13.03.2023 yildagi PF-34-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolari hamda ularning qaramogʻidagi shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga gʻamxoʻrlik qilish va hurmat-ehtirom koʻrsatish, shuningdek, jamiyatda ezgulik, hamjihatlik va insoniylik muhitini yanada mustahkamlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qoʻmitasi va Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazining (keyingi oʻrinlarda — masʼul vazirlik va idoralar) Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchilari va xodimlarining oila aʼzolari hamda ularning qaramogʻidagi shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — halok boʻlgan harbiy xizmatchilar (xodimlar) quyidagi imtiyoz va kafolatlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2023-yil 1-apreldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
halok boʻlgan harbiy xizmatchi (xodim) oila aʼzolariga biryoʻla beriladigan nafaqa marhumning oxirgi egallagan lavozimi boʻyicha maoshi va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yigʻindisining 150 baravari miqdorida belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) davlat majburiy shaxsiy sugʻurtasi doirasida harbiy xizmatchi (xodim) halok boʻlganda toʻlanadigan sugʻurta summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga ular tomonidan belgilangan miqdorlarda (mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 50 foizigacha boʻlgan summadan oshmagan holda) mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) tegishli hududda istiqomat qiluvchi oila aʼzolariga har oy toʻlanadigan nafaqa tayinlash tartibini belgilash huquqi berilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2023-yil 1-maydan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosiga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi pensiyani hisoblab chiqish uchun olinadigan pul taʼminotining (ish haqining) 50 foizi miqdorida belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila aʼzolari (ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, 23 yoshga toʻlmagan farzandlari) daromadlar qaysi oyda olingan boʻlsa, oʻsha oyda har bir oy uchun mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda turarjoyga muhtoj deb tan olingan taqdirda, turarjoy bilan birinchi navbatdagi tartibda taʼminlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda belgilangan harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) turarjoy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish tartibiga muvofiq uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlarini olish huquqi saqlab qolinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) yangi nikohga kirmagan turmush oʻrtogʻi va (yoki) harbiy xizmatchining (xodimning) qaramogʻida boʻlgan ota-onasidan biriga Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasini toʻlash tartibi tatbiq etilsin (mulkida turarjoy boʻlmagan taqdirda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 1-iyundan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) farzandlari maktabgacha taʼlim muassasalarida bepul tarbiyalanishi, shuningdek, professional va oliy taʼlim muassasalarida davlat granti asosida qoʻshimcha kvotalar boʻyicha taʼlim olishi taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) ota-onalariga yiliga ikki marta temir yoʻl va havo yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila aʼzolariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu halok boʻlgan harbiy xizmatchilar (xodimlar) xizmatni oʻtagan masʼul vazirlik va idoralarning tibbiyot muassasalarida bepul tibbiy yordam olish huquqi saqlab qolinadi, shuningdek, tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida tibbiy yordamni ustuvor ravishda olish va navbatdan tashqari shifoxonaga yotqizish imkoniyati yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatuvchi tibbiyot tashkilotlari tomonidan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bepul tibbiy yordam koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
navbatdagi yillik mehnat taʼtilidan qulay vaqtda foydalanish, shuningdek, yiliga ikki haftagacha muddatga ish haqi saqlanmaydigan qoʻshimcha taʼtil olish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Masʼul vazirlik va idoralar Davlat budjetidan ularga ajratilgan mablagʻlar va budjetdan tashqari manbalari hisobidan halok boʻlgan harbiy xizmatchilar (xodimlar) oila aʼzolari uchun ularning murojaatlariga asosan quyidagilarni taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi sanatoriy-kurort muassasalari va bolalarni sogʻlomlashtirish oromgohlarida yiliga bir marta bepul sogʻlomlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shifokorlarning retseptlariga asosan 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarini (yiliga bir marta), tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalarini olib berish hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ogʻir tashxisli kasalliklari hamda nogironligi boʻlganlarga shifokorlarning retseptlariga muvofiq, yiliga bir marta dori vositalarining 50 foizigacha boʻlgan summasini kompensatsiya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Farmonda (1-band “a” kichik bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilaridan tashqari) belgilangan imtiyoz va kafolatlar 1991-yil 1-yanvardan boshlab mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar halok boʻlgan harbiy xizmatchilar (xodimlar) oila aʼzolariga nisbatan ham tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qoʻmitasi va Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi har bir halok boʻlgan harbiy xizmatchilar (xodimlar) oilasini otaliqqa olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila aʼzolaridan xabar olinishi, ularning uy-joy bilan taʼminlanish, ishga joylashish, taʼlim olish, tibbiy va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish hamda boshqa dolzarb masalalari oʻrganilishi hamda mavjud muammolari hal qilinishi, mazkur Farmon va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyoz hamda kafolatlardan foydalanishda amaliy yordam koʻrsatib borilishi taʼminlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari mazkur bandda belgilangan vazifalarning sifatli bajarilishiga shaxsan javobgar etib belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul vazirlik va idoralarda umumiy shtatlar soni doirasida ularning birinchi rahbarlariga mazkur bandda belgilangan vazifalarni bajarishga koʻmaklashadigan maslahatchi lavozimi kiritilsin va halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oilalari bilan doimiy aloqani oʻrnatish uchun ishonch telefonlari ishga tushirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur band ijrosi natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har oyda axborot kiritib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mudofaa vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ishchi guruhlar tuzgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda mazkur Farmonning 1, 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan har bir imtiyoz va kafolatni taqdim etish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-dekabrga qadar “Faxriylar toʻgʻrisida”gi, “Harbiy xizmatchilar maqomi va ularni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi va “Harbiy xizmatchilarning pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonun loyihalarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur Farmon ijrosini taʼminlash uchun 2023-yilda vazirlik va idoralarga Davlat budjetidan zarur mablagʻlarni ajratsin, 2024-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning mazmun-mohiyati va ahamiyati keng yoritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib mudofaa vaziri B.N. Kurbanov, ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov, Davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Azizov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Usmanov va Milliy gvardiya qoʻmondoni R.M. Djurayev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 13-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-34-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2023-y., 06/23/34/0139-son)