23.04.2024 yildagi 231-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish sohasidagi normativ hujjatlarni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlarni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirgan holda tizimlashtirish, sohada innovatsion yechimlar, ilmiy-texnik ishlanmalar va raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish hamda qurilishda narxni shakllantirishning samarali tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-son Farmoniga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi davlat muassasasi shaklidagi Qurilish sohasida texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) etib qayta nomlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Institut:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlarni ishlab chiqish, xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish va ularning fondini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, qurilish mahsulotlarini sinash va sertifikatlash, qurilishda narxlarni shakllantirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish resurslari milliy klassifikatorini (keyingi o‘rinlarda — milliy klassifikator) joriy qilish va narxlar elektron platformasini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarning umumiy ma’lumotlar muhiti (CDE / Common Data Environment), qurilishda korxonalar resurslarini rejalashtirish (ERP / Enterprise Resource Planning) va axborot modellashtirish (BIM / Building Information Modeling) texnologiyalarini (keyingi o‘rinlarda — axborot-dasturiy tizimlar) joriy etish bo‘yicha vakolatli davlat muassasasi etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligiga oid texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024 — 2026-yillarda takomillashtiriladigan shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ hujjatlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2024 — 2026-yillarda ishlab chiqiladigan “Uzbekistan building code” UBC 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish resurslari milliy klassifikatorini joriy qilish va narxlar elektron platformasini shakllantirish sxemasi 4-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish jarayonlariga loyiha boshqaruvining raqamli tizimini joriy etish sxemasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish va uy-joy sohasidagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda shaharsozlik norma va qoidalarini (keyingi o‘rinlarda — normativ hujjatlar) hamda innovatsion va raqamli texnologiyalarni o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqish, amaliyotga joriy qilish muammolarini tahlil qilish orqali takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ hujjatlarni xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish, ekspertizadan o‘tkazish, kelishish va ularning fondini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan va taqdim etilgan qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarining sohadagi normativ hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan xulosalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan shaharsozlik normalari va qoidalarini qayta ko‘rib chiqish, amaliyotda qo‘llash bilan bog‘liq muammolarni tahlil qilish hamda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan uyg‘unlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish materiallarini guruhlarga va bo‘limlarga tasniflagan holda, har birining alohida identifikatsiya raqamlanishini va normativ hujjatlarga muvofiq nomlanishini nazarda tutuvchi milliy klassifikatorni joriy qilish va narxlar elektron platformasini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasiga raqamli texnologiyalar asosida axborot-dasturiy tizimlarini va qurilish jarayonlari monitoringi tizimlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlarni energiya samaradorlik nuqtai nazaridan audit qilish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishda narxlarni shakllantirish tizimi va resurslar sarfi bo‘yicha normativ bazani, shu jumladan, qurilish texnikalari, mashina va mexanizmlar hamda texnologiyalarni xronometrajdan o‘tkazish orqali takomillashtirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish mahsulotlarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini tasdiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlikka normativ hujjatlarni takomillashtirish maqsadlari uchun har yili respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida shartnomalar asosida olingan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning raqamli texnologiyalar asosida yaratilgan axborot-dasturiy tizimlarda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilardan to‘lanadigan to‘lovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy klassifikator va narxlar elektron platformasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar, ish va xizmatlarni sotish bo‘yicha ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilar tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladigan to‘lovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadqiqotlar o‘tkazishdan va shartnoma asosida ishlarni bajarishdan (xizmat ko‘rsatish) tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli texnologiyalar asosida axborot-dasturiy tizimlar, milliy klassifikator va narxlar elektron platformasini joriy qilish, yuritish va uning uzluksiz ishlashini ta’minlash foydalanuvchilarning to‘lovlari, Institut mablag‘lari va Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlikka normativ hujjatlarni takomillashtirish maqsadlari uchun har yili respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar shartnomaviy munosabatlar asosida taqsimot bilan Institutga va vazirlik tizimidagi loyiha institutlariga yo‘naltiriladi, shuningdek, bunda zarur hollarda boshqa tegishli tashkilotlar jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.J. Ramatov hamda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 23-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
231-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-apreldagi 231-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligiga oid texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ hujjatlarni takomillashtirish

1.

Respublikada qo‘llanishiga ruxsat etilgan xorijiy normativlarni:

Yevrokodlarni (European Codes, ES);

Britaniya standartlarini (British Standards, VS);

Xitoy milliy qurilish standartlarini (GB, CJ, JC, JG va boshqalar);

Koreya qurilish kodlarini (Korean building code, KVS);

Rossiya qurilish me’yorlari va qoidalarini (SNiP);

AQSH xalqaro qurilish kodlarini (International building code, IBC);

Yaponiya milliy standartlarini (Japanese Industrial Standards, JIS) implementatsiya qilish.

1. Respublikada qo‘llanishiga ruxsat etilgan xorijiy normativ hujjatlarni tahlil va implementatsiya qilish bo‘yicha takliflarni tayyorlash.

har yili mart

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

2. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan yangilanadigan normativ hujjatlar ro‘yxatini tasdiqlash.

har yili aprel

3. Kelgusi yil uchun davlat budjeti parametrlari doirasida mablag‘ ajratish.

har yili iyul

4. Amaldagi normativ hujjatlar bilan uyg‘unlashtirishni tashkil etish.

doimiy

2.

Bino va inshootlarning xavfsizligi va energiya tejamkorligi, obyektning hayotiy davri mobaynida innovatsion texnologiyalarni qo‘llashga qaratilgan milliy normativ hujjatlarni ishlab chiqish.

1. Respublikamizda va xorijiy mamlakatlarda bino va inshootlarning xavfsizligi va energiya tejamkorligi, obyektning hayotiy davri mobaynida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha mavjud amaliyotni tahlil qilish va takliflar tayyorlash.

har yili mart

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Energetika vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

2. Kelgusi yil uchun davlat budjeti parametrlari doirasida mablag‘ ajratish.

har yili iyul

3. O‘rganish natijalariga ko‘ra normativ hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

doimiy

3.

Bino va inshootlarning energetika auditi tizimini keng joriy etish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash va tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2024-yil iyul

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Energetika vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

Qurilishda energiya jihatidan samarador va energiya tejamkor materiallarni qo‘llash amaliyotini kengaytirish.

Qurilishda energiya jihatidan samarador va energiya tejamkor materiallarni (gazobeton, penobeton, polistirolbeton, bazalt asosida issiqlik saqlovchi materiallar, polistirol bilan to‘ldirilgan sendvich panellar va boshqalar) qo‘llashni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil sentabr

“O‘zsanoatqurilish-materiallari” uyushmasi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

5.

Normativ hujjatlarni ishlab chiqishda “Aqlli shahar” texnologiyalari elementlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish.

1. “Aqlli shahar” texnologiyalari elementlari bo‘yicha xorijiy tajribalarni o‘rganish va talablarni shakllantirish.

har yili mart

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Manzilli ro‘yxatda shakllantirish, shartnoma tuzish va moliyalashtirishni ochish.

har yili iyul

3. Normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda “Aqlli shahar” texnologiyalari elementlarini inobatga olish.

doimiy

II. Qurilishda texnik jihatdan tartibga solish sohasini takomillashtirish

6.

Qurilishda standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita faoliyatini tashkil etish.

1. Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita faoliyatida ishtirok etuvchi manfaatdor tomonlar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning nizomi, tarkibi, ish dasturi loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil aprel

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

7.

Yillik standartlashtirish rejasini shakllantirish.

1. Standartlashtirish rejasiga yangi ishlab chiqiladigan, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladigan standartlar ro‘yxatini shakllantirish hamda tegishli organga kiritish.

har yili yanvar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

2. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan yangi ishlab chiqiladigan, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladigan standartlar ro‘yxatini tasdiqlash.

doimiy

3. Standartlarni ko‘rib chiqish va yangi standartlarni ishlab chiqish.

doimiy

8.

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo Kengashning qurilish yo‘nalishidagi texnik qo‘mitalariga a’zoligini ta’minlash.

1. MTK 540 “Qurilish materiallari va buyumlari” va MTK 465 “Qurilish” davlatlararo standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar faoliyatida ishtirok etuvchi vakolatli vakillarni belgilash.

2024-yil aprel

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

2. Texnik qo‘mitalarga a’zo bo‘lish bo‘yicha Standartlashtirish bo‘yicha milliy organga murojaat yo‘llash.

2024-yil may

3. Davlatlararo Kengash faoliyati doirasida qurilish sohasida yangi ishlab chiqilayotgan, xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirilayotgan hamda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan Davlatlararo standartlarning respublikamiz iqtisodiyotiga salbiy va ijobiy ta’siri yuzasidan baholash, takliflar kiritish va ovoz berish.

doimiy

9.

Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO) ning texnik qo‘mitalariga a’zolikni ta’minlash.

1. Qurilish sohasiga oid xalqaro texnik qo‘mitalar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Texnik qo‘mitalar faoliyatida ishtirok etuvchi vakolatli vakillarni belgilash.

3. Texnik qo‘mitalarga dastlab kuzatuvchi sifatida a’zo bo‘lishni tashkil etish.

2024-yil may

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

4. Xalqaro tashkilotda ishlab chiqilayotgan standartlar bilan tanishib borish va zarur hollarda milliy standartlarning xalqaro tajriba asosida qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlash.

doimiy

III. Qurilishda muvofiqlikni baholash (tasdiqlash) jarayonlarini takomillashtirish

10.

Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari, alohida konstruktiv elementlarining holatini texnik ko‘rikdan o‘tkazish va monitoring qilish.

1. Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari, alohida konstruktiv elementlarning holatini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish.

2024-yil aprel

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

2. Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari holatini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha normativ hujjatlar bazasini shakllantirish va amaliyotga joriy etish.

2024-yil iyul

3. Xodimlarni o‘qitish, ularning amaliyotini tashkil etish hamda zarur sinov va o‘lchov uskunalarini xarid qilish.

doimiy

11.

Qurilishda muvofiqlikni baholash faoliyatini kengaytirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shma reja-dasturni tasdiqlash:

mahsulotlar, xizmatlar, sifat tizimlari va xodimlarni sertifikatlashtirish organlarini tashkil etish;

kompleks sinov laboratoriyasini xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazish;

kompleks sinov laboratoriyasining akkreditatsiya doirasini kengaytirish;

bino va inshootlarning energiya samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash;

bino va inshootlarning zilzilabardoshligini aniqlash;

bino va inshootlarning issiqlik o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichlarini aniqlash;

akustika;

bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari, alohida konstruktiv elementlarning holatini texnik ko‘rikdan o‘tkazish.

2024-yil may

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

12.

Kompleks sinov laboratoriyasi uchun provayderlik vakolatini olish.

1. Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining Kompleks sinov laboratoriyasini provayderlik vakolatini olish uchun akkreditatsiyaga tayyorlash.

2. O‘zbekiston akkreditatsiya markazi bilan hamkorlikda provayderlik vakolatini olish.

2024-yil iyul

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

IV. Xalqaro aloqalarni rivojlantirish

13.

Xalqaro moliya institutlaridan jalb qilinadigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya va infratuzilma loyihalarida loyiha yechimlarini qo‘llash bilan bog‘liq muammolarni o‘rganib, milliy normativ hujjatlarni yangilash.

1. Yillik davlat dasturlarida nazarda tutiladigan investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarda loyiha yechimlarini qo‘llash bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish va talabnoma ishlab chiqish.

har yili avgust

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

2. Loyihaoldi hujjatlarida xalqaro moliya institutlaridan jalb qilinadigan mablag‘lar hisobidan milliy normativlarni yangilash uchun mablag‘larni inobatga olish.

Kelishuv va loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish

3. Milliy normativ hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

doimiy

14.

Xalqaro hamkorlik doirasida oliy va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

1. Rivojlangan davlatlarning oliy va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida muzokaralar o‘tkazish.

2. O‘zaro anglashuv memorandumlarini imzolash.

3. Tasdiqlangan memorandumlar asosida ishlarni tashkil etish.

doimiy

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

15.

Xalqaro tashkilotlarni hamkorlikni rivojlantirishga jalb qilish.

1. Xalqaro tashkilotlarning sohaga oid faoliyatini kuzatib tahlil qilish va tanlangan yo‘nalishlar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish.

2. O‘zaro anglashuv memorandumlarini imzolash.

3. Tasdiqlangan memorandumlar asosida ishlarni tashkil etish.

doimiy

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

16.

Xalqaro savdo markazi (ITC) bilan standartlarni ishlab chiqish va xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish, mahsulotlar katalogini yaratish, mutaxassislarni tayyorlash, xalqaro talablar asosida sinovlarni o‘tkazish yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamkorligida ITC bilan hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash, dastur va grantlarda ishtirok etish

2024-2025yillar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

V. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

17.

Ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va samaradorligini oshirish.

1. Davlat va xorijiy grantlar tanloviga ilmiy loyihalar tayyorlash va ularda ishtirok etish.

2. Yillik ilmiy faoliyatga oid dasturlarni shakllantirishda shaharsozlik sohasi bo‘yicha maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari amalga oshirilishini nazarda tutish.

doimiy

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

18.

Oliy ta’lim muassasalaridan shaharsozlik faoliyati sohasidagi yosh olimlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish.

1. Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va ularda faoliyat yuritayotgan yosh olimlar ro‘yxatini shakllantirish.

doimiy

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Iqtidorli mutaxassislarni tanlab, ular bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish.

doimiy

19.

Shaharsozlik sohasida ilmiy daraja beruvchi Ilmiy kengashlar faoliyatini tashkil qilish.

1. Xorijiy va mahalliy yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy faoliyatini o‘rganish.

doimiy

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Ilmiy kengashlar tashkil etishga doir hujjatlar va ularning tarkibini shakllantirish.

2024-yil sentabr

3. Tegishli hujjatlarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga kiritish.

2024-yil dekabr

21.

Shaharsozlik sohasida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil qilish.

1. Malakali mutaxassis va professor-o‘qituvchilarni o‘quv jarayoniga jalb qilish.

2. Buyurtmachilar taklifi asosida o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.

3. Malaka oshirishni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilar belgilangan tartibda sertifikat berish.

doimiy

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

IV. Qurilishda raqamli texnologiyalarni joriy etish

22.

Mahalliy dasturchilar tomonidan loyihalashtirish va qurilish ishlab chiqarishini boshqarish sohasida raqobatbardosh dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish.

1. Reja-dastur ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil may

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. BIM texnologiyalari talablari asosida shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish;

2024-yil oktabr

3. Dasturiy ta’minotning texnik shartini ishlab chiqish va kiberxavfsizlik talablariga ekspertizadan o‘tkazish.

doimiy

4. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish, soha mutaxassislarini o‘qitish va dasturiy ta’minotni yangilab borish.

doimiy

23.

Shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ hujjatlar ilmiy-texnik kutubxonasini tashkil qilish va dasturiy ilovani yaratish.

1. Ilmiy-texnik kutubxonani tashkil qilish va dasturiy ilova ishlab chiqish bo‘yicha texnik topshiriq tayyorlash va tasdiqlash.

2024-yil iyun

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Manzilli ro‘yxatni shakllantirish, shartnoma tuzish va moliyalashtirishni ochish.

2024-yil sentabr

3. Normativ hujjatlar elektron arxivini tayyorlash, dasturiy ilova loyihasini ishlab chiqish, kelishish va ishga tushirish.

2025-yil mart

4. Dasturiy ilovani yangilab borish.

doimiy

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-apreldagi 231-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024 — 2026-yillarda takomillashtiriladigan shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

T/r

SHNQ raqami

SHNQ nomi

2024-yilda

1.

1.

SHNQ 1.01.01

Qurilish sohasidagi normativ hujjatlar tizimi.

2.

2.

SHNQ 1.02.07

Qurilish uchun muhandislik qidiruvlari. Umumiy ko‘rsatmalar.

3.

3.

SHNQ 1.02.08

Qurilish uchun muhandislik-geodeziya qidiruvlari.

4.

4.

SHNQ 1.02.05

Qurilish uchun muhandislik-ekologiya qidiruvlari.

5.

5.

SHNQ 1.04.04

Qurilishda buyumlar, uskunalar va materiallardan takroriy foydalanish.

6.

6.

SHNQ 1.05.01

Qurilishda axborot modellashtirish. Ishlab chiqarish va texnik bo‘limlar tomonidan ishlarni tashkil etish qoidalari.

7.

7.

QMQ 2.01.03

Seysmik hududlarda qurilish.

8.

8.

QMQ 2.01.04

Qurilish issiqlik texnikasi.

9.

9.

SHNQ 2.01.05

Tabiiy va sun’iy yoritish.

10.

10.

QMQ 2.01.07

Yuklar va ta’sirlar.

11.

11.

QMQ 2.01.08

Shovqindan himoya.

12.

12.

QMQ 2.01.09

Cho‘kuvchan va o‘ta cho‘kuvchan gruntli hududlarda quriladigan bino va inshootlar.

13.

13.

QMQ 2.01.18

Binolar va inshootlarni isitish, shamollatish va konditsiyalashtirish uchun energiya sarfi me’yorlari.

14.

14.

SHNQ 2.01.20

Seysmik hududlarda transport inshootlari qurilishi.

15.

15.

QMQ 2.02.01

Bino va inshootlarning asoslari.

16.

16.

QMQ 2.03.01

Beton va temir-beton konstruksiyalar.

17.

17.

QMQ 2.03.10

Tom va tom qoplamalari.

18.

18.

QMQ 2.03.11

Qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish

19.

19.

SHNQ 2.03.13

Pollar.

20.

20.

QMQ 2.04.03

Kanalizatsiya. Tashqi tarmoqlar va inshootlar.

21.

21.

QMQ 2.04.13

Qozonxonalar.

22.

22.

QMQ 2.04.16

Quyoshli issiq suv ta’minoti qurilmalari.

23.

23.

QMQ 2.04.17

Turar joy va jamoat binolarining elektr jihozlari.

24.

24.

SHNQ 2.07.02

Qurilish obyektlarini nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish.

25.

25.

SHNQ 2.07.06

Shahar ko‘cha yo‘llari. Loyihalash 1-qism

26.

26.

SHNQ 2.07.06

Shahar ko‘cha yo‘llari. Piyoda mintaqalari 2-qism

27.

27.

SHNQ 2.07.06

Shahar ko‘cha yo‘llari. Harakat xavfsizligi 3-qism

28.

28.

QMQ 2.08.02

Jamoat binolari va inshootlari

29.

29.

SHNK 2.08.01

Turar joy binolari

30.

30.

SHNQ 2.08.03

Sanatoriylar.

31.

31.

QMQ 2.08.04

Ma’muriy binolar.

32.

32.

QMQ 2.08.10

Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari

33.

33.

QMQ 2.08.11

Madaniyat tashkilotlari

34.

34.

QMQ 2.08.12

Madaniy-meros obyektlari

35.

35.

SHNQ 2.08.16

Bank muassasalari

36.

36.

SHNQ 2.09.09

Donni saqlash va ishlov berish korxonalari, binolari va inshootlari.

37.

37.

SHNQ 2.09.20

Avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari.

38.

38.

SHNK 2.09.21

Yong‘in o‘chirish deposi va postlari.

2025-yilda

39.

1.

SHNQ 1.02.01

Bino va inshootlarni qurilishida geotexnik monitoring. Qoidalar to‘plami.

40.

2.

SHNQ 1.02.02

Qurilishda geodeziya ishlari.

41.

3.

SHNQ 2.01.01

Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik ma’lumotlar.

42.

4.

SHNQ 2.01.02

Binolar va inshootlarning yong‘in xavfsizligi.

43.

5.

SHNQ 2.01.19

Portlab-yonish va yong‘in xavfi bo‘lgan xonalar, bino va inshootlar hamda tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash.

44.

6.

QMQ 2.03.03

Armotsement konstruksiyalar.

45.

7.

QMQ 2.03.04

Oshirilgan va yuqori haroratlar ta’siri sharoitlarida ishlash uchun mo‘ljallangan beton va temir-beton konstruksiyalar.

46.

8.

SHNQ 2.03.06

Aluminiy konstruksiyalar.

47.

9.

QMQ 2.03.07

Tosh va o‘zaktoshli qurilmalar.

48.

10.

SHNQ 2.03.08

Yog‘och konstruksiyalar.

49.

11.

QMQ 2.04.01

Binolarning ichki suv ta’minoti va kanalizatsiya.

50.

12.

SHNQ 2.04.02

Suv ta’minoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar.

51.

13.

QMQ 2.04.05

Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash.

52.

14.

QMQ 2.04.07

Issiqlik tarmoqlari.

53.

15.

SHNQ 2.04.08

Gaz ta’minoti. Loyiha me’yorlari.

54.

16.

SHNQ 2.04.14

Uskunalar va quvur o‘tkazgichlarning issiqlik izolyatsiyasi.

55.

17.

SHNQ 2.05.04

Metropolitenlar.

56.

18.

QMQ 2.05.05

Temir yo‘l va avtomobil yo‘llari tunnellari.

57.

19.

SHNQ 2.05.09

Tramvay va trolleybus yo‘llari.

58.

20.

SHNQ 2.06.03

Sug‘orish tizimlari. Loyihalashtirish normalari.

59.

21.

SHNQ 2.06.12

Suv oqimini boshqarish uchun suv omborlari.

60.

22.

SHNQ 2.08.13

Savdo va umumiy ovqatlanish majmualari

61.

23.

SHNQ 2.08.14

Maishiy xizmat ko‘rsatish majmualari

62.

24.

SHNQ 2.08.18

Turizm obyektlari

63.

25.

SHNQ 2.08.19

Sud va prokuratura binolari

64.

26.

SHNQ 2.08.20

Arxiv binolari

65.

27.

QMQ 2.05.06

Magistral quvuro‘tkazgichlar

2026-yilda

66.

1.

QMQ 2.01.14

Hisobiy gidrologik tavsiflarni aniqlash.

67.

2.

KMK 2.02.02

Gidrotexnika inshootlari zaminlari.

68.

3.

SHNQ 2.02.03

Qoziqli poydevorlar.

69.

4.

QMQ 2.02.05

Dinamik yuklamali mashinalar poydevorlari.

70.

5.

SHNQ 2.03.05

Po‘lat konstruksiyalar. Loyihalashtirish me’yorlari.

71.

6.

SHNQ 2.04.09

Bino va inshootlarning yong‘in avtomatikasi.

72.

7.

SHNQ 2.04.18

Shaharlar va qishloq aholi yashaydigan joylarni tashqi yoritish.

73.

8.

QMQ 2.04.20

Turar joy va jamoat binolari muhandislik uskunalarining aloqa, signalizatsiya va dispetcherlashtirish qurilmalarini loyihalash.

74.

9.

SHNQ 2.05.03

Ko‘priklar va quvurlar.

75.

10.

QMQ 2.05.08

Aerodromlar.

76.

11.

SHNQ 2.06.01

Gidrotexnika inshootlari.

77.

12.

QMQ 2.06.04

Gidrotexnika inshootlariga bo‘lgan ta’sirlar va yuklanishlar.

78.

13.

QMQ 2.06.05

Gruntdan bo‘lgan to‘g‘onlar.

79.

14.

QMQ 2.06.06

Beton va temir-beton to‘g‘onlar.

80.

15.

SHNQ 2.06.07

Tirgak devorlar, kema qatnovi shlyuzlari, baliq o‘tkazish va baliq muhofazasi inshootlari.

81.

16.

QMQ 2.06.08

Gidrotexnika inshootlarining beton va temir-beton konstruksiyalari.

82.

17.

SHNQ 2.06.16

Sun’iy suv havzalari uchun polietilen plyonkadan filtratsiyaga qarshi moslamalarni loyihalash.

83.

18.

QMQ 2.07.03

Korxonalar, binolar va inshootlar hududlarini to‘sish.

84.

19.

SHNQ 2.07.04

Qishloq xo‘jaligi korxonalari hududlarini arxitektura-rejalashtirishni tashkil qilish.

85.

20.

QMQ 2.08.06

Sanitar-epidemiologik stansiyalar.

86.

21.

QMQ 2.09.01

Qishloq xo‘jaligi korxonalarining bosh rejalari.

87.

22.

SHNQ 2.09.04

Korxonalarning ma’muriy va maishiy binolari.

88.

23.

SHNQ 2.09.07

Chorvachilik, parrandachilik va hayvonchilik korxonalari.

89.

24.

SHNQ 2.09.08

Issiqxonalar va bug‘xonalar.

90.

25.

SHNQ 2.09.10

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash uchun binolar va xonalar.

91.

26.

QMQ 2.09.11

Quruq mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari omborlari.

92.

27.

SHNQ 2.09.13

Yer osti kon lahimlarini loyihalash.

93.

28.

SHNQ 2.09.19

Neft va neft mahsulotlari omborxonalari.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlari va topshiriqlari asosida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan ushbu ro‘yxatga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-apreldagi 231-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2024 — 2026-yillarda ishlab chiqiladigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzbekistan building code” UBC
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bo‘lim

UBC bo‘limlari nomi

Ishlab chiqish muddati

Hamijrochilar

A.

Umumiy qoidalar va talablar

2024 yil

“Boshtransloyiha” AJ,

“Avtomobil yo‘llari ilmiy tekshirish instituti” DK,

“O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ,

“Gidroproyekt” AJ,

“O‘zshaharsozlikLITI” bosh loyiha instituti DM,

“ToshkentboshplanLITI” bosh loyiha instituti DM,

“Qishloq qurilish loyiha” bosh loyiha instituti DM,

“Toshuyjoy LITI” AJ,

“Kommunal loyiha ilmiy tadqiqot instituti” DM,

“O‘zLITIneftgaz” AJ,

“Tashgiprogor” AJ,

tegishli vazirlik va idoralar

v.

Shaharsozlik

2024 yil

d.

Maxsus imkoniyatlar va qulayliklar

2024 yil

e.

Vertikal tuzilmalar

2025 yil

F.

Tashqi to‘siq konstruksiyalari

2025 yil

g.

Yuk ko‘tarish konstruksiyalari

2026 yil

h.

Muhandislik tarmoqlari

2025 yil

i.

Ichki muhit

2025 yil

j.

Xavfsizlik

2026 yil

k.

Yong‘in xavfsizligi

2024 — 2026 yillar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlari va topshiriqlari asosida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan ushbu ro‘yxatga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-apreldagi 231-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish resurslari milliy klassifikatorini joriy qilish va narxlar elektron platformasini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Milliy klassifikatorga milliy standart va qurilish normalaridagi o‘zgartirishlar asosida yangi resursni kiritish

Doimiy ravishda

2-bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida Milliy klassifikator va elektron katalog platformasi (keyingi o‘rinlarda — Platforma)ni yaratish va tegishli vazirliklar va idoralar bilan integratsiya qilish

Bir hafta davomida

3-bosqich

Tovar-xom ashyo birjasi

Tovar-xom ashyo birjasida shakllangan qurilish resurslari narxlari bo‘yicha haftalik kotirovkalarni avtomatik tarzda Platformada aks ettirish

Doimiy

4-bosqich

Bojxona qo‘mitasi

Respublika hududiga olib kirilib, “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirilgan qurilish materiallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Elektron hukumat” tizimining Raqamli ma’lumotlar platformasi orqali “BYD to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi” axborot tizimi orqali Platformada aks ettirish

Doimiy

5-bosqich

Tadbirkorlik subyektlari

Platformada ERI orqali ro‘yxatdan o‘tib qurilish resurslari bo‘yicha texnik va narx parametrlari bo‘yicha e’lonlarni joylashtirish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

Doimiy

6-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Davlat xaridlari elektron tizimidan qurilish resurslariga oid ma’lumotlarni avtomatik tarzda Platformada aks ettirish

Doimiy

7-bosqich

Soliq qo‘mitasi

Mahsulotlarning yagona elektron katalogidan qurilish resurslariga oid ma’lumotlarni avtomatik tarzda Platformada aks ettirish

Doimiy

8-bosqich

Milliy statistika qo‘mitasi

Tizimlarni integratsiya qilish orqali 12-narx (sanoat) shakli (oylik). Ishlab chiqaruvchilarning sanoat mahsulotlari narxlari to‘g‘risida hisoboti asosida qurilish resurslari nomi, o‘lchov birligi, tegishli davrdagi narx ko‘rsatkichlarini aks ettirish

Hisobot davrida

9-bosqich

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Tizimlarni integratsiya qilish orqali qurilish materiallari bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlarini belgilangan standartlar asosida ularning texnik parametrlari ko‘rsatkichlarini avtomatik tarzda Platformada aks ettirish

Doimiy

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-apreldagi 231-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish jarayonlariga loyiha boshqaruvining raqamli tizimini joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Institut

Obyektlarni BIM texnologiyalari asosida loyihalashtirish uchun BIM-server va unga “Loyiha boshqaruvi tizimi” dasturiy-texnik majmuani joylashtirishni tashkil etish

Tizim ishga tushgandan so‘ng bir oy muddatda

2-bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Quriladigan obyektlarni ro‘yxatdan o‘tkazish

24 soat davomida

3-bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Loyiha tashkilotlariga tizimga ulanish uchun ruxsat berish

Buyurtmachi bilan shartnoma imzolangan kundan 24 soat davomida

4-bosqich

Loyiha tashkilotlari

Loyiha boshqaruvi tizimida obyektlarning raqamli modellarini loyihalashtirish

Shartnomada belgilangan muddatda

5-bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Loyiha boshqaruvi tizimida loyihalangan obyektlarning modellarini raqamli holda ekspertizadan o‘tkazish

Shartnomada belgilangan muddatda

6-bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Qurilish-pudrat tashkilotlariga tizimga kirish va ishlash uchun ruxsat berish

Shartnoma rasmiylashtirilgan kundan 24 soat davomida

7-bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Qurilayotgan obyektlarda qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan qurilish-montaj ishlarining amalda bajarilishini real vaqt rejimida kuzatib borish uchun mas’ul rahbarlarga ruxsat berish

O‘rnatilgan tartibda, so‘rovga ko‘ra

8-bosqich

Qurilish-pudrat tashkiloti, loyiha tashkiloti, buyurtmachi, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi

Obyektning qurilish sifati va muddatini nazorat qilib borish

Obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar, o‘rnatilgan tartibda

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/231/0296-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)