22.06.2018 yildagi 466-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-sentabrdagi 565-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/565/0807-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoni ijrosini ta’minlash, yurtimizda Qur’on ilmi, hadis, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar va boshqa xalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud bo‘lgan sohalar bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Din ishlari qo‘mitasi deb ataladi) muassisligidagi yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblangan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (keyingi o‘rinlarda Akademiya deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islomshunoslik, dinshunoslik, din psixologiyasi, islom iqtisodiyoti, manbashunoslik, xalqaro munosabatlar va ehtiyoj mavjud bo‘lgan boshqa sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni, ilm-fan va texnikaning so‘nggi yutuqlarini hamda yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari tajribasi asosida ishlab chiqilgan ta’lim dasturlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vijdon erkinligi va konfessiyalararo bag‘rikenglikni ta’minlash, radikallashuv, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish hamda diniy sohadagi davlat siyosatining asoslariga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy-ma’rifiy yo‘nalishda ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish, shuningdek, internet tarmog‘ida ta’lim resurslarini joylashtirish va muntazam yangilab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarda yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik, kasbga sadoqat hissini mustahkamlash, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizda va xorijda diniy sohada faoliyat olib borayotgan ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-sentabrdagi 565-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/565/0807-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-sentabrdagi 565-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/565/0807-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Din ishlari qo‘mitasi Akademiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya o‘z faoliyatida bevosita Din ishlari qo‘mitasi oldida hisobdordir;
(4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning ixtisoslashgan maktab, akademik litsey, bakalavriat va magistratura bosqichlari bitiruvchilariga beriladigan davlat namunasidagi hujjatlar (shahodatnoma yoki diplom) O‘zbekiston Respublikasida muayyan mutaxassisliklar bo‘yicha tegishlicha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat deb e’tirof etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning bakalavriat va magistraturasiga qabul qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalari asosida amalga oshiriladi;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya magistraturasiga oliy ta’lim muassasalarining kamida bakalavr darajasi diplomiga ega bo‘lgan hamda Akademiyada tayyorlanadigan mutaxassisliklar ixtisosligiga mos keladigan yo‘nalishlarni bitirgan O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar fuqarolari qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya bitiruvchilariga umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida sohaga tegishli fanlar bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Akademiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga moliyalashtirilishi inobatga olinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassislar tomonidan ajratiladigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Din ishlari qo‘mitasi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya ustavini tasdiqlash, shuningdek, uni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent islom universiteti va O‘zbekiston islom akademiyasi negizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etilganligi munosabati bilan ularning professor-o‘qituvchilari va xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Toshkent islom universitetida tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Akademiyada tashkil etilayotgan ta’lim yo‘nalishlari (ziyorat turizmi, xalqaro munosabatlar, mumtoz sharq filologiyasi, islom tarixi va manbashunosligi)ning tegishli ravishda 2, 3 va 4-kurslarida o‘qishni davom ettirishlarini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiya natijalari bo‘yicha lavozimidan ozod qilinadigan xodimlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa tashkilotlarga mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirilishiga ko‘maklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyada tayyorlanadigan mutaxassisliklar uchun malaka talablarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent islom universitetining tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim olib, uni 2017/2018 o‘quv yillarida bitirayotgan 4-kurs bakalavriat bosqichi hamda 2-kurs magistratura bosqichi talabalariga o‘rnatilgan tartibda tegishli yo‘nalish va mutaxassislik bo‘yicha Toshkent islom universitetining bakalavrlik va magistrlik diplomlari beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent islom universitetining o‘qishni boshqa oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish istagini bildirgan 2 va 3-kurs talabalarining o‘qishlarini ko‘chirish Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga muvofiq, ular tahsil olgan davlat granti yoki to‘lov-kontrakti asosidagi ta’lim shaklini saqlab qolgan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Din ishlari qo‘mitasining asoslangan hisob-kitoblariga binoan O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturining 2019-yil va keyingi yillar uchun mo‘ljallangan parametrlarini shakllantirishda Akademiyaning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash hamda jihozlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobiga mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi Akademiya uchun quriladigan va unga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan binolarni rekonstruksiya qilish, mukammal (kapital) ta’mirlash hamda jihozlash bo‘yicha buyurtmachi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh loyiha va bosh pudratchi tashkilotlar belgilangan tartibda tender yoki tanlov o‘tkazish natijalari asosida aniqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Toshkent shahar hokimligi Akademiyaning respublikaning boshqa hududlaridan kelib ta’lim olayotgan talabalarining turar joyga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olib, Akademiyaga yaqin bo‘lgan hududdan talabalar turar joyi uchun mos bino ajratish yuzasidan bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi xorijiy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari professor-o‘qituvchilari va mutaxassislarini Akademiyada ma’ruza o‘qish, ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishga jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya professor-o‘qituvchilarini xorijiy davlatlarning ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalariga ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish, malaka oshirish hamda tajriba orttirish uchun yuborish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Akademiyaga talabalar ta’lim shaklidan qat’i nazar, kasbiy (ijodiy) imtihon hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali qabul qilinsin. Bunda kasbiy (ijodiy) imtihon O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati bo‘yicha o‘tkazilsin;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-sentabrdagi 565-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/565/0807-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari Akademiya iqtidorli talabalariga ham tatbiq etilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning bakalavriat va magistratura bosqichlarini bitirgan talabalar o‘z ixtisosligi bo‘yicha davlat hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga ishga qabul qilinishida davlat ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan teng huquqqa ega bo‘ladilar;
(12-bandning to‘rinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-sentabrdagi 565-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/565/0807-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaga 3 ta, shu jumladan 1 ta xizmat, 1 ta navbatchi va 1 ta maxsus avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Akademiya faoliyatini rivojlantirish, ilmiy-pedagogik hamkorlik o‘rnatish yuzasidan xizmat safarlariga boradigan Akademiya rahbarlari va xorijiy mutaxassislarga hamda ushbu muassasa tomonidan kelgusida o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadigan yuqori martabali mehmonlarga Akademiyaning buyurtmanomalariga muvofiq Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining VIP va SIP zallari orqali belgilangan tartibda xizmat ko‘rsatilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Akademiyani saqlash xarajatlarini 2018-yilda ijtimoiy soha bo‘yicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida ajratsin, 2019-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya bilan birgalikda “Islomshunoslik” ta’lim sohasi va unga taalluqli yo‘nalishlarni (bakalavriat) hamda mutaxassisliklarni (magistratura) joriy etish va uni Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda Akademiyada o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun salohiyatli va yuqori malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etish, Akademiyani o‘quv rejalari va dasturlari hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalar va materiallar bilan ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Akademiya faoliyatini samarali tashkil qilish maqsadida Akademiyani aloqa vositalari, keng qamrovli Internet tarmog‘i va boshqa texnik vositalar bilan belgilangan tartibda ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi J.K. Akramov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 22-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
466-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-sentabrdagi 565-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/565/0807-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2018-y., 09/18/466/1386-son; 22.11.2019-y., 09/19/922/4050-son; 06.06.2020-y., 09/20/358/0725-son, 07.11.2020-y., 09/20/693/1476-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 15.07.2022-y., 09/22/386/0637-son; 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son; 06.09.2025-y., 09/25/565/0807-son)