18.04.2017 yildagi PQ-2896-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-sonli Farmoniga muvofiq, shuningdek ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar barvaqt profilaktikasi va oldini olish boʻyicha faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirishning quyidagi asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarining eng muhim vazifasi deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi — huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining respublika, oʻrta va quyi pogʻonalari faoliyatining sifat jihatidan yangi tartibini oʻrnatish, bunda ularning asosiy vazifalari, funksiyalari hamda javobgarligini aniq belgilash va chegaralash, profilaktika inspektorlari zimmasiga ular faoliyatiga xos boʻlmagan funksiyalar yuklatilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi — profilaktika ishini aholi, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqin hamkorlikda tashkil etish, ushbu ishni, birinchi navbatda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishni taʼminlashga, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga, fuqarolarga qonunga hurmat va qonun buzilishining har qanday koʻrinishiga murosasizlik munosabatini singdirishga qaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi — voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash tizimini ularni Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga, oʻsib kelayotgan yosh avlodni terrorizm, diniy ekstremizm, zoʻravonlik va shafqatsizlik gʻoyalaridan himoyalashga yoʻnaltirilgan holda rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi — profilaktika inspektorlarining zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarning talab darajasida bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini kuchaytirish, shu jumladan oʻzlarining faoliyati haqida jamoatchilik oldida tizimli ravishda hisobot berishlarini yoʻlga qoʻyish, ularning aholini tashvishga solayotgan muammolarga yuzaki munosabatda boʻlish holatlariga chek qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi — profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini baholashning taʼsirchan mezonlarini joriy etish, bunda, birinchi navbatda jamoatchilik fikri, ularning faoliyati natijalaridan fuqarolarning qanoatlanishi hamda aholi bilan hamkorlik darajasini hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi — ushbu sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish, profilaktika inspektorlarining bilim darajasi va kasbiy tayyorgarligini oshirish, ular uchun munosib ish sharoitlarini yaratish, ularni bevosita oʻzlariga biriktirilgan hududda xizmat turar joyi bilan taʼminlash, zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish natijadorligi uchun moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2017-yilning 1-oktabridan quyidagi tartib joriy etilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari har oyda profilaktika inspektorlarining hisobotlarini eshitadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, profilaktika inspektorlarining hisobotlarini eshitish yakunlariga koʻra ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan koʻrilayotgan choralar va ish natijalari tanqidiy muhokama qilinadi, ular faoliyatining samaradorligiga alohida baho beriladi hamda egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi haqida tavsiyalar qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlari tayanch punkti toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun asoslantirilgan hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2018-yilning 1-yanvariga qadar profilaktika inspektorlarini oʻzlari biriktirilgan hududda xizmat turar joyi bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda kriminogen vaziyat, aholi soni va hududlarning xususiyatlarini hisobga olgan holda toifalangan ichki ishlar organlari tayanch punktlarining yangilangan joylashuvini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda yangi barpo etilayotgan ichki ishlar organlari tayanch punktlarini joylashtirish va jihozlash, shu jumladan, qurilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 3-fevraldagi PF–4944-sonli Farmoniga muvofiq amalga oshirilayotgan “Mahalla markazi” majmualari va fuqarolar yigʻinlari binolari namunaviy loyihalariga profilaktika inspektorlari uchun alohida xonalarni kiritishni nazarda tutgan holda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tanqidiy qayta koʻrib chiqish asosida, zamonaviy talablar va ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha taʼlim oluvchilar sonini koʻpaytirish choralarini koʻrsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yildan boshlab, Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan taqdim etiladigan doimiy aholi soni toʻgʻrisidagi har yilgi yakuniy maʼlumotlarga asosan hamda hudud (mahallalar)dagi kriminogen vaziyatni hisobga olgan holda qoʻshimcha ravishda ajratiladigan ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlari shtat birliklari soni toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi bilan birgalikda ichki ishlar organlari uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari rahbarlari lavozimiga asosan haqiqiy harbiy xizmatni oʻtagan shaxslarni (tanlov asosida) saralashning va tayinlashning samarali mezonlarini joriy etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 18-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2896-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ–2896-sonli qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlari tayanch punkti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom ichki ishlar organlari tayanch punktlari (keyingi oʻrinlarda — tayanch punkti) faoliyatining vazifalari va tashkiliy-huquqiy asoslarini, profilaktika inspektorlarining vakolatlari, huquq va majburiyatlarini, ularning davlat organlari va boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda aholi bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tayanch punktlari tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning asosiy quyi boʻgʻini hisoblanib, ular ichki ishlar organlarining jamoatchilik bilan hamkorligini taʼminlash hamda qishloqlar, ovullar va mahallalarda jamoat tartibi, fuqarolar xavfsizligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishni bevosita taʼminlash maqsadida tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tayanch punktlari oʻz faoliyatini profilaktika katta inspektorlari va profilaktika inspektorlari (keyingi oʻrinlarda — profilaktika inspektorlari) hamda profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari tarkibida amalga oshiradi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi PF-5732-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 06/19/5732/3212-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Profilaktika inspektori shtat birliklarining soni tayanch punkti tomonidan xizmat koʻrsatiladigan hudud (mahallalar)ning kriminogen vaziyati, aholi soni va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda ushbu Nizomga ilovadagi meʼyorlar asosida belgilanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tayanch punktlari faoliyatini tashkil etish uchun ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari ham jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tayanch punktining asosiy vazifalari va profilaktika inspektorlari faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tayanch punktlarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarliklar profilaktikasini, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida tashkil etish, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini, ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni aniqlash, oʻrganish va bartaraf etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyatlarni aniqlash, bartaraf etish va fosh etishda, tergov, sud va sud hujjatlarini ijro etishdan yashirinib yurgan shaxslarni, shuningdek bedarak yoʻqolgan fuqarolarni qidirishda ishtirok etish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ularni Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga, yosh avlodni terrorizm, diniy ekstremizm, zoʻravonlik va shafqatsizlik gʻoyalaridan himoyalashga yoʻnaltirilgan ishlarni bevosita amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bilan uning eng muhim muammolarini hal etish va ijtimoiy keskinlikni yumshatish masalalarida toʻgʻridan-toʻgʻri ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning, gʻayrijtimoiy xulq-atvorga ega, huquqbuzarlik sodir etishga moyil, shuningdek huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarliklar profilaktikasi, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalari boʻyicha ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari, davlat organlari, tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Profilaktika inspektorlari lavozimlariga oliy maʼlumotga ega, kasbiy, axloqiy-ruhiy va jismoniy jihatdan tayyorgarlik koʻrgan, huquqbuzarliklar profilaktikasi shakllari va usullarini amalda qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlgan shaxslar tayinlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Profilaktika katta inspektorlari lavozimlariga ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarida kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan shaxslar tayinlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Profilaktika inspektorini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Profilaktika inspektori quyidagi mazmundagi qasamyodni qabul qilgan vaqtdan boshlab lavozimga kirishgan deb hisoblanadi:
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), _______-sonli tayanch punkti profilaktika inspektori lavozimiga kirishar ekanman, oʻz burchimni va menga ishonib topshirilgan hududda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish, tinchlik, osoyishtalik, xavfsizlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasida menga yuklatilgan majburiyatlarni vijdonan, sitqidildan bajarishga qasamyod qilaman”.
Oldingi tahrirga qarang.
(6 va 7-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Profilaktika inspektorlari yuqori darajadagi kasbiy koʻnikmalari va huquqiy madaniyati, fidokorona mehnati, mardligi va koʻrsatgan jasorati uchun oʻrnatilgan tartibda ragʻbatlantiriladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Profilaktika inspektorlarining vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tayanch punktlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun profilaktika inspektorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan vazifalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Profilaktika inspektorlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishlari mumkin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Profilaktika katta inspektori, ushbu Nizomning 12-bandida sanab oʻtilgan vakolatlar bilan birga, ichki ishlar organlari tayanch punkti va profilaktika inspektorlari faoliyatini tashkil etadi va umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Profilaktika inspektorlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Profilaktika inspektorlari quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar va mansabdor shaxslardan qonunchilikka rioya etish va gʻayriqonuniy harakatlarni toʻxtatishni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlarini amalga oshirishda fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish, ularning yonlarida taqiqlangan buyum va vositalar mavjud deb gumon qilishga asoslar boʻlgan taqdirda, shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish va ularning ashyolarini koʻzdan kechirish, huquqbuzarlikning quroli yoki bevosita predmeti boʻlgan buyum va hujjatlar aniqlangan taqdirda, qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ularni olib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq oʻzlariga taalluqli boʻlgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi murojaatlar va xabarlarni oʻrnatilgan tartibda tekshirish, davlat organlari va boshqa tashkilotlarga kirish, ulardan tegishli maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz ish yurituvlarida boʻlgan ishlar va materiallar boʻyicha holatlarni aniqlash maqsadida zarur tushuntirishlar, maʼlumotlar va hujjatlarni olish uchun fuqarolar va mansabdor shaxslarni chaqirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarni, ularning roziligi bilan, huquqbuzarliklar profilaktikasi choralarini amalga oshirishda koʻmaklashishga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunda koʻrsatilgan holatlar va tartibda qurol va maxsus vositalarni qoʻllash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Profilaktika inspektorlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Profilaktika inspektorlari quyidagilarga majburdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, yuridik va jismoniy shaxslarning mulkini himoya qilish, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida zarur choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik yoki boshqa hodisa sodir etilgan joyga darhol yetib kelish, gʻayriqonuniy qilmishlarga chek qoʻyish, fuqarolarning xavfsizligiga qaratilgan tahdidlarni bartaraf etish, hodisa holatlarini hujjatlashtirish, jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik yoki boshqa hodisa izlarining saqlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik yoki boshqa hodisa sodir etilgan joyda jabrlangan, shuningdek nochor ahvolda qolgan fuqarolarga birinchi tibbiy yoki boshqa turdagi yordam koʻrsatilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz xizmat majburiyatlarini bajarish munosabati bilan unga maʼlum boʻlgan fuqarolarning shaxsiy hayoti, shaʼni va qadr-qimmatiga taalluqli maʼlumotlarni ularning roziligisiz oshkor etmaslik, xizmat maʼlumotlari, shuningdek, tijorat va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa sirlarning maxfiyligi va saqlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlarini oʻtkazishda fuqarolar hayoti va sogʻligʻi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki xavfsizligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chaqiruv boʻyicha kelishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni majburiy keltirish toʻgʻrisidagi sud ajrimlari, prokurorning, tergovchining yoki surishtiruvchining qarorlarini tegishli hududda bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari bilan ichki ishlar xodimlari uchun belgilangan cheklov va taqiqlarga rioya etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Profilaktika inspektorlariga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Profilaktika inspektorlari oʻz zimmalariga yuklangan vazifa va funksiyalarning talab darajasida va samarali bajarilishi uchun masʼuldirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Profilaktika (katta) inspektorlari oʻzlari xizmat qilayotgan hududda yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtish qoidalariga rioya etilishini taʼminlash uchun javobgardir.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Profilaktika inspektorlarining davlat tashkilotlari, boshqa tashkilotlar va aholi bilan hamkorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Profilaktika inspektorlarining davlat tashkilotlari, boshqa tashkilotlar hamda aholi bilan hamkorligini tashkil etish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish boʻyicha qoʻshma tadbirlarini rejalashtirish va oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kollegial qarorlarni talab qiluvchi vazifalardan kelib chiqib qoʻshma yigʻilishlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati natijalari haqida xabardor qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatga baho berish va birgalikda amalga oshirilgan ishlar natijalarini hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hamkorlikni tashkil etishning ilgʻor shakllari va usullarini umumlashtirish hamda amaliyotga tatbiq etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hamkorlikning darajasi, doirasi va xususiyatidan kelib chiqib, qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlar ham amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat organlari va muassasalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar profilaktika inspektorlariga oʻz vakolatlari doirasida oʻquv-metodik, axborot, maslahat va tashkiliy jihatdan qoʻllab-quvvatlashlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Axborot almashish yozma soʻrovlar asosida amalga oshiriladi. Soʻrovga, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, u olingan kundan boshlab oʻn besh kundan kechiktirilmay javob berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Profilaktika inspektorlari mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan tadbirlarni oʻtkazishda, oilaviy-maishiy nizolar masalalarini hal etishda, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda, noqonuniy diniy tashkilotlar faoliyatiga chek qoʻyish choralarini koʻrishda, fuqarolarning vijdon erkinligi va diniy eʼtiqod huquqlariga rioya etilishini, diniy qarashlarning majburan singdirilishiga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlashda fuqarolar yigʻinlari bilan hamkorlik qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Profilaktika inspektorlari har oyda huquqbuzarliklar profilaktikasi va huquqbuzarliklarni oldini olish holati toʻgʻrisida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga hisobot taqdim etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Profilaktika katta inspektori, ushbu lavozim mavjud boʻlmagan taqdirda profilaktika inspektori fuqarolar yigʻini raisining huquq-tartibot masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasini bajaradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Profilaktika inspektorlari fuqarolar yigʻini raislari bilan birgalikda quyidagilarga qaratilgan choralarni amalga oshiradilar:
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
egasiz turar joylarni aniqlash va ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaviy-maishiy sabablarga koʻra sodir etilgan huquqbuzarliklar, shu jumladan ayollar, voyaga yetmaganlar va yoshlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar muhokamasini tashkil etish va oʻtkazish, mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni suiisteʼmol qilish natijasida fuqaroning muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisida yoki fuqaroning ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqliy zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqida sudga ariza berish masalalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Profilaktika inspektorlari fuqarolar yigʻinlari raislari bilan birgalikda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralarni ham amalga oshirishlari mumkin.
(22-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi PF-5732-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 06/19/5732/3212-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Profilaktika inspektorlari fuqarolar yigʻini raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari bilan quyidagi masalalarda oʻzaro hamkorlik qiladilar:
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi, ayniqsa, xotin-qizlar, voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, maʼnaviy-axloqiy muhitni sogʻlomlashtirish boʻyicha fuqarolarning huquqiy madaniyati va faolligini oshirishga yoʻnaltirilgan tushuntirish ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zoʻrlik ishlatish ehtimoli mavjud oilalarda profilaktik tushuntirish ishlarini olib borish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi qurboniga aylangan xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarga ularning ijtimoiy hayotga moslashishlari uchun har tomonlama koʻmak berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida erta nikoh, oʻz joniga qasd qilish, jinoyatlar va huquqbuzarliklar holatlarining sabab va shart-sharoitlarini oʻrganish, shuningdek, ularga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha profilaktika choralarini, shu jumladan, yakka tartibdagi choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashda fuqarolar ogohligini, xotin-qizlar faolligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan xotin-qizlarni fuqarolar yigʻinlari kafilligi asosida afv etish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
(24-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni oʻtayotgan yoxud jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan, shu jumladan, diniy ekstremistik gʻoyalar taʼsiriga tushgan shaxslarning yaqin qarindoshlari bilan profilaktika ishlarini olib borish va ularga koʻmaklashish.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Profilaktika inspektorlari fuqarolar yigʻinining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyalari bilan quyidagi masalalarda oʻzaro hamkorlik qiladi:
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning yot gʻoyalar, ichkilikbozlik va giyohvandlik taʼsiri ostiga tushib qolishlari, oilaviy kelishmovchiliklar shuningdek, yoshlar tarbiyasiga masʼuliyatsiz munosabatda boʻlish holatlarining oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshnilar va qarindoshlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish va ularning oʻzaro munosabatlarini tiklash boʻyicha choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari hisobida turgan, ayniqsa, muqaddam sudlangan, huquqbuzarliklar sodir etayotgan va yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolgan shaxslar bilan profilaktik ishlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Profilaktika inspektorlari fuqarolar yigʻinining xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha komissiyalari bilan quyidagi masalalarda oʻzaro hamkorlik qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayollarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilalarning barbod boʻlish holatlarini bartaraf etishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlarga chiqayotgan va u yerdan qaytgan ayollar hisobini yuritish, ular bilan tegishli profilaktika ishlarini amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Profilaktika inspektorlari nodavlat notijorat tashkilotlari bilan quyidagi masalalarda oʻzaro hamkorlik qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarliklarning oldini olishga yoʻnaltirilgan qoʻshma dasturlarni ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarni, ayniqsa, yoshlarni maʼnaviy, axloqiy, huquqiy, jismoniy va mehnat tarbiyasini amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan yoki ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytgan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
millatlararo, madaniyatlararo totuvlik va fuqarolar totuvligi gʻoyalarini mustahkamlash, koʻp asrlik, anʼanaviy maʼnaviy-axloqiy hamda tarixiy-madaniy qadriyatlarni tiklash va saqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Profilaktika inspektorlari fuqarolar yigʻini organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarda ham oʻzaro hamkorlik qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Profilaktika inspektorlarining davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar bilan oʻzaro hamkorligi ularning huquqbuzarliklar profilaktikasida koʻmaklashish va zaruriy yordam koʻrsatish bilan ishtirok etishlari orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Profilaktika inspektorlari tuman va shahar ichki ishlar organlariga huquqbuzarliklar profilaktikasida faol ishtirok etganligi yoki alohida xizmatlari uchun fuqarolarni ragʻbatlantirish haqida takliflar kiritishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Profilaktika inspektorlari qoʻshma tadbirlarni, shu jumladan, huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid “davra suhbatlari”, seminarlar va ijtimoiy soʻrovlar tashkil etish orqali oʻtkazishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Tayanch punktlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnik taʼminoti masalalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Tayanch punkti kriminogen vaziyat, aholi zichligi va joylarda fuqarolar xavfsizligi hamda jamoat tartibini tegishli tarzda taʼminlash bilan bogʻliq boshqa shart-sharoitlar inobatga olingan holda qonun hujjatlari bilan oʻrnatilgan tartibda tashkil etiladi va tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Tayanch punkti quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi maxsus jihozlangan xonalarda joylashadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
profilaktika katta inspektori va profilaktika inspektorining xizmat xonasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayanch punktiga xizmatga jalb qilinadigan ichki ishlar organlarining boshqa xizmatlari xodimlari uchun xizmat xonasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchisi xizmat xonasi;
(36-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bilan tushuntirish ishlarini olib borish zali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarlarni ushlab turish xonasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dam olish, yuvinish va sanitariya-gigiyena xonalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Tayanch punktlari uchun yer maydoni va binolarni ajratish, qurilish, taʼmirlash va kapital taʼmirlash, shuningdek mebel bilan jihozlash shahar va tuman hokimliklari tomonidan mahalliy budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tayanch punkti tuman, shahar hokimliklari balansida boʻladi va uning binosi Oʻzbekiston Respublikasi IIVning Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi roziligisiz boshqa organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga sotilmaydi yoki berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Tayanch punktlarini zaruriy texnik vositalar, koʻrgazmali qoʻllanmalar, xizmat hujjatlari va avtotransport vositalari bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi IIV tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Jamoat birlashmalari bilan doimiy va samarali hamkorlikni taʼminlash maqsadida tayanch punktlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan bir binoda yoki unga yaqin joyda joylashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlari tayanch punkti toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlari shtat birliklarini kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MEʼYORLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkichlar

Toshkent shahri hududida*

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududida

Jami

shundan

Jami

shundan

profilaktika katta inspektori

profilaktika inspektori

profilaktika katta inspektori

profilaktika inspektori

1.

Aholi soni 7 ming nafargacha

2

1

1

1

-

1

2.

Aholi soni 7 mingdan 10 ming nafargacha

2

1

1

2

1

1

3.

Aholi soni 10 ming nafar va undan ortiq

3

1

2

2

1

1

Qoʻshimcha ravishda kriminogen vaziyatdan kelib chiqib ajratiladigan shtat birliklari

4.

Soʻnggi bir yil davomida mahallada sodir etilgan jinoyatlar soni har 1000 nafar aholiga nisbatan 10 ta va undan yuqori boʻlganda

1

-

1

1

-

1

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Poytaxt hududida aholining zichligi, kriminogen vaziyat, shahar hududiga fuqarolarning kirib-chiqishi hamda chet el fuqarolarining kirib kelishini inobatga olib, Toshkent shahridagi har bir mahallaga kamida ikki nafar profilaktika inspektorlari biriktirilishi mumkin.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 17-son, 288-modda, 37-son, 982-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son, 30.05.2019-y., 06/19/5732/3212-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son; 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son; 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)