23.04.2018 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim

Mintaqalararo hamkorlik toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Turkmaniston Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 6-martda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida strategik sheriklik toʻgʻrisida Shartnomaga amal qilib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki mamlakat oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni keng qamrovli rivojlantirish zaruriyatini tan olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarixan shakllangan aloqalarni chuqurlashtirish va mahalliy darajada hamjihatlik uchun mintaqalararo hamkorlikning amaliy ahamiyati va salohiyatini eʼtirof etgan holda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki mamlakat mintaqalari oʻrtasida faoliyatning turli sohalarida hamkorlikni taʼminlash hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rivojlanayotgan aloqalarini faollashtirishga qodir boʻlgan mintaqalararo hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va huquqiy asoslarini mustahkamlashga intilib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda

Tomonlar oʻz davlatlarining qonunchiligiga hamda davlatlari ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga muvofiq savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda, qishloq va suv xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, turizm va atrof-muhitni himoya qilish sohalarida, shuningdek, oʻzaro qiziqish uygʻotadigan boshqa yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli boʻlgan mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirishga koʻmaklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda

Mazkur Bitim maqsadlari uchun qoʻllaniladigan atamalar quyidagilarni anglatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mintaqalar” — Oʻzbekiston tomonidan: Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy birliklari; Turkmaniston tomonidan: Turkmanistonning maʼmuriy-hududiy birliklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“vakolatli organlar” — Tomonlar davlatlarining mazkur Bitimni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish boʻyicha mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish sohasida vakolat berilgan hokimiyat organlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“xoʻjalik yurituvchi subyektlar” — Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki Turkmaniston hududida roʻyxatdan oʻtgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda

Vakolatli organlar mintaqalararo hamkorlikni amalga oshirish va muvofiqlashtirish maqsadida quyidagilarga koʻmaklashadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqalar oʻrtasida aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Bitimni amalga tatbiq qilishga yoʻnaltirilgan qoʻshma tadbirlar rejalari, harakat dasturlari va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqalararo hamkorlikning joriy holati hamda uni takomillashtirish istiqbollarini muhokama qilish boʻyicha zaruriyat boʻlganda qoʻshma ishchi guruhlar tuzish va muntazam maslahatlashuvlar mexanizmini yoʻlga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda

Vakolatli organlar mintaqalarning korxona va tashkilotlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli savdo va ishlab chiqarish aloqalarini rivojlantirishga koʻmaklashadilar. Mazkur maqsadlarda ular:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona va tashkilotlar oʻrtasida bevosita aloqalarni oʻrnatish, qoʻshma korxonalar tashkil etish, tovar va xizmatlar yetkazib berish boʻyicha oʻzaro manfaatli kontraktlar tuzishda tadbirkorlik tuzilmalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkor va ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokida uchrashuvlar, biznes-seminarlar, konferensiyalar, simpoziumlar, koʻrgazma va yarmarkalar tashkil etadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz mintaqalarini iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor loyihalarini amalga oshirishda, shu jumladan, xoʻjalik yurituvchi subyektlari saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirish orqali bir-birlarini qoʻllab-quvvatlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz davlatlari qonunchiligidagi oʻzgarishlar va amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar haqida bir-birlarini muntazam xabardor qiladilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzaro savdoni tashkil etish masalalarini birgalikda tahlil qiladilar va oʻz vakolatlari doirasida tegishli takliflar ishlab chiqadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqalar savdo uylarini tashkil etishda koʻmaklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda

Vakolatli organlar mintaqalar oʻrtasida turist almashinuvini tashkil qilish, mintaqalar jozibadorligini oshirishga qaratilgan turizm sohasidagi qoʻshma dastur va loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organlar ishbilarmonlik faolligini oshirish va mintaqaga turistik oqimni koʻpaytirish maqsadida transport qatnovini yaxshilash hamda infratuzilmani rivojlantirishga koʻmaklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda

Vakolatli organlar mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlari oʻrtasida aloqalarning rivojlanishiga hamda ularning oldilarida turgan vazifalarni hal qilish uchun mintaqalarda tajriba almashish va tarqatishga koʻmaklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organlar shaharsozlik hamda ulkan shaharsozlik loyihalarini rejalashtirish va moliyalashtirish amaliyoti boʻyicha axborot almashish sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda

Vakolatli organlar ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari boʻyicha munosabatlarni rivojlantirishga koʻmaklashadilar va tabiatni muhofaza qilish faoliyatini boshqarish sohasida ilgʻor tajribani joriy etishga koʻmaklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organlar suv va energiya taʼminoti, oqindi suvlarni tozalash, chiqindilarni boshqarish, chegaraboʻyi hududlardagi kanallar va gidrotexnik inshootlarni tozalash hamda taʼmirlash sohalarida hamkorlikni rivojlantiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda

Vakolatli organlar oʻzaro yaxshiroq tushunish, hamkorlik va doʻstlikni mustahkamlashga erishish uchun tarix va madaniyat bilan oʻzaro tanishish maqsadida turli darajalarda muntazam aloqalarni taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organlar mintaqalarning ijtimoiy-madaniy va xoʻjalik-iqtisodiy hayotini ommaviy axborot vositalarida xolisona yoritishga koʻmaklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organlar millatlararo muomala va madaniyatlararo muloqot madaniyatini mustahkamlash sohasida mintaqalar hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar va boshqa tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda

Tomonlarning vakolatli organlari tarafidan mazkur Bitimni amalga oshirish boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlar, tegishli vakolatli organ vazifalarini bajarish uchun Tomonlar davlatlarining tegishli mablagʻlari doirasida moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish va qoʻllashda vujudga kelishi mumkin boʻlgan har qanday nizo va kelishmovchiliklarni muzokaralar va maslahatlashuvlar orqali hal etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlarning oʻzaro kelishuvga muvofiq mazkur Bitimga alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan hamda mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan va mazkur Bitim 12-moddasida belgilangan tartibda kuchga kiruvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari haqida soʻnggi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim nomuayyan muddatga tuziladi va Bitimning amal qilishi Tomonlardan biri boshqa Tomonning Bitim amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisidagi tegishli yozma xabarnomasini diplomatik kanallar orqali olgan sanadan boshlab olti oydan soʻng tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim amal qilishining tugatilishi u amal qilgan paytda bajarilishi boshlangan va uning amal qilishi tugatilgunga qadar bajarilmagan loyihalar boʻyicha Tomonlarning majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida 2018-yil 23-aprelda har biri oʻzbek, turkman va rus tillarida boʻlgan ikki asl nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Matnlar oʻrtasida tafovutlar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.

(imzolar)