xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish; sog‘lomlashtirish yo‘laklari, tejamkor texnologiyalar asosida yoritish chiroqlari va WI-FI zonalar tashkil etilishini ta’minlash; turizm kompleksiga olib boruvchi kilometr uzunlikdagi avtomobil yo‘lini qayta rekonstruksiya qilish. | 2025-yil iyul | Tashabbuskorlar mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar | Sirdaryo viloyati hokimligi, Turizm qo‘mitasi, Kadastr agentligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va loyihalarni ishga tushirish. | 2025-2026-yillar |
18. | Respublikaning turizm salohiyati yuqori hududlarda zamonaviy dor yo‘llari qurilishini ko‘paytirish bo‘yicha taklif ishlab chiqish. Bunda: dor yo‘llarini barpo qilish uchun tijorat banklari, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning mablag‘larini jalb qilish; dor yo‘llarini master reja asosida qurish uchun maxsus “Loyiha ofisi” faoliyatini tashkil qilish. | 1. Zamonaviy dor yo‘llari barpo qilish imkoniyati yuqori bo‘lgan hududlarni aniqlash. 2. Tijorat banklari, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish. 3. Respublika dor yo‘llari qurish bo‘yicha “Loyiha ofisi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini o‘rganish. 4. O‘rganish, muzokara va tahlillar asosida taklif ishlab chiqish. | 2025-yil dekabr | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
19. | Islom hamkorlik tashkiloti turizm vazirlari konferensiyasiga raislik doirasida “IHT turizm forumi”ni tashkil qilish. | 1. Forumni o‘tkazish bilan bog‘liq takliflarni ishlab chiqish. | 2025-yil oktabr | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Tadbir aniq muddatlarini kelishish borasida tashkiliy choralarni ko‘rish. | 2025-yil noyabr |
3. Kelishuvga ko‘ra tadbirni o‘tkazish. | Kelishilgan muddatlarda |
20. | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga turistik yig‘im to‘lovini muddatida to‘lamaganlik hamda xorijiy va mahalliy fuqarolarni ro‘yxatga olmasdan joylashtirish xizmatini ko‘rsatganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirish. | Qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan taklif ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil sentabr | - | Turizm qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi |
21. | Aholi va sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega turizm maskanlarini tashkil etishga qaratilgan master rejalar ishlab chiqiladigan 20 ta tuman (shahar)da amalga oshirilgan ijobiy tajribadan kelib chiqqan holda belgilangan tartibda qolgan 16 tuman (shahar)larning turizm salohiyati yuqori hududlarining master rejalarini ishlab chiqish grafigini tasdiqlash. | 1. Aholi va sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega turizm maskanlarini tashkil etishga qaratilgan 20 ta tuman (shahar)larning master rejalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PQ-245-son qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan ro‘yxatga asosan ishlab chiqish. | 2025-yil dekabr | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan mablag‘lar | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Turizm qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
2. 20 ta tuman (shahar)larning ijobiy tajribasi asosida master rejalar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan 16 ta tuman (shahar)lardagi tegishli hududlarni o‘rganishlar asosida master rejalar ishlab chiqish reja-grafigini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda, turizm salohiyati yuqori bo‘lgan 16 ta tuman (shahar)lar master rejalarini Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirish. Master rejalarni ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi etib Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Urbanizatsiya markazi” DMni belgilash. | 2025-yil avgust | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan mablag‘lar | Turizm qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
22. | Nurota tumanining Sentob va Chuya, Xatirchi tumanining Langar va Angidon qishloqlarini turizm qishloqlari sifatida rivojlantirish. Langar va Angidon qishloqlaridan tanlangan 200 gektar hududning master rejasini ishlab chiqish. | 1. Qishloqlarda 50 ta yangi oilaviy mehmon uylari tashkil etish, 500 ming nafar mahalliy, 80 ming nafar xorijiy sayyohlarni jalb qilish. 2. Master rejalarni ishlab chiqish. 3. Langar va Angidon qishloqlarida loyihalarni amalga oshirish. | 2025-yil mobaynida | Hisob-kitoblar asosida ijrochilar va tashabbuskorlar mablag‘lari | Navoiy viloyati hokimligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Turizm qo‘mitasi |
23. | Mahalliy va xorijiy investorlarning takliflari asosida To‘dako‘l suv havzasining investitsiyaviy va turistik salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda kiritish. | Mahalliy va xorijiy investorlarning takliflari asosida To‘dako‘l suv havzasining investitsiyaviy va turistik salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha belgilangan modellardan birini tanlash va 2025-2026-yillarda amalga oshirish yuzasidan qaror loyihasini kiritish. | 2025-yil avgust | Hisob-kitoblarga asosan ijrochilar va tashabbuskorlar mablag‘lari | Navoiy viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Turizm qo‘mitasi |
24. | Arnasoy tumanidagi Aydar-Arnasoy ko‘llar hududida turizmni rivojlantirish. | 1. Jizzax viloyati hokimligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 100 gektar yer maydonini tanlab olib, dastlab master rejasi ishlab chiqilgan 20 gektar yer maydonida turizmni rivojlantirish. | 2025-yil sentabr | Hisob-kitoblarga asosan ijrochilar va tashabbuskorlar mablag‘lari | Jizzax viloyati hokimligi, Toshkent shahri hokimligi, Turizm qo‘mitasi |
2. Mazkur yer maydonlarida Direksiya tashkil qilish, Direksiya tomonidan turizm komplekslarini tashkil etish uchun yer maydonlarni auksionga chiqarish hamda tadbirkorlarga ajratishni nazarda tutuvchi qaror loyihasi ishlab chiqish. | 2025-yil noyabr |
25. | Mirishkor tumanida safari turizmi va cho‘l turizmi ilg‘or rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi asosida “Mirishkor tourism” maskani master rejasini ishlab chiqib, amalga oshirish. | 1. Yer maydonlarni xatlovdan o‘tkazish. 2. “Mirishkor tourism” maskanini tashkil etish uchun yer maydonlarni auksionga chiqarish hamda tadbirkorlarga ajratish. | 2025-2026-yillar davomida | Hisob-kitoblarga asosan ijrochilar va tashabbuskorlar mablag‘lari | Qashqadaryo viloyati hokimligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Turizm qo‘mitasi |
26. | Aydarko‘l suv havzasi atrofidagi 150 gektar hududda salohiyatli loyiha kompaniyalarini jalb qilgan holda master reja ishlab chiqish. Bunda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Urbanizatsiya markazi” DMni buyurtmachi etib belgilash. | 1. Aydarko‘l suv havzasi atrofidagi 150 gektar yer maydonining yer toifasini o‘zgartirish bo‘yicha Hukumat komissiyasiga taklif kiritish. | 2025-yil iyul | Hisob-kitoblarga asosan ijrochilar va tashabbuskorlar mablag‘lari | Navoiy viloyati hokimligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Turizm qo‘mitasi |
2. Hukumat komissiyasida kiritilgan taklifni ko‘rib chiqib, yer toifasini o‘zgartirish bo‘yicha xulosa berish. | Belgilangan muddatlarda |
3. Salohiyatli loyiha kompaniyalarini jalb qilgan holda 150 gektar yer maydonining master rejasini ishlab chiqish. | 2025-2026-yillar |
27. | Zarafshon shahridagi Marvarid ko‘li atrofida master reja asosida dor yo‘li, suzish havzasi, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etish choralarini ko‘rish. | 1. Turistik xizmatlarni kengaytirish maqsadida ishlab chiqilgan master rejaga asosan tashabbuskorlarni aniqlash. | 2025-yil iyul | Ijrochilar va tashabbuskorlar mablag‘lari | Navoiy viloyati hokimligi |
2. Tadbirkorlarga obyektlarni tayyor hamda lotlarga bo‘lgan holda ijaraga berish va 1 ming nafar aholi bandligini ta’minlash. | 2025-yil avgust |
3. Mazkur hudud uchun drayver loyiha sifatida zarur infratuzilma obyektlarini barpo etish choralarini ko‘rish. | 2025-yil oktabr |
28. | Boysun tumanidagi Darband mahallasidan Xo‘jamayxona hududida turizm infratuzilmasini yaxshilash. | 1. Xo‘jamayxona hududini turizm qishlog‘iga aylantirish bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqish. | 2025-yil iyul | Ijrochilar va tashabbuskorlar mablag‘lari | Surxondaryo viloyati hokimligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Turizm qo‘mitasi |
2. Xo‘jamayxona hududini turizm qishlog‘iga aylantirish uchun master reja ishlab chiqish. Bunda master rejalarni ishlab chiqish bo‘yicha Qurilish va uy joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi “Urbanizatsiya markazi” DMni buyurtmachi etib belgilash. | 2025-yil dekabr |
3. Ishlab chiqilgan master rejaga asosan turizm loyihalarini amalga oshirish. | 2026-yil davomida |
29. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida 4 ta turizm klasterlarini, Farg‘ona viloyatida 1 ta turistik-rekreatsion zonani va Bo‘stonliq hamda Shahrisabz tumanlarida 2 ta dor yo‘lini foydalanishga topshirish. | 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida turizm klasterlari faoliyatini olib boruvchi tadbirkorlar ro‘yxatini shakllantirish. | 2025-yil may | - | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari hokimliklari, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Turizm qo‘mitasi |
2. Farg‘ona viloyatida turistik-rekreatsion zonani tashkil etish. | 2025-yil davomida |
3. Bo‘stonliq va Shahrisabzda tumanlarida dor yo‘llarini foydalanishga topshirish. | Tarmoq jadvali asosida |
30. | Quruqlikdagi Davlat chegara postlaridan o‘tayotgan turistlar uchun alohida O‘zbekiston turizm salohiyatini namoyish etuvchi “Turizm burchagi”ni tashkil etish. | 1. Turistlar uchun “Turizm burchagi” tashkil etish zarur bo‘lgan chegara bojxona postlari ro‘yxatini shakllantirish. | 2025-yil iyun | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi | Turizm qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. “Turizm burchagi” konsepsiyasini ishlab chiqish. | 2025-yil iyul |
3. “Turizm burchagi” tashkil etish uchun joy ajratish. Bunda chegara bojxona postlarida davlat nazorat organlaridan mavjud shtat birliklari doirasida mas’ul shaxs biriktirish. | 2025-yil avgust |
4.Chegara bojxona postlarida “Turizm burchagi”ni tashkil etish. | 2025-yil noyabr-dekabr |
31. | Xorijiy sayyohlar oqimini oshirish maqsadida aviaqatnovlarni rivojlantirish. | 1. Mo‘g‘uliston Respublikasi aviakompaniyasi tomonidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish. | Kelishuvga asosan | - | Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizm qo‘mitasi |
2. Malayziyaning Kuala-Lumpur va Indoneziyaning Jakarta shaharlaridan Samarqand, Buxoro orqali Jidda shahriga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taqdimot o‘tkazish. | 2025-yil iyun |
3. Xitoy Xalq Respublikasining Sinszyan-Uyg‘ur avtonom hududidan Samarqand, Buxoro, Urganch, Farg‘onaga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganish. | 2025-yil iyun |
32. | Samarqand viloyati Darg‘om kanali bo‘yida turistik salohiyati yuqori hududlar master rejalarini ishlab chiqish. | 1. Darg‘om kanali bo‘yida turistik salohiyati yuqori hududlarni o‘rganish. | 2025-yil iyun | Ijrochilar mablag‘lari | Samarqand viloyati hokimligi, Turizm qo‘mitasi |
2. O‘rganish asosida hududlar chegaralarini belgilash. | 2025-yil iyul |
3. Kanal bo‘yi hududlari master rejalarini ishlab chiqish. | 2025-yil dekabr |
33. | Parkent tumanidagi Kumushkon, Hisorak, So‘qoq, Boshqizilsoy, Changi, Zarkent, Boyqozon mahallalarida “Parkent grin” turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025-yil avgust | - | Toshkent viloyati hokimligi, Turizm qo‘mitasi |
34. | “Qoraqalpog‘iston — g‘arbiy turizm darvozasi” targ‘ibot kompaniyasini tashkillashtirish. | 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasining tarixi, madaniyati, urf-odatlari va turistik salohiyati asosida targ‘ibot dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil iyun | - | Turizm qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
2. Dasturda belgilangan chora-tadbirlarga muvofiq, mahalliy va xorijiy turizm bozorlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining turizm salohiyatini targ‘ib qilish. | Dasturda belgilangan muddatlarda |
35. | “Turkmaniston — Xorazm — Qoraqalpog‘iston — Qozog‘iston” yo‘nalishida turistik yo‘lak — halqa tashkil etish. | 1. Turkmaniston Qozog‘iston, Qoraqalpog‘iston Respublikalari va Xorazm viloyatidagi salohiyatli obyektlarni o‘rganish. | 2025-yil iyun | - | Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi |
2. O‘rganish natijalariga ko‘ra, 4 ta hududni birlashtirgan turistik yo‘lak — halqa tashkil etish. | 2025-yil iyul |
3. Sayyohlarni jalb qilish maqsadida turistik yo‘lak — halqa to‘g‘risidagi ma’lumotlarni turistik kampaniya va OAVda keng yoritish. | 2025-yil avgust — noyabr |
36. | Nukus shahrida “Karakalpakstan Palace Hotel” MCHJ bilan kelishilgan holda mehmonxona boshqaruviga xorijiy taniqli va nufuzli mehmonxona brendini jalb qilish. Bunda dastlabki 3 yil davomida “Karakalpakstan Palace Hotel” MCHJning franshiza bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish. | 1. Salohiyatli xorijiy brendlarni jalb qilish yuzasidan tegishli muzokaralar o‘tkazish. | 2025-yil iyun | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
2. Xorijiy brend asosida mehmonxona xizmatini tashkil etish. | 2025-yil mobaynida |
3. Belgilangan tartibda franshiza bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish choralarini ko‘rish. | 2025 — 2027-yillar |
37. | “Stixiya” xalqaro elektron musiqa festivalini tashkil etish. | 1. Xalqaro musiqa festivali tashkil etish va o‘tkazishga doir tegishli hujjatni ishlab chiqish. 2. Ishtirokchilar ro‘yxatini shakllantirish va qiziqish bildirgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar ishtirokini ta’minlash. 3. Xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda tadbirlarni tashkil etish. | 2025-yil may-iyun | Ijrochilar va tashabbuskorlar mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Turizm qo‘mitasi |
38. | Qoraqalpog‘iston Respublikasida etno-gastrofestival tashkil qilish. | Amaliy-chora tadbirlar. | 2025-yil sentabr | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, mahalliy budjet, tashabbuskor mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
39. | Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Extreme E” xalqaro tadbirini o‘tkazish yuzasidan taklif kiritish. | Xalqaro tajribani o‘rganish va Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Extreme E” xalqaro tadbirini tashkil qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2025-yil avgust | - | Turizm qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
40. | Turistlarga kunning kunduzgi va tungi vaqtlarida qulay ekskursiya tashkil qilish uchun turizm salohiyati yuqori bo‘lgan hududlar va yirik turizm namoyishi obyektlarida: daraxtlar va o‘simliklarni ekish orqali “soyali sayr ko‘chalari” barpo qilish; yirik turizm namoyishi obyektlarida ushbu obyektlarga zarar yetkazmasdan tungi (badiiy) yoritish tizimlarini o‘rnatish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025 — 2027-yillarda | Xalqaro va xorijiy moliya institutlarining mablag‘lari | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi |
41. | Madaniy meros obyektini tadbirkorlik subyektlariga berish. | 1. Sayyohlar oqimi yuqori bo‘lgan madaniy meros obyektlarida xatlov o‘tkazish va ijaraga berilishi mumkin bo‘lgan obyektlar ro‘yxatini shakllantirish; | 2025-yil iyun | - | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Madaniy meros agentligi, Bosh prokuratura, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Ro‘yxat asosida obyektlarni tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | 2025-yil davomida |
42. | Xorazm milliy tabiat bog‘i hududini Xorazm davlat o‘rmon-ovchilik xo‘jaligiga qarashli 4 999,031 gektar yer maydoni, o‘rmon xo‘jaligi yer maydonlari va zaxira yer maydoni hisobidan kengaytirish. | 1. Xorazm milliy tabiat bog‘i hududini kengaytirish bo‘yicha tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish. 2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish. 3. Qaror loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 4. Xorazm milliy tabiat bog‘ining Yangibozor tumanidagi hududida ekoturizmni rivojlantirish choralarini ko‘rish. | 2025-yil iyun | - | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Kadastr agentligi |
43. | Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida joylashgan Farg‘ona davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida yer fondi toifasini o‘zgartirmagan holda 20 gektar yer maydonida ekoturizm maskani va ovchilik xo‘jaligini tashkil etish uchun investor jalb etish. | 1. Loyihani amalga oshirish uchun Farg‘ona davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidan 20 gektar yer uchastkasini o‘rnatilgan tartibda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda auksion savdolariga chiqarish. 2. Auksion yakunlari bo‘yicha investor bilan o‘rnatilgan tartibda ijara shartnomasini imzolash. 3. Ovchilik xo‘jaligi (ovchilik bazasi va pitomnik)ga tutash 10 ming gektargacha ov qilish joylarini biriktirib berish bo‘yicha shartnoma imzolash. 4. Loyiha amalga oshirilishini monitoringini olib borish. | 2025-2026-yillar davomida | Tashabbuskor mablag‘lari hisobidan | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Fanlar akademiyasi |
44. | “Milliy turizm yagona platformasi” orqali joylashtirish vositalari va dam olish maskanlarini onlayn band qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz MyID tizimi orqali identifikatsiyadan o‘tishga ruxsat berish. | 1. Platformani MyID tizimiga integratsiya qilish. 2. Zaruriyatga ko‘ra MyID tizimini takomillashtirish. | 2025-yil iyun | Ijrochilar mablag‘lari | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Turizm qo‘mitasi |
3. Platformaga ulangan joylashtirish vositalarining shaxsiy kabinetida mehmonni QR-kod yoki yuz orqali identifikatsiya qilish imkoniyatini yaratish. | 2025-yil avgust | Ijrochilar mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
45. | Sayyohlar tashrif buyuradigan madaniy meros obyektlari, muzeylar va tarixiy obidalarga kirish imkonini beradigan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” kartasini joriy etish. | 1. Sayyohlar tashrif buyuradigan madaniy meros obyektlari, muzeylar va tarixiy obidalar ro‘yxatini shakllantirish. | 2025-yil iyun | Ijrochilar mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Madaniy meros agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. Kartaning dizayn loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil iyul |
3. Kartani madaniy meros obyektlari, muzeylar va tarixiy obidalarga kirish tizimiga ulash. | 2025-yil avgust |
46. | Turizm sohasiga oid barcha elektron tizim va platformalarni “Milliy turizm yagona platformasi” doirasida ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar. | Doimiy | Ijrochilar mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi |
47. | Yirik turistik markazlar hududlarida mobil aloqa sifatini xatlovdan o‘tkazish, xatlov natijalariga asosan mobil aloqa sifati past bo‘lgan hududlarda qo‘shimcha mobil aloqa antennalarini o‘rnatish choralarini ko‘rish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025-yil davomida | Ijrochilar mablag‘lari | Raqamli texnologiyalari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
48. | Respublikadagi moddiy madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish uchun grantlarni jalb qilish choralarini ko‘rish. | Amaliy chora tadbirlar. | 2026-yil davomida | - | Tashqi ishlar vazirligi, Madaniy meros agentligi |
49. | Respublikada sayyohlik yo‘nalishlarida qatnovchi yo‘lovchi poyezdlari tarkibidagi vagonlarining sovitish va isitish tizimlarini ta’mirlash. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025 — 2027-yillar | Ijrochilar mablag‘lari | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ |
50. | “Surxon vohasi — turizm uchburchagi” turistik loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatining salohiyatli hududlari, jumladan, Termiz, Sariosiyo, Denov, Boysun, Sherobod tumanlaridagi turizm turlari bo‘yicha targ‘ibot ma’lumotlarni tayyorlash. | 1. Surxondaryo viloyatining turizm salohiyati bo‘yicha xorijiy va davlat tilida targ‘ibot materiallarini tayyorlash. | 2025-yil iyun | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi | Turizm qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi |
2. Materiallarni ijtimoiy tarmoq, OAV va turistik platformalarda joylashtirish. | 2025-yil iyul — noyabr |
51. | “Surxon vohasi — turizm uchburchagi” turistik xaritasini ishlab chiqish. | 1. Viloyatning turistlar tashrif buyuradigan maskanlar (obyektlar) ro‘yxatini shakllantirish. | 2025-yil iyun | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi | Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizm qo‘mitasi |
2. Tashrif maskanlarini viloyatning turistik xaritasida aks ettirish. | 2025-yil iyul |
3. Turistik xaritani sayyohlar foydalanishi uchun turistik portal hamda viloyatdagi turizm axborot markazlariga joylashtirish. | 2025-yil avgust — dekabr |
52. | Boysun tumaniga tashrif buyuruvchilar uchun turizm infratuzilmasini yaxshilash. | 1. Turizm va xizmat ko‘rsatishga salohiyatli hududni belgilash. 2. Belgilangan hududda jozibador arka, sanitariya-gigiyenik shoxobcha, kichik turizm axborot markazi, turizm yo‘l ko‘rsatkich belgilarini tashkil etish. 3. Zaruriy infratuzilma tashkil etilgan hududga sayyohlarni jalb qilish. | 2025-yil davomida | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi | Turizm qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi |
53. | Xorijiy va mahalliy OAV vakillarining Surxondaryo turizm obyektlari bo‘ylab infoturini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025-yil davomida | Ijrochilar mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi |
54. | Sanatoriy-kurort zonalari xodimlarini sayyohlarga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida malakasini oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2026-yildan har yili bir marotaba | Ijrochilar mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi |
55. | Sanatoriy-kurort zonalarining xizmatlarini targ‘ib qilish, mahalliy hamda xorijiy turizm ko‘rgazmalarida ishtirok etish choralarini ko‘rish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2026-yildan boshlab | Ijrochi va tashabbuskor mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi |
56. | Turizm salohiyati yuqori bo‘lgan tuman va shaharlarda zamonaviy mehmonxonalar (joylashtirish vositalari) va maydoni 5 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan savdo-ko‘ngilochar majmualardan iborat bo‘lgan turizm markazlari, “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi, “Chimyon” xalqaro umummavsumiy kurorti va “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurort zonasi hududida boj olinmaydigan (“duty free”) va yirik xalqaro brendlarning savdo do‘konlaridan iborat bo‘lgan yirik savdo komplekslarini (“Luxury tourism village”) barpo qilish choralarini ko‘rish. | 1. Turizm salohiyati yuqori bo‘lgan tuman va shaharlarda zamonaviy mehmonxonalar (joylashtirish vositalari) va maydoni 5 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan savdo-ko‘ngilochar majmualaridan iborat bo‘lgan turizm markazlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | 2025-yil iyun | Tashabbuskorlar mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Ishlab chiqilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish. | 2025-yil iyul |
3. Loyihalarni amalga oshirish choralarini ko‘rish. | 2025-2026-yillar davomida |
57. | Oliy ta’lim muassasalarining xizmat ko‘rsatish ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qiyotgan, xorijiy tillarni o‘zlashtirgan 500 nafar iqtidorli talabalarining yozgi amaliyotlarini sohada yetakchi bo‘lgan xorijiy davlatlarda o‘tashini tashkil etish choralarini ko‘rish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025-yil davomida | Xorijiy tashkilotlarning grant mablag‘lari, Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari va homiylik mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizm qo‘mitasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
58. | Mamlakatimizdagi taniqli ansambllarning xorijiy davlatlarga gastrollarini tashkil etish. | Chora tadbirlar rejasi. | 2025-yil davomida | Ijrochilar mablag‘lari | Madaniyat vazirligi |
59. | Taniqli va mashhur xorijiy san’atkorlarni jalb qilgan holda yurtimizda yirik konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025-2026-yillar | Tashabbuskorlar mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar | Turizm qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
60. | Mashhur xalqaro va taniqli mahalliy shou tomosha dasturlar franshizalari asosida o‘tkazilayotgan tadbirlar, jumladan, “The X-factor”, “Ovoz” va “O‘zbekiston Got Talent” kabi amaliyotni davom ettirish. Bunda tadbirlarning saralash va yakuniy bosqichiga oid ko‘rsatuvlarni hududlarning yirik turizm obyektlarida tasvirga olish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025-2026-yillar | Tashabbuskorlar va homiylik mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi |
61. | Aholini O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishini rag‘batlantirish uchun ichki turizm kreditlarini joriy qilish. | 1. Aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida ichki sayohatlar uchun 10 daqiqada rasmiylashtiriladigan imtiyozli davr bilan kredit tizimini joriy qilish. | 2025-yil iyun | - | Markaziy bank |
2. Joriy qilingan kredit turini jamoatchilikka keng targ‘ib qilish. | Doimiy ravishda |
II. Soha faoliyatini takomillashtirish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish |
62. | Ekstremal turizm yo‘nalishini rivojlantirish. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil iyun | - | Turizm qo‘mitasi, Transport vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi |
2. Loyihani vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2025-yil iyul |
3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil avgust |
63. | Respublika, viloyat, tuman va shahar darajasidagi ta’lim va sport yo‘nalishlarida o‘tkaziladigan musobaqa g‘oliblariga “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini sovg‘a qilish tartibini belgilash. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil iyun | - | Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi |
2. Loyihani vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2025-yil iyul |
3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil avgust |
64. | Moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlarini olgan holda ijaraga berish tartibini yangi tahrirda tasdiqlash. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil may | - | Madaniy meros agentligi, Turizm qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Loyihani vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2025-yil iyun |
3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil iyul |
65. | Mehmonxona, umumiy ovqatlanish korxonalari va restoranlarning o‘z faoliyatini targ‘ib qilishga qaratilgan audiovizual mahsulotlar (videofilm, videorolik, klip va anime roliklar) yaratish va targ‘ib qilish xarajatlari hamda mahalliy tadbirkorlar tomonidan xorijiy mamlakatlarda o‘zbek milliy taomlariga ixtisoslashtirilgan umumiy ovqatlanish korxonalari va restoranlari tashkil etilganda subsidiyalash tartibini ishlab chiqish. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil iyun | - | Turizm qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Loyihani vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2025-yil iyul |
3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil avgust |
66. | Joylashtirish vositalari, yirik savdo komplekslari va umumiy ovqatlanish shoxobchalari tomonidan o‘zining hududida zamonaviy suzish havzalarini (basseyn) tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash tartibini ishlab chiqish. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil iyun | - | Turizm qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Loyihani vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2025-yil iyul |
3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil avgust |
67. | 2025-yildan boshlab har yili noyabr oyining uchinchi haftasida Xalqaro turizm haftaligini tashkil etish va o‘tkazish tartibini ishlab chiqish. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil iyul | - | Turizm qo‘mitasi, Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. Loyihani vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2025-yil avgust |
3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil sentabr |
III. Xorij davlatlaridan yanada ko‘proq sayyohlarni jalb qilish chora-tadbirlari |
68. | 2025-yil iyun oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston ipak matolari” xalqaro moda haftaligini (“UZBEK SILK INTERNATIONAL FASHION WEEK”) tashkil etishni 2027-yilga ko‘chirish. Bunda ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘larni “Xalqaro turizm haftaligi”ni o‘tkazish uchun yo‘naltirish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2027-yil noyabr | Respublika budjeti mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
69. | Hindiston, Pokiston, Misr va Eron sayyohlariga viza berishni yengillashtirish bo‘yicha taqdimot qilish. | Taqdimot loyihasi. | 2025-yil iyun | - | Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati |
70. | Buyuk ipak yo‘lining “Zarafshon — Qoraqum yo‘lagi” bo‘yicha yangi turizm marshrutini ishlab chiqish, targ‘ibot ishlarini amalga oshirish. | 1. “Zarafshon — Qoraqum yo‘lagi” bo‘yicha yangi turizm marshrutini ishlab chiqish. | 2025-yil iyul | - | Turizm qo‘mitasi, Madaniy meros agentligi, Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlari hokimliklari |
2. Turizm marshruti va undagi obyektlarning targ‘ibot ishlarini amalga oshirish. | 2025-yil avgust — sentabr |
71. | O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchilari tomonidan turist va investorlarni olib kelish bo‘yicha har bir davlat kesimida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish. | Chora-tadbirlar rejasi. | 2025-yil iyun | - | Tashqi ishlar vazirligi, Turizm qo‘mitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
72. | Maqsadli bozorlardan, jumladan, Hindiston, Pokiston, Malayziya, Indoneziya, Birlashgan Arab Amirliklari va Qozog‘istondan sayyohlar oqimini oshirish maqsadida O‘zbekistonning ushbu davlatlardagi elchixonalariga bir milliard so‘mdan mablag‘ ajratish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025-yil iyun-iyul | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
73. | 2025 yilda xorijiy nufuzli xalqaro turizm ko‘rgazmalarida O‘zbekiston milliy stendi bilan ishtirok etish. | 1. O‘zbekiston milliy stendida ishtirok etish uchun turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini jalb etish. 2. Ko‘rgazma va yarmarkalarda yuqori saviyada ishtirok etish. | 2025-yil davomida | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va mahalliy budjet mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
74. | Xorijiy davlatlarda taqdimot (“roadshow”) va turistik forumlar tashkil etish. | Amaliy chora tadbirlar. | 2025-yil davomida | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va mahalliy budjet mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
75. | O‘zbekistonning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan turistik taqdimot tadbirlarini tashkil etish. | Amaliy chora tadbirlar. | 2025-yil davomida | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
76. | Turizm yo‘nalishini yoritish maqsadida xorijiy OAV vakillari uchun O‘zbekistonga press-turlar tashkil etish. | 1. Xorijiy OAV vakillari uchun press-tur dasturini ishlab chiqish. 2. O‘zbekiston bo‘ylab xorijiy OAV vakillari uchun press-turlar tashkil etish. | 2025-yil davomida | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
77. | Yirik xalqaro turistik mediaplatformalar bilan hamkorlikni davom ettirish, mamlakatimiz turizm salohiyatini xalqaro maydonlarda keng targ‘ib qilish. | 1. Loyihani amalga oshirish maqsadida xorijiy hamkorlar bilan xizmat ko‘rsatish shartnomalarini imzolash. | Uch oy muddatda | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Loyihani yuqori saviyada tashkil etish. | Kelishilgan muddatlarda |
78. | Yevropa va Amerika davlatlarida “Digital marketing” yo‘nalishida qator loyihalarni amalga oshirish. | 1. Loyihani amalga oshirish maqsadida xorijiy hamkorlar bilan xizmat ko‘rsatish shartnomalarini imzolash. | Uch oy muddatda | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan | Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Loyihani yuqori saviyada tashkil etish. | Kelishilgan muddatlarda |
79. | Hindiston va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining yetakchi nashrlari, telekanallari va mashhur blogerlari uchun mamlakat bo‘ylab press-turlar tashkil etish. | - Press-tur dasturini ishlab chiqish.
2. O‘zbekiston bo‘ylab press-turlarni tashkil etish. | 2025-yil davomida | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
80. | “BBC”, “CNN”, “Discovery” va “Al Jazeera” mediakompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekiston turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish. | 1. Xizmat ko‘rsatish shartnomasini imzolash. 2. Targ‘ibot materiallarini shakllantirish. | 2025-yil avgust | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
3. Loyihani amalga oshirish. | Kelishilgan muddatlarda |
81. | “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish. | - Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi dasturini ishlab chiqish.
- Xorijiy turizm sohasi vazirlik va idoralari, mahalliy va xorijiy turizm sohasi tadbirkorlik subyektlari hamda OAV vakillarini jalb qilish.
3. Yarmarkani yuqori saviyada tashkil etish. | 2025-yil noyabr | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, mahalliy budjet mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
III. Xitoy Xalq Respublikasidan turistlarni jalb qilish |
82. | Xitoy provinsiyalarida taqdimot (“roadshow”) tadbirlarini tashkil etish. | Amaliy chora tadbirlar. | 2025-yil davomida | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va mahalliy budjet mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
83. | Xitoyning yetakchi onlayn sayohat platformalarida O‘zbekiston turizm segmentini oshirish. | 1. Yetakchi onlayn sayohat platformalari takliflarini olish. 2. O‘zbekiston turizm segmentini oshirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish. | 2025-yil davomida | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
IV. Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan turistlarni jalb qilish |
84. | Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida bo‘lib o‘tadigan xalqaro turizm ko‘rgazma va yarmarkalarida O‘zbekistonning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish. | 1. Stend dizaynini ishlab chiqish va O‘zbekiston milliy stendida ishtirok etish uchun turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini jalb etish. 2. Ko‘rgazma va yarmarkalarda yuqori saviyada ishtirok etish. | 2025-yil davomida | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va mahalliy budjet mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
85. | Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining yetakchi nashrlari, telekanallari, mashhur blogerlari uchun mamlakat bo‘ylab press-turlar tashkil etish. | 1. Xorijiy OAV vakillari uchun press-tur dasturini ishlab chiqish. 2. O‘zbekiston bo‘ylab xorijiy OAV vakillari uchun press-turlar tashkil etish. | 2025-yil davomida | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
86. | Mamlakatimizning turistik salohiyatini Yevropa turizm bozorida targ‘ib qilish maqsadida taqdimot (“roadshow”) tadbirlarini tashkil qilish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025-yil davomida | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va mahalliy budjet mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
87. | Turistik platformalar orqali Yevropa Ittifoqi davlatlarida mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025-yil davomida | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
V. Arab davlatlaridan turistlarni jalb qilish |
88. | Arab davlatlarida bo‘lib o‘tadigan xalqaro turizm sohasidagi tadbirlarda O‘zbekistonning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish. | Amaliy chora tadbirlar. | 2025-yil davomida | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va mahalliy budjet mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
89. | Qishki turizm maskanlarini Arab davlatlari orasida keng targ‘ib qilish. | Amaliy chora tadbirlar. | 2025-yil davomida | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
90. | Arab davlatlari sayyohlari tashrif buyuradigan turizm obyektlarida arab tilidagi ma’lumotlarni joylashtirish. | Amaliy chora tadbirlar. | 2025-yil davomida | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va mahalliy budjet mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
91. | Arab davlatlarining yetakchi nashrlari, telekanallari, mashhur blogerlari uchun mamlakat bo‘ylab press-turlar tashkil etish. | 1. Xorijiy OAV vakillari uchun press-tur dasturini ishlab chiqish. 2. O‘zbekiston bo‘ylab xorijiy OAV vakillari uchun press-turlar tashkil etish. | 2025-yil davomida | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
VI. Rossiya Federatsiyasidan turistlarni jalb qilish |
92. | Rossiya Federatsiyasining markaziy telekanallarida O‘zbekistonning turizm salohiyatiga oid ko‘rsatuvlarni namoyish etish. | Amaliy chora tadbirlar. | 2025-yil davomida | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
93. | O‘zbekiston Respublikasi hududida Rossiya Federatsiyasining mashhur telekanallari ko‘rsatuvlarini tasvirga olish ishlarini tashkil etish. | 1. Xorijiy OAV vakillari uchun press-tur dasturini ishlab chiqish. 2. O‘zbekiston bo‘ylab xorijiy OAV vakillari uchun press-turlar tashkil etish. | 2025-yil davomida | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
94. | “Rossiyada O‘zbekiston turizmi yili” doirasida tadbirlarni tashkil etish. | Amaliy chora tadbirlar. | 2025-yil davomida | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va mahalliy budjet mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |