24.03.2023 yildagi PQ-101-son
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)

T/r

Tashkilotning amaldagi to‘liq (rasmiy) nomi

Qayta tashkil qilinayotgan (nomi o‘zgartirilayotgan) tashkilotning to‘liq (rasmiy) nomi

Qayta tashkil qilinayotgan (nomi o‘zgartirilayotgan) tashkilotning faoliyatiga oid qoidalar va izohlar

1.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi.

Markaz davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan noturar bino va inshootlarni, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va hisobini yuritish, ularni saqlash va samarali foydalanish, shu jumladan ijaraga berishni tashkil etish, ijaraga berilgan davlat mulki obyektlarini va ular bo‘yicha mablag‘larning hisobini yuritish, davlat muassasalari (korxonalari)ga biriktirilgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanilishi va ularning saqlanishini belgilangan tartibda tekshirish, ortiqcha qismini, shuningdek, foydalanilmayotgan yoki maqsadsiz foydalanilayotgan davlat mulki obyektlarini olib qo‘yish bo‘yicha vakolatli davlat muassasasi hisoblanadi.

2.

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi.

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati.

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati davlat va xususiy mulklarning auksion, tanlov va boshqa savdolarini tashkil etadi.

3.

“Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi” davlat unitar korxonasi.

“Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati.

Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi qimmatli qog‘ozlarni hisobga qo‘yish, hujjatli qimmatli qog‘ozlarni saqlash, qimmatli qog‘ozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash, qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlarini yuritish, davlatning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini, shuningdek qimmatli qog‘ozlarni boshqarish bo‘yicha davlat vakolat bergan shaxslarning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

4.

“Binolardan foydalanish direksiyasi” davlat muassasasi

“Bino va mol-mulklarni vaqtinchalik saqlash direksiyasi” davlat muassasasi.

Bino va mol-mulklarni vaqtinchalik saqlash direksiyasi Vazirlar Mahkamasi va ta’sischi topshiriqlariga muvofiq mol-mulklarni saqlash va samarali boshqarish vazifalarini amalga oshiradi.

Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul bo‘lgan rahbar

Bajarilgan ishlarning pirovard natijasi

I. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining asosiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilash, qabul qilingan rivojlantirish dasturlari, strategiyalar va konsepsiyalarni amalga oshirish

1.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Davaktiv agentligi) davlat aktivlarini boshqarish, xususiylashtirish, davlat ishtirokidagi korxonalarda samarali dividend siyosatini yuritishni muvofiqlashtirish, to‘lovga qobiliyatsizlik, baholash va rieltorlik faoliyati sohalaridagi faoliyat yo‘nalishlari, vazifalari, funksiyalari hamda huquq va majburiyatlarini belgilash.

Bunda:

1) davlat aktivlarini boshqarish, xususiylashtirish, davlat ishtirokidagi korxonalarda samarali dividend siyosatini yuritishni muvofiqlashtirish, to‘lovga qobiliyatsizlik, baholash va rieltorlik faoliyati sohalaridagi Davaktiv agentligi zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalarni (12 dan ortiq) belgilash;

2) Davaktiv agentligiga yuklatilgan asosiy vazifalardan kelib chiqib, markaziy apparat, tarkibiy tuzilmalar, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlarining funksiyalarini (70 ga yaqin) belgilash;

3) Davaktiv agentligi hamda uning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlarining huquq va majburiyatlarini belgilash.

Mazkur normalarni o‘zida aks ettirgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil II chorak

A. Ortiqov,

A. Miraliyev,

B. Usmonov

Davaktiv agentligi tarkibiy bo‘linmalari va uning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlarining vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari aniq belgilanadi.

Ortiqcha ishlamaydigan, takroriy, bugungi kunda amalda bo‘lgan, lekin o‘z ahamiyatini yo‘qotgan 8 ga yaqin funksiyalar chiqarib tashlanadi.

Davlat aktivlarini boshqarish va xususiylashtirish bo‘yicha vakolatli davlat organi va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yiladi.

2.

Davlat aktivlarini boshqarish, xususiylashtirish, davlat ishtirokidagi korxonalarda samarali dividend siyosatini yuritishni muvofiqlashtirish, to‘lovga qobiliyatsizlik, baholash va rieltorlik faoliyati sohalarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan konsepsiya, strategiya va “yo‘l xaritalari”ni qayta ko‘rib chiqib va tahlil qilib, ularni Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2023-yil III chorak

A. Ortiqov,

A. Miraliyev,

B. Usmonov

Davlat aktivlarini boshqarish, xususiylashtirish, davlat ishtirokidagi korxonalarda samarali dividend siyosatini yuritishni muvofiqlashtirish, to‘lovga qobiliyatsizlik, baholash va rieltorlik faoliyati sohalarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan konsepsiya, strategiya va “yo‘l xaritalari” qayta ko‘rib chiqilib va tahlil qilinib, ular Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlariga muvofiqlashtiriladi.

II. Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish sohasida hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarga yechim topishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar

1.

Davlat muassasalari, davlat ishtirokidagi korxonalar va davlat ko‘chmas mulk obyektlarini keskin qisqartirish.

Tasdiqlangan ro‘yxatlar asosida aksiya paketlari (ulushlari) va ko‘chmas mulk obyektlarini savdoga chiqarish.

Doimiy ravishda

A. Ortiqov,

A. Miraliyev

Davlat ishtirokidagi korxonalarning iqtisodiyotdagi ulushi qisqartiriladi, xususiy sektor uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi. 2025-yilning yakuniga qadar davlat ishtirokidagi korxonalar soni 2021-yilga nisbatan 75 foizga qisqartiriladi.

2.

Davlat mulki hisobini yuritish, uning to‘liqligi va to‘g‘riligini ta’minlash.

Bunda:

qarorda belgilangan respublika mulklari, jumladan ko‘chmas mulklar va davlat aksiya paketlari (ulushlari) Davaktiv agentligiga o‘tkaziladi;

davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalar tashkil etilishi hamda davlat ulushlarining paydo bo‘lishi va miqdori o‘zg�rishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlarni davlat xizmatlari markazlari elektron tizimiga Davaktiv agentligining tegishli buyrug‘ini elektron axborot almashinuvi orqali olgandan keyin ro‘yxatdan o‘tkazishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritiladi;

davlat ko‘chmas mulk obyekti va bo‘sh yer uchastkalari negizida amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Davlat mulki” axborot tizimiga kiritiladi.

Davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish bo‘yicha Davaktiv agentligining roziligi bo‘lmagan taqdirda ularni davlat xizmatlari markazida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni taqiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mazkur qarorda belgilangan davlat aksiya paketlarini (ulushlari)ni Davaktiv agentligiga o‘tkazish.

2023-yil II chorak

A. Miraliyev

Mazkur chora-tadbirlar natijasida:

asoslantirilmagan davlat ishtirokidagi korxonalar tashkil etilishi cheklanadi;

mulkdor va tartibga soluvchi funksiyalarini bir vaqtning o‘zida amalga oshirish natijasida yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvi bekor qilinadi.

3.

Davlat ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy qilish, ularning faoliyat samaradorligini oshirish va dividend siyosatini takomillashtirish.

Bunda:

2023-yil II chorak

A. Miraliyev

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan jalb etilgan ekspertlar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladigan Davlat ishtirokidagi korxonalar uchun yangilangan Korporativ boshqaruv qoidalari va Axloq kodeksi korxonalar boshqaruv organlari tomonidan grafikka muvofiq 2023-yil davomida tasdiqlanadi;

korxonalarning ichki hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish orqali davlat ishtirokidagi korxonalarning rahbari va uning o‘rinbosarlari tanlov asosida tayinlanadi (saylanadi);

qonun hujjatlariga muvofiq davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organiga axborotlar va ma’lumotlar taqdim etilmaganda yoki o‘z vaqtida taqdim etilmaganda ijroiya organi rahbarlari rag‘batlantirilmasligi yuzasidan korxonalarning ichki hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritiladi;

xalqaro moliya institutlari va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda tasdiqlanadigan korporativ boshqaruv tizimini baholash metodologiyasi va mezonlari asosida davlat ishtirokidagi korxonalar reytingini shakllantirish.

50 ta davlat ishtirokidagi korxonalarga Korporativ boshqaruv qoidalari va Axloq kodeksi joriy etilishi natijasida korxonalar va boshqaruv organlarining faoliyati samaradorligi oshadi, manfaatlar to‘qnashuvining oldi olinadi;

davlat ishtirokidagi korxonalarning rahbarlik lavozimlariga Davaktiv agentligining elektron tizimi orqali tanlov asosida malakali mutaxassislar, shu jumladan mahalliy va xorijiy menejerlar jalb etilishi ta’minlanadi, rahbarlarning mas’uliyati hamda korxonalar faoliyatining samaradorligi oshiriladi;

davlat ishtirokidagi korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati ustidan monitoring o‘rnatiladi va boshqaruv organlari faoliyatiga baho beriladi, shuningdek, korxonalar faoliyati ochiqligi va shaffofligi ta’minlanadi;

kuzatuv kengashi faoliyatiga baho berilib, malakali va tajribali kadrlar jalb etiladi, amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini baholash imkoni yaratiladi.

4.

Davlat ishtirokidagi korxonalarning ichki hujjatlariga mazkur korxonalar va ularning ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan korxonalarga uchinchi shaxslar tomonidan investitsiya kiritish yoki ularning xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalida ishtirok etishi, yagona ta’sischi bo‘lgan korxonalarni qayta tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarni hamda yirik ko‘chmas mulk obyektlarini sotish masalalarini Davaktiv agentligi bilan kelishgan holda amalga oshirish yuzasidan tegishli o‘zgartirishlarni kiritish.

2023-yil II chorak

A. Miraliyev

Davlat mulkidan samarali foydalanish, mol-mulklarning noqonuniy tasarruf etilishining oldini olish va ularning iqtisodiyotdagi ulushini kamaytirishga erishiladi.

5.

Fond birjasi ichki hujjatlariga fond birjasiga chiqarilgan davlat aksiya paketlarini sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat savdo jarayonlarida kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruxsat berish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish.

2023-yil II chorak

A. Miraliyev

Davlat aksiya paketlarini sotishda teng raqobat tamoyili joriy etiladi va aktivlar nisbatan yuqori narxda sotiladi.

6.

“Navro‘z bog‘i” MChJdagi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ulushi va boshqa davlat ishtirokidagi korxonalar ulushlarini Davaktiv agentligiga o‘tkazgan holda saqlash va uni yanada rivojlantirish choralarini ko‘rish.

2023-yil II chorak

A. Miraliyev

Jamiyatda korporativ boshqaruv tamoyillari joriy etiladi, aholi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi.

9.

Davlat ixtiyoridagi istirohat bog‘larini xatlovdan o‘tkazib, ularning faoliyatini tubdan takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil II chorak

�. Usmonov

Istirohat bog‘larining yagona yondashuv asosida boshqarilishi natijasida ularning faoliyat samaradorligi oshadi.

10.

Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi tomonidan davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha rasmiylashtirilgan shartnomalar bo‘yicha ijara to‘lovlarini undirishni va uning taqsimotini Soliq qo‘mitasi tomonidan “E-ijara” elektron dasturi orqali amalga oshirish.

2023-yil II chorak

A. Miraliyev

Ijaraga berilgan davlat mulki obyektlari bo‘yicha ijara to‘lovlarini mazkur tizim orqali o‘z vaqtida va to‘liq undirish imkoniyati yaratiladi.

III. Budjet mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish, davlat xaridlari shaffofligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun teng imkoniyatlar yaratish orqali davlat xaridlari jarayonida raqobatni rivojlantirish

1.

Davlat aktivlarini baholash uchun baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlang‘ich qiymatini aniqlash tartibini joriy etish.

Davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etishda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlang‘ich qiymatini aniqlash tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil I chorak

B. Usmonov

Teng raqobat asosida baholovchi tashkilotlarni jalb etishga erishiladi, baholovchi tashkilotlar xizmatlari uchun xarajatlar 15 foizga qisqaradi.

2.

Davlat aktivlarini sotish uchun xalqaro va mahalliy maslahatchi va tashkilotlarni jalb etishda eng yaxshi takliflarni tanlab olish xususiyatlarini belgilashni nazarda tutuvchi hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil II chorak

B. Usmonov

Xalqaro va mahalliy maslahatchi va tashkilotlarni jalb etishda teng raqobat ta’minlanadi.

3.

Umidsiz soliq qarzi mavjud tadbirkorlik subyektlarini tugatish jarayonida davlat organlarining takrorlovchi funksiyalarini qisqartirish hamda budjet xarajatlarini kamaytirish.

Vazirlar Mahkamasining Umidsiz soliq qarzi mavjud tadbirkorlik subyektlarini davlat xizmatlari markazlari orqali idoralararo ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘ygan holda tugatish tartibi to‘g‘risidagi qarori loyihasini kiritish.

2023-yil II chorak

B. Usmonov

Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish uchun sarflanayotgan vaqt (bir yari� yil) o‘rtacha uch barobarga qisqaradi, ushbu jarayonlarda davlat soliq xizmati organlari, Majburiy ijro byurosi va sud boshqaruvchilarining takror funksiyalari qisqartiriladi, bu yo‘nalishda sudlarda ko‘rib chiqiladigan ishlar o‘rtacha 4 barobarga qisqarib, 7 milliard so‘m iqtisod qilinadi.

IV. Energiyani tejash, uning samaradorligini oshirish va sohaga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng jalb qilish

1.

Davaktiv agentligining barcha hududiy boshqarmalari binolarini qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tkazish.

2023-yil IV chorak

A. Miraliyev

Natijada, 1 245 ming kVt elektr energiya iqtisod qilinadi.

2.

Davlat ishtirokidagi korxonalarning 2023-yil uchun tasdiqlangan biznes-rejalari ularning energetik ehtiyojlarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari, jumladan quyosh panellarini o‘rnatish hisobidan va tabiiy gazdan foydalanuvchilarni ko‘mirga o‘tkazishni ta’minlash bo‘yicha loyihalarning amalga oshirilishini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqilishini hamda kelgusi yillar biznes-rejalarini ishlab chiqishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini oshirib borishni ta’minlash.

2023-yil II chorak

A. Miraliyev

100 dan ziyod davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini energiya tejamkorlik prinsiplari asosida tashkil etishga erishiladi.

V. Baholash va rieltorlik faoliyatini takomillashtirish, bu sohadagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish

1.

Baholash sohasidagi eng yaxshi xalqaro tajribani o‘rgangan holda, baholash faoliyati sohasida o‘zini-o‘zi boshqarish mexanizmlarini hamda huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, baholash xizmatlari sifatini oshirish maqsadida O‘zbekiston RespublikasiningBaholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil IV chorak

B. Usmonov

Baholash faoliyati sohasida huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, baholash xizmatlari sifatini oshirish va mamlakatimizda xususiy mulk daxlsizligi va mol-mulkning haqiqiy bozor bahosini shakllantirish va ishonchligini ta’minlash imkonini beradi.

2.

Baholashning xalqaro standartlari tamoyillari asosida yagona yondashuvni va bozor konyunkturasini xisobga olishni ta’minlaydigan Yagona milliy baholash standartiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

2023-yil IV chorak

B. Usmonov

Yagona baholash milliy standartiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda yangi baholash standartlarini ishlab chiqish orqali baholash xizmatlari sifatini, aktivlarning yakuniy qiymati ishonchliligini ta’minlashga shuningdek, mulkdor va davlatga zarar yetkazish xavfini kamaytirishga, xorijiy investorlarning tan olingan xalqaro standartlar asosida aktivlarni baholashga ishonchini oshirishga hamda ilg‘or xorijiy baholash amaliyotini joriy etishga erishiladi.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-iyuldagi “Baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish mexanizmini tasdiqlash haqida”gi 161-son qarori bilan tashkil etilgan Sud organlari so‘rovnomalariga ko‘ra bahsli vaziyatlarda baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ekspert komissiyasining ishini takomillashtirish.

2023-yil III chorak

B. Usmonov

Natijada baholash sohasida tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, shuningdek, baholash tashkilotlarining professional jamoat birlashmalarida o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmini rivojlantirish, nizoli vaziyatlarda baholash obyektlari bo‘yicha baholash materiallarini sudlar so‘rovlariga ko‘ra Ekspert komissiyasi tomonidan ekspertizadan o‘tkazish mexanizmini takomillashtirish va shu orqali fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga baholash xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada oshirish imkonini beradi.

4.

Baholash xizmatlari iste’molchilari tomonidan baholovchi tashkilotlar holatini shaffoflik, ishonchlilik va raqobat prinsiplari asosida tahlil va prognoz qilish, ularning bozorda egallagan o‘rni hamda boshqa mezonlarga qarab tahlil qilish maqsadida baholovchi tashkilotlar reytingi va renkingini joriy etish va ularni baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmalari veb-saytlarida e’lon qilish.

2023-yil IV chorak

B. Usmonov

Baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmalarida 265 ta baholash tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan baholash xizmatlari bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasi shakllanadi va xizmat ko‘rsatish sohasida baholovchi tashkilotlar faoliyatini tahlil qilish hamda ularning reytingini va renkingini aniqlash imkoni yaratiladi.

5.

Rieltorlik sohasidagi eng yaxshi xalqaro tajribani o‘rgangan holda, sohaning o‘zini-o‘zi boshqarish mexanizmlarini hamda huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, rieltorlik xizmatlari sifatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil IV chorak

B. Usmonov

Qonunning qabul qilinishi rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish jarayonlari va tartiblari takomillashishiga hamda ko‘chmas mulkning aylanmasi va operatsiyalari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish va sohani tartibga solish mexanizmlari rivojlanishiga olib keladi.

6.

Ko‘chmas mulk bozorini raqamli transformatsiya qilish maqsadida rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari bilan birgalikda rieltorlik xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatish imkonini beruvchi multilisting tizimlarini tashkil etishda xususiy sektorga ko‘maklashish.

2023-yil IV chorak

B. Usmonov

Davaktiv agentligi va rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari bilan birgalikda xususiy multilisting axborot tizimlarini tashkil etish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlariga amaliy yordam ko‘rsatish orqali rieltorlik xizmatlarini rivojlantirishga va xizmatlar sifatini yaxshilashga erishiladi.

Rieltorlik tashkilotlari tomonidan multilisting tizimida amalga oshirilgan bitimlar tahlili asosida ko‘chmas mulk bozorining holati, bozordagi talab va taklif haqida haqqoniy axborotni shakllantirish va narxlarning shaffofligini ta’minlashga erishiladi.

VI. Sohani rivojlantirish dasturlari uchun grant va texnik ko‘mak mablag‘larini jalb qilish

1.

Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi uchun elektron platformaning texnik vazifasini ishlab chiqish uchun Jahon bankining texnik ko‘magini jalb qilish.

2023-yil IV chorak

B. Usmonov

Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi uchun elektron platformani takomillashtirishga erishiladi. Bunda, bo‘sh turgan obyektlar, ijaraga beriladigan davlat obyektlari ro‘yxati, ijara shartnomalari va ularni elektron ma’lumotlar bazasida qidirish, mulkni ijaraga berish bo‘yicha interaktiv xizmatlar elektron platforma orqali amalga oshiriladi.

2.

Davlat aktivlarini boshqarish sohasini raqamlashtirishni amalga oshirish hamda sohaga bog‘liq hujjatlarni takomillashtirish maqsadida Germaniya Moliya vazirligining texnik ko‘magini jalb qilish.

2023-yil III chorak

A. Miraliyev

Germaniya Moliya vazirligi tomonidan jalb qilingan GIZ va Indecon consulting tashkilotlarining xalqaro tajribasi davlat aktivlarini boshqarish samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.

3.

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Germaniyaning Mangold consulting kompaniyasi ko‘magida Davaktiv agentligi xodimlarining xususiylashtirish va korporativ boshqaruv sohasidagi salohiyatini oshirish bo‘yicha texnik ko‘mak jalb qilish.

2023-yil III chorak

A. Miraliyev

Davaktiv agentligi xodimlarining davlat aktivlarini boshqarish, xususiylashtirish va korporativ boshqaruv sohasidagi salohiyatini oshirishga erishiladi.

VII. Davaktiv agentligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan nazorat funksiyalarini “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshirish tartibini takomillashtirish, shuningdek, korrupsiya omillarini bartaraf etish

1.

Davaktiv agentligi tizimida Ichki audit xizmati tomonidan audit tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha yillik ish reja ishlab chiqish.

Bunda:

budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar daromadlari va xarajatlarini amalga oshirilishini tahlil qilish va ularning to‘g‘ri shakllanishini ta’minlash;

moliyaviy xavf-xatarlarni baholash;

baholash natijalari bo‘yicha aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytirish.

Har yili IV chorak

A. Miraliyev

B. Usmonov

Davaktiv agentligi faoliyatidagi moliyaviy kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda kelgusida moliyaviy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishining oldini olishga erishiladi.

2.

Davaktiv agentligi tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, ularning natijalari bo‘yicha aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2023-yil II chorak

A. Ortiqov,

A. Miraliyev,

B. Usmonov,

Q. Hakimov

Davaktiv agentligi faoliyatida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish hamda korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda korrupsiya holatining oldini olishga erishiladi.

VIII. Tadbirkorlik subyektlari va aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning modelini takomillashtirish. Tadbirkorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish

1.

Davlat mulkini xususiylashtirish va xususiylashtirishdan keyingi monitoring qilish tartibini soddalashtirish.

Bunda:

ko‘chmas mulk obyektlari va davlat ulushlari xususiylashtirilganligi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi order va sertifikat Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali QR-kod qo‘yilgan holda beriladi;

onlayn-auksion savdolarda davlat mulki obyektlarini sotib olgan xaridorlar bilan shartnomalar savdo natijasi bo‘yicha bayonnoma asosida “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron shaklda (shu jumladan elektron raqamli imzo orqali) rasmiylashtiriladi;

investitsiya majburiyatlarining bajarilishini har chorakda tegishli vazirlik va idoralar xodimlarining joyiga chiqqan holda oraliq monitoring qilish tartibi bekor qilinadi;

investitsiya majburiyatlarining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli davlat organlari va tashkilotlarning elektron bazasini “Davlat mulki” axborot tizimiga integratsiya qilish va tadbirkorlarning elektron tizimga kiritadigan ma’lumotlari orqali olish yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur bandda nazarda tutilgan normalarni amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil II chorak

B. Usmonov

Xususiylashtirish to‘g‘risidagi order va sertifikatni berish jarayonini raqamlashtirish mazkur jarayonlarda inson omili aralashuvini kamaytiradi, o‘rtacha 600 dan ortiq tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi hamda byurokratiyaning oldini olishga xizmat qiladi.

Oldi-sotdi shartnomalarini elektron shaklda rasmiylashtirish natijasida 500 ga �qin tadbirkorlik subyektlariga shartnoma shartlari bilan oldindan tanishish imkoniyati yaratiladi va ortiqcha byurokratik to‘siqlar bekor qilinadi.

Investitsiya majburiyatlarining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat organlari va tashkilotlarning elektron bazasini “Davlat mulki” axborot tizimiga integratsiya qilish orqali olish, 1 000 ga yaqin investorlarga qo‘shimcha qulaylik yaratilishiga, tegishli davlat organlari va tashkilotlardan ishonchli ma’lumotlarni olishga, olis hududlarda joylashgan obyektlar bo‘yicha kiritilgan investitsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkor olishga zamin yaratiladi.

2.

Sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazishni soddalashtirish. Bunda:

sud boshqaruvchiligiga talabgorlarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish va ularga malaka attestatini berish bo‘yicha davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi;

attestatsiyadan o‘tkazish uchun murojaatlar elektron shaklda qabul qilinadi va malaka attestatlari QR-kod qo‘yilgan holda rasmiylashtiriladi.

Mazkur bandda nazarda tutilgan normalarni amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil II chorak

B. Usmonov

Sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflik ta’minlanadi, malaka attestatini berish muddati 10 kundan 3 kunga qisqartiriladi.

3.

Davlat mulki va davlat ishtirokidagi korxonalar mulkini ijaraga berish to‘g‘risidagi xabarni e’lon qilish muddatini 15 kunga qisqartirish, takroriy savdolar muddatini 5 kungacha qisqartirish.

2023-yil II chorak

A. Miraliyev

Davlat mulki va davlat ishtirokidagi korxonalar mulkini ijaraga berishda auksion savdolarining qisqa muddatlarda o‘tkazilishi mulkdan tezkorlik bilan samarali foydalanishni tashkil etish imkoniyatini yaratadi.

4.

Davlat aktivlarini boshqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilishning yangi tizimini joriy etish.

Bunda:

davlat ko‘chmas mulk obyektlari, davlat ulushi, davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari hamda ularga tegishli avtotransport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davaktiv agentligining rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida e’lon q�linadi, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno;

davlat ishtirokidagi korxonalarning iqtisodiyotdagi o‘rni va ulushi, moliyaviy natijalari, biznes-reja ko‘rsatkichlari bajarilishi va boshqa muhim axborotlarini o‘z ichiga oluvchi davlat ishtirokidagi korxonalarning yig‘ma hisoboti har yili 1-avgustga qadar Davaktiv agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;

2023-yil 1-oktabrgacha “Davlat mulki obyektlari bilan savdolarni o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish portali” yaratiladi, unda barcha davlat mulki obyektlarini savdoga chiqarish va uning natijalari to‘g‘risidagi axborotlar joylashtiriladi.

2023-yil II chorak

A. Miraliyev

Davlat mulklari ishtirokida amalga oshirilayotgan barcha bitimlar to‘g‘risidagi axborotlar shaffof va yagona platformada majburiy tarzda bepul e’lon qilib boriladi, bozor konyunkturasida shakllanadigan narx bo‘yicha tahliliy axborotlar manbai hamda davlat mulklaridan samarali foydalanish jarayonini monitoring qilish va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish imkoniyati yaratiladi.

5.

Jismoniy shaxslarga “Davlat mulki” elektron tizimi orqali hududi 2 000 kvadrat metrgacha bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn-auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha ariza berish huquqini berish.

Davaktiv agentligi tomonidan mazkur tartibni tasdiqlash.

2023-yil II chorak

B. Usmonov

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan bino va inshootlarni auksion orqali sotib olish jarayoni yengillashadi.

6.

Barcha davlat muassasalarining asosiy vositalarini “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotish yoki ijaraga berish.

2023-yil II chorak

B. Usmonov

Tadbirkorlik subyektlari uchun obyektlarni auksion orqali sotib olish imkoniyati yaratiladi.

Davlat muassasalari asosiy vositalarini sotish jarayonlarini soddalashtirish, jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini oshirishga erishiladi.

IX. Sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish

1.

Agentlikning 3 ta davlat xizmatini raqamlashtirish va davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xizmat ko‘rsatishini joriy etish.

2023-yil II chorak

Q. Hakimov

Inson omili”ning kamayishiga, vaqt tejalishiga, ortiqcha sarsongarchiliklarning hamda korrupsiyaning oldini olishga erishiladi.

2.

“Davlat mulki” axborot tizimining “To‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qo‘llanilgan shaxslar va sud boshqaruvchilarining hisobini yuritish”, “Davlat mulki hisobini yuritish”, “Korporativ boshqaruv” va “Davlat ishtirokidagi korxonalarning biznes-reja ko‘rsatkichlari va samaradorlik muhim ko‘rsatkichlari monitoringi” modullarini takomillashtirish hamda vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan elektron ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

2023-yil IV chorak

A. Miraliyev,

B. Usmonov

Ushbu modullarda ishlaydigan boshqarma va bo‘limlarning ish faoliyati raqamlashtiriladi, vazirlik va idoralar ma’lumotlarini onlayn ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri olish imkoniyati yaratiladi.

3.

Davlat ishtirokidagi korxonalarning asosiy moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish tizimini takomillashtirish.

2023-yil III chorak

A. Miraliyev

Davlat ishtirokidagi korxonalarning ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish, ishlarni bajarish), quvvatlaridan foydalanish darajasi va hajmi, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati tahlili va korporativ boshqaruv tizimining joriy etilishi holatini monitoring qilish, ularning faoliyatiga, shu jumladan boshqaruv organlari faoliyatiga baho berish va operativ qarorlarni qabul qilish imkoniyati yaratiladi.

4.

Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan hisoblangan va to‘langan dividendlarning hisobini yuritish bo‘yicha elektron tizim yaratish.

2023-yil III chorak

A. Miraliyev

Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan to‘langan dividendlar yuzasidan Soliq qo‘mitasining elektron bazasidan ma’lumotlarni olish orqali, korxonalar tomonidan hisoblangan va to‘langan dividendlar va qarzdorliklar bo‘yicha yagona va ishonchli tizim yaratilishiga erishiladi.

5.

Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi va ijroiya organi a’zolari portalini takomi�lashtirish.

2023-yil III chorak

A. Miraliyev

Respublikada mavjud 2 300 dan ortiq davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashlari va ijroiya organi a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar markazlashgan holda yoritib boriladi.

6.

9 ta davlat organining axborot tizimini “Davlat mulki” axborot tizimiga integratsiya qilish.

2023-yil III chorak

K. Hakimov

Davlat mulki obyektlari bo‘yicha yagona elektron ma’lumotlar bazasi yaratiladi.

7.

Baholash sohasida “Baholash faoliyatining yagona axborot platformasi” elektron dasturini takomillashtirish.

2023-yil III chorak

B. Usmonov

Platformada elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirishga, baholovchi tashkilotlar tomonidan shaxsiy kabinetlar ochishga, ularning elektron reyestrini va reytingini, baholovchi malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar ro‘yxatini yuritishga, baholovchi tashkilotlar tomonidan baholash to‘g‘risidagi hisobotlarni elektron qabul qilishga hamda baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ekspert komissiyasi ishini raqamlashtirilishiga erishiladi.

X. Sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning kasbiy mahorati va mas’uliyatini oshirish, tizim tashkilotlariga tashabbuskor, fidoyi, sadoqatli, o‘z ustida doimiy ishlaydigan kadrlarni jalb qilish hamda ularning salohiyatini doimiy ravishda oshirib borish

1.

Xodimlarning kasbiy kompetensiyasini va mas’uliyatini oshirish, ularning o‘z vakolatlarini lozim darajada amalga oshirishi, zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida muntazam va tizimli ravishda o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etish, shu jumladan xorijda tashkil etiladigan o‘quv seminarlarida xodimlar ishtirokini ta’minlash.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilayotgan turli malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida xodimlar ishtirokini ta’minlash va bu orqali ularning salohiyatini doimiy ravishda oshirib borish.

Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El yurt umidi” jamg‘armasi bilan hamkorlikda top 1000 talikka kirgan oliy o‘quv yurtlari talaba va bitiruvchilarini Agentlik sohasiga jalb qilish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, ularni munosib lavozimlar uchun zaxiraga kiritish.

Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini tanlov asosida Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarida amaliyot o‘tashlari uchun sharoit yaratish hamda ular orasidan tashabbuskor, fidoyi, salohiyatli, o‘z ustida doimiy ishlaydigan kadrlarni saralab olish.

2023-yil davomida

A. Ortiqov

Davaktiv agentligi tizimi kadrlar tarkibi tashabbuskor, fidoyi, sadoqatli, o‘z ustida doimiy ishlaydigan kadrlar bilan butlanadi.

Davaktiv agentligi, uning hududiy organlari va tarkibiy tuzilma tashkilotlarida zamonaviy fikrlaydigan, professional sifatlar va tajribalariga ega, Agentlik oldiga qo‘yilgan vazifalar bajarilishini ta’minlashga qodir bo‘lgan rahbar kadrlar tarkibi shakllantiriladi.

XI. Davaktiv agentligi markaziy apparati hamda uning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlarining tuzilmalarini tasdiqlash, ular tarkibiga kiritilgan muassasalarning faoliyatini takomillashtirish

1.

Davaktiv agentligi markaziy apparati hamda uning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlarining tuzilmalarini tasdiqlash.

Bunda:

Davaktiv agentligi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlari faoliyatini tahlil qilib, ularni qayta tashkil etish choralarini ko‘rish;

Davaktiv agentligi markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlarining xodimlarini lavozimlarga tayinlash va qayta tayinlash;

Davaktiv agentligi markaziy apparati hamda hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlarini malakali, chuqur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, o‘z vazifalarini samarali va mas’uliyat bilan bajaradigan kadrlar bilan to‘ldirish.

2023-yil I chorak

A. Ortiqov

A. Miraliyev

B. Usmonov

Davaktiv agentligi direktori o‘rinbosarlari, departament, boshqarma va bo‘limlar hamda hududiy va tarkibiy tuzilmalarning yo‘nalishlar bo‘yicha aniq vazifalari belgilab beriladi.

Kadrlar tanlab olinadi, mutaxassis kadrlarning o‘z yo‘nalishlari va salohiyatiga qarab ish yuritishi tartibga keltiriladi.

2.

Davlat organlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korxonalar ma’muriy binolaridan xodimlar uchun belgilangan me’yordan kelib chiqib, samarali foydalanish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil II chorak

A. Miraliyev

Davlat organlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korxonalar ma’muriy binolaridan samarali foydalanishga erishiladi.

3.

“E-auksion” elektron savdo platformasida quyidagilarni amalga oshirish:

xususiy mulkdorlar buyurtmasiga asosan ularning mulklarini soddalashtirilgan tartib va muddatlarda sotish bo‘yicha savdolarni o‘tkazish;

auksion savdolarida amalga oshirilgan bitimlar bo‘yicha mulk toifasi kesimida davriy tahliliy-axborotlarni e’lon qilib borish;

2023-yil II chorak

A. Miraliyev

Xususiy sektor mulklari hamda asosiy vositalarini sotish va ijaraga berish jarayonlari tezlashadi.

Barcha turdagi auksion va tanlov savdolari natijalari e’lon qilib boriladi, bozor konyunkturasida shakllanadigan narx bo‘yicha tahliliy a�borotlar manbai hamda davlat mulklaridan samarali foydalanish jarayonini monitoring qilish va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish imkoniyati yaratiladi.

4.

Davlat daromadiga olingan mol-mulklarni, bundan oziq-ovqat mahsulotlari, avtomototransport, ko‘chmas mulk va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa mulkiy huquqlar mustasno, shartnoma-vositachilik orqali faoliyat yurituvchi tashkilotlar buyurtmasiga ko‘ra soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida elektron savdo do‘koni orqali sotish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil III chorak

B. Usmonov

Bojxona, soliq, sud va boshqa organlar tomonidan davlat daromadiga olingan tovar-moddiy boyliklarni shartnoma-vositachilik asoslarida realizatsiya qiladigan savdo tashkilotlari buyurtmasiga ko‘ra sotilayotgan mahsulotlarni yagona platformaga joylashtirishga hamda savdolarni shaffof tarzda amalga oshirishga erishiladi.

XII. Qonunchilik hujjatlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir-biriga muvofiqlashtirish

1.

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga (3 dan ortiq qonunlarga) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil II chorak

A. Ortiqov

A. Miraliyev

B. Usmonov

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi, bunda:

Davaktiv agentligi tizimidagi tashkilotlar nomlari bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi;

nomuvofiqliklar bartaraf etiladi;

o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, eskirgan va bugungi kunda ishlamaydigan normalar chiqarib tashlanadi.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga (10 dan ortiq farmon va qarorlar) o‘zgartirish kiritish, shuningdek, ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida Farmon loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil II chorak

A. Ortiqov

A. Miraliyev

B. Usmonov

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi, bunda:

Davaktiv agentligi tizimidagi tashkilotlar nomlari bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi;

nomuvofiqliklar bartaraf etiladi;

o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, eskirgan va bugungi kunda ishlamaydigan normalar chiqarib tashlanadi.

3.

Vazirlar Mahkamasining ayrim hujjatlariga (20 dan ortiq qarorlar) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil II chorak

A. Ortiqov

A. Miraliyev

B. Usmonov

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi, bunda:

Davaktiv agentligi tizimidagi tashkilotlar nomlari bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi;

o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, eskirgan va bugungi kunda ishlamaydigan normalar chiqarib tashlanadi.

4.

Davaktiv agentligi va Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi to‘g‘risidagi yangilangan nizomlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil II chorak

A. Ortiqov

A. Miraliyev

B. Usmonov

Ma’muriy islohotlarda belgilangan vakolatlar va vazifalardan kelib chiqib, tashkilotlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

5.

Respublika mulki va ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulki (munitsipal mulk) obyektlarini boshqarish to‘g‘risidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil II chorak

A. Ortiqov

A. Miraliyev

B. Usmonov

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi, bunda respublika va munitsipal mulk obyektlarini boshqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqiladi.

6.

Adliya vazirligi bilan birgalikda Davlat uy-joy fondiga qarashli uydagi kvartiraga (uyning bir qismiga) mulk huquqini e’tirof etish vakolatini mahalliy hokimliklarga o‘tkazishni nazarda tutgan holda Davlat uy-joy fondiga qarashli uydagi kvartirani (uyning bir qismini) xususiylashtirish bo‘yicha yagona davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglament loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil III chorak

A. Ortiqov

B. Usmonov

Davlat uy-joy fondi bo‘yicha mulk huquqini tasdiqlovchi orderning mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan elektron shaklda berilishi (yiliga o‘rtacha 2 ming) ushbu jarayonga inson omili hamda davlat tashkilotlari aralashuvini qisqartirishga sabab bo‘ladi.

7.

Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan dividendlarni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil II chorak

A. Ortiqov

A. Miraliyev

Davlat ishtirokidagi korxonalarning sof foydasini taqsimlash va dividendlarni hisoblash tartibi va mexanizmi belgilanadi, jumladan korxonalarning dividendlari (yig‘imlari) prognozini shakllantirish tartibi, dividendlarni hisoblashda inobatga olinishi lozim bo‘lgan holatlar va ko‘rsatkichlar, dividendlarning hisobi va monitoringini yuritish tartibi belgilanadi.

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)

T/r

Axborot tizimlaridan olinadigan ma’lumot

Vazirlik va idoralar nomi

1.

Davlat korxonalari va muassasalari, davlat ulushi mavjud xo‘jalik jamiyatlari va ular ta’sischi (ishtirokchi) bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ular tarkibidagi yuridik shaxslarning ko‘chmas mulk obyektlari.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

2.

Davlat korxonalari va muassasalari, davlat ulushi mavjud xo‘jalik jamiyatlari va ular ta’sischi (ishtirokchi) bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ular tarkibidagi yuridik shaxslar, shuningdek ula�ning moliyaviy hisobotlari.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi

3.

Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, moliyalashtirish manbalari va ularda tashkil etiladigan ishchi o‘rni to‘g‘risida axborot.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

4.

Davlat ishtirokidagi korxonalarning asosiy ishlab chiqarish faoliyati va iqtisodiy parametrlari to‘g‘risida axborot.

Davlat ishtirokidagi korxonalarning milliy iqtisodiyotdagi (eksport, asosiy kapitalga investitsiya, ishlab chiqarishdagi hajmlari (sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar) va aholi bandligidagi ulushlari to‘g‘risida axborot.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

5.

Davlat korxonalari va muassasalari, davlat ulushi mavjud xo‘jalik jamiyatlari va ular ta’sischi (ishtirokchi) bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ular tarkibidagi yuridik shaxslar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari ma’lumotlari.

Adliya vazirligi

6.

Intellektual mulk obyektlari.

7.

Davlat korxonalari va muassasalari, davlat ulushi mavjud xo‘jalik jamiyatlari va ular ta’sischi (ishtirokchi) bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ular tarkibidagi yuridik shaxslarning ish o‘rinlari soni.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

8.

Avtotransport vositalari.

Ichki ishlar vazirligi

9.

Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

10.

Xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga molik umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari.

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi