Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 282-son qaroriga
1-ILOVA| A. Abduxakimov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi |
| S. Toshboyev | — | Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari |
| O. Nazarbekov | — | madaniyat vaziri |
| I. Maxkamov | — | transport vaziri |
| V. Norov | — | tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari |
| N. Xoliqnazarov | — | Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy |
| J. Maxmudov | — | axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari |
| A. Ikramov | — | ichki ishlar vaziri oʻrinbosari |
| X. Xasilov | — | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisi v.b |
| A. Xodjayev | — | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi |
| A. Koʻchimov | — | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
| lavozimi boʻyicha | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari |
| B. Ibragimov | — | turizm va madaniy meros vaziri oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita kotibi |
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 282-son qaroriga
2-ILOVA2022-yilda oʻtkaziladigan “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasidagi tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR REJASI
| T/r | Tadbirlar nomi | Muddat | Masʼul vazirlik va idoralar |
| 1. | 2022-yildagi “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” (keyingi oʻrinlarda — Xalqaro haftalik) ning Tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | 2022-yil 15-iyun | Turizm va madaniy meros vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Samarqand viloyati hokimligi, Buxoro viloyati hokimligi, Toshkent shahar hokimligi |
| 2. | Xalq�ro haftalik doirasidagi tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita yigʻilishini oʻtkazish va tashkiliy masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilish. | 2022-yil 20-iyun | Tashkiliy qoʻmita, Turizm va madaniy meros vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Madaniyat vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Buxoro viloyati hokimligi, Toshkent shahar hokimligi |
| 3. | Tadbirlar dasturiga muvofiq Xalqaro haftalik doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan joylarni (binolar) belgilash va band qilish. | 2022-yil 1-iyul | Turizm va madaniy meros vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Samarqand viloyati hokimligi, Buxoro viloyati hokimligi, Toshkent shahar hokimligi |
| 4. | 2022-yildagi “Xalqaro haftalik”ning bosma va elektron taqdimot materiallari va portfoliosini ishlab chiqish. | 2022-yil 10-iyul | Turizm va madaniy meros vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
| 5. | 2022-yildagi “Xalqaro haftalik” doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar haqidagi ijtimoiy rolik tayyorlash. | 2022-yil 1-avgust | Turizm va madaniy meros vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
| 6. | Xalqaro haftalikning logotipi, banner dizayni va veb-saytini tayyorlash hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini ochish. | 2022-yil 1-avgust | Turizm va madaniy meros vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
| 7. | Xalqaro haftalikni xorijiy OAV, Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarda (video roliklar, bannerlar va maqolalar orqali) keng targʻibotini amalga oshirish. | 2022-yil avgust — oktyabr | Turizm va madaniy meros vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Tashqi ishlar vazirligi |
| 8. | Tadbirlar dasturiga muvofiq tegishli hududdagi aeroport va temir yoʻl vokzallarida hamda markaziy koʻchalar boʻylab Xalqaro haftalikni keng targʻib qilishga qaratilgan bannerlar oʻrnatish. | 2022-yil oktyabr | Samarqand viloyati hokimligi, Buxoro viloyati hokimligi, Toshkent shahar hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Transport vazirligi |
| 9. | Xalqaro haftalikda ishtirok etadigan xorijiy mehmonlar roʻyxatini shakllantirish. | 2022-yil 1-oktabr | Turizm va madaniy meros vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Tashqi ishlar vazirligi |
| 10. | Xalqaro haftalik haqida press-konferensiya va brifing tashkil etish. | 2022-yil 5-noyabr | Turizm va madaniy meros vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
| 11. | Xalqaro haftalikning rasmiy ochilish marosimi va “Oʻzbekiston islomiy merosi” konferensiyasini oʻtkazish. | 2022-yil 7-noyabr | Samarqand viloyati hokimligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, |
| 12. | Xalqaro haftalik doirasida “Koʻngil ohanglari” festivalini oʻtkazish. | 2022-yil 8-noyabr | Madaniyat vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, |
| 13. | Xalqaro haftalik doirasida “Zamonaviy islomiy meʼmorchilik” hamda “Islom xattotligi va naqqoshlik” koʻrgazmalarini oʻtkazish. | 2022-yil 9 — 13-noyabr | Buxoro viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi, Turizm va madaniy meros vazirligi |
| 14. | Toshkent shahrida milliy va sipo liboslar, kosmetika mahsulotlari kabi madaniy tadbirlar bilan kengaytirilgan “Milliy liboslar koʻrgazmasi” tashkil etish. | 2022-yil 10 — 13-noyabr | Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi |
| 15. | Xalqaro haftalik doirasida “Halol taomlar festivali”ni oʻtkazish. | 2022-yil 12-noyabr | Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi, Turizm va madaniy meros vazirligi |
| 16. | Xalqaro haftalik doirasida “Halol turizm” konferensiyasini oʻtkazish. | 2022-yil 12-noyabr | Turizm va madaniy meros vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Tashqi ishlar vazirligi |
| 17. | Xalqaro haftalik doirasida “Islom iqtisodiyoti” davra suhbatini oʻtkazish. | 2022-yil 12-noyabr | Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Turizm va madaniy meros vazirligi |