27.12.2024 yildagi PF-229-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini taʼminlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 20-dekabr kuni yetakchi tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan muloqoti doirasida bildirilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish, tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, bozorda teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini taʼminlash, shuningdek, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻi stavkalari 2028-yil 1-yanvarga qadar oshirilmasligi belgilab qoʻyilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yoʻnalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan va quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning oʻzida javob beradigan tadbirkorlik subyektlari uchun foyda soligʻi stavkasi 2 foiz va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyda oʻrtacha ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot davrida toʻquv (trikotaj mato, ip-gazlama va paypoq mahsulotlari), tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 70 foizini tashkil etganda.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda belgilangan imtiyozlardan foydalanish uchun barcha shartlarning bir vaqtda bajarilganligi soliq organlari tomonidan inson omilisiz avtomatik tarzda hisobot choragi yakunlari boʻyicha keyingi oyning 25-sanasiga qadar aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur shartlar tegishli chorakning har bir oyida bajarilganda, soliq imtiyozi ushbu chorak uchun qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu bandda belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanilgandan soʻng soliq hisobotlarini qayta taqdim etish orqali belgilangan shartlarga rioya etmaganlik holati aniqlanganda, soliq imtiyozi bekor qilinib, soliqlar penya hisoblangan holda hisoblab chiqariladi va budjetga undiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-yanvardagi PF-6-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2025-y., 06/25/6/0058-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2025-yil 1-apreldan boshlab daromadidan qatʼi nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi yoki tibbiy xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxslar qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar deb eʼtirof etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha berilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi yoki virtual kassa cheklari, rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturalar hamda boshqa tashqi va ichki maʼlumotlar asosida soliq organlari tomonidan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha hisobotlar avtomatik tarzda shakllantirib borilishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Soliq kodeksiga mazkur Farmonning 2 va 3-bandlaridan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bankning Savdo-sanoat palatasi qoshida Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga koʻmaklashish markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tadbirkorlik subyektlariga xalqaro moliya institutlari, xorijiy moliya tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlaridan davlat kafolatisiz mablagʻlar jalb qilish boʻyicha konsalting xizmatlar koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazda har yili kamida 100 nafar tadbirkorlik subyektiga xizmat koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazni joylashtirish, saqlash, xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb qilish va Markaz faoliyati bilan bogʻliq boshqa xarajatlar Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank Markaz faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish uchun yaqindan amaliy yordam koʻrsatib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi 2025-yilda aylanma mablagʻlarini toʻldirishga ajratiladigan kreditlar uchun “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJga (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) uning talabnomasiga asosan 5 yil muddatga 2028-yil 1-yanvardan qaytarish sharti bilan 2 foiz stavkada 100 million AQSH dollari miqdorida qoʻshimcha mablagʻ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, Kompaniya tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi, sanoat va savdo korxonalarining aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun ajratiladigan kreditlarni moliyalashtirishga tijorat banklariga moliyaviy resurslar ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklarining aylanma mablagʻlarini toʻldirishga ajratiladigan kreditlar uchun kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq 10 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etiladigan kafillik boʻyicha yuzaga keladigan majburiyatlarni bajarish uchun Kompaniya mablagʻlari hisobidan 50 million AQSH dollari miqdorida depozit mablagʻlari shakllantiriladi. Bunda Kompaniya tomonidan taqdim etiladigan kafilliklarning maksimal miqdori shakllangan depozit mablagʻlari miqdoridan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Savdo-sanoat palatasi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining tadbirkorlik subyektlariga 2025-yil 1-yanvardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini kalibrovka qilish va maxsus idishlarda qadoqlash loyihalari hamda aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun Kompaniya resurslari hisobidan milliy valyutada revolver kreditlarni tijorat banklari orqali ajratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi takliflariga koʻra bir oy muddatda Kompaniya tomonidan tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari kreditlari uchun kafillik taqdim etish tartibini, shuningdek, sanoat, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash shartlarini tasdiqlasin. Bunda Kompaniya tomonidan moliyaviy resurslar ajratish tartibotlarini soddalashtirish nazarda tutilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlarini belgilab borsin. Bunda Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish uchun ajratilgan budjet mablagʻlari hisobidan yillik 2 foiz stavkada Kompaniyaga aylanma mablagʻni toʻldirishga kreditlar uchun resurslar berish maqsadlariga har beshinchi yilda qaytarish sharti bilan budjet ssudasi ajratish tizimi yoʻlga qoʻyilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi PF-47-sonli Farmoniga asosan 10-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-iyul — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 06/25/47/0243-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashining (keyingi oʻrinlarda — Jamoatchilik kengashi) quyidagi takliflari maʼqullansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Jamoatchilik kengashini 1-ilovaga muvofiq yangilagan tarkibda tashkil qilish;
(11-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-175-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2026-y., 06/26/175/0878-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Jamoatchilik kengashi va ekspert guruhlar yigʻilishlarini oyiga kamida bir marotaba:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organlar, jumladan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Soliq qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi rahbarlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir oʻrinbosarlari (J.A. Qoʻchqorov, J.A. Xodjayev) ishtirokida oʻtkazib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Jamoatchilik kengashi yigʻilishlarida koʻtarilgan masalalar va ularning yechimi boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tadbirkorlik masalalari bilan ishlashning quyidagi tartibi joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Bosh vazir oʻrinbosarlari, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan tijorat banklari rahbarlari har oy grafik asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarga chiqqan holda hamda tematik yondashuv asosida tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar tashkil qiladi, tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelayotgan masalalar yuzasidan “yoʻl xaritalari”ni tasdiqlaydi va muammolar tezkorlik bilan hal etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yillik daromadi 1 trillion soʻmdan oshgan, 5 mingdan ortiq ish oʻrinlarini yaratgan hamda kamida 100 milliard soʻm soliq toʻlayotgan yetakchi (“chempion”) tadbirkorlik subyektlari roʻyxatini shakllantirgan holda ular masalalari bilan manzilli ishlashni tashkil qiladi hamda boshqa tadbirkorlik subyektlarini ushbu toifaga olib chiqish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hal etilgan muammolar boʻyicha yigʻma maʼlumot hamda tizimli masalalar yechimi yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Jamoatchilik kengashiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri har chorakda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbarlar, hududlar va yoʻnalishlar kesimida tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashish grafigini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik kengashi aʼzolari va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuvlar oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari masalalarini koʻrib chiqish natijalari, shuningdek, murojaatlarda koʻtarilgan tizimli muammolarning yechimiga qaratilgan taklif va tashabbuslar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Savdo-sanoat palatasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” elektron platformasini (keyingi oʻrinlarda — platforma) doimiy ravishda ishlash rejimiga oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Farmonning 12-bandiga muvofiq tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlarda koʻtarilgan murojaatlar platformaga kiritiladi, vakolatli organlar tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes-ombudsman platformaga kiritilgan murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi va muddatiga rioya etish ustidan nazorat oʻrnatadi hamda qonunbuzilish holatlari boʻyicha tegishli taʼsir choralarini qoʻllaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tadbirkorlik subyektlari tashabbuslarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Hisob palatasi tegishli vazirlik va tashkilotlarni jalb qilgan holda Kompaniya mablagʻlari hisobidan beriladigan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash hajmining ishlab chiqarish va eksport hajmining oshishi, ish oʻrinlarining yaratilishi, soliq tushumlari va bank aylanmasining koʻpayishi nuqtai nazaridan samaradorligini tahlil qilib, har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Savdo-sanoat palatasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmon ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 27-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-229-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

F.I.Sh.

Lavozimi

1.

D.A. Vaxabov

Savdo-sanoat palatasi raisi, Jamoatchilik kengashi raisi

2.

A.A. Buriyev

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil

3.

A.A. Abbosxoʻjayev

Grand Pharm Trade” MCHJ taʼsischisi

4.

Sh.Sh. Ergashev

“Orient-Confection” MCHJ taʼsischisi

5.

Z.K. Xashimov

“Anglesey Food” MCHJ XK kuzatuv kengashi raisi

6.

K.T. Abdulloyev

“Sam Antep Gilam” MCHJ taʼsischisi

7.

J.A. Artikxodjayev

“Akfa group” korxonasi taʼsischisi

8.

F.F. Mamatdjonov

“Uztex Group” MCHJ QK taʼsischisi

9.

M.T. Nazarov

“Murad Buildings” MCHJ taʼsischisi

10.

N.K. Komilov

“Stdhealthmed” MCHJ taʼsischisi

11.

T.M. Sharipov

“Procab” MCHJ taʼsischisi

12.

I.T. Abduraxmanov

“Paxtakor teks” MCHJ rahbari

13.

P.R. Mirzayev

“Manar Group” MCHJ taʼsischisi

14.

J.A. Shakirov

“Uzbekistan Hydrogen Peroxide” MCHJ taʼsischisi

15.

J.X. Ismatullayev

“Chust Textile” MCHJ taʼsischisi

16.

Sh.Sh. Ilhomov

“Navroʻz-PTK” MCHJ taʼsischisi

17.

Sh.A. Jalolov

“Agromir Buildings” MCHJ taʼsischisi

18.

F.F. Ilyasov

“Mezon Business” MCHJ taʼsischisi

19.

S.Z. Abasxanov

“Global Export Company” MCHJ taʼsischisi

20.

U.Sh. Rustamov

“Click” AJ direktori

21.

R.A. Abdullayev

“Almerro Group” MCHJ taʼsischi

22.

Sh.Sh. Djumayev

“Navbahor Tekstil” MCHJ taʼsischisi

23.

X.X. Nasrullayev

“Realsoft” MCHJ taʼsischisi

24.

A.D. Hasanov

“Veritas Inter Lex” advokatlik firmasi rahbari

25.

D.J. Axmatov

“Prae Legal” advokatlik firmasi rahbari

26.

A.J. Qurbonov

“International Business audit and consulting” MCHJ taʼsischisi

27.

U.T. Raximov

“Kids Plate Distrubition” MCHJ taʼsischisi

28.

S.S. Nasretdinov

“Uniagri Group” MCHJ taʼsischisi

29.

U.A. Safarov

“United Tax Advisors” MCHJ taʼsischisi

30.

Z.B. Mustafayev

“Uzbek Leasing International” AJ bosh direktori

31.

O.O. Bakirov

Iqtisodchi, jamoatchilik faoli

32.

A.A. Shamsiyev

“Ako Shams Consulting” MCHJ taʼsischisi

33.

L.Yo. Xamidov

“Tasnif Group” MCHJ taʼsischisi

34.

M.I. Akramov

“Technologies of Real Time” MCHJ taʼsischisi

35.

L.Sh. Mirzayeva

“Khiva Plaza” MCHJ direktori

36.

D.U. Islamova

“Dodo Pizza Tashkent” MCHJ taʼsischisi

37.

M.M. Niyazmuxamedov

Oʻzbekiston quruvchilar assotsiatsiyasi raisi

38.

Sh.M. Boqiyev

“Turon-Himoyasi advokatlik firmasi taʼsischisi

39.

S.S. Jumaniyazov

“American Hospital” MCHJ QK rahbari

40.

S.A. Niyazov

Savdo-sanoat palatasi rais maslahatchisi, Jamoatchilik kengashi kotibi

(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-175-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2026-y., 06/26/175/0878-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari tashabbuslarini amalga oshirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar va tashabbuslar

Mazmuni

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Kichik va oʻrta biznes uchun moliyaviy resurslarni koʻpaytirish

1.

Tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yoʻnalishlarida ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash

2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yoʻnalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan va quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning oʻzida javob beradigan tadbirkorlik subyektlari uchun foyda soligʻi stavkasini 2 foiz va ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilash:

1 000 tagacha ish oʻrniga ega korxonalarda jami xodimlar sonining kamida 15 foizi, 1 000 tadan ortiq ish oʻrniga ega korxonalarda jami xodimlar sonining kamida 10 foizi, biroq kamida 150 nafari Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning aʼzolaridan iborat boʻlganda. Bunda xodim tegishli reyestrdan belgilangan tartibda chiqarilganidan keyin imtiyozning qoʻllanishi 6 oy davomida amal qiladi;

har oyda oʻrtacha ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanganda;

hisobot davrida toʻquv (trikotaj mato, ip-gazlama va paypoq mahsulotlari), tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 90 foizini tashkil etganda.

Ushbu bandda belgilangan imtiyozlardan foydalanish uchun barcha shartlarning bir vaqtda bajarilganligi soliq organlari tomonidan inson omilisiz avtomatik tarzda hisobot choragi yakunlari boʻyicha keyingi oyning 25-sanasiga qadar aniqlanadi.

Bunda mazkur shartlar tegishli chorakning har bir oyida bajarilganda, soliq imtiyozi ushbu chorak uchun qoʻllaniladi.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu bandda belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanilgandan soʻng soliq hisobotlarini qayta taqdim etish orqali belgilangan shartlarga rioya etmaganlik holati aniqlanganda, soliq imtiyozi bekor qilinib, soliqlar penya hisoblangan holda hisoblab chiqariladi va budjetga undiriladi.

Qonun loyihasi

2025-yil fevral

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(Abdullayev),

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov)

2.

Savdoni moliyalashtirishni kengaytirish

1. “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJga (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) uning talabnomasiga asosan 5 yil muddatga 2028-yil 1-yanvardan boshlab qaytarish sharti bilan 2 foiz stavkada 100 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil davomida

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi

(Vafayev)

2. Qishloq xoʻjaligi, sanoat va savdo korxonalarining aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun ajratiladigan kreditlarni moliyalashtirishga qoʻshimcha 100 million AQSH dollari ajratish yuzasidan taklif kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil avgust

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov)

3. Kompaniya tomonidan tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari kreditlari uchun kafillik taqdim etish tartibini, shuningdek, sanoat, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash shartlarini tasdiqlash uchun kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil yanvar

3.

Tadbirkorlik faoliyatini Jahon savdo tashkiloti talablariga mos qoʻllab-quvvatlash tizimini joriy etish

1. Kompaniya resurslari hisobidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini kalibrovka qilish va maxsus idishlarda qadoqlash loyihalariga hamda aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun milliy valyutada revolver kreditlarni tijorat banklari orqali ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Vazirlar Mahkamasi

(Xodjayev),

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov)

2. Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlarini belgilash. Bunda Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish uchun ajratilgan budjet mablagʻlarining bir qismini 2 foiz stavkada Kompaniyaga aylanma mablagʻni toʻldirishga kreditlar uchun resurslar berish maqsadlariga har beshinchi yilda qaytarish sharti bilan budjet ssudasi ajratish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2025-yildan boshlab har yili

Vazirlar Mahkamasi

(Xodjayev),

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov)

4.

Poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni aylanma mablagʻlar bilan taʼminlashni takomillashtirish

Poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning aylanma mablagʻlarini toʻldirish va ishlab chiqarish jarayoni uzluksizligini taʼminlash maqsadida ichki bozordan xomashyo sotib olish uchun 3 oygacha boʻlgan muddatga bank kafolatini taqdim etish tizimini joriy qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil yanvar

AT “Xalq banki”

(Atabayev),

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

(Sultanov)

II. Biznesni infratuzilma, yer va energiya resurslari bilan taʼminlash

5.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni sanoatlashtirish

1. Paxta-gʻalladan qisqaradigan yerlarni 50 gektargacha yirik lotlarda sanoatlashgan plantatsiya tashkil qilish uchun auksion savdolariga chiqarish.

2. Yer uchastkasining bir qismida muzlatkichli omborxonalar, saralash, qayta ishlash, qadoqlash, suv tejovchi texnologiyalar va suv saqlash hovuz obyektlarini qurishga ruxsat etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi

2025-yil fevral

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

6.

Yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish

1. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni auksion savdolari orqali ijaraga berishda auksion gʻoliblariga yer uchastkasi narxini 10 yil muddatda boʻlib toʻlashga ruxsat berish.

2. Takroriy savdolarga qoʻyilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni auksionga chiqarishda boshlangʻich narxni yer maydoniga qarab 2 baravardan 5 baravargacha kamaytirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi

2025-yil fevral

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

7.

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishga moʻljallangan yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish

1. Hududlarda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarida loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat ishlarini jadallashtirish.

2. Tadbirkorlik va shaharsozlik maqsadlarida onlayn elektron savdolarida realizatsiya qilingan yer uchastkalarida qurilish ishlarini boshlab, foydalanishga topshirish bilan bogʻliq boʻlgan jarayonlarning barcha bosqichlarini kuzatish tizimini joriy qilish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2025-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3. Toshkent viloyatidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boʻsh yer uchastkalaridan Fargʻona viloyatidagi tadbirkorlik subyektlari yer uchastkalarini ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil davomida

Toshkent viloyati hokimligi

(Mirzayev),

Fargʻona viloyati hokimligi

(Bozarov)

8.

Tabiiy gaz korporativ isteʼmolchilar toʻlovlarini obyektlarning joylashuvidan qatʼi nazar yagona shaxsiy varaqda yuritish

Respublika boʻyicha korporativ isteʼmolchilar toʻlovlarini yagona shaxsiy varaqda yuritish boʻyicha tizim joriy qilish yuzasidan “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan ichki buyruq qabul qilish va hududiy filiallarda amaliyotga joriy qilishni taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil yanvar

“Hududgaztaʼminot” AJ

(Xodjayev)

9.

Tabiiy gaz koʻrsatkichlarining maʼlumotlari asosida elektron hisobvaraq-fakturalarni isteʼmolchilarga avtomatik yuborish amaliyotiga oʻtish

1. Tabiiy gaz isteʼmolini onlayn nazorat qilish yuzasidan “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan “Hududgaz korporativ” dasturini va Soliq qoʻmitasining “My.soliq.uz” dasturi bilan integratsiya qilish ishlarini yakunlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil fevral

“Hududgaztaʼminot” AJ

(Xodjayev),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

2. EHFlar hisobot oyi davomida xatoliklarsiz ulgurji isteʼmolchilarga toʻliq yuborilishini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil mart

10.

Tabiiy gazdan uzish toʻgʻrisida ogohlantirish amaliyotini joriy etish

Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga tegishli oʻzgartirish kiritish yuzasidan qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.

Bunda:

isteʼmolchi tomonidan tabiiy gazni yetkazib berish uchun belgilangan muddatda toʻlov amalga oshirilmagan taqdirda, isteʼmolchini tabiiy gaz uchun toʻlovni amalga oshirish zarurligi haqida avtomatik tarzda (ovozli qoʻngʻiroq yoki SMS xabar yordamida) xabardor qilish;

bir ish kuni davomida toʻlov amalga oshirilmagan taqdirda gaz taʼminotini toʻxtatishni nazarda tutish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2025-yil mart

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

“Hududgaztaʼminot” AJ

(Xodjayev)

11.

Tadbirkorlarga elektr energiyasi va tabiiy gazga toʻlov qilishda qulayliklar yaratish

Yuridik shaxslarga korporativ kartadan mobil ilovalar orqali elektr energiyasiga toʻlovlarni amalga oshirish tizimini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil fevral

Markaziy bank

(Ishmetov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

“Hududiy elektr tarmoqlari”,

(Askarov),

“Hududgaztaʼminot” AJ

(Xodjayev)

12.

Elektr energiyasidan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda javobgarlik choralarini qayta koʻrib chiqish

Elektr energiyasini behuda sarflash, jumladan, undan binolarni yoritish uchun xoʻjasizlarcha foydalanish tushunchasi va tadbirkorlik subyektlari faoliyat turlarining xususiyatini inobatga olib, belgilangan moliyaviy va maʼmuriy jarima miqdorlarini qayta koʻrib chiqish, jarimadan qarzdorligi hisobiga tarmoqdan uzish oʻrniga boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini nazarda tutish.

Qonun loyihasi

2025-yil mart

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

(Nimatullayev),

Biznes-ombudsman

(Kasimov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov)

III. Ichki bozorda teng raqobat muhitini yaratish, tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish

13.

Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga koʻmaklashish

Savdo-sanoat palatasi qoshida Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga koʻmaklashish markazini tashkil qilish. Bunda:

Markazning asosiy faoliyati tadbirkorlik subyektlariga xalqaro moliya institutlari, xorijiy moliya tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlaridan davlat kafolatisiz mablagʻlar jalb qilish boʻyicha konsalting xizmatlar koʻrsatish hisoblanadi;

Markazda har yili kamida 100 nafar tadbirkorga xizmat koʻrsatiladi;

Markazni joylashtirish, saqlash, xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb qilish va Markaz faoliyati bilan bogʻliq boshqa masalalar Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil yanvar — mart

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov)

14.

Bojxona qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish

Bojxona kodeksi loyihasini Jahon savdo tashkiloti talablariga mosligi yuzasidan koʻrib chiqish uchun Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Jamoatchilik kengashi) hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan birgalikda muhokama qilish, taqdim etilgan takliflar asosida loyihani takomillashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil mart

Vazirlar Mahkamasi

(Qoʻchqorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Bojxona qoʻmitasi

(Mavlonov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov),

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida)

15.

Eksportda cheklovlarni bekor qilish

Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiq, eksport bojlarini joriy qilish orqali ayrim turdagi tovarlarni eksport qilishga cheklovlarni bekor qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi

2025-yil fevral

Vazirlar Mahkamasi

(Xodjayev, Qoʻchqorov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov)

16.

Yuqori texnologik ishlab chiqarishni kengaytirish

Har bir xomashyo kesimida chuqur qayta ishlash va yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil qilish boʻyicha uch yillik dastur ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar dasturi

2025-yil fevral

Vazirlar Mahkamasi

(Qoʻchqorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abduraxmonov)

17.

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish

1. Daromadidan qatʼi nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi va tibbiy xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxslarni qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar deb eʼtirof etish.

2. Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishda qoʻllanadigan import polietilen xomashyosi uchun belgilangan aksiz soligʻini bekor qilish.

Qonun loyihasi

2025-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(Azizov)

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov)

18.

Investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish

Investitsion platformalar orqali investitsiya (jumladan, xorijiy) kiritish va jalb etishga qaratilgan tizimning huquqiy asoslarini yaratish.

Bunda investorlarning investitsiya kiritish va investitsiya jalb etuvchi shaxslarning mablagʻlarni jalb etish shartlarini belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi, zaruratga koʻra qonun loyihasi

2025-yil fevral

Vazirlar Mahkamasi

(Qoʻchqorov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

(Pak),

Markaziy bank

(Ishmetov),

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida)

19.

Transport-logistika infratuzilmasini yaxshilash

Toshkent viloyatida oziq-ovqat va toʻqimachilik logistika markazlarini tashkil qilish boʻyicha takliflar kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil mart

Toshkent viloyati hokimligi

(Mirzayev),

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov),

“Oʻzmilliybank” AJ

(Mirsoatov)

20.

Tadbirkorlarga faoliyatini qonuniy yuritishga koʻmaklashish

Jamoatchilik kengashi va yetakchi tadbirkorlar bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlari orasida qonunchilikka rioya qilgan holda faoliyat yuritishning afzalliklari, xufiyona iqtisodiyotning oldini olish masalalari boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov),

Biznes-ombudsman

(Kasimov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

21.

Qurilish standartlarini takomillashtirish

Qurilishda energiya samarador va energiya tejamkor qurilish materiallari (gazobeton, penobeton, polistirolbeton, bazalt asosida issiqlik saqlovchi materiallar, polistirol bilan toʻldirilgan sendvich panellar va boshqalar) boʻyicha mavjud standartlarni koʻrib chiqib, zamon talablaridan kelib chiqqan holda yangilash.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat

2025-yil dekabr

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Xidoyatov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(Kuldashev),

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

(Yusupaliyev)

22.

Mahsulotlarni sertifikatlashda qulayliklar yaratish

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida foydalanilayotgan texnik qurilmalarni sertifikatlashda “Sanoat xavfsizligi” DM tomonidan joylarda sertifikat berishni yoʻlga qoʻyish. Bunda quyidagi hududiy filiallarni tashkil qilish:

Amaliy chora-tadbirlar

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(Rafikov)

“Sanoat xavfsizligi” DM Fargʻona viloyati filiali;

2025-yil fevral,

“Sanoat xavfsizligi” DM Samarqand viloyati filiali;

iyun,

“Sanoat xavfsizligi” DM Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali.

sentabr

23.

Yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish

“Olmaliq KMK” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan mis katodini birja savdolariga qoʻyishda uning boshlangʻich narxiga beriladigan chegirmani misdan yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarga nisbatan qoʻllash boʻyicha taklif kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2025-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Mustafayev),

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov),

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

(Yunusov)

24.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish

Quva tumanidagi “Bahor” MFY hududi va Qirgʻiziston Respublikasi Batken viloyati oʻrtasida nazorat-oʻtkazish punktini qayta tiklash masalasini oʻrganish, zarurat boʻlganda taklif kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil avgust

Fargʻona viloyati hokimligi

(Bozarov),

Bojxona qoʻmitasi

(Mavlonov),

Chegara qoʻshinlari,

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov)

25.

Parrandachilik tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash

Naslchilik korxonalaridan xoʻjaliklarga joʻjalarni yetkazib berishda yuklarni tashish uchun moʻljallangan motorli transport vositalari uchun import bojxona bojini pasaytirish yuzasidan taklif kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2025-yil fevral

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

(Norqobolilov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Bojxona qoʻmitasi

(Mavlonov)

26.

Chorvachilik sohasini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash

Sut yetishtiruvchi chorva korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2025-yil fevral

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

(Norqobilov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

27.

Charm sanoati sohasida ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish

Xorijiy tajribani amaliyotga joriy etish maqsadida soha korxonalari vakillari ishtirokida Turkiya, Vyetnam, Hindiston, Italiya, Portugaliya, Ispaniya kabi xorijiy davlatlarga tashriflarni tashkil etish.

Ushbu davlatlarning yirik kompaniyalari va biznes vakillari bilan investitsiya va eksport kelishuvlarini tuzish uchun muzokaralar oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil davomida

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov),

AT “Xalq banki”

(Atabayev),

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

(Sultanov)

IV. Xizmatlar sohasiga yangi turtki berish

28.

Transport-ekspeditorlik xizmatlarini rivojlantirish

Yuklarni xalqaro tashishni amalga oshirish bilan bogʻliq quyidagi xizmatlarga qoʻshilgan qiymat soligʻining nol stavkasini qoʻllash boʻyicha taklif kiritish:

transport-ekspeditorlik shartnomasi asosida koʻrsatiladigan transport-ekspeditorlik xizmatlariga, shu jumladan, yuklarni qabul qilish va berish, ortish-tushirish va saqlash, yuklarni sugʻurtalashni tashkil etish, tovarlar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha xizmatlar, shuningdek, yetkazib berish muddatlari tugagandan soʻng yuklarni qidirish, yuklarni ekspeditorning omborxonalarida va ochiq joylarida saqlash xizmatlari;

temir yoʻl vagonlarini (konteyner) foydalanishga taqdim etish xizmatlari.

Qonun loyihasi

2025-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Transport vazirligi

(Maxkamov)

29.

“Elektron hukumat” tizimida Maʼlumotlarni qayta ishlash markazini yaratish” loyihasini amalga oshirish

1. Zamonaviy taqsimlash texnologiyalaridan foydalangan holda server qurilmalariga yuklamani maqbullashtirish orqali “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmasining uzluksiz ishlashini yoʻlga qoʻyish.

2. Maʼlumotlarni himoya qilish vositalarini joriy qilgan holda axborot xavfsizligi hamda tizim samaradorlik koʻrsatkichlarini oshirish.

Amaliy-chora-tadbirlar

2025 yakuniga qadar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

30.

Elektron veb-servislarning uzluksiz ravishda taqdim etilishi boʻyicha koʻrilayotgan choralarni kuchaytirish

Davlat organlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarida saqlanadigan hamda bank va boshqa xizmatlar koʻrsatishda foydalaniladigan maʼlumotlarning sifati va dolzarbligini oshirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni kiritish:

xizmat koʻrsatish darajasi toʻgʻrisidagi bitimni (SLA) tuzish va veb-servislarning mavjudligi va sifatini baholash mexanizmlarini joriy etish;

eng ommabop veb-servislarning tegishli maʼlumotlar bazalaridagi maʼlumotlarning nusxasini yaratish (replikatsiya) orqali bosqichma-bosqich “Elektron hukumat” tizimining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga oʻtkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil iyul

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Kiberxavfsizlik markazi

(Mirzayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

31.

Mehnat qonunchiligini takomillashtirish

Xodimlarni ishga qabul qilishni soddalashtirish, raqamlashtirish hisobiga ishga qabul qilish chogʻida ishga kirayotgan shaxs taqdim etishi lozim boʻlgan hujjatlar sonini maqbullashtirish.

Qonun loyihasi

2025-yil fevral

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Zaxidov)

32.

Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini qoʻllab-quvvatlash

Chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida mahsulot tannarxini kamaytirish maqsadida sohada xufiyona iqtisodiyotni qisqartirish boʻyicha takliflarni Jamoatchilik kengashida muhokama qilish va natijalari boʻyicha taklif kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2025-yil yanvar

Vazirlar Mahkamasi

(Qoʻchqorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov)

33.

Turizm sohasidagi kichik tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash

Xostel va kichik mehmonxonalarga turistik (mehmonxona) yigʻimini qoʻllash tartibini aniq hisob-kitoblar asosida qayta koʻrib chiqib, taklif kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil fevral

Turizm qoʻmitasi

(Shadiyev),

Biznes-ombudsman

(Kasimov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov)

34.

Yuqori qavatli qurilish loyihalariga talablarni belgilash

Balandligi 16 qavatdan yuqori boʻlgan binolar, savdo majmualari va avtoturargohlar (parkinglar)ni loyihalash va qurish qoidalarini ishlab chiqish, shuningdek, shaharlarda avtoturargohlarni rejalashtirish normalarini qayta koʻrib chiqish (zonalarga boʻlgan holda).

Shaharsozlik normalari va qoidalari

2025-yil dekabr

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Xidoyatov)

35.

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini takomillashtirish

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida tadbirkorlarning lizingga olingan texnikasini ham inobatga olishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2025-yil avgust

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Xidoyatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Ichki ishlar vazirligi

(Bobojonov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov)

V. Biznes uchun toʻsiq va gʻovlarni yanada qisqartirish

36.

Tadbirkorlar murojaatlari bilan ishlash tartibini takomillashtirish

“Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” elektron platformasini doimiy ravishda ishlash rejimiga oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil yanvar

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Biznes-ombudsman

(Kasimov)

37.

Moliyalashtirish sohasida raqamlashtirishni kengaytirish

Shaxsga doir hamda maxfiy maʼlumotlarni va bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlagan holda bulutli (Cloud) texnologiya asosida ishlovchi maʼlumotlarni qayta ishlash markazini yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil mart

Vazirlar Mahkamasi

(Qoʻchqorov),

Markaziy bank

(Ishmetov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Kiberxavfsizlik markazi

(Mirzayev)

38.

Tadbirkorlarga bojxona toʻlovlarini toʻlashda qulayliklar yaratish

“AAA” reytingdagi tadbirkorlarga import qilishda bojxona toʻlovlarini kechiktirish yoki boʻlib toʻlash imkoniyatini berishda taʼminlash chorasi sifatida bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga pul toʻlash talabini chiqarib tashlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil aprel

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Bojxona qoʻmitasi

(Mavlonov)

39.

Suv va salqin ichimliklarni raqamli markirovkalash jarayonlarini qayta koʻrib chiqish

1. Soliq qoʻmitasi, Alkogolsiz ichimliklar va sharbatlar ishlab chiqaruvchilar uyushmasi, ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari va “CRPT TURON” MCHJ vakillaridan iborat ishchi guruhni tuzish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil yanvar

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov),

Biznes-ombudsman

(Kasimov)

2. Soha vakillarining takliflari inobatga olingan holda ularning bevosita ishtirokida agregatsiyalash tizimiga oʻtishning aniq muddatlari belgilangan “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish hamda sohada mavjud muammolar yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil fevral

40.

Kichik sanoat zonalarida loyihalar amalga oshirilishini jadallashtirish

Quyidagi tartiblarni ishlab chiqish:

kichik sanoat zonalarida yakuniga yetkazilmagan loyihalarni amalga oshirishga kiritilgan investitsiyalarni baholash;

kichik sanoat zonalarida qurilishi yakunlanmagan bino-inshootlarni investitsiya kiritish va qurilish ishlarini amalga oshirgan tadbirkor tomonidan sarflangan mablagʻlarni qoplab berish sharti bilan yangi ishtirokchilarga berish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2025-yil may

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov),

Biznes-ombudsman

(Kasimov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: normativ-huquqiy hujjatlarning turlari tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-yanvardagi PF-6-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2025-y., 06/25/6/0058-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-maydagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5989-son Farmoni 8-bandining “b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6260-son Farmonining 8-bandi ikkinchi xatboshisidagi “100 million AQSH dollari” soʻzlari “70 million AQSH dollari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi “Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga va monopoliyaga qarshi choralarning taʼsirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-145-son Farmonining 1 va 4-bandlaridagi hamda 1-ilovaning nomlanishidagi “2025-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “2026-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-martdagi “Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-41-son Farmonining 1-bandidagi va ilovaning nomlanishidagi “2025-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “2026-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi “Kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-93-son Farmonining 5-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. 2023 — 2026-yillarda Dasturni amalga oshirish uchun jami 500 million AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi ochilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) uchinchi xatboshidagi “100 million AQSH dollari” soʻzlari “85 million AQSH dollari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-dekabrdagi “Isteʼmol bozorlarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-217-son Farmonida:
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-269-sonli Farmoniga asosan 6-band “a” kichik bandining chiqarilish sanasi 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvarga qadar kimyoviy tarkibi oʻzgartirilmagan holda tozalangan yoki tozalanmagan kungaboqar, maxsar yoki paxta moyi va ularning fraksiyalarini (TIFTN kodi 1512) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi “Yoqilgʻi-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan taʼminlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiisteʼmolchiliklar va talon-torojliklar sharoitini tugatish, toʻlov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3386-son qaroriga ilovaning 13-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3693-son qarorining 5-bandi uchinchi xatboshisidagi “TIF TN boʻyicha 4104, 4105, 4106 21 000 0 kodlari” soʻzlari “TIF TN boʻyicha 4104 kodi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-sentabrdagi “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4453-son qarorining 2-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “TIF TN boʻyicha 4104, 4105, 4106 21 000 0 kodlari” soʻzlari “TIF TN boʻyicha 4104 kodi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“b” va “v” kichik bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4742-son qaroriga ilova quyidagi mazmundagi 103-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“103. Artemiya sistalarini yigʻish va topshirish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-104-son qarori 3-bandining “a” kichik bandi va 2-ilovaning nomlanishidagi “2025-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “2030-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi “Gumanitar yordam koʻrsatish boʻyicha Xalqaro koʻp funksiyali transport-logistika xabini tashkil etish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-288-son qarorining 3-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Birlashgan Millatlar Tashkiloti agentlarining Afgʻoniston va boshqa davlatlarga gumanitar yordam sifatida yuborilayotgan tovarlari bojxona chegarasi orqali olib oʻtishda, zaruratga koʻra Tashqi ishlar vazirligining tasdigʻi asosida, bojxona yigʻimlarini toʻlashdan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gumanitar yuklarning xususiyati bojxona organlari tomonidan tovar yoʻl yuk hujjatlari hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan taqdim etilgan xat asosida tasdiqlanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-292-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-pozitsiya chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-pozitsiyaning “mazmuni” ustunidagi 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-oktabrdagi “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida islohotlarni yanada jadallashtirish va sohaning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-331-son qarori 4-bandining “a” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi “Xorazm viloyatida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-89-son qarorining 1-bandi birinchi xatboshisidagi “100 million AQSH dollari” soʻzlari “60 million AQSH dollari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-avgustdagi “Sanoat sohasida nufuzli xalqaro brendlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va milliy brendlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-286-son qaroriga 3-ilovaning 19-pozitsiyasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Amalga oshirish mexanizmi” ustuni 1-bandidagi “25 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ” soʻzlari “mablagʻlar” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2024-yil sentabr — dekabr” soʻzlari “2024-yil 1-sentabrdan boshlab” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: ushbu ilovaning 1, 7 — 9 va 14-bandlari 2025-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/229/1090-son; 22.01.2025-y., 06/25/6/0058-son; 17.03.2025-y., 06/25/47/0243-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son; 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son; 28.08.2026-y., 06/26/175/0878-son)