Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 27-yanvarda hisobga olindi, hisob raqami 331]
1. SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2022-yil 26-oktabrdagi 185-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan SHNQ 2.07.02-22 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Transport vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 8-yanvar,
01/2-1-son
Kelishildi:
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2024-yil 30-dekabr
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2024-yil 26-dekabr
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 25-dekabr
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M. OLLOYOROV
2024-yil 18-dekabr
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 20-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 8-yanvardagi 01/2-1-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashga oid talablarni belgilaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar qoʻllanilgan:
SHNQ 1.03.03-23 “Qurilish obyektlarini loyihalashtirish”;
SHNQ 2.01.02-04 “Binolar va inshootlarning yongʻin xavfsizligi”;
Oldingi tahrirga qarang.
SHNQ 2.01.08-24 “Shovqindan himoya”;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 30-maydagi 01/2-34-sonli buyrugʻi (hisob raqami 352, 05.06.2025-y.) tahririda)
SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash”;
SHNQ 2.04.09-21 “Bino va inshootlarning yongʻin avtomatikasi tizimi. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.08.01-24 “Turar joy obyektlarini loyihalash”;
SHNQ 2.08.02-23 “Jamoat binolari va inshootlari”;
SHNQ 2.08.04-22 “Maʼmuriy binolar”;
SHNQ 2.08.03-21 “Sanatoriylar”;
SHNQ 2.08.10-24 “Jismoniy tarbiya sogʻlomlashtirish va sport inshootlari”;
SHNQ 2.05.04-21 “Metropolitenlar”;
Oʻz MSt 133:2024 Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish;
GOST 5746-2015 (ISO 4190-1:2010) “Yoʻlovchi liftlar (Asosiy koʻrsatkich va oʻlchamlari)” (rasmiy manba: GOST 5746-2015 (ISO 4190-1:2010) lifti passajirskiye (Osnovnie parametri i razmeri);
GOST 28911-2021 “Liftlar (Boshqaruv qurilmasi, signalizatsiya va qoʻshimcha uskunalar)” (rasmiy manba: Lifti (Ustroystva upravleniya, signalizatsii i dopolnitelnoye oborudovaniye);
GOST 33984.1-2023 “Liftlar. Odamlarni yoki odamlar va yuklarni tashish uchun liftlar. Qurilma va oʻrnatish uchun xavfsizlik talablari.” (rasmiy manba: Lifti. Lifti dlya transportirovaniya lyudey ili lyudey i gruzov. Obshiye trebovaniya bezopasnosti k ustroystvu i ustanovke);
GOST 52875-2018 “Koʻzi ojizlar uchun taktil yoʻl koʻrsatkichlari” (rasmiy manba: Ukazateli taktilnie nazemnie dlya invalidov po zreniyu).
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atamalar va taʼriflar qoʻllanilgan:
antropometrik parametrlar — insonlarning hayoti va faoliyati muhitini loyihalash uchun asos boʻladigan inson tanasi va uning qismlarining parametrlari;
axborot vositalari — nogironligi boʻlgan shaxslar hamda keksalarga moʻljal olishni taʼminlaydigan, ularning harakatlanish xavfsizligi va qulayligiga yordam beradigan, ogohlantiruvchi xususiyatga ega boʻlgan axborot tashuvchi vositalar;
bort — pandus yoki zina yurish qismining cheti boʻylab joylashtiriladigan, shuningdek odam oyogʻi yoki texnik vosita (masalan, oʻrindiqli aravacha, rollator, bolalar aravachasi) gʻildiraklarining pandus yoki zina yurish qismi gabaritlaridan tashqariga chiqib ketishiga toʻsqinlik qiladigan pandus yoki zina konstruksiyasining elementi;
nogironligi boʻlgan shaxs — ijtimoiy yordam va himoyaga, jamiyat va davlatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotida boshqalar bilan birga teng toʻliq va samarali ishtirok etish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga muhtoj barqaror jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan shaxs;
tekstofon — matnli rejimda eshitishda nuqsoni boʻlgan shaxs bilan telefon orqali muloqotni olib borish uchun moʻljallangan hamda klaviatura va displey bilan taʼminlangan qurilma;
pandus — bino va inshootlarning ichki va tashqi qismida joylashgan va vertikal harakatlanish uchun moslashtirilgan qiya tekislik;
xavfsizlik orolchasi — harakatlanish tasmalarini (shu jumladan velosipedchilar tasmalarini) ajratuvchi, konstruksiyasiga koʻra qatnov qismi ustiga bordyur toshlari bilan koʻtarilgan yoki harakatni tashkil etish texnik vositalari bilan belgilangan qatnov qismidan oʻtayotgan piyodalar, talab qilingan holda toʻxtab oʻtishlari uchun moʻljallangan yoʻl qurilmasi. Ajratuvchi mintaqa oraligʻidan oʻtkazilgan piyodalar oʻtish joyi ham xavfsizlik orolchasi hisoblanadi. Ikki tomonlama harakatlanishli yoʻllarda qarama — qarshi yoʻnalishlarni ajratuvchi xavfsizlik orolchalarini oʻng tomondan aylanib oʻtiladi;
tambur — tashqaridan xona ichiga sovuq havo oqimining kirishiga toʻsqinlik qiluvchi tashqi va ichki eshiklarga ega boʻlgan hamda binoga kirish uchun moʻljallangan oʻtish joyi (xonasi);
taktil mnemonik diagramma — vizual va taktil maʼlumotlarni bir vaqtning oʻzida koʻrsatishni taʼminlaydigan xona yoki hududning maxsus relyef rejasi boʻlib, axborot manbasiga teginish orqali koʻzi ojiz va koʻrish qobiliyati zaif odamlar tomonidan oʻqish uchun moʻljallangan qurilma;
statsionar panduslar — uzoq vaqt davomida ishlatishga moʻljallangan tarkibiy tuzilmasi temir-betondan tashkil topgan qurilma;
“Vintli” panduslar — metall konstruksiyadan tashkil topgan qurilma;
yechib olinadigan va koʻchma panduslar — oʻrnatish va qayta yigʻish qulay boʻlgan, qatlanadigan, mobil tuzilmali, yengil poʻlat va alyumin qotishmalaridan tashkil topgan qurilma;
aerovokzal — havo transporti yoʻlovchilari binosi.
3-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
3. Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar uchun qurilish obyektlari ushbu SHNQ, SHNQ 1.03.03-23, SHNQ 2.01.02-04, SHNQ 2.01.08-24, SHNQ 2.04.09-21, SHNQ 2.07.01-23, SHNQ 2.08.01-24, SHNQ 2.08.02-23, SHNQ 2.08.04-22 hamda SanQvaN 0266-09 talablariga muvofiq loyihalanishi lozim.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 30-maydagi 01/2-34-sonli buyrugʻi (hisob raqami 352, 05.06.2025-y.) tahririda)
4. Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda ularga xizmat koʻrsatuvchi markazlarni binolarning yertoʻla va yarim yertoʻla (sokol) qavatlariga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
5. Qurilish obyektlarini loyihalashtirishda nogironligi boʻlgan hamda hayot faoliyati cheklangan shaxslarning antropometrik parametrlari hamda oʻrindiqli aravachaning oʻlchamlari mazkur SHNQning 1 va 2-ilovalarida keltirilgan.
4-bob. Shaharsozlik talablari
1-§. Turar joylar va jamoat hududlari, harakat yoʻllari va dam olish zonalarini loyihalashga qoʻyiladigan talablar
6. Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda turar joylar va jamoat hududlarini loyihalashda ortiqcha quyosh radiatsiyasi va chang-toʻzonli shamollardan himoyalanish talablariga rioya qilinishi, shuningdek transport bekatlari, xizmat koʻrsatish obyektlari va avtomobil toʻxtash joylariga qulay yetib borish uchun piyodalar yoʻlkalarining eng qisqa yoʻnalishlarini ratsional tashkil etish kerak.
7. Piyodalar yoʻlkalari qurilish obyekti hududining tashqi yoʻlkalari (transport yoʻli va piyodalar oʻtish joyi), shuningdek jamoat transporti bekatlari bilan uzluksiz bogʻlanishi lozim.
8. Koʻzi ojizlarni yoʻllardagi mavjud xavfli zonalarga (masalan, alohida turuvchi ustunlar, daraxtlar, zinalar, piyodalar oʻtish joylariga) yaqinlashganligi toʻgʻrisida ogohlantirish uchun yoʻl qoplamalari taktil va kontrast rangli belgilar boʻlishi kerak.
9. Koʻchalardagi piyodalar yoʻlkalarida, yer osti va yer usti piyodalar oʻtish joylarining harakatlanish yoʻlaklarida, jamoat binolarida, koʻzi ojizlar uchun ixtisoslashtirilgan reabilitatsiya markazlarida hamda taʼlim tashkilotlarining ichki va tashqi harakatlanish yoʻlaklarida, shuningdek zinalar va panduslar oldida ogohlantiruvchi va yoʻnaltiruvchi kontrast rangli maxsus taktil yoʻl qoplamalari yotqizilishi lozim.
Taktil qoplamalarning zinalar hamda panduslar oldida qoʻllanilishi mazkur SHNQning 3, 4 va 5-ilovalarida keltirilgan.
Nogironligi boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari binolarini loyihalash SHNQ 2.08.07-22 talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
10. Binolarning kirish qismida hamda qavat yoʻlaklarida maʼlumot beruvchi taktil mnemonik diagramma oʻrnatilishi kerak.
11. Taktil qoplamalarning tavsifi va turlari GOST 52875-2018 da keltirilgan.
12. Binolar va inshootlar tashqi yoki ichki devorlariga oʻrnatilgan qurilmalar, jihozlar (pochta qutilari, taksofon panolari, maʼlumot taxtalari) hamda dekorativ elementlar oʻtish yoʻlaklarining maydonini kamaytirmasligi kerak.
13. Tashqi yoritish ustunlari (stolba), ustunli yoʻl belgilari, maʼlumotlar panellari, gazeta va savdo kioskalari piyodalar yoʻlagidan tashqarida joylashtirilishi lozim.
14. Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar uchun shahar va qishloq hududlarida transport va piyodalar yoʻlkalarining parametrlari va qurilishiga oid talablar mazkur SHNQ hamda SHNQ 2.07.01-23 talablariga muvofiq loyihalanishi zarur.
15. Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalarning koʻp kvartirali uylari qulay ekologik sharoitlarda (shovqindan va tabiiy muhit ifloslanishining zararli taʼsiridan xoli) boʻlishi va ijtimoiy infratuzilma shoxobchalariga (masalan, dam olish va jismoniy tarbiya mashgʻulotlari uchun maydoncha, bolalar uchun oʻyin maydonchasi) qulay yetib borishni hisobga olgan holda oraliq masofa 200 m dan oshmasligi lozim.
16. Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar, keksalar, oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar hamda yosh bolalar aravachasini yetaklab harakatlanadigan serqatnov joylarda piyodalar yoʻlkasining kengligi kamida 2,4 m boʻlishi kerak.
Bino va inshootlar ichki yoʻlaklari kamida 1,5 m kenglikda loyihalanishi lozim.
Binoning ichki harakatlanish yoʻlaklari kengligi mazkur SHNQning 6-ilovasida keltirilgan.
17. Trotuarlarning boʻylama nishabligi 5 foizdan oshmasligi, bino va inshootlar oldidagi trotuardan tushish qismi, shuningdek trotuarlarning har 10 — 12 m oraligʻida joylashadigan (1,5 m dan kam boʻlmagan) gorizontal maydoni 10 foiz boʻylama nishablikda boʻlishi lozim.
Harakatlanish yoʻlining koʻndalang nishabligi 2 foiz boʻlishi kerak.
Turli balandliklarda joylashgan ikkita yoʻlakning ulanishi oʻzgargan joylarda 10 foizdan (1:10) oshmaydigan nishablik bilan asta-sekin pasayish amalga oshirilishi zarur.
18. Koʻkalamzorlashtirilgan maydonchalar atrofidagi piyodalar yoʻlkalari yerdan 5 — 7 cm baland boʻlishi hamda balandligi 4-5 cm, eni 10 cm boʻlgan bordyur yoki bort toshlari bilan toʻsilishi kerak.
Piyodalar yoʻlkalari transport harakati bilan toʻqnashadigan joylarda bortli toʻsiqlarning balandligi 2 cm dan katta boʻlmasligi kerak.
19. Turar joylar va jamoat hududlarida piyodalar yoʻlkasining kengligi 2,0 m dan, transport harakatlanadigan koʻchalarda esa 2,4 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Koʻchaning harakatlanish qismidan kesib oʻtish joylarida xavfsizlik orolchalarining uzunligi 2 m dan kam boʻlmasligi lozim.
Koʻchalarda piyodalar kesib oʻtish joylarining boshlanish qismi boʻylab balandligi 0,6 m dan kam boʻlmagan toʻsiqlar oʻrnatilishi kerak.
20. Koʻchalardagi taktil qoplamalarning yotqizilishi mazkur SHNQning 7-ilovasiga muvofiq loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
21. Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalarga harakatlanish yoʻllarida toʻsiq boʻluvchi ikki tomonga ochiladigan osma oshiq-moshiqlarga mahkamlanuvchi shaffof boʻlmagan darchalar, aylanuvchi turniketlar va aylanma eshiklar kabi qurilmalar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
22. Nogironligi boʻlgan shaxslarga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan tibbiy-ijtimoiy muassasalar, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari hamda maʼmuriy va jamoat binolarning kirish qismidagi eshiklar avtomatik ochiladigan sensorlik hamda hojatxona eshiklari va evakuatsiya eshiklari mayatnik tizimli (ikki tomonlama ochilib yopishga moʻljallangan) boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Mayatnik tizimli eshiklar loyiha topshirigʻiga koʻra boshqa xonalarga ham oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
23. Turar joy obyektlari va jamoat binolari hududidagi dam olish maydonchalari boʻylab har 10 m da oʻrindiqlar va ichish uchun suv fontanchalar loyihalanishi lozim.
Piyodalar yoʻlkalari va trotuarlar boʻylab (jamoat hududlari, kichik tuman, mahallalarda) har 100 m da dam olish uchun oʻrindiqlar, tayanch harakatida nuqsoni mavjud odamlar uchun maxsus suyanchiqlar hamda chiqindi qutilari boʻlishi kerak.
24. Chorrahalarda trotuarlardan piyodalar oʻtish joyiga tutash qismi hamda transport harakat yoʻlining chetki qismidagi avtotransportlar toʻxtash joyi bilan kesishgan qismidagi yoʻl qoplamasining tarkibiy tuzilmasi gʻadir-budur notekis boʻlishi kerak.
Chorrahalar ovozli-aqlli svetoforlar, taktil qoplamalar, piyodalar oʻtish yoʻlagida boʻrttirilgan tasmalar (zebra), rezina panduslar, koʻcha modul toʻsiqlari, chorraha oʻrtasida xavfsizlik orolchasi hamda maxsus yoʻl belgilari boʻlishi lozim.
25. Piyodalar yoʻlkasi, trotuarlar va panduslarni qoplashda qoʻltiqtayoqli va oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarning harakatlanishini qiyinlashtiradigan sochma va yirik tarkibli materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Beton plitali qoplamalar tekis boʻlishi, plitalar orasidagi choklarning qalinligi 1,0 cm dan oshmasligi kerak.
26. Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar harakatlanadigan yoʻllar, binolar va inshootlarning kirish qismlari vizual va tovushli axborot vositalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Vizual maʼlumot piyodalar harakatlanadigan sathdan 0,9 — 1,7 m balandlikda joylashtirilishi kerak.
Transport yoʻllarining kesishmalarida hamda jamoat binolari va inshootlarining kirish joylarida tovushli signalizatsiya oʻrnatilishi lozim.
27. Koʻrish va eshitish qobiliyati zaif shaxslar uchun murakkab chorrahalardan xavfsiz oʻtishini taʼminlash uchun oʻtish joylari svetoforlar tovushli signalizatsiya bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
28. Koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar atrofidagi chorrahalarda, piyodalar kesib oʻtish joylarini loyihalashda piyodalar uchun svetoforlar 1,7 — 2 m dan yuqori boʻlmagan balandlikda joylashtirilishi lozim.
Koʻrish qobiliyati zaif va koʻzi ojizlar xavfsizligini taʼminlash uchun svetofor bilan bir qatorda maxsus sinxron tovush signallari qoʻllanilishi lozim.
Svetoforning ustuniga, balandligi 1,2 — 1,5 m oraligʻida joylashgan sensor datchik oʻrnatilishi lozim.
Mazkur datchikka koʻzi ojiz yoki hayot faoliyati cheklangan shaxslar yaqinlashganda (yelka bilan tirsak oraligʻi sensor ekraniga yaqin tutilganda), avtomatik ravishda svetoforning ogohlantiruvchi qizil chirogʻi yonishini kerak.
Koʻzi ojizlar uchun maxsus svetofor mazkur SHNQning 8-ilovasida keltirilgan.
29. Turar joylar va jamoat hududlarining oldidagi chorrahalarga yaqin yoʻlkalarning burilish qismida, simyogʻochlar va boshqa toʻsiqlar oldida, piyodalar yoʻlkalari yirik tuzilmali qoplamaga ega boʻlishi (asfaltga shagʻal qoʻshilishi) yoki taktil hamda kontrast rangli yoʻl qoplamalari bilan qoplangan boʻlishi lozim.
30. Harakatlanish yoʻlining cheklamagan holda joylashgan tayanch konstruksiyalar va qurilmalar (maʼlumot taxtalari, pochta qutilari, taksofonlar va boshqa osib qoʻyiladigan qurilma va konstruksiyalar) piyodalar yoʻlkasi sathidan 0,7 — 2,1 m balandlikda boʻlishi, bunda obyekt ostidagi boʻshliq balandligi 0,05 m boʻlgan bordyur toshlari bilan chegaralangan yoki 0,7 m balandlikdagi toʻsiqlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Osma uskunalar qirrasiz shakllarga ega boʻlishi lozim.
31. Maʼmuriy binolar, savdo majmualari, metropolitenlarda, avtovokzal, aerovokzal binosida, temir yoʻl vokzali va bekatlarida, istirohat bogʻlari va alleyalarda, bozorlar hamda umum ovqatlanish korxonalari hamda turizm obyektlarining kirish qismlarida va har bir qavatlarida (qavatlar mavjud boʻlsa) nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar uchun tezkor aloqa qilish hamda yordam tugmalari boʻlishi lozim.
32. Koʻrishda nuqsoni boʻlgan shaxslar uchun taksofonlar va boshqa maxsus uskunalarning gorizontal yuzasi relyefli hamda Brayl alifbosidagi maʼlumotlar yoritilgan qoplamaga ega boʻlishi lozim.
2-§. Zinalar va panduslarga qoʻyiladigan talablar
33. Relyef qiyaliklarida ochiq zinalar kengligi 1,6 m, undagi zina pogʻonalari kengligi 0,3 m dan kam boʻlmasligi, zina pogʻonalari balandligi esa 0,12 m dan oshmasligi, zina pogʻonalarining qirralarida sirpanishga qarshi choklar boʻlishi lozim.
Bir zina marshida zina pogʻonalarining soni 3 tadan kam boʻlmasligi, bunda balandlik bundan past boʻlsa panduslar loyihalanishi kerak.
Bir marshdagi zina pogʻonalarining shakli, ularning kengligi va balandligi bir xil boʻlishi lozim.
Zinalarning koʻndalang nishabligi 2 foiz boʻlishi kerak.
34. Harakatlanish xavfsizligini taʼminlash uchun zina qoplamasi gʻadir-budir boʻlishi, shuningdek zina qoplamasi tekis tarashlangan toshdan, sirpanchiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
35. Zinalarga maxsus kontrast boʻyoqlar qoʻllanilishi, shuningdek zina pogʻonalari kechki vaqt yoritilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Zinalarning ochiq tomonlari 0,15 — 0,20 m balandlikda bortlarga va 0,7-0,9 m balandlikda tutqichlarga (maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 0,5 m balandlikda) ega boʻlishi kerak.
Tutqichning uzunligi zina marshiga nisbatan 0,3 m uzunroq boʻlishi, ular har qanday shikastlanish xavfini kamaytirish maqsadida toʻgʻri toʻrtburchak yoki dumaloq shaklda (0,05-0,04 m diametrda) oʻrnatilishi lozim.
Eni 2,5 m dan keng boʻlgan zinalar uzunasiga tutqichlar bilan boʻlinishi zarur.
36. Zina ostidagi boʻshliq 2 m va undan kam boʻlganda, 0,7 m balandlikdagi toʻsiq bilan chegaralanishi lozim.
Zina ostidagi himoya toʻsiqlari mazkur SHNQning 9-ilovasiga muvofiq loyihalanishiga yoʻl qoʻyiladi.
37. Koʻzi ojizlar uchun binolarning kirish qismidagi, binolar ichidagi, koʻchalardagi (masalan, yer osti yoʻllaridagi) zina tutqichlarining boshlanish va tugash qismida manzil joylashuvi, bekat nomi va qavat raqami kabi maʼlumotlar keltirilgan Brayl alifbosidagi yozuvlar boʻlishi zarur.
Tutqichlardagi yozuvlar va koʻrsatkichlar 3 satrdan oshmasligi, panjara tutqichlari oval shaklida boʻlsa, yozuv faqat bir qatorda joylashgan boʻlishi lozim.
Koʻzi ojizlar uchun Brayl alifbosi bilan jihozlangan zina tutqichlari mazkur SHNQning 10-ilovasiga muvofiq loyihalanishiga yoʻl qoʻyiladi.
38. Harakatlanish yoʻllarida zinalar bilan bir qatorda panduslar ham qoʻllanilishi lozim.
Binolarning ichki va tashqi qismida, koʻchalarda, yer osti va yer usti oʻtish joylarida lift yoki pandus boʻlmagan hollarda, shuningdek panduslar nishabligi oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarning harakatlanishi uchun noqulaylik tugʻdirgan hollarda maxsus koʻtaruvchi moslamalar oʻrnatilishi zarur.
Maxsus koʻtaruvchi moslamalar mazkur SHNQning 11-ilovasiga muvofiq loyihalanishiga yoʻl qoʻyiladi.
39. Piyodalar yer osti oʻtish joylarida nogironligi boʻlgan shaxslarning oʻrindiqli aravachada harakatlanishi uchun kamida 1,0 m kenglikdagi panduslar loyihalanishi zarur.
Yer osti oʻtish joylaridagi zinalar kengligi 2,25 m dan kam boʻlmasligi lozim.
40. Yirik transport obyektlaridagi (temir yoʻl, aeroport, avtovokzal) piyodalar tonnellarida panduslar 1,5 m dan kam boʻlmagan kenglikda (yuk aravalarining harakatlanishini hisobga olgan holda) loyihalanishi kerak.
41. Pandus va ularning toʻsiqlari yonmaydigan (bundan buyon matnda YONM deb yuritiladi) guruhga kiruvchi yongʻinga chidamli materiallardan qurilgan boʻlishi kerak.
Panduslarning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari YONM materiallardan tayyorlanib, ularning olovbardoshlilik chegarasi R60 dan kam boʻlmagan holda bajarilishi lozim.
Panduslarni oʻrab turuvchi konstruksiyalarning (tutqichlar) olovbardoshlik chegarasi esa R120 kam boʻlmasligi zarur.
Piyodalar yoʻlkasining piyodalar oʻtish joyi bilan uygʻunlashuvi mazkur SHNQning 12-ilovasiga muvofiq loyihalanishiga yoʻl qoʻyiladi.
42. Oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar harakatlanishi uchun pandusning kengligi 1,0 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Pandus har bir marshining koʻtarilish balandligi 0,8 m dan oshmasligi, bunda pandusning boʻylama qiyaligi 1:12,5, koʻndalang nishabligi esa 1:50 nisbatda boʻlishi lozim.
43. Panduslar cheti 0,15 — 0,20 m balandlikdagi bortlarga va 0,7 — 0,9 m balandlikda tutqichlar (maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 0,5 m) ga ega boʻlishi, tutqichlarning uzunligi pandus uzunligiga nisbatan 0,3 m uzunroq boʻlishi kerak.
Tutqichning aylana diametri 0,04-0,05 m boʻlishi lozim.
44. Har bir pandusning boshi va oxirida aravachaning qiyinchiliksiz burilishiga imkon beradigan, pandus kengligidan kam boʻlmagan va uzunligi kamida 1,5 m boʻlgan gorizontal maydoncha loyihalanishi lozim.
Pandus yoʻnalishi oʻzgarsa, yoʻnalish oʻzgarishi boʻylab maydonchaning eni 1,5 m dan kam boʻlmasligi, umumiy gorizontal maydonchaning boʻyi esa ikkita marsh kengligiga teng boʻlishi kerak.
45. Bino va inshootlarning kirish qismida oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarning kirishi va ularni evakuatsiya qilinishi uchun (yer sathi va yer ostidan) panduslar boʻlishi kerak.
46. Ikkinchi va undan yuqori qavatlardan evakuatsiya yoʻli sifatida xizmat qiluvchi zinalar binodan unga tegishli tashqi hududga chiqish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim.
47. Zinalar va panduslar tutqichlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Bino va inshootlar qurilishida panduslarni qurish imkoni boʻlmaganda (sokol qavati baland boʻlgan holda) oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarning zinalardan koʻtarila olishi uchun maxsus koʻtarish moslamalarini oʻrnatilishi kerak.
Kirish zonasida kengligi 2,5 m va undan ortiq boʻlgan ochiq zinalarda qoʻshimcha ajratuvchi tutqichlar boʻlishi lozim.
48. Yongʻinga qarshi eshiklar oʻzini oʻzi yopadigan moslamalar bilan jihozlangan hamda eshik tirqishlari mustahkam berkitiladigan boʻlishi kerak.
49. Binolarning kirish eshiklari oldida yorugʻlik oʻtkazuvchi shaffof va yengil konstruksiyalardan ishlangan (isitilmaydigan), yogʻingarchiliklardan himoya qiluvchi tambur loyihalanishi lozim.
Tamburning eni kamida 1,6 m va uzunligi kamida 2,2 m boʻlishi kerak.
Oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun tamburning kirish joyi yetarli oʻlchamlarga (tashqarida kamida 1,4x2,0 m) ega boʻlishi, kirish eshigini ochishda va manyovr qilishiga imkoniyat boʻlishi lozim.
50. Kirish zonasi signalizatsiya va xodimlarni chaqirish moslamalari bilan jihozlanishi kerak.
Mazkur moslamalarning chaqiruv tugmalari kirish qismidagi pandus va zina oldiga qulay boʻlgan joyga, yer sathidan 0,4 m dan 1,2 m balandlikkacha oʻrnatish lozim.
51. Kirish zonalaridagi qoplamalar yuzasi qattiq, hoʻl boʻlmaydigan va sirpanchiq boʻlmasligi, bunda ularning koʻndalang nishabligi 2 foiz boʻlishi lozim.
52. Piyodalar yoʻlkasining gorizontal qiyaliklari oraligʻida hamda harakatlanish yoʻlaklari boʻylab zinalar mavjud joylarda panduslar oʻrnatilishi kerak.
53. Pandus har bir marshining koʻtarilish balandligi 0,8 m dan oshmasligi hamda koʻndalang nishabligi 2 foiz nisbatda boʻlishi, shuningdek pandus boʻylama qiyaligi quyidagicha boʻlishi lozim:
1: 12,5 = 8 foiz boʻlganda, pandus uzunligi 10 m, koʻtarilish balandligi 0,8 m (pandusning nishablik burchagi 4,6 daraja);
1: 12 = 8 foiz boʻlganda, pandus uzunligi 6 m, koʻtarilish balandligi 0,5 m (pandusning nishablik burchagi 4,8 daraja);
1: 10 = 10 foiz boʻlganda, pandus uzunligi 2 m, koʻtarilish balandligi 0,2 m (pandusning nishablik burchagi 5,7 daraja).
54. Panduslar statsionar, vintli hamda yechib olinadigan va koʻchma panduslarga boʻlinadi.
Statsionar pandusni loyihalashtirish imkoni boʻlmaganda, vintli panduslar oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Vintli panduslar gorizontal maydonchalarning ichki radiusi 2 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Statsionar hamda vintli pandus oʻrnatish imkoni boʻlmagan hollarda (mavjud binolarda) yechib olinadigan va koʻchma panduslar oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
55. Nishabliklar, zinalar va panduslar oldidagi oqava suvlari, qor-yomgʻir suvlarini qabul qilish moslamalari, suv oqizish ariqchalarining drenajli panjaralari, yashil oʻsimliklarni himoya qiluvchi panjarali toʻsiqlar, kommunikatsiyalarning lyuklari va qopqoqlarini piyodalar yoʻllari yurish qismi chegarasidan tashqariga joylashtirish lozim.
56. Piyodalar yoʻlkalarini kesib oʻtuvchi gorizontal panjaralarni (piyodalar yoʻlagiga perpendikulyar holatda yoʻnaltirilganda) oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Ushbu panjaralar teshiklarining diametri 15 mm boʻlishi lozim.
Nazorat quduqlari (lyuk) qopqoqlarining qovurgʻasi va ustki qismidagi boshqa konstruktiv elementlarning balandligi 5 mm dan oshmasligi kerak.
57. Eshiklar, zinalar va panduslarga chiqish joylari oldidan 0,6 m masofada ogohlantiruvchi taktil qoplamalar bilan qoplangan va kontrast rangli yuzaga ega boʻlishi zarur.
58. Eshik oʻrinlaridagi boʻsagʻalar (kesaki-ostonalar) va pollar baland-past boʻlmasligi, boʻsagʻalarni oʻrnatish zarur boʻlgan hollarda ularning balandliklari 0,014 m dan oshmasligi kerak.
59. Binolar ichidagi zinalar va panduslarni mazkur SHNQ va SHNQ 2.01.02-04 hamda SHNQ 2.08.02-23 talablariga muvofiq loyihalanishi zarur.
Zina marshining kengligini quyidagicha qabul qilish lozim:
F1.1, F2.1, F2.2, F3.4, F4.1 sinflarga mansub binolarda hamda birinchi qavatdan tashqari boshqa barcha qavatlarida 200 kishidan ortiq odamlar boʻladigan binolarda evakuatsiyaga moʻljallangan zinalar uchun — kamida 1,35 m;
birinchi qavatdan tashqari boshqa barcha qavatlarida 600 kishidan ortiq odamlar boʻladigan binolarda — kamida 1,6 m;
F1.3, F1.4, F5 sinflardagi binolardan tashqari boshqa binolar uchun — kamida 1,2 m;
F1.3 sinfdagi binolar uchun — kamida 1,05 m.
60. Marsh kengligi 2,5 m va undan ortiq boʻlgan zinalar ajratuvchi tutqichlarga ega boʻlishi kerak.
61. Zina pogʻonalarining kengligi 0,3 m dan kam boʻlmasligi, zina pogʻonalarining balandligi esa 0,15 m dan baland boʻlmasligi lozim.
Zinalarning koʻndalang nishabligi 2 foiz boʻlishi lozim.
Zina pogʻonalari yaxlit, tekis, mayda gʻadir-budir qoplamali boʻlishi kerak.
Zina pogʻonalarining qirralari 5 cm radiusdan koʻp boʻlmagan yassilikda boʻlishi hamda uning devorga tutashmagan chetki taraflari 0,15 — 0,20 m balandlikdagi bortlarga ega boʻlishi lozim.
62. Balandligi 0,45 m boʻlgan zinalar, panduslar, qiyaliklarda ikki tarafdan tutqichli toʻsiqlar oʻrnatilishi kerak.
63. Tutqichlar zinapoyaning ichki tarafidan butun uzunlik boʻylab yaxlit boʻlishi kerak.
64. Hassa yoki oyoq sirpanib ketishini oldini olish uchun pandus marshlarining chetlarida, shuningdek 0,45 m dan ortiq balandlik qiyaligida va gorizontal yuzaning chetlarida 15 — 20 cm balandlikdagi bortlar boʻlishi kerak.
65. Zina marshining tashqi tarafi, tutqichlarning yuqori yoki yon taraflarining yuzasiga qavatlarning relyefli belgilari (Brayl alifbosida) joylashtirilishi, bunda raqamlar 1,5x1,0 cm, relyefning balandligi 0,2 cm dan kam boʻlmasligi kerak.
5-bob. Bino va inshootlarni loyihalashtirishga qoʻyiladigan talablar
1-§. Bino va inshootlarda yongʻin xavfsizligini taʼminlash hamda evakuatsiya yoʻllariga qoʻyiladigan talablar
66. Bino va inshootlarning loyihaviy yechimlari SHNQ 2.01.02-04, SHNQ 2.08.02-23, SHNQ 2.04.09-21 hamda ushbu SHNQ talablariga muvofiq hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar uchun xavfsizlik choralarini taʼminlashi va turar joy obyektlarini loyihalashda qoʻshimcha ravishda SHNQ 2.08.01-24 talablarini hisobga olish kerak.
67. Nogironligi boʻlgan shaxslarga moʻljallangan bino yoki bino bloklari ikki qavatdan baland boʻlmasligi, olovbardoshligi darajasi II kam boʻlmasligi kerak.
68. Nogironligi boʻlgan shaxslar, hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalarning xonalaridan bino qavatlarining evakuatsiya chiqish joyiga yetib borish masofasi 50 m dan oshmasligi lozim.
69. Yongʻin paytida binoni tark etishning imkoni boʻlmaganda, binoning har bir qavatida nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar jon saqlashi mumkin boʻlgan yongʻin xavfsizligi zonalari loyihalanishi kerak.
70. Yongʻin xavfsizligi zonalarini vertikal kommunikatsiya yaqinida joylashtirish yoki ularni “N1” turiga mansub tutun qoplamaydigan zina kataklariga, toʻsiq konstruksiyali pandus xonasiga chiqishni taʼminlaydigan yagona uzel sifatida loyihalanishi lozim.
Yongʻin xavfsizligi zonalarning konstruksiyalari “KO” sinfiga (yongʻinga xavfli boʻlmagan) mansub boʻlishi, pardozlash va qoplash materiallariga boʻlgan talablar SHNQ 2.01.02-04 muvofiq boʻlishi lozim.
Yongʻin xavfsizligi zonasiga kiriladigan eshiklar, yongʻinga qarshi oʻz-oʻzidan yopiladigan va zichlaydigan moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
71. Yongʻin xavfsizligi zonasi boshqa xonalardan va tutash yoʻlaklardan olovbardoshlilik chegarasiga ega boʻlgan yongʻinga qarshi toʻsiqlar bilan ajratilishi, toʻsiqlarning olovbardoshlikning chegarasi quyidagicha boʻlishi lozim:
devorlar — REI 90;
toʻsiqlar — REI 60;
1-turdagi yongʻinga qarshi eshiklar va derazalar — EI 60.
72. Yongʻin xavfsizligi zonasi tarkibiga lodjiya yoki balkonga tutash maydoncha (kengligi 1,5 m dan kam boʻlmagan) ham kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Yongʻinga qarshi zonalarning konstruksiyalari yongʻin xavfliligi boʻyicha KO sinfiga (yongʻinga xavfli boʻlmagan) muvofiq boʻlishi, pardozlov va qoplovchi materiallar esa SHNQ 2.01.02-04 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
73. Yongʻin xavfsizligi zonalari tutun qoplamaydigan boʻlishi lozim.
Yongʻin sodir boʻlganda, evakuatsiya chiqish yoʻlining bitta eshigi ochiq holatida, ushbu joyda 20 Ra miqdorida ortiqcha bosim hosil boʻlishi taʼminlanishi lozim.
Yongʻin xavfsizligi zonasi boshqa xonalar va qoʻshni yoʻlaklardan yongʻinga qarshi toʻsiqlar bilan ajratilishi, toʻsiqlarning olovbardoshlik chegaralari mazkur SHNQ talablariga muvofiq boʻlishi zarur.
74. Yongʻin xavfsizligi zonalariga chiqish joylarida mavjud boʻlgan lift shaxtalari SHNQ 2.04.05-22 talablariga muvofiq havo bosimi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
75. Yongʻin xavfsizligi zona maydoni, qavatda qolgan barcha nogironligi boʻlgan shaxsni hisobga olgan holda, har bir qutqariluvchi shaxsga toʻgʻri keladigan solishtirma maydondan kelib chiqib quyidagicha hisoblanishi lozim:
oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun — 2,40 m2/kishi;
kuzatuvchi hamrohligida harakatlanuvchi oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun — 2,65 m2/kishi;
mustaqil harakatlanuvchi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun — 0,75 m2/kishi;
kuzatuvchi hamrohligida harakatlanuvchi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun — 1,0 m2/kishi.
76. Yongʻin xavfsizligi zonasi odamlarni evakuatsiya qilish uchun zarur boʻlgan moslamalarni (yongʻin xavfsizligi zonasidagi har 10 ta kishi uchun 2 ta evakuatsiya oʻrindiqli aravachasi va evakuatsiya zambilini) oʻrnatish uchun yetarli joyga ega boʻlishi lozim.
77. Tibbiy-ijtimoiy muassasalardagi devor va shiftlar YONM guruhiga kiruvchi pardozlov va qoplovchi materiallardan boʻlishi, bunda Yo1 (kuchsiz yonuvchan) materiallarini ham qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
78. Suriladigan toʻsiqlar ikki tarafidan YONM guruhiga oid materiallar bilan himoyalangan boʻlishi kerak.
79. Pollarni yonuvchan, yuqori tutash qobiliyatiga ega boʻlgan va yonganda zaharli moddalar chiqaruvchi qoplamalar bilan qoplashga yoʻl qoʻyilmaydi.
80. Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar tashrif buyurishi uchun moʻljallangan xonalar va ularning harakatlanish yoʻlaklariga joylashtiriladigan yongʻinga qarshi avtomatika va yongʻin signalizatsiyasining texnik vositalari koʻrish orqali (vizual) qabul qilinadigan, tovushli va taktilli maʼlumot yetkazishni taʼminlashi lozim.
81. Bino yoki inshootlarning ichki yoʻlaklarida koʻrishda nuqsoni boʻlgan shaxslarning navigatsiyasini taʼminlash maqsadida ovozli moʻljal olish qurilmalari, taktil yoʻl qoplamalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
82. Yongʻin sodir boʻlganda odamlarni evakuatsiya qilish toʻgʻrisida xabar berish va boshqarish hamda favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisida ogohlantirish tizimiga ulangan, harakat yoʻnalishini koʻrsatuvchi yorugʻlik signallari va evakuatsiya xavfsizligi belgilarini hayot faoliyati cheklangan aholi guruhlari tashrif buyuradigan jamoat binolari va inshootlarining xonalarida, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlari mavjud boʻlgan ishlab chiqarish xonalarida oʻrnatish zarur.
83. Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalarning faqat bir oʻzi boʻlishi mumkin boʻlgan binolarning turli funksional vazifalarga moʻljallangan xonalar (hojatxona, yuvinish xonalari va lift) hamda yongʻin xavfsizligi zonalari uchun moslashtirilgan lift xollari va yongʻin xavfsizligi zonalari ikki tomonlama tutqichlar bilan jihozlanishi kerak.
84. Bino va inshootlarning qavatlaridagi evakuatsiya chiqish joylarining soni va zinalarning turi SHNQ 2.01.02-04, SHNQ 2.08.01-24 va SHNQ 2.08.02-23 talablariga muvofiq qabul qilinishi lozim.
85. Tomosha va sport zallarida hamda koʻngilochar komplekslarda nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar uchun ajratiladigan oʻrinlar bevosita evakuatsiya chiqishiga olib boruvchi yoʻlaklarga yaqin joylashtirilishi kerak.
Nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrnini joylashtirishda evakuatsiya paytida boshqa tomoshabinlarning evakuatsiya qilish yoʻllari bilan toʻqnashmasligini taʼminlash lozim.
86. Tomosha, sport va koʻngilochar zallaridagi nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrnidan evakuatsiya chiqishigacha masofa 50 m dan oshmasligi, bunda yoʻlakning kengligi 1,5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
87. Evakuatsiya yoʻllarining kengligi quyidagilardan kam boʻlmasligi lozim:
15 kishigacha boʻlgan xonaning eshiklari — (toʻliq ochilgandagi kenglik) 0,9 m dan;
35 kishigacha boʻlgan oʻquv xonalari eshiklari — 1,2 m dan;
tirqish va eshiklar, xonalardan oʻtish joyi — 1,5 m dan;
jamoat binolari yoʻlaklari — 1,5 m dan;
lodjiya yoki balkon orqali oʻtadigan yoʻllar — 1,5 m dan.
88. Yuqori qavatlardan evakuatsiya yoʻli boʻlib xizmat qiladigan zinalar va panduslar tashqariga chiqish eshiklari bilan bevosita bogʻlangan boʻlishi kerak.
Zinalar va panduslarning parametrlari va nishabliklari SHNQ 2.01.02-04, SHNQ 2.08.01-24 hamda SHNQ 2.08.02-23 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
89. Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalarni ochiq metall zinalar orqali evakuatsiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
90. Evakuatsiya yoʻllari konstruksiyalari yongʻin xavfsizligining KO sinfiga oid boʻlishi kerak.
Ularning olovbardoshlik chegarasi va pardozlov va qoplovchi materiallarga boʻlgan talablar SHNQ 2.01.02-04 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
2-§. Jamoat binolaridagi xizmat koʻrsatish joylariga qoʻyiladigan talablar
91. Jamoat binolarining oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarga xizmat koʻrsatish maxsus zonalari mazkur binolar umumiy sigʻimining 5 foizi yoki tashrif buyuruvchilar umumiy sonining 5 foizi miqdorida olinishi lozim.
92. Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar bino va inshootlarda qulay harakatlanishi uchun ushbu bino va inshootlarning har bir qavatida maʼlumotlar zonasi boʻlishi, shuningdek 2-3 kishilik dam olish zonasi hamda bir yoki ikki oʻrindiqli aravacha turishi uchun maxsus joy ajratilishi zarur.
Jamoat binolarining ichki yoʻlaklari oraligʻidagi dam olish zonalarini loyihalashtirish mazkur SHNQning 13-ilovasiga muvofiq amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
93. Oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarning auditoriyalar, oʻquv xonalari, tomoshabinlar zali, kutubxonalar, oshxona va restoranlar, kafe zallaridagi oʻrinlari tez va qulay evakuatsiya qilishni hisobga olib joylashtirilishi hamda bu orqali kamida ikkita evakuatsiya chiqish yoʻllariga yetib borishi taʼminlanishi lozim.
94. Sigʻimi koʻpi bilan 35 kishiga moʻljallangan oʻquv xonalarida va kutubxona zallarida nogironligi boʻlgan shaxslarning oʻrinlari chiqish joyiga yaqin boʻlgan birinchi qatorda joylashtirilishi kerak.
Sigʻimi 50 va undan ortiq kishiga moʻljallangan auditoriyalar va tomosha zallarida oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun oʻrinlar zaldan ikkita chiqish joyiga yaqinroq boʻlishi lozim.
95. Sigʻimi 800 va undan ortiq kishiga moʻljallangan oʻrindiqli zallarda oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar tarqoq holda zalning har bir evakuatsiya chiqish joyi yaqinida uch nafardan ortiq joylashtirilmasligi kerak.
Har bir auditoriya yoki oʻquv xonasida oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun oʻrinlar miqdori 3 tadan kam boʻlmasligi zarur.
96. Sahna oldida, shuningdek zalning oxiridagi evakuatsiya chiqish joylarida oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarni toʻsiqsiz evakuatsiya qilish uchun kengligi 1,5 m dan kam boʻlmagan erkin oʻtish zonalari yoki maydonchalari loyihalanishi kerak.
Auditoriyalar, amfiteatrlar va tomosha zallarida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan oʻrinlar yoki zonalarda himoya toʻsiqlari oʻrnatilishi lozim.
97. Sigʻimi 50 kishidan ortiq boʻlgan, qoʻzgʻalmas oʻrindiqlar bilan jihozlangan auditoriyalar, maʼruza va tomosha zallarida eshitishda nuqsoni boʻlgan shaxslar uchun oʻrindiqlar (umumiy sigʻimning 4 foizi) tovush manbaidan 10 m dan uzoq boʻlmagan masofada joylashtirilishi hamda individual eshitish tizimlari (vositalari) bilan jihozlanishi kerak.
Ushbu oʻrinlar estrada, sahna, “imo-ishora” tiliga oʻgiruvchi surdotarjimonlarga koʻrinib turadigan zonada joylashtirilishi kerak.
98. Muzey va koʻrgazma zallarida oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar ekspozitsiyalar boʻylab toʻsiqsiz harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratilishi lozim.
Asosiy yoʻlning kengligi 2,0 m dan kam boʻlmasligi, tashrif buyuruvchilarning oqimi koʻp boʻlgan zallarda esa 2,4 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Evakuatsiya chiqish joylarining yaqinida nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar dam olishi uchun maxsus zonalarni loyihalanishi, bunda maxsus zonalarning maydoni 1,5x1,5 m dan kam boʻlmasligi zarur.
99. Banklar, mehmonxonalar, chiptalar sotuvchi va xizmatlar toʻlovini amalga oshiruvchi kassalar, maʼmuriy binolarning kirish qismidagi peshtaxtalar, savdo-maishiy korxonalardagi toʻsiqlar, peshtaxtalar, stollar va boshqa xizmat koʻrsatuvchi binolardagi jihozlar balandligi oʻrindiqli aravachada tashrif buyuruvchilarga moslashtirilgan holda pol sathidan 0,8 m dan ortiq boʻlmasligi lozim.
100. Xonalardagi jihozlar pol sathidan 1,2 m dan baland va 0,4 m dan past boʻlmasligi, tashrif buyuruvchi oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarning vizual maydonini cheklamagan holda, yon tomonidagi jihozlar joylashgan maydon pol sathidan 1,4 m dan baland va 0,3 m dan past boʻlmasligi kerak.
101. Oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarning antropometrik parametrlari mazkur SHNQning 14-ilovasiga muvofiq belgilanishi lozim.
102. Sport inshootlari, sport va trenajyor zallari hamda basseynlarni loyihalashtirishda nogironligi boʻlgan hamda hayot faoliyati cheklangan shaxslar jismoniy imkoniyatlarini hisobga olgan holda mashgʻulotlar oʻtash uchun texnologik jihozlar bilan taʼminlanishi kerak.
103. Basseynlarni loyihalashtirishda mazkur SHNQ hamda SHNQ 2.08.10-24 talablari hisobga olinishi zarur.
104. Sport zallari va boshqa sport inshootlarining kiyim almashtirish xonalarida quyidagilar boʻlishi lozim:
qoʻltiqtayoq yoki protezlar uchun tokchalarining balandligi 1,2 m dan oshmaydigan kiyim-kechakka moʻljallangan shaxsiy shkaflar;
kengligi kamida 0,7 m, uzunligi 3 m va balandligi 0,5 m boʻlgan yechinish shkafi oldida oʻrindiqlar;
oʻlchamlari kamida 1,8x1,8 m boʻlgan kiyim almashtirish xonalari;
oʻlchamlari 1,5x1,5 m boʻlgan oʻrindiqli aravachalarni vaqtincha saqlash joylari.
105. Sport inshootlari, sport va trenajyor zallari hamda basseynlardagi kabinalar va ochiq kiyim almashtirish joylariga (oʻrindiqlarga) qulay yetib borishni taʼminlash maqsadida kengligi kamida 1,6 m boʻlgan oʻtish joylari loyihalanishi lozim.
106. Bir smenada shugʻullanuvchi ikkita nogironligi boʻlgan shaxslar uchun kamida bitta kabina hisobida berilishi kerak.
107. Harakatlanish yoʻllarida qalinligi 13 mm dan ortiq boʻlgan tukli gilamlarning qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
108. Harakatlanish yoʻllaridagi gilam qoplamalari, choklari va turli xil qoplamalar bilan ulangan joylari mustahkam, tirqishsiz boʻlishi lozim.
109. Oʻquv xonalaridagi koʻrgazma doskasi va oʻquv stollarining oldingi qatori orasidagi masofa 1,8 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Koʻrgazma stoli mavjud laboratoriya xonalari va katta auditoriyalarda koʻrgazma doskasi va oʻquv stollarining oldingi qatori orasidagi masofa 2,5 m dan kam boʻlmasligi lozim.
Xodimlar uchun moʻljallangan, jihozlar mavjud boʻlgan xonalarning oʻtish joylari kengligi 1,5 m dan kam boʻlmasligi zarur.
110. Oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarning mustaqil ravishda 90 — 180° ga burila olishi uchun maydonning diametri 1,5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Stollar, peshtaxtalar va boshqa xizmat koʻrsatish joylari, devorga oʻrnatiladigan jihozlar va qurilmalar yaqinidagi boʻsh joyning oʻlchamlari kamida 0,9x1,2 m boʻlishi bunda mazkur boʻsh joy oʻlchamlari ushbu SHNQning 15 va 16-ilovalaridagi namunaga muvofiq loyihalanishiga yoʻl qoʻyiladi.
111. Eshik itarilib ochilganda, aravachani erkin boshqarish uchun joyning eni kamida 1,2 m, eshik tortib ochilganda esa 1,5 m dan kam boʻlmasligi, bunda aravachani erkin boshqarish uchun joyning uzunligi kamida 1,5 m boʻlishi lozim.
Eshiklar oldidagi harakatlanish maydoni parametrlari mazkur SHNQning 17 va 18-ilovalariga muvofiq loyihalanishiga yoʻl qoʻyiladi.
112. Eshiklarning shaffof tabaqalari yuzasida, harakatlanish yoʻli sathidan 1,2 m dan past va 1,5 m dan baland boʻlmagan qismida boʻyi 10 cm dan, kengligi 20 cm dan kichik boʻlmagan kontrast rangli belgi boʻlishi lozim.
113. Qurilish obyektlarining loyiha yechimlarida nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqsiz muhitni taʼminlash maqsadida, tashqi eshiklarning yuzasi shaffof, zarbga chidamli materialdan boʻlishi kerak.
Eshik yuzasining pastki qismi poldan 0,3 m balandlikkacha zarbga chidamli qoplama bilan himoyalanishi lozim.
Umumiy ovqatlanish korxonalari zallarida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun oʻrinlar chiqish joyiga yaqin qilib joylashtirilishi kerak.
3-§. Turar joy obyektlarining xonalariga qoʻyiladigan talablar
114. Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar uchun turar joy obyektlarini loyihalash SHNQ 2.08.01-24 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Turar joy obyektlarini loyihalashtirishda nogironligi boʻlgan shaxslarning turar joyidan evakuatsiya chiqish joyigacha boʻlgan masofa 50 m dan oshmasligi hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning xonalarga qulay yetib borishini taʼminlagan holda yashash xonalari birinchi qavatda joylashtirilishi kerak.
115. Turar joy obyektlarini loyihalashtirishda nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirilgan yashash xonalarida, binoning kirish qismida, evakuatsiya yoʻllarida, sanitar-gigiyenik xonalarda maʼlumot signalizatsiyalarining turli (tovushli yoki chiroqli) moslamalarini oʻrnatilishi hisobga olinishi lozim.
Mehmonxonalar oʻrinlarning umumiy sonidan 5 — 8 foizi oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarni joylashtirish uchun moʻljallanishi lozim.
116. Bir nafar oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar hamda kuzatuvchisi uchun moslashtirilgan mehmonxona xonalarining chizmasi mazkur SHNQning 19-ilovasida keltirilgan.
117. Oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar yashashi uchun turar joy maydoni 23 m2 dan kam boʻlmasligi kerak.
Oʻrindiqli aravacha qulay kirishi va uni joylash (saqlash) uchun turar joyning kirish qismi kengligi 1,6 m dan kam boʻlmasligi, kirish qismining maydonchasi esa 4 m2 dan kam boʻlmasligi kerak.
118. Nogironligi boʻlgan shaxsning yotoqxonasi qoshidagi sanuzel oʻlchamlari kamida 2,2x2,2 m qilib loyihalanishi hamda nogironligi boʻlgan shaxs uchun moʻljallangan jihozlar oʻrnatilishi lozim.
Sanuzelga kirish yotoqxona va ichki yoʻlakdan (yoki dahlizdan) boʻlishi kerak.
4-§. Mehnat qilish joylariga qoʻyiladigan talablar
119. Oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar ish faoliyatini olib boradigan xonaning maydoni kamida 12 m2 boʻlishi kerak.
120. Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar, shuningdek oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarning ishlashi uchun jihozlar texnologik topshiriqda belgilanishi lozim.
121. Nogironligi boʻlgan hamda hayot faoliyati cheklangan shaxslarning ish joyidan hojatxona, yuvinish xonasi, dush xonasi, ichimlik suvi bilan taʼminlash moslamalari va qisqa muddatli dam olish xonalarigacha boʻlgan masofa 50 m dan oshmasligi kerak.
Qoʻl yuvish moslamalari bevosita ishlab chiqarish xonalarida joylashtirilishi zarur.
122. Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalarga sanitar-maishiy xizmat koʻrsatish mazkur SHNQ, shuningdek SHNQ 2.08.02-23, SHNQ 2.08.04-22 hamda SHNQ 2.09.02-23 ning talablarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
123. Dam olish joylari va oshxona zallariga oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar hamda hayot faoliyati cheklangan shaxslarning yetib borishida qiyinchiliklar mavjud boʻlganda, ularning ish joylari yaqinida har biri uchun 2,5 m2 (umumiy maydoni 14 m2 dan kam boʻlmagan) dam olish va ovqatlanish xonasi loyihalanishi kerak.
5-§. Liftlar va koʻtarish moslamalariga qoʻyiladigan talablar
124. Bino va inshootlardagi liftlar qurilmasi SHNQ 2.08.01-24, SHNQ 2.08.02-23 hamda mazkur SHNQ da belgilangan lift xollariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
125. Yuqori qavat polining sathi yer sathidan 13 m va undan koʻp boʻlgan turar joy obyektlarida lift qurilmalarini oʻrnatish lozim.
(125-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 15-martdagi 01/2-29-sonli buyrugʻi tahririda)
Loyiha topshirigʻiga muvofiq ikki qavatli turar joy obyektlariga koʻtarish moslamalari oʻrnatilishi lozim.
126. Turar joy obyektlarida oʻrnatilgan liftlar GOST 5746-2015, GOST 33984.1-2023 hamda GOST 28911-2021 da belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi lozim.
127. Oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarning ikkinchi va undan yuqori qavatlarda joylashgan zal hamda tashrif xonalariga, mehnat faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan ish joylariga yetib olishlarini taʼminlash uchun liftlar yoki koʻtarish moslamalari oʻrnatilishi kerak.
128. Lift yoki koʻtarish moslamalaridan nogironligi boʻlgan shaxslar joylashgan xonalargacha boʻlgan masofa 50 m dan oshmasligi kerak.
129. Binoda lift oʻrnatish imkoni boʻlmagan hollarda koʻtarish moslamalari loyihalanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Koʻtarish moslamalaridan tushish va ularga chiqish joyi nogironligi boʻlgan shaxslar tashrif buyuradigan va ular yashaydigan xonalar joylashgan qavatlar bilan bir sathda boʻlishi lozim.
130. Lift kabinalari oʻlchamlari oʻrindiqli aravachadan foydalanuvchi hamda protez-ortopediya moslamalari, tiflotexnika vositalaridan foydalanuvchi nogironligi boʻlgan shaxslar foydalanishi va harakatlanishi uchun qulay sharoitga ega boʻlishi lozim.
131. Bino va inshootlarda liftlarni loyihalashtirishda Liftlarni oʻrnatish va xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
132. Lift oldidagi maydonchaning eni bemorlarni tez yordam zambillarida tashishga imkon berishi, bunda ularning eni kamida quyidagicha loyihalanishi lozim:
400 kg li yuk koʻtaruvchi lift uchun — 1,5 m;
630 kg li lift uchun — 1,6 m;
1000 kg li lift uchun — 2,1 m.
133. Liftlarning kirish yoʻlagi koʻrsatmali taktil qoplamaga ega boʻlishi lozim.
Har bir lift qurilmasi ichkari va tashqari tomonidan vizual-tovush signallari kombinatsiyalariga ega boʻlishi va liftning harakat yoʻnalishini bilish uchun tashqi tarafdan lift eshigining yonida vizual signal qurilmalari boʻlishi kerak.
134. Liftning ichki va tashqi tarafida mavjud oʻrnatilgan tugmachalardagi belgilar bosma va Brayl alifbosida yozilgan boʻlishi, shuningdek Brayl alifbosi belgilari bosma belgilarni mazmunan takrorlashi kerak.
135. Lift eshiklarining avtomatik yopilishida kutish vaqti kamida 6 s boʻlishi lozim.
Eshiklarning avtomatik tartibda yopilish vaqtini qisqartirish imkoniyatini taʼminlash uchun lift kabinasida kabina eshiklarini yopish tugmasi oʻrnatilishi lozim.
136. Oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar yoki boshqa harakatlanish vositalaridan foydalanuvchilarning lift kabinasida burilish hamda aylanishlariga toʻsiqsiz muhitni taʼminlash uchun liftning pol sathidan 0,8 m dan kam boʻlgan balandlikda qurilmalarni oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
137. Keksalar va oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan binolarda yuk koʻtarish qobiliyati 630 kg boʻlgan liftlarni loyihalanishi lozim.
6-§. Sanitariya-gigiyena xonalariga qoʻyiladigan talablar
138. Jamoat hojatxonalarini loyihalashtirishda, ularning joylashuvi hamda oraliq radiuslarini loyihalash mazkur SHNQ, SanQvaM 0368-19 hamda SHNQ 2.08.02-23 da belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Jamoat hojatxonalarini taʼlim tashkilotlarida, sogʻliqni saqlash muassasalarida joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
139. Jamoat hojatxonalarida alohida 1 dona sanitar-gigiyenik uzel nogironligi boʻlgan shaxslar, oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus jihozlangan kabinalar (binoning har bir qavati uchun kamida 1 dona maxsus kabina) loyihalanishi kerak.
140. Jamoat hojatxonalari hamda jamoat binolarining sanitariya-gigiyena xonalarida nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar uchun maxsus jihozlangan kabinalar va sanitar moslamalar bilan taʼminlanishi lozim.
Unga koʻra, 1 dona maxsus unitaz, 0,4 m dan ortiq boʻlmagan balandlikda har ikki tomonida vertikal tayanch tutqichlarga ega boʻlgan 1 dona maxsus pissuar, balandligi poldan 0,8 m, pastki qismining balandligi esa 0,6 m balandlikda boʻlgan (nogironligi boʻlgan shaxsning tizzalari joylashishiga imkon beradigan) 1 dona maxsus bet-qoʻl yuvish anjomlari (umivalnik) bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
141. Bet-qoʻl yuvish anjomlarining ikki yonida gorizontal tutqichlar boʻlishi hamda ularda Brayl alifbosida yozilgan maʼlumotlar kiritilishi lozim.
Suv kranlarida ham Brayl alifbosiga koʻra issiq hamda sovuq suv oʻrtasidagi farq haqida axborot beruvchi maʼlumotlar boʻlishi, shuningdek mazkur xona tovushli signal beruvchi moslamalar, tahorat uchun dush smesiteli, qoʻshimcha tutqichlar, taktil pol qoplamalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
142. Sanitar-gigiyenik uzellarda toshoynalar bet-qoʻl yuvish anjomlarining yuqori qismiga, poldan 0,9 m balandlikda joylashtirilishi zarur.
Toshoynaning yuqori qismi 15 daraja qiyalikda joylashtirilishi kerak.
143. Loyihalashtirish topshirigʻiga koʻra, sanitar-gigiyenik uzellar tarkibiga hojatxonalardan tashqari dush qabul qilish kabinkalari, kiyim almashtirish, ona va bola xonalarini kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi.
144. Umum ovqatlanish korxonalari, savdo markazlari va koʻngil ochar markazlarning har bir qavatida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan hojatxonalar boʻlishi lozim.
Bozorlar perimetri boʻylab jamoat hojatxonalari joylashuvining oraliq radiusi 200 m boʻlishi lozim.
145. Oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulanmagan, septikali (oʻra), biohojatxonalar bino inshootlarning derazalaridan, bolalar oʻynaydigan va aholi dam oladigan maydonlardan kamida 20 m oraliqdagi masofada loyihalanishi kerak.
146. Nogironligi boʻlgan hamda hayot faoliyati cheklangan shaxslar uchun maxsus jihozlangan hojatxona kabinalari hamda dush qabul qilish xonalari eshigiga maxsus belgilar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
147. Kabinalarga kirish eshigining toʻliq ochilgandagi kengligi kamida 0,9 m boʻlib, kabina oldida oʻrindiqli aravacha burilishi uchun diametri kamida 1,5 m boʻlgan boʻsh joy boʻlishi hamda pol qoplamasi taktil boʻlishi lozim.
148. Hojatxonalarning devori, shifti va pollari suv, gaz va tovush oʻtkazmaydigan boʻlishi kerak.
149. Koʻzi ojiz va koʻrishda nuqsoni boʻlgan erkak va ayollar uchun maxsus sanitar-gigiyenik xonalar yonma-yon joylashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
150. Nogironligi boʻlgan hamda hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalarning evakuatsiya yoʻliga toʻsiqlarsiz chiqishini taʼminlash maqsadida hojatxona yoki kabina eshigining toʻliq ochilgandagi kengligi kamida 0,9 m boʻlishi va tashqariga ochilishi lozim.
Eshiklarning mayatnik tizimli (ikki tomonlama ochilib yopishga moʻljallangan) boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
151. Oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun hojatxona kabinasining ichki oʻlchami quyidagicha boʻlishi kerak:
kamida 1,65x1,8 m (rakovinasiz);
kamida 1,65x2,2 m (rakovinali).
Hojatxona kabinasida unitaz bilan yonma-yon oʻrindiqli aravacha uchun alohida joy, metall shtangalar, osma trapetsiyalar, gorizontal va vertikal tayanch tutqichlar hamda maxsus tovush moslamasi boʻlishi lozim.
Qoʻltiqtayoqlar yoki shu kabi moslamalar yordamida harakat qilayotgan hayot faoliyati cheklangan shaxslar uchun devorga tutqichlar oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
152. Oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar va koʻrishda nuqsoni boʻlgan shaxslar faoliyat yuritadigan binolarda hojatxona kabinalari har bir qavatda boʻlishi hamda ish joyidan 50 m dan oshmagan masofada joylashtirilishi kerak.
153. Jamoat hojatxonalarining eshiklaridagi maʼlumot taxtachalari kunduz va kechqurungi vaqtda ham bilinib turadigan yorqin boʻlishi kerak.
154. Jamoat hojatxonalarida polni sirtini sirpanchiq boʻlmagan plitalar yoki marmar uvogʻi bilan qoplashga yoʻl qoʻyiladi.
155. Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar uchun hojatxonalarda qoʻngʻiroq tugmalarini oʻrnatilishi, mazkur tugmadan unitazda oʻtirgan yoki eshik oldida turgan holda foydalanish imkoniyati boʻlishi, bunda elektr qoʻngʻiroq navbatchi xonaga ulangan boʻlishi lozim.
156. Dush xonalarini loyihalashtirishda alohida 1 dona kabina oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar foydalanishlari uchun hisobga olinishi, bunda kabina oldida oʻrindiqli aravacha kirishi va burilishi uchun diametri 1,5 m boʻlgan maydon loyihalanishi kerak.
Dush kabinasiga bevosita yechinib kiyinish xonasidan kirish imkoniyati loyihalanishi, bunda eshik tashqariga yechinib kiyinish xonasi tarafiga ochilishi lozim.
157. Sanitariya-gigiyena xonalarini loyihalashtirishda nogironligi boʻlgan shaxslar foydalanadigan kabinalarning geometrik koʻrsatkichlari kamida quyidagicha boʻlishi lozim:
yopiq dush kabinalari, yechinish kabinalari uchun — 1,8x1,8 m;
oʻzaro ochiq oʻtish joyli dush kabinalari uchun — 1,2x0,9 m;
hojatxona kabinalari uchun — 1,65x1,8 m;
ayollarning shaxsiy gigiyena xonasi uchun — 1,8x2,6 m;
yechinib kiyinish xonasidagi yechinish joyi uchun (oʻrindiq) — 0,6x1,5 m.
Kabinalar qatorlari orasidagi masofa 1,8 m boʻlishi kerak.
158. Dush xonasi bilan birlashtirilgan sanitariya boʻlinmasining oʻlchamlari kamida 2,2x2,2 m boʻlishi kerak.
Sanitariya boʻlinmasida oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarga qulaylik yaratish uchun maxsus jihozlar (tutqichlar, metall shtangalar, buklanadigan oʻrindiqlar) oʻrnatilishi lozim.
Yechinib kiyinish xonalarining maydoni kamida 12 m² boʻlishi kerak.
159. Poldan 1,2 m dan ortiq boʻlmagan balandlikdagi javonli individual shkaflar nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay joylashgan boʻlishi va shkaf oldida oʻrindiqli aravacha bemalol harakatlanishi uchun 1,5x1,5m oʻlchamdagi hudud loyihalanishi kerak.
Shkaflar oʻlchamlari kamida 0,4x0,5 m boʻlishi kerak.
Ochiq holda saqlanadigan kiyimlar uchun ilmoqlarning balandligi pol sathidan 1,2 m yuqorida boʻlishi kerak.
160. Sanitariya-gigiyena xonalari orasidagi oʻtish joyi masofasi kamida quyidagicha boʻlishi lozim:
hojatxonalar bilan ochiq yoki yopiq dushxona kabinalari oraligʻi — 1,8 m;
pissuar va rakovina oraligʻi — 2,4 m;
oʻrindiqli yechinib kiyinish xonalari shkaflari oraligʻi — 1,8 m.
6-bob. Tibbiy-ijtimoiy muassasalar binolariga qoʻyiladigan talablar
161. Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari, “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylari, nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, uning hududiy markazlari, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar (bundan buyon matnda tibbiy-ijtimoiy muassasa deb yuritiladi) hududlari nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda, loyihalashtirish topshirigʻiga koʻra quyidagi zonalarga ajratilgan holda loyihalanishiga yoʻl qoʻyiladi:
maʼlumot taxtachalari joylashtirilgan, koʻkalamzorlashtirilgan kirish zonasi;
dam olish va sayr qilish zonasi (yoritish va obodonlashtirish elementlari bilan);
jismoniy tarbiya va sport inshootlari joylashgan rekreatsiya zonasi;
bogʻ-tomorqa zonasi (havaskorlik mashgʻulotlari va mehnat terapiyasi uchun);
xoʻjalik va texnik inshootlar, tashqi hojatxonalar va chiqindi konteynerlari joylashgan xoʻjalik zonasi.
162. Tibbiy-ijtimoiy muassasa binolariga nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda qoʻyilgan talablar mazkur SHNQ hamda SHNQ 2.08.01-24 talablariga muvofiq loyihalanishi kerak.
163. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarning perimetri boʻylab toʻsiq-devorlar boʻlishi, devorlardan 5 m uzoqlikda, uchastkaning turli tarafidan yongʻin-qutqaruv avtomobillarining kirishi uchun qattiq qoplamali yoʻllar loyihalanishi lozim.
164. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarning hududlarida harakatlanish yoʻllari parametrlari, jumladan piyodalar yoʻlkalari, zinalar va panduslar mazkur SHNQ talablariga muvofiq loyihalanishi kerak.
165. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarining transport magistrallari, ekologik zararli ishlab chiqarish korxonalari, elektromagnit nurlanish nuqtalari, aeroport joylashuv radiusi SHNQ 2.07.01-23 talablariga muvofiq loyihalanishi zarur.
Tibbiy-ijtimoiy muassasalar shahar atrofi hamda qishloq joylarida joylashuvi loyihalashda, yongʻin-qutqaruv depolarigacha boʻlgan masofa umumiy foydalanishdagi yoʻllar boʻylab 3 km dan uzoq boʻlmasligi lozim.
166. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarning turar joy va yordamchi xonalari SHNQ 2.08.01-24 talablariga muvofiq loyihalanishi kerak.
167. Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalarga xizmat koʻrsatuvchi tibbiy-ijtimoiy muassasalar yer uchastkalari uchun maydonlar mazkur SHNQning 20-ilovasiga muvofiq belgilanishiga yoʻl qoʻyiladi.
168. Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalarni joylashtirish uchun maxsus koʻp kvartirali uylar hamda internat uylar ikki qavatdan baland qilib loyihalanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar hamda nogironligi boʻlgan shaxslarga moʻljallangan internat uylarda xizmat koʻrsatish xodimlarini chaqirish uchun signalizatsiya tizimi boʻlishi kerak.
169. Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari, “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat binolari kishi sigʻimi 50 dan 350 oʻringacha (ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik asoslarni hisobga olgan holda) belgilanishi kerak.
170. “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarida quyidagi xonalar loyihalanishi kerak:
istiqomat qilish uchun (doimiy nazorat va parvarishga muhtoj boʻlmagan shaxslar uchun, doimiy parvarish va tibbiy nazoratga muhtoj shaxslar uchun, doimiy parvarish va tibbiy nazorat ostida yotoqda yotgan shaxslar uchun);
tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatish, davolash va tiklash, reabilitatsiya va sogʻlomlashtirish hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish maqsadlari uchun.
171. Yashash xonalari, sanitariya-gigiyena xonalari, maishiy xonalar va boshqa yordamchi xonalarni oʻz ichiga olgan turar joy guruhlarining tarkibi va maydonlari mazkur SHNQ hamda SHNQ 2.08.01-24 talablariga muvofiq belgilanishi kerak.
172. Turli maqsadlarga moʻljallangan jamoat xonalarining (tibbiyot, madaniy-maishiy, maʼmuriy) maydoni, 50 — 300 oʻrinli internat uylarining tarkibi SHNQ 2.08.01-24 da keltirilgan koʻrsatkichlarni hisobga olgan holda loyihalanishi kerak.
Madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish va mehnat faoliyatini oʻz ichiga olgan hayot faoliyati zonalarida mazkur SHNQ talablariga muvofiq loyihalanishi lozim.
173. Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalarni statsionar davolash xonalari, tibbiy-ijtimoiy va maishiy xizmat koʻrsatish xonalari, oziq-ovqat bloklariga ega oshxonalar birinchi qavatda joylashtirilishi kerak.
Oshxona bloklarini asosiy binodan alohida joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilishi, bunda ularga yopiq (isitiladigan) oʻtish joylarini qurish loyiha topshirigʻida belgilanishi lozim.
174. Reabilitatsiya markazlari tarkibida turar joy xonalari, davolash-sogʻlomlashtirish xonalari, ijtimoiy-psixologik va kasbiy-mehnat reabilitatsiyasi xonalarni oʻz ichiga olishi kerak.
Reabilitatsiya markazi xonalari, kunduzgi tashrif uchun yashash, madaniy-maishiy, davolash-sogʻlomlashtirish xonalarini loyihalashtirish mazkur SHNQ, SHNQ 2.08.01-24 hamda SHNQ 2.08.02-23 talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
175. Reabilitatsiya markazi fizioterapiya, davolash fizkulturasi, suv va balchiqli davolash boʻlimlari boʻlgan sanatoriy-kurort muassasasi sifatida shakllantirilganda loyihalashtirish SHNQ 2.08.03-21 talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
176. Reabilitatsiya markazlaridagi hammom-saunalar, sport zallari va suzish basseynlari oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar va koʻzi ojizlar uchun maxsus jihozlar hamda moslamalar (tushirish va koʻtarish moslamalari) boʻlishi kerak.
177. Suzish havzasi perimetri boʻylab yopiq basseynlar uchun kamida 2 m, ochiq basseynlar uchun kamida 2,4 m kengligida aylanma yoʻlkalar loyihalanishi kerak.
Start tumbochkalari tomonidan yoʻlkaning kengligi kamida 3,6 m boʻlishi kerak. Sogʻlomlashtirish mashgʻulotlari uchun basseynning chuqurligi sayoz qismida 0,6 — 0,8 m dan, chuqur qismida 1,4 — 1,6 m gacha oʻzgaruvchan boʻlishi lozim.
178. Suzish havzasining devorlari boʻylab suv sathidan 0,1 m balandlikda va suv sathidan 0,3 m chuqurlikda tutqichlar oʻrnatilishi kerak.
Basseyn zalining ichki devorlari boʻylab kattalar uchun 0,9 m balandlikda, nogironligi boʻlgan bolalar uchun esa 0,6 m balandlikda tutqichlar loyihalanishi lozim.
Ochiq basseynlar suzish havzalari boʻylab aylanma yoʻlka polidan 0,4 — 0,6 m balandlikda bortlarga ega boʻlishi kerak.
7-bob. Avtovokzallar, jamoat transport bekatlari, avtoturargohlar, aerovokzallar, tyemir yoʻl vokzallariga qoʻyiladigan talablar
1-§. Avtovokzal, aerovokzal va tyemir yoʻl vokzallariga qoʻyiladigan talablar
179. Aerovokzal, avtovokzal hamda temir yoʻl vokzali binosini (keyingi oʻrinda vokzallar deb yuritiladi) loyihalashda quyidagi talablar hisobga olinishi lozim:
maqsadli tashrif buyuriladigan joylarga toʻsiqsiz harakatlanishni taʼminlash;
harakatlanish yoʻllarining xavfsizligini (evakuatsiya yoʻlaklarini) taʼminlash;
hudud boʻylab harakatlanishda yoʻnalishni toʻgʻri tanlash maqsadida belgilangan uskunalardan toʻgʻri foydalanish (oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish)ni tashkil qilish.
180. Vokzallar binosiga kirish qismi toʻsiqsiz, qulay va zinapoyalarsiz boʻlishi, zinapoyalar mavjud boʻlgan joylarda pandus, koʻtarish moslamalari yoki liftlar oʻrnatilishi kerak.
181. Bir binodan boshqa binoga oʻtish yoʻlaklarining kengligi kamida 3,0 m boʻlishi lozim.
Harakatlanish yoʻlaklari boʻylab kontrast rangdagi yoʻnaltiruvchi hamda ogohlantiruvchi taktil qoplamalar yotqizilishi kerak.
Pol qoplamalari sirpanchiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
182. Vokzallar hududi boʻylab tovushli hamda vizual maʼlumot beruvchi hamda ogohlantiruvchi signalizatsiya moslamalari boʻlishi hamda aloqa va yordam tugmalari oʻrnatilishi lozim.
183. Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar harakatlanishini osonlashtirish uchun vokzallar yoʻlaklari boʻylab travolatorlar, shuningdek zinalarga qoʻshimcha ravishda eskalatorlar oʻrnatilishi lozim.
Evakuatsiya yoʻllari mazkur SHNQ talablari asosida loyihalanishi kerak.
184. Vokzallar binosining kirish qismida zarur hollarda foydalanish uchun ikki dona bolalar aravachasi, ikki dona nogironligi boʻlgan shaxslar uchun oʻrindiqli aravacha, ikki juft qoʻltiq tayoqlar saqlanadigan oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish shoxobchasi loyihalanishi lozim.
Vokzallar hududi boʻylab ichimlik suv fontanchalari boʻlishi kerak.
185. Kassa xizmati, stollar, eshiklar, bankomatlar, suv fontanchalari oldida diametri 1,5 m boʻlgan maydon oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar burilishi yoki aylanishi uchun loyihalanishi lozim.
186. Eshiklar kengligi toʻliq ochilganda kamida 0,9 m boʻlishi lozim.
Eshik oʻrinlaridagi boʻsagʻalar (kesaki-ostonalar) va pollar baland-past boʻlmasligi lozim.
Boʻsagʻalarni oʻrnatish zarur boʻlgan hollarda ularning balandliklari 0,014 m (1,4 sm) dan oshmasligi kerak.
Eshiklarga ularning yopilishi kechikishini taʼminlaydigan moslamalarni (dovodchik) oʻrnatish lozim.
187. Sanitariya-gigiyena xonalari, zinalar, panduslar hamda tutqichlar mazkur SHNQ talablari asosida loyihalanishi kerak.
Qavatlar soni bittadan ortiq boʻlgan vokzallar binosiga yoʻlovchilar oqimini hisobga olgan holda kamida 2 dona 1000 kg li liftlar oʻrnatilishi lozim.
188. Kutish zalidagi umumiy oʻrindiqlar sonining besh foizi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun pol qismida kontrast rangli maxsus belgi bilan ajratilgan boʻlishi lozim.
189. Aerovokzal hamda avtovokzal binosidagi kutish xonalari, birinchi yordam stansiyasi, kutubxona, kafe-bar, umum ovqatlanish xonalari nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar uchun qulay va moslashtirilgan boʻlishi lozim.
2-§. Jamoat transporti bekatlariga qoʻyiladigan talablar
190. Oʻrindiqli aravachalar uchun jamoat transporti bekatlarini trotuar tarafdan va koʻchaning qatnov qismidan kirish yoʻlkalarini hisobga olgan holda loyihalanishi kerak.
191. Jamoat transport bekatlari radiusini loyihalashtirishda SHNQ 2.07.01-23 talablariga muvofiq amalga oshirish lozim.
192. Jamoat transporti bekatlarining maydonchasi har xil yoʻnalishda harakatlanuvchi bir yoki ikkita jamoat transporti toʻxtaydigan boʻlsa, kengligi 1,8 m, uzunligi 12 m dan kam boʻlmasligi, uch yoki toʻrtta jamoat transporti toʻxtaydigan boʻlsa, kengligi 2,5 m, uzunligi 24 m dan kam boʻlmasligi, shuningdek toʻrtta va undan ortiq jamoat transporti toʻxtaydigan boʻlsa, kengligi 2,5 m, uzunligi 36 m dan kam boʻlmasligi zarur.
193. Jamoat transporti bekatining maydonchasi koʻchaning qatnov qismidan 0,20 m dan baland boʻlmasligi lozim.
194. Nogironlar aravachasida yoki bolalar aravachasida boʻlgan odamlar uchun avtobus bekatlarida kamida 0,9 x 1,2 m oʻlchamdagi maxsus joy ajratilishi kerak.
Nogironlar boʻlgan shaxslar uchun ajratilgan maxsus joylarni transport vositasiga chiqish joyiga qarama-qarshi joylashtirish lozim.
195. Jamoat transporti bekatlarining yuqori maydoniga oʻrnatilgan barcha axborot vositalari piyodalar uchun toʻsiq boʻlmagan holda poldan kamida 2,1 m balandlikda joylashtirilishi lozim.
196. Jamoat transporti bekatlari maydoni oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun kirish, chiqish va orqaga burilishga imkon berishi, oʻrindiqli aravachalarning koʻzi ojizlar bilan bir-birini kesib oʻtishlariga yoʻl qoʻymaslik uchun harakat liniyalari mos ravishda ajratilishi kerak.
197. Jamoat transporti bekatlari Brayl alifbosidagi maʼlumotlar (bekat nomi va yoʻnalishlar toʻgʻrisida) va ovozli tugmalardan iborat stend hamda ogohlantiruvchi va yoʻnaltiruvchi taktil qoplamalar bilan jihozlanishi lozim.
3-§. Avtoturargohlarga qoʻyilgan talablar
198. Nogironligi boʻlgan shaxslarni tashuvchi maxsus transportlar hamda ularning shaxsiy avtotransporti uchun avtoturargohlar bino yoki inshootning kirish qismiga yaqin 200 m dan uzoq boʻlmagan masofada boʻlishi va maxsus belgilar oʻrnatilishi lozim.
199. Asfalt yoki pol qismiga chizilgan “faqat nogironlar” belgisi: kengligi 1,3 m, balandligi 1,5 m boʻlishi lozim.
Toʻxtash joylari uchun ustunlarda oʻrnatilgan “faqat nogironlar” taxtachasi yerdan 1,5 m balandlikda (piyodalar harakatiga toʻsqinlik qilmagan holda) oʻrnatilishi kerak.
Yer osti avtoturargohlarning pol qismi nogironligi boʻlgan shaxslarning avtomobillari uchun kontrast yorqin rangda ajratilgan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
200. Nogironligi boʻlgan shaxslarning transport vositasi uchun ixtisoslashtirilgan toʻxtash joyining oʻlchamlari 3,6 x 6 m dan kam boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(200-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 30-maydagi 01/2-34-sonli buyrugʻi (hisob raqami 352, 05.06.2025-y.) tahririda)
Agar toʻxtash joyi yoʻl boʻylab joylashgan boʻlsa, uning uzunligi 6,8 m dan kam boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
201. Turar joylar hududida loyihalashtiriladigan avtoturargohlardagi avtomobil oʻrinlarining umumiy sonidan uch foizi nogironligi boʻlgan shaxslarning avtomobillari uchun ajratilishi lozim.
202. Transport vositalarining asosiy harakat yoʻllarining chetki qismida ham nogironligi boʻlgan shaxslar uchun avtomobil toʻxtash joylarini tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, nogironligi boʻlgan shaxslarning avtomobili uchun maxsus belgi bilan jihozlanishi hamda piyodalar yoʻlkasiga oʻtish uchun panduslar joylashtirilishi lozim.
Mazkur SHNQning 21-ilovasida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun avtoturargohlar hamda maxsus belgilar keltirilgan.
203. Jamoat binolari oldidagi avtomobil toʻxtash joylaridagi oʻrinlarning umumiy sonidan oʻn foizi nogironligi boʻlgan shaxslarning avtomobillari uchun ajratilishi kerak.
Nogironligi boʻlgan shaxslarga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan tibbiy-ijtimoiy muassasalar hududida joylashgan avtoturargohlardagi avtomobil oʻrinlarining umumiy sonidan yigirma besh foizi nogironligi boʻlgan shaxslarning avtomobillari uchun ajratilishi lozim.
204. Oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarning avtomobillarini saqlash uchun avtoturargohlar ularning yashash joyidan 200 m dan uzoq boʻlmagan masofada loyihalanishi kerak.
8-bob. Uskuna va jihozlarga qoʻyiladigan talablar
205. Surilib ochiluvchi eshiklar yuzasining ikki tarafidan ochish uchun qulay boʻlgan tutqichlar oʻrnatilishi kerak.
Xonaning burchagida yoki yoʻlak (koridor)ning burchagida joylashgan eshiklarning tutqichlari yon devordan kamida 0,6 m masofada joylashgan boʻlishi kerak.
206. Tashrif buyuruvchilarning kirishi man etilgan texnik xonalarning (boyler, ventkamera, transformator uzeli) eshiklariga erkin ravishda yoki tasodifan kirib qolishni istisno qiluvchi tambalar qoʻyilishi kerak.
Bunday xonalar eshiklarining tambalari signalizatsiya bilan, koʻrishda va eshitishda nuqsoni boʻlgan shaxslar uchun eshik tutqichlari Brayl alifbosi asosidagi yozuvlar koʻrinishida taktil maʼlumotlar bilan jihozlanishi kerak.
207. Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar bino ichida foydalanadigan eshiklarni ochib-yopishi uchun moslama va uskunalar, gorizontal tutqichlar, avtomatlarning richaglari, kranlari va yoqish tugmalari, savdo va chipta sotuvchi avtomatlarning tirqishlari va boshqa uskunalar poldan 1,1 m dan koʻp boʻlmagan va 0,85 m dan kam boʻlmagan balandlikda va xona yon devorlaridan yoki boshqa vertikal yuzadan kamida 0,4 m masofada oʻrnatilishi kerak.
208. Oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar tashrif buyuradigan jamoat binolaridagi oʻchirish-yoqish tugmachalari va rozetkalar poldan 0,8 m balandlikda boʻlishi kerak.
209. Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar tashrif buyuradigan jamoat binolari, nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar uchun ish joylari boʻlgan ishlab chiqarish xonalari yongʻin haqida xabar beruvchi tizimga ulangan sinxron tovush va chiroq signalizatsiya uskunalari bilan jihozlanishi kerak.
Yongʻin haqida xabar beruvchi tovush signalizatsiyasi uchun tovush koʻtarilishi maksimal 5 dB boʻlgan xonalarda 30 s davomida 20 dB dan kam boʻlmagan tovush darajasini taʼminlaydigan moslamalar qoʻllanilishi lozim.
210. Jamoat binolarining vestibyullari, xollar, foye va yoʻlaklarida koʻrishda nuqsoni boʻlgan tashrif buyuruvchilar uchun telefon avtomatlari va eshitishda nuqsoni boʻlgan tashrif buyuruvchilar uchun tekstofon kabi tovushli informatorlar boʻlishi kerak.
Eshitishda nuqsoni boʻlgan shaxslar uchun tabloni, koʻrinib turuvchi koʻrsatkichlarni, yoritish signalizatsiyalaridagi maʼlumotlar takrorlanishi taʼminlanishi kerak.
211. Nogironligi boʻlgan shaxslarning turli toifasi tashrif buyuradigan xonalarda vizual, tovush, taktil maʼlumotlar boʻlishi kerak.
212. Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar kirishi mumkin boʻlgan zona va xonalar, shuningdek kirish zonalari va harakatlanish yoʻllarida axborotning uzluksizligi, toʻgʻri yoʻnalish olish, tashrif obyekti yoki joyni aniqlash taʼminlanishi lozim.
Axborot vositalari favqulodda vaziyatlarda xavf-xatar haqida xabar berishi, xizmatlar va ularning turlariga ega boʻlish joylariga yoʻnaltirishi kerak.
213. Vizual axborot kontrastli fonda poldan 1,5 — 1,7 m balandlikda joylashtirilishi kerak.
214. Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar yolgʻiz qolishi mumkin boʻlgan binoning yopiq joylarida (liftlar va lift xollari, turli maqsaddagi xonalar, tamburlar, hojatxona xonalarida) navbatchini chaqirish uchun “xavf-xatar” tugmachasi yoki despetcher (navbatchi) bilan gaplashish moslamasini boʻlishi kerak.
215. Jamoat hojatxonalarida, kabinali hojatxonalarda favqulodda yoritish taʼminlanishi kerak.
Yozuvlar, belgilar, simvollar va piktogrammalar yuzasining yoritilganligi axborotni aks ettiruvchi vositalarning butun sirti yuzasida bir xil boʻlishi lozim. Bunday yoritilganlikning qiymati 100 dan 300 gacha lk boʻlishi lozim.
216. Yoʻlaklarda harakatlanish yoʻllari sathidagi yoritish lyuminessent lampalar 40 lk boʻlishi kerak.
Yorugʻlik mayoqchalari katta boʻlmagan lampalar yoki yorugʻlik impulslarini katta boʻlmagan yorqinlikda tarqatuvchi va rangli filtrlarga ega boʻlgan signalli yoritgichlar koʻrinishida boʻlishi lozim.
Oʻzgarmas yorugʻlik tarqatuvchi mayoqchalardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
217. Koʻrishda nuqsoni boʻlgan shaxslar uchun ish joylarida 500 — 1500 lk gacha mahalliy va umumiy yoritishning kombinatsiyalashgan tizimini qoʻllash kerak.
218. Xonalarda shamollatish va ventilyatsiya yordamida qulay mikroiqlim sharoitlarini yaratish imkoni boʻlmaganda konditsionerlar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
219. Xoʻjalik-isteʼmol ehtiyojlari uchun beriladigan sovuq va issiq suvning sifati Oʻz MSt 133:2024 ga muvofiq boʻlishi kerak.
Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar, shuningdek nogironligi boʻlgan bolalar uchun sanitariya boʻlmalarining smesitellari (suv olish moslamasi) termostatik boshqaruvli boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
220. Jamoat binolari va turar joy obyektlarida yongʻin signalizatsiyasi tovush signallari, shuningdek eshitishda nuqsoni boʻlgan shaxslar uchun chiroqli signallarni ham qoʻllagan holda loyihalanishi kerak.
Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar uchun turar joylar yongʻin haqida avtonom xabar beruvchi moslamalar bilan jihozlanishi lozim.
SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
1-ILOVA
1-ILOVA
Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslarning antropometrik parametrlari

SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻrindiqli aravachaning gabaritlari

SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
3-ILOVA
3-ILOVA

SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
4-ILOVA
4-ILOVA

SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
5-ILOVA
5-ILOVA

SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
6-ILOVA
6-ILOVA
Bino ichki yoʻlaklarining kengligi

SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
7-ILOVA
7-ILOVA
Koʻchalardagi taktil qoplamalarning namunalari

SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
8-ILOVA
8-ILOVA
Koʻzi ojizlar uchun maxsus svetofor

SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
9-ILOVA
9-ILOVA
Zina ostidagi himoya toʻsiqlari

SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
10-ILOVA
10-ILOVA
Koʻzi ojizlar uchun Brayl alifbosi bilan jihozlangan zina tutqichlari

SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
11-ILOVA
11-ILOVA
Maxsus koʻtaruvchi moslamalar

SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
12-ILOVA
12-ILOVA
Piyodalar yoʻlkasining piyodalar oʻtish joyi bilan uygʻunlashuvi

SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
13-ILOVA
13-ILOVA
Bino va inshootlarning ichki yoʻlaklari oraligʻidagi dam olish zonalarini tashkillashtirish

SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
14-ILOVA
14-ILOVA
Kursi aravachada harakatlanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarning antropometrik parametrlari

SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
15-ILOVA
15-ILOVA

SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
16-ILOVA
16-ILOVA

SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
17-ILOVA
17-ILOVA
Eshiklar oldidagi harakatlanish maydoni parametrlari

SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
18-ILOVA
18-ILOVA

SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
19-ILOVA
19-ILOVA
Bir nafar oʻrindiqli aravachadagi nogironligi boʻlgan shaxslar hamda kuzatuvchisi uchun moslashtirilgan mehmonxona xonalarining koʻrinishi


SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
20-ILOVA
20-ILOVA
Nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalarga xizmat koʻrsatuvchi tibbiy-ijtimoiy muassasalar yer uchastkalari uchun maydonlar
Muassasa turlari | Joylarning sigʻimi | Maydonlarning oʻlchamlari, m2 |
1 | 2 | 3 |
Nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar uchun internat-uylar | 50 — 100 150 — 200 250 — 300 | 150 — 130 120 — 115 75 |
Psixonevrologik xizmat koʻrsatish | 150 — 200 250 — 300 | 80 — 100 75 |
Nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar yashash joylari boʻyicha xizmat koʻrsatish hududiy markazlari (maʼmuriy hududlarda) | 35 — 50 75 — 100 150 — 200 250 — 300 | 100 — 120 120 — 100 100 — 80 75 |
Jismoniy va aqliy rivojlanishida buzilishlari boʻlgan bolalar uchun maxsus bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotlari | 60 — 100 120 — 160 | 60 — 80 40 — 35 |
Jismoniy va aqliy rivojlanishida buzilishlari boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar | 160 — 200 280 — 300 | 100 — 120 75 |
Izoh. Yer boʻlaklarining maydoni muassasa amal qilishining alohida xususiyatlarini, yer boʻlagining barcha zarur elementlarini joylashtirishni, tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda loyihalashtirish topshirigʻi bilan aniq ijtimoiy-iqtisodiy va shaharsozlik talablari asosida qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
21-ILOVA
21-ILOVA
Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun avtoturargohlar hamda maxsus belgi

(21-ilova Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 30-maydagi 01/2-34-sonli buyrugʻi (hisob raqami 352, 05.06.2025-y.) tahririda)