05.10.2021 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbek-Turkman chegaraoldi savdo zonasi — Savdo markazi faoliyatini tashkil etish va tartibga solish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Turkmaniston Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 6-martdagi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida strategik sheriklik toʻgʻrisidagi Bitim, shuningdek, 2018-yil 23-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida mintaqalararo hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimga amal qilib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston va Turkmaniston xalqlarining tarixiy va madaniy mushtarakligi, doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini inobatga olgan holda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy darajadagi oʻzaro munosabatlarning dolzarb masalalarini tezkor hal qilishda va tarixan oʻrnatilgan aloqalarni chuqurlashtirishda mintaqalararo hamkorlikning amaliy ahamiyati hamda salohiyatini qayd etib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tenglik, oʻzaro hurmat va oʻzaro manfaatdorlik prinsiplarga asoslangan mintaqalararo va chegaralararo hamkorlikni rivojlantirish niyatida,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish maqsadida,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda

Tomonlar qoʻshni hududlarda Oʻzbek-Turkman chegara savdo zonasini — Savdo markazini (keyingi oʻrinlarda — SM) tashkil etishga kelishib oldilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SM ikki davlatning chegaradosh yondosh hududlarida joylashgan oʻzbek va turkman qismlaridan iborat. SMning oʻzbek qismi Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasi ostida, SMning turkman qismi Turkmaniston yurisdiksiyasi ostida joylashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitimga muvofiq, Tomonlar SM maydoni, hududi chegaralarini, xalqaro qatnov, SMning oʻzbek va turkman qismlarining joylashuv sxemasini belgilaydigan alohida shartnoma tuzadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda

SMning asosiy faoliyat yoʻnalishlari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro hamda mintaqaviy ulgurji-chakana savdoning zamonaviy shakllarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatlarning logistika turlarini rivojlantirish, avtomobil va daryo transporti ishtirokida yuklarni intermodal tashish tizimini yoʻlga qoʻyish, yuk tashuvchilarga xizmat koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ombor inshootlari, konteynyer maydonchalarini, transport vositalari uchun toʻxtash joylarini, muzlatgichlarni va boshqa zarur obyektlarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo markazi faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda

Savdo markazining oʻzbek va turkman qismlarini boshqarishga masʼul boʻlgan Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turkmaniston tomonidan — Turkmaniston Savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organlar bilan bogʻliq oʻzgarishlar yuz bergan taqdirda, Tomonlar bunday oʻzgarishlar toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali bir-birlarini xabardor qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda

SM hududida Tomonlarning vakolatli organlari tarafidan belgilanadigan va kelishilgan faoliyat turlari ular hududida amalga oshirilayotgan Tomon qonunchiligiga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SM hududida faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar ularni hal qilish uchun oʻzaro maslahatlashuvlar oʻtkazadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda

SMda bojxona va soliqqa tortish va boshqa sohalarda Tomonlar davlatlarining chegaradosh hududlari iqtisodiyoti va savdosining rivojlanishiga koʻmaklashishga qaratilgan chora-tadbirlar, shuningdek, shaxslar harakati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish tartibi Tomonlar tarafidan qoʻshimcha ravishda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SMning oʻzbek qismi hududida Oʻzbekiston Respublikasining milliy qonunchiligiga muvofiq imtiyozlar va preferensiyalar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SMning turkman qismi hududida Turkmanistonning milliy qonunchiligiga muvofiq imtiyozlar va preferensiyalar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SM hududida soliqqa tortish ikki davlat qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida daromadlar va mol-mulkka ikki tomonlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi Bitimga (1996-yil 16-yanvar) muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda

Transport infratuzilmasi, suv taʼminoti, elektr energiyasi, telekommunikatsiya va boshqa muhandislik kommunikatsiyalari, maxsus oʻtish joyi, nazorat va tekshirish uchun punkt (koridor), maʼmuriy boshqaruv, shuningdek, SMning har bir qismi hududida toʻsiqlarni loyihalashtirish, qurish va taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligiga muvofiq belgilangan manfaatdor tashkilotlar tarafidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SM hududida savdo-koʻrgazma obyektlari, turli ish joylari, terminallar va tijorat faoliyati uchun boshqa obyektlar qurilishini moliyalashtirish ikki davlat korxonalari yoki qoʻshma korxonalar tarafidan oʻz mablagʻlari, shuningdek, Tomonlar davlatlari qonunchiligida taʼqiqlanmagan manbalar hisobidan tasdiqlangan hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda

SM hududi doirasida shaxslar, tovarlar va transport vositalari erkin harakatlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SMni boshqarish prinsiplari har bir davlatning oʻtkazish punktlarining rejim zonalarini tartibga solish, davlat chegarasi boʻylab harakatlanish sohasidagi milliy qonunchiligiga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SMning oʻzbek va turkman qismlarini boshqarish oʻtkazish punktlarining rejim zonalari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SMning bir qismi yoki undan davlat chegarasi orqali shaxslar, yuklar va transport vositalarining oʻtishi nazorati Tomonlar davlatlari qonunchiligiga va ishtirokchilari boʻlgan xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SMning oʻzbek va turkman qismlarida Tomonlar davlatlarining davlat chegarasi orqali shaxslar, tovarlar va transport vositalarining oʻtishini nazorat qilishni taʼminlash maqsadida har bir Tomon davlatlari qonunchiligiga muvofiq, chegara, bojxona, transport, karantin, sanitariya-epidemiologiya nazorati organlari va boshqa organlar nazoratni amalga oshiradigan, huquq-tartibotni taʼminlaydigan va jamoat xavfsizligini qoʻriqlaydigan, shaxslar, tovarlar (yuklar) va transport vositalari harakatini nazorat qilish uchun punkt (koridor) tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Turkmaniston fuqarolarining SMga 10 kungacha kirishi va chiqishi amaldagi xalqaro sayohat uchun hujjatlar asosida vizasiz amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur moddaning qoidalari, basharti Tomonlar davlatlarining qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, Tomonlar davlatlarida qonuniy yashaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmaganlar SMga kirishi va chiqishi ota onalardan biri hamrohligida shaxsini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxslarni SM hududidan qaytishiga faqat ular kelgan nazorat-oʻtkazish punkti orqali ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti boshqa Tomon davlati hududida chet elga chiqish zarur boʻlsa, shaxslar va transport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida davlat chegarasi orqali oʻtish punktlari toʻgʻrisidagi Bitimga (2007-yil 18-oktabr) muvofiq nazorat-oʻtkazish punktlari orqali harakatlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda

SM hududida sodir etilgan huquqbuzarliklar (bojxona, soliq, karantin, sanitariya-eiidemiologiya, maʼmuriy, jinoiy va boshqalar) ular hududida sodir etilgan davlatning milliy qonunchiligiga muvofiq koʻrib chiqiladi va Tomonlar oʻzaro hamkorlikda ushbu huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SMning oʻzbek va turkman qismlari hududlarida valyuta nazorati har bir Tomon davlatining milliy qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslar tarafidan SMning hududiga yoki undan naqd pul olib kirish yoki olib chiqish har bir Tomonning milliy qonunchiligida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SM hududida tovarlar va xizmatlar savdosi uchun pul mablagʻlarini toʻlash va oʻtkazish har bir Tomon davlatining milliy qonunchiligiga muvofiq belgilanadigan joriy bitimlar boʻyicha erkin konvertatsiya qilish prinsipiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SMning bir qismi hududida Tomonlardan birining fuqarolarining mehnat faoliyati oʻz davlatining milliy qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitimga muvofiq, Tomonlar tenglik prinsiplari asosida SMning joylashuvi, boshqa rejimlar va SMning yaratilishi va faoliyatining aniq qoidalari toʻgʻrisida kelishib oladilar va ularni huquqiy shakllarda tuzatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim Tomonlarning ular ishtirok etayotgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan, mazkur Bitimga alohida bayonnoma bilan rasmiylashtiriladigan, uning ajralmas qismi hisoblanadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim qoidalarini qoʻllash va talqin qilishda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Tomonlar oʻrtasida maslahatlashuv va muzokaralar orqali hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari haqida soʻnggi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim Tomonlardan birining diplomatik kanallari orqali boshqa Tomonni mazkur Bitimni tugatish niyati toʻgʻrisida yozma xabarnoma olgan kundan boshlab olti oy oʻtgunga qadar amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida 2021-yil 5-oktabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, turkman va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.

(imzolar)