11.08.2022 yildagi PF-189-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar tizimini takomillashtirish, sanitar tozalash korxonalarini yanada qoʻllab-quvvatlash va sohaga davlat-xususiy sheriklik joriy etilishini kengaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tadbirkorlik subyektlari — sanitar tozalash korxonalaridan (davlat unitar korxonalari bundan mustasno) undiriladigan quyidagi majburiy toʻlovlar bekor qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitar tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasiga sanitar tozalash xizmatlarini koʻrsatganlik uchun undiriladigan toʻlovlardan 5 foiz miqdoridagi ajratmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazlariga sanitar tozalash xizmatlarini koʻrsatganlik uchun undiriladigan toʻlovlardan 5 foiz miqdoridagi ajratmalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sanitar tozalash korxonalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, sohada uzoq muddatli investitsiya loyihalari amalga oshirilishini ragʻbatlantirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2031-yil 1-yanvarga qadar asosiy faoliyati chiqindilarni toʻplash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash hisoblangan tadbirkorlik subyektlari hamda “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi uchun ushbu faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻi (tijorat banklarida joylashtirilgan mablagʻlardan olingan foizlardan tashqari) va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida qoʻllanilsin;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-269-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu imtiyoz quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning oʻzida javob beradigan soliq toʻlovchilarga tatbiq etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqindilarni toʻplash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash faoliyatidan olgan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ikki baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblangan boʻlsa.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-269-sonli Farmoniga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan davlat korxonalari hisobidagi maxsus avtotransport vositalari va texnikalarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sherikka berish muddati 7 yildan 10 yilga hamda bir yillik imtiyozli davr bilan uzaytirilsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus avtotransport vositalari va texnikalari baholovchi tashkilotlar tomonidan belgilangan narxlarda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur jarayonda hisoblanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi soliq organlarini xabardor qilgan holda Soliq kodeksida belgilangan foizlar hisoblanib, 3 yil davomida boʻlib-boʻlib toʻlanishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2025-yil 1-avgustga qadar maishiy, qurilish, tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish hamda biologik chiriydigan polimer materiallarni ishlab chiqarish korxonalarining texnologik jarayonida foydalanish uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar asosida olib kiriladigan maxsus texnikalar, texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar bojxona bojlari toʻlanishidan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimidan tashqari) ozod qilinsin;
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v1) 2024-yil 1-yanvarga qadar yangi yuk tashuvchi transport vositalarini (chiqindi tashish mashinalari va samosvallar) (TIF TN kodi 8704 32 9209) import qilishda bojxona boji stavkasi 5 foiz miqdorida oʻrnatilsin va ular utilizatsiya yigʻimidan ozod qilinsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-sentabrdagi PF-161-sonli Farmoniga asosan “v1” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 06/23/161/0728-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat ekologiya qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining quyidagi takliflari qoʻllab-quvvatlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida jamoatchilik nazoratini ragʻbatlantirish va qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari faoliyatini quyidagicha isloh qilish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlariga Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan yuritiladigan “Yashil makon” va boshqa platformalardan foydalanish imkoniyatini yaratish hamda ularni sohada amalga oshirilayotgan ishlar koʻlami va natijalari toʻgʻrisida muntazam xabardor qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlariga tegishli hududda atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I — IV toifalariga mansub faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi obyektlarda belgilangan tartibda olib boriladigan ekologik nazorat tadbirlarida ishtirok etish huquqini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlariga Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi yoki u vakolat bergan boshqa masʼul shaxslar tomonidan guvohnomalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlarini ularning faoliyati natijalariga koʻra “Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlariga mahallalarda ekologik nazoratni amalga oshirish boʻyicha quyidagi vazifa va vakolatlarni berish orqali “Ekologik patrul” ishlash tizimini kengaytirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishga doir huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, shuningdek, brakonyerlikka qarshi kurashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishga doir huquqbuzarliklar hamda brakonyerlikka qarshi kurashish boʻyicha bevosita maʼmuriy javobgarlikka tortish va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik holatlarini aniqlashi va zarur choralar koʻrishi natijalariga koʻra Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlari, Patrul-post xizmati xodimlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari (xodimlari) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar boʻyicha maʼmuriy javobgarlikka tortish choralari koʻrilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablagʻlarning 10 foizi miqdordagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2024-y., 06/24/5/0008-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi rahbarlarining bir nafardan oʻrinbosarlari ekologik huquqbuzarlikka qarshi kurashishga masʼul boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuratura, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi ekologik huquqbuzarlikka qarshi kurashish chora-tadbirlarini Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan yaqindan hamkorlikda va oʻzaro muvofiqlashtirgan holda amalga oshiradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2024-y., 06/24/5/0008-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat ekologiya qoʻmitasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va Energetika vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-yanvarga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini uning qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi haqida foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni yuritish billing tizimi orqali xabardor qilish tizimini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimi hamda foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni yuritish billing tizimi oʻzaro uygʻunlikda ishlashini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, mazkur tizim joriy etilishi, shu jumladan texnik va dasturiy taʼminot, zarur uskunalar xaridi hamda serverlar yangilanishi bilan bogʻliq xarajatlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi quriladigan koʻp kvartirali uylarni chiqindi toʻplash joylarini belgilamasdan loyihalashtirish hamda foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi quriladigan koʻp kvartirali uylarning chiqindi toʻplash joylari ulardagi kvartiralar soniga mutanosib ravishda hamda atrofdagi mavjud chiqindi toʻplash shoxobchalari quvvati hisobga olingan holda loyihalashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi yangi qurilgan koʻp kvartirali uylar chiqindi toʻplash joylari belgilanmasdan foydalanishga qabul qilinmasligini qatʼiy nazoratga olsin va taʼminlab borsin.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat ekologiya qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-oktabrga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Markaziy bank bilan birgalikda aholiga qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun toʻlovlarni barcha mavjud toʻlov tizimlari orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-noyabrga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi va “Xorijga chiqish pasporti” axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari faoliyatini tartibga soluvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda sanitar tozalash sohasida boshqaruvni takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini belgilangan tartibda kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat ekologiya qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi N.N. Oblomuradov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 11-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-189-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PF-189-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5024-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2 va 7-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 4-bandning beshinchi xatboshisidagi “viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan” soʻzlari “bevosita” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi “Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun toʻlovlarni toʻlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5580-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-bandning “a”, “b” va “d” kichik bandlari, 3-band hamda 6-bandning “g” kichik bandi, shuningdek, Farmonga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar Davlat ekologiya qoʻmitasi huzuridagi Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar aholi tomonidan toʻlov hisoblangan davrdan keyingi oyning oʻninchi sanasidan kechikmay Markazning maxsus tranzit bank hisob raqamlariga toʻlanadi va uning maxsus bank hisob raqamida jamlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Markazning maxsus bank hisob raqamida jamlangan mablagʻlar qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar haqini sanitar tozalash korxonalariga markazlashgan tartibda toʻlash uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sanitar tozalash korxonalariga — ular tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan majburiy toʻlovlarning 100 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitar tozalash davlat korxonalariga — ular tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan majburiy toʻlovlarning 90 foizi miqdorida yoʻnaltiriladi. Bunda, qolgan mablagʻlar Markaz va uning hududiy filiallari faoliyatini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6118-son Farmoni 11-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“aholidan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun toʻlovlar ushbu xizmatlarni koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazida yuritiladigan yagona billing tizimida aks etgan holda, qoida tariqasida, elektron toʻlov tizimlari orqali yigʻiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari boʻyicha toʻlovlar va qarzdorliklarning hisobini yagona billing tizimida yuritish, shuningdek, qarzdorliklarni sud orqali undirish Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazining hududiy filiallari tomonidan amalga oshiriladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6218-son Farmoniga 3-ilovaning 38-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2966-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-ilovadagi “Milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaliklari boshqarmasi milliy tabiat bogʻi — 4, davlat oʻrmon-ovchilik xoʻjaligi — 10” blokidagi “milliy tabiat bogʻi — 4” soʻzlari “milliy tabiat bogʻi — 8” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1a-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimiga kiruvchi tashkilotlar va boshqarmalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Nomi

Soni

(birlik)

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

1

Respublika tashkilotlari

2.

“Oʻrmonloyiha” loyihalash instituti

1

3.

Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti

1

4.

Milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaliklari boshqarmasi

1

5.

Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi

1

6.

“Oʻrmonqurilish” davlat unitar korxonasi

1

7.

“Oʻrmontexnoservis” davlat unitar korxonasi

1

8.

Oʻrmon xoʻjaligi texnikumi

1

Jami

7

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi va viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari

9.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi

1

10.

Buxoro viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi

1

11.

Jizzax viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi

1

12.

Qashqadaryo viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi

1

13.

Navoiy viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi

1

14.

Namangan viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi

1

15.

Samarqand viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi

1

16.

Surxondaryo viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi

1

17.

Toshkent viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi

1

18.

Fargʻona viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi

1

Jami

10

Milliy tabiat bogʻlari

19.

Zomin milliy tabiat bogʻi

1

20.

Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi

1

21.

“Orolqum” milliy tabiat bogʻi

1

22.

“Orolboʻyi” milliy tabiat bogʻi

1

23.

“Pop” milliy tabiat bogʻi

1

24.

“Omonqoʻton” milliy tabiat bogʻi

1

25.

“Yuqori Toʻpalang” milliy tabiat bogʻi

1

26.

“Bobotogʻ” milliy tabiat bogʻi

1

Jami

8

Davlat oʻrmon xoʻjaliklari

27.

Boʻzatov davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

28.

Moʻynoq davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

29.

Xoʻjayli davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

30.

Nukus davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

31.

Taxtakoʻpir davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

32.

Beruniy davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

33.

Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

34.

Ellikqalʼa davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

35.

Chimboy davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

36.

Toʻrtkoʻl davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

37.

Qoraoʻzak davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

38.

Nukus ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

39.

Andijon davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

40.

Buxoro davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

41.

Jondor davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

42.

Olot davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

43.

Qorakoʻl davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

44.

Qizilqum davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

45.

“Neftchi” davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

46.

Shofirkon davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

47.

Qorovulbozor davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

48.

Gʻijduvon davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

49.

Jizzax davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

50.

Baxmal davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

51.

Zomin davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

52.

Forish davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

53.

Xoʻjamushkent davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

54.

Qashqadaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

55.

Qamashi davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

56.

Muborak davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

57.

Kitob davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

58.

Dehqonobod davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

59.

Jovuz davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

60.

Shoʻrtan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

61.

Qumdaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

62.

Navoiy davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

63.

Nurota davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

64.

Konimex davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

65.

Xatirchi davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

66.

Uchquduq davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

67.

Tomdi davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

68.

Navbahor davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

69.

Namangan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

70.

Kosonsoy davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

71.

Oʻrtaorol davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

72.

Samarqand davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

73.

Paxtachi davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

74.

Saroyqoʻrgʻon davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

75.

Kattaqoʻrgʻon davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

76.

Jomboy davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

77.

Oqdaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

78.

Dargʻom davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonasi

1

79.

Sirdaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

80.

Surxondaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

81.

Boysun davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

82.

Qiziriq davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

83.

Uzun davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

84.

Bobotogʻ davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

85.

Toshkent davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

86.

Bekobod davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

87.

Saksonota davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonasi

1

88.

Burchmulla davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

89.

Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

90.

Qoʻqon davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

91.

Fargʻona davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

92.

Xorazm davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

Jami

66

Dorivor oʻsimliklarni yetishtirishga ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklari

93.

Qorakoʻl ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

94.

Yakkabogʻ ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

95.

Pop ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

96.

Hisor ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

97.

Quyichirchiq ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

98.

Shahrisabz ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

99.

Shumanay ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

100.

Qonlikoʻl ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

101.

Fozilmon ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

102.

Gʻallaorol ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

103.

Kogon ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

104.

Urgut ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

105.

Dorivor oʻsimliklarni yetishtirishga ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi (hududiy (tuman) mansubligi boʻyicha)

1

Jami

13

Davlat oʻrmon-ov xoʻjaliklari

106.

Qoʻngʻirot davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi

1

107.

Qozoqdaryo davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi

1

108.

Qorakoʻl davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi

1

109.

Qolgansir davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi

1

110.

Dalvarzin davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi

1

111.

Qorovulbozor davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi

1

112.

Forish davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi

1

113.

Muborak davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi

1

114.

Nurota davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi

1

115.

Xorazm davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi

1

Jami

10

Ilmiy-tajriba stansiyalari

116.

Buxoro ilmiy-tajriba stansiyasi

1

117.

Darxon ilmiy-tajriba stansiyasi

1

118.

Qoʻqon ilmiy-tajriba stansiyasi

1

119.

Qoraqum ilmiy-tajriba stansiyasi

1

120.

Pistachilik ilmiy-tajriba stansiyasi

1

Jami

5

Boshqalar

121.

Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti Andijon filiali

1

122.

Choʻl hududlarida oʻrmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazi

1

123.

Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish innovatsion markazi

1

Jami

3

Hammasi

123

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-oktabrdagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3956-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3-band, 5-bandning “b” kichik bandi, shuningdek, qarorga 6 va 7-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. Tovarlarni (ishlar, xizmatlar) sotishdan olingan mablagʻlar, Davlat ekologiya qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning tuzilmaviy boʻlinmalariga Markaz bilan xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) uchun tender (tanlov) savdolari oʻtkazmasdan shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4845-son qarori 1-bandi “a” kichik bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat korxonalari hisobidagi chiqindi poligonlari, bino va inshootlar, shu jumladan chiqindi toʻplash shoxobchalari, chiqindi toʻplash konteynerlari (oʻzaro kelishuv boʻyicha boʻlib toʻlash tartibida sotib olingan konteynerlar bundan mustasno) davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshirishi uchun, mazkur obyektlarni joriy va kapital taʼmirlash, uskunalarni ishchi holatda saqlash, ushbu mulklar boʻyicha belgilangan soliqlarni toʻlash hamda chiqindilar bilan bogʻliq infratuzilma obyektlarini barpo etish boʻyicha texnologiyalarni tatbiq etgan holda qoʻshimcha ravishda kapital qoʻyilmalar va investitsiyalarni jalb qilish sharti bilan xususiy sherikka davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan muddatga begʻaraz foydalanishga beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan davlat korxonalari hisobidagi maxsus avtotransport vositalari va texnikalari xususiy sherikka 10 yil muddatga bir yil imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan baholovchi tashkilotlar tomonidan belgilangan narxlarda sotiladi hamda loyiha yakuni boʻyicha toʻlovlar toʻliq toʻlab boʻlinganidan soʻng ularni tasarruf etish huquqi xususiy sherikka oʻtkaziladi;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-76-son qaroriga 1-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oqtogʻ” davlat qoʻriqxonasi**” bloki “Oqtogʻ-Tomdi” davlat qoʻriqxonasi**” bloki bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanitar tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi*” bloki “Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi hamda uning hududiy filiallari*” bloki bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazlari*” bloki chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 62-son qaroriga 1-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagi mazmundagi 21-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

21.

Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi

Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar boʻyicha undiriladigan jarimalar hamda chiqindilar joylashtirilganligi uchun undirilgan kompensatsiya toʻlovlari summasi

26

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 39-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

39.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi

Oz miqdorda talon-toroj qilish uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi

25

Oʻta muhim va toifalangan obyektlarga kirish-chiqish rejimini buzish yoki ushbu obyektlarning qoʻriqlanishini taʼminlashga doir majburiyatlarni bajarmaslik uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi

25

Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklardan tashqari) uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi

25

Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi uchun Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari (xodimlari)tomonidan undiriladigan jarimalar summasi

30

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi “Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 95-son qaroriga 1-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 3-bandning yettinchi xatboshisidagi, 25-bandning ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilaridagi, 31-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi, 37-banddagi “istiqomat qiluvchi” soʻzlari “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 35, 36 va 38-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 39-bandning ikkinchi xatboshisidagi “abonentlar va birga istiqomat qiluvchi shaxslarning” soʻzlari “abonentlarning” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻninchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar tegishincha oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: mazkur ilovaning 10-bandi 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son; 27.09.2023-y., 06/23/161/0728-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 06.01.2024-y., 06/24/5/0008-son; 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son; 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son; 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son)