1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomlanishi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Ijro uchun masʼullar |
I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish va nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlashga qaratilgan vazifalar ijrosini tizimli yoʻlga qoʻyish | |||||
1. | Quyidagilarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish: 1. I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan hamda ular uchun surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmatini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlarining xarajatlarini Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya sifatida qoplab berish tartibi. 2. I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni belgilangan shartlarga bir vaqtda javob beradigan mehnat sharoitlari asosida ishga qabul qilgan yoki shunday ishga joylashishiga koʻmaklashgan tadbirkorlik subyektlariga Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobida subsidiya ajratish tartibi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025 yil iyun | Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi |
2. | 1. Ish beruvchilarga “Inklyuziv ish beruvchi” mukofotini berish maqsadida ular tomonidan bandligi taʼminlangan nogironligi boʻlgan shaxslar maʼlumotlarini (ish staji, oylik ish haqi va hokazo) Ijtimoiy himoya milliy agentligiga taqdim etib borish. | Amaliy chora-tadbirlar
| 2025 yil maydan boshlab har yili | –
| Soliq qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi
|
2. “Inklyuziv ish beruvchi” mukofotiga munosib ish beruvchilarni aniqlash va maxsus sovgʻalar bilan taqdirlash tadbirlarini amalga oshirib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Savdo-sanoat palatasi | ||
3. | Nogironligi boʻlgan shaxslarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlarini proaktiv shaklda qoʻllash choralarini koʻrish. Bunda quyidagilarni inobatga olish: barcha ish beruvchilarning soliq organlari axborot tizimlari bilan oʻzaro maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish; soliq organlari tomonidan shaxsga nogironlik belgilangan vaqtdan boshlab mazkur toifadagi shaxslarga berilgan soliq imtiyozlarini proaktiv shaklda hisoblash boʻyicha axborot tizimlarini takomillashtirish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2025 yil iyun | Ijrochilarning mablagʻlari | Soliq qoʻmitasi, Tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar barcha ish beruvchilar |
4. | “Inson uchun” shiori ostida nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar koʻrgazmasi oʻtkazib borilishini tashkil etish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2025 yil maydan boshlab har yili bir marotaba | Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi, mahalliy budjet mablagʻlari | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
5. | 1. Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan kelishgan holda nogironligi boʻlgan shaxslarni yangi yoʻnalishdagi kasblarga jalb qilish boʻyicha loyihalarni (keyingi oʻrinlarda — loyihalar) amalga oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025 yil maydan boshlab doimiy
| Ijrochilarga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar, ularning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, (belgilangan vazifalarga har bir vazirlik va idora alohida masʼul hisoblanadi), Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash (nazorat) |
2. Loyihalar doirasida bandligi taʼminlanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarning nogironlik toifasini va kasblarni belgilab, loyihalarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash. | 2025 yil may
| ||||
3. Nogironligi boʻlgan shaxslarni zamonaviy kasblarga jalb qilish orqali ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan loyihalarni yoʻlga qoʻyish. Loyihalar doirasida bevosita oʻzi yoki autsorsing usulida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish joyini moslashtirish, zarur asbob-uskunalar va vositalarni xarid qilish, yordamchi xodimlarni yollash, nogironligi boʻlgan xodimlarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish, zarur oʻquv va psixologik treninglarni tashkil etish. | 2025 yil iyun — dekabr
| ||||
4. Loyihalarni amalga oshirish natijalaridan kelib chiqib, ularni ommalashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. | 2025 yil dekabr | ||||
6. | Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish: nogironligi boʻlgan xodimlariga begʻaraz maqsadlarda bepul oziq-ovqat, gigiyena mahsulotlari va kiyim-kechaklar berishga yoʻnaltirilgan mablagʻlarni foyda soligʻi bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritish; 2026-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar hisobot yili yakuniga koʻra oʻrtacha xodimlari umumiy sonining kamida 25 foizi, biroq kamida 4 nafarini nogironligi boʻlgan shaxslar tashkil etgan hamda ularga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda oylik ish haqi toʻlaydigan yuridik shaxslarga (bundan yirik soliq toʻlovchilar, doimiy muassasalar, budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslar mustasno) hisoblangan mol-mulk soligʻi summasini toʻliq hamda yer soligʻi summasining 90 foiz qismini nogironligi boʻlgan xodimlariga hisoblangan ish haqiga teng miqdorda kamaytirilgan holda toʻlash huquqini berish. Bunda ushbu soliq imtiyozlari bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilganda hamda mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha hisoblangan umumiy soliq summasidan oshmagan miqdorda qoʻllanadi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-son Farmoniga muvofiq tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yoʻnalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan soliq imtiyozlarini unda koʻrsatilgan shartlar asosida Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilmagan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilganda ham qoʻllash; I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan hamda ularga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlaydigan nodavlat yuridik shaxslarga ushbu shaxslar uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorida hisoblash, yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa ijtimoiy soliq hisoblamaslik; nogironligi boʻlgan shaxslarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlarini ularning murojaatini talab etmagan holda proaktiv shaklda qoʻllash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025 yil iyul | – | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi |
7. | Elektron kooperatsiya portalida nogironligi boʻlgan shaxslar faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar va nogironligi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun elektron savdo maydonchasini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-390-son qaroriga muvofiq yuritilayotgan Yagona reyestr elektron kooperatsiya portaliga toʻliq integratsiya qilish va oʻzaro maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil may-iyun | Ijrochilarning mablagʻlari | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
8. | “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida Mehnatga layoqatli nogironligi boʻlgan shaxslarning elektron reyestrini ishga tushirish. Bunda: elektron reyestrni “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish; nogironligi boʻlgan shaxslarning maʼlumoti, mehnat faoliyati va ish tajribasi toʻgʻrisidagi qisqacha maʼlumotlar (rezyume) jamlanmasini shakllantirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025 yil iyun | Masʼul vazirlik va idoralarning mablagʻlari | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
9. | “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-390-son qaroriga muvofiq yuritilayotgan Yagona reyestr toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzida aks ettiruvchi alohida sahifa yaratish. Bunda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan oʻzaro maʼlumotlar almashinuvi boʻyicha axborot tizimlari integratsiya qilinadi. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025 yil iyul | Ijrochilarning mablagʻlari | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
10. | Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga mehnatda mayib boʻlish natijasida nogironlik belgilangan shaxslarni ish beruvchilar hisobidan mehnat reabilitatsiyasi dasturi boʻyicha boshqa turdagi kasb bilan shugʻullanishi uchun imkoniyat yaratish boʻyicha tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil iyul | – | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
11. | “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida (“YAMMT” IDAK) nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini zaxiralashning elektron tizimini joriy etish choralarini koʻrish. Bunda “YAMMT” IDAKga kiritilgan zaxiralangan lavozimlar boʻyicha maʼlumotlarni Milliy vakansiyalar bazasida eʼlon qilib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025 yil avgust | Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
12. | Xorijiy davlatlar tajribalarini oʻrgangan holda, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish tizimini takomillashtirish, xususan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ish oʻrinlarini ixtiyoriy ravishda zaxiraga qoʻyishni ragʻbatlantirish hamda ushbu toifadagi shaxslarni ishga qabul qilmagan ish beruvchilarga tegishli miqdordagi toʻlovlarni amalga oshirish orqali boshqa toifadagi shaxslarni qabul qilish huquqini berishni nazarda tutuvchi takliflarni Hukumatga kiritish. | Tahliliy maʼlumot yoki normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025 yil avgust | – | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
13. | Ish oʻrinlarini zaxiralash boʻyicha amaldagi qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqib, takomillashtirish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: tegishli axborot tizimlarida ish oʻrinlari zaxiralanadigan tashkilotlarning elektron roʻyxatini shakllantirish hamda ish oʻrinlarini zaxiralash tartib-taomillarini toʻliq elektron shaklda yuritish imkoniyatlarini yaratish; ish oʻrinlarini zaxiralash tartib-taomillarini “YAMMT” IDAK orqali elektron shaklda amalga oshirish; “YAMMT” IDAKga tashkilotlar tomonidan kiritilgan zaxiralangan ish oʻrinlari boʻyicha vakansiyalarni Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Milliy vakansiyalar bazasida eʼlon qilib borish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025 yil sentabr-oktabr | – | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, |
14. | 1. Tajriba-sinov tariqasida Andijon va Buxoro viloyatlaridagi bittadan texnikum (keyingi oʻrinlarda— texnikum)larda inklyuziv taʼlim guruhlarining faoliyatini yoʻlga qoʻyish. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan inklyuziv taʼlim guruhlari tashkil etiladigan texnikumlarning oʻquv binolarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan inklyuziv taʼlim sharoitlarini hisobga olgan holda jihozlash ishlari amalga oshiriladi. | Amaliy chora-tadbirlar
| 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab
| Davlat budjeti mablagʻlari, homiylik mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi
|
2. Texnikumlarda tashkil etiladigan inklyuziv taʼlim guruhlarida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar bilan taʼlim-tarbiya va korreksion-pedagogik ishlarni olib borayotgan texnikum pedagoglariga alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga qoʻshimcha haq toʻlash boʻyicha takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Tahliliy maʼlumot va takliflar | 2025 yil iyul | – | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | |
15. | Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlar negizida ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan shaxslar va kambagʻal oila aʼzolarining ijtimoiy faolligini oshirish, zamonaviy kasb-hunarga oʻqitish va ishga joylashtirishga koʻmaklashish boʻyicha Faollashtirish va resurs markazlarini tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil yanvar | – | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
16. | 1. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidagi kasbiy koʻnikmalar markazlarida nogironligi boʻlgan shaxslar kasb-hunar oʻrganishi uchun qulay va toʻsiqsiz muhit yaratish hamda har bir kasbiy koʻnikmalar markazini u joylashgan hududda yashovchi nogironligi boʻlgan shaxslar sonidan kelib chiqqan holda tegishli mutaxassis-oʻqituvchilar bilan toʻliq taʼminlash choralarini koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar
| 2025-2026-yillar
| Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi, mahalliy budjet mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Nogironligi boʻlgan shaxslarni mehnatga jalb qilishda ularni mehnat bozoridagi talab yuqori boʻlgan hamda uy sharoitida faoliyat yuritish mumkin boʻlgan zamonaviy kasb turlariga (onlayn operator, kopirayter, ijtimoiy tarmoq marketingi (SMM), veb-dizayner, frilanser, grafik dizayner) oʻqitish. Bunda: tadbirkorlik subyektlarining talabi hamda ehtiyojiga asosan nogironligi boʻlgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish tizimini joriy qilish; bitiruvchi nogironligi boʻlgan shaxslarni yoʻnalishi boʻyicha ishga joylashtirish choralarini koʻrish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2025 yil iyun |
| Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi | |
17. | Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish yoki ularni kasb-hunarga oʻqitish orqali jamiyatning faol aʼzosiga aylantirish boʻyicha ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil iyuldan boshlab har yilda kamida bir marta | Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi | Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
18. | YUNISEF xalqaro tashkilotining “UPSHIFT” loyihasini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil may | YUNISEF grantlari, Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi | Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
|
II. Nogironligi boʻlgan shaxslarni jamiyatning va mehnat bozorining teng huquqli aʼzosiga aylantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritishga qaratilgan mediareja | |||||
19. | Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatga oid huquqiy ong va madaniyatini oshirishga qaratilgan qisqa metrajli filmlar va koʻrsatuvlar suratga olish va teleradiodasturlar tayyorlash hamda ularni tegishliligiga koʻra ommaviy axborot vositalarida namoyish qilib borish va teleradiokanallar orqali uzatib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Ijrochilarning mablagʻlari | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
20. | Jamiyatni nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirish hamda ularning inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida doimiy ravishda axborot va koʻngilochar dasturlarda boshlovchi sifatida nogironligi boʻlgan shaxslar ishtirok etishini taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | – | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
21. | Nogironligi boʻlgan iqtidorli shaxslar bilan intervyular tayyorlash hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | – | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
22. | Nogironligi boʻlgan shaxslarga yaratib berilgan imtiyozlar, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar namoyishi yuzasidan har chorakda | Amaliy chora-tadbirlar | Har chorakda | Ijrochilarning mablagʻlari | Kinematografiya agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
23. | Nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida ularning bandligini taʼminlashga hamda ushbu toifadagi shaxslarning mehnat faoliyatini olib borishiga toʻsqinlik qiluvchi salbiy omillarni aniqlash boʻyicha ijtimoiy tadqiqot oʻtkazish. | Ijtimoiy tadqiqot | 2025-2026-yillar davomida | Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi | Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
24. | Nogironligi boʻlgan shaxslarga berilgan imtiyozlar, nogironlik belgisi boʻyicha kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, nogironligi boʻlgan shaxslarga oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlaridan foydalanishlari uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida tushuntirish ishlarini amalga oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil davomida | – | Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, |
25. | Nogironligi boʻlgan shaxslarni yoshlikdan kasb-hunarga qiziqtirish, ularni hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish maqsadida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari hamda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari oʻquvchilari orasida targʻibot va tashviqot tadbirlarini oʻtkazish. | Uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlar | Doimiy | Ijrochilarning mablagʻlari | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi |
26. | Ijtimoiy tarmoqlarda nogironligi boʻlgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini yuzaga chiqarish, ularning huquqlarini himoya qilish hamda bandligi boʻyicha tayyorlangan materiallar, davra suhbatlari va boshqa materiallarni joylashtirib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-2026-yillar davomida | Ijrochilarning mablagʻlari | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Kinematografiya agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
27. | Ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolishiga qaramay, oʻzida kuch topib yuqori natijalarga erishgan, inklyuziv jamiyat rivoji yoʻlida va yangi loyihalar ustida ish olib borayotgan insonlar haqida hikoya qiluvchi “Ziyolilar 4: Inson” almanaxini yaratish va chop etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyun | Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi | Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
2-ILOVA
T/r | Hudud nomi | 2024-yil 1-dekabr holatiga rasmiy ish bilan band qilingan nogironligi boʻlgan shaxslar soni | 2025-yil yakuniga qadar rasmiy bandligi taʼminlanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar soni | 2025-yil yakuni bilan |
Jami | 117 997 | 80 000 | 197 997 | |
1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 6 273 | 5 610 | 11 883 |
1. | Nukus shahri | 1 108 | 923 | 2 031 |
2. | Amudaryo tumani | 508 | 532 | 1 040 |
3. | Beruniy tumani | 656 | 587 | 1 243 |
4. | Boʻzatov tumani | 55 | 57 | 112 |
5. | Kegeyli tumani | 196 | 228 | 424 |
6. | Qonlikoʻl tumani | 163 | 174 | 337 |
7. | Qoraoʻzak tumani | 123 | 152 | 275 |
8. | Qoʻngʻirot tumani | 333 | 464 | 797 |
9. | Moʻynoq tumani | 79 | 77 | 156 |
10. | Nukus tumani | 172 | 168 | 340 |
11. | Taxiatosh tumani | 149 | 225 | 374 |
12. | Taxtakoʻpir tumani | 82 | 121 | 203 |
13. | Toʻrtkoʻl tumani | 1 382 | 607 | 1 989 |
14. | Xoʻjayli tumani | 199 | 341 | 540 |
15. | Chimboy tumani | 205 | 345 | 550 |
16. | Shumanay tumani | 123 | 133 | 256 |
17. | Ellikqalʼa tumani | 740 | 476 | 1 216 |
2. | Andijon viloyati | 7 468 | 6 674 | 14 142 |
1. | Andijon shahri | 1 137 | 1 040 | 2 177 |
2. | Xonobod shahri | 112 | 66 | 178 |
3. | Andijon tumani | 536 | 558 | 1 094 |
4. | Asaka tumani | 944 | 651 | 1 595 |
5. | Baliqchi tumani | 466 | 465 | 931 |
6. | Buloqboshi tumani | 361 | 328 | 689 |
7. | Boʻston tumani | 261 | 154 | 415 |
8. | Jalaquduq tumani | 268 | 368 | 636 |
9. | Izboskan tumani | 457 | 492 | 949 |
10. | Qoʻrgʻontepa tumani | 321 | 366 | 687 |
11. | Marhamat tumani | 386 | 402 | 788 |
12. | Oltinkoʻl tumani | 475 | 377 | 852 |
13. | Paxtaobod tumani | 335 | 368 | 703 |
14. | Ulugʻnor tumani | 237 | 114 | 351 |
15. | Xoʻjaobod tumani | 297 | 236 | 533 |
16. | Shahrixon tumani | 875 | 689 | 1 564 |
3. | Buxoro viloyati | 8 341 | 4 986 | 13 327 |
1. | Buxoro shahri | 1 532 | 703 | 2 235 |
2. | Kogon shahri | 279 | 153 | 432 |
3. | Buxoro tumani | 641 | 339 | 980 |
4. | Vobkent tumani | 406 | 302 | 708 |
5. | Gʻijduvon tumani | 940 | 795 | 1 735 |
6. | Jondor tumani | 600 | 409 | 1 009 |
7. | Kogon tumani | 253 | 169 | 422 |
8. | Qorakoʻl tumani | 769 | 476 | 1 245 |
9. | Qorovulbozor tumani | 118 | 32 | 150 |
10. | Olot tumani | 470 | 292 | 762 |
11. | Peshku tumani | 558 | 326 | 884 |
12. | Romitan tumani | 647 | 331 | 978 |
13. | Shofirkon tumani | 1 128 | 659 | 1 787 |
4. | Jizzax viloyati | 6 428 | 3 057 | 9 485 |
1. | Jizzax shahri | 888 | 580 | 1 468 |
2. | Arnasoy tumani | 255 | 73 | 328 |
3. | Baxmal tumani | 508 | 210 | 718 |
4. | Gʻallaorol tumani | 609 | 278 | 887 |
5. | Doʻstlik tumani | 317 | 145 | 462 |
6. | Zarbdor tumani | 343 | 174 | 517 |
7. | Zafarobod tumani | 234 | 96 | 330 |
8. | Zomin tumani | 578 | 309 | 887 |
9. | Mirzachoʻl tumani | 405 | 127 | 532 |
10. | Paxtakor tumani | 334 | 213 | 547 |
11. | Forish tumani | 532 | 248 | 780 |
12. | Sharof Rashidov tumani | 1 242 | 526 | 1 768 |
13. | Yangiobod tumani | 183 | 78 | 261 |
5. | Qashqadaryo viloyati | 11 313 | 8 649 | 19 962 |
1. | Qarshi shahri | 1 249 | 680 | 1 929 |
2. | Shahrisabz shahri | 348 | 335 | 683 |
3. | Gʻuzor tumani | 1 048 | 662 | 1 710 |
4. | Dehqonobod tumani | 604 | 634 | 1.238 |
5. | Kasbi tumani | 611 | 465 | 1 076 |
6. | Kitob tumani | 609 | 617 | 1 226 |
7. | Koson tumani | 1 472 | 950 | 2 422 |
8. | Koʻkdala tumani | 213 | 355 | 568 |
9. | Qamashi tumani | 940 | 764 | 1 704 |
10. | Qarshi tumani | 1 026 | 737 | 1 763 |
11. | Mirishkor tumani | 522 | 284 | 806 |
12. | Muborak tumani | 546 | 213 | 759 |
13. | Nishon tumani | 412 | 326 | 738 |
14. | Chiroqchi tumani | 590 | 536 | 1 126 |
15. | Shahrisabz tumani | 486 | 510 | 996 |
16. | Yakkabogʻ tumani | 637 | 581 | 1 218 |
6. | Navoiy viloyati | 9 252 | 3 409 | 12 661 |
1. | Navoiy shahri | 1 213 | 557 | 1 770 |
2. | Zarafshon shahri | 356 | 136 | 492 |
3. | Gʻozgʻon shahri | 85 | 29 | 114 |
4. | Karmana tumani | 1 539 | 533 | 2 072 |
5. | Konimex tumani | 188 | 86 | 274 |
6. | Qiziltepa tumani | 1 729 | 589 | 2 318 |
7. | Navbahor tumani | 1 447 | 353 | 1 800 |
8. | Nurota tumani | 591 | 268 | 859 |
9. | Tomdi tumani | 64 | 26 | 90 |
10. | Uchquduq tumani | 192 | 63 | 255 |
11. | Xatirchi tumani | 1 848 | 769 | 2 617 |
7. | Namangan viloyati | 6 997 | 6 959 | 13 956 |
1. | Namangan shahri | 637 | 760 | 1 397 |
2. | Davlatobod tumani | 320 | 280 | 600 |
3. | Yangi Namangan tumani | 227 | 270 | 497 |
4. | Kosonsoy tumani | 572 | 543 | 1 115 |
5. | Mingbuloq tumani | 302 | 360 | 662 |
6. | Namangan tumani | 436 | 450 | 886 |
7. | Norin tumani | 383 | 455 | 838 |
8. | Pop tumani | 718 | 595 | 1 313 |
9. | Toʻraqoʻrgʻon tumani | 626 | 590 | 1 216 |
10. | Uychi tumani | 579 | 504 | 1 083 |
11. | Uchqoʻrgʻon tumani | 434 | 450 | 884 |
12. | Chortoq tumani | 449 | 502 | 951 |
13. | Chust tumani | 785 | 605 | 1 390 |
14. | Yangiqoʻrgʻon tumani | 529 | 595 | 1 124 |
8. | Samarqand viloyati | 9 922 | 8 550 | 18 472 |
1. | Samarqand shahri | 1 344 | 1 045 | 2 389 |
2. | Kattaqoʻrgʻon shahri | 241 | 215 | 456 |
3. | Bulungʻur tumani | 368 | 359 | 727 |
4. | Jomboy tumani | 417 | 339 | 756 |
5. | Ishtixon tumani | 589 | 527 | 1 116 |
6. | Kattaqoʻrgʻon tumani | 806 | 689 | 1 495 |
7. | Qoʻshrabot tumani | 417 | 334 | 751 |
8. | Narpay tumani | 642 | 486 | 1 128 |
9. | Nurobod tumani | 412 | 312 | 724 |
10. | Oqdaryo tumani | 706 | 344 | 1 050 |
11. | Payariq tumani | 1 067 | 622 | 1 689 |
12. | Pastdargʻom tumani | 648 | 811 | 1 459 |
13. | Paxtachi tumani | 474 | 495 | 969 |
14. | Samarqand tumani | 396 | 544 | 940 |
15. | Toyloq tumani | 422 | 396 | 818 |
16. | Urgut tumani | 973 | 1.032 | 2 005 |
9. | Surxondaryo viloyati | 9 845 | 7 165 | 17 010 |
1. | Termiz shahri | 635 | 389 | 1 024 |
2. | Angor tumani | 1 337 | 356 | 1 693 |
3. | Bandixon tumani | 334 | 151 | 485 |
4. | Boysun tumani | 568 | 384 | 952 |
5. | Denov tumani | 741 | 959 | 1 700 |
6. | Jarqoʻrgʻon tumani | 585 | 502 | 1 087 |
7. | Qiziriq tumani | 357 | 273 | 630 |
8. | Qumqoʻrgʻon tumani | 687 | 537 | 1 224 |
9. | Muzrabot tumani | 609 | 346 | 955 |
10. | Oltinsoy tumani | 509 | 468 | 977 |
11. | Sariosiyo tumani | 960 | 817 | 1 777 |
12. | Termiz tumani | 337 | 236 | 573 |
13. | Uzun tumani | 854 | 686 | 1 540 |
14. | Sherobod tumani | 708 | 534 | 1 242 |
15. | Shoʻrchi tumani | 624 | 527 | 1 151 |
10. | Sirdaryo viloyati | 6 434 | 2 774 | 9 208 |
1. | Guliston shahri | 957 | 337 | 1 294 |
2. | Shirin shahri | 125 | 46 | 171 |
3. | Yangiyer shahri | 297 | 146 | 443 |
4. | Boyovut tumani | 745 | 386 | 1 131 |
5. | Guliston tumani | 791 | 265 | 1.056 |
6. | Mirzaobod tumani | 595 | 233 | 828 |
7. | Oqoltin tumani | 408 | 155 | 563 |
8. | Sayxunobod tumani | 914 | 326 | 1 240 |
9. | Sardoba tumani | 318 | 157 | 475 |
10. | Sirdaryo tumani | 861 | 453 | 1 314 |
11. | Xovos tumani | 423 | 270 | 693 |
11. | Toshkent viloyati | 10 271 | 5 667 | 15 938 |
1. | Nurafshon shahri | 193 | 101 | 294 |
2. | Olmaliq shahri | 626 | 228 | 854 |
3. | Angren shahri | 841 | 344 | 1 185 |
4. | Bekobod shahri | 350 | 202 | 552 |
5. | Ohangaron shahri | 118 | 77 | 195 |
6. | Chirchiq shahri | 547 | 299 | 846 |
7. | Yangiyoʻl shahri | 272 | 185 | 457 |
8. | Bekobod tumani | 373 | 318 | 691 |
9. | Boʻka tumani | 429 | 266 | 695 |
10. | Boʻstonliq tumani | 542 | 340 | 882 |
11. | Zangiota tumani | 606 | 326 | 932 |
12. | Qibray tumani | 739 | 330 | 1 069 |
13. | Quyi Chirchiq tumani | 267 | 206 | 473 |
14. | Oqqoʻrgʻon tumani | 522 | 220 | 742 |
15. | Ohangaron tumani | 401 | 166 | 567 |
16. | Parkent tumani | 623 | 356 | 979 |
17. | Piskent tumani | 467 | 162 | 629 |
18. | Toshkent tumani | 518 | 348 | 866 |
19. | Oʻrta Chirchiq tumani | 452 | 287 | 739 |
20. | Chinoz tumani | 472 | 275 | 747 |
21. | Yuqori Chirchiq tumani | 343 | 247 | 590 |
22. | Yangiyoʻl tumani | 570 | 384 | 954 |
12. | Fargʻona viloyati | 9 797 | 7 766 | 17 563 |
1. | Fargʻona shahri | 804 | 572 | 1 376 |
2. | Margʻilon shahri | 424 | 467 | 891 |
3. | Quvasoy shahri | 237 | 158 | 395 |
4. | Qoʻqon shahri | 538 | 628 | 1 166 |
5. | Bagʻdod tumani | 439 | 478 | 917 |
6. | Beshariq tumani | 553 | 507 | 1 060 |
7. | Buvayda tumani | 555 | 440 | 995 |
8. | Dangʻara tumani | 639 | 452 | 1 091 |
9. | Yozyovon tumani | 323 | 208 | 531 |
10. | Oltiariq tumani | 482 | 454 | 936 |
11. | Qoʻshtepa tumani | 438 | 355 | 793 |
12. | Rishton tumani | 488 | 424 | 912 |
13. | Soʻx tumani | 419 | 161 | 580 |
14. | Toshloq tumani | 931 | 365 | 1 296 |
15. | Uchkoʻprik tumani | 494 | 412 | 906 |
16. | Fargʻona tumani | 475 | 389 | 864 |
17. | Furqat tumani | 305 | 279 | 584 |
18. | Oʻzbekiston tumani | 607 | 479 | 1 086 |
19. | Quva tumani | 646 | 538 | 1 184 |
13. | Xorazm viloyati | 6 914 | 4 858 | 11 772 |
1. | Urganch shahri | 791 | 535 | 1 326 |
2. | Xiva shahri | 465 | 329 | 794 |
3. | Bogʻot tumani | 467 | 417 | 884 |
4. | Gurlan tumani | 320 | 391 | 711 |
5. | Qoʻshkoʻpir tumani | 534 | 398 | 932 |
6. | Tuproqqalʼa tumani | 201 | 185 | 386 |
7. | Urganch tumani | 731 | 427 | 1 158 |
8. | Hazorasp tumani | 761 | 409 | 1 170 |
9. | Xiva tumani | 615 | 332 | 947 |
10. | Xonqa tumani | 637 | 400 | 1 037 |
11. | Shovot tumani | 492 | 382 | 874 |
12. | Yangiariq tumani | 511 | 320 | 831 |
13. | Yangibozor tumani | 389 | 333 | 722 |
14. | Toshkent shahri | 8 742 | 3 876 | 12 618 |
1. | Bektemir tumani | 191 | 91 | 282 |
2. | Mirzo Ulugʻbek tumani | 1 071 | 393 | 1 464 |
3. | Mirobod tumani | 487 | 171 | 658 |
4. | Olmazor tumani | 1 099 | 523 | 1 622 |
5. | Sergeli tumani | 634 | 312 | 946 |
6. | Uchtepa tumani | 773 | 409 | 1 182 |
7. | Chilonzor tumani | 764 | 346 | 1 110 |
8. | Shayxontohur tumani | 872 | 422 | 1 294 |
9. | Yunusobod tumani | 1 158 | 449 | 1 607 |
10. | Yakkasaroy tumani | 313 | 102 | 415 |
11. | Yangihayot tumani | 407 | 208 | 615 |
12. | Yashnobod tumani | 973 | 450 | 1 423 |