12.10.2022 yildagi PQ-390-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifati va ijtimoiy faolligini yanada oshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalariga qarashli yuridik shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlarni izchil davom ettirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-208-son qarorining 2-bandida budjet buyurtmachilari uchun nazarda tutilgan cheklovlar Elektron kooperatsiya portalida ro‘yxatdan o‘tgan, xodimlari umumiy sonining kamida 50 foizi ushbu tashkilotda kamida olti oydan buyon mehnat faoliyatini olib borayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat va nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — yuridik shaxslar) va nogironligi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni yoki ko‘rsatiladigan xizmatlarni xarid qilishga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilab qo‘yilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son — 2024-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning ko‘rgazma yarmarkasini doimiy tarzda o‘tkazish grafiklarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda hududlarda ko‘rgazma yarmarkasini o‘tkazish uchun zarur pavilyonlarni aniqlasin va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda ko‘rgazma yarmarkasini o‘tkazish uchun zarur pavilyonlar bepul tarzda ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari mazkur ko‘rgazma yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish uchun mas’ul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat buyurtmachilariga o‘z ehtiyojidan kelib chiqib, ko‘rgazma yarmarkalari davomida yuridik shaxslar va nogironligi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan ular tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni yoki ko‘rsatiladigan xizmatlarni uch yilgacha muddat davomida kafolatli xarid qilishni nazarda tutuvchi shartnomalar tuzish huquqi berilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchilari o‘z hududida faoliyat yuritayotgan, yuridik shaxslar va nogironligi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlarning yoki ko‘rsatiladigan xizmatlarning hajmi va texnik parametrlari to‘g‘risidagi axborotlarni Elektron kooperatsiya portaliga joylashtirsin va muntazam ravishda yangilab borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari doimiy tarzda o‘z hududida tadbirkorlik subyektlari uchun o‘tkaziladigan ko‘rgazma yarmarkasi doirasida yuridik shaxslar va nogironligi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning o‘z tovarlari bilan ishtirok etishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari mazkur bandda belgilangan vazifalar o‘z muddatida va sifatli bajarilishi hamda yuridik shaxslar va nogironligi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyatiga ko‘maklashish va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan shaxsan javobgar ekanliklari belgilab qo‘yilsin, shuningdek, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot kiritib borsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining quyidagi takliflari ma’qullansin:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xodimlari umumiy sonining kamida 25 foizi, biroq kamida 4 nafari ushbu tashkilotda kamida olti oydan buyon mehnat faoliyatini olib borayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat va nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining kamida 25 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar, shuningdek, kamida olti oydan buyon faoliyat yuritayotgan nogironligi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda ular tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarning yoki ko‘rsatiladigan xizmatlarning yagona reyestri (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) yuritilishini tashkil etish. Bunda:
(5-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-iyun)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestr Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining rasmiy veb-saytida va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yuritiladi hamda har oy yakunida yangilab boriladi;
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlari umumiy sonining kamida 25 foizi, biroq kamida 4 nafari ushbu tashkilotda olti oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirib kelayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lmasa yoki nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining kamida 25 foizini tashkil etmasa, ushbu yuridik shaxslar Reyestrdan avtomatik tarzda chiqariladi;
(5-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-iyun)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar Reyestrga kirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yoki davlat xizmatlari markazlariga kelgan holda murojaat qiladi;
(5-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tadbirkorlik subyektlari tomonidan ish o‘rinlari va sharoitlarni nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishda nogironligi bo‘lgan shaxslar band bo‘lgan ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari yuzasidan davlat ekspertizasi xulosasini talab qilish tartibini bekor qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, davlat xaridlari doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar va boshqa davlat buyurtmachilari o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib reja-jadvallaridagi xarid predmeti hajmining kamida 10 foizi miqdorida joylashgan hududi bo‘yicha tegishlicha Reyestrga kiritilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi korxonalar va nogironligi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar yoki ko‘rsatiladigan xizmatlarni shartnoma asosida sotib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, barcha davlat buyurtmachilari Reyestrdagi yuridik shaxslar va nogironligi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlardan xarid qilingan tovarlar yoki ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zining yoki yuqori turuvchi tashkilotlarning rasmiy veb-saytida doimiy ravishda joylashtirib boradi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Raqamli transformatsiya markazi bir oy muddatda Elektron kooperatsiya portalida ro‘yxatdan o‘tgan hamda Reyestrda mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar va nogironligi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar yoki ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi bo‘limni ishga tushirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ushbu bo‘limdan foydalangan holda davlat buyurtmachilariga yuridik shaxslar va nogironligi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilish bo‘yicha elektron tarzda (vositachilik yig‘imi undirilmagan holda) to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish imkoniyati yaratiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston nogironlar jamiyati hamda O‘zbekiston karlar jamiyatining 2022-yil davomida tajriba tariqasida Nukus va Toshkent shaharlarida hamda 2023-yildan boshlab qolgan hududlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, madaniyat, san’at, sportga oid qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Imkoniyatlar markazi” faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, “Imkoniyatlar markazi”:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi bo‘lgan shaxslar va ish beruvchilar o‘rtasida muloqot o‘tkazish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maydoni sifatida faoliyat yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan dastlabki suhbatlar o‘tkazib, ularning qiziqishidan kelib chiqqan holda kasb-hunarga o‘qitishga ko‘maklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) “Imkoniyatlar markazi” faoliyatini tashkil etish uchun Nukus tumanidagi Kerder sanoat transport kasb-hunar kolleji va Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi “Ishga marhamat” monomarkazidan zarur xonalar ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston nogironlar jamiyati hamda O‘zbekiston karlar jamiyatining talabnomalariga asosan Transport vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslarning joylashuvidan kelib chiqib, mavjud jamoat transporti yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritish yoki yangilarini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda muntazam ravishda yuridik shaxslar faoliyati hamda ular tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar yoki ko‘rsatiladigan xizmatlar, shuningdek, ushbu qarorning mazmun va mohiyati ommaviy axborot vositalarida hamda Internet tarmog‘ida keng yoritib borilishini ta’minlasin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 12-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-390-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2022-y., 07/22/390/0909-son; 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)