02.02.2024 yildagi PF-28-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda soʻnggi yillarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilishga oid dolzarb masalalarni hal qilish boʻyicha vakolatlari kengaytirilib, xalq hokimiyatchiligini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy Kengashlarning nazorat faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan huquqiy asoslar yaratildi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati ustidan xalq deputatlari Kengashlarining nazorat funksiyalarini kengaytirish maqsadida ularga oʻndan ortiq qoʻshimcha vakolatlar berildi. Xususan, prokuratura, adliya, ichki ishlar, moliya, soliq, ekologiya va sogʻliqni saqlash organlari rahbarlarining hisobdorligi belgilab qoʻyildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari vakolatlari, mahalliy Kengash raisi va hokim lavozimlari bir-biridan ajratilganligi hokimiyatlar boʻlinishiga oid konstitutsiyaviy tamoyilning mahalliy darajada ijrosini taʼminlashda muhim qadam boʻldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning haqiqiy “ovoziga” aylantirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyishni talab etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan hokimlar va xalq deputatlari Kengashlari vakolatlari taqsimlanishiga asoslangan davlat hokimiyatini tashkil etishning yangi modelini toʻliq amalga oshirish, mahalliy Kengashlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi rolini kuchaytirish, mahalliy davlat hokimiyatini yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda yoʻlga qoʻyish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Adliya vazirligi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari (keyingi oʻrinlarda — mahalliy Kengashlar) tomonidan ishlab chiqilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga oʻtkazilishi taklif etilayotgan vakolatlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining tizimlashtirish taklif etilayotgan vakolat va funksiyalari 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida tashkil etish yuzasidan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengashlar zimmasiga vazifa va funksiyalar faqatgina qonun hujjatlari bilan yuklanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda vazifalarni mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasida aniq belgilash amaliyoti joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlarda mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan, mahalliy Kengashlarning qonunchilikda belgilangan vakolatlariga xos boʻlmagan vazifalar ijrosi boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda 2024-yilning 1-oktabriga qadar Oʻzbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va unda quyidagi asosiy yoʻnalishlarni nazarda tutish tavsiya etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengashlar, ularning organlari hamda deputatlarning nazorat faoliyatini takomillashtirish, samarali nazorat tizimini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengashlar tomonidan hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalar yuzasidan Oliy Majlis Senatiga takliflar kiritish mexanizmini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengashlarning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengashlar qarorlarini ishlab chiqishda jamoatchilikning keng ishtirokini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengashlar deputatlarining maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengashlar faoliyatida oʻzaro va xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengashlar faoliyatini toʻliq raqamlashtirish, byurokratiyaga qarshi choralarni belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga xorijiy davlatlarning yetakchi ekspertlarini jalb qilsin hamda ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish uchun xizmat va oʻquv safarlarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda mazkur Farmonga 3-ilovaga muvofiq qonunchilik hujjatlari bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasida ixtisoslashtirish boʻyicha takliflarni Adliya vazirligiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi vazirlik va idoralar takliflari asosida uch oy muddatda tegishli qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ushbu loyihalarning jismoniy va yuridik shaxslar uchun ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklovlarni joriy etuvchi qoidalar hamda normalarning mavjudligi nuqtai nazaridan tanqidiy koʻrib chiqilishiga alohida eʼtibor qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga ikki oy muddatda mahalliy Kengashlar faoliyatiga oid oʻz qarorlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazgan holda tizimlashtirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-iyulga qadar mahalliy Kengashlar vakolatlari, vazifalari va funksiyalarining reyestrini ishlab chiqish va yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengashlar qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilishda yagona amaliyotni joriy qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi bilan birgalikda mahalliy Kengashlar deputatlari va kotibiyatlari xodimlarining bilim va malakasini oshirishga qaratilgan oʻquv kurslarini tizimli tashkil etish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2024-yil 1-aprelga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengashlar binolarining joriy holatini xatlovdan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati bilan birgalikda mahalliy Kengashlar binolariga va ularni moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablarni ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-oktabrga qadar xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, 2025-yil 1-dekabrga qadar xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari uchun belgilangan minimal talablarni inobatga olgan holda bino (ishchi xonalar) bilan taʼminlash va jihozlash boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Farmonning 1-2-ilovalarida nazarda tutilgan takliflarni roʻyobga chiqarish maqsadida tegishli qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Farmondan kelib chiqadigan boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 2-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-28-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga oʻtkazilishi taklif etilayotgan vakolatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Vakolatning qisqacha mazmuni

Vakolat oʻtkazilishi taklif etilayotgan organ

Normativ-huquqiy hujjat

1.

Taʼlim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari bilan kelishgan holda tegishli hududda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari

Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni

(13-modda)

2.

Taʼlim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari bilan kelishgan holda davlat taʼlim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, bundan respublika tasarrufidagi taʼlim muassasalari mustasno.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari

Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni

(27-modda)

3.

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manba hisoblanadigan ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilarini saqlash poligonlarining joyini davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilash.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari

Oʻzbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni

(21-modda)

4.

Atmosfera havosining holatiga taʼsir koʻrsatuvchi korxonalar, inshootlar, transport magistrallari va boshqa obyektlarni qurish joylarini belgilash, ularni qurish hamda qayta qurish loyihalarini kelishish.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari

Oʻzbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni

(22-modda)

5.

Radioaktiv chiqindilarni va kimyoviy moddalarni koʻmib tashlashga (davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda) rozilik berish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni

(42-modda)

6.

Chiqindilar koʻmib tashlanadigan joylarni (xavfli chiqindilar bundan mustasno) belgilash.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonuni

(22-modda)

7.

Shahar yoʻlovchilar transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish haqini toʻlashning yoʻl qoʻyiladigan doiradagi tariflarini belgilash.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

Oʻzbekiston Respublikasining “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi Qonuni

(16-modda)

8.

Yoʻnalishlarni tashkil etish, shu jumladan yangi yoʻnalishlar ochish va ishlab turganlarini oʻzgartirish, bekatlarni, toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillarini joylashtirish yerini kelishish.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari

Oʻzbekiston Respublikasining “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi Qonuni

(19-modda)

9.

Shahar yoʻlovchilar transportidan foydalanish chogʻida fuqarolarning alohida toifalari uchun imtiyozli tariflar joriy etish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

Oʻzbekiston Respublikasining “Transport toʻgʻrisida”gi Qonuni

(11-modda)

10.

Xodimlarni ommaviy ravishda ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi qarorlarni mahalliy mehnat organlarining taqdimnomalari boʻyicha yoki mustaqil ravishda olti oygacha muddatga toʻxtatib turish.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari

Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi

(98-modda)

Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuni

(18-modda)

11.

Ish oʻrinlarini tashkil etishga boʻlgan ehtiyojning dastlabki parametrlarini tasdiqlash.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari

Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuni

(23-modda)

12.

Hududlarning ekologik holati yoki hududlarda transport vositalari va odamlar harakatining alohida tartibidan kelib chiqib, aviatsiya ishlarini bajarish shartlari va cheklovlarini belgilash.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi

(95-modda)

13.

Tabiiy ofat, avariyalar roʻy bergan taqdirda va boshqa favqulodda holatlarda, shuningdek korxona vodoprovod suvini limitdan ortiqcha olgan taqdirda, aholining ichimlik suvga boʻlgan ehtiyojlarini va maishiy ehtiyojlarini birinchi navbatda qondirish manfaatlarini koʻzlab, kommunal vodoprovodlardan sanoat maqsadlari uchun ichimlik suv isteʼmolini qisqartirish yoki taqiqlab qoʻyish, idoralarga qarashli ichimlik suv beradigan xoʻjalik vodoprovodlari suvidan sanoat maqsadlari uchun foydalanishni vaqtincha cheklab qoʻyish.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari

Oʻzbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni

(57-modda)

14.

Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar uchun tariflarni tasdiqlash.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

Oʻzbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi Qonuni

15.

Tabiiy obyektlarga, transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlariga nom berish hamda ularning nomlarini oʻzgartirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni

(11-modda)

16.

Hovli, uy atrofi hududlarini saqlash va turar joylardan foydalanish qoidalarini tasdiqlash.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari

Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni

(23-modda)

17.

Mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining chegaralarini hamda tegishli obyektlar hududlarida shaharsozlik faoliyatini tartibga solish tartibotini belgilash.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi

(21-modda)

18.

Aholi punktlarining hududiy zonalari toifalariga mahalliy sharoitlardan kelib chiqib oʻzgartirish kiritish, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalarini hisobga olgan holda ularga yer uchastkalarini hamda boshqa obyektlarni kiritish.

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari

Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi

(63-modda)

19.

Toshkent shahri hududida alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarini umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar jumlasiga kiritish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taqdimnoma kiritish.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi

Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi

(76-modda)

20.

Quyidagi toifadagi alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarini mahalliy ahamiyatga molik (umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar jumlasiga kiritilmagan) obyektlar jumlasiga kiritish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash boʻyicha Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdimnoma kiritish:

tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar taʼsiriga duchor boʻlgan hududlar;

yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori konsentratsiyalardan ortiqcha kimyoviy va (yoki) biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar bilan, yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori darajalardan ortiqcha radioaktiv moddalar bilan ifloslangan hududlar.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi

(76-modda)

21.

Tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar taʼsiriga duchor boʻlgan hududlarni umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar jumlasiga kiritish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taqdimnoma kiritish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi

(76-modda)

22.

Quyidagi toifadagi alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarini mahalliy ahamiyatga molik (umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar jumlasiga kiritilmagan) obyektlar jumlasiga kiritish:

muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;

hayot faoliyatining alohida rejimiga ega boʻlgan aholi punktlari (harbiy obyektlar, boshqa rejimli hududlar, davlat qoʻriqxonalari hududlarida va qoʻriqlanadigan boshqa tabiiy hududlarda joylashgan aholi punktlari) hududlari;

Nukus shahri hamda viloyatlarning maʼmuriy markazlari boʻlgan shaharlar hududlari, shuningdek madaniy meros obyektlari mavjud boʻlgan shaharlar hududlari.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi

(76-modda)

23.

Investitsiya faoliyati sohasida eshituvlarni amalga oshirish.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari

Oʻzbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni

(33-modda)

24.

Mahalliy ahamiyatga molik tabiat bogʻlarini davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida tashkil etish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonuni

(23-modda)

25.

Tabiiy obyektlarni davlat tabiat yodgorliklari deb eʼlon qilish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonuni

(27-modda)

26.

Buyurtma qoʻriqxonalarini tashkil etish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonuni

(31-modda)

27.

Tabiiy pitomniklarni tashkil etish.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari

Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonuni

(33-modda)

28.

Mahalliy ahamiyatga molik kurort tabiiy hududlarni Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan tashkil etish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonuni

(36-modda)

29.

Rekreatsiya zonalarini, jumladan davlat oʻrmon fondi uchastkalaridagi rekreatsiya zonalarini vakolatli davlat organlari bilan kelishgan holda tashkil etish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonuni

(38-modda)

30.

Mahalliy ahamiyatga molik botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni

(18-19-moddalar)

31.

Ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlarni tasdiqlash.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-son Farmoni

32.

Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha hududiy harakatlar rejalarini tasdiqlash.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-son qaroriga 1-ilova

(30-band)

33.

Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari direktorlarining qonunchilik bilan zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan hisobotini har yil yakuni boʻyicha eshitish.

Eshitish natijalari boʻyicha Markaz direktorlarini ragʻbatlantirish (shu jumladan boshqa lavozimlarga koʻtarish) va ularga nisbatan tegishli choralar koʻrish (shu jumladan lavozimidan ozod qilish) boʻyicha taklif kiritish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5279-son qarori

(2-band)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining tizimlashtirish taklif etilayotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAKOLAT VA FUNKSIYALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Vakolat va funksiyaning qisqacha mazmuni

Tizimlashtiriladigan vakolat va funksiya

Normativ-huquqiy hujjat

1.

Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlarining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi hisobotini har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida eshitish.

Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlarining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, shuningdek, jamoat xavfsizligi haqidagi hisobotini har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida eshitish.

Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonuni

(131-modda)

Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlarining oʻrinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlarining jamoat xavfsizligi haqidagi hisobotini har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida eshitish.

Mahalla huquq-tartibot maskanlarining profilaktika katta inspektorlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash holati toʻgʻrisidagi hisobotini har olti oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida eshitish.

Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlarining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi hisobotini har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida eshitish.

Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni

(252-modda)

Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlarining oʻrinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlarining jamoat xavfsizligi haqidagi hisobotini har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida eshitish.

Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlarining hisobotini har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari majlislarida eshitish.

Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlarining hisobotlarini har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari majlislarida eshitish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-sonli Farmoni

(2-band)

Muvofiqlashtirish boshqarmalari boshliqlarining hisobotini har chorakda, ularning oʻrinbosarlari hisobotini har oyda Toshkent shahri tumanlari xalq deputatlari Kengashlari majlislarida eshitish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-fevraldagi PQ-3528-son qarori

(5-band)

Jamoat xavfsizligini taʼminlash natijalarining tahlilini har oyda hisobot davri yakuniga koʻra xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining majlislarida muhokama qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi PQ-4075-son qarori

(1-band)

2.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi hisobotini har chorakda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlarida eshitish.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, shuningdek, jamoat xavfsizligi haqidagi hisobotini yiliga ikki marotaba xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida eshitish.

Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonuni

(131-modda)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlarining jamoat xavfsizligi haqidagi hisobotini har chorakda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlarida eshitish.

Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi hisobotini har chorakda xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlarida eshitish.

Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni

(252-modda)

Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlarining jamoat xavfsizligi haqidagi hisobotini har chorakda xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlarida eshitish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlari majlislarida har chorakda Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining hisobotlarini eshitish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-sonli Farmoni

(2-band)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari majlislarida hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari oʻrinbosarlari — jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlarining hisobotini har chorakda eshitish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoni

(6-band)

3.

Adliya vazirligi hududiy organlarining huquqiy targʻibot va maʼrifatning holati haqidagi axborotini har yili tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlariga taqdim etish.

Hududiy adliya organlari rahbarlarining joylardagi norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qoʻllash amaliyoti, huquqiy targʻibot va maʼrifatning holati haqidagi axborotini har yili xalq deputatlari viloyatlar, tuman va shahar Kengashlarida eshitish.

Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni

(8-modda)

Hududiy adliya boshqarmalari boshliqlarining joylardagi norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisidagi axborotini har yarim yillik yakunlari boʻyicha tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga taqdim etish.

Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni

(253-modda)

Tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlarining boshliqlari har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisida axborot taqdim etish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri, hududiy adliya boshqarmalari boshliqlarining joylarda norma ijodkorligi hamda huquqni qoʻllash amaliyoti holati boʻyicha axborotini har yarim yil yakuni boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlarida eshitish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son Farmoni

(6-band)

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hududiy boshqarmalarining huquqiy targʻibot va maʼrifatning holati toʻgʻrisidagi axborotini har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida eshitish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-fevraldagi PQ-2761-son qarori

(7-band)

4.

Hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, budjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish oʻrinlari barpo etish boʻyicha hisobotini har chorakda eshitish.

Viloyat va Toshkent shahar hokimlarining tegishli hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari, shu jumladan budjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish oʻrinlari barpo etish yuzasidan hisobotlarini tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida har chorakda eshitish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi PF-5283-son Farmoni

(2-band)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlaridagi vazifalarning bajarilishi yuzasidan hisobotini har chorak yakuni boʻyicha eshitish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni

(12-band)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosarining, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimlari birinchi oʻrinbosarlarining Dasturlarni (respublikada kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, aholining oʻzini oʻzi band qilishini rivojlantirish, ayollar uchun imkoniyatlarni oshirish va yosh avlodni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari) amalga oshirish samaradorligi borasidagi hisobotlarini har chorakda eshitish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi PQ-4498-son qarori

(7-band)

5.

Hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, budjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish oʻrinlari barpo etish boʻyicha hisobotini har chorakda eshitish.

Tuman va shahar hokimlarining tegishli hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari, shu jumladan budjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish oʻrinlari barpo etish yuzasidan hisobotlarini xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida har chorakda eshitish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi PF-5283-son Farmoni

(2-band)

Tuman (shahar) hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari tuman (shahar) oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari bilan birgalikda dasturlar ijrosini, shu jumladan ajratilgan kreditlar samaradorligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotini har chorak yakuni boʻyicha eshitish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-son qarori

(5-band)

Tuman va shaharlar hokimlari birinchi oʻrinbosarlarining kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, aholining oʻzini oʻzi band qilishini rivojlantirish, ayollar uchun imkoniyatlarni oshirish va yosh avlodni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlarini amalga oshirish samaradorligi borasidagi hisobotini har chorakda eshitish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi PQ-4498-son qarori

(7-band)

Tumanlar (shaharlar) hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari — Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari rahbarlarining dasturlar ijrosini, shu jumladan, ajratilgan kreditlar samaradorligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotini har chorak yakuni boʻyicha eshitish.

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-son qarori

(6-band)

Tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarining hokim yordamchilari axborotlarini eshitish yakunlari boʻyicha hisobotini eshitish.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-avgustdagi 450-son qaroriga 1-ilova

(7-band)

6.

Har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) hokimlarining oʻz hududlarining shaharsozlik hujjatlari ijrosi yuzasidan hisobotlarini tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari Kengashlarida eshitish.

Viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) hokimlarining shaharsozlik hujjatlari ijrosi va geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini har yili tegishincha viloyatlar, tuman va shahar Kengashlarida eshitish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-299-son qarori

(14-band)

Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha hududiy komissiyalarning oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini har yili tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida eshitish.

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son qaroriga 3-ilova

(6-band)

7.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlarining — yoshlar muammolarini oʻrganish, ularni hal etishga koʻmaklashish, yosh avlodning isteʼdodi va qobiliyatlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha sharoitlar yaratish choralarini koʻrish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotini har oyda kamida bir marotaba eshitish.

Yoshlar ishlari agentligi hududiy (boshqarmalari) boʻlinmalari rahbarlarining yoshlar muammolarini oʻrganish, ularni hal etishga koʻmaklashish, yosh avlodning isteʼdodi va qobiliyatlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha sharoitlar yaratish choralarini koʻrish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotini har yarim yilda tegishincha xalq deputatlari viloyatlar, tuman va shahar Kengashlarida eshitish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PF-6017-son Farmoni

(11-band)

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga masʼul boʻlgan rahbarlarning hisobotini eshitish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Farmoni

(11-band)

8.

Tegishli prokurorlarning hisobotlarini eshitish.

Tegishli prokurorlarning oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarini har yil yakuni boʻyicha tegishincha xalq deputatlari viloyatlar, tuman va shahar Kengashlarida eshitish.

Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni

(24-modda)

Tegishli prokurorlarning oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari Kengashlarida har yil yakuni boʻyicha eshitish.

Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni

(5-modda)

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlarining oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini har yarim yilda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida eshitish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni

(4-band)

9.

Sogʻliqni saqlash vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hududda sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek, sogʻliqni saqlashning asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini tegishincha xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida har yarim yillik yakuni boʻyicha eshitish.

Sogʻliqni saqlash vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hududda sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek, sogʻliqni saqlashning asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini har yarim yillik yakunlari boʻyicha tegishincha xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida eshitish.

Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni

(255-modda)

Toshkent shahrida tuman markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalari rahbarlari va mutaxassislarining hisobotini har chorakda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashida eshitish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyundagi PQ-3039-son qarori

(3-band)

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha kelib tushayotgan murojaatlarning tahlili, hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini oʻrganish natijalarini har oyda bir marotaba xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida muhokama qilish.

Xalq qabulxonalari tomonidan ularga kelib tushayotgan murojaatlarning mazmuni va ularning tahlili haqidagi axborotni tegishincha xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida har chorakda muhokama qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son qarori

(19-band)

Jamoatchilik nazoratining natijalari, aniqlangan muammolar toʻgʻrisida umumlashgan maʼlumotlar, shuningdek, tegishli mansabdor shaxslarning hisobotini eshitish boʻyicha takliflarni har chorakda xalq deputatlari Kengashlari majlislarida muhokama qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-apreldagi PF-5700-son Farmoni

(1-band)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida tashkil etish yuzasidan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Vazifa va funksiyalar belgilangan normalar

Normativ-huquqiy hujjat nomi

Masʼul

I. Mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasida aniq belgilanishi nazarda tutilayotgan vazifa va funksiyalar

1.

5-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:

uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijrosini taʼminlash;

uy-joy fondini va kommunal obyektlarni boshqarishni tashkil etish;

oʻz tasarrufidagi hududda kommunal xizmatlarga oid tarif siyosatini belgilangan tartibda shakllantirish;

uy-joy fondini hisobga olish;

davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va fuqarolarga ijara shartnomasi shartlari asosida berish;

davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ulardan belgilangan maqsadda foydalanish uchun yuridik shaxslarga arenda shartnomasi shartlari asosida berish;

uy-joy fondidan foydalanilishi va uning asralishi, aholiga koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar sifati ustidan nazoratni taʼminlash;

aholining ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam taʼminlangan toifalari orasidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish hamda ularni aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan uy-joy bilan taʼminlash;

fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam taʼminlangan toifalari uchun uy-joy qurish;

uy-joy quruvchilarga uy-joy qurish uchun, shuningdek, uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga doimiy foydalanishga belgilangan tartibda yer uchastkalari berish;

uy-joy fondiga xizmat koʻrsatuvchi kommunal xizmat koʻrsatish, ijtimoiy va transport infratuzilmasi obyektlarining lozim darajada saqlanishi hamda rivojlantirilishini taʼminlash;

davlat uy-joy fondining turar joylarini bronlashtirish va almashtirish;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

2.

8-modda. Uy-joy fondi turlari

...

(uchinchi qism) Davlat uy-joy fondiga quyidagilar kiradi:

mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy budjetga tushgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan munitsipal uy-joy fondi;

...

mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan barpo etilgan, shuningdek, xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam taʼminlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanish uchun berilgan aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi.

3.

12-modda. Yer tuzishning vazifalari va mazmuni

...

(ikkinchi qism) Yer tuzish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, mahalliy davlat hokimiyati organining topshirigʻiga yoki yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari tomonidan amalga oshiriladi.

...

Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

4.

25-modda. Jarima

...

(beshinchi qism) Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan belgilanadigan jarimaning eng koʻp miqdori ushbu Kodeksning 6-moddasiga binoan fuqarolarga — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oshmasligi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks

Bosh prokuratura, Oliy sud

5.

10-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari

Tabiatni muhofaza qilish sohasida:

oʻz hududida tabiatni muhofaza qilishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash, mintaqaning (hududning) ekologiya dasturini tasdiqlash;

tabiiy resurslarni hisobga olish va ularning ahvoliga baho berish, ekologiya jihatidan zararli boʻlgan obyektlarni roʻyxatga olish;

tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni moddiy-texnika jihatidan taʼminlash;

tabiiy resurslardan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalarni belgilangan tartibda berish;

tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun toʻlovlar undirish;

tabiatning muhofaza qilinishi ustidan nazorat oʻrnatish, atrof-muhitga zarar yetkazayotgan mahalliy ahamiyatga molik obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay toʻxtatish va qayta ixtisoslashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish.

Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

6.

22-modda. Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish shartlari

...

(ikkinchi qism) Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishning atrof-muhitga xavfsizligi uchun chiqindilarning mulkdorlari javob beradilar. Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish obyektlarini tegishli hududga joylashtirish masalalarini mahalliy davlat hokimiyati organlari hal qiladi.

7.

33-modda. Tabiatni muhofaza qilishni taʼminlashning iqtisodiy tartiboti

...

(uchinchi qism) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining qarorlarida tabiatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy ragʻbatlantirishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.

...

8.

7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi tasarrufiga quyidagilar kiradi, chunonchi:

oʻz hududidagi suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash;

suv resurslaridan foydalanishni tartibga solish va ularni muhofaza qilish sohasida qonuniylik hamda huquq-tartibotni taʼminlash;

suv obyektlari holatini hisobga olib borish va ularga baho berish, suvlardan foydalanilishi va ularning muhofaza qilinishi, belgilangan suv olish limitlariga rioya etilishi, suvdan foydalanuvchilarning suvdan foydalanish hisobini yuritishlari ustidan nazorat qilib borish;

suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha aniq yoʻnaltirilgan roʻyxatlarni shakllantirish va tasdiqlashda, shuningdek, ularning amalga oshirilishini nazorat qilishda koʻmaklashish;

suv isteʼmolchilari uyushmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarini taʼmirlash hamda tiklash, tomorqa yerlariga suv yetkazib berish tadbirlarini amalga oshirishda koʻmaklashish;

suv obyektlarini saqlash va ularning holatini yaxshilash, suvlarning zararli taʼsir koʻrsatishining, shuningdek, bulgʻanishining oldini olish va uni bartaraf etish hamda avariyalar, toshqin, sel va tabiiy ofatlar natijasida vayron boʻlgan obyektlarni tiklash yuzasidan tadbirlar oʻtkazish;

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa masalalarni tartibga solish.

Oʻzbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni

Suv xoʻjaligi vazirligi

9.

41-modda. Aholini markazlashgan tartibda suv bilan taʼminlash

...

(ikkinchi qism)

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar olayotgan suvlarini hisobga olib borishni tashkil etadi, suv bilan taʼminlash manbalaridagi suvning sifati holatini muntazam kuzatib boradi va manbalarda suv sifati oʻzgarganligi hamda ishlatilgan suv miqdori haqida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar, ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish, sanitariya nazorati organlariga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga maʼlumotlar berib turadi

10.

87-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi nizolarni hal qilishga doir vakolati

Tegishli hududda suv obyektlaridan foydalanish masalalari yuzasidan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda fuqarolar oʻrtasidagi suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi nizolarni hal qilish mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatiga kiradi, suv xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari hamda shunga vakolatli boshqa organlar hal qilishi lozim boʻlgan nizolar bundan mustasno.

11.

6-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tasarrufiga quyidagilar kiradi:

sogʻliqni saqlash sohasida inson huquqlarini himoya qilish;

fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasidagi qonunchilik bajarilishini taʼminlash;

sogʻliqni saqlash tizimining boshqaruv organlarini shakllantirish, uning muassasalari tarmogʻini rivojlantirish;

birlamchi tibbiy-sanitariya va tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkil etish, ulardan hammaning bahramand boʻla olishini taʼminlash, tasarrufdagi hududda fuqarolarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash;

farmatsevtika faoliyatining yoʻnalishini — dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalashni belgilangan tartibda amalga oshirish;

sogʻliqni saqlash xarajatlarini moliyaviy taʼminlashning oʻz manbalarini shakllantirish;

fuqarolarning sanitariya-epidemiologiya jihatidan xotirjamligini taʼminlash, profilaktika, sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;

atrof-muhitni muhofaza etish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash;

favqulodda vaziyatlarda odamlarning hayotini saqlab qolish va ularning sogʻligʻini muhofaza etish chora-tadbirlarini koʻrish, fuqarolarni favqulodda vaziyat zonasidagi ahvol va koʻrilayotgan chora-tadbirlardan xabardor qilish;

sogʻliqni saqlash tizimi organlari, muassasalari va korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish, sogʻliqni saqlash muassasalarida koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordam sifatini nazorat qilib borish;

nogironligi boʻlgan shaxslarning va tibbiy-ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning kuch-quvvatini tiklaydigan muassasalar tashkil etish va ular faoliyatini taʼminlash;

oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

fuqarolarga sanitariya-gigiyena va ekologiya taʼlimi berishni tashkil etish;

sogʻliqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlarini rivojlantirishni ragʻbatlantiruvchi sharoitlar yaratish;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni

Sogʻliqni saqlash vazirligi

12.

5-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi

Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshiradilar.

Oʻzbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Transport vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

13.

53-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;

tegishli hududda atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi.

14.

113-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz hududi doirasida:

energiyadan oqilona foydalanish boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;

energiyadan oqilona foydalanishni rivojlantirish davlat dasturlari va loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

energiyadan oqilona foydalanishni rivojlantirish boʻyicha hududiy dasturlarni va loyihalarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

energiyadan oqilona foydalanishga doir dasturlari va loyihalarining ijrosi yuzasidan tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;

energiya jihatidan samarador va energiya jihatidan tejamkor texnologiyalarni joriy etish boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni

Energetika vazirligi

15.

12-modda. Madaniy meros obyektini Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritish

Tarixiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan obyektlarni Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning takliflari asosida amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni

Madaniy meros agentligi

16.

12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini tartibga solish va boshqarish sohasidagi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

rivojlanishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash va kompleks mintaqaviy dasturlarni tasdiqlash;

aholiga transport xizmati koʻrsatish haqida shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi bilan shartnoma tuzish va transport harakatini tashkil etish rejasini tasdiqlash;

yoʻl qoʻyiladigan doiradagi tariflarni belgilash va ularga rioya etilishi ustidan nazoratni uyushtirish;

bekatlar, toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillarini, boshqa obyektlarni joylashtirish, qurish va obodonlashtirish masalalarini hal etish;

yoʻlovchilar tashish ishining sifati ustidan nazorat qilish;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

Oʻzbekiston Respublikasining “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi Qonuni

Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

17.

19-modda. Yoʻnalishlarni tashkil etish. Bekatlar, toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari va shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organlari, aholining ehtiyojlariga qarab yoʻnalish tarmoqlarini hamda shahar yoʻlovchilar transportining har xil turlarini ulardan samarali foydalanishni nazarda tutgan holda rivojlantirishni taʼminlaydilar.

Yoʻnalishlarni tashkil etish, shu jumladan yangi yoʻnalishlar ochish va ishlab turganlarini oʻzgartirish, bekatlarni, toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillarini joylashtirish yerini aniqlash shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.

18.

7-modda. Davlat hokimiyati mahalliy organlarining davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi vakolatlari

Davlat yer kadastrini yuritish sohasida quyidagilar davlat hokimiyati mahalliy organlarining vakolatlariga kiradi:

yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar hamda ularga oid bitimlarning davlat roʻyxatiga olinishini tashkil etish;

davlat yer kadastrini yuritish ishlarini mahalliy budjet hisobidan moliyalash;

davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish va nazorat qilish;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

Oʻzbekiston Respublikasining

Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonuni

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

19.

11-modda. Davlat hokimiyati mahalliy organlarining asosiy vakolatlari

Davlat hokimiyati mahalliy organlarining avtomobil transport sohasidagi asosiy vakolatlari quyidagilardir:

avtomobil transportini rivojlantirish kompleks mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga, barcha tashuvchilarning faoliyati uchun teng sharoitlar yaratishga koʻmaklashish;

avtomobil transportining moddiy-texnika va ijtimoiy negizini mustahkamlashga koʻmaklashish.

Davlat hokimiyati mahalliy organlari qonunchilikka muvofiq avtomobil transporti sohasida boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”gi Qonuni

Transport vazirligi

20.

11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

kadastr obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni tashkil etadilar;

davlat yer kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ishlarini qonunchilikda belgilangan tartibda mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiradilar;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Qonuni

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

21.

14-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

tegishli safarbarlik topshiriqlari bajarilishini taʼminlaydilar;

oʻz hududlarida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda safarbarlik rejalari hamda davlat va safarbarlik zaxiralari moddiy boyliklarini jamlash topshiriqlari bajarilishi ustidan nazorat olib boradilar;

harbiy hisobga olish ishini, harbiy va muqobil xizmatga chaqirishni, safarbarlik, harbiy yigʻinlarni tashkil etishda, shuningdek, safarbarlik va urush davrida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga bron berishda qatnashadilar;

fuqaro muhofazasi tadbirlari bajarilishini taʼminlaydilar;

hududiy mudofaa tadbirlarini rejalashtirishda va ularning bajarilishini taʼminlashda qatnashadilar;

Qurolli Kuchlarning zarur mahalliy ishlab chiqarish mahsulotlariga, issiqlik va elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlaydilar, ularga aloqa vositalarini beradilar, kommunal-maishiy va boshqa xizmatlar koʻrsatadilar;

harbiy qismlar, Qurolli Kuchlarning korxona, muassasa va tashkilotlari ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda yer, xizmat xonalari hamda turar joy beradilar;

fuqarolarning harbiy xizmatni oʻtashi, jangovar harakatlarda qatnashishi munosabati bilan ularga, shuningdek, ularning oila aʼzolari uchun belgilangan ijtimoiy kafolatlar amalga oshirilishini taʼminlaydilar;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.

Oʻzbekiston Respublikasining “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Qonuni

Mudofaa vazirligi

22.

18-modda. Urush holati

...

(ikkinchi qism) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qoʻshinlar toʻsatdan hujum qilgan yoki bostirib kirgan taqdirda harbiy okruglar qoʻshinlarining qoʻmondonligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari urush holati eʼlon qilinishini kutmay hujumni yoki bosqinni daf etishning barcha chora-tadbirlarini koʻrishlari shart.

23.

11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishga oid umumdavlat dasturlarini bajarishda ishtirok etadilar;

chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishga oid mahalliy dasturlarni tasdiqlaydilar;

chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratib beradilar;

chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish obyektlarini tegishli hududga joylashtirish masalalarini hal etadilar;

chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qiladilar;

chiqindilarni toʻplash va utilizatsiya qilish korxonalari tashkil etilishiga koʻmaklashadilar;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.

Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonuni

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

24.

14-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida:

qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisidagi qonunchilik ijro etilishini taʼminlaydilar;

oʻz hududlarida qon va uning tarkibiy qismlari donorligini tashkil etadilar;

qon va uning tarkibiy qismlari donorligini rivojlantirishga mahalliy budjetdan mablagʻlar ajratadilar.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasida qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishlari mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisida”gi Qonuni

Sogʻliqni saqlash vazirligi

25.

9-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazorati

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonuni

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

26.

10-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanishda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolarning ishtiroki

...

Ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarishga aholini jalb etish maqsadida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, fuqarolar vakillaridan mahalliy davlat hokimiyati organlari qarori bilan maslahatlashuv komissiyalari tuzilishi mumkin. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni va ularning qoʻriqlanma zonalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi, ana shu hududlarda yashovchi aholining manfaatlariga daxldor qarorlar maslahatlashuv komissiyalarining xulosalari inobatga olingan holda qabul qilinadi.

...

27.

11-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat boshqaruvi

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

28.

12-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish uchun yer uchastkalarini zaxira qilish

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish maqsadida maxsus vakolatli davlat organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning taklifiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan yer uchastkalari zaxira qilinadi.

...

29.

13-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va ularning faoliyat yuritishini tugatish

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan tashkil etiladi.

...

30.

17-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanishini tashkil etish

...

Agar davlat buyurtma qoʻriqxonalari va davlat tabiat yodgorliklari yuridik hamda jismoniy shaxslarga berilmagan yer uchastkalarida joylashgan boʻlsa, ularning qoʻriqlanishini taʼminlash mahalliy davlat hokimiyati organlari va maxsus vakolatli davlat organlari zimmasiga yuklatiladi.

...

Kurort tabiiy hududlarni va rekreatsiya zonalarini qoʻriqlash mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan taʼminlanadi.

...

31.

40-modda. Suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari hamda yer usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalari

...

Suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari hamda yer usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalari tegishincha ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xoʻjaligi, sanitariya nazorati organlarining, geologiya tashkilotlarining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.

32.

48-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni moliyalashtirish

...

Davlat buyurtma qoʻriqxonalarini, davlat tabiat yodgorliklarini tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish uchun mablagʻlar mazkur muhofaza etiladigan tabiiy hududlar qaysi mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlari tasarrufida boʻlsa, shu mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlari tomonidan ajratiladi.

33.

9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi hududiy dasturlarning ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va roʻyobga chiqarilishini taʼminlaydi;

tegishli davlat organlarining aholini yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni

Sogʻliqni saqlash vazirligi

34.

7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining avtomobil yoʻllari sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning koʻchalarini rivojlantirish hududiy dasturlarini maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar koʻchalari tarmoqlarini rivojlantirish hamda takomillashtirish istiqbollarini maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda belgilaydi;

shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlar va ovullarning transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning koʻchalarini loyihalashtirish sohasidagi normalar hamda standartlarga rioya etilishini taʼminlaydi;

xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning koʻchalarini saqlashni taʼminlaydi;

xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar koʻchalarining hisobini yuritadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonuni

Transport vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

35.

20-modda. Avtomobil yoʻllaridan foydalanish tartibi

...

(ikkinchi qism) Xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllaridan, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning koʻchalaridan foydalanish tartibi maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonuni

Transport vazirligi

36.

6-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining muzeylarni boshqarish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan hamda oʻz hududida joylashgan muzeylarda turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining but saqlanishini taʼminlaydi;

oʻz hududidagi davlat muzeylarini moliyalashtirish miqdorini oʻz vakolatlari doirasida belgilaydi;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Muzeylar toʻgʻrisida”gi Qonuni

Madaniy meros agentligi

37.

9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining elektr energetikasi sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

elektr energetikasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

elektr energetikasi obyektlarini joylashtirish toʻgʻrisida qonunchilikda belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi;

kelgusi yil uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan taqdim etilgan elektr energiyasi isteʼmoli hajmlarini kelishib oladi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tezkor-dispetcherlik boshqaruviga, shuningdek, elektr energiyasini hosil qilish, uzatish va taqsimlashga aralashishga haqli emas.

Oʻzbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni

Energetika vazirligi

38.

8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yongʻin xavfsizligi sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

yongʻin xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlari amalga oshirilishida ishtirok etadi;

yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarining bajarilishini tashkil etadi;

mahalliy budjetlarning yongʻin xavfsizligiga, shu jumladan yongʻindan saqlash xizmatining taʼminoti xarajatlariga doir qismining ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va ijro etilishini taʼminlaydi;

yongʻin oʻchiruvchilar depolari qurilishini amalga oshiradi, yongʻindan saqlash xizmatining mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan boʻlinmalarini belgilangan tartibda saqlaydi va moddiy-texnika bazasi bilan taʼminlaydi;

yongʻin xavfsizligini taʼminlashning ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan ragʻbatlantirilishini amalga oshiradi;

tegishli hududda yongʻinga qarshi alohida rejim oʻrnatadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

39.

15-modda. Yongʻinlarni oʻchirish

...

(beshinchi qism) Yongʻinlarni oʻchirish uchun yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarining kuchlari va vositalarini jalb qilishning mintaqalararo hamda mahalliy darajalardagi rejalari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.

40.

21-modda. Yongʻinga qarshi alohida rejim

Yongʻin xavfi yuqori boʻlganda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan tegishli hududlarda yongʻinga qarshi alohida rejim oʻrnatilishi mumkin.

41.

8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz hududlari doirasida:

arxeologiya merosi obyektlari lozim darajada muhofaza qilinishi va saqlanishi uchun shart-sharoitlarni taʼminlaydi;

arxeologiya merosi obyektlarining but saqlanishi holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeologga arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini tashkil etishda yordam beradi;

yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xoʻjalik, yoʻlsozlik ishlari va boshqa ishlar uchun yer uchastkalari ajratilishini loyihalashtirishda arxeologiya obyektlarini saqlash talablariga rioya qilinishini qonunchilikka muvofiq taʼminlaydi;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolarni arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, saqlash hamda targʻib qilishga doir tadbirlar oʻtkazishga ixtiyoriy asosda jalb etadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni

Madaniy meros agentligi

42.

9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi hududiy dasturlarning amalga oshirilishini tashkil etadi;

aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi maqsadida tegishli davlat boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalarining hamda boyitilgan oziq-ovqat mahsuloti va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalar ishlab chiqaruvchilarning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

boyitilgan oziq-ovqat mahsulotining va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarning sifati hamda xavfsizligini va ularni saqlash sharoitlarini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni

Sogʻliqni saqlash vazirligi

43.

8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining arxiv ishi sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan, tegishli hududda joylashgan davlat arxivlari va idoraviy arxivlarda turgan arxiv hujjatlarining saqlanishi uchun lozim darajadagi shart-sharoitlarni taʼminlaydi;

Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan, tegishli hududda joylashgan arxivlar va idoraviy arxivlarda turgan arxiv hujjatlarining holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

tegishli hududdagi davlat arxivlarini moliyalashtirish miqdorini oʻz vakolatlari doirasida belgilaydi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuni

Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi

44.

9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining OITSga qarshi kurashish markazini, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalarining va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining OITSga qarshi kurashish markazlarini, shuningdek, tumanlararo OIV infeksiyasiga tashxis qoʻyish laboratoriyalarini zamonaviy davolash-tashxis qoʻyish asbob-uskunalari bilan jihozlash hamda ularni taʼmirlash-rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;

aholi oʻrtasida OIV infeksiyasi profilaktikasi masalalari boʻyicha axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni

Sogʻliqni saqlash vazirligi

45.

12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ekologik nazorat sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishida ishtirok etadi;

hududiy ekologik dasturlarni tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;

tegishli hududda davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi;

ekologik nazoratning boshqa subyektlari va ommaviy axborot vositalari bilan davlat ekologik nazorati masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Qonuni

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

46.

8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

aholining ijtimoiy muhofaza qilinishini taʼminlashga, qonuniylik va huquq-tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari himoya qilinishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻradi;

tegishli hududda huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalarning oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni

Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya

47.

7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etadi;

aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tegishli hududiy boʻlinmalarining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

hududlarning sanitariya-epidemiologik holatini yaxshilashga va tozaligini saqlashga, aholining sanitariya madaniyati darajasini oshirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni

Sogʻliqni saqlash vazirligi

48.

26-modda. Xoʻjalik va ichimlik suvi bilan taʼminlashga doir talablar

...

(ikkinchi qism)

Markazlashtirilgan tartibda xoʻjalik va ichimlik suvi yetkazib beriladigan suv quvurlari hamda ularning manbalari uchun maxsus tartibli sanitariya muhofazasi zonalari belgilanib, ular mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.

49.

31-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududining sanitariya muhofazasi

...

(toʻrtinchi qism)

Yuqumli va parazitar kasalliklarning paydo boʻlish yoki tarqalish xavfi yuzaga kelgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlarining, ular oʻrinbosarlarining taqdimnomasiga koʻra tegishli hududlarda yoki obyektlarda belgilangan tartibda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etishi mumkin.

Cheklovchi tadbirlar (karantin) oʻtkazish tartibi va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.

50.

8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

tegishli hududda yoshlarga oid davlat siyosatining roʻyobga chiqarilishini taʼminlaydi;

yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

tegishli hududda yoshlarga oid davlat siyosatini roʻyobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar va muassasalarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;

yoshlarga oid davlat siyosatini roʻyobga chiqarishning samaradorligini oshirish uchun yoshlarning ehtiyoji monitoringi olib borilishini va baholanishini taʼminlaydi;

yoshlarning bandligi va ularni ishga joylashtirish siyosati roʻyobga chiqarilishini taʼminlaydi, mehnat bozori va yosh mutaxassislarni ishga joylashtirish amaliyoti monitoringini tashkil etadi;

yoshlarga oid davlat siyosatini roʻyobga chiqarishda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni

Yoshlar ishlari agentligi

51.

8-modda. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi

Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi

52.

12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;

hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

tegishli hududda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshiradi;

mahalliy ahamiyatga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi masalalarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

53.

22-modda. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi nazorat

...

Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

...

54.

8-modda. Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi

Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni

55.

12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;

oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

tabiiy pichanzorlarda va yaylov joylarda pichan oʻrish hamda chorva mollarni oʻtlatish normalarini tasdiqlaydi;

tegishli hududda oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshiradi;

mahalliy ahamiyatga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi masalalarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

56.

18-modda. Botanika bogʻlari

...

Botanika bogʻlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan tashkil etiladigan umumdavlat ahamiyatiga molik botanika bogʻlari va mahalliy ahamiyatga molik botanika bogʻlariga boʻlinadi.

...

57.

19-modda. Dendrologiya bogʻlari

...

Dendrologiya bogʻlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan tashkil etiladigan umumdavlat ahamiyatiga molik dendrologiya bogʻlari va mahalliy ahamiyatga molik dendrologiya bogʻlariga boʻlinadi.

...

58.

24-modda. Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi nazorat

Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi nazorat davlat, idoraviy, ishlab chiqarish hamda jamoatchilik nazorati tarzida amalga oshiriladi.

Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

...

59.

30-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish

...

Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish normalari va tartibi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.

...

60.

37-modda. Daraxtlar va butalarni kesish

...

Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga faqat sanitariya maqsadlarida kesish hamda binolarni, inshootlarni va kommunikatsiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq holda kesish tartibida, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan qaroriga koʻra yoʻl qoʻyiladi.

61.

44-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish normalari va normativlari

Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish normalari va normativlari quyidagilardan iborat:

...

tabiiy pichanzorlarda va yaylov joylarda pichan oʻrish hamda chorva mollarni oʻtlatishning mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq tasdiqlangan normalari.

...

62.

9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ijtimoiy xizmatlar sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida:

ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;

ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;

ijtimoiy xizmatlar sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

ijtimoiy xizmatlar monitoringi yuritilishini taʼminlaydi;

ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlaydi va ularning hisobini yuritadi, ularga tegishli ijtimoiy xizmatlar koʻrsatadi;

aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan ehtiyojlari tahlilini oʻtkazadi;

ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat boshqaruvining hududiy organlari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

ijtimoiy xizmatlar sohasidagi boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

63.

10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida:

bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

bolalarning har tomonlama, barkamol rivojlanishiga hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalanishiga koʻmaklashuvchi axborotdan erkin foydalanish uchun ularga sharoitlar yaratadi;

bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar koʻradi;

bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi hamda ushbu faoliyatda ishtirok etuvchi boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

64.

14-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining urugʻchilik sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

urugʻchilik sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

urugʻchilik sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalarining urugʻchilik sohasida tadbirlar oʻtkazishga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi;

sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish uchun urugʻchilik xoʻjaliklarini aniqlaydi;

urugʻlik ekinlarini joylashtirish uchun urugʻchilik xoʻjaliklarini aniqlash boʻyicha komissiya tuzadi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

65.

9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishini taʼminlaydi;

fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasidagi hududiy dasturlarning ishlab chiqilishini, tasdiqlanishini va amalga oshirilishini taʼminlaydi;

tegishli davlat boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalarining fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

tegishli hududdagi tibbiyot muassasalarida koʻrsatilayotgan, shu jumladan fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasida koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifati ustidan nazoratni taʼminlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni

Sogʻliqni saqlash vazirligi

66.

7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida:

yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

yaylovlarda pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish normalari hamda muddatlarini tasdiqlaydi;

yaylovlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha choralar koʻradi;

yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Yaylovlar toʻgʻrisida”gi Qonuni

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

67.

8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida energiya jihatidan samarador, energiyani tejovchi va innovatsion zamonaviy texnologiyalarning yaratilishi hamda joriy etilishiga, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining ishlab chiqarilishini tashkil etishga koʻmaklashadi;

qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qiladi;

qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini joylashtirish uchun yer uchastkalarining berilishini taʼminlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni

Energetika vazirligi

68.

10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining turizm sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

tegishli hududda turizm sohasidagi davlat siyosatini hamda ushbu sohani muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

turizm sohasidagi davlat dasturlarini va hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

vakolatli davlat organi va (yoki) uning hududiy boʻlinmasi bilan kelishuvga koʻra turizm sohasidagi hududiy dasturlarni, shu jumladan qisqa muddatli hamda oʻrta muddatli istiqbolda turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha tadbirlar rejasini tasdiqlaydi;

tegishli hududda turizm sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi;

turistlar va ekskursantlarning tegishli hududlarda joylashgan turistik resurslardan hamda aloqa vositalaridan moneliksiz foydalanishini, shuningdek, ularning tibbiy, huquqiy va boshqa turdagi yordam olishini taʼminlaydi;

mavjud turistik salohiyatni tahlil qiladi va tegishli hududda turizmni rivojlantirish toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni taqdim etadi;

tegishli hududda joylashgan turistik resurslarni muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi va ularni joriy etadi;

tegishli hududda turistik industriya obyektlarini rejalashtirish va qurish hamda ularning zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini taʼminlash boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;

investorlarni qidirish va jalb etishni, shuningdek, tegishli hududda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning barcha bosqichlarida ularga koʻmaklashishni amalga oshiradi;

aholi bandligi va daromadlarini oshirish maqsadida turizm sohasida tadbirkorlikni rivojlantiradi va qoʻllab-quvvatlaydi;

turistik axborot markazlarini tashkil etadi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Turizm toʻgʻrisida”gi Qonuni

Turizm qoʻmitasi

69.

7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasida davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi;

xotin-qizlarni huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish kafolatlarini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

70.

14-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

atom energiyasidan foydalanish sohasidagi masalalarning jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida muhokama etilishini tashkil qiladi hamda unda ishtirok etadi;

radiatsiyaviy taʼsirdan fuqarolarning hayoti va sogʻligʻi saqlanishini, jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, mol-mulki himoya qilinishini, shuningdek, atrof-muhit muhofaza qilinishini taʼminlashga doir tadbirlarda ishtirok etadi;

avariyaga oid tashqi rejani ishlab chiqishda ishtirok etadi;

yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini qurish uchun yer uchastkalarini ajratish boʻyicha yer kadastri materiallarini tasdiqlaydi;

tegishli hududda atom energiyasidan foydalanish obyekti bilan bogʻliq avariya yuz bergan taqdirda jismoniy va yuridik shaxslarning harakatlar qilishga shayligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

atom energiyasidan foydalanish obyekti bilan bogʻliq avariya oqibatlarini bartaraf etishga, cheklashga va kamaytirishga doir tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etadi;

aholini tegishli hudud doirasidagi radiatsiyaviy vaziyat va amalga oshirilayotgan tadbirlar toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor etadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni

Energetika vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

71.

9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida:

ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirishda qatnashadi;

ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;

ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirishda qatnashadi;

ilmiy faoliyatni rivojlantirish va uning zamonaviy infratuzilmasini yaratishga koʻmaklashadi;

ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishning uzviy bogʻliqligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni belgilaydi va amalga oshiradi;

ilmiy ishlanmalarni yaratish, qoʻllash va ommalashtirish bilan bogʻliq tizimli ishlarni tashkil etadi;

mahalliy axborot makonida ilm-fan va texnologiyalar asoslarini, yutuqlarini, shuningdek, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasiga oid tegishli tadbirlarni targʻib etishni tizimli ravishda yoʻlga qoʻyadi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuni

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

72.

20-modda. Davlat ilmiy dasturlari

...

(beshinchi qism) Ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlar tegishli hudud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish va yangi ilmiy ishlanmalarni joriy etishga qaratilgan ilmiy loyihalardan iborat boʻladi. Ular mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

73.

13-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishini taʼminlaydi;

maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

maktabgacha yoshdagi bolalarning sifatli maktabgacha taʼlim va tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;

oʻz vakolatlari doirasida maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi davlat-xususiy sheriklik borasidagi faoliyatni amalga oshiradi;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining va maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlarining ijtimoiy himoya qilinishini, hayoti, sogʻligʻi muhofaza qilinishini, shuningdek huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashga koʻmaklashadi;

maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimiga investitsiyalar jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻradi;

maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan kelishuvga koʻra tegishli hududda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi, tugatadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

74.

27-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini tartibga solish boʻyicha vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida hamda investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda quyidagilarni amalga oshiradi:

mahalliy darajada mamlakatning tegishli hududiga investitsiya qilish hajmlarini kengaytirishni ragʻbatlantirishga qaratilgan investitsiya siyosatini olib borish, shu jumladan investitsiyalarni jalb qilish, hududda investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, tegishli hududdagi korxonalarning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash;

investitsiya qilishni talab qiladigan istiqbolli loyihalarni, shuningdek boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini hamda yer uchastkalarini hududlarning ehtiyojlari va salohiyatidan (resurs, tabiiy-iqlim, mehnat va h.k.) kelib chiqqan holda oʻrganish va aniqlash;

investorlarning faoliyati bilan bevosita bogʻliq masalalarni, shuningdek, zarur hollarda, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish vositasida istiqbolli tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;

tegishli hududdagi investitsiya loyihalarini, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi omillarni aniqlash, ularni hal etish boʻyicha tezkor choralar koʻrish;

chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar faoliyatini, shuningdek, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilishini tahlil qilish asosida tegishli hududning iqtisodiyotiga jalb etilayotgan investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish;

tegishli hududning chet el banklari, fondlar, agentliklar va kompaniyalar bilan investitsiyaviy hamkorlik yoʻnalishlarini oʻzaro manfaatli asosda rivojlantirish va diversifikatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

investitsiyalarni tegishli hududga jalb etish boʻyicha asosiy yoʻnalishlarni va yanada qulay shart-sharoitlar yaratish uchun chet el investitsiyalarini jalb qilish sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Oʻzbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

75.

28-modda. Investitsiyalar jalb etishni amalga oshiruvchi davlat organlarining funksiyalari

Investitsiyalarni jalb etish, amalga oshirish va himoya qilish maqsadida investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi, boshqa davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari:

Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatining imkoniyatlari va shart-sharoitlari haqidagi axborotni tayyorlaydi hamda tarqatadi;

salohiyatli investorlarga faoliyatining huquqiy, iqtisodiy va boshqa masalalari boʻyicha maslahat beradi hamda ularga yuzaga keladigan masalalarni hal etishda zarur yordam va koʻmak koʻrsatadi;

chet el investitsiyalari masalalari boʻyicha xalqaro munosabatlarda oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish yuritadi.

76.

9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining innovatsion faoliyat sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

tegishli hududda innovatsion faoliyat sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;

tegishli hududda innovatsion loyihalarni shakllantirish, moliyalashtirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda innovatsion faoliyat sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;

tegishli hududda innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi;

vakolatli davlat organining tavsiyasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan innovatsion faoliyatni, shuningdek, yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishni va texnologiyalar transferini moliyalashtiradi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuni

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

77.

27-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining taʼlim sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

taʼlim sohasidagi vakolati davlat boshqaruvi organlari bilan kelishilgan holda davlat taʼlim muassasalarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, bundan respublika tasarrufidagi taʼlim muassasalari mustasno;

oʻz vakolatlari doirasida tegishli hududda davlat taʼlim muassasalari uchun moliyalashtirish hajmini belgilaydi;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan taʼlim tashkilotlarini rivojlantirish masalalari yuzasidan hamkorlik qiladi;

davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlarni (mikrouchastkalarni) belgilaydi;

taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda taʼlim tashkilotlariga koʻmaklashadi;

taʼlim oluvchilar uchun sifatli taʼlimni, tarbiyani taʼminlash, ularning isteʼdodini shakllantirish va namoyon etish maqsadida joylarda ularga zarur sharoitlar yaratish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqadi;

oʻz vakolatlari doirasida taʼlim sohasidagi davlat-xususiy sheriklikni rivojlantiradi va nodavlat taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirishga koʻmaklashadi;

umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari bandligini taʼminlashga koʻmaklashadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

78.

14-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosini taʼminlaydi;

nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy himoya qilish va ularning huquqlarini taʼminlashga doir hududiy dasturlarni shakllantiradi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilaydi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonuni

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

79.

23-modda. Ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi

...

(uchinchi qism) Mahalliy ijro hokimiyati organlari ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini rivojlantirish dasturlaridan kelib chiqqan holda shakllantiradi. Ish oʻrinlarini tashkil etishga boʻlgan ehtiyojning dastlabki parametrlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shakllantiriladi, aniqlashtiriladi va tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuni

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

80.

10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida:

vasiylik va homiylik sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;

vasiylik va homiylik sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

vasiylik va homiylik sohasidagi vazifalarni bajaruvchi hududiy davlat boshqaruvi organlari faoliyatini nazorat qilishni hamda muvofiqlashtirib borishni amalga oshiradi;

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarning, shuningdek, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;

axborot tizimini yuritadi;

...

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Tumanlar, shaharlar hokimlari vasiylikni yoki homiylikni belgilash va tugatish boʻyicha, shuningdek, vasiylarni yoki homiylarni oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonuni

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

81.

11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining transport sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida:

transport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;

transport sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;

transport tizimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirishda ishtirok etadi;

transport tizimini rivojlantirishga va zamonaviy transport infratuzilmasini yaratishga koʻmaklashadi;

transport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga, transport majmuining barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratishga, shuningdek transport tizimining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashadi;

shahar yoʻlovchi transportidan foydalanish chogʻida fuqarolarning alohida toifalari uchun imtiyozli tariflar joriy etish choralarini koʻradi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Transport toʻgʻrisida”gi Qonuni

Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi

82.

17-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

xususiylashtirish maqsadida boʻsh turgan yer uchastkalarining aniqlanishi va elektron onlayn auksionga qoʻyilishini taʼminlaydi;

yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlardan hududlarni rivojlantirish uchun maqsadli ravishda foydalanilishini taʼminlaydi;

elektron onlayn auksionga qoʻyilayotgan boʻsh turgan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi axborotni oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

83.

15-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari gidrometeorologiya faoliyati sohasida oʻz vakolatlari doirasida:

hududiy ahamiyatga ega boʻlgan gidrometeorologiya faoliyatining amalga oshirilishini tashkil etadi va ushbu faoliyatni muvofiqlashtiradi;

gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

hududiy dasturlarni moliyalashtiradi hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiradi, shu jumladan ishlab chiqarish va xoʻjalik faoliyatini hamda gidrometeorologiya faoliyatini moliyalashtirish sohasidagi davlat organlarining hududiy boshqarmalarini ushbu dasturlarni bajarishga jalb etishni amalga oshiradi;

davlat gidrometeorologik kuzatuvlar tarmogʻini va atrof tabiiy muhit ifloslanishining monitoringini tashkil etish uchun yer uchastkalarini ajratadi;

maxsus vakolatli davlat organiga gidrometeorologiya faoliyatini amalga oshirishda hamda xavfli gidrometeorologik hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga va ijtimoiy sohaga salbiy taʼsirini yumshatishda koʻmaklashadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Gidrometeorologiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Adliya vazirligi

84.

11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;

ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasini rivojlantirishga qaratilgan hududiy dasturlarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;

ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishiga xususiy sektorni jalb etishga koʻmaklashadi;

ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi loyihalarning roʻyobga chiqarilishi monitoringini amalga oshiradi;

ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar uchun tariflarni tasdiqlaydi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

85.

17-modda. Munitsipal mulk

...

Mahalliy budjet mablagʻlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqa mablagʻlari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan oʻzga mulk, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tasarrufida turgan munitsipal uy-joy fondi, kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi va maktabgacha taʼlim tizimlarining korxonalari hamda muassasalari, madaniyat va madaniy faoliyat tashkilotlari, xoʻjalik jamiyatining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi hamda intellektual mulk obyektlari munitsipal mulk jumlasiga kirishi mumkin.

...

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonuni

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Madaniy meros agentligi

86.

18-modda. Davlat mulkining toifasini oʻzgartirish

Davlat mulki respublika mulki toifasidan munitsipal mulk toifasiga, munitsipal mulk toifasidan esa respublika mulki toifasiga oʻtkazilishi mumkin.

Davlat mulki toifasining oʻzgartirilishi davlatning mulkka boʻlgan mulk huquqi tugatilishiga olib kelmaydi.

Davlat mulkining toifasini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Agentlik tomonidan davlat mulki reyestriga tegishli yozuvlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.

87.

20-modda. Davlat mulkini boshqarish subyektlari

Davlat mulkini boshqarish subyektlari quyidagilardan iborat:

...

mahalliy davlat hokimiyati organlari.

...

88.

22-modda. Agentlikning davlat mulkini boshqarish sohasidagi vakolatlari

...

Agentlik:

...

davlat muassasalarining, shu jumladan davlat organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat mulkini boshqarish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

...

89.

25-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat mulkini boshqarish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan hollarda xoʻjalik jamiyatlaridagi davlat ulushlariga nisbatan aksiyador (ishtirokchi) vazifalarini amalga oshiradi;

mahalliy budjet mablagʻlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqa mablagʻlari hisobidan tashkil etilgan yoki sotib olingan davlat unitar korxonalarida, davlat muassasalarida muassis vazifalarini amalga oshiradi;

davlat mulkiga egalik qilish mezonlariga muvofiq boʻlmagan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish, qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi;

munitsipal mulkni belgilangan tartibda ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga beradi;

munitsipal mulkni davlat unitar korxonalariga va davlat muassasalariga operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirish toʻgʻrisida oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi;

munitsipal mulk hisobidan tashkil etilgan davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqaruv organlari orqali ularning kuzatuv kengashlari aʼzolarini va ijroiya organlari rahbarlarini tayinlashni (tanlov oʻtkazishni, saylashni) belgilangan tartibda, korporativ boshqaruv prinsiplariga muvofiq tashkil etadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishincha oʻz tasarrufidagi hududda turgan tegishli hududdagi quyidagi munitsipal mulkni sotish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi:

binolari va inshootlarining umumiy maydoni ikki ming kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini, shu jumladan moliyalashtirish manbalariga ega boʻlmagan va qurilishi tugallanmagan shu oʻlchamdagi koʻchmas mulk obyektlarini;

davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushini, basharti ushbu korxonalar asosiy vositalarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ellik ming baravaridan koʻp boʻlmasa va ular xodimlarining oʻrtacha yillik soni besh yuz nafardan oshmasa.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan binolar hamda inshootlarning umumiy maydoni ikki ming kvadrat metrdan ortiq boʻlgan, biroq besh ming kvadrat metrdan koʻp boʻlmagan munitsipal mulkni (bundan xususiylashtirilmaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan xususiylashtiriladigan davlat mulki mustasno) sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

90.

33-modda. Davlat ishtirokidagi korxonani tashkil etishning umumiy qoidalari

...

Davlat ishtirokidagi korxonani tashkil etish monopoliyaga qarshi kurashish organining oldindan berilgan roziligi olinganidan keyin:

...

munitsipal mulk negizida — mahalliy davlat hokimiyati organlarining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.

91.

39-modda. Davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruv tizimini joriy etish

Davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida tegishincha Agentlik, maxsus vakolatli davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari:

davlat ishtirokidagi korxonalar boshqaruv organlarining hisobdorligini nazorat qiladi va tegishli biznes-rejalar koʻrsatkichlari bajarilmagan taqdirda qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻradi;

davlat ishtirokidagi korxonalarning rivojlantirish strategiyalari tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashlari tarkibiga mustaqil aʼzolarni jalb etadi;

davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy hisobotlarini moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq tayyorlash va xalqaro kredit reytinglariga erishish masalalarini muvofiqlashtiradi;

davlat ishtirokidagi korxonalarning sohaga oid boʻlmagan aktivlarini qisqartirish choralarini koʻradi;

xaridlar jarayonlarini auditdan oʻtkazish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazoratining samaradorligini oshirish choralarini koʻradi;

davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashlari tomonidan har chorakda ijroiya organlarining korxona faoliyatining samaradorligi, shu jumladan amalga oshirilgan xaridlar toʻgʻrisidagi hisobotlari eshitib borilishini nazorat qiladi;

korporativ boshqaruv tizimining joriy etilishi yiliga kamida bir marta baholashdan oʻtkazilishini nazorat qiladi;

davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashlari va ijroiya organlari aʼzolarining javobgarligi sugʻurta qilinishini nazorat qiladi.

92.

18-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;

alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi hududiy dasturlarning ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va bajarilishini taʼminlaydi;

aholi, eng avvalo, yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga hamda alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishning zarari toʻgʻrisidagi bilimlarni tarqatishga qaratilgan profilaktika tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlaydi;

tegishli hududda alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining ijro etilishini taʼminlaydi;

fuqarolarning sogʻligʻini alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishning salbiy taʼsiridan himoya qilish, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish masalalari yuzasidan nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni taʼminlaydi;

alkogolga yoki nikotinga qaram boʻlib qolgan shaxslarga tibbiy-sanitariya yordamini moliyaviy, moddiy-texnik, tashkiliy jihatdan taʼminlash masalalarini hal etadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonuni

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi

93.

14-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining gidrotexnika inshootlari xavfsizligi sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

suv resurslaridan foydalanishda va atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishda gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlaydi;

gidrotexnika inshootlarini joylashtirish haqida, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan hollarda ulardan foydalanishni cheklash haqida qonunchilikda belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi;

gidrotexnika inshootlarining avariyalari oqibatlarini tugatishda ishtirok etadi;

gidrotexnika inshootlarining favqulodda vaziyatlarni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan avariyalari xavfi toʻgʻrisida aholini xabardor qiladi;

oʻz vakolatlari doirasida gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ishtirok etadi;

gidrotexnika inshootlarini saqlab turish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksida belgilangan tartibda mablagʻlar ajratadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni

Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi

94.

9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish uchun shart-sharoitlar yaratadi;

Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilishni taʼminlash uchun yer uchastkalarini beradi;

Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilishni taʼminlashda ishtirok etadi, shuningdek Davlat chegarasini jihozlashga koʻmaklashadi;

Davlat chegarasini delimitatsiya, demarkatsiya, redemarkatsiya qilish va uning oʻtish chizigʻini aniqlashtirish natijalariga koʻra egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berilgan yoki boshqa asoslarga binoan olingan yer uchastkalarining, Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy birliklarining chegaralari oʻzgarishi masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilishda ixtiyoriy asosda ishtirok etish uchun jalb qilishga koʻmaklashadi;

oʻtkazish punktlariga tutash boʻlgan hududlardagi yoʻlboʻyi infratuzilmasining yaratilishini va tegishli tartibini taʼminlaydi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonuni

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari

95.

25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat chegarasini belgilash, oʻzgartirish, qoʻriqlash va himoya qilish sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi:

...

egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berilgan yoki boshqa asoslarga binoan olingan yer uchastkalari chegaralarini, Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy birliklari chegaralarini Davlat chegarasini delimitatsiya, demarkatsiya, redemarkatsiya qilish va Davlat chegarasining oʻtish chizigʻini aniqlashtirish natijalariga koʻra oʻzgartirish masalalari boʻyicha qarorlar loyihalarini tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritadi.

...

96.

36-modda. Normativ-huquqiy hujjatning rasmiy matnini tasdiqlash

Normativ-huquqiy hujjatning rasmiy matnini tasdiqlash:

...

mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlariga nisbatan — tegishli hokim tomonidan imzolash orqali amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni

Adliya vazirligi

97.

16-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholini roʻyxatga olish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha hududiy komissiyalarni tuzadi;

maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini hisobga olgan holda aholi punktlarida doimiy yashovchi aholi sonini koʻrsatgan holda ushbu punktlarning toʻliq roʻyxati tuzilishini taʼminlaydi;

maʼmuriy-hududiy birliklarda koʻchalarning nomlari, uylar va xonadonlarning raqamlari koʻrsatilgan koʻrsatkichlar boʻlishini taʼminlaydi;

jalb etilgan roʻyxatga oluvchi xodimlar tarkibini tasdiqlaydi;

roʻyxatga oluvchi xodimlarni tanlab olish va oʻqitishni tashkil etadi;

aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish doirasidagi ishlarni bajarishga jalb etiladigan shaxslarning oʻqishi va ishlashi uchun yaroqli mebel hamda aloqa vositalari bilan jihozlangan vaqtinchalik xonalar, shuningdek, zarur transport vositalari berilishini taʼminlaydi;

roʻyxatga olish varaqlarini va boshqa roʻyxatga olish hujjatlarini vaqtincha saqlash uchun qoʻriqlanadigan xonalar ajratish yuzasidan choralar koʻradi;

aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishlarning muvofiqlashtirilishini tashkil etadi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Qonuni

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

98.

21-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining dehqon xoʻjaliklarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

dehqon xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etishga koʻmaklashadi hamda zarur shart-sharoitlar yaratadi;

dehqon xoʻjaliklari bilan hamkorlik qilish uchun eksport qiluvchilarni jalb etadi, ularga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilishda har tomonlama koʻmaklashadi;

dehqon xoʻjaliklarini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarining amalga oshirilishida ishtirok etadi;

dehqon xoʻjaliklarini rivojlantirish boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

dehqon xoʻjaliklarining moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash, ularni suv resurslari bilan taʼminlash, ularga zarur urugʻliklar, koʻchatlar, mineral oʻgʻitlarni yetkazib berish borasida amaliy yordam koʻrsatadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

99.

8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tomorqa xoʻjaliklarini yuritishni tashkil etish va ularni rivojlantirish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

tomorqa xoʻjaliklarini rivojlantirish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

tomorqa xoʻjaliklarini rivojlantirish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

tegishli hududda tomorqa xoʻjaliklarini rivojlantirishga doir asosiy koʻrsatkichlarni shakllantiradi;

tomorqa xoʻjaliklarining moddiy-texnika taʼminotini yaxshilashga, ularni suv resurslari, zarur urugʻliklar, koʻchatlar, mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlashga doir tegishli chora-tadbirlarni, shuningdek, tomorqa xoʻjaliklarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlarni belgilaydi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

100.

9. 2019-yil 1-sentabrdan boshlab foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini, shu jumladan taʼlim muassasalari (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bundan mustasno), sogʻliqni saqlash va sport, madaniyat, xususan kinoteatrlar, klublar, konsert-tomosha koʻrsatish muassasalari va kinolashtirish obyektlari, shuningdek, davlat tashkilotlarining boʻsh turgan yer uchastkalaridan (keyingi oʻrinlarda — foydalanilmayotgan aktivlar) doimiy foydalanish huquqini xoʻjalik faoliyatiga jalb qilish va sotish tartibi joriy etilsin. Unga muvofiq:

Foydalanilmayotgan aktivlarning mulkdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi va uning hududiy boshqarmalari hamda Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi va uning hududiy boshqarmalarining tegishli soʻrovi kelib tushgan vaqtdan boshlab ikki oy muddatda balansda saqlovchining yuqori turuvchi tashkiloti (agar mavjud boʻlsa) bilan kelishilgan, foydalanilmayotgan obyektlar va boʻsh turgan yer uchastkalaridan samarali foydalanish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni (keyingi oʻrinlarda — “yoʻl xaritasi”) taqdim etishi shart;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida foydalanilmayotgan obyektlarni xoʻjalik faoliyatiga jalb qilish boʻyicha ishchi guruh tomonidan “yoʻl xaritasi” tasdiqlanadi;

foydalanilmayotgan aktivlarning balansda saqlovchisi tomonidan “yoʻl xaritasi” taqdim etilmagan yoki unda nazarda tutilgan foydalanilmayotgan aktivlardan samarali foydalanish boʻyicha chora-tadbirlar belgilangan muddatda bajarilmagan yoxud “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash rad etilgan hollarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻz vakolatlari doirasida foydalanilmayotgan aktivlarni olib qoʻyish, jumladan sotish yoki ijaraga berish uchun boʻsh turgan davlat mulki obyektini Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining tegishli hududiy boshqarmalariga berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.

Bunda, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli boʻlgan, uch oydan ortiq foydalanilmasdan boʻsh turgan obyektlar, ijtimoiy obyektlar bundan mustasno, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun “E-auksion” elektron savdo platformasiga onlayn auksion savdolariga chiqariladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-son Farmoni

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

101.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2021-yil uchun Davlat budjeti loyihasini tayyorlashda respublikaning turistik zonalaridagi alohida yer uchastkalari, shu jumladan jismoniy shaxslar foydalanishida boʻlgan 1 gektardan ortiq yer uchastkalari uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer soligʻining 3 baravarigacha oshirilgan stavkasini belgilash imkoniyatini koʻzda tutsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-iyuldagi PF-6027-son

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

102.

1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tartibni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari Soliq kodeksi bilan belgilanadigan soliq stavkalari asosida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab yer soligʻi stavkasiga 0,5 dan 2,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda yer soligʻi stavkalarini belgilaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PF-6121-son Farmoni

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

103.

1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tartibni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:

tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan belgilangan, Toshkent shahri boʻyicha esa Soliq kodeksida belgilangan yer soligʻi stavkalariga qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun, ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, koʻcha kesimida 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni kiritish huquqi beriladi.

104.

3. Belgilansinki, professional futbol klubini tashkil qilish mahalliy davlat hokimiyati organlari, sport tashkilotlari, shuningdek, tijorat tuzilmalari, yuridik va jismoniy shaxslardan iborat muassislar tomonidan ularning shakllantirilayotgan klublar tashkiliy va moliyaviy masalalarini hal etishdagi imkoniyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 1-maydagi PQ-338-son qarori

Sport vazirligi

105.

1. Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil 1-yanvardan boshlab:

vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansida hisobga olingan konlar va istiqbolli maydonlar joylashgan yer uchastkalarini berishda (realizatsiya qilishda) yer fondi toifasidan qatʼi nazar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasining ijobiy xulosasi olinadi;

...

noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma asosida yer qaʼridan foydalanuvchining murojaatiga koʻra mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tegishli yer uchastkalari oʻn kundan oshmagan muddatda ochiq savdolarsiz, toʻgʻridan-toʻgʻri ruxsatnomaning amal qilish muddati va yer qaʼri uchastkasining chegaralariga muvofiq ajratib beriladi;

yer qaʼridan foydalanuvchilarga berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan oldin bekor qilinganda Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi tomonidan bu haqda uch kun muddatda Davlat soliq qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga yozma maʼlumot beriladi;

noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan oldin bekor qilinganda tegishli yer maydonlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan zaxiraga qaytariladi;

noruda foydali qazilmalarni qazib olish hajmlari yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan uzluksiz ikki yil davomida bajarilmagan taqdirda (fors-major holatlaridan tashqari) haqiqatda qazib olingan hajmdan kelib chiqib, noruda foydali qazilmalar zaxiralarining oʻzlashtirilmay qoladigan qismi davlat balansiga va ular joylashgan yer uchastkalari mahalliy davlat hokimiyati organlari zaxirasiga qaytariladi. Bunda, ilgari berilgan ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilmasdan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi;

...

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4078-son qarori

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

106.

15. Belgilansinki, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni, ularni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) olayotgan va tarbiya qilayotgan oilalarni moddiy, huquqiy va psixologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash maqsadida:

...

2021-yil 1-sentabrdan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining tashabbusi bilan, yetim bolalar va ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni vasiylikka va homiylikka olgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan oilalarga ushbu bolalar 18 yoshga toʻlguniga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida moddiy yordam puli toʻlash amaliyoti joriy etiladi;

...

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5216-son qarori

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

107.

Viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining boshqaruv apparatlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-apreldagi 123-son qarori bilan tasdiqlangan Viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining boshqaruv apparatlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom

Adliya vazirligi

108.

Qarorga 3-ilovaning 8-bandi

Suv xoʻjaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan xorijiy investitsiyalar, XMI va XHMT kreditlari, grantlari ishtirokidagi ustuvor investitsiya loyihalarining taqdimotlarini oshkoralik asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlarida muhokamasini tashkil qiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-son qarori

Suv xoʻjaligi vazirligi

109.

Qarorning 2-bandi, Maʼmuriy reglamentga 1-ilovadagi sxema

Tuman (shahar) hokimliklari manfaatdor davlat tashkilotlari bilan birgalikda har yili noyabr oyiga qadar (zaruratga koʻra, yilning boshqa davrlarida) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududlarni ixtisoslashtirish, boʻsh turgan, zaxiradagi va kelgusida zaxiraga olinadigan yer maydonlarini qishloq xoʻjaligi korxonasi yoki dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish boʻyicha loyihalarni tayyorlaydi hamda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining navbatdan tashqari sessiyasiga kiritadi;

kiritilgan loyihalar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan maʼqullangandan soʻng, tuman (shahar) hokimligi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini ochiq elektron tanlovga qoʻyish choralarini koʻradi;

xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan hududlarni ixtisoslashtirish yoʻnalishlari yil davomida zaxiradagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha loyiha tayyorlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi.

Tuman (shahar) hokimliklari tayyorlangan loyihalarni koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining navbatdan tashqari sessiyasiga kiritadi. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan kiritilgan loyihalarni koʻrib chiqadi va maʼqullaydi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarori

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

110.

Qarorning 1-bandi

Tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilganligi;

...

xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlariga asosan ajratiladigan mahalliy budjetlar qoʻshimcha manbalarining 3 foizi miqdoridagi ajratma;

...

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-dekabrdagi 779-son qarori

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

111.

Qarorga 2-ilovaning 24-bandi

Hududiy komissiya har chorakda oʻz faoliyati yuzasidan tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga axborot taqdim etib boradi.

Qarorga 2-ilovaning 39-bandi

Tuman (shahar) komissiyasi har chorakda oʻz faoliyati yuzasidan tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga axborot taqdim etib boradi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-son qarori

Vazirlar Mahkamasi

112.

Qarorga ilovaning 10-bandi “a” kichik bandi

Davlat organlari va boshqa tashkilotlarga, shu jumladan xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga fuqarolar yigʻini faoliyatiga doir masalalar yuzasidan takliflar kiritishi va ularning koʻrib chiqilishida ishtirok etishi.

Qarorga ilovaning 27-bandi

Faoliyati “yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” deb topilgan fuqarolar yigʻinlari, mahallalardagi xotin-qizlar faollarining faoliyatidagi muammolarni bartaraf etish boʻyicha qabul qilingan harakatlar dasturlarining ijrosi har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashida muhokama qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 485-son qarori

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

113.

Qarorga 1-ilovadagi nizomning 35-bandi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar turizm va madaniy meros bosh boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish — vazir taqdimnomasiga asosan belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Bunda, vazir taqdimnomasi tegishli mahalliy xalq deputatlari Kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritilishi shart.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 475-son qarori

Turizm qoʻmitasi

II. Mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlari taqsimlanishi natijasida ijroiya hokimiyati organlari masʼul etib belgilanayotgan vazifa va funksiyalar

114.

11-modda. Turar joyga boʻlgan mulk huquqi

...

(uchinchi qism) Turar joyga boʻlgan mulk huquqi muddatsiz boʻlib, fuqarolar va yuridik shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda shaxsning oʻziga tegishli turar joyga oʻz xohishi va manfaatlariga koʻra egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek oʻzining mulk huquqi buzilishini bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Turar joylarning koʻrinishini oʻzgartirishga, ularni qayta qurish yoki buzishga mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli ruxsatnomasi boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

115.

161-modda. Koʻp kvartirali uydagi yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari

...

(beshinchi qism) Koʻp kvartirali uydagi yashash uchun moʻljallanmagan joy mulkdori mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tegishli ruxsatnoma olmasdan oʻziga qarashli joyni oʻzboshimchalik bilan qayta qurgan yoki oʻzgartirgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi hamda bu joyni oʻz hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart.

116.

21-modda. Uy-joy fondidan foydalanish va uni saqlash ustidan davlat nazorati

Uy-joy fondidan foydalanish va uni saqlash, shuningdek, turar joylardan foydalanish hamda ularni saqlashning normativ texnik talablarga muvofiqligi ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

117.

24-modda. Uy, kvartira mulkdorining huquq va majburiyatlari

...

(beshinchi qism) Koʻp kvartirali uydagi kvartira mulkdori mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tegishli ruxsatnoma olmasdan oʻziga qarashli joyni oʻzboshimchalik bilan qayta qurgan yoki oʻzgartirgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi hamda bu joyni oʻz hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart.

118.

35-modda. Davlat uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi

...

(beshinchi qism) Turar joyni ijaraga berish shartnomasi mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari yoki ular vakolat bergan organlar bilan turar joyni olayotgan fuqarolar oʻrtasida yozma shaklda, qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi. Turar joyni ijaraga berish shartnomasining yozma shaklda boʻlishiga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy emasligiga sabab boʻladi.

119.

45-modda. Turar joy hujjati (orderi)

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridan turar joy berish toʻgʻrisidagi qaror asosida mahalliy davlat hokimiyati organi fuqaroga berilgan turar joyga koʻchib kirish uchun asos boʻladigan yagona namunadagi hujjat (order) beradi.

120.

56-modda. Ijaraga oluvchining oʻzi egallab turgan turar joy oʻrniga kichikrogʻini olish huquqi

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi, agar belgilangan normadan ortiqcha turar joy maydoniga ega boʻlsa, voyaga yetgan oila aʼzolarining roziligiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlariga yoki turar joyni bergan korxona, muassasa, tashkilotga belgilangan tartibda murojaat etib, egallab turgan turar joyini kichikroq hajmdagi turar joyga almashtirishni soʻrashi mumkin.

121.

82-modda. Yotoqxonalar berish va ulardan foydalanish

...

(uchinchi qism) Uylarni yotoqxonalarga oʻtkazish, shuningdek, yotoqxonalarga uylar maqomini berish uy-joy fondining mulkdorlari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

122.

98-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarini roʻyxatdan oʻtkazish

Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari kooperativ aʼzolarining umumiy yigʻilishi qabul qilgan ustav asosida faoliyat koʻrsatadi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida roʻyxatdan oʻtishi kerak.

123.

99-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari uylaridan turar joy olish va ulardan foydalanish huquqini amalga oshirish shartlari hamda tartibi

...

(ikkinchi qism) Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari uyidagi kvartiralarga mahalliy davlat hokimiyati organi beradigan orderga muvofiq koʻchib kiriladi. Order berishni rad etish ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

124.

106-modda. Turar joyni almashtirish

...

(uchinchi qism)Turar joylarni almashtirish huquq va majburiyatlarni oʻzaro oʻtkazish tarzida mahalliy davlat hokimiyati organlari qaroriga binoan amalga oshiriladi.

125.

110-modda. Turar joylar almashtirilishini rasmiylashtiruvchi organlar

Bir aholi punkti chegarasi doirasidagi davlat uy-joy fondining turar joylarini almashtirish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan rasmiylashtiriladi.

Agar turar joylar turli aholi punktlarida boʻlsa, almashtirish almashtirilayotgan turar joylardan biri joylashgan joydagi (almashtirish ishtirokchilarining xohishiga koʻra) mahalliy davlat hokimiyati organlarida rasmiylashtiriladi.

126.

111-modda. Turar joylarni almashtirish toʻgʻrisida ariza

Turar joylarni almashtirish istagida boʻlgan fuqarolar mahalliy davlat hokimiyati organlariga belgilangan shaklda arizani topshiradilar.

127.

112-modda. Turar joylarni almashtirishni rasmiylashtirish

Turar joylarni almashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma turar joylarni almashtirish rasmiylashtirilgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladigan almashtiruv hujjatlari (orderlari) olingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

...

Davlat uy-joy fondidagi turar joyni almashtirish shartnomasi almashtirish rasmiylashtirilayotgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.

128.

101-modda. Soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish tartibi

...

(toʻrtinchi qism) Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqaro muhofazasi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish sohasidagi organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarishi organlari tomonidan tuziladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi

129.

423-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi

...

(yettinchi qism)Soliq solish obyekti yoʻq qilingan, vayron boʻlgan yoki buzib tashlangan taqdirda, soliqni undirish mol-mulk yoʻq qilingan, vayron boʻlgan yoki buzib tashlangan oydan eʼtiboran tugatiladi. Soliq summasini qayta hisob-kitob qilish mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan yoʻq qilinganlik, vayron boʻlganlik yoki buzib tashlanganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, amalga oshiriladi.

130.

48-modda. Saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish orqali tashviqot olib borish

...

(toʻrtinchi qism) Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari uchrashuvlar oʻtkazish uchun jihozlangan xonalarni bepul ajratishi, zarur maʼlumot va axborot materiallarini olishda yordam koʻrsatishi shart.

Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

Markaziy saylov komissiyasi

131.

49-modda. Ovoz berish binolari hamda uchastka saylov komissiyalari binolari

...

(toʻrtinchi qism) Tutash hududlarni obodonlashtirish, fuqarolar, ayniqsa jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, saylov komissiyalarini texnik vositalar, mebel, ashyolar, ofis texnika vositalari, transport bilan taʼminlash mahalliy davlat hokimiyati organlarining, aloqa vositalari bilan taʼminlash esa raqamli texnologiyalar sohasidagi vakolatli davlat organi zimmasiga yuklatiladi.

132.

32-modda. Yer uchastkasining plani. Yer uchastkasining chegaralarini joyning oʻzida belgilash

...

(uchinchi qism) Yer uchastkasining planini va tavsifini tuzish, joyning oʻzida uning chegaralarini belgilash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi boʻlinmalari tomonidan bajariladi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

133.

1144-modda. Qonun boʻyicha meros olinganida merosni muhofaza qilish va uni boshqarish

...

(toʻrtinchi qism)Agar qonun boʻyicha merosxoʻrlar boʻlmasa yoki nomaʼlum boʻlsa, mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi merosni boshqaruvchi tayinlanishini soʻrab notariusga murojaat etishi lozim. Qonun boʻyicha merosxoʻrlar hozir boʻlganlari taqdirda, ularning talabi bilan merosni boshqaruvchi meros hisobidan zarur boʻlgan xarajatlar va oqilona haq toʻlangan holda chaqirib olinishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi

Adliya vazirligi

134.

1157-modda. Egasiz qolgan mol-mulk

...

(ikkinchi qism) Meros mol-mulk meros ochilgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining arizasi boʻyicha meros ochilgan kundan eʼtiboran uch yil oʻtganidan keyin sudning qarori asosida egasiz deb topiladi. Meros mol-mulk, agar uni qoʻriqlash va boshqarish bilan bogʻliq xarajatlar uning qiymatidan oshib ketsa, koʻrsatilgan muddat oʻtishidan oldin egasiz deb topilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi

Adliya vazirligi

135.

43-modda. Tabiatni shovqin, tebranish, elektromagnit maydonlari va boshqa zararli fizik taʼsirlardan muhofaza qilish

Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, ayrim shaxslar zararli ishlab chiqarish shovqinlari, tebranish, elektromagnit maydonlarining va zararli fizik taʼsirlar koʻrsatuvchi boshqa omillarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻrishlari shart.

Oʻzbekiston Respublikasining Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

136.

8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining shartnoma munosabatlari sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida:

davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish shartnomalarini, shuningdek, kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarish ishlarini muvofiqlashtirib boradi;

xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi shartnoma munosabatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish chora-tadbirlarini koʻradi.

Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonuni

Adliya vazirligi

137.

10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

fuqaro muhofazasi rejalarini ishlab chiqadilar va ularning tegishli hududda amalga oshirilishiga rahbarlik qiladilar;

tegishli hududdagi tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan fuqaro muhofazasi tadbirlarining bajarilishini tashkil etadilar va nazorat qilib boradilar;

fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalari tayyorlanishini hamda shay holatda saqlab turilishini taʼminlaydilar;

tashkilotlar rahbarlari va aholining zamonaviy qirgʻin vositalari qoʻllanilgan paytdagi himoyalanish usullariga oʻrgatilishini tashkil etadilar;

zamonaviy qirgʻin vositalari qoʻllangan sharoitda aholi hayot faoliyatining taʼminlanishini kafolatlovchi fuqaro muhofazasiga oid mol-mulk, moddiy-texnika, oziq-ovqat, tibbiy va boshqa xil zaxiralar hajmlarini belgilaydilar hamda ularning toʻplanishi, saqlanishi, yangilab borilishi va shay holatda saqlab turilishi uchun javob beradilar;

urush davrida, idoraviy boʻysunuvidan qatʼiy nazar, tashkilotlarning barqaror ishlashini taʼminlash tadbirlarini tashkil etadilar va amalga oshiradilar;

fuqaro muhofazasi sohasida axborotlar yigʻish va almashinishni, shuningdek, zamonaviy qirgʻin vositalarining qoʻllanish tahdidi yoki qoʻllanganligi toʻgʻrisida aholini oʻz vaqtida xabardor qilinishini taʼminlaydilar;

aholini evakuatsiya qilish va boʻlib-boʻlib joylashtirishga, uning xavfsiz zonalarga oʻrnashib olishiga tayyorgarlik koʻrish hamda shu ishlarni tashkil etish, davolash muassasalari va boshqa tashkilotlar ishini yoʻlga qoʻyish tadbirlarini amalga oshiradilar;

qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni tashkil etadilar va amalga oshiradilar, oʻz tasarruflaridagi hududda jamoat tartibi saqlanishini taʼminlaydilar;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.

Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida”gi Qonuni

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

138.

12-modda. Davlat kadastrlarini yuritish

Davlat kadastrlarini yuritish tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

...

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Qonuni

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

139.

9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻzlariga berilgan vakolatlar doirasida oʻz hududlarida joylashgan madaniy meros obyektlarini aniqlaydilar hamda ularni hisobga oladilar, muhofaza qiladilar, asraydilar va ulardan foydalanadilar, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishini taʼminlaydilar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat birlashmalarini madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targʻib qilish va ulardan foydalanish tadbirlarini oʻtkazishga jalb etadilar.

Oʻzbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni

Madaniy meros agentligi

140.

13-modda. Aholini yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi masalalariga doir axborot bilan taʼminlash

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari aholiga yod yetishmasligi kasalliklarining kelib chiqishi va tarqalishi omillari, bunday kasalliklarning profilaktikasiga doir choralar toʻgʻrisida ishonchli va oʻz vaqtida axborot berilishini taʼminlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni

Sogʻliqni saqlash vazirligi

141.

14-modda. Yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish

...

(beshinchi qism) Aholi punktlari va boshqa hududlar uchun yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlari tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

142.

12-modda. Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalari boʻyicha komissiyalarning asosiy vazifalari

...

(uchinchi qism) Komissiyalarning tarkibi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari va xodimlari, fuqarolik jamiyati institutlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakillari, shuningdek, fan va madaniyat arboblari, ekspertlar, mutaxassislar hamda tegishli faoliyat sohalarida maxsus bilimlarga ega boʻlgan boshqa shaxslar orasidan shakllantiriladi. Respublika komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar komissiyalari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklarining rahbariyati tomonidan boshqariladi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

143.

14-modda. Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish

...

(beshinchi qism) Kadastr agentligi davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar mutaxassislarini, yetakchi olimlarni, fan va madaniyat arboblarini, shuningdek tegishli faoliyat sohalarida maxsus bilimlarga ega boʻlgan boshqa shaxslarni jalb etishga haqli.

144.

22-modda. Ekologik nazorat natijalarini roʻyobga chiqarish shakllari

Davlat, idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazorati natijalarini roʻyobga chiqarish shakllari quyidagilardan iborat:

...

korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga boshqa real tahdid yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib turish toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organi, mahalliy davlat hokimiyati organining qarorini qabul qilish;

maxsus vakolatli davlat organining, mahalliy davlat hokimiyati organining atrof muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini cheklash, toʻxtatib turish, tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish toʻgʻrisida, shuningdek, atrof-muhitga, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqida sudga ariza bilan murojaat qilishi;

atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi materialni maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish;

Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Qonuni

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

145.

23-modda. Ijtimoiy xizmatlar monitoringi va ularni baholash

...

(toʻrtinchi qism) Ijtimoiy xizmatlar monitoringini va ularni baholashni davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, qonunchilikka muvofiq boshqa davlat organlari amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

146.

35-modda. Turistlar va ekskursantlarning xavfsizligi kafolatlari

...

(ikkinchi qism) Vakolatli davlat organi manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda turistlar hamda ekskursantlarning xavfsizligini va himoya qilinishini, jamiyat va davlat manfaatlarini, turizmdan shaxslarning qonunga xilof migratsiyasi, ularning mehnatini ekspluatatsiya qilish hamda ularni boshqacha tarzda ekspluatatsiya qilish maqsadida foydalanishga qarshi kurashishni taʼminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqadi.

...

(toʻrtinchi qism) Mahalliy davlat hokimiyati organlari barcha turistik yoʻnalishlar boʻyicha turistlar va ekskursantlarning himoya qilinishini va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha hududiy dasturlar ishlab chiqadi hamda ularning bajarilishini tashkil etadi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Turizm toʻgʻrisida”gi Qonuni

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi

147.

37-modda. Turistlar va ekskursantlarning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan, qutqaruv va shoshilinch xizmatlar

...

(ikkinchi qism) Qidiruv-qutqaruv xizmatlari, shoshilinch operativ xizmatlar va boshqa qutqaruv xizmatlari mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, sogʻliqni saqlash, aloqa, ichki ishlar organlari, davlat oʻrmon xoʻjaligi, gidrometeorologiya, fuqaro aviatsiyasi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat koʻrsatadi.

148.

23-modda. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvi

Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvi xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

...

Atom energiyasidan foydalanish obyekti bilan bogʻliq boʻlgan avariya sodir boʻlgan taqdirda jismoniy va yuridik shaxslarning harakat qilishga shayligi ustidan davlat nazoratini mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hudud doirasida amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni

Energetika vazirligi

149.

50-modda. Radiatsiyaviy taʼsir natijasida atrof-muhitga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash

...

(ikkinchi qism) Zararlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotga davlat boshqaruvi organlari, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan taqdim etiladi.

150.

32-modda. Maslahat berish va axborot jihatidan qoʻllab-quvvatlash

Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro moliya institutlari huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi vakolatxonalari investorlarning muammolari va masalalarini hal etish maqsadida oʻz vakolatlariga taalluqli masalalar boʻyicha ularga maslahat va axborot yordami koʻrsatadi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

151.

15-modda. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi vakolatlari

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning bajarilishini oʻz vakolatlari doirasida tashkil etadi hamda muvofiqlashtiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida”gi Qonuni

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

152.

18-modda. Umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish

...

(ikkinchi qism) Umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar maxsus vakolatli davlat organi tomonidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, boshqa yuridik shaxslar bilan hamkorlikda bajariladi.

153.

51-modda. Voyaga yetmagan taʼlim oluvchilar ota-onasining hamda boshqa qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari

...

(ikkinchi qism) Mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va taʼlim tashkilotlari voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarni tarbiyalashda, ularning jismoniy hamda ruhiy sogʻligʻini muhofaza qilish va mustahkamlashda, shuningdek, individual qobiliyatlarini rivojlantirishda ularning ota-onasiga hamda boshqa qonuniy vakillariga koʻmaklashadi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

154.

23-modda. Ijtimoiy infratuzilma obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslarning ehtiyojlariga rioya etgan holda loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar nogironligi boʻlgan shaxslarning, shu jumladan oʻrindiqli aravachalardan hamda yetaklovchi itlardan foydalanuvchi shaxslarning barcha ijtimoiy infratuzilma obyektlariga (turar joylarga, jamoat va ishlab chiqarish binolariga, imoratlar va inshootlarga, sogʻliqni saqlash va sport obyektlariga, madaniy-tomosha muassasalariga hamda boshqa muassasalarga) moneliksiz kirishi uchun shart-sharoitlar yaratishi shart.

Oʻzbekiston Respublikasining “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonuni

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

155.

43-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish va ularning bandligini taʼminlash

...

(uchinchi qism) Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan xodimlarining soni yigirma nafardan ortiq boʻlgan tashkilotlarda xodimlar umumiy sonining kamida uch foizi miqdorida nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam soni belgilanadi.

156.

11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining madaniy faoliyat sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

madaniy faoliyat sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

tegishli hududda joylashgan madaniyat muassasalari va tashkilotlariga koʻmaklashadi;

madaniy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi;

madaniy faoliyat sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda ishtirok etadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonuni

Madaniyat vazirligi

157.

13-modda. Davlat organlarining fazoviy maʼlumotlar sohasidagi vakolatlari

Davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari:

fazoviy maʼlumotlar sohasidagi yagona davlat siyosatini shakllantirishga doir takliflarni ishlab chiqish va kiritishda ishtirok etadi hamda uning amalga oshirilishini taʼminlaydi;

fazoviy maʼlumotlar sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish bilan bogʻliq ishlarda ishtirok etadi;

maxsus vakolatli davlat organi bilan hamkorlikda tegishli tarmoq uchun sohaga oid fazoviy maʼlumotlar ishlab chiqilishini hamda tarmoqqa oid geoaxborot resurslarini ishlab chiqishga va fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasining geoportallarini yaratish hamda saqlab turishga doir ishlarning bajarilishini tashkil etadi;

bazaviy fazoviy maʼlumotlarning va metamaʼlumotlarning maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilishini taʼminlaydi;

sohaga oid ochiq fazoviy maʼlumotlardan foydalanilishini taʼminlaydi;

tegishli tarmoq yoki hudud uchun sohaga oid fazoviy maʼlumotlarga ishlov berilishini amalga oshiradi.

Davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Fazoviy maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

158.

36-modda. Favqulodda vaziyatlarda transport ishini tashkil etish

...

(toʻrtinchi qism)Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar natijasida yuzaga kelgan hamda odamlarning hayoti va sogʻligʻiga, atrof-muhitga, harakat xavfsizligiga hamda yuklarning but saqlanishiga tahdid soladigan avariyalar, halokatlar, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini tugatishda transport tashkilotlariga, tashuvchilarga yordam koʻrsatadi, shuningdek, ularni bartaraf etish, odamlar hayotini qutqarish hamda sogʻligʻini saqlash, moddiy va madaniy qimmatliklarni himoya qilish, zararni (ziyonni) kamaytirish choralarini koʻradi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Transport toʻgʻrisida”gi Qonuni

Transport vazirligi

159.

83-modda. Sudyalarni uy-joy bilan taʼminlash

Uy-joyga muhtoj boʻlgan sudya mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda sud joylashgan yerda xizmat turar joyi bilan taʼminlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni

Oliy sud

160.

11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

seysmik xatarni kamaytirish va aholini yuz berishi mumkin boʻlgan kuchli zilzilalarga tayyorlash ishlarini tashkil etadi;

seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishga koʻmaklashadi;

yuz berishi mumkin boʻlgan kuchli zilzilalarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni aniqlash hamda tadqiqot va loyihalash ishlarini olib borish borasida boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;

aholini kuchli zilzilalar vaqtida tegishli harakatlarni bajarishga va tadbirlarni amalga oshirishga tayyorlash boʻyicha seysmik faol zonalarda seminar va treninglar tashkil etilishiga bevosita koʻmaklashadi;

qurilish tashkilotlari tomonidan seysmik faol zonalar uchun normativlarga muvofiq ishlab chiqilgan loyihalarga qatʼiy rioya etilishini nazorat qiladi;

mavjud boʻlgan hamda qurilayotgan binolar va inshootlarning elektron texnik pasportlarini shakllantirishda, ularni yangilashda, shuningdek monitoringini oʻtkazishda ishtirok etadi;

seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi yangi ishlanmalarni amalga oshirishda bevosita tashkiliy-amaliy yordam koʻrsatadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

161.

17-modda. Zilzila oqibatlarini bartaraf etish

...

(ikkinchi qism) Zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbarligida hamda ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari, seysmologiya sohasidagi mutaxassislar ishtirokida zarar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qilish asosida tezkor chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqadi.

162.

10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining organik mahsulotlar sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

qishloq xoʻjaligi korxonalariga va qayta ishlash korxonalariga organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish va realizatsiya qilish uchun yer uchastkalari ajratilishida amaliy yordam koʻrsatadi;

organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan mahsulotlarning organik mahsulotlar sifatida realizatsiya qilinishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻradi;

aholini organik mahsulotlar yetishtirish toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlaydi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Organik mahsulotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

III. Bekor qilinishi taklif etilayotgan vazifa va funksiyalar

163.

252-modda. Xalq deputatlari Kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish

...

(uchinchi qism) Mahalla huquq-tartibot maskanlarining profilaktika katta inspektorlari jamoat xavfsizligini taʼminlash holati toʻgʻrisida har olti oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi.

...

Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni

Ichki ishlar vazirligi

164.

15-modda. Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari

...

(uchinchi qism) Profilaktika inspektorlari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori bilan lavozimga tasdiqlanadi.

...

Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida” Qonuni

Ichki ishlar vazirligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-son Farmoniga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-4702-son Farmoni 3-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “mahalliy davlat” soʻzlari “mahalliy ijroiya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5742-son Farmoni 10-bandi uchinchi xatboshisidagi “har chorakda” soʻzlari “har yili” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5853-son Farmoni 8-bandining uchinchi xatboshisidagi “har chorakda” soʻzlari “har yili” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xoʻjaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5890-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 4-bandning beshinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat” soʻzlari “mahalliy ijroiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a” kichik banddagi “mahalliy davlat” soʻzlari “mahalliy ijroiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“b” kichik bandning uchinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat” soʻzlari “mahalliy ijroiya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-6024-son Farmoni 8-bandining uchinchi xatboshisidagi “har chorakda” soʻzlari “har yili” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni bilan tasdiqlangan Mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining amalga oshirilishi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish tartibining “Bajarish muddati” ustunidagi “Har oyda” soʻzlari “Har yarim yilda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6275-son Farmonining 5-bandidagi “har chorakda” soʻzlari “har yili” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022 — 2026-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-134-son Farmoni 11-bandining beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-144-son Farmoni 4-bandining “v” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat” soʻzlari “mahalliy ijroiya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2833-son qarori 2-bandining birinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat” soʻzlari “mahalliy ijroiya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2896-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Ichki ishlar organlari tayanch punkti toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshisidan “tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qarori bilan lavozimga tasdiqlanib, uning majlisida” degan soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-maydagi “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3697-son qarorining 5-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat” soʻzlari “mahalliy ijroiya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi “Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4464-son qarorining 9-bandidagi “mahalliy davlat” soʻzlari “mahalliy ijroiya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-yanvardagi “Pillachilik tarmogʻida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4567-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat” soʻzlari “mahalliy ijroiya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida suv resurslaridan samarali foydalanish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4801-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat” soʻzlari “mahalliy ijroiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat” soʻzlari “mahalliy ijroiya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi PQ-4954-son qarori bilan tasdiqlangan Shaxmatni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturining 3-paragrafi “g” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat” soʻzlari “mahalliy ijroiya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5117-son qarori 9-bandi uchinchi xatboshisidagi “har chorakda” soʻzlari “har yili” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5132-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ijrosini tashkil etish tartibining 8-bosqichidagi “Har oyda” soʻzlari “Har yarim yilda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “har oyda” soʻzlari “har yarim yilda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “har oyda” soʻzlari “har yarim yilda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Toshkent shahar hokimligi namunasida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ning 12-bandi ijrosi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish sxemasi II bosqichidagi “har oyda” soʻzlari “har yarim yilda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5150-son qarorining 11-bandi birinchi xatboshisidagi “har yarim yil yakunida” soʻzlari “har yil yakunida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilgʻor texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5200-sonli qarorining 23-bandidagi “har chorak yakuni bilan” soʻzlari “har yili” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi “Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5212-son qarori 8-bandining ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “mahalliy davlat” soʻzlari “mahalliy ijroiya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5215-son qarori 12-bandidagi “muntazam ravishda” soʻzlari “yiliga kamida bir marotaba” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-120-son qarori 6-bandining uchinchi xatboshisidagi “har chorakda” soʻzlari “har yili” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-190-son qarori 9-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “har oyda” soʻzlari “har yarim yilda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi “Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-230-son qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisidagi “har chorakda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlariga” soʻzlari “har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi “2022 — 2026-yillar davomida amalga oshirilishi moʻljallangan “Xavfsiz va ravon yoʻl” umummilliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-316-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshisidagi “har chorakda” soʻzlari “har yarim yilda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustdagi “Qishloq xoʻjaligi sohasiga ilgʻor raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-257-son qarori 2-bandining “d” va “e” kichik bandlaridagi “mahalliy davlat” soʻzlari “mahalliy ijroiya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)