11.05.2017 yildagi PQ-2966-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2017-yil 11-maydagi PF-5041-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 3-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi qoshidagi O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi etib (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) qayta tashkil qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparatini — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va Jamg‘arma mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalarini — Jamg‘arma mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasini, Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazini, O‘rmon xo‘jaligi texnikumini — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari, Jamg‘arma mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy tabiat bog‘lari, davlat o‘rmon xo‘jaliklari, davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonalari, dorivor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaliklari, davlat o‘rmon-ovchilik xo‘jaliklari, ilmiy-tajriba stansiyalarini — Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar mahalliy budjetlari, Jamg‘arma mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutini, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filiali, Cho‘l hududlarida o‘rmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazi, O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish innovatsiya markazini — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari, Jamg‘arma mablag‘lari, grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘rmonloyiha” loyihalash institutini, “O‘rmonqurilish” davlat unitar korxonasini, “O‘rmontexnoservis” davlat unitar korxonasini — budjetdan tashqari mablag‘lar moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-yanvardagi PQ-4960-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2021-y., 07/21/4960/0053-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati ta’minoti xarajatlarini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida mablag‘ ajratilishini nazarda tutsin, 2017-yilda — O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparatini moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda o‘rmon xo‘jaliklari faoliyatini samarali tashkil etish, tarmoqqa ilg‘or fan-texnika yutuqlarini joriy etish, moddiy-texnika bazasini yangilash, xalqaro grantlarni tarmoqqa jalb etish chora-tadbirlari Dasturi 7-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2019-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar kesimida o‘rmon maydonlarini kengaytirish (rekonstruksiya qilish), ko‘chatlar yetishtirish, dorivor o‘tlar yig‘ish, chorva mollari uchun yaylov maydonlari ajratish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha chora-tadbirlar 8-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2019-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar davlat o‘rmon xo‘jaliklari kesimida o‘rmon maydonlarni kengaytirish (rekonstruksiya qilish), ko‘chatlar yetishtirish, dorivor o‘tlar yig‘ish, chorva mollari uchun yaylov maydonlari ajratish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha chora-tadbirlar 9 — 19-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2019-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar davlat o‘rmon xo‘jaliklari kesimida o‘rmonlarni yaratish va ekish materiallarini yetishtirish bo‘yicha chora-tadbirlar 9a — 19a-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2019-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar davlat o‘rmon xo‘jaliklari kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish prognoz ko‘rsatkichlari 9b — 19b-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2019-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar davlat o‘rmon xo‘jaliklari kesimida asalarichilik, baliqchilik, chorvachilik va sanoat mahsulotlari yetishtirish, shuningdek, aholiga pullik xizmat ko‘rsatish prognoz ko‘rsatkichlari 9v-, 19v-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2019-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar davlat o‘rmon xo‘jaliklari kesimida dorivor o‘simliklar yetishtirish va tayyorlash prognoz ko‘rsatkichlari 9g — 19g-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari rahbarlari zimmasiga 7* — 19 ilovalarda* ko‘rsatilgan tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini tashkil etish yuzasidan mas’uliyat yuklansin.
(7-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 2017 — 2021-yillarda o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan manzarali va mevali daraxtlarning nihol va ko‘chatlarini yetishtirishning prognoz ko‘rsatkichlari 20-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 8 — 20-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari ikki oy muddatda 20-ilovaga* muvofiq 2017 — 2021-yillarda o‘rmon xo‘jaliklarida manzarali va mevali daraxtlarning nihol va ko‘chatlarini yetishtirishning prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari kompleksi rahbariga tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari, kasb-hunar kollejlarida o‘rmon xo‘jaligi texnigi mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni inobatga olgan holda, o‘rmon xo‘jaligi tizimi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha o‘quv rejalar va dasturlarni tanqidiy ko‘rib chiqsin, ta’lim standartlari, o‘quv rejalar va dasturlarni zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, belgilangan tartibda yangi tahrirda ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda jadval ishlab chiqilsin hamda zamonaviy talablar va xalqaro tajribani inobatga olgan holda, kasb-hunar kollejlarida “o‘rmon xo‘jaligi texnigi” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitiladigan maxsus fanlar bo‘yicha yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalari tayyorlash va chop etishni ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rmon xo‘jaligi uchun kadrlar tayyorlayotgan kasb-hunar kollejlarini yo‘nalish bo‘yicha maxsus bilimga ega malakali o‘qituvchilar bilan mustahkamlashga alohida e’tibor qaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rmon xo‘jaligi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni amalga oshirayotgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini bevosita tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashishiga yordam bersin va nazoratni kuchaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining o‘quv jarayonini ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘lash, zarur o‘quv ishlab chiqarish bazasini shakllantirish maqsadida kasb-hunar kollejlarini 21-ilovaga muvofiq shartnoma asosida muayyan davlat o‘rmon xo‘jaliklariga biriktirish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi biriktirilgan kasb-hunar kollejlarini ularga zarur bo‘lgan o‘quv-metodik materiallar, asbob-uskunalar, avvalambor laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi bilan jihozlash, shuningdek, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi fundamental, amaliy va innovatsion davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirishda ularga quyidagilarni nazarda tutgan holda, ilmiy loyihalarning kiritilishini ta’minlasin:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikamizning tuproq-iqlim sharoitlariga to‘liq moslashgan noyob manzarali, mevali daraxtlar, butalar va dorivor o‘simliklarning kasallik va zararkunandalarga chidamli yangi, eksportbop navlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rmon fondi yerlarida daraxt ko‘chatlarini ekish, parvarishlash, hosilini yig‘ib-terib olish va boshqa agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha yangi turdagi qishloq xo‘jaligi texnikasi, agregat va asbob-uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ va “O‘zagrolizing” AJ O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining buyurtmanomalari bo‘yicha o‘rmon fondi yerlarida o‘rmonlarni ko‘paytirish maqsadida daraxt ko‘chatlarini ekish va parvarishlash, o‘rmon-meva mahsulotlari hosilini yig‘ib olish, shuningdek, boshqa agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan texnika, agregat va asbob-uskunalarning belgilangan tartibda ishlab chiqarilishini va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga lizing asosida yetkazib berilishini ta’minlasin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi yerlarida hosildorlikni ko‘paytirishga yo‘naltirilgan shamol va suv eroziyalaridan himoyalash uchun ihota daraxtzorlari barpo etish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rmon xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, oliy ta’lim muassasalarini o‘rmon xo‘jaligi mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlagan yosh mutaxassislarni sohaga jalb etish mexanizmini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat qo‘riqxonalari, milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti haqidagi nizomni tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Olimlar ko‘chasi 62-uy manziliga joylashtirilsin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 07/26/135/0343-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini zarur telekommunikatsiyalar, Internet axborot tarmog‘iga kirish va telefon aloqasi, shu jumladan, hukumat telefon aloqasi bilan belgilangan tartibda ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 11-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2966-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi PQ-2966-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi davlat o‘rmon xo‘jaliklarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning cheklangan umumiy soni o‘rmon xo‘jaligi maydoni, ish hajmidan kelib chiqqan holda — 47dan 625 nafargacha, shulardan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan — 40 dan 606 nafargacha bo‘lgani moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi (Burchmulla va Ohangaron o‘rmon xo‘jaliklaridan tashqari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** o‘rmon xo‘jaligi hududida chegara bilan bog‘liq qonun ustuvorligini ta’minlash, masalalarini hal yetish bo‘yicha mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari bo‘yicha ishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** o‘rmon xo‘jaligi hududida harbiylashtirilgan tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorlik qilishni, shuningdek, rejim-quriqlash tadbirlarini tashkil qilishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
**** daraxtlar, butalarni noqununiy kesish o‘rmon qonunchilining boshqa noqonuniy buzilishlariga qarshi kurashish, o‘rmonlardan foydalanish normalari va hajmlariga rioya etish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi PQ-2966-son qaroriga
7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda o‘rmon xo‘jaliklari faoliyatini samarali tashkil etish, tarmoqqa ilg‘or fan-texnika yutuqlarini joriy etish, moddiy-texnika bazasini yangilash, xalqaro grantlarni tarmoqqa jalb etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLARI DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomlanishi

Ijro muddatlari

Ijro uchun mas’ullar

Hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija

I. O‘rmon xo‘jaligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar

1.

“O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2017-yil iyun

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi.

Qonun loyihasi.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining o‘rmonlarni boshqarish sohasidagi huquqlari va majburiyatlari qonun asosida mustahkamlanadi.

2.

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom, viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlar, o‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti to‘g‘risidagi nizom, Davlat qo‘riqxonalari, milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2017-yil iyun

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari huquqiy asosda mustahkamlanadi.

3.

Quyidagilar:

“O‘rmonloyiha” davlat unitar korxonasi;

“Shifobaxsh” dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash markazi;

O‘rmon va dorivor o‘simliklar urug‘chiligini tahlil qilish markazining tuzilmasi va ular to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017-yil iyul

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi,

Davlat ekologiya qo‘mitasi.

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining buyrug‘i.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzuridagi mazkur bo‘linmalarning tuzilmasi, vazifalari va funksiyalari huquqiy asosda mustahkamlanadi.

4.

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning yangi tahririni ishlab chiqish, unda Jamg‘armani shakllantirishning qo‘shimcha manbalari sifatida O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga kiruvchi davlat o‘rmon xo‘jaliklari daromadlarining 10 foizi miqdoridagi mablag‘larni, shuningdek, Jamg‘arma mablag‘laridan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari xodimlari ta’minoti uchun foydalanishni nazarda tutish.

2017-yil iyun

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish, o‘rmon xo‘jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy himoyalash ishlarini kuchaytirish ta’minlanadi.

5.

“Agrobank” ATB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining korxonalari va tashkilotlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va loyihalarni moliyalashtirish uchun kreditlash to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2017-yil avgust

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Agrobank” ATB, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi

Kreditlash to‘g‘risidagi nizom.

Davlat o‘rmon xo‘jaliklarini kreditlashning aniq tartibi belgilanadi.

II. O‘rmon xo‘jaliklarining iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari

6.

Cho‘l va tog‘li mintaqalarda joylashgan, tabiiy o‘rmonlar bilan qoplangan yaylovlar va dorivor o‘simliklar zaxirasiga ega yerlarni tumanlar hokimliklarining davlat zaxirasi fondidan davlat o‘rmon fondiga o‘tkazish.

2017-yil iyun

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Davergeodezkadastr, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining qarorlari.

Tabiiy o‘rmonlarni himoya qilish tartibini takomillashtirish ta’minlanadi.

Qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi, zaxira yerlaridan foydalanish samaradorligi ta’minlanadi.

7.

Respublikaning iqlim sharoitlariga moslashtirilgan xandon pista plantatsiyalari maydonlarini yaratish va kengaytirish, sifatli mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2017-yil iyun

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Chora-tadbirlar dasturi.

Respublika hududida o‘rmonlar maydonini kengaytirish, aholining xandon pista mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, o‘rmon mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish ta’minlanadi.

8.

O‘rmon xo‘jaligidagi ishlab chiqarish yo‘qotishlarini qoplash natijasida tushadigan mablag‘lar hisobiga o‘rmonlar va mevali o‘rmon daraxtzorlarini yaratish va qayta tiklash, shuningdek, qumloq yerlar, daryo va suv havzalari bo‘ylarida o‘rmonzorlar barpo etish, o‘rmon fondi yerlarining holatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

Qishloq xo‘jaligi yerlarining hosildorligini oshirishga qaratilgan, shamol va suv eroziyasidan himoyalash uchun daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2017-yil iyul

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi,

Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi,

Davergeodezkadastr

Chora-tadbirlar dasturi.

O‘rmonlar va mevali o‘rmon daraxtzorlarini yaratish va qayta tiklash, qumloq yerlar, daryo va suv havzalari bo‘ylarida o‘rmonzorlar barpo etish, o‘rmon fondi yerlarining holatini yaxshilash, o‘rmon mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish ta’minlanadi.

Chora-tadbirlar dasturi.

Ushbu loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashtirish uchun manbalarni aniqlash ko‘zda tutilmoqda.

9.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qoshidagi irrigatsiya o‘rmon xo‘jaliklarining 3882 gektar yer maydonlarini davlat o‘rmon xo‘jaligi fondiga o‘tkazish.

2017-yil iyul

Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand viloyatlari hokimliklari,

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davergeodezkadastr

Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand viloyatlari hokimliklarining qarori.

Davlat o‘rmon fondi yerlari yagona davlat boshqaruviga beriladi.

O‘rmonzorlarni kengaytirish hisobiga qurilishbop yog‘och mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari ko‘payadi.

10.

Davlat zaxira fondi yerlarida yangi o‘rmon xo‘jaliklarini tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2017-yil avgust

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davergeodezkadastr, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining qarori.

Yangi davlat o‘rmon xo‘jaliklari va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi, shuningdek, davlat yer fondidan foydalanish samaradorligi ortadi.

11.

O‘rmon seleksiyasi va urug‘chiligini yanada rivojlantirish, ilg‘or, intensiv texnologiyalarni joriy etish va O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2017-yil avgust

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi

Chora-tadbirlar dasturi.

O‘rmon seleksiyasi va urug‘chiligini rivojlantirish ta’minlanadi, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi, buta o‘simliklar, qimmatbaho dekorativ va mevali daraxtlar turlarini kengaytirish uchun imkoniyatlar ochiladi.

12.

O‘rmon xo‘jaliklarida ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2017-yil sentabr

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi

Chora-tadbirlar dasturi.

Respublikada ekoturizm sohasi rivojlanadi, yangi ish o‘rinlari va qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlari yaratiladi.

13.

O‘rmon xo‘jaliklarida ixtisoslashgan pitomniklar tashkil qilish, ularda qimmatbaho dekorativ va mevali, shu jumladan limon, unabi, anor, grek yong‘og‘i, pista va bodom daraxt ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha 2017 — 2021-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2017-yil sentabr

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi

Chora-tadbirlar dasturi.

Respublika aholisini limon, unabi, anor, grek yong‘og‘i, pista, bodom va boshqa mevali daraxt ko‘chatlari bilan ta’minlash yaxshilanadi, shuningdek, dekorativ va mevali daraxt ko‘chatlari sonini ko‘paytirish hisobiga ekologik muhitni sog‘lomlashtirishga erishiladi.

14.

Dorivor o‘simliklar va o‘rmon mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va qadoqlash mini-sexlarini tashkil qilish, ishlab chiqarilgan mahsulotni eksport qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2017-yil oktabr

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi, “O‘zfarmsanoat” DAK,

“O‘zbekoziqovqatsanoat” XK, “O‘zagroeksport” AJ

Chora-tadbirlar dasturi.

Dorivor o‘simliklar va o‘rmon mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va qadoqlash mini-sex (liniya)larini ochish, shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotning eksportini yo‘lga qo‘yish ta’minlanadi.

15.

Dekorativ va mevali daraxt ko‘chatlarini yetishtirish, dorivor o‘simliklar yetishtirish ehtiyojlari uchun respublikada o‘rnatilgan narxlarda zarur yoqilg‘i-moylash materiallarini yetkazib berishni tashkil qilish, shuningdek, mineral o‘g‘itlar va suv resurslari uchun limitlar ajratish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2017-yil oktabr

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi,

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zneftmahsulot” AK,

“O‘zagrokimyohimoya” AJ,

“O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi” AJ

Chora-tadbirlar dasturi.

O‘rmon xo‘jaliklariga zarur yoqilg‘i-moylash materiallarini respublikada o‘rnatilgan narxlarga 10 foizlik ustama bilan, shuningdek, mineral o‘g‘itlar va suv resurslarini o‘z vaqtida yetkazib berish ta’minlanadi.

16.

2018 — 2021-yillarga mo‘ljallangan manzilli dasturlarga sug‘oriladigan yerlardagi irrigatsiya tarmoqlarini va o‘rmon fondi yerlarining meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni kiritish.

2017-yil noyabr

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi

Chora-tadbirlar dasturi.

2018 — 2021-yillarda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati yaxshilanadi, o‘rmon, oziq-ovqat va dorivor o‘simlik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari oshiriladi.

17.

O‘rmon xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasi, daraxtlar o‘tqazish va yetishtirish, o‘rmon va meva mahsulotlari hosilini yig‘ishtirib olish agregatlari va uskunalarini lizing asosida yetkazib berish bo‘yicha 2018 — 2021-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2017-yil noyabr

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ,

“O‘zmeliomashlizing” ALK,

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

Chora-tadbirlar dasturi.

Davlat o‘rmon xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi texnikasi va mexanizmlarga ehtiyoji bo‘yicha aniq hajmlar aniqlanadi hamda ular yetkazib beriladi.

18.

Chora-tadbirlar dasturining 1-ilovasiga muvofiq davlat o‘rmon xo‘jaliklarida biolaboratoriyalar tashkil qilish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish yuzasidan chora-tadbirlarni tashkillashtirish.

2017 — 2019-yillar davomida

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, “Agrobank” ATB, “O‘zagrokimyohimoya” AJ, O‘zbekiston o‘simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti

Chora-tadbirlar rejasi.

O‘rmon ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashishda biologik usullarni qo‘llash.

19.

O‘rmon xo‘jaliklari tomonidan dekorativ va mevali daraxtlar ko‘chatlari va urug‘-ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha mazkur qaror bilan tasdiqlangan prognoz parametrlarini bajarishga doir 2017 — 2021-yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.

2017-yil iyul

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va iste’mol tovarlarini qayta ishlash kompleksi rahbarining bayonnoma qarori.

III. Ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va xalqaro tashkilotlarning grantlarini jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar

20.

Respublikaning tuproq-iqlim sharoitlariga maksimal darajada moslashtirilgan hamda kasalliklar va zararkunandalarga chidamli qimmatbaho dekorativ, mevali daraxtlar, butalar va dorivor o‘simliklarning yangi, eksportga mo‘ljallangan navlarini yaratishni nazarda tutuvchi ilmiy loyihalarni ishlab chiqish.

doimiy

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.

Davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari.

Amaliy tadqiqotlar o‘tkazish va innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish.

21.

O‘rmon fondi yerlarida daraxt o‘tqazish va yetishtirish, hosilni yig‘ishtirib olish va boshqa turdagi agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi texnikalari, agregatlar va uskunalarning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil etishni ko‘zda tutuvchi ilmiy loyihalarni ishlab chiqish.

doimiy

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi,

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ

Davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari.

Amaliy tadqiqotlar o‘tkazish va innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish.

22.

O‘zbekistonning tog‘ yonbag‘irlarida yong‘oq mevali daraxtzorlar barpo etish, shu jumladan pista plantatsiyalarini kengaytirish va iqlim o‘zgarishining ta’sirini kamaytirish bo‘yicha loyihani amalga oshirish.

2017-yil noyabr

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi,

“O‘zgidromet” markazi

Bitim imzolash.

BMT FAO tashkiloti va Xalqaro iqlim o‘zgarishi jamg‘armasining grantlari jalb qilinishi ta’minlanadi.

Tog‘ yonbag‘irlarida yong‘oq mevali daraxtzorlar, shu jumladan pista plantatsiyalarining kengayishi hamda iqlim o‘zgarishi ta’sirining kamayishi.

23.

O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishini hisobga olgan holda yovvoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simliklarni himoya qilish va ularning madaniylashtirilgan plantatsiyalari maydonlarini kengaytirish loyihasini amalga oshirish.

2018-yil iyul

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

“O‘zgidromet” markazi

Bitim imzolash.

2018 — 2022-yillarga mo‘ljallangan 7-faza doirasida BMT FAO tashkiloti va Global ekologik jamg‘arma grantlarini jalb qilish ta’minlanadi.

Yovvoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simliklarni himoya qilish va ularning madaniylashtirilgan plantatsiyalari maydonlarini kengaytirish ta’minlanadi.

24.

O‘zbekiston Respublikasining muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarida ekoturizmni rivojlantirish orqali o‘rmon xo‘jaliklarini barqaror boshqarish bo‘yicha loyihani amalga oshirish.

2018-yil avgust

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi,

“O‘zgidromet” markazi

Bitim imzolash.

2018 — 2022-yillarga mo‘ljallangan 7-faza doirasida BMT FAO tashkiloti va Global ekologik jamg‘arma grantlarini jalb qilish ta’minlanadi.

Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda ekoturizmni rivojlantirish orqali o‘rmon xo‘jaliklarini barqaror boshqarish ta’minlanadi.

25.

Yerlar holatining yomonlashuvi va iqlim o‘zgarishlarining oldini olish maqsadida O‘zbekistonda pista va yong‘oq mevali daraxtzorlarni ko‘paytirish loyihasini amalga oshirish.

2018-yil oktabr

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi,

“O‘zgidromet” markazi

Bitim imzolash.

2018 — 2022-yillarga mo‘ljallangan 7-faza doirasida BMT FAO tashkiloti va Global ekologik jamg‘arma grantlarini jalb qilish ta’minlanadi.

Oziq-ovqat xavfsizligi, yerlar holatining yomonlashuvi va iqlim o‘zgarishlarining oldini olish, shuningdek, pista va yong‘oq mevali daraxtzorlarni ko‘paytirish ta’minlanadi.

26.

O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti negizida xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari hisobiga qimmatbaho dekorativ va mevali daraxtlar, shuningdek, dorivor va sitrus o‘simliklarning ko‘chatlarini mikroklonlash usulida yetishtirish bo‘yicha “in vitro” laboratoriyasini tashkil qilish.

2019-yil avgust

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti, Iqtisodiyot vazirligi,

Tashqi savdo vazirligi

Grant loyihasi.

Qimmatbaho dekorativ va mevali daraxtlar, shuningdek, dorivor va sitrus o‘simliklarning ko‘chatlarini mikroklonlash usulida yetishtirish bo‘yicha “in vitro” laboratoriyasini tashkil qilish ta’minlanadi.

IV. Sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar

27.

Kasb-hunar kollejlarida o‘rmon xo‘jaligi kichik bo‘g‘ini mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv fanlarining davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2017-yil iyul

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi,

Iqtisodiyot vazirligi

Chora-tadbirlar dasturi.

O‘rmon xo‘jaligi tarmog‘ini malakali mutaxassislar bilan ta’minlashning ilmiy asoslangan tizimi yaratiladi.

28.

Ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni hisobga olgan holda o‘rmon xo‘jaligi va dorivor o‘simliklar mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha kasb-hunar kollejlari ro‘yxatini va oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini qayta ko‘rib chiqish.

har yili iyul oyida

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi,

Iqtisodiyot vazirligi,
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

Chora-tadbirlar dasturi.

O‘rmon xo‘jaligi tarmog‘ini ixtisoslashgan mutaxassislar bilan ta’minlash tizimi yaratiladi.

29.

O‘rmon xo‘jaliklarining rahbar xodimlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish va o‘tkazish, shuningdek, o‘rmon xo‘jaligi ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarini bitirgan yosh mutaxassislarni sohaga jalb qilish mexanizmini ishlab chiqish.

2017-yil iyul

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Mehnat vazirligi.

Qo‘shma qaror.

O‘rmon xo‘jaligi tarmog‘ini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash.

30.

Agrar universitet va o‘rmon xo‘jaligi uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish mexanizmini ishlab chiqish.

doimiy

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Agrar universitet, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Mehnat vazirligi.

Memorandumlar va bitimlar.

Tajriba almashish, xorijiy oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or ilmiy-texnikaviy yutuqlarini amaliyotga joriy qilish.

31.

O‘qituvchilar tarkibi, talabalar va bitiruvchilarning malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash maqsadida o‘rmon xo‘jaligi uchun kadrlar tayyorlovchi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quv jarayoniga ishlab chiqarish tajribasiga ega bo‘lgan olimlar va professorlarni keng jalb qilish, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarning malakasini oshirish mexanizmini ishlab chiqish.

doimiy

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi,

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Mehnat vazirligi

Chora-tadbirlar dasturi.

O‘rmon xo‘jaligi tarmog‘ini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash.

32.

O‘rmon xo‘jaligi tarmog‘iga oliy ma’lumotga ega iste’dodli yoshlarni jalb qilish, ularni xizmat uylari bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2017-yil sentabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

Chora-tadbirlar dasturi.

O‘rmonlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalangan, oliy ma’lumotga ega iste’dodli yoshlarni tarmoqqa jalb qilish ta’minlanadi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi PQ-2966-son qaroriga
21-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi davlat o‘rmon xo‘jaliklariga kasb-hunar kollejlarini
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BIRIKTIRISH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Kasb-hunar kollejlari nomi

Davlat o‘rmon xo‘jaliklari nomi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

Xo‘jayli agroiqtisodiyot kolleji

Xo‘jayli davlat o‘rmon xo‘jaligi

2.

Beruniy qishloq xo‘jaligi kolleji

Beruniy davlat o‘rmon xo‘jaligi

3.

Qorao‘zak agrosanoat kolleji

Qorao‘zak davlat o‘rmon xo‘jaligi

4.

To‘rtko‘l qishloq xo‘jaligi kolleji

To‘rtko‘l davlat o‘rmon xo‘jaligi

5.

Ellikqal’a qishloq xo‘jaligi kolleji

Ellikqal’a davlat o‘rmon xo‘jaligi

Buxoro viloyati

6.

Peshku iqtisodiyot kolleji

Buxoro davlat o‘rmon xo‘jaligi

7.

Romitan ekologiya va qishloq xo‘jaligi kolleji

8.

Sangzor Baxmal qishloq xo‘jaligi kolleji

Baxmal davlat o‘rmon xo‘jaligi

Jizzax viloyati

9.

Zomin qishloq xo‘jaligi va maishiy kolleji

Zomin davlat o‘rmon xo‘jaligi

10.

Forish qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji

Forish davlat o‘rmon xo‘jaligi

Qashqadaryo viloyati

11.

Kitob agrobiznes va servis kolleji

Kitob davlat o‘rmon xo‘jaligi

Jovuz davlat o‘rmon xo‘jaligi

12.

Qamashi agrobiznes kolleji

Qamashi davlat o‘rmon xo‘jaligi

13.

Qamashi informatika va servis kolleji

14.

Dehqonobod sanoat va maishiy kolleji

Dehqonobod davlat o‘rmon xo‘jaligi

15.

Shahrisabz axborot texnologiyalari kolleji

Qashqadaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi

16.

Shahrisabz agrosanoat kolleji

17.

Shahrisabz o‘rmon xo‘jaligi va servis kolleji

18.

Shahrisabz axborot texnologiyalari kolleji

Yakkabog‘ ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi

19.

Yakkabog‘ agrosanoat kolleji

Navoiy viloyati

20.

Xatirchi yengil sanoat kolleji

Xatirchi davlat o‘rmon xo‘jaligi

Samarqand viloyati

21.

Jomboy qishloq xo‘jaligi kolleji

Jomboy davlat o‘rmon xo‘jaligi

22.

Bahra qishloq xo‘jaligi kolleji

Kattaqo‘rg‘on davlat o‘rmon xo‘jaligi

Surxondaryo viloyati

23.

Boysun qishloq xo‘jaligi va transport kolleji

Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi

24.

Denov qishloq xo‘jaligi kolleji

Uzun davlat o‘rmon xo‘jaligi

25.

Sariosiyo agrosanoat kolleji

Bobotog‘ davlat o‘rmon xo‘jaligi

Hisor ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi

Toshkent viloyati

26.

Bo‘stonliq o‘rmon xo‘jaligi va servis kolleji

Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligi

27.

Ohangaron agrosanoat va iqtisodiyot kolleji

Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SHARH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Mamlakatimizning o‘rmon xo‘jaligi o‘simlik va hayvonot dunyosi, jumladan, noyob manzarali va mevali daraxtlar hamda dorivor o‘simliklarning ko‘pligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bugungi kunda o‘rmon fondining 300 dan ortiq o‘simlik va 180 dan ortiq hayvon turlari “Qizil kitob”ga kiritilgan.

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda o‘rmon xo‘jaligi sohasida keng qamrovli islohotlarning amalga oshirilishi natijasida respublikamizda o‘rmon fondi yer maydoni hajmi sezilarli darajada ko‘paydi. Bugungi kunda davlat o‘rmon fondi yerlari hajmi respublika umumiy yer maydonining 25,2 foizini tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkich mustaqilligimizning dastlabki yillarida 5,3 foizdan oshmas edi.

Hozirgi paytda, respublikamizning o‘rmon fondi bir necha davlat tashkilotlari tomonidan boshqarilmoqda. Bu esa o‘rmon fondidan samarali foydalanishda yagona davlat siyosatini yuritish prinsipiga mos tushmaydi.

Bundan tashqari, sohaning moddiy-texnika bazasi jismonan va ma’nan eskirgani va yetarli darajada modernizatsiya qilinmayotgani, xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlarini sohaga jalb qilish ishlarining sustligi, ushbu tarmoqda yuqori malakali mutaxassislar yetishmasligi, o‘rmon qonunchiligidagi ayrim me’yorlarning amaliy ahamiyati va ularni amalga oshirish mexanizmi yo‘qligi soha faoliyatini rivojlantirish, o‘rmonlarni ko‘paytirish, muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

Shu munosabat bilan o‘rmon xo‘jaligi sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish va davlat boshqaruvini takomillashtirish, o‘rmon resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida ko‘zda tutilgan boshqa vazifalarni hal etish, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish va o‘rmon xo‘jaligini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qabul qilingan hujjatlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi negizida mustaqil O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini tashkil qilish yo‘li bilan sohani boshqarish tuzilmasini takomillashtirish nazarda tutilmoqda.

Hududlarda o‘rmon fondi ishlarini tashkil etish va boshqarish samaradorligini oshirish, jumladan, o‘rmonlarni ko‘paytirish, muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishni takomillashtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi hamda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalarini tashkil etish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, Toshkent viloyati hokimligi ixtiyoridagi Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i va uning tarkibiga kiruvchi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Ohangaron va Burchmulla o‘rmon xo‘jaliklari O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazildi.

Shuningdek, o‘rmon xo‘jaligi sohasiga ilmiy ishlanmalar, tavsiya va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tuzilmasida Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi negizida O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish nazarda tutilgan.

Qayd etilgan hujjatlarda O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari aniq belgilab berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga ilgari yuklangan vazifalar bilan bir qatorda, yangidan yaratilgan manzarali o‘simliklar navlari ko‘chatlari va ekish materiallarini sertifikatlash va standartlashtirish, ularni yetishtirishni tashkil etish, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, jumladan, yuqori qo‘shilgan qiymatli xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ushbu sohaga xalqaro moliya institutlari grantlarini jalb etish, o‘rmon xo‘jaligi sohasi tashkilotlarini malakali oliy, o‘rta va kichik bo‘g‘in kadrlari bilan ta’minlashni takomillashtirish bo‘yicha yagona tizimni joriy etishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha vazifalar yuklanmoqda.

O‘rmon xo‘jaligini yaqin istiqbolda yanada rivojlantirish maqsadida tasdiqlangan:

O‘rmon xo‘jaliklari faoliyatini samarali tashkil etish, ilg‘or ilmiy-texnika yutuqlarini sohaga joriy qilish, moddiy-texnika bazasini yangilash, sohaga xalqaro moliya institutlarining grantlarini jalb etishni yanada kuchaytirish bo‘yicha 2017 — 2021-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar Dasturi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar kesimida 2017 — 2019-yillarda o‘rmonlar maydonlarini kengaytirish (rekonstruksiya qilish), ko‘chat yetishtirish, dorivor o‘simliklarni yig‘ib olish, chorva mollarini boqish uchun yaylovlar ajratish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlar;

2017 — 2021-yillarda o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan manzarali va mevali daraxtlarning nihol va ko‘chatlarini, jumladan, unabi, limon va yong‘oq yetishtirishning prognoz ko‘rsatkichlari muhim ahamiyatga ega.

Chora-tadbirlarni ishlab chiqishda yaqin uch yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, asalarichilik, baliqchilik, chorvachilik hamda xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishni ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bunda amalga oshirilayotgan ishlarning yakuniy maqsadi sifatida davlat o‘rmon fondi yerlarida, jumladan, dasht va cho‘l hududlarida yangi o‘rmonlarni barpo etish, qishloq xo‘jaligi ekin yerlari atrofida ihota o‘rmonlarini tiklash, respublikamizda ekologik muhitni yaxshilash bo‘yicha amaliy baza yaratish ishlarini amalga oshirish nazarda tutildi.

Respublikada rejali ravishda pista plantatsiyalari maydonlarini kengaytirish hisobiga pista yetishtirishni rag‘batlantirish, talab etiladigan miqdorda sifatli pista ko‘chatlarini aholi, dehqon va fermer xo‘jaliklariga yetkazib berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlash lozimki, pista yetishtirishni ko‘paytirish orqali nafaqat importni qisqartirish va valyutani tejashga, shuningdek, aholining pista mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va pistaning bozordagi narxini pasaytirishga erishiladi.

Qabul qilingan hujjatlar bilan oliy, o‘rta maxsus va professional davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarining o‘rmon xo‘jaligi tizimi uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan qismini qayta ko‘rib chiqish, professional kasb-hunar kollejlarida kadrlarni tayyorlash, zamonaviy talablarni hisobga olgan holda yangi darsliklar yaratish, o‘rmon xo‘jaligi uchun kadrlar tayyorlaydigan professional kollejlarni malakali, maxsus bilimlarga ega o‘qituvchilar bilan kuchaytirishga e’tibor qaratilgan.

Qabul qilingan hujjatlarda o‘rmon xo‘jaligi tizimi uchun kadr tayyorlaydigan professional kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga o‘zlari tanlagan kasb yo‘nalishlari bo‘yicha ishga joylashishda ko‘maklashish va nazoratni kuchaytirish yuzasidan topshiriq berilgan.

O‘quv jarayonini amaliyot bilan uzviy bog‘lash, zarur o‘quv ishlab chiqarish bazasini shakllantirish maqsadida ixtisoslashgan professional kasb-hunar kollejlarini aniq davlat o‘rmon xo‘jaliklariga biriktirish yuzasidan qaror qabul qilingan.

Farmon va qarorning amalga oshirilishi:

respublika davlat o‘rmon fondini davlat tomonidan boshqarish samaradorligini oshiradi va soha faoliyatini sifat jihatidan yangi pog‘onaga ko‘taradi;

o‘rmon resurslaridan samarali va oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash, keng ko‘lamda ko‘paytirishni joriy etish, o‘rmonlarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish, sanoat ko‘lamida manzarali va mevali daraxt va butalar plantatsiyalarini yetishtirishni kengaytirishni ta’minlaydi;

respublikamizning tuproq-iqlim sharoitlariga moslashtirilgan manzarali daraxt va buta o‘simliklari ko‘chatlarining yangi navlarini yaratish, ilmiy asoslangan istiqbolli texnologiyalarni ishlab chiqish, eksportbop ko‘chatlarning yangi navlarini yaratish, seleksiya ishlari samaradorligini oshiradi;

o‘rmon fondi potensialidan yanada samarali foydalanish, hududlarning ekologik holatini yaxshilash, qo‘shimcha daromad olish va yangi ish o‘rinlari yaratishga erishiladi;

dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish hamda ularni chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan tashkilotlar tuzilishiga erishiladi;

iste’mol bozorining qishloq xo‘jaligi, jumladan, asalarichilik, baliqchilik, chorvachilik mahsulotlari va xalq iste’moli tovarlari bilan to‘ldirilishini ta’minlaydi.

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 20-son, 358-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son, 21.03.2019-y., 07/19/4247/2801-son, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 22.01.2021-y., 07/21/4960/0053-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son; 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son; 13.04.2026-y., 07/26/135/0343-son)