1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.06.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatishning boshqa turlari va shakllari;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.07.00 Boquvchisini yoʻqotgan oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son Farmoniga muvofiq bojxona sohasida boshqaruv tizimiga oid Hukumat qarorlarini uygʻunlashtirish va tizimlashtirish, oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normalarni bekor qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni:
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.07.00 Boquvchisini yoʻqotgan oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tan jarohati olganda (yetkazilganda) yoki halok boʻlganda (vafot etganda) bir martalik nafaqa tayinlashni, beriladigan bir martalik nafaqa miqdorini belgilashni, olingan tan jarohati boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan xodimlariga, shuningdek, halok boʻlgan (vafot etgan) xodimlari oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.02.00 Harbiy harakatlar qatnashchilari, shuningdek halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun imtiyozlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida mol-mulkka yetkazilgan zararni qoplashni, mol-mulkka yetkazilgan zararni aybdordan undirish tartibini belgilashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organi xodimi yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.02.00 Harbiy harakatlar qatnashchilari, shuningdek halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun imtiyozlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tan jarohati olish natijasida nogiron boʻlib qolgan yoki halok boʻlgan (vafot etgan) xodimlarning farzandlarga oʻqishga kirish uchun tavsiyanoma berishni, bojxona organlari xodimlarining farzandlariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanoma berishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) xodimni xizmat oʻtash vaqtida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topishni, tan jarohati olgan yoki halok boʻlgan (vafot etgan) deb tan olingan xodimlarga hujjatlar yigʻmajildlarini yuritishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarini xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan (vafot etgan) yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.12.00 Ayrim toifadagi xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ijara pul kompensatsiyasini tayinlash, toʻlash va toʻxtatishni, ijara pul kompensatsiya miqdorini belgilashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 13-martdagi PF-34-son Farmoniga muvofiq Davlat budjetidan Bojxona qoʻmitasiga ajratilgan mablagʻlar va budjetdan tashqari manbalari hisobidan halok boʻlgan xodimlar oila aʼzolari uchun, ularning murojaatlariga asosan quyidagilar taʼminlanadi:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.13.00 Sanatoriya-kurort davolanish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi sanatoriy-kurort muassasalari va bolalarni sogʻlomlashtirish oromgohlarida yiliga bir marta bepul sogʻlomlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shifokorlarning retseptlariga asosan 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarini (yiliga bir marta), tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalarini olib berish hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ogʻir tashxisli kasalliklari hamda nogironligi boʻlganlarga shifokorlarning retseptlariga muvofiq, yiliga bir marta dori vositalarining 50 foizigacha boʻlgan summasini kompensatsiya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda belgilangan imtiyoz va kafolatlar 1991-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-maygacha Bojxona qoʻmitasining jangovar (harbiy) harakatlarda, noqonuniy qurolli tuzilmalarni aniqlash va yoʻq qilishda, favqulodda holat (vaziyat) oqibatlarini bartaraf etishda, davlat chegaralarini himoya qilishda, terrorchilikka qarshi operatsiyalarda, jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan xodimlarining oila aʼzolariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Belgilab qoʻyilsinki, xizmat turar joylarida (shu jumladan, xizmat yotoqxonalarida) yashaydigan bojxona organlari xodimlari xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan barcha turdagi kommunal xizmatlar yuzasidan jismoniy shaxslar uchun belgilangan tariflar boʻyicha shartnomalar tuzadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Sudyalarga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda sudyalarga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qaroriga6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 29-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
700-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 700-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan xodimlariga, shuningdek, halok boʻlgan (vafot etgan) xodimlari oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining (keyingi oʻrinlarda — bojxona organlari) xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan xodimlariga yoki halok boʻlgan (vafot etgan) xodimlari oila aʼzolariga, shuningdek, Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolariga bir martalik nafaqani tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodim — bojxona organlarida maxsus unvonda xizmat qilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasi) Bojxona institutining kursantlari va tinglovchilari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan xodim — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan eʼlon qilingan favqulodda holat (urush holati) davrida jalb qilingan vaqtda, shuningdek, jangovar (harbiy) harakatlar olib borilayotgan paytda yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan xodim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat majburiyati — Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari, shu jumladan, Bojxona qoʻmitasining idoraviy hujjatlariga muvofiq bojxona organlari tarkibiy tuzilmalari va xodimlarining huquq va majburiyatlari, ularga yuklangan vazifalar hamda funksiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tan jarohati — xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida xodim olgan (yetkazilgan) ogʻir va oʻrtacha ogʻir tan jarohati (yaralanish, mayib va kontuziya boʻlish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir martalik nafaqa (keyingi oʻrinlarda — nafaqa) — xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan xodimga yoki halok boʻlgan (vafot etgan) xodimning oila aʼzolariga, shuningdek, Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan xodimning oila aʼzolariga toʻlanadigan toʻlov turi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizom:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlari xodimlariga (ofitser va serjantlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona qoʻmitasining Bojxona institutida tahsil olayotgan kursant va tinglovchilarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan (vafot etgan) xodimlarning oila aʼzolariga nisbatan tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.10 Boshqa nafaqalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.02.00 Harbiy harakatlar qatnashchilari, shuningdek halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun imtiyozlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xodim Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlganda, uning oila aʼzolariga marhumning oxirgi egallagan lavozimi boʻyicha maoshi va maxsus unvoni maoshi yigʻindisining 150 barobari miqdorida nafaqa tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodim xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlganda (vafot etganda), uning oila aʼzolariga marhumning oxirgi egallagan lavozimi boʻyicha maoshi va maxsus unvoni maoshi yigʻindisining 100 baravari miqdorida nafaqa tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan nafaqa 2023-yil 1-apreldan keyingi davrda halok boʻlgan xodimning oila aʼzolariga toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan nafaqalarning ikkalasini ham olish huquqiga ega boʻlgan halok boʻlgan (vafot etgan) xodimning oila aʼzolariga faqat ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan nafaqa tayinlanadi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.02.00 Harbiy harakatlar qatnashchilari, shuningdek halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun imtiyozlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan (yetkazilgan) xodimga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ogʻir tan jarohati olganda (yetkazilganda) — xodimning egallab turgan lavozimi boʻyicha maoshi va maxsus unvoni maoshi yigʻindisining 50 baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrtacha ogʻir tan jarohati olganda (yetkazilganda) — xodimning egallab turgan lavozimi boʻyicha maoshi va maxsus unvoni maoshi yigʻindisining 20 baravari miqdorida nafaqa tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nafaqa miqdorini belgilashda voqea sodir boʻlgan kunda egallab turgan lavozimi va unvoni maoshi (kursant va tinglovchilarning stipendiyasi) inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bojxona organlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan xodimlarga yoki halok boʻlgan (vafot etgan) xodimlar oila aʼzolariga nafaqa ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq sxemalar boʻyicha toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yengil tan jarohati olgan xodimga nafaqa tayinlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bojxona institutida tahsil olayotgan kursant va tinglovchilar xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olganda yoki halok boʻlganda (vafot etganda), ushbu Nizomning 3 va 4-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan miqdorlarda stipendiya va ega boʻlgan maxsus unvoni maoshi yigʻindisi miqdoridan kelib chiqib nafaqa hisoblanadi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.11 Nafaqalarni tayinlash, qayta hisoblash va toʻlash. Boshqa masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Nafaqa tayinlashga nisbatan daʼvo muddatining talablari Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Nafaqa tayinlash tartibi
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.02.00 Harbiy harakatlar qatnashchilari, shuningdek halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun imtiyozlar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.07.00 Boquvchisini yoʻqotgan oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xodim xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan holat yuz berganda, bevosita uning rahbari yoki oʻrinbosari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, xolislar ishtirokida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq xodimning olgan tan jarohati boʻyicha darhol dalolatnoma (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma) rasmiylashtiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 30-maddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Dalolatnomani rasmiylashtirishda voqea tafsilotlari aniq va xolisona bayon etilishiga, shuningdek, tan jarohatining xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq holda yuz berganligiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Dalolatnoma tan jarohati olgan xodim, rahbar yoxud rahbarning oʻrinbosari, voqea guvohi boʻlgan xodimlar yoki fuqarolar, voqea sodir boʻlgan hududdagi bojxona organi rahbari tomonidan imzolanadi hamda gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Voqea sodir boʻlgan hududdagi bojxona organi rahbari tomonidan Bojxona qoʻmitasi rahbariyatiga yuz bergan holat yuzasidan zudlik bilan dastlabki axborot beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xodimning halok boʻlishi (vafot etishi) yoxud tan jarohati olishining holati va sabablarini surishtirish uchun tegishli bojxona organi rahbarining yozma koʻrsatmasiga asosan xizmat tekshiruvi tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Xizmat tekshiruvi tegishli bojxona organi mansabdor shaxslari tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladi. Bunda xizmat tekshiruvini oʻtkazayotgan masʼul xodimlar xodimning halok boʻlishi (vafot etishi) yoxud tan jarohat olishi uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliqligiga, xizmat intizomi va qonun talablari buzilmaganligiga alohida eʼtibor qaratishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan yoki halok boʻlgan (vafot etgan) xodimning xatti-harakatlarida huquqbuzarlik, xizmat intizomini buzish holatlari yoki xodimdan olinadigan qon namunasi tarkibida spirtli ichimliklar, giyohvandlik yoki psixotrop moddalar va ularning analoglari mavjudligi aniqlangan taqdirda, nafaqa tayinlashni rad etish masalasi koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Xizmat tekshiruvini oʻtkazayotgan masʼul xodim tomonidan xodimning halok boʻlishi (vafot etishi) sababini, olgan tan jarohatining darajasini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida ekspertiza tayinlash haqida qaror qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.12.00 Sud-tibbiyot ekspertizasi va sud-psixiatriya ekspertizasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertizani tayinlash va oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonun hujjatlariga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir holat boʻyicha sud-tibbiy ekspertiza muassasasining tegishli xulosasi olinadi va barcha hujjatlar umumlashtirilgan holda, xizmat tekshiruvini oʻtkazgan masʼul xodimlar tomonidan xizmat tekshiruvi natijasiga doir xulosa tuziladi. Mazkur xulosa xizmat tekshiruvini tayinlagan tegishli bojxona organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Xizmat tekshiruvi natijasiga doir xulosaga asosan xodimning tan jarohati olishi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq deb topilsa, tegishli bojxona organi rahbari belgilagan masʼul xodim tomonidan sodir etilgan voqea yuzasidan quyidagi hujjatlar toʻplanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodim va uning yaqin qarindoshlari toʻgʻrisida maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimning olgan tan jarohati boʻyicha dalolatnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyasi tomonidan berilgan maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat tekshiruvi natijasiga doir xulosa nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar yuz bergan holat boʻyicha vakolatli organning Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga muvofiq jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori mavjud boʻlsa, masʼul xodim tomonidan ushbu qaror nusxasi ham tegishli hujjatlarga ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xodim xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida yoki Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan (vafot etgan) boʻlsa, tegishli bojxona organi rahbari belgilagan masʼul xodim tomonidan mazkur Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar ham toʻplanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimning oʻlimi haqidagi guvohnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organi rahbarining xodimni shaxsiy tarkib roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi buyrugʻidan koʻchirma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organi boshligʻining Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida xodim yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlganligini (ishtirok etgan davrini koʻrsatgan holda) tasdiqlovchi buyrugʻidan koʻchirma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Hududiy bojxona organlarining xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlganda (vafot etganda) yoki tan jarohati olganda, tegishli sohaviy xizmatlar tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi va barcha hujjatlar xizmat tekshiruvi natijasiga doir xulosaga ilova qilingan holda besh kun muddatda Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlimi yoki shuʼbasiga (keyingi oʻrinlarda — kadrlar xizmati) taqdim etiladi. Ushbu hujjatlar tegishli kadrlar xizmati tomonidan toʻliq oʻrganib chiqilib, oʻn kun muddatda Bojxona qoʻmitasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasiga yuboriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.02.00 Harbiy harakatlar qatnashchilari, shuningdek halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun imtiyozlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Bojxona qoʻmitasining markaziy apparati xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlganda (vafot etganda) yoki tan jarohati olganda, tegishli sohaviy xizmatlar tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi va barcha hujjatlar xizmat tekshiruvi natijasiga doir xulosaga ilova qilingan holda uch kun muddatda Bojxona qoʻmitasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Agar yuz bergan holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlsa, ushbu jinoyat ishi yakuni boʻyicha chiqarilgan hukm, ajrim va qarorlar qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab toʻplangan hujjatlar belgilangan tartibda Bojxona qoʻmitasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasiga yuboriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.11 Nafaqalarni tayinlash, qayta hisoblash va toʻlash. Boshqa masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Nafaqani rasmiylashtirish uchun yuborilgan hujjatlar Bojxona qoʻmitasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi tomonidan oʻn besh kun muddatda oʻrganib chiqiladi va nafaqa miqdorini aniq belgilab berish uchun Bojxona qoʻmitasi raisiga ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda toʻlanadigan nafaqa boʻyicha taqdimnoma (keyingi oʻrinlarda — taqdimnoma) kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Taqdimnomaning asl nusxasi Bojxona qoʻmitasi raisi nafaqa miqdorini aniq belgilangan holda tasdiqlagandan soʻng Bojxona qoʻmitasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi tomonidan ijro uchun xodimning soʻnggi xizmat yoki oʻqish joyiga, taqdimnomaning nusxalari esa maʼlumot va ijro uchun Bojxona qoʻmitasining Moliya-iqtisodiyot boshqarmasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Xodimning halok boʻlishi (vafot etishi) yoxud uning tan jarohati olishi quyidagi hollarda xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq deb hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lavozim majburiyatlarini bajarish vaqtida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jangovar harakatlarda ishtirok etganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatni (jangovar xizmatni) oʻtash vaqtida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat safarida yoki davolanishda boʻlganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kun tartibida belgilangan xizmat vaqti davomida yoki xizmat zarurati tufayli bojxona organlari hududida boʻlganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat, davolanish va xizmat safarini oʻtash joylariga borish yoki ulardan qaytish vaqtida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigʻinlarda (harbiy yigʻinlarda) ishtirok etganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asirga tushgan (oʻz ixtiyori bilan asirga tushish hollari bundan mustasno), garovga olingan yoki ushlab qurolsizlantirilgan hollarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bedarak ketish — xodim qonunda belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilguniga yoki vafot etgan deb eʼlon qilinguniga qadar sodir boʻlganida;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston respublikasi Fuqarolik kodeksining 33, 34-moddalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsning hayoti, sogʻligʻi, shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilishga doir harakatlar vaqtida sodir boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonuniylikni va huquq-tartibotni taʼminlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga yoki boshqa shaxslarga yordam koʻrsatish vaqtida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat vaqtidan tashqari paytda xodimning hayotiga yoki uning sogʻligʻiga suiqasd qilinganda, agar suiqasd sababi uning xizmat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan xodimning harakati shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan harakat deb topilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar xodim xizmat majburiyatini bajarayotgan deb eʼtirof etilmagan vaziyatda tan jarohati olgan yoki halok boʻlgan (vafot etgan) boʻlsa, xodimga yoki uning oila aʼzolariga nafaqa toʻlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Nafaqa toʻlash tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.07.00 Boquvchisini yoʻqotgan oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Nafaqa xodimning soʻnggi xizmat (oʻqish) joyidagi moliya-iqtisodiyot xizmati tomonidan tan jarohati olgan xodimga yoki halok boʻlgan (vafot etgan) xodimning oila aʼzolariga (qonuniy vakiliga) toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar merosxoʻr voyaga yetmagan boʻlsa, nafaqa uning vasiylari yoki qonuniy vakiliga toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida xodim ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir tan jarohati olganligi tufayli xizmatdan boʻshatilgandan soʻng olgan tan jarohati tufayli bir yil ichida vafot etgan boʻlsa, uning oila aʼzolariga Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan belgilangan miqdorda avvalgi toʻlangan nafaqa bilan xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlganda (vafot etganda) beriladigan nafaqa miqdori orasidagi farq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday holat yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilib, qoʻshimcha ravishda ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan hujjatlar umumlashtiriladi hamda mazkur Nizomning 20 va 21-bandlarida belgilangan tartibda Bojxona qoʻmitasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Nafaqani rasmiylashtirish uchun toʻplangan barcha hujjatlar tegishli hududiy bojxona organlarining kadrlar xizmatlari tomonidan xodimning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildida umumlashtiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ushbu Nizomga muvofiq xodimlarga nafaqa toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari (joriy moliya yili uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi boʻyicha iqtisod qilingan yoki buyurtma asosida davlat budjetidan qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlar) hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan xodimlariga, shuningdek, halok boʻlgan (vafot etgan) xodimlari oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan xodimlariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasi) markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” IBK, Bojxona instituti va Milliy kinologiya markazi
Bojxona organlari xodimlari va Bojxona institutida taʼlim olayotgan kursant va tinglovchilar tan jarohati olganda ushbu holatning xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq yoki bogʻliq emasligini aniqlash va ularga bir martalik nafaqa tayinlash boʻyicha toʻplangan hujjatlar va xizmat tekshiruvi xulosasini Bojxona qoʻmitasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasiga yuboradi.
Oʻn besh kun muddatda
2-bosqich
Bojxona qoʻmitasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi
Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan xodimlarga bir martalik nafaqa tayinlash boʻyicha yuborilgan barcha hujjatlarni oʻrganib chiqadi va nafaqa miqdorini aniq belgilab berish uchun Bojxona qoʻmitasi raisiga taqdimnoma kiritadi.
Oʻn besh kun muddatda
3-bosqich
Bojxona qoʻmitasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi
Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan xodimga bir martalik nafaqa miqdori tasdiqlangandan soʻng taqdimnomaning asl nusxasini ijro uchun xodimning xizmat yoki oʻqish joyiga yuboradi.
Uch kun muddatda
4-bosqich
Bojxona qoʻmitasining markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” IBK, Bojxona instituti va Milliy kinologiya markazi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari (joriy moliya yili uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi boʻyicha iqtisod qilingan yoki buyurtma asosida davlat budjetidan qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlar) hisobidan nafaqa miqdoridagi toʻlovni amalga oshiradi.
Nafaqa xodimning xizmat yoki oʻqish joyidagi moliya xizmatlari tomonidan toʻlanadi.
Oʻn besh kun muddatda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan xodimlariga, shuningdek, halok boʻlgan (vafot etgan) xodimlari oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan (vafot etgan) xodimlarining oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasi) markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” IBK, Bojxona instituti va Milliy kinologiya markazi
Bojxona organlari xodimlari va Bojxona institutida taʼlim olayotgan kursant va tinglovchilar halok boʻlganda ushbu holatning xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻlik yoki bogʻliq emasligini aniqlash va ularning oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash boʻyicha toʻplangan hujjatlar va xizmat tekshiruvi xulosasini Bojxona qoʻmitasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasiga yuboradi.
Fuqarolik kodeksining 1146-moddasi va holat yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi yakuni boʻyicha chiqarilgan hukm, ajrim va qarorlar qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab uch kun muddatda
2-bosqich
Bojxona qoʻmitasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi
Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan (vafot etgan) xodimlarning oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash boʻyicha yuborilgan barcha hujjatlarni oʻrganib chiqadi va nafaqa miqdorini aniq belgilab berish uchun Bojxona qoʻmitasi raisiga taqdimnoma kiritadi.
Oʻn besh kun muddatda
3-bosqich
Bojxona qoʻmitasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi
Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolariga bir martalik nafaqa miqdori tasdiqlangandan soʻng taqdimnomaning asl nusxasini ijro uchun xodimning soʻnggi xizmat yoki oʻqish joyiga yuboradi.
Uch kun muddatda
4-bosqich
Bojxona qoʻmitasining markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” IBK, Bojxona instituti va Milliy kinologiya markazi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari (joriy moliya yili uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi boʻyicha iqtisod qilingan yoki buyurtma asosida davlat budjetidan qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlar) hisobidan nafaqa miqdoridagi toʻlovni amalga oshiradi.
Nafaqa xodimning xizmat yoki oʻqish joyidagi moliya xizmatlari tomonidan toʻlanadi.
Oʻn besh kun muddatda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan xodimlariga, shuningdek, halok boʻlgan (vafot etgan) xodimlari oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TASDIQLAYMAN” ____________________________
(bojxona organi boshligʻi)
____________________________
(lavozimi, unvoni, F.I.O.)
____________________________
(imzo gerbli muhr bilan tasdiqlanadi)
Xodimning olgan tan jarohati boʻyicha ______-son DALOLATNOMA
2. Tan jarohati olingan joy: ________________________________________________ ________________________________________________________________________
4. Voqea tafsilotlari: ______________________________________________________ ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
5. Tan jarohati olishining sabablari:_________________________________________ ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
6. Tan jarohati olishining sabablari va holatlari boʻyicha xulosa: ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan xodimlariga, shuningdek, halok boʻlgan (vafot etgan) xodimlari oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir martalik toʻlanadigan nafaqa boʻyicha TAQDIMNOMA
(Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan xodim yoki uning merosxoʻriga toʻlanishi koʻrsatilgan nafaqa miqdori)
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisi (maxsus unvoni)
imzo
________________________
(F.I.O.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 700-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organi xodimi yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.06.00.00 Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi / 05.06.02.00 Xodimga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi / 05.06.02.05 Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zararni toʻlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organi xodimi (keyingi oʻrinlarda — xodim) yoki uning yaqin qarindoshlarining (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, er-xotinlar, farzandlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari va opa-singillari) mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibini belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.06.00.00 Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi / 05.06.02.00 Xodimga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi / 05.06.02.05 Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zararni toʻlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xodim yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni xodimning oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida yetkazilgan taqdirdagina qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom davlat bojxona xizmati organlaridan pensiyaga chiqarilgan shaxslarga, agar zarar ularning yoki yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga davlat bojxona xizmati organlaridagi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq holda yetkazilgan boʻlsa, tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Zararni qoplash masalasini koʻrib chiqish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizomni amalga oshirish maqsadida xodim yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash masalasini oʻrganish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi markaziy apparatida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha bojxona boshqarmalarida, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Bojxona instituti va Milliy kinologiya markazida (keyingi oʻrinlarda — bojxona organlari) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiyalar tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Komissiya tarkibi bojxona organining tegishli xizmatlari xodimlaridan tashkil topadi va bojxona organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Zarar oʻrnini qoplash boʻyicha tegishli hujjatlarni toʻplash va rasmiylashtirish bojxona organlarining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi hamda joylardagi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlim va shuʼbalari (keyingi oʻrinlarda — kadrlar xizmatlari) tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.06.00.00 Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi / 05.06.02.00 Xodimga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi / 05.06.02.05 Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zararni toʻlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻz mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash maqsadida xodim yoki uning yaqin qarindoshlari bojxona organi rahbariga bildirgi (ariza) bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bildirgi (ariza) tushgan kunning oʻzida bojxona organi rahbari tomonidan kadrlar xizmatiga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mol-mulkka yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi bildirgi (ariza) tushgan kundan boshlab uch kun muddatda bojxona organining kadrlar xizmati tomonidan tegishli komissiyaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkka yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqida xodimning bildirgisi yoki uning yaqin qarindoshlarining arizasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkiga zarar yetkazilgan holatlar boʻyicha tekshiruv xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiya tomonidan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab oʻn besh kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha mol-mulkka yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash yoki qoplashni rad etish toʻgʻrisida komissiya qarori qabul qilinadi va bojxona organi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan bayon bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiya qarori uch kun muddatda manfaatdor shaxslarga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Komissiya raisi va aʼzolari zararning oʻrnini qoplash yoki qoplashni rad etish toʻgʻrisida komissiya qarorining qonuniyligi va toʻgʻri qabul qilinganligiga masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Zararning oʻrnini qoplash tartibi
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.06.00.00 Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi / 05.06.02.00 Xodimga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi / 05.06.02.05 Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zararni toʻlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yetkazilgan zararning haqiqiy summasi komissiya tomonidan baholash tashkilotini jalb qilgan holda, mol-mulkiga zarar yetkazilgan shaxsning ishtirokida aniqlanadi. Yetkazilgan zarar summasi zararni qoplash vaqtida amal qilayotgan bozor narxlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda baholash tashkilotini jalb etish bilan bogʻliq xarajatlar bojxona organlari tomonidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Hisob-kitoblar naqd pulda yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Zarar natura shaklida, teng qiymatdagi mulkni berish, uni taʼmirlash yoki boshqa shakllarda ham qoplanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizomda nazarda tutilgan toʻlovlar bojxona organlarining moliya-iqtisodiyot xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mol-mulkka yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha tegishli qaror qabul qilinganidan soʻng ushbu zararning oʻrni bojxona organlari tomonidan oʻn kun muddatda manfaatdor shaxslarga qoplab berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mol-mulkka yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari (buyurtma asosida davlat budjetidan qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlar) hisobidan amalga oshiriladi va keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun mablagʻlar Davlat budjetidan ajratilgunga qadar, istisno tariqasida, Bojxona qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan toʻlanishi mumkin. Keyinchalik Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar Bojxona qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Zararni aybdor shaxslardan undirish tartibi
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.06.00.00 Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi / 05.06.03.00 Ish beruvchiga yetkazilgan zarar uchun xodimning moddiy javobgarligi / 05.06.03.08 Zararni qoplash tartibi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xodim yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplagan bojxona organi ushbu holat bilan bogʻliq xarajatlarni yetkazilgan zarar uchun aybdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslardan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undirish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda aybdor shaxslarni topish maqsadida vakolatli organlarga tegishli soʻrovnomalar yuborilishi va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa zarur tadbirlar amalga oshirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Bojxona organlarining moliya-iqtisodiyot xizmatlari tomonidan zararning oʻrni qoplangan kundan boshlab ikki kun muddatda zararning oʻrni qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlar (toʻlov topshiriqnomasi, chiqim kassa orderlari, toʻlov qaydnomalari, hisob-faktura va boshqalar) nusxalari tegishli bojxona organining yuridik xizmatiga aybdor shaxslardan zarar summasini undirish choralarini koʻrish uchun taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Bojxona organlarining yuridik xizmatlari zararning oʻrni qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab oʻn kun muddatda aybdor shaxslarga nisbatan daʼvo (qarshi daʼvo) kiritish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi va ularga nisbatan daʼvo (qarshi daʼvo) kiritish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlarda tegishli bojxona organi vakili sifatida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
undirishga qaratilgan, lekin undirilmay qolgan (aybdor jismoniy shaxs vafot etgan, I guruh nogironlik roʻyxatiga kiritilgan hollarda) mablagʻlarni hisobdan chiqarish uchun sud qarorlari yoki boshqa hujjatlarni tegishli bojxona organining moliya-iqtisodiyot xizmatiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida zararning oʻrnini qoplash xarajatlarini undirish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston respublikasi Fuqarolik kodeksining 12-bobi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xodim yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrni mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Xodim yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha nizo va kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organi xodimi yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organi xodimi yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Bojxona organi xodimi, uning yaqin qarindoshlari, aybdor shaxs
Bojxona organi xodimining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq holda yetkazilgan zarar holatini aniqlaydi.
Zarar yetkazilgan vaqtda
2-bosqich
Bojxona qoʻmitasining markaziy apparati, hududiy tuzilmalari, Bojxona instituti va Milliy kinologiya markazi
Mol-mulkka xodimning xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq holda yetkazilgan zarar holatini oʻrganish uchun zarur hujjatlarni komissiyaga kiritadi.
Uch kun muddatda
3-bosqich
Bojxona qoʻmitasining markaziy apparati, hududiy tuzilmalari, Bojxona instituti va Milliy kinologiya markazidagi komissiyalar
Taqdim etilgan hujjatlar komissiyada koʻrib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.
Oʻn besh kun muddatda
4-bosqich
Bojxona qoʻmitasining markaziy apparati, hududiy tuzilmalari, Bojxona instituti va Milliy kinologiya markazidagi komissiyalar
Komissiya qarorini manfaatdor shaxsga yetkazadi.
Uch kun muddatda
5-bosqich
Bojxona qoʻmitasining markaziy apparati, hududiy tuzilmalari, Bojxona instituti va Milliy kinologiya markazi
Yetkazilgan zararni manfaatdor shaxslarga qoplab beradi.
Komissiya qarori qabul qilinganidan soʻng bir oy muddatda
6-bosqich
Bojxona qoʻmitasining markaziy apparati, hududiy tuzilmalari, Bojxona instituti va Milliy kinologiya markazi
Yetkazilgan zarar qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish va xarajatlarni aybdor shaxslardan undirish boʻyicha sud organlariga daʼvo (qarshi daʼvo) kiritadi.
Tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganidan soʻng oʻn kun muddatda
7-bosqich
Bojxona qoʻmitasining markaziy apparati, hududiy tuzilmalari, Bojxona instituti va Milliy kinologiya markazi, davlat ijrochilari
Yetkazilgan zararni aybdor shaxslardan undiradi.
Sud qarorida belgilangan muddatda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 700-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.02.00 Harbiy harakatlar qatnashchilari, shuningdek halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun imtiyozlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.07.00 Boquvchisini yoʻqotgan oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari (keyingi oʻrinlarda — bojxona organlari) xodimlarining farzandlariga Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — davlat oliy taʼlim muassasalari) bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining kunduzgi taʼlim shakliga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasi) tizimidagi oliy (magistratura, ikkinchi oliy taʼlimdan tashqari) taʼlim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda — oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari) oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.02.00 Harbiy harakatlar qatnashchilari, shuningdek halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun imtiyozlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizom qoidalari xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojxona organlari xodimlarining, shuningdek, bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlarining farzandlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bojxona organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha bir davlat oliy taʼlim muassasasi hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasasiga bir marta kirish uchun uch yildan oshmaydigan muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bojxona organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining kunduzgi taʼlim shakliga oʻqishga kirish uchun tavsiyanoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda Bojxona qoʻmitasi raisi (keyingi oʻrinlarda — Rais) tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona xizmatiga salmoqli hissa qoʻshgan, xizmat jarayonida maʼlum bir natijalarga erishgan bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlarining farzandlari uchun ajratiladigan alohida ikki foizli davlat granti asosidagi kvota boʻyicha mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojxona organlari xodimlarining farzandlariga belgilangan qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bojxona organlari xodimlarining farzandlariga oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanoma Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda Rais tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona xizmatiga salmoqli hissa qoʻshgan, xizmat jarayonida maʼlum bir natijalarga erishgan bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlarining farzandlari uchun ajratiladigan umumiy qabul parametrlari doirasida ikki foizli davlat granti asosidagi kvota boʻyicha mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojxona organlari xodimlarining farzandlariga belgilangan qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda beriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.17.00 Nogironlikni belgilash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bojxona organlari xodimlarini xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan deb topishning tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bojxona organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanoma (keyingi oʻrinlarda — tavsiyanoma) blankalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida har yili Bojxona qoʻmitasi uchun nazarda tutiladigan mablagʻlar hisobidan Qoʻmita buyurtmanomasi asosida “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi tomonidan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tavsiyanomani berish tartibi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bojxona qoʻmitasi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Markaziy bojxona laboratoriyasi, Bojxona instituti hamda Milliy kinologiya markazi (keyingi oʻrinlarda — tarkibiy tuzilmalar va tizim tashkilotlari) boshliqlari (direktori) Bojxona qoʻmitasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasiga har yili 10-martga qadar quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda, tavsiyanoma berish toʻgʻrisidagi taqdimnomani kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlari farzandlari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
anketa-maʼlumotnoma va avtobiografik maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat faoliyati natijalari boʻyicha batafsil hisobot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodim farzandining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi, biometrik pasporti (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) va maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarning farzandlari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
anketa-maʼlumotnoma va avtobiografik maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodim farzandining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi, biometrik pasporti (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) va maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan berilgan xodimning nogironligi haqidagi maʼlumotnoma (xizmat majburiyatini bajarish chogʻida olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlar uchun).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tavsiyanoma berish masalasi Rais oʻrinbosari rahbarligida tuziladigan, kamida besh nafar rahbar xodim va mutaxassislardan iborat tarkibdagi komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning tarkibi Rais tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiya Bojxona qoʻmitasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi tomonidan kiritilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy tuzilmalar va tizim tashkilotlari boshliqlarining tavsiyanoma berish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarning farzandlari roʻyxatlarini koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Komissiya tarkibiy tuzilmalar va tizim tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni har yili 1-aprelga qadar Komissiya yigʻilishida koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yigʻilishi yakunlari boʻyicha tavsiyanoma berish yoki bermaslik haqida qaror qabul qilinib, bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi va Komissiya raisining imzosi hamda Bojxona qoʻmitasining gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Komissiya yigʻilishining bayonnomasi asosida tavsiyanoma berish toʻgʻrisida buyruq qabul qilish boʻyicha Raisga taklif kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raisning tavsiyanoma berish toʻgʻrisidagi buyrugʻi har yili 1-mayga qadar qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan buyruq qabul qilingandan soʻng bojxona organlari xodimlari xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan taqdirda, ularning farzandlariga joriy qabul yilining 1-iyuliga qadar tavsiyanoma berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun berilgan tavsiyanomalarning yagona hisobi Bojxona qoʻmitasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Davlat komissiyasi) ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berilgan xodimlarning farzandlari roʻyxatini har yili 1-mayga qadar yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Komissiya xodimning bojxona xizmatiga salmoqli hissa qoʻshgani va xizmat jarayonida maʼlum bir natijalarga erishganligini tarkibiy tuzilmalar tomonidan taqdim etilgan taqdimnoma asosida uning mamlakat iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash, bojxona maʼmurchiligini takomillashtirish, tartib-taomillarni soddalashtirish, amaliyotga ilgʻor axborot texnologiyalarini joriy etish, kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashishda hamda bojxona organlari faoliyatining samaradorligini oshirishga qoʻshgan hissasi, xizmat, ilmiy yoki pedagogik faoliyatda erishgan natijalaridan kelib chiqib baholaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tavsiyanoma asosida oliy taʼlim muassasasiga talabalikka qabul qilinganlik toʻgʻrisida rasmiy buyruq chiqarilgandan soʻng imtiyozdan takroran foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Komissiya hujjatlarni oʻrganish mobaynida xodimning halok boʻlganligi yoki olgan tan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolganligi xizmat majburiyatini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan deb topilgan hamda bojxona xizmatiga salmoqli hissa qoʻshgan, xizmat jarayonida maʼlum bir natijalarga erishgan deb topilmagan taqdirda, tavsiyanoma berishni rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tavsiyanomaga asosan oʻqishga qabul qilingan talabalar (kursantlar) oʻqishdan chetlashtirilgan taqdirda (shu jumladan, oʻz xohishiga koʻra), ularga tavsiyanoma qayta berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Komissiyaning harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Ishtirokchilar
Chora-tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Tarkibiy tuzilmalar rahbari
Bojxona qoʻmitasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasiga:
a) xizmatdagi ofitserlar va serjantlar tarkibi xodimlari farzandlarining taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma berish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni Nizomda belgilangan hujjatlarni ilova qilgan holda;
b) xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarning farzandlari roʻyxatlarini Nizomda belgilangan hujjatlarni ilova qilgan holda koʻrib chiqish uchun yuboradi.
Har yili 10-martga qadar
2-bosqich
Bojxona qoʻmitasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi
Taqdim etilgan taqdimnomalar hamda xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarning farzandlari roʻyxatlarini koʻrib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi.
Har yili 15-martga qadar
3-bosqich
Komissiya
1. Quyidagi hujjatlarni:
a) tavsiyanoma berish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni;
b) xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarning farzandlari roʻyxatlarini koʻrib chiqadi.
2. Hujjatlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha bayonnoma tuzib, imzolaydi va qoʻmitaning gerbli muhri bilan tasdiqlaydi.
Har yili 1-aprelga qadar
4-bosqich
Bojxona qoʻmitasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi
1. Komissiya yigʻilishi bayonnomasi asosida tavsiyanoma berish toʻgʻrisida Rais buyrugʻini chiqaradi.
2. Xodimlarga farzandlarining taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma beradi.
3. Tavsiyanoma berilgan xodimlarning farzandlari roʻyxatini Davlat komissiyasiga yuboradi.
Har yili 1-mayga qadar
5-bosqich
Davlat komissiyasi (taʼlim muassasalari boʻyicha kotibiyat) ishchi organi
Tavsiyanoma berilgan xodimlarning farzandlari roʻyxatini koʻrib chiqadi.
Har yili 15-iyunga qadar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 700-son qaroriga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarini xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan (vafot etgan) yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.17.00 Nogironlikni belgilash;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.02.00 Harbiy harakatlar qatnashchilari, shuningdek halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun imtiyozlar;
4.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida (Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasi), Bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Bojxona instituti, Markaziy bojxona laboratoriyasi, Milliy kinologiya markazi) (keyingi oʻrinlarda — bojxona organlari) xizmat qilayotgan, maxsus unvon berilgan bojxona organlari xodimlari va Bojxona qoʻmitasining Bojxona institutida tahsil olayotgan kursant va tinglovchilarni (keyingi oʻrinlarda — xodim) xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan (vafot etgan) yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topish tartibini belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PQ-122-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona organlarining Intizom nizomi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xodimni xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan (vafot etgan) yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topish xodim yoxud uning oila aʼzolariga bir martalik nafaqalar tayinlash va qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlarni taqdim etish maqsadida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.04.00 Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xodim xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan (vafot etgan) yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda, xodimga yoki uning oila aʼzolariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bir martalik nafaqalar va boshqa imtiyozlar taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xodimning halok boʻlishi (vafot etishi) yoki tan jarohati olishining har bir holati boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xodimni xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan (vafot etgan) yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topish xizmat tekshiruvi xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan (vafot etgan) yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xodim xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olganda bevosita uning rahbari yoki rahbar oʻrinbosari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, xolislar ishtirokida xodimning olgan tan jarohati boʻyicha dalolatnoma (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma) rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Dalolatnomani rasmiylashtirishda voqea tafsilotlari aniq va xolisona bayon etilishiga, shuningdek, tan jarohatining xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq holda yuz berganligiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Dalolatnoma tan jarohati olgan xodim, uning rahbari yoxud rahbar oʻrinbosari, voqea guvohi boʻlgan xodimlar yoki fuqarolar, voqea sodir boʻlgan hududdagi bojxona organi rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi tomonidan imzolanadi hamda gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Voqea sodir boʻlgan hududdagi bojxona organi rahbari tomonidan Bojxona qoʻmitasi rahbariyatiga xodimning halok boʻlishi (vafot etishi) yoxud tan jarohati olishi holati yuzasidan zudlik bilan dastlabki axborot beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xodimning halok boʻlishi (vafot etishi) yoxud tan jarohati olishining holati va sabablarini surishtirish uchun xodim xizmat qilayotgan hududdagi bojxona organi rahbarining yozma koʻrsatmasiga asosan xizmat tekshiruvi tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xizmat tekshiruvi bojxona organlarining shaxsiy xavfsizlik, inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish (keyingi oʻrinlarda — kadrlar xizmatlari) hamda boshqa boshqarmalarining (boʻlim, shuʼbalarining) masʼul xodimlari tomonidan 30 kun ichida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xizmat tekshiruvini oʻtkazayotgan masʼul xodimlar xodimning halok boʻlishi (vafot etishi) yoxud tan jarohati olishi mazkur Nizomning 15-bandi asosida uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliqligiga, xodim tomonidan xizmat intizomi va qonunchilik hujjatlarining talablari buzilmaganligiga alohida eʼtibor qaratishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xizmat tekshiruvini oʻtkazish muddati qoʻshimcha oʻrganishlar talab etilgan taqdirda, xizmat tekshiruvini tayinlagan bojxona organi rahbari tomonidan bir oy muddatgacha uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Har bir holat boʻyicha sud-tibbiy ekspertiza muassasasining tegishli xulosasi olinadi va barcha hujjatlar umumlashtirilgan holda, xizmat tekshiruvini oʻtkazgan masʼul xodimlar tomonidan xizmat tekshiruvi natijasiga doir xulosa tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur xulosa xizmat tekshiruvini tayinlagan bojxona organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xizmat tekshiruvi xulosasida xodimning halok boʻlishi (vafot etishi) yoki uning tan jarohati olishi xizmat majburiyatini bajarish bilan bogʻliq yoxud xizmat majburiyatini bajarish bilan bogʻliq emas deb topilganligi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Xodimning halok boʻlishi (vafot etishi) yoxud uning tan jarohati olishi quyidagi hollarda xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq deb hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lavozim majburiyatlarini bajarish vaqtida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jangovar harakatlarda ishtirok etganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatni (jangovar xizmatni) oʻtash vaqtida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat safarida yoki davolanishda boʻlganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kun tartibida belgilangan xizmat vaqti davomida yoki xizmat zarurati tufayli bojxona organlari hududida boʻlganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat, davolanish va xizmat safarini oʻtash joylariga borish yoki ulardan qaytish vaqtida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigʻinlarda (harbiy yigʻinlarda) ishtirok etganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asirga tushgan (oʻz ixtiyori bilan asirga tushish hollari bundan mustasno), garovga olingan yoki ushlab qurolsizlantirilgan hollarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bedarak ketish — xodim qonunda belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilguniga yoki vafot etgan deb eʼlon qilinguniga qadar sodir boʻlganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsning hayoti, sogʻligʻi, shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilishga doir harakatlar vaqtida sodir boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonuniylikni va huquq-tartibotni taʼminlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga yoki boshqa shaxslarga yordam koʻrsatish vaqtida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat vaqtidan tashqari paytda xodimning hayotiga yoki uning sogʻligʻiga suiqasd qilinganda, agar suiqasd sababi uning xizmat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan xodimning harakati shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan harakat deb topilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xodimning halok boʻlishi (vafot etishi) yoki uning tan jarohati olishi xizmat majburiyatini bajarish bilan bogʻliq emas deb topilgan taqdirda, xizmat tekshiruvi xulosasida buning asoslangan sabablari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Bojxona organlari kadrlar xizmatlarining masʼul xodimlari xizmat tekshiruvi xulosasi tasdiqlangan kundan boshlab uch ish kuni ichida xodim va (yoki) uning oila aʼzolarini xizmat tekshiruvi natijalari toʻgʻrisida, shuningdek, xodim xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan (vafot etgan) yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan taqdirda, xodim yoki uning oila aʼzolarini qonunchilik hujjatlarida taqdim etilishi belgilangan nafaqalar va imtiyozlar haqida yozma ravishda tanishtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan (vafot etgan) yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan xodimlarning hujjatlar yigʻmajildlarini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Bojxona organlarining kadrlar xizmatlari xizmat tekshiruvi xulosasi asosida xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan (vafot etgan) yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan har bir xodim va uning oila aʼzolari haqidagi maʼlumotlarni hamda ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning alohida yigʻmajildini shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Yigʻmajildga quyidagi hujjatlar yoki ularning nusxalari tikiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat tekshiruvi xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dalolatnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voqea oqibatida jarohat olgan xodimning sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud-tibbiy ekspertiza xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voqea yuz bergan vaqtda xodimning xizmat vazifasi yoki majburiyatini bajarishi bilan bogʻliqligini tasdiqlovchi hujjat (agar mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voqea yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror yoki sudning hukmi (agar mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining xulosasi va nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodim bojxona organlaridan xizmatdan boʻshatilgan taqdirda, uning xizmatdan boʻshatilganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan (vafot etgan) yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan xodimlarning hujjatlari yigʻmajildlari tegishli bojxona organlari kadrlar xizmatlarida doimiy saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Bojxona organlari kadrlar xizmatlari har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning uchinchi kunidan kechiktirmay halok boʻlgan (vafot etgan) yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan xodimlar va ularning oila aʼzolari haqidagi maʼlumotlarni xatlovdan oʻtkazadi hamda xatlov natijasida aniqlangan maʼlumotlarni yangilab boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan (vafot etgan) yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topish boʻyicha bojxona organlarining xatti-harakatlari va qarorlaridan norozi boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi bojxona organlariga yoki sudga shikoyat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 700-son qaroriga 5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasi) markaziy apparati, Bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Markaziy bojxona laboratoriyasi, Bojxona instituti, Milliy kinologiya markazida (keyingi oʻrinlarda — bojxona organlari) xizmat qilayotgan va turar joy bilan taʼminlanmagan serjant va ofitserlar tarkibiga kiruvchi xodimlarga (keyingi oʻrinlarda — xodimlar) uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.03.00 Uy-joy binosini ijaraga olish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — pul kompensatsiyasi) xizmatni oʻtash joyi boʻyicha uy-joylar bilan taʼminlanmagan xodimlarga amaldagi sarf-xarajatlar doirasida (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining 4,8 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — bazaviy hisoblash miqdorining 3,6 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa shaharlari va tumanlari markazlarida — bazaviy hisoblash miqdorining 2,4 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oila aʼzolari uch kishi va undan ortiq boʻlgan taqdirda (xodimlarning oʻzini hisoblamagan holda), ushbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi. Bunda xodimlarning tayinlash joyiga kelgan oila aʼzolari: xotini (eri), ularning bolalari va ota-onalari, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijaraga oluvchining oila aʼzolari deb eʼtirof etilgan boshqa shaxslar hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xodimlarga pul kompensatsiyasini toʻlash holatlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.12.00 Ayrim toifadagi xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Pul kompensatsiyasi xodimlarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlariga xizmatga qabul qilinib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri yoxud boshqa viloyatlarga (keyingi oʻrinlarda — hudud) lavozimga tayinlanganda yoki xizmatni oʻtash uchun yuborilganda (xodim doimiy yashash joyidagi hududga lavozimga tayinlangan yoki xizmatni oʻtash uchun yuborilgan hollar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni muhofaza qiluvchi yoki maxsus unvon va martaba darajasi boʻlishi nazarda tutilgan boshqa organlardan bojxona organlariga qabul qilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona institutining magistratura yoki doktoranturasiga oʻqishga kirganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatni davom ettirish uchun boshqa hududga yuborilganda pul kompensatsiyasi ushbu Nizomning 2-bandida belgilangan miqdorlarda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bojxona qoʻmitasining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlariga Toshkent shahrida uy-joyni ijaraga olganda, kompensatsiya miqdori Toshkent shahri boʻyicha belgilangan meʼyorlarda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Pul kompensatsiyasi yuborilgan joyga kelgandan keyin uy-joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasi asosida toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Xodimlarga pul kompensatsiyasini toʻlash tartibi
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.07.00 Xizmat safari vaqtida kafolatlar va kompensatsiyalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.10.00 Boshqa ishga oʻtkazilganda, ishdan boʻshatilganda kafolatlar va kompensatsiyalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Pul kompensatsiyasini toʻlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) uzoq muddatli ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal uchun subsidiya ajratilgan xodimlarga quruvchi tomonidan qabul qilish va topshirish dalolatnomalari asosida sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy yashashga tayyor holda foydalanishga topshirilgan kundan kechiktirmay;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xizmatni davom ettirish uchun boshqa hududga yuborilgan yoki bojxona organlari xizmatidan boʻshatilgan kundan boshlab;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) bojxona xizmati organlari xodimi tomonidan yakka tartibda turar joy qurish uchun elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasi olingan kundan boshlab toʻliq 24 oy oʻtgandan keyin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) lavozimidan ozod etilib, bojxona organlari ixtiyoriga olinganda (tashkiliy-shtat tadbirlari oʻtkazilishi davrida pul taʼminotini toʻliq saqlash vaqti, bolani parvarish qilish uchun berilgan taʼtil davri, Bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan Bojxona institutiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga va tashkilotlariga magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻqishga yuborilgan davri, sud ajrimiga asosan egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan davri bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) xodimga (yoki uning turmush oʻrtogʻiga) tayinlangan joyida xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki u (uning turmush oʻrtogʻi tomonidan) uy-joy sotib olganda, uy-joy maydonining qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (oldi-sotdi shartnomalari) imzolangan kundan boshlab toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xizmatni davom ettirish uchun yuborilgan joyida ota-onalari yoki eri (xotini)ning ota-onalari uy-joylarida birga yashayotgan bojxona xizmati organlari xodimlariga pul kompensatsiyasi toʻlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xodimlar pul kompensatsiyasini olish uchun vaqtincha yashash joyini va uy-joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun kommunal xizmatlar qiymatisiz amaldagi xarajatlar summasini koʻrsatgan holda tarkibiy tuzilma rahbariga bildirgi beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bildirgiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nikoh toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq oila aʼzolari deb eʼtirof etilgan boshqa shaxslar hujjatlarining nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodim va uning turmush oʻrtogʻi (eri, xotini) nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq idoralarida roʻyxatga olingan uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasining nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tegishli bojxona organi taqdim etilgan hujjatlar asosida uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) uchun kompensatsiya miqdorini koʻrsatgan holda, pul kompensatsiyasi tayinlash toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli bojxona organi xodimlar ijaraga olingan uy-joyda yashashlarini va ularning yashash joylari oʻzgarishini doimiy nazorat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Pul kompensatsiyasi miqdorini aniqlashda hisobga olinadigan oila tarkibi oʻzgargan taqdirda, xodimning oila tarkibi oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari ilova qilingan pul kompensatsiyasi miqdorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi bildirgisi asosida yangi miqdorlardagi pul kompensatsiyasi belgilangan tartibda murojaat etgan kundan boshlab, tegishli buyruq imzolangandan soʻng toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Birgalikda nikohda boʻlgan bojxona organlari xodimlariga (xotiniga, eriga) pul kompensatsiyasi xizmatni oʻtash joyidan eri (xotini) turar joy maydoni bilan taʼminlanmaganligi va pul kompensatsiyasi olmasligi haqidagi maʼlumotnoma boʻlgan taqdirda, xizmatni oʻtash joyi boʻyicha ulardan biriga toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona organlarida ayol xodimlarga bola ikki yoshga toʻlgungacha uni parvarish qilish uchun taʼtil berilgan taqdirda, pul kompensatsiyasi taʼtilning butun davriga, biroq bojxona organlari xodimi ushbu uy-joyda yashashi sharti bilan beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PQ-122-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomning 9-bobi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Pul kompensatsiyasi bojxona organlari xodimining xizmatni oʻtash joyi boʻyicha moliya tuzilmasi tomonidan oʻtgan oy uchun keyingi oyning 5 kunigacha, dekabr oyi uchun ushbu oyning yakuniga qadar tarqatish qaydnomasi boʻyicha toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Pul kompensatsiyasini olish uchun hujjatlar bojxona organlarida qonunchilikda belgilangan muddat tamom boʻlguncha saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xodimga (yoki uning turmush oʻrtogʻiga) xizmat uy-joyi berilganda yoki u (uning turmush oʻrtogʻi tomonidan) xizmat qilayotgan joyda uy-joy sotib olganda, u bir hafta muddatda tegishli ravishda Bojxona qoʻmitasining Moliya-iqtisodiyot tuzilmasiga pul kompensatsiyasi toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida yozma ravishda xabar berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Xodimlar tomonidan ortiqcha olingan pul kompensatsiyasi summasi ish haqidan ushlab qolish yoʻli bilan yoki qonunchilikda belgilangan tartibda toʻliq miqdorda undirib olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 269-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ushbu Nizomga muvofiq xodimlarga pul kompensatsiyasi toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Pul kompensatsiyasini toʻlashning toʻgʻriligini nazorat qilish tegishli bojxona organlari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 700-son qaroriga 6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Sudyalarga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda sudyalarga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qaror nomidagi “departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik” soʻzlari “departamenti va davlat soliq xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati” soʻzlari “departamenti va davlat soliq xizmati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining oila aʼzolaridan biri (yangi nikohga kirmagan turmush oʻrtogʻi yoki qaramogʻida boʻlgan ota-onasi) belgilangan tartibda turar joyga muhtoj deb tan olinganda, ular mazkur Nizom talablariga muvofiq uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda turar joy bilan birinchi navbatda taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu kafolat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 13-martdagi PF-34-son Farmoniga muvofiq 1991-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-maygacha davlat bojxona xizmati organlarining jangovar (harbiy) harakatlarda, noqonuniy qurolli tuzilmalarni aniqlash va yoʻq qilishda, favqulodda holat (vaziyat) oqibatlarini bartaraf etishda, davlat chegaralarini himoya qilishda, terrorchilikka qarshi operatsiyalarda, jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan xodimlarining oila aʼzolariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlganligi holati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 71-bandidagi “prokuratura” soʻzidan keyin “va davlat bojxona xizmati” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ilovaning nomidagi “departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati” soʻzlari “departamenti va davlat soliq xizmati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son, “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son, “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-son farmonlariga, shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 13-noyabrdagi PQ-2065-son, “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-son qarorlariga muvofiq sudyalarga, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, quyi sudlar apparatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — sud organlari) xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda — prokuratura organlari xodimlari) va davlat soliq xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomning amal qilishi sudyalarga, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalariga (keyingi oʻrinlarda — sudyalar), sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura va davlat soliq xizmati organlari xodimlariga nisbatan tatbiq etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “xodimlariga, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati” soʻzlari “xodimlariga va davlat soliq xizmati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oila aʼzolari uch kishi va undan ortiq boʻlgan taqdirda (sudyaning, sud organlari xodimining, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlarining va davlat soliq xizmati organlari xodimlarining oʻzini hisoblamagan holda) ushbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi. Bunda sudyani tayinlash (saylash), sud organlari xodimini, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlarini va davlat soliq xizmati organlari xodimlarini tayinlash joyiga kelgan oila aʼzolari: xotini (eri), ularning bolalari va ota-onalari, shuningdek, qonunchilikka muvofiq ijaraga oluvchining oila aʼzolari deb eʼtirof etilgan boshqa shaxslar hisobga olinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Sudyaga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlariga, davlat soliq xizmati organlari xodimlariga pul kompensatsiyasi sudya tayinlangan (saylangan) joyga kelgandan, sud organlari xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlari va davlat soliq xizmati organlari xodimlari tayinlangan joyga kelgandan keyin uy-joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasi asosida toʻlanadi. Sudyaga tayinlangan (saylangan) joyida, sud organlari xodimiga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura xodimlariga va davlat soliq xizmati organlari xodimlariga tayinlangan joyida xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki u uy-joy sotib olganda, uning vakolatlari toʻxtatilganda va tugaganda, pul kompensatsiyasi toʻlash toʻxtatiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 5-banddagi “xodimlariga, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati” soʻzlari “xodimlariga va davlat soliq xizmati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “xodimlari, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati” soʻzlari “xodimlari va davlat soliq xizmati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati” soʻzlari “prokuratura va davlat soliq xizmati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sud organlari xodimiga va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimiga, prokuratura organlari xodimlariga va davlat soliq xizmati organlari xodimiga bola ikki yoshga toʻlgungacha uni parvarish qilish uchun taʼtil berilgan taqdirda, pul kompensatsiyasi taʼtilning butun davriga, biroq sud organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimi, prokuratura organlari xodimlariga va davlat soliq xizmati organlari xodimi ushbu uy-joyda yashashi sharti bilan beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) 9-banddagi “xodimlarining, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati” soʻzlari “xodimlarining va davlat soliq xizmati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) 10-banddagi “xodimlari, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati” soʻzlari “xodimlari va davlat soliq xizmati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) 11-banddagi “palatasi, prokuratura organlari va bojxona xizmati organlari” soʻzlari “palatasi va prokuratura organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 700-son qaroriga 7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kuchaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 24-noyabrdagi 488-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hayʼati aʼzolari tarkibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 15-noyabrdagi 397-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hayʼati aʼzolari tarkibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 20-sentabrdagi 406-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 28-sentabrdagi 450-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining hayʼati tarkibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 19-fevraldagi 46-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Davlat bojxona xizmati organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 11-apreldagi 107-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 29-apreldagi 364-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan xodimlariga, shuningdek, halok boʻlgan xodimlari oilalariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 4-iyundagi 459-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2021-yil 27-dekabrdagi 774-son qaroriga 1-ilovaning 50-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-sonli Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 613 va 637-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 20-iyuldagi 391-son qarori.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/700/1007-son; 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)