14.12.2023 yildagi 660-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini ijaraga berish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Davaktiv agentligi) tomonidan davlat mulkini ijaraga berish, ijara shartnomalarining monitoringi va tushumlarni nazorat qilish bo‘yicha “online-ijara.uz” axborot tizimi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini ijaraga berish qoidalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkiga ijara to‘lovi miqdorini belgilash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara shartnomasini tuzish va ijara to‘lovlari hisob-kitobi tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
balansda saqlovchining ijara munosabatlaridagi ishtiroki hamda uning huquq va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga berilayotgan davlat mulklari hisobini yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi Davaktiv agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-ijara” elektron tizimini “online-ijara.uz” axborot tizimi bilan integratsiya qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

davlat mulkini ijaraga berish shartnomalari bo‘yicha to‘lovlarni undirish va ularning taqsimotini “E-ijara” elektron tizimi orqali amalga oshirish tartibi loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-martdan boshlab davlat mulkini ijaraga berish shartnomalari bo‘yicha ijara to‘lovlarini undirish va ularning taqsimoti “E-ijara” elektron tizimi orqali amalga oshirilishini yo‘lga qo‘ysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Budjetdan moliyalashtiriladigan davlat muassasalari va ularning hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish guruhlari davlat mulki bo‘lgan binolar va inshootlarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, bir yildan kam bo‘lmagan muddatga tuzilgan davlat ko‘chmas mulkini ijaraga berish shartnomasi asosida yuzaga kelgan ijara huquqi Davaktiv agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi o‘rtasida o‘zaro elektron axborot almashinuvi orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun to‘lovlar ijaraga oluvchi tomonidan qoplanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davaktiv agentligi ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga davlat mulkini ijaraga berish tartibini buzganlik uchun balansda saqlovchilarning mansabdor shaxslariga nisbatan javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 14-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
660-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qaroriga

1-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom davlat mulkini ijaraga berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomning amal qilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet eldagi davlat mulkini ijaraga berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlarini olgan holda moddiy madaniy meros obyektlari va ularga tutash hududlarni ijaraga berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb-hunarga o‘qitish markazlarining ta’lim jarayonidan bo‘sh bo‘lgan o‘quv xonalari, ishlab chiqarish ustaxonalari (asbob-uskunalari bilan birga) hamda boshqa bino va inshootlarini ijaraga berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning alohida tartib o‘rnatilgan yopiq hududlarida joylashgan bino va inshootlarini ijaraga berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
teatr-tomosha korxonalarining tomosha ko‘rsatish zallari va maydonlarini ijaraga berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tashkilotlarining xizmat turar joylarini ijaraga berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, umumiy foydalanishdagi yerlar (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlari yerlari) davlat tashkiloti, korxonasi va muassasasi balansida bo‘lmagan yerlar va zaxira yerlarni ijaraga berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerosti boyliklarini ijaraga berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intellektual mulk obyektlarini ijaraga berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ijaraga berishning o‘zgacha tartibi belgilangan davlat mulklariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
balansda saqlovchi — davlat mulkini o‘z balansida hisobga olgan davlat tashkiloti, shu jumladan, davlat muassasasi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki — respublika mulki va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulki (munitsipal mulk)dan iborat bo‘lgan ommaviy mulk shuningdek, davlat tashkilotlari, korxonalari va muassasalari hamda xo‘jalik jamiyatlariga tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat mulki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga beruvchi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga oluvchi — ushbu Nizomda belgilangan tartib va shartlarda davlat mulkini ijara shartnomasi asosida foydalanishga oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy soha obyektlari — davlat maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim, professional va oliy ta’lim muassasalari, kinoteatrlar, klublar, konsert-tomosha ko‘rsatish muassasalari, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va kinolashtirish obyektlari (davlat muassasalarining ma’muriy binolari bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-auksion” elektron savdo platformasi (keyingi o‘rinlarda — savdo platformasi) — elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, istagi bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning bunday auksion va tanlovlar jarayoniga kirish hamda ularda qatnashish imkonini ta’minlaydigan axborot tizimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat mulkini ijaraga berish yuzasidan tashabbus ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat mulkini ijaraga berish jarayoni har qanday jismoniy va yuridik shaxs (keyingi o‘rinlarda — tashabbus ko‘rsatuvchi) tashabbusi asosida boshlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tashabbus ko‘rsatuvchi bevosita Markazga yoki davlat mulki joylashgan hududdagi ijaraga beruvchiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

davlat mulkining tavsifi va joylashgan joyini;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
balansda saqlovchini (bunday ma’lumotlarga ega bo‘lgan taqdirda) ko‘rsatgan holda taklifini yozma yoki elektron shaklda taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markazga kelib tushgan takliflar shu kunning o‘zida ko‘rib chiqish uchun ijaraga beruvchiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ijaraga beruvchi taklif asosida ikki kun muddatda balansda saqlovchiga davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha munosabat bildirish yuzasidan so‘rov yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagi hollarda balansda saqlovchi tomonidan davlat mulkini ijaraga berish rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini ijaraga berish balansda saqlovchining ishlab chiqarish va/yoki moliyaviy ko‘rsatkichlari yomonlashishiga olib keladigan bo‘lsa, bunda taxmin qilinayotgan salbiy oqibatlar xavfi balansda saqlovchi tomonidan yuqori turuvchi tashkiloti yoki muassisi ma’qullagan hujjat bilan asoslantirilishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkidan o‘zining yoki aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida foydalanish zarurati tug‘ilgan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ijaraga berishni rad etishga ushbu Nizomning 6-bandida keltirilgan asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda, balansda saqlovchi so‘rov kelib tushgan kundan boshlab uch kun ichida ijaraga beruvchiga davlat mulkini ijaraga berish uchun quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda elektron yoki yozma shaklda ariza taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkining nomi, tavsifi, joylashgan manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ko‘chmas mulki obyektining umumiy va ijaraga beriladigan maydoni, qurilgan yili (mavjud bo‘lsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ko‘chmas mulki obyektining kommunikatsiyalar (suv, gaz, elektr energiyasi, kanalizatsiya tarmog‘i) bilan ta’minlanganligi to‘g‘risida ma’lumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ko‘chmas mulki obyektining ijaraga beriladigan maydonini ko‘rsatgan holda kadastr hujjati nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkining 4 ta fotosurati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkidan foydalanish maqsadi (amalga oshiriladigan faoliyat turi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini ijaraga berishning boshqa shartlari (mavjud bo‘lsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ijaraga beruvchi balansda saqlovchining davlat mulkini ijaraga berish haqidagi arizasi kelib tushgandan keyin ikki kun muddatda davlat mulkini ijaraga berish uchun savdo platformasi orqali onlayn-auksion savdosiga chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Balansda saqlovchining arizasida ushbu Nizomning 7-bandidagi ma’lumotlar to‘liq ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ijaraga beruvchi arizani ikki kun muddatda ma’lumotlarni to‘liq ko‘rsatgan holda taqdim etish uchun balansda saqlovchiga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tashabbus ko‘rsatuvchiga taklifini ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida bir hafta muddatda xabar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Balansda saqlovchi tomonidan davlat mulkini ijaraga berish yuzasidan tashabbus Markazga yoki ijaraga beruvchiga ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan ma’lumotlarni taqdim etgan holda ariza berish orqali ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Balansda saqlovchi tasarrufidagi davlat mulkini xatlovdan o‘tkazishga va foydalanilmasdan bo‘sh turgan va/yoki maqsadsiz, samarasiz foydalanilayotgan davlat mulki haqida har chorak yakuni bilan hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha bo‘lgan muddatda ijaraga beruvchiga bu mulkning joylashgan joyi, miqdori, tarkibi va boshqa umumiy tavsiflari ko‘rsatilgan ma’lumotlarni taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Balansda saqlovchining yuqori turuvchi tashkilotlari ushbu ma’lumotlar Markazning tegishli hududiy boshqarmasiga belgilangan tartib va muddatlarda taqdim etilishi ustidan idoraviy nazoratni ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Bo‘sh turgan, samarasiz va maqsadsiz foydalanilayotgan davlat mulki haqida belgilangan muddatda ma’lumotlar taqdim etilmasligi yoki haqiqiy holatni ifoda etmaydigan ma’lumotlar taqdim etilganligi aybdor shaxslarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralari qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga tegishli bo‘lgan, uch oydan ortiq muddat davomida foydalanilmasdan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq ularning roziligisiz ijaraga berish uchun savdo platformasi orqali onlayn-auksion savdolariga chiqariladi, ijtimoiy soha obyektlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Jismoniy shaxslar tomonidan maydoni 2 000 metr kvadratgacha bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan belgilangan tartibda ijaraga beruvchiga onlayn-buyurtmanoma berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Davlat mulkini ijaraga berish qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ijaraga beruvchi tomonidan davlat mulki quyidagi tartiblarda ijaraga beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo platformasida o‘tkazilgan elektron onlayn-auksion savdolar orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida davlat mulki jismoniy va yuridik shaxsga ijaraga berilishi belgilanganda (ijaraga beruvchi, balansda saqlovchi va ijaraga oluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda belgilangan boshqa tartiblar asosida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha savdo platformasida elektron onlayn-auksion savdolari Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-93-son Farmoniga asosan “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik shartnomalari doirasidagi majburiyatlardan kelib chiqqan holda, hokimliklar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi yoki tadbirkorlik subyektlaridan murojaat kelib tushgan taqdirda, hududlarda bo‘sh turgan va bir yildan buyon auksion savdolarida sotilmasdan turgan davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlari, shuningdek, kasb-hunar kollejlarining foydalanilmasdan bo‘sh turgan binolarini ijaraga berish uchun ijaraga beruvchi tanlovni tashkil qiladi. Bunda talabgor yagona bo‘lganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida ijara shartnomasini tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday shartnomalar doirasida ijara haqi ijara stavkasining minimal miqdori bo‘yicha belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PQ-53-son qaroriga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining bo‘sh binolarini “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi ishtirokchilariga amaliy monomarkazni tashkil qilish va keyinchalik o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida tekin foydalanishga berishga ruxsat etiladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 78-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 09/25/78/0130-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorning “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilganligi Markaz tomonidan Savdo-sanoat palatasining ma’lumotlari bazasidan elektron axborot almashinuvi orqali aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
181. Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida jamoat transporti bekatlariga yaqin bo‘lgan litsey, texnikum va oliy ta’lim tashkilotlarining bo‘sh turgan maydonlari tadbirkorlik subyektlariga ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarida savdo ko‘nikmalarini shakllantirish va qisqa muddatli kasbga o‘qitishga (kassir, omborchi, menejer, xorijiy til mutaxassisi va boshqalarni tayyorlash) ixtisoslashgan o‘quv markazlarini tashkil etish uchun elektron onlayn-auksion savdolari orqali tanlov asosida ijaraga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda talabgorlarga ta’lim olayotgan jami o‘quvchilar sonining kamida 30 foizini ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning farzandlari tashkil etishi hamda ularni bepul kasbga o‘qitish (kassir, omborchi, menejer, xorijiy til mutaxassisi va boshqalarni tayyorlash) bo‘yicha minimal talablar qo‘yiladi.
(181-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
182. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan hududi o‘n ming kvadrat metrdan, baholangan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravari miqdoridan oshmagan hamda olti oy davomida sotilmagan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga tegishli bo‘lgan munitsipal ko‘chmas mulk obyektlari (Nukus shahri, viloyatlar va tuman (shahar) markazlari hamda Toshkent shahri tumanlari bundan mustasno) ikki yil ichida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarida yangi loyihalarni ishga tushirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan ijara to‘lovining eng kam stavkalari asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘n yil muddatga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tan olingan xorijiy til va malaka sertifikatlarini olishga o‘qitadigan mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar yoki tashkilotlarga dastlabki yil ijara to‘lovi undirmasdan, besh yil muddatga keyinchalik uning muddatni uzaytirish sharti bilan ijaraga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarida yangi loyihalarni ishga tushirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish shartlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan belgilanadi hamda ushbu shartlar ijara shartnomasida nazarda tutiladi.
(182-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
183. Hunarmandlarga mehmonxonalar, bozorlar, mahalla guzarlari va shu kabi aholi gavjum bo‘ladigan boshqa joylarda davlat ko‘chmas mulk obyektlaridan joylar 50 foizga pasaytirilgan stavkada elektron onlayn-auksion orqali hunarmandchilik faoliyati uchun realizatsiya qilinadi, qonunchilik hujjatlarida hamda mazkur Nizomning 182-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(183-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ijaraga beruvchi tomonidan davlat mulkini savdo platformasida ijaraga berish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyundagi 454-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron savdolar o‘tkazish uchun materiallar tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ijaraga oluvchi tomonidan ijtimoiy soha obyekti tarkibidagi yer uchastkasida quyidagilarni amalga oshirish taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar va inshootlar, jumladan, yer osti inshootlarini qurish (yengil konstruksiyali inshootlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘ngilochar obyektlar faoliyatini tashkil etish (madaniyat obyektlarining yer uchastkalari bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlangan faoliyatni yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ijaraga beruvchi davlat mulkini ijaraga berishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini ijaraga berish jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara shartnomasi shartlari bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar, jumladan, tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarga ijaraga beriladigan davlat mulklari haqida zarur ma’lumotlar (ijaraga beriladigan davlat mulklarining parametrlari, kommunikatsiyalar bilan ta’minlanganligi, fotosurati, davlat mulkidan foydalanish maqsadi, ijara muddati va ijaraga berish shartlari) beradi va zarur amaliy-huquqiy yordam ko‘rsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga beriladigan davlat mulklari targ‘ibotini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Davlat mulki ijarasining eng ko‘p muddati bir ijara shartnomasi doirasida o‘n yil etib belgilanadi, qonunchilik hujjatlarida hamda mazkur Nizomning 182-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki obyektlari ijaraga berish uchun auksionga chiqarilganda, ijaraga berish muddati besh yil etib belgilanadi. Bunda balansda saqlovchi tomonidan davlat mulki obyektidan kelgusida o‘z ehtiyoji uchun foydalanish zarurati mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar (ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi, obyektdan samarali foydalanish bo‘yicha tarmoq jadvali) taqdim etilgan taqdirda, taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish asosida ijaraga beruvchi ijaraga berish muddatini besh yildan kam etib belgilashi mumkin.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijaraga oluvchi tomonidan ijara shartnomasi shartlari o‘z vaqtida va to‘liq bajarilganda, ijara muddati yana besh yil muddatga uzaytiriladi, qonunchilik hujjatlarida hamda mazkur Nizomning 182-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(22-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda nazarda tutilgan eng ko‘p muddatlar tugagach, davlat mulki umumiy asoslarda ijaraga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ijaraga beruvchi tomonidan ijara shartnomasining muddati tugashidan bir oy oldin ijaraga oluvchiga ijara shartnomasi shartlari o‘z vaqtida va to‘liq bajarilmagan taqdirda, ijara shartnomasining muddati kelgusi davr uchun uzaytirilmasligi to‘g‘risida ogohlantirish xati yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Agar ijara shartnomasining muddati tugaganidan keyin ham ijaraga oluvchi mulkdan foydalanishni davom ettirsa va ijaraga beruvchi bunga e’tiroz bildirmagan bo‘lsa, shartnoma avvalgi shartlar asosida qaytadan tuzilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijaraga oluvchi tomonidan ijara shartnomasi shartlari o‘z vaqtida va to‘liq bajarilganda, agar ijaraga oluvchi shartnoma muddatini uzaytirmaslik to‘g‘risida murojaat qilmagan bo‘lsa, ijara muddati navbatdagi muddatga uzaytirilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ijaraga oluvchi ijara mulkini ijaraning butun muddati davomida undan maqsadli foydalanilishi, uning yaxlitligi va but saqlanishini o‘z zimmasiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ijaraga oluvchi ijaraga berilgan davlat mulki (uning bir qismi)ni o‘zga shaxslarga subijara (foydalanish)ga berishi, garovga qo‘yishi yoki boshqacha tarzda (vaqtincha) uchinchi shaxsga o‘tkazishi taqiqlanadi, bu kabi holatlar aniqlanganda, ijara shartnomasi ijaraga beruvchi tomonidan belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ijaraga berilgan davlat mulki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining hujjatlari, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari asosida xususiylashtirilgan taqdirda, ijara shartnomasi davlat mulki xususiylashtirilgan kundan bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ijaraga oluvchi ijara shartnomasi shartlarini lozim darajada bajarmagan taqdirda, ijara shartnomasi ijaraga beruvchi tomonidan belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ijara shartnomasini bekor qilish, o‘zgartirish va muddatini uzaytirish tomonlarning kelishuviga asosan yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ijara shartnomasi bekor qilingan taqdirda, ushbu ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga berilgan davlat mulki o‘n kun ichida balansda saqlovchining roziligi talab qilinmasdan ijaraga beruvchi tomonidan ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Davlat mulkiga ijara to‘lovi miqdorini belgilash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam miqdori quyidagicha hisoblab chiqiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ts=Es*Kz*(Kq+Kh+Ko)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ts — davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun bir yilga bir kv.metr uchun ijara to‘lovining eng kam miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Es — davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun bir yilga bir kv.metr uchun ijara to‘lovining eng kam stavkasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kz — hududiy zonalar koeffitsiyenti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kh — tutashib ketgan hududdan foydalanish koeffitsiyenti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko — tijorat maqsadlarida foydalanishda qulaylik koeffitsiyenti (asosiy avtotransport yo‘llari bo‘ylab joylashish, ikkinchi darajali avtotransport yo‘llariga chiqishda joylashish va boshqalar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish turi bo‘yicha koeffitsiyent (Kq), tutashib ketgan hududdan foydalanish koeffitsiyenti (Kh) va tijorat maqsadlarida foydalanishda qulaylik koeffitsiyenti (Ko)ning yig‘indisi 1 birlikdan kam bo‘lgan taqdirda, yaxlitlangan holda 1 birlikka teng hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining miqdori Markazning O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi orqali Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilib taqdim etgan, tegishliligicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlangan eng kam stavkalar asosida ushbu Nizomning 33-bandida belgilangan tartibda aniqlangan ijara to‘lovining eng kam miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emas.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi eng kam stavkalarining hisob-kitoblari Markaz tomonidan keyingi yil uchun har yili 1-noyabrgacha tayyorlanadi hamda kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi orqali Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi o‘n ish kuni mobaynida kelishadi yoki qayta ishlash va keyinchalik Iqtisodiyot va moliya vazirligining mulohazalari va takliflari olingan sanadan boshlab o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda kelishishga kiritish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga qaytaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har yili 15-dekabrgacha davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarining kelishilgan hisob-kitoblari O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlash uchun tegishliligicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga yuboriladi.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan hududda shakllangan ijara to‘lovining minimal bozor narxidan kelib chiqib davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli koeffitsiyentlar belgilangan holda har yili 31-dekabrgacha tasdiqlanadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Davlat mulkining boshqa turlari uchun ijara to‘lovining eng kam miqdori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar ijaraga topshirilayotgan mulkdan amalda foydalanilgan muddat undan samarali foydalanish muddatidan ortiq bo‘lmasa yoki ushbu muddatga teng bo‘lsa yoxud amalda foydalanilgan muddatni aniqlash mumkin bo‘lmasa — mol-mulk tiklanish qiymatining 30 foizidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar ijaraga topshirilayotgan mulkdan amalda foydalanilgan muddat undan samarali foydalanish muddatidan ortiq bo‘lsa — mol-mulk tiklanish qiymatining 20 foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarali foydalanish muddati O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 306-moddasida ko‘rsatilgan tasniflashdan kelib chiqib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Balansda saqlovchi tashkilotning rahbari va bosh hisobchisi ijaraga berilayotgan davlat mulki to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotning ishonchliligi uchun javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Davlat mulki ijara shartnomasida isitish, sovitish, elektr energiyasi, (sovuq va issiq) suv ta’minoti vositalari, yong‘in xavfsizligi va qo‘riqlash (hisoblagich, dizel generatori, sovitish mashinasi, jumladan, chiller, fankoyl kabi uskunalar, tortish ventilyatorlari, nasoslar, transformator va taqsimlash kichik stansiyalari, yong‘in xavfsizligi va qo‘riqlash tizimlari, ko‘tarish mexanizmlari (shu jumladan, liftlar va boshqalar) zinapoya panjaralari, zinapoyalar, lift shaxtalari va boshqa shaxtalar, shuningdek, balansda saqlovchi va ijaraga oluvchilarning xodimlari foydalanadigan va/yoki o‘quvchilar oshxonalar va bufetlarda ovqatlanishi uchun foydalanadigan maydonlar hamda ulardagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalar, mexanik, elektr, sanitariya-texnik asbob-uskunalar va boshqa asbob-uskunalar, qurilmalardan foydalanish uchun ijara to‘lovi hisoblanmaydi, ijaraga olingan obyektda faoliyat yuritmaydigan (ta’lim olmaydigan) shaxslarga xizmat ko‘rsatish hollari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Turli sport, madaniy, o‘quv, tibbiy va boshqa ijtimoiy tadbirlar (to‘garaklar) tashkil etish maqsadida ayrim ijara obyektlari (sport zallari va inshootlari) balansda saqlovchining taklifiga asosan kunlik ish vaqti hisobidan kelib chiqib, ijara to‘lovining soatbay stavkasi hisoblangan holda ijaraga berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Amal qilish muddati navbatdagi yilga o‘tadigan davlat ko‘chmas mulkini ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha bo‘lajak yil davri uchun ijara to‘lovining miqdori qo‘shimcha shartnoma (kelishuv) bilan kelgusi yilga tasdiqlangan ijara to‘lovining eng kam miqdorlariga mutanosib tarzda o‘zgartirilib, quyidagi tartibda hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ts2=(Es2/Es1)*(As/Im)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ts2 — kelgusi yilga bir kv.metr uchun ijara to‘lovining miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Es1 — avvalgi yilga bir kv.metr uchun ijara to‘lovining eng kam miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Es2 — kelgusi yilga bir kv.metr uchun ijara to‘lovining eng kam miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

As — auksion natijalari bo‘yicha belgilangan yillik ijara to‘lovi;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Im — shartnoma bo‘yicha ijaraga olingan maydon.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Davlat mulkining boshqa turlari (asosiy vositalar, ko‘char mulklar, avtotransport vositalari va boshqalar) bo‘yicha kelgusi yil uchun ijara to‘lovi miqdori mazkur Nizomning 35-bandida keltirilgan tartibda hisoblab chiqiladi.
(39-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda hisoblangan ijara to‘lovi miqdori elektron onlayn-auksion savdosi natijasi bo‘yicha belgilangan ijara to‘lovi miqdoridan kam bo‘lgan taqdirda, kelgusi yil uchun ijara to‘lovi miqdori elektron onlayn-auksion savdosi natijasi bo‘yicha belgilangan ijara to‘lovi miqdorida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Ijara shartnomasini tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Ijaraga beruvchi bilan ijaraga oluvchi o‘rtasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkazilgan onlayn-auksion natijasi bo‘yicha rasmiylashtirilgan bayonnoma asosida tuzilgan ijara shartnomasi elektron shaklda (shu jumladan, elektron raqamli imzo bilan) ikki tomonlama rasmiylashtiriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara shartnomasida ijaraga oluvchining auksion savdolarida ishtirok etish uchun kiritgan ma’lumotlari (yuridik yoki jismoniy shaxs nomi, manzili, yuridik manzili, STIR raqami, hisobvaraqlari va telefon raqamlari) avtomatik tarzda ko‘rsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksion savdolarida qatnashish uchun kiritilgan ma’lumotlarning aniq va haqqoniyligi uchun javobgarlik ijaraga oluvchi zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

41. Ijara shartnomasi onlayn-auksion savdo natijasi bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilgandan keyin o‘n ish kunidan kechiktirmay ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi tomonidan imzolanishi hamda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov natijasi bo‘yicha rasmiylashtirilgan bayonnomaga asosan ijaraga beruvchi va tanlov g‘olibi yoki yagona ishtirokchi o‘rtasida obyektni ijara stavkasining minimal miqdorida ijaraga berish bo‘yicha elektron shaklda (shu jumladan, elektron raqamli imzo bilan) ikki tomonlama rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Ijara shartnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga berilayotgan davlat mulkining joylashgan joyi, turi, tarkibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara to‘lovining miqdori, uni to‘lash tartibi va muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara to‘lovi miqdorini qayta ko‘rib chiqish asosi va tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga berilayotgan davlat mulkining holati va uni ijaraga oluvchiga topshirish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma muddati tugagan yoki muddatidan avval bekor qilinganda, ijaraga oluvchi ijaraga olingan davlat mulkini balansda saqlovchiga soz, but va foydalanishga yaroqli holatda tezkor qaytarish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga berilayotgan davlat mulkini tiklash va ta’mirlash tartibi va shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga beruvchiga uning so‘rovi asosida ijaraga oluvchi va balansda saqlovchi taqdim etadigan axborotlar, ularning haqqoniyligi, taqdim etish tartibi va muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara shartnomasi shartlari, jumladan, ijara to‘lovlarini to‘lash muddatlarining buzilish oqibatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va boshqa javobgarliklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkining har qanday yaxshilanishi balansda saqlovchining yozma roziligi bilan amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa shartlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kommunal xizmatlar, elektr energiyasi, suv, gaz iste’moli va issiqlik ta’minoti uchun ijaraga oluvchi bilan balansda saqlovchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi o‘rtasida alohida shartnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Ijara shartnomasi ijaraga beruvchi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Balansda saqlovchining ijara shartnomasining amal qilish muddati davrida ijaraga oluvchiga ijara obyektidan foydalanishiga va unda faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilishi taqiqlanadi (fors-major va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

46. Ko‘chmas mulk bir yildan kam bo‘lmagan muddatga ijaraga berilganda, ijara shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart.

Oldingi tahrirga qarang.
(46-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
461. Davlat ko‘chmas mulkini ijaraga berish bo‘yicha rasmiylashtirilgan shartnoma Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligining hududiy boshqarmasi) Operator tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijara shartnomasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida belgilangan tartibda Kadastr agentligining hududiy boshqarmasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijaraga oluvchi Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarorida belgilangan to‘lovni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng ijara shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ko‘chirma operatorga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali auksion g‘olibiga belgilangan tartibda taqdim etish uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijara shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ko‘chirmani ijaraga oluvchi o‘zining “E-auksion” elektron savdo platformasidagi shaxsiy kabineti orqali oladi.
(461-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Avtomototransport vositalari savdo platformasi vositasida onlayn-auksion orqali ijaraga berilganda, ijara shartnomalarini notarial tartibda tasdiqlash talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Balansda saqlovchining ijara munosabatlaridagi ishtiroki hamda uning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Davlat mulki savdo platformasi orqali ijaraga berilganda, ijaraga beruvchi ijara shartnomasida (ijara shartnomasi tarafi bo‘lmasada) balansda saqlovchining qonuniy manfaatlariga zarar yetmasligi uchun o‘zi orqali amalga oshiradigan huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi. Bunda ijaraga beruvchi o‘zining shartnomaviy huquqlaridan balansda saqlovchi foydasiga voz kechmaydi va majburiyatlarini bajarishni zimmasidan soqit qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Balansda saqlovchi ijaraga berilgan mulkka nisbatan ijaraga beruvchining xabardorligida o‘ziga berilgan shartnomaviy huquqlarini amalga oshiradi hamda majburiyatlarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Tomonlar shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarilmagani oqibatida shartnomaning boshqa tomonlariga yetkazgan zararlarni ixtiyoriylik asosida qoplaydi. O‘zaro kelishuvga erishilmaganda, zarar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud orqali qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Balansda saqlovchi ijaraga berilgan davlat mulkini ijaraga oluvchiga ijaraga beruvchi ishtirokida shartnoma imzolangandan so‘ng ko‘pi bilan besh ish kuni ichida rasmiylashtirib topshirilishini va hech qanday tarzda to‘sqinliksiz undan foydalanishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Davlat mulki ijaraga oluvchiga muddatida topshirilmaganligi oqibatida ijaraga oluvchiga yetkazilgan zarar balansda saqlovchi hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Davlat mulkini ijara shartnomasi tuzmasdan yoki shartnomada ko‘rsatmasdan ijaraga berish holati aniqlanganda, ijaraga beruvchi o‘n ish kuni ichida ushbu davlat mulki qonunchilikda belgilangan tartibda ijaraga berilishini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Ijara to‘lovlarining hisob-kitob tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Ijara to‘lovi bo‘yicha hisob-kitoblar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara to‘lovi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara to‘lovi muddati buzilganligi uchun hisoblangan penya va jarima.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Ijara to‘lovi ijaraga oluvchi tomonidan ijara to‘lovining oxirgi belgilangan miqdori va ijaraning qolgan muddatidan kelib chiqqan holda, hisoblangan davrlar (har chorak yoki oyda) bo‘yicha teng miqdordagi to‘lovlar bilan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijara to‘lovi ijara shartnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda navbatdagi davr (chorak yoki oy) uchun 100 foiz oldindan to‘lash shaklida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Ijaraga oluvchining ijaraga berilgan davlat mulkini balansda saqlovchi (yuqori turuvchi tashkiloti xabardorligida bergan) yozma roziligi asosida amalga oshirgan tiklash yoki mukammal ta’mirlash sarf-xarajatlari qurilish loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish uchun akkreditatsiya qilingan tadbirkorlik subyektlari tomonidan xulosa taqdim etgan taqdirda, ijara to‘lovi mablag‘laridan balansda saqlovchiga taqsimlangan mablag‘lar hisobidan kamaytirish orqali qoplanadi, davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari bundan mustasno.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Ijaraga oluvchining ijaraga berilgan davlat mulkini tiklash yoki mukammal ta’mirlash uchun amalga oshirilgan sarf-xarajatlari ijara muddati davomida to‘liq qoplanmagan taqdirda (ijara shartnomasining muddatidan oldin bekor qilingan hollar bundan mustasno), sarf-xarajatlarning qoplanmagan qismi balansda saqlovchi tomonidan boshqa mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Davlat mulkini (uning qismini) belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuzmasdan yoki ijara shartnomasiga kiritmasdan ijaraga berish, shartnomada ijaraga berilgan mulkning parametrlari va sonini kamaytirib ko‘rsatish aniqlanganda, ijaraga beruvchi qonun buzilishi holati aniqlangan sanadan boshlab, uch ish kuni mobaynida belgilangan tartibda davlat mulkidan foydalanganlik davri uchun ijara to‘lovining ikki baravari miqdorida hisoblangan summani to‘lash talabi bilan tasdiqlovchi hujjatlarni balansda saqlovchiga taqdim etadi. Hisoblangan summaning o‘n ish kuni ichida ixtiyoriy to‘lanmaganligi sud tartibida undirilishiga asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat mulkidan foydalanganlik davri quyidagicha belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuzmasdan foydalanishga berilganda, joriy yil 1-yanvar sanasidan holat aniqlangan sanaga qadar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga beruvchi ishtirokida avval tuzilgan ijara shartnomasi muddati tugaganidan so‘ng davlat mulki belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuzmasdan foydalanishga berilganda, avvalgi ijara shartnomasi muddati tugagan sanadan holat aniqlangan sanaga qadar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki ijara shartnomasiga kiritilmasdan ijaraga berilganda, shuningdek, ijara shartnomasida ijaraga berilgan mulkning parametrlari va soni kamaytirib ko‘rsatilganda, ijara shartnomasi tuzilgan sanadan holat aniqlangan sanaga qadar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda hisoblangan davr uchun to‘lov o‘sha yilga belgilangan ijara to‘lovining eng kam miqdoriga mutanosib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Ijara to‘lovi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi tomonidan (keyingi o‘rinlarda — Soliq qo‘mitasi) “E-ijara” elektron dasturi orqali undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Davlat mulkini ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son Farmoniga muvofiq taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Shartnomaviy majburiyatlar buzilgani uchun undirilgan penya va jarimalar hamda ijara shartnomasi tuzmasdan va/yoki obyektni ijara shartnomasiga kiritmasdan ijaraga berish holati bo‘yicha hisoblangan va undirilgan mablag‘ ijaraga beruvchi ixtiyorida qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijaraga beruvchi ixtiyorida qoldirilgan mablag‘lar qonunchilikda belgilangan tartiblarda Markaz va hududiy boshqarmalar faoliyatini (jumladan, xodimlarning ish haqi, mukofotlar, ustamalar va boshqa to‘lovlarni) moliyalashtirishga sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qaroriga muvofiq ijaraga berilgan davlat mulki bo‘yicha har oyda undirilgan ijara to‘lovlari va ularning taqsimlanishi to‘g‘risidagi hisobotni hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar Markazga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Davlat mulkini ijaraga berish va qaytarib olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Ijara shartnomasiga muvofiq balansda saqlovchi ijaraga beruvchi orqali davlat mulkini (barcha buyumlar va taalluqli bo‘lgan texnik hujjatlari bilan birga) shartnoma shartlariga muvofiq ijaraga oluvchiga belgilangan muddat va tartibda topshirishi, ijaraga oluvchi esa ijara muddati tugagan yoki ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan yoxud sud qarori bilan haqiqiy emas deb topilganda, balansda saqlovchiga besh kun ichida shartnoma tuzilgan sanadagi holatda qaytarib topshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Ijaraga beruvchi davlat mulkini belgilangan muddatda qaytarib topshirmagani oqibatida ko‘rilgan moddiy zararni ijaraga oluvchidan sud tartibida undirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Davlat mulkini topshirish-qabul qilish va qaytarish-qabul qilish ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va balansda saqlovchilarning vakolatli vakillari ishtirokida uch tomonlama tuzilgan dalolatnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dalolatnoma tuzilgan joy va sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara shartnomasining rekvizitlari (tuzilgan sanasi, tartib raqami);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara mulkining texnik holati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Topshirish-qabul qilish va qaytarish-qabul qilish dalolatnomalari tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi va muhrlari (mavjud bo‘lsa) bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Ijaraga olingan davlat mulkida kamchiliklar aniqlangan taqdirda (qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari), mulkni qabul qilib oluvchi tomonlar boshqa tomon davlat mulkini shartnomada belgilangan muddatlarda ijara shartnomasi shartlariga muvofiq holatga keltirgungacha yoki yetkazilgan zararni qoplagungacha uni qabul qilib olishni va davlat mulkini topshirish — qabul qilish dalolatnomasini imzolashni rad etishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Ijaraga berilayotgan mulklarni hisobga olish, hisobotini yuritish va uni nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Ijaraga berilayotgan mulklarni hisobga olish va ma’lumotlar bazasini yuritish ijaraga beruvchi tomonidan “online-ijara.uz” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha shartnoma, shuningdek shartnomaga kiritiladigan har qanday o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar va shartnomani bekor qilish faqatgina “online-ijara.uz” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi va qog‘oz shaklida rasmiylashtirish taqiqlanadi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Ijaraga beruvchi ijara shartnomasi amal qiladigan muddat mobaynida ijaraga oluvchi tomonidan zimmasiga olingan majburiyatlarning lozim darajada bajarilishini nazorat qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu maqsadlarda ijaraga beruvchi quyidagilarga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga oluvchidan ijara shartnomasida nazarda tutilgan axborotlarni so‘rash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat bo‘lganda, mulkning fizik holatini ijaraga oluvchining xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda ko‘zdan kechirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga olingan mulkdan foydalanish shartlarini, ijaraga oluvchi tomonidan uchinchi shaxslar huquqlariga rioya qilinishini o‘rganish (servitut, garov va shu kabilar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga oluvchining ijaraga olingan davlat mulkini yaxshilash to‘g‘risidagi murojaatini ko‘rib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlaridan ham foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Ijaraga beruvchi ijaraga berilgan va beriladigan davlat mulki to‘g‘risida har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar Markazga ma’lumot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Markaz ijaraga beruvchi va Soliq qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ijaraga berilgan va beriladigan davlat mulki, undirilgan ijara to‘lovlari va ularning taqsimlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtiradi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga har oylik ma’lumotlarni hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Davlat mulkini ijaraga berishning ushbu Nizomda ko‘rsatilmagan shartlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Ijaraga beruvchi ijara shartnomasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lishini ta’minlashga mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Davlat mulkini ijaraga berishda vujudga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida va ijara shartnomasida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Ijaraga berilgan davlat mulki bo‘yicha ijara to‘lovi to‘liq, o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisoblanishi hamda to‘lanishini nazorat qilish ijaraga beruvchi tomonidan, balansda saqlovchi faoliyatida belgilangan tartibda tekshirish o‘tkazishda — Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(75-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qaroriga

2-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18 oktabrdagi 881-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ijaraga beruvchi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 25-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat mulki hisoblangan obyektni ijaraga berish — Hukumat qarori bilan tasdiqlanadigan davlat mulkini ijaraga berish tartibini belgilovchi nizomga muvofiq;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“xalq ta’limi muassasa va tashkilotlarining ko‘chmas mol-mulkini ijaraga berishdan balansda saqlovchiga tushadigan mablag‘lar;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qaroriga

3-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 8-apreldagi 102-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2011-yil 30-noyabrdagi 315-son qarori.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga 1-ilovaning 66-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

4. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-martdagi 53-son qarorining 4-bandi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2014-yil 20-maydagi 126-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 11-maydagi 270-son qaroriga 1-ilovaning 35-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

8. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida” 2017-yil 16-iyundagi 382-son qarori.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-son Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 19-iyundagi PQ-3068-son va “Hunarmand” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3393-son qarorlari)” 2018-yil 7-martdagi 186-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

10. Vazirlar Mahkamasining “Davlat aktivlarini sotishda va ijaraga berishda elektron savdolarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 22-martdagi 209-son qarorining 7-bandi va qarorga 2-ilova.

Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti faoliyatini tashkil etish hamda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida“ 2019-yil 30-martdagi 265-son qaroriga 13-ilovaning 2-bandi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 14-iyundagi 498-son qaroriga 1-ilovaning 14-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4199-son qarorlari)” 2019-yil 30-sentabrdagi 822-son qaroriga ilovaning 10-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 18-oktabrdagi 881-son qarorga 2-ilovaning 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 10-apreldagi PQ-4670-son qarori)” 2020-yil 24-avgustdagi 508-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktabrdagi 677-son qaroriga 3-ilovaning 3-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoni)” 2021-yil 23-iyuldagi 450-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son qarorining 5-bandi va qarorga 2-ilovaning 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-apreldagi O‘RQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 214-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyati tashkil etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2022-yil 22-apreldagi 209-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xususiylashtirish va ijaraga berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2023-yil 10-martdagi 100-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son; 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 12.02.2025-y., 09/25/78/0130-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son; 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son; 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)