1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.05 Fikr, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari . Ombudsman. Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning vijdon erkinligi va diniy e’tiqodga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq ta’minlash, “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolar ro‘yxatining “Haj va Umra” yagona portali (keyingi o‘rinlarda — Portal) xolisona va ijtimoiy adolat mezonlari asosida shakllantirilishini hamda muqaddas ziyoratlarni tashkil qilishda belgilangan tartibga qat’iy rioya etilishini ta’minlasinlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Belgilansinki, fuqarolarga xorijda sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida 2026-yil 1-fevraldan boshlab “Haj” tadbiriga, 2026-yil 1-maydan boshlab “Umra” tadbiriga olib borish Portalda majburiy ro‘yxatga olish orqali amalga oshiriladi. Ziyoratchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Portalga kiritmasdan ushbu tadbirlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi 2026-yil 1-aprelga qadar “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish litsenziyasiga ega yuridik shaxslarni hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasini Portalga ulanishini va undan foydalanishini ta’minlasin. 2026-yil 1-apreldan boshlab “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish litsenziyasini olgan yuridik shaxslarni Portalga proaktiv tarzda ulanishini ta’minlab borsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portalga kiritiladigan ma’lumotlar va ularga qo‘yiladigan talablar, yuboriladigan SMS-xabarnomalar shakli Jamoatchilik kengashining tavsiyasi asosida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portaldan foydalanish hamda unga ulanish uchun qo‘yiladigan texnik, dasturiy va axborot xavfsizligi talablari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan Jamoatchilik kengashi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(21 va 22-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1056-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1056/2400-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Haj” va “Umra” tadbirlariga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning doimiy yashash joyi o‘zgargan taqdirda, fuqarolar ixtiyoriga ko‘ra ularning avvalgi manzili bo‘yicha navbati saqlanib qolishi yoki yangi manzilda yangidan ro‘yxatga qo‘yilishi mumkinligi belgilab qo‘yilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Haj” tadbiriga boradigan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning barcha bosqichlari (ruhiy-asab, narkologiya, teri-tanosil, sil kasalliklari hamda “Haj” mavsumida Saudiya Arabistoni Podshohligiga kirishni cheklovchi kasalliklar yuzasidan tibbiy ko‘rik, emlash va boshqalarni) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalarining markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarida, shuningdek, murakkab va ziddiyatli holatlarda hududiy sog‘liqni saqlash boshqaruv organi tomonidan belgilanadigan markaziy poliklinikalaridan birida bepul amalga oshirishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Umra” tadbiriga yuborishda tibbiy ko‘rikdan o‘tish ixtiyoriy bo‘lib, fuqaroning xohishiga ko‘ra davlat yoki xususiy tibbiyot muassasalarida o‘zlarining hisobidan amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi “Uzbekistan Airways” AJ va boshqa aviakompaniyalar bilan birgalikda aviaqatnovlarida fuqarolarning “Haj” va “Umra” tadbirlariga borish-kelishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mazkur tadbirlar uchun aviachiptalar narxini arzonlashtirish choralarini ko‘rsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-saytida “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilarning yagona onlayn navbat tizimini shakllantirilishini va mazkur onlayn tizimini doimiy ravishda yangilab borilishini ta’minlasin.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi har yilgi “Haj” tadbiriga boradigan fuqarolarni navbatda turgan fuqarolarning umumiy sonidan kelib chiqib, Portal orqali taqsimlanishi va tanlab olinishini ta’minlasin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha hay’atlar “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablari hamda “Haj” va “Umra” safarlariga boradigan fuqarolarning kvotasi va uning hududlar bo‘yicha taqsimoti haqida aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borsinlar. “Haj” va “Umra” ziyoratlari bilan bog‘liq tadbirlar, Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borilishiga, xususan “Mahalla” telekanali imkoniyatidan ko‘proq foydalanishga e’tibor qaratsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 7-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
364-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyundagi 364-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Haj” tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi va Saudiya Arabistoni Podshohligining (keyingi o‘rinlarda Saudiya Arabistoni deb ataladi) Haj va umra vazirligi o‘rtasida har yili imzolanadigan shartnoma asosida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi hamda bunday faoliyat bilan boshqa tashkilotlarning shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Umra” tadbiri O‘zbekiston musulmonlari idorasi va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxslar) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tashkil etiladigan “Umra” tadbiri uning Saudiya Arabistonidagi hamkor tashkiloti o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 28-avgustdagi PF-3793-son Farmoni bilan tashkil qilingan Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi (keyingi o‘rinlarda Jamoatchilik kengashi deb ataladi) bilan kelishgan holda har yili imzolanadigan shartnomaga muvofiq Ushbu Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslar tomonidan “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori bilan tartibga solinadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-oktabrdagi 668-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 09/24/668/0812-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Haj” va “Umra” tadbirlarini ado etuvchi dindorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008-yil 20-maydagi PQ-869-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Jidda shahridagi (Saudiya Arabistoni) Bosh konsulxonaning “Haj” va “Umra” ishlari bo‘yicha attashesi (keyingi o‘rinlarda Bosh konsulxonaning attashesi deb ataladi) Saudiya Arabistonida “Haj” va “Umra” tadbirlariga borgan fuqarolarning (keyingi o‘rinlarda ziyoratchilar deb ataladi) tadbirlarni to‘liq bajarishida hamda ularning xavfsizligini ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Haj” va “Umra” tadbirlari bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni va ziyoratchilarga sifatli xizmat ko‘rsatilishini muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’uldir.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq ma’lumotlar (fuqarolarning haj va umra safarlariga navbati, safar uchun ajratilgan o‘rinlar, to‘lovlarning miqdori va boshqalar) muntazam ravishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jamoatchilik kengashi, hay’atlar va tashkiliy guruhlarning tashkil etilishi, ularning tarkibi, vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika miqyosida Jamoatchilik kengashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha hay’atlar (keyingi o‘rinlarda hay’atlar deb ataladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar)lar miqyosida tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha tashkiliy guruhlar (keyingi o‘rinlarda tashkiliy guruhlar deb ataladi) tomonidan tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Jamoatchilik kengashi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 28-avgustdagi PF-3793-son Farmoniga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Hay’atlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzurida tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan 9 kishidan iborat tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’atlar quyidagi tashkilotlar mas’ul xodimlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari (hay’at raisi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti, viloyatlar va Toshkent shahar vakilliklari;
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmalarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari rahbarlari;
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari;
(9-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi vakili;
(9-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari boshliqlari;
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari;
(9-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari boshliqlari;
(9-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining hududiy bo‘linmasi rahbari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar hay’atlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” tadbiriga borishga navbati kelgan nomzodlarni ziyoratga tayyorgarlik ishlarini Haj mavsumidan kamida olti oy avval boshlashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” tadbiriga borishga nomzodlarni saralashni ushbu Nizomda belgilangan talablar asosida ijtimoiy adolat tamoyiliga amal qilgan holda, “Haj va Umra” yagona portali (keyingi o‘rinlarda — Portal) orqali amalga oshirilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” tadbiriga boruvchi ziyoratchilarni to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlash. Bunda “Haj” mavsumida Saudiya Arabistoniga kirishni cheklovchi kasalliklari mavjud fuqarolarni barvaqt aniqlash va ularga tushuntirishlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatdagi ijtimoiy muhitni yanada sog‘lomlashtirishda hamda mahallalardagi yo‘ldan adashganlarni sog‘lom e’tiqodga qaytarishda alohida namuna ko‘rsatgan imom-xatiblarning imtiyozli ravishda Haj safariga guruh rahbari sifatida borishiga tavsiya berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda davlat va nodavlat tashkilotlari mansabdor shaxslari tomonidan fuqarolarning “Haj” va “Umra” tadbirlari bilan bog‘liq qonunchilik hujjatlari talablari bajarilishini nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish, mazkur ziyoratlarni tashkil etish va amalga oshirishda xizmat mavqeyini suiiste’mol qilishga, boshqa huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish jarayoni monitoringini olib borish hamda tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda “Haj” va “Umra” tadbirlarining amalga oshirilish vaqti va tartibi yuzasidan tushuntirish berish hamda “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq qonun buzilishi holatlari yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, aniqlangan salbiy holatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik kengashining qarori asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga taqdim etiladigan kvotalar doirasida Portal orqali tanlab olingan “Haj” tadbiriga borish uchun navbati kelgan ziyoratchilardan tegishli mablag‘lar undirilishini tashkil etish, ularning hisobini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ziyoratchilarning boshqa hududlarga kelish-ketishi, yashashi, ovqatlanishi, transport xarajatlarining qoplanishi uchun Jamoatchilik kengashi tomonidan tasdiqlangan har bir ziyoratchi uchun safar xarajatlari smetasiga qo‘shimcha tarzda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha alohida smeta ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda diniy va konfessiyalararo bag‘rikenglikni targ‘ib etish, islomning an’anaviy hanafiy mazhabiga zid bo‘lgan radikal-ekstremistik mafkuralarning o‘z mohiyati bo‘yicha buzg‘unchi ekanligini fosh qilishga doir O‘zbekistonda diniy sohada olib borilayotgan islohotlarni ziyoratchilarga yetkazish choralarini ko‘rish.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti, viloyatlar va Toshkent shahar vakilliklari hay’atning ishchi organi funksiyasini bajaradilar.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ishchi organ quyidagi ishlarni tashkil etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portal orqali aniqlangan navbati kelgan ziyoratchilarning xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘lovlarni (Saudiya Arabistonida har bir “Haj” va “Umra” ziyoratchisi uchun shartnomaga ko‘ra sarflanadigan xarajat, aviachiptalar, tibbiy dori qutichasi uchun dori vositalari, “Haj” va “Umra” qo‘llanmasi, ziyoratchilar kamzuli, sumka va boshqalar uchun sarflanadigan xarajatlarni) ziyoratchilar tomonidan O‘zbekiston musulmonlari idorasining Haj va Umra to‘lovlari bo‘yicha bank hisobvarag‘iga naqd yoki naqd pulsiz tartibda milliy valyutada o‘tkazilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ziyoratchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, emlash, ular bilan safar oldi mashg‘ulotlarini o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” va “Umra” mavsumlarida ziyoratchilarni kuzatish va kutib olish ishlarini amalga oshirish.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tashkiliy guruhlar tuman (shahar) hokimliklari huzurida tuman (shahar) hokimlari tomonidan 7 kishidan iborat tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy guruhlar tarkibiga, qoida tariqasida, tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari (tashkiliy guruh raisi), tuman (shahar) bosh imom-xatibi, tuman (shahar) ichki ishlar organining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi, tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari kiritiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Quyidagilar tashkiliy guruhlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tuman (shahar)da davlat va nodavlat tashkilotlari mansabdor shaxslari tomonidan fuqarolarning “Haj” va “Umra” ibodatlari bilan bog‘liq qonunchilik hujjatlari talablari bajarilishini nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish, mazkur ziyoratlarni tashkil etish va amalga oshirishda xizmat mavqeyini suiiste’mol qilishga, boshqa huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tuman (shahar)da ziyoratlarni tashkil etish va amalga oshirish jarayoni monitoringini olib borish hamda tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tuman (shahar)da “Haj” va “Umra” tadbirlarining amalga oshirilishi vaqti, tartibi yuzasidan tushuntirish berish hamda yo‘l qo‘yilayotgan qonun buzilishlari yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, aniqlangan salbiy holatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portal orqali tanlangan va tegishli yilda “Haj” tadbiriga boradigan ziyoratchilar ro‘yxatini tuzish va tasdiqlash hamda Hay’atlarga taqdim etish;
(14-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
(14-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tuman (shahar)da diniy va konfessiyalararo bag‘rikenglikni targ‘ib etish, islomning an’anaviy hanafiy mazhabiga zid bo‘lgan radikal-ekstremistik mafkuralarning o‘z mohiyati bo‘yicha buzg‘unchi ekanligini fosh qilishga doir O‘zbekistonda diniy sohada olib borilayotgan chora-tadbirlarni axborot bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
141. “Haj” tadbiriga borishga navbati kelgan va Portal orqali tanlab olingan fuqarolar bilan manzilli ishlash, “Haj” tadbiri uchun zarur pul mablag‘larni undirish va boshqa tashkiliy ishlarni amalga oshirish maqsadida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida tuman (shahar) hokimi tomonidan 5 kishidan iborat tarkibda ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda ishchi guruh deb ataladi) tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh tarkibiga, qoida tariqasida, tuman bosh imom-xatibi, mahallaga biriktirilgan imom, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, mahalladagi xotin-qizlar faoli, fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchisi kiritiladi.
(141-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Jamoatchilik kengashi, hay’atlar, tashkiliy guruhlar va ishchi guruhlar o‘zlariga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun mas’uldirlar.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1031-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1031/0500-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. “Haj” va “Umra” tadbirlarining tashkil etilishi va o‘tkazilishida davlat hamda nodavlat tashkilotlarining ishtiroki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar hamda boshqa davlat va nodavlat tashkilotlarining “Haj” va “Umra” tadbirlari bilan bog‘liq faoliyati monitoringini olib borish hamda bu haqda Jamoatchilik kengashiga axborot berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan har bir ziyoratchi uchun safar xarajatlari smetasi loyihalarining tayyorlanishida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hay’atlar tomonidan tegishli yilda “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilar ro‘yxatining tuzilishini, ziyoratchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini, emlanishini, ularga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilishini va “Haj” va “Umra” tadbirlari uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish;
(16-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda islom ahkomlari va shariat qonun-qoidalarini biladigan, jamoat ishlarida faol bo‘lgan davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari orasidan ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhlar va ziyoratchilarning guruh rahbarlari, shuningdek, tibbiy xodimlar, tajribali oshpazlar ro‘yxatini shakllantirish va tasdiqlash uchun Jamoatchilik kengashiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhlar, ziyoratchilarning guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan safaroldi uchrashuvlari hamda mashg‘ulotlari o‘tkazilishini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” va “Umra” mavsumida hududlarda ziyoratchilarni kuzatish va kutib olish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlarini belgilash, shu jumladan ziyoratchilarning tasdiqlangan jadval asosida Saudiya Arabistoniga borishi, u yerda bo‘lishi va u yerdan qaytib kelishlarini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” va “Umra” mavsumi davomida ziyoratchilarning sog‘-salomat va ibodatlarni to‘la-to‘kis bajarib kelishini ta’minlash maqsadida Saudiya Arabistonidagi tegishli tashkilotlar bilan doimiy aloqada bo‘lish, ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhlar, ziyoratchilar guruh rahbarlarining faoliyatini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda Portalni uzluksiz ishlashini ta’minlash, jarayonlarni raqamlashtirish, zarur hollarda moliyalashtirish va texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning “Haj” va “Umra” tadbirlariga borishi uchun Portal orqali ariza berish imkoniyatini doimiy ta’minlab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish jarayoni monitoringini olib borish, tahlil qilish, vakolatli organlar bilan kelishish, ushbu jarayondagi ishlarni manzilli va samarali tashkil etish.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi — o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Quyidagilar O‘zbekiston musulmonlari idorasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh konsulxonaning attashesi yordamida Saudiya Arabistonida “Haj” va “Umra” mavsumlarida ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi mehmonxona, transport oziq-ovqat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
(17-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir ziyoratchi uchun safar xarajatlari smetasi loyihalarini tayyorlash va Jamoatchilik kengashiga tasdiqlash uchun kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” va “Umra” mavsumlari boshlanishidan kamida bir oy oldin ziyoratchilar uchun kamzul va sumka tayyorlab beruvchi tashkilotlarni tanlash uchun tender (tanlov) o‘tkazish va tender (tanlov) xulosalarini Jamoatchilik kengashiga kiritib, Jamoatchilik kengashi qaroriga asosan tender (tanlov)da g‘olib chiqqan tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish;
(17-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ziyoratchilarni emlash uchun zarur miqdordagi vaksinalarning tegishli tashkilotlar tomonidan hay’atlar belgilaydigan tibbiyot muassasalariga o‘z vaqtida yetkazilishini va ziyoratchilarni emlashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda “Haj” va “Umra” tadbirlari uchun ziyoratchilar tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlarning O‘zbekiston musulmonlari idorasi depozit hisobvarg‘iga qabul qilinishini ta’minlash;
(17-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ziyoratchilar uchun xizmat ko‘rsatadigan xorijiy tashkilotlarga to‘lanadigan mablag‘larning o‘z vaqtida konvertatsiya qilinishini hamda ushbu mablag‘larning Bosh konsulxonaning attashesi tomonidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi bergan ishonchnoma asosida boshqariladigan va Saudiya Arabistonida O‘zbekiston Haj missiyasi uchun ochilgan hisobvarag‘iga belgilangan muddatdan kechiktirmay o‘tkazilishini ta’minlash;
(17-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ziyoratchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish va ziyoratchilar uchun Saudiya Arabistonining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi orqali vizalar olinishini ta’minlash;
(17-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ziyoratchilarning O‘zbekiston Respublikasidan Saudiya Arabistoniga va Saudiya Arabistonidan O‘zbekiston Respublikasiga borish-kelishlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda aviaqatnovlar jadvallarini ishlab chiqish, aviakompaniyalar bilan tegishli shartnomalarni imzolash hamda ziyoratchilarning safardan kamida o‘n besh kun oldin ushbu aviaqatnovlar jadvali bilan tanishtirilishini ta’minlash;
(17-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” va “Umra” mavsumida ziyoratchilarning guruh rahbarlari ro‘yxatini tuzib, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasiga taqdim etish;
(17-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhlar, ziyoratchilarning guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan safaroldi uchrashuvlar hamda mashg‘ulotlar o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ziyoratchilarning guruh rahbarlari tomonidan ziyoratchilarning “Haj” va “Umra” amallarini to‘liq ado etishlari maqsadida ziyorat joylarining maketlari yordamida hamda taqdimot shaklida tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tashkilotlar bilan belgilangan tartibda tuziladigan shartnomalar asosida “Haj” va “Umra” tadbirlari to‘g‘risida bosma va video qo‘llanmalarni tayyorlash hamda ziyoratchilarga safardan kamida o‘n besh kun oldin yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” va “Umra” mavsumlarida ziyoratchilarning Saudiya Arabistoniga borishi va u yerdan qaytishi jadvaliga qat’iy rioya etishlarini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” va “Umra” mavsumlari oldidan ommaviy axborot vositalari orqali muqaddas joylarga ziyoratga borish tartib-qoidalari, ziyoratlarning mazmun-mohiyati haqida, shuningdek fuqarolarning noqonuniy yo‘llar bilan “Haj” va “Umra” tadbirlariga borishga urinishlarining oldini olishga doir keng ko‘lamli tushuntirish ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda Portal va uning mobil ilovasini doimiy takomillashtirib borish, zarur hollarda Portal faoliyatini moliyalashtirish, texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va to‘g‘ri ishlashini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarni Portal orqali navbatga yozilishi uchun zarur sharoitlar yaratish.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan o‘n oltinchi va o‘n yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ziyoratchilarga belgilangan tartibda xorijga chiqish biometrik pasportini o‘z vaqtida rasmiylashtirish;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ziyoratchilarni kuzatish va kutib olish vaqtida, shuningdek ziyoratchilar va ziyoratchilarning guruh rahbarlari bilan safaroldi uchrashuvlari va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan joylarda harakat xavfsizligini va jamoat xavfsizligini ta’minlash. Ziyoratchilarning belgilangan yo‘nalishlarda harakatlanishini yo‘l-patrul xizmati kuzatuvida amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ziyoratchilarni kuzatish va kutib olish vaqtida Jamoatchilik kengashi tomonidan tasdiqlangan “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolarni kuzatish va kutib olish guruhi bilan bevosita hamkorlikda ish olib borilishini ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saudiya Arabistonining Haj va umra vazirligi tomonidan qo‘yilgan tibbiy talablarni va Saudiya Arabistonining iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, “Haj” tadbiriga boradigan ziyoratchilarni o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ushbu ziyoratchilarda “Haj” mavsumida Saudiya Arabistoniga kirishi cheklovchi kasalliklar mavjud emasligini aniqlashga alohida e’tibor qaratish. Bunda ziyoratchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning barcha bosqichlari (ruhiy-asab, narkologiya, teri-tanosil, sil kasalliklari yuzasidan tibbiy ko‘rik, emlash va boshqalarni) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalarining markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarida, shuningdek, murakkab va ziddiyatli holatlarda hududiy sog‘liqni saqlash organlari tomonidan belgilanadigan markaziy poliklinikalaridan birida bepul amalga oshirilishini ta’minlash;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ziyoratchilar uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi mablag‘lari hisobiga xarid qilinadigan dori vositalari va tibbiy jihozlar ro‘yxatini tayyorlash, hamda mazkur dori vositalari va tibbiy jihozlarning ishchi guruh vakillari ko‘magida Saudiya Arabistoniga ziyoratchilar bilan birga yuborilishini ta’minlash;
(19-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” va “Umra” mavsumlarida Saudiya Arabistonida ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi tibbiy xodimlar nomzodlari ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasiga taqdim etish. “Haj” va “Umra” mavsumlarida Saudiya Arabistonida ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi tibbiy xodimlar ro‘yxati Jamoatchilik kengashi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng mazkur tibbiy xodimlar bilan safaroldi o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish va ularning xizmat safarini tashkil etish;
(19-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” va “Umra” tadbirlari davomida ziyoratchilarga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishini, profilaktika ishlari amalga oshirilishini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining har yilgi Jidda shahriga safari bilan bog‘liq tashkiliy ishlarda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlik qilish;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ziyoratchilar uchun Saudiya Arabistonining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi tomonidan vizalar rasmiylashtirilishida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi va O‘zbekiston musulmonlari idorasiga amaliy yordam ko‘rsatish;
(20-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh konsulxonaning attashesi ishtirokida “Haj” va “Umra” tadbirlari bo‘yicha tuziladigan shartnomalarni o‘z vaqtida legallashtirishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” va “Umra” mavsumlari davomida ziyoratchilarning sog‘-salomat va ibodatlarni to‘la-to‘kis bajarib kelishini ta’minlash maqsadida Saudiya Arabistonidagi mutasaddi tashkilotlar bilan doimiy aloqada bo‘lish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va AT Aloqabank O‘zbekiston musulmonlari idorasining murojaatiga binoan joylarda “Haj” va “Umra” tadbirlari uchun ziyoratchilardan qabul qilingan mablag‘larni o‘z vaqtida konvertatsiya qilib, Bosh konsulxonaning attashesi tomonidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi bergan ishonchnoma asosida boshqariladigan O‘zbekiston musulmonlari idorasining depozit hisobvarag‘iga va O‘zbekiston musulmonlari idorasining Saudiya Arabistonidagi hamkor tashkilotining hisobvaraqlariga o‘z vaqtida o‘tkazishni tashkil etadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy va Saudiya Arabistoni aviakompaniyalari hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi o‘rtasida ziyoratchilarni tashish yuzasidan shartnomalar tuzish, shuningdek, belgilangan muddatda Saudiya Arabistoniga ziyoratchilarni olib borish va olib kelish bo‘yicha aviaqatnovlar jadvallarini Saudiya Arabistonining mas’ul tashkilotlari bilan muvofiqlashtirish va tasdiqlash, aviakompaniyalar tomonidan ushbu jadvallarga rioya qilinishini hamda sifatli xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash;
(22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” va “Umra” mavsumlarida ziyoratchilarni tegishli yo‘nalishlarda tashishni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” va “Umra” tadbirlari yil davomida doimiy amalga oshirilishini hamda mazkur ziyoratlarga boradigan fuqarolarning soni ko‘pligini inobatga olib, ziyoratchilar uchun turli noqulayliklar va qiyinchiliklar kelib chiqishining oldini olish maqsadida aeroportda ziyoratchilarga samolyotning uchish vaqtini kutish, dam olish, ovqatlanish, ibodat qilish imkonini beradigan alohida joylar ajratilishini ta’minlash;
(22-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” mavsumida mehmonxonalarda ziyoratdan qaytayotgan ziyoratchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning yuklarini qabul qilish choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” va “Umra” mavsumlarida ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhlar, ziyoratchilarning guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan safaroldi uchrashuvlarida ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aeroportlarda ziyoratchilarning yuklarini belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazish;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 20-fevraldagi 01-02/12-7-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarni bojxona ko‘zdan kechiruvi va bojxona ko‘rigidan o‘tkazishda hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 3154, 19.04.2019-y.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” va “Umra” mavsumlarida ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhlar, ziyoratchilarning guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan safaroldi uchrashuvlarida tegishli tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aeroportlar orqali harakatlanayotgan “Haj” va “Umra” ziyoratchilarining respublikadan uchib ketishlari va unga uchib kelishlarida qulayliklar yaratish, bojxona nazorati zonasida uzoq vaqt turib qolishlarining oldini olish maqsadida aeroportlarning uchib ketish va uchib kelish zallarida alohida yo‘lakchalar ajratilib, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini belgilangan tartibda tezkorlik bilan amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” va “Umra” ziyoratiga uchib ketayotgan ziyoratchilarga qulayliklar yaratish maqsadida oldindan tarqatilishini ta’minlash uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasiga zarur miqdorda Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi blankalarini ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” ziyoratchilarining uchib kelishlarida bojxona rasmiylashtiruvini havo kemasining o‘zida amalga oshirish uchun guruh tashkil etish va uni tasdiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona xodimlari havo kemasida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun Saudiya Arabistoniga uchib borib kelishida ushbu bojxona xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlarini tashkil etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 30-oktabrdagi 299-son qarori talablari tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi aholiga “Haj” va “Umra” tadbirlarini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshirish hamda noqonuniy yo‘llar bilan ziyoratga borishning oldini olishga doir tushuntirish ishlarini olib borishda ishtirok etishi mumkin.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar o‘zlariga yuklangan “Haj” va “Umra” tadbirlarining tashkil etilishi va o‘tkazilishi bilan bog‘liq barcha vazifalarning samarali bajarilishi uchun mas’uldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilarni ro‘yxatga olish va tegishli yilda kvotaga kiritiladigan fuqarolarning sonini aniqlash. Tadbirlarga yuborish vaqtida qo‘yiladigan qo‘shimcha shartlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Har yili “Haj” tadbiriga boradigan fuqarolarning kvotalari Jamoatchilik kengashining qarori asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga taqdim etiladigan kvotalar doirasida Hay’atlarning tavsiyalarini ko‘rib chiqqan holda ro‘yxatda turgan fuqarolarning umumiy sonidan kelib chiqib Portal orqali taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik kengashi kvotalarni Portaldagi ro‘yxatga muvofiq belgilaydi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Fuqarolar “Haj” tadbiriga borish uchun doimiy yashash manzili bo‘yicha navbatga yoziladi, “Umra” tadbiriga borish uchun doimiy yoki vaqtincha yashash manzilidan qat’i nazar, murojaat qilishi mumkin.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Portalning uzluksiz ishlashini ta’minlash, texnik qo‘llab-quvvatlash hamda doimiy takomillashtirib borish maqsadida fuqarolarni Portalda “Haj” va “Umra” tadbirlariga ro‘yxatga olishda Jamoatchilik kengashi tomonidan belgilangan miqdorda bir martalik yig‘im undiriladi. Yig‘im O‘zbekiston musulmonlari idorasining maxsus hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
(281 — 283-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Fuqaro Portalda navbatga yozilganidan so‘ng unga arizasi muvaffaqiyatli qabul qilingani to‘g‘risida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan SMS-xabarnoma yuboriladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Portalda ro‘yxatga olingan fuqaro o‘zining qaysi mahalla fuqarolar yig‘inida ro‘yxatga olinganligini ko‘rish imkoniyati yaratiladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi har yilgi “Haj” mavsumida Portalda shakllangan va tashkiliy guruh tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat asosida fuqarolar bilan manzilli ishlaydi hamda “Haj” tadbiri uchun to‘lovlar undirilishini tashkil etadi. Bunda joriy yilgi ro‘yxatga kirgan, lekin O‘zbekiston musulmonlari idorasining xabarnomasida belgilangan muddatda to‘lovni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolarni aniqlab, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi hududidagi “Haj” tadbiri uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega navbatdagi fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tashkiliy guruhga taqdim etib boradi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Joriy yilda navbati kelgan fuqarolar Portal orqali hajga navbati kelganligi hamda Jamoatchilik kengashi tomonidan belgilangan muddatda va miqdorda to‘lovlarni amalga oshirishi to‘g‘risida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan SMS-xabarnoma orqali xabardor qilinadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. SMS-xabarnoma orqali navbati kelgani hamda to‘lovni amalga oshirishi to‘g‘risida xabardor qilingan fuqaro unda belgilangan muddatda va miqdorda to‘lovlarni to‘liq amalga oshirishi yoki “Haj” tadbiriga borishga imkoni bo‘lmagan taqdirda, mazkur bandda hamda ushbu Nizomning 36 va 37-bandlarida belgilangan tartibda “Haj” tadbiriga borish navbatini bir yil muddatga keyinga qoldirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda fuqaro Portal orqali o‘zining navbatini keyingi yilga qoldirish to‘g‘risida elektron ariza bergan holda yoki Tashkiliy guruhga yozma ariza berish orqali navbatini keyingi yilga qoldirishi mumkin.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Fuqaro navbatini keyingi yilga qoldirish to‘g‘risida ariza bergan hollarda, Portalda uning navbati bir marotaba avtomatik tarzda keyingi Haj mavsumiga qoldiriladi hamda ushbu fuqarodan keyingi navbatda turgan fuqaroga (agar ushbu mahallada navbatda turganlar mavjud bo‘lmasa, boshqa mahallaga, boshqa mahallada ham navbat mavjud bo‘lmasa, boshqa tuman (shahar)dagi mahallada eng avval ro‘yxatga yozilganlarga) navbati kelganligi va to‘lovni amalga oshirishi lozimligi to‘g‘risida SMS-xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agarda fuqaro Jamoatchilik kengashi tomonidan belgilangan muddatda yoki miqdordagi to‘lovlarni to‘liq amalga oshirmasa hamda Portal orqali yoki o‘zi mustaqil ravishda navbatini keyinga qoldirish to‘g‘risida ariza bermasa, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan yuborilgan SMS-xabarnomada belgilangan muddat tugagandan so‘ng, ushbu fuqaroning roziligisiz Portal orqali uning navbati keyingi yilga ko‘chiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur fuqarodan keyin navbatda turgan fuqaroga (agar ushbu mahallada navbatda turganlar mavjud bo‘lmasa, boshqa mahallaga, boshqa mahallada ham navbat mavjud bo‘lmasa, boshqa tuman (shahar)dagi mahallada eng avval ro‘yxatga yozilganlardan tanlab) navbati kelganligi va to‘lovni amalga oshirishi lozimligi to‘g‘risida SMS-xabarnoma yuboriladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. “Haj” tadbiriga borish imkoni bo‘lmagan yoki bormayotgan fuqaroning navbati faqat bir marotaba keyingi yilga ko‘chirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navbati keyingi yilga ko‘chirilgan fuqaro keyingi yilda ham Jamoatchilik kengashi tomonidan belgilangan muddatda to‘lovlarni to‘liq amalga oshirmasa yoki boshqa sabablarga ko‘ra “Haj” tadbiriga bormasa, o‘zining arizasiga asosan, ariza yozib bermagan taqdirda, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan yuborilgan SMS-xabarnomada belgilangan muddat tugagandan so‘ng, fuqaroning roziligisiz uning navbati bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu fuqaro umumiy tartibda qayta ro‘yxatga turishi mumkin.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. “Haj” tadbiriga bir nafar hamrohi (otasi, onasi, akasi, ukasi, opasi, singlisi, turmush o‘rtog‘i, farzandi va boshqa) bilan borish istagida bo‘lgan fuqarolar, qoida tariqasida, birgalikda ariza berishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” tadbiriga boruvchi shaxs bilan uning hamrohi (bir hududda) turli sanalarda navbatga yozilgan bo‘lsa, oldinroq navbatda turgan shaxsning navbati o‘zidan keyinroq turgan hamrohi bilan yonma-yon o‘ringa ko‘chirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portalda hamrohi bilan birgalikda ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning nikohi qonuniy bekor bo‘lgan yoki “Haj” ziyoratini bajarish layoqatini yo‘qotgan taqdirda, hamrohni tanlagan shaxs Portalda ariza berish orqali o‘zining navbatda turgan yaqin qarindoshi bo‘lgan hamrohini (bir hududda bo‘lsa) almashtirishi mumkin. Bunda dastlabki hamrohining navbati bekor qilinib, uning o‘rniga yangi hamroh kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portalda navbatda turgan fuqaro vafot etgan taqdirda, uning navbati bekor bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navbatda turgan fuqaro istalgan vaqtda ariza berish orqali navbatini bekor qilishi mumkin, bunda navbat undan keyin turgan fuqaroga o‘tadi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. “Haj” tadbiriga borish uchun navbat faqat doimiy yashash hududi bo‘yicha shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” tadbiriga borish uchun navbatda turgan ziyoratchining doimiy yashash joyi o‘zgargan taqdirda, uning ixtiyoriga ko‘ra avvalgi manzili bo‘yicha navbati saqlanib qoladi. Fuqaro navbatini yangi doimiy yashash hududiga o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, uning eski navbati bekor qilinib, yangi manzilda yangidan navbatga qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” tadbiriga borish uchun ro‘yxatdan o‘tishda doimiy yashash manzili to‘g‘risida ma’lumot olish imkoni bo‘lmagan taqdirda, Portalda talabgor bu haqida ogohlantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro yashash manzili bo‘yicha noaniqlikka tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limidan aniqlik kiritgandan so‘ng ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ariza berishi mumkin bo‘ladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Tashkiliy guruhlar tegishli yilda tuman (shahar) miqyosida “Haj” tadbirlariga boradigan ziyoratchilar ro‘yxati kvota asosida Portalda tasdiqlangandan keyin o‘n kun mobaynida umumlashtiradi. Umumlashtirilgan ro‘yxat ikki nusxada tayyorlanadi va tasdiqlanadi. Mazkur ro‘yxatning birinchi nusxasi elektron varianti bilan birga hay’atlarga taqdim etiladi. Ro‘yxatning ikkinchi nusxasi tashkiliy guruhda saqlanadi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Hay’atlar Jamoatchilik kengashidan va (yoki) Portaldan olingan ro‘yxatlar asosida tegishli yilda o‘zining hududidan “Haj” tadbiriga boradigan ziyoratchilar ro‘yxatini umumlashtiradi, ularning xorijga chiqish biometrik pasporti mavjudligini va amal qilish muddatini, chet elga chiqishga taqiq yo‘qligini tekshiradi, ziyoratchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumlashtirilgan ro‘yxat bir nusxada tasdiqlanib, hay’atlarda saqlanadi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Ziyoratchilarni ziyoratga yuborishdan kamida o‘n kun oldin Jamoatchilik kengashi Portaldan olingan ro‘yxatlar asosida tegishli yilda respublika miqyosida “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilar ro‘yxatini umumlashtiradi, ziyoratchilarni guruhlarga ajratadi, ziyoratchilarning guruh rahbarlarini tayinlaydi, ziyoratchilarning guruhlarini tegishli aviaqatnovlarga taqsimlaydi, ziyoratchilarni Saudiya Arabistoniga olib borish va olib kelish bilan bog‘liq barcha ishlarni amalga oshiradi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Jamoatchilik kengashi va hay’atlar tomonidan ziyorat bilan bog‘liq barcha shart-sharoitlar (ziyorat to‘lovlari, shartlari va muddati) haqida ziyoratchilarga “Haj” tadbiri boshlanishidan kamida bir oy, “Umra” tadbiri boshlanishidan kamida o‘n to‘rt kun oldin ma’lum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Tegishli yilda “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolar ro‘yxatini shakllantirishda quyidagi qo‘shimcha shartlar inobatga olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” tadbiriga bormoqchi bo‘lgan fuqaro navbatga yozilishi uchun so‘nggi besh yilda “Haj” tadbiriga bormagan bo‘lishi (ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhi vakillari va guruh rahbarlari bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” va “Umra” tadbirlariga bormoqchi bo‘lgan fuqarolar voyaga yetgan bo‘lishi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-bob. “Umra” xizmatlarini O‘zbekiston musulmonlari idorasi va tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxslar tomonidan tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
461. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Raqamli texnologiyalar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxslar bilan birgalikda ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, “Umra” xizmatlarini amalga oshirish uchun tavsiya etilayotgan “Umra” paketlari va narxlari, tadbirlar amalga oshiriladigan kunlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Portalda joylashtirilishini va doimiy yangilab borilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini “Umra” tadbiriga olib borish bilan bog‘liq shartnomalarni Portalda elektron shaklda rasmiylashtirish imkoniyatini yaratadi (Portal texnik sabablarga ko‘ra ishlamaganda, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan rasmiy veb-saytda e’lon qilingan talablar asosida “Umra” tadbiriga olib borish bilan bog‘liq shartnomalar boshqa shaklda ham tuzilishi mumkin).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
462. O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxslar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Umra” tadbirlarini tashkil etish bilan bog‘liq barcha harakatlarni Portal orqali amalga oshiradi, shu jumladan “Umra” tadbiriga boradigan ziyoratchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni safardan oldin Portalda majburiy qayd etib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portaldagi faoliyatni shaxsiy kabinetlari orqali amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portalga kirish va shaxsiy kabinetlaridan foydalanish huquqi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portalga kiritilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar Jamoatchilik kengashining tavsiyalari asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
463. Fuqarolarni, shu jumladan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yoki xorijiy davlatlar fuqarolarini (keyingi o‘rinlarda — “Umra” tadbiriga bormoqchi bo‘lgan shaxs) “Umra” tadbiriga olib borish bilan bog‘liq ma’lumotlari Portalga quyidagi usullarda kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Umra” tadbiriga bormoqchi bo‘lgan shaxs Portal orqali O‘zbekiston musulmonlari idorasini (faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari) yoki tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxsni ixtiyoriy ravishda tanlab shartnoma tuzishi mumkin. Bunda shartnomani rasmiylashtirish “Umra” tadbiriga bormoqchi bo‘lgan shaxslar tomonidan Portalga kiritilgan telefon raqamiga yuborilgan SMS-kodni Portalga kiritish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portal orqali yuborilgan murojaatlar O‘zbekiston musulmonlari idorasi yoki tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxs tomonidan ko‘rib chiqilib, tanlangan paketdagi xizmatlar mavjud bo‘lganda rahbar yoki vakolat berilgan shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash orqali shartnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portal orqali kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha shartnoma rasmiylashtirilganda, xizmatlar unda kelishilgan muddat va shartlarda bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlangan paketdagi xizmatlar mavjud bo‘lmaganda O‘zbekiston musulmonlari idorasi yoki tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxs tomonidan murojaat shartnoma rasmiylashtirmasdan rad etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma tuzish rad etilganda bu haqda “Umra” tadbiriga bormoqchi bo‘lgan shaxsning Portalga kiritilgan telefon raqamiga SMS-xabar yuboriladi. Murojaati rad etilgan shaxs tegishli litsenziyasiga ega boshqa yuridik shaxsni tanlashi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Umra” tadbiriga bormoqchi bo‘lgan shaxs tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxsga yoki O‘zbekiston musulmonlari idorasining Haj va Umra markaziga (faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari) shaxsan murojaat qilishlari mumkin. Bunda tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxs yoki Haj va Umra markazi “Umra” tadbiriga bormoqchi bo‘lgan shaxsga oid ma’lumotlarni Portalga mustaqil ravishda kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’lumotlar Portalga kiritilgandan so‘ng “Umra” tadbiriga bormoqchi bo‘lgan shaxsning telefon raqamiga SMS-kod yuboriladi va ushbu kodni Portalga kiritish orqali shartnoma rasmiylashtiriladi. Shartnoma tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxs rahbari yoki O‘zbekiston musulmonlari idorasining Haj va Umra markazi rahbari yoxud ular vakolat bergan shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
464. “Umra” tadbirlari shartnomasi Portalda rasmiylashtirilgandan so‘ng, to‘lov uchun invoys shakllanadi hamda “Umra” tadbiriga bormoqchi bo‘lgan shaxs(lar)ning Portalga kiritilgan telefon raqamiga to‘lov summasi ko‘rsatilgan SMS-xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
To‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng bu to‘g‘risida “Umra” tadbiriga bormoqchi bo‘lgan shaxs(lar)ga tasdiqlovchi SMS-xabar yuboriladi. Ushbu to‘lovlarni Portal orqali ko‘rish imkoniyati yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
465. Tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxslarga quyidagi hollarda Portaldan foydalanish imkoniyati to‘liq yoki qisman to‘xtatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portaldan foydalanish talablari va shartlariga rioya qilinmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxs vakilining yozma arizasi mavjud bo‘lganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portaldan foydalanish imkoniyatini to‘liq yoki qisman to‘xtatish Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning qaroriga asosan amalga oshiriladi.
(41-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhlar, tibbiy xodimlar, oshpazlar, ziyoratchilarning guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan o‘tkaziladigan safaroldi uchrashuvlar hamda mashg‘ulotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. “Haj” va “Umra” tadbirlarini tartibli tashkil qilish, ziyoratchilarning ibodatlari to‘liq bo‘lishi maqsadida Jamoatchilik kengashi tomonidan ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhlar, tibbiy xodimlar va oshpazlar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Ziyoratchilarning guruh rahbarlari uchun Jamoatchilik kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida mashg‘ulotlar tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Ziyoratchilarning guruh rahbarlari joylarda ziyoratchilar bilan “Haj” va “Umra” tadbirlarining odoblari, ularni amalga oshirish tartibi, safarga borish-kelish qoidalari, shartlari va talablari haqida uchrashuvlar hamda mashg‘ulotlar o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ziyoratchilarning guruh rahbarlari ziyoratchilarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida ularni doimiy ravishda kuzatib borish va safar davomida ularga amaliy yordam berish uchun mas’uldirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi, Transport vazirligi hamda milliy va xorijiy aviakompaniyalar tomonidan ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhlar, tibbiy xodimlar, oshpazlar, ziyoratchilarning guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan yakuniy uchrashuvlar o‘tkaziladi hamda bunda mazkur tashkilotlar vakillari o‘z sohalariga oid tegishli tushuntirish ishlarini amalga oshiradilar.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. “Haj” va “Umra” tadbirlarini moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti hamda viloyatlar va Toshkent shahri vakilligi tomonidan banklarda “Haj” va “Umra” tadbirlari uchun ziyoratchilardan yig‘iladigan mablag‘larning maqsadli ishlatilishini ta’minlash maqsadida depozit hisobvaraqlar ochiladi.
(51-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi ziyoratchilardan olinadigan to‘lovlar belgilangan “Haj” va “Umra” mavsumidan kamida ikki oy oldin, bir yo‘la umumiy summani to‘lig‘icha to‘lash yo‘li bilan naqd pul yoki naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
To‘lovlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochilgan depozit hisobvaraqlar ochilgan bankning barcha hududiy filiallarida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
To‘lovlar Hay’atning ishchi organi tomonidan ochilgan maxsus hisobvaraqda to‘planadi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasining depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” va “Umra” tadbirlari bilan bog‘liq barcha sarf-xarajatlar har bir ziyoratchi uchun safar xarajatlari smetasi asosida O‘zbekiston musulmonlari idorasi depozit hisobvarag‘iga yig‘ilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Turli tashkilotlar vakillaridan iborat ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhlarning Saudiya Arabistoniga borish-kelishi bilan bog‘liq barcha xarajatlar har bir ziyoratchi uchun safar xarajatlari smetasi asosida O‘zbekiston musulmonlari idorasining depozit hisobvarag‘iga yig‘ilgan mablag‘lar hisobidan vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlariga O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berishning belgilangan tartibiga muvofiq qoplanadi.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakilliklarining “Haj” va “Umra” masalalari bilan shug‘ullanuvchi xodimlarining xarajatlari, mazkur xodimlarning ish haqlari har bir ziyoratchi uchun safar xarajatlari smetasi asosida belgilangan tartibda qoplanadi.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Ziyoratchilarning Toshkent shahriga kelish-ketishi, yashashi, ovqatlanishi, transport xarajatlari ziyoratchilar hisobidan, hay’atlar tomonidan tasdiqlanadigan alohida smetalar asosida qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. “Haj” va “Umra” tadbirlari uchun to‘lovni amalga oshirgan, biroq ma’lum sabablarga ko‘ra mazkur tadbirlarga bora olmagan yoki bora olmaydigan fuqaroga shaxsan Portal orqali o‘zining arizasi yoki uning nomidan ishonchnomaga asosan harakat qilayotgan shaxsning arizasiga muvofiq to‘langan to‘lovlar to‘laligicha ariza taqdim etilgan paytdan boshlab o‘n ish kunida fuqaro (ishonchli vakil) tomonidan taqdim etilgan maxsus hisobvaraqqa o‘tkazib beriladi.
(55-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaroning vafot etishi munosabati bilan “Haj” va “Umra” tadbirlariga borish uchun to‘langan to‘lovlar vafot etgan fuqaro qonuniy merosxo‘rining arizasiga asosan merosxo‘r taqdim qilgan maxsus hisobvaraqqa o‘tkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” tadbirlarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Talabgor
(“Haj” tadbiriga bormoqchi bo‘lgan jismoniy shaxs)
1. “Haj” tadbiriga boruvchi talabgor “Haj”ga borishga so‘rovnoma yuborish uchun “Haj va Umra” yagona portaliga kiradi.
2. Talabgor “Haj” tadbiriga borish so‘rovnomasini to‘ldiradi va tasdiqlab yuboradi.
3. Talabgorning pasport ma’lumotlari va ro‘yxatda turgan joyi va boshqa ma’lumotlari elektron tizim orqali tekshirib olinadi.
4. “Haj” tadbiriga navbatga yozilish uchun belgilangan miqdorda to‘lovni amalga oshiradi.
O‘z xohishiga ko‘ra yil davomida
↓
2-bosqich
“Haj va Umra” yagona portali
1. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng talabgor so‘rovnomada ko‘rsatgan doimiy ro‘yxatda turgan joyidagi mahallasida navbat bo‘yicha ro‘yxatga olinadi. Bu haqida so‘rovnomadagi telefon raqamiga SMS-xabarnoma yuboriladi.
2. Navbatga qo‘yilgan talabgor to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan tegishli tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi tashkiliy guruhda, Hay’atda va Jamoatchilik kengashida ko‘rinadi.
Avtomatik tarzda,
yil davomida
↓
3-bosqich
“Haj va Umra” yagona portali
Talabgor “Haj” tadbiriga borish uchun ro‘yxatga olingandan keyin uning doimiy ro‘yxatda turgan manzili o‘zgarsa va u ushbu mahallada doimiy ro‘yxatda turgan bo‘lsa, talabgor avvalgi mahalladagi navbatini saqlab qoladi yoki yangi manzili bo‘yicha qaytadan (proaktiv shaklda) navbatga turish uchun so‘rovnoma yuboradi.
Talabgorning xohishiga ko‘ra,
yil davomida
↓
4-bosqich
“Haj va Umra” yagona portali
1. Ro‘yxat bo‘yicha navbati kelgan talabgorlarga Saudiya Arabistoniga jo‘nashdan kamida olti oy(joriy mavsumda borish imkoniyati bo‘lmagan fuqaro o‘rniga keyingi navbatdagi talabgorlar uchun muddat o‘zgarishi mumkin)oldin tizimga kiritilgan telefon raqamiga SMS-xabarnoma yuboriladi.
Avtomatik tarzda
Tashkiliy guruh, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
2. Texnik sabablarga ko‘ra, SMS-xabarnoma yuborish imkoni bo‘lmaganda, talabgor yozma shaklda pochta orqali yoki yashash manziliga borgan holda xabardor qilinadi.
Pochta orqali yoki yashash manziliga borgan holda
↓
5-bosqich
“Haj va Umra” yagona portali
1. Ro‘yxat bo‘yicha navbati kelgan talabgorga “Haj va Umra” yagona portaliga kirib, o‘zining shaxsiy ma’lumotlari sahifasida o‘ziga tegishli ma’lumotlarini, qancha to‘lov amalga oshirishi lozimligini yoki qancha to‘lov amalga oshirganligini hamda QR-kodli to‘lov chekini ko‘rish va yuklab olish imkoniyati yaratiladi.
2. Talabgor QR-kodli chekda ko‘rsatilgan mablag‘ni to‘laganidan so‘ng unga to‘langan mablag‘ miqdori ko‘rsatilgan SMS-xabarnoma yuboriladi.
Avtomatik tarzda
↓
6-bosqich
Talabgor
SMS-xabarnomada yoki QR-kodli chekda ko‘rsatilgan mablag‘ni to‘laydi.
SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan muddatda
↓
7-bosqich
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
1. Tashkiliy guruh tomonidan taqdim qilingan ro‘yxatga asosan tegishli yilda o‘z hududidan ziyoratga boradigan fuqarolarni yashash manziliga borgan holda ogohlantiradi.
2. Tashkiliy guruh bilan birgalikda fuqarolarning ziyoratga borishini tashkillashtiradi.
Tashkiliy guruh tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat bo‘yicha belgilangan muddatlarda
↓
8-bosqich
Tashkiliy guruh
1. Hay’at tomonidan taqdim etilgan tegishli yilda ziyoratga boruvchilar ro‘yxatini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari kesimida ularga yetkazadi.
2. Kvotaga muvofiq tegishli yilda tuman (shahar) miqyosida ziyoratga boradigan fuqarolar ro‘yxatini umumlashtiradi, ularning borishini aniqlashtiradi, to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishini tashkillashtiradi.
Kvota aniqlanganidan keyin besh kun muddatda
3. Kvota bo‘yicha ro‘yxatga kirgan, lekin joriy yilda ziyoratga bora olmaydigan shaxslarni aniqlab, bu to‘g‘risidagi takliflarni hay’atga taqdim etadi.
4. Hay’at bilan birgalikda ziyoratga bora olmaydigan shaxslar o‘rniga navbatdagi fuqarolarning ro‘yxatga kiritilishini ta’minlaydi hamda yakuniy ro‘yxatni shakllantirib, Hay’atga taqdim qiladi.
Hay’atlar kvotani tasdiqlaganidan keyin qirq besh kun mobaynida
↓
9-bosqich
Hay’atlar
1. Kvotaga muvofiq ziyoratchilarning hujjatlarini tekshiradi. O‘z hududidan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) tegishli yilda ziyoratga boradigan fuqarolarning ro‘yxatini umumlashtiradi.
2. Kvota bo‘yicha ro‘yxatga kirgan, lekin joriy yilda ziyoratga bora olmaydigan shaxslar aniqlanganda, tashkiliy guruh bilan ishlab, ularning o‘rniga navbatdagi fuqarolarni ro‘yxatga kiritish masalasini Jamoatchilik kengashi bilan kelishadi.
Jamoatchilik kengashi kvotani tasdiqlaganidan keyin oltmish kun mobaynida
3. Ziyoratga boradigan fuqarolarning yakuniy ro‘yxatini shakllantiradi, tasdiqlaydi va Jamoatchilik kengashiga taqdim qiladi.
4. Ziyoratga borib-kelish uchun belgilangan to‘lovlar to‘lanishini, ziyoratchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini, emlash, ular bilan safaroldi mashg‘ulotlari o‘tkazilishini tashkil etadi.
Ziyoratga yuborishdan bir oy oldin
↓
10-bosqich
Jamoatchilik kengashi
1. Ziyoratga boradigan talabgorlar ro‘yxatini umumlashtiradi, ziyoratchilarni guruhlarga ajratadi, ziyoratchilarning guruh rahbarlarini tayinlaydi, ziyoratchilarning guruhlarini tegishli aviaqatnovlar bo‘yicha taqsimlaydi.
Ziyoratga yuborishdan kamida o‘n kun oldin
2. Ziyoratchilarni Saudiya Arabistoni Podshohligiga olib borish va u yerdan olib kelish bilan bog‘liq barcha ishlarni amalga oshiradi.
Ziyoratlar davomida
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Haj” va “Umra” ziyoratlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’LUMOTNOMA
Ushbu ma’lumotnoma shu haqda berildiki, __________________ viloyati (shahri) ______________ tumani ________________________ fuqarolar yig‘ini, mazkur fuqarolar yig‘inidagi _____________ ko‘chasi _____ uyda istiqomat qiluvchi fuqaro ___________________________________________ 20____ yil _________________ da “Haj” (“Umra”) tadbiriga boruvchilar jurnalida ______________ tartib raqami bilan ro‘yxatga olindi.