O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi qayta tashkil etilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi alohida maqomga ega mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi etib belgilangan.
Shunga ko‘ra, ushbu Farmonga O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini muvofiqlashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi S.D. Toshboyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 8-may,
193-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibi to‘g‘risida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qaroriga 4-ilovaning 12-pozitsiyasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Din sohasidagi ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim ishlarini va faoliyatni yanada takomillashtirishda ijtimoiy ko‘mak va imtiyozlar berish to‘g‘risida” 2003-yil 22-avgustdagi 364-son qaroriga 2-ilovaning 1-pozitsiyasidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita” so‘zlari “Din ishlari qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida nizomning 24-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 5-avgustdagi 228-son qaroriga 1-ilovaning sakkizinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-martdagi 53-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish tartibi to‘g‘risida nizomda:
a) 4-bandning o‘ninchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning” so‘zlari “Din ishlari qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 141-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita” so‘zlari “Din ishlari qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) Nizomga ilovaning 1-bosqich “Tadbirlar” ustuni o‘ninchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning” so‘zlari “Din ishlari qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qaroriga 1-ilovaning 44-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“44. O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi”.
8. Vazirlar Mahkamasining “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi 364-son qarorida:
a) 2 va 7-bandlardagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ilovada:
2-bandning birinchi xatboshisi, 5-band, 20-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
16-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
17-bandning o‘n birinchi xatboshisi va 19-bandning beshinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 10-iyuldagi 483-son qarorida:
a) 2-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4 va 5-bandlardagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita” so‘zlari “Din ishlari qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston” teleradiokanalining “Hidoyat sari” studiyasi va Toshkent islom universiteti “Ziyo media markazi” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 13-sentabrdagi 716-son qarorining 1 va 7-bandlaridagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 15-fevraldagi 120-son qarorining 10-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita” so‘zlari “Din ishlari qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 22-iyundagi 466-son qarorida:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Din ishlari qo‘mitasi deb ataladi) muassisligidagi yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblangan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (keyingi o‘rinlarda Akademiya deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin”;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Akademiya rektoriga, zarur hollarda, Din ishlari qo‘mitasi bilan kelishgan holda Akademiya tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin”;
v) 4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Din ishlari qo‘mitasi Akademiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Akademiya o‘z faoliyatida bevosita Din ishlari qo‘mitasi oldida hisobdordir;”;
g) 6-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Din ishlari qo‘mitasi:”;
d) 8-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning” so‘zlari “Din ishlari qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 13-avgustdagi 651-son qarorining 1, 3, 5, 7, 8 va 9-bandlaridagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/36/0055-son)
15. Vazirlar Mahkamasining “Hadis ilmi maktabi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-noyabrdagi 896-son qarorda:
a) 5-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 8 va 9-bandlardagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning” so‘zlari “Din ishlari qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida Malaka oshirish markazi va “Ziyo” media markazini tashkil etish hamda ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-yanvardagi 25-son qarorining 4-bandi beshinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita” va “Din ishlari bo‘yicha qo‘mita” so‘zlari tegishlicha “O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi” va “Din ishlari qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 5-avgustdagi 649-son qaroriga 2-ilovaning 15-pozitsiyasidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita” so‘zlari “Din ishlari qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-oktabrdagi 881-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 13-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Nizomga 1-ilovaning 3-bosqich ikkinchi ustuni 2-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
20. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-iyuldagi 422-son qarorida:
a) 5-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita” so‘zlari “Din ishlari qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 4-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. D. Maxsudov — Din ishlari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari”.
21. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi 693-son qaroriga 2-ilovada:
a) 4-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 13-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga 7-ilovada:
a) 2-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. S. Toshboyev — Din ishlari qo‘mitasi raisi”;
b) 8-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. B. Qodirov — Din ishlari qo‘mitasi Konfessiyalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i”;
v) 10-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. B. Rustamov — Din ishlari qo‘mitasi Ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i”.
23. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 16-dekabrdagi 756-son qaroriga 1-ilovaning 17-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida Yagona nizomga 23-ilovaning 4, 5 va 9-pozitsiyalaridagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risida yagona nizomga 14-ilovaning 9-pozitsiyasidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning” so‘zlari “Din ishlari qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 14-apreldagi 180-son qaroriga 1-ilovada:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Nizomga 1-ilovaning 2-bosqich ikkinchi ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) Nizomga 2-ilovaning nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining “2022 — 2026-yillarda Buxoro viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 27-apreldagi 215-son qaroriga 2-ilovaning 48-pozitsiyasidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi” so‘zlari “Din ishlari qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
28. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi”ni tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 20-maydagi 282-son qarorida:
a) 1-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning” so‘zlari “Din ishlari qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5 ,6, 10 va 15-bandlardagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita” so‘zlari “Din ishlari qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan ishlash tizimining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 13-oktabrdagi 590-son qaroriga ilovaning 20-pozitsiyasidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi hududiy boshqarmasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son; 22.01.2024-y., 09/24/36/0055-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)