28.10.2022 yildagi 625-son
Hujjat hali kuchga kirgan emas
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Davlat xizmatini ko‘rsatish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Talabgor davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi va ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi hamda quyidagi hujjatlarni yuklaydi:
ushbu Reglamentning 10-bandiga muvofiq davlat boshqaruvi organlari yoki xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning yengib bo‘lmaydigan kuchlar holatlari mavjud emasligi bo‘yicha asoslantirilgan xulosasi olinganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 333-moddasiga muvofiq talabgorning shartlashuvchi sheriklari tomonidan majburiyatlarning buzilishi, majburiyatni bajarish uchun zarur tovarlarning bozorda yo‘qligi, talabgorda zarur pul mablag‘larining bo‘lmaganligi;

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

(Yuridik yoki jismoniy shaxs-shartnoma tomoni)

Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash bo‘yicha sertifikat olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP)dan ro‘yxatdan o‘tadi.

Xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Talabgor

(Yuridik yoki jismoniy shaxs-shartnoma tomoni)

YIDXP orqali so‘rovnomani mustaqil ravishda elektron tarzda to‘ldiradi, hujjatlarni yuklaydi va vakolatli organga yuborishni tasdiqlaydi.

Xohishiga ko‘ra

3-bosqich

Vakolatli organ

(Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi)

1. Kelib tushgan so‘rovnoma va hujjatlarni ro‘yxat bo‘yicha qabul qiladi, hujjatlarning to‘liqligini ko‘rib chiqadi.

O‘n uch ish kuni

2. Zarur hollarda, tegishli davlat boshqaruvi organlari yoki ho‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarga yengib bo‘lmaydigan kuchlar holatlari (fors-major) mavjudligi yuzasidan xulosa olish uchun so‘rov yuboradi.

Davlat boshqaruvi organlari yoki ho‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar

So‘rov kelib tushgan taqdirda uni o‘rganib chiqadi hamda o‘n ish kuni ichida o‘z xulosalarini tayyorlab vakolatli organga taqdim etadi.

Vakolatli organ (Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi)

3. Talabgor taqdim etgan hujjatlarni, shuningdek, zarur hollarda, davlat boshqaruvi organlari yoki ho‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning taqdim etgan xulosalarini o‘rganadi.

4. Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari mavjudligini tasdiqlash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

5. Qabul qilingan qaror haqida talabgorni YIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.

4-bosqich

Talabgor

(Yuridik yoki jismoniy shaxs-shartnoma tomoni)

To‘lovni amalga oshirish to‘g‘risida xabarnoma olgan taqdirda ushbu Reglamentda belgilangan miqdordagi yig‘im uchun to‘lovni (bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi miqdorida, bir so‘rovnomada birdan ortiq shartnomalar bo‘yicha so‘rov qilinganda har bir qo‘shimcha shartnoma uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida) amalga oshiradi.

Bir ish kuni

5-bosqich

Vakolatli organ

(Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi)

1. To‘lov amalga oshirilganligi tasdiqlangandan so‘ng sertifikatni tayyorlab, talabgorning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

2. Berilgan sertifikatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash bo‘yicha berilgan sertifikatlar reyestriga avtomatik tarzda kiritiladi.

Bir ish kuni