Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining funksional vazifalarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlar 1 — 8-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
hokim oʻrinbosarlarining asosiy vazifalari;
hokim oʻrinbosarlarining zimmasiga yuklangan asosiy vazifalardan kelib chiqadigan, ular amalga oshiradigan funksiyalar;
hokim oʻrinbosarlarining huquqlari, shaxsiy masʼuliyati va javobgarligi;
Oldingi tahrirga qarang.
hokim oʻrinbosarlarining faoliyatini tashkil etish.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
3. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
2021-yil 10-sentabrga qadar mazkur qaror bilan tasdiqlangan namunaviy nizomlar asosida har bir hokim oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin;
2021-yil 1-oktabrga qadar hokimning maslahatchilari, mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisi, tuman (shahar)lar hokimlari hamda ularning oʻrinbosarlarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Belgilansinki, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining alohida yoʻnalishlar boʻyicha tashkil etilgan oʻrinbosarlarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizomlar Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tegishlicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi 2021-yil 10-sentabrga qadar ushbu qarorda belgilangan talablarga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosarlarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
6. Mazkur qarorning bajarilishini, shu jumladan eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 28-avgust,
548-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-avgustdagi 548-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari (keyingi oʻrinlarda — viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosari)ning vazifalari, funksiyalari, huquqlari, shaxsiy masʼuliyati, vakolati va javobgarligini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
2. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlariga, tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlariga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga amal qiladi.
3. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosari oʻziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining toʻliq va sifatli bajarilishini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaxsan javobgar hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.
4. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosari tegishlicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga boʻysunadi.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari birinchi oʻrinbosarining oʻziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda hududlarni rivojlantirish bilan bogʻliq vazifalarni hal qilish boʻyicha faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
6. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosari tuman va shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
7. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosari ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas.
2-bob. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari birinchi oʻrinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari birinchi oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
hududlarning kompleks iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini taʼminlash;
hududlarda “mahallabay” ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish;
hududning belgilangan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga erishishini taʼminlash;
iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha tegishli vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish;
soliq-budjet siyosatiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash, mahalliy budjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, “xufiyona iqtisodiyot”ni kamaytirish choralarini koʻrish;
xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, hududda boʻsh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlardan samarali foydalanishni taʼminlash;
ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;
aholining turmush darajasini va sifatini oshirish hamda ularning toʻlov qobiliyatini mustahkamlash.
9. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) hududlarning kompleks iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini taʼminlash sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida belgilanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari loyihalari, hududni kompleks rivojlantirish dasturlari hamda “yoʻl xaritalari”ning tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini taʼminlaydi;
respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlar ijrosini taʼminlash choralarini koʻradi;
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirish dasturlarining moliyaviy manbalarini aniqlagan holda mahalliy budjet parametrlari bilan uzviy bogʻliq tarzda ishlab chiqish va soʻzsiz amalga oshirishni taʼminlaydi;
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni taʼminlash borasida tegishli vazirlik, idora va tijorat banklarining hududiy tuzilmalari faoliyatining aniq koʻrsatkichlari hamda maqsadli indikatorlarini ishlab chiqadi, natijalarini baholab boradi va ularni yaxshilash choralarini koʻradi hamda rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
barqaror iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash, tadbirkorlik muhitini yaxshilash orqali mamlakatda kambagʻallikni qisqartirish borasida maqbul siyosatni amalga oshirish tizimini joriy etadi;
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalashni amalga oshirish choralarini koʻradi;
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, narx konyunkturasini oʻrganadi va tahlil qiladi, yangi turdagi mahsulotlarni oʻzlashtirish hamda ular yangi bozorlarda sotilishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
b) hududlarda “mahallabay” ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:
hududda “mahallabay” ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha kompleks tadbirlarni amalga oshiradi;
mahallalarning “oʻsish nuqtalari”ni (ixtisoslashuv yoʻnalishlarini) aniqlash va yangi tadbirkorlik, shu jumladan “drayver” loyihalarini amalga oshirishda tashabbuskorlarga koʻmaklashadi va shu orqali iqtisodiy oʻsishni taʼminlaydi;
oilalarning daromad manbalarini, shu jumladan tomorqa yerlaridan foydalanish hamda daromadli mehnatga boʻlgan intilishi va ehtiyojlarini “xonadonbay” oʻrganadi;
band boʻlmagan aholining, ayniqsa ishsiz yoshlar va xotin-qizlarning muammolarini oʻrganish orqali, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻrgatuvchi kurslarga yoʻnaltirish va mehnat faoliyati bilan shugʻullanish borasida amaliy koʻmaklashadi;
yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari, startap loyihalari va gʻoyalarini yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan kreditlar ajratilishida koʻmaklashish;
mavjud imkoniyatlarni (boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan yer maydonlari, noruda foydali qazilmalar va bandlikning anʼanaviy sohalari) oʻrganish va ulardan samarali foydalanish orqali joylarda tadbirkorlik, investitsiyaviy va raqobat muhitini yaxshilash choralarini koʻradi;
banklarning samaradorlik va daromadlilik tamoyillaridan kelib chiqib, tadbirkorlarga sifatli xizmat koʻrsatish, maslahat berish va biznes-rejalarni tayyorlash uchun bankning quyi boʻgʻin xodimlarini toʻliq qayta tayyorlash orqali mijozga yoʻnaltirilgan xizmat koʻrsatish (“mijozbay” ishlash) tizimini takomillashtirish yuzasidan kompleks tadbirlarni amalga oshiradi;
joylarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun toʻsiq boʻlayotgan (qurilish uchun ruxsat berish, turli xil faoliyatlar uchun litsenziya olish, boʻsh bino va yer maydonlarini tadbirkorlik uchun ajratish, kommunikatsiya tizimlariga ulanish) muammolarni tezkorlik bilan hal etadi;
mahallalarda tadbirkorlik, investitsiyaviy va raqobat muhitini yaxshilash hamda “drayver” loyihalarni amalga oshirish boʻyicha har bir sektorlar huzurida sektor rahbarlari boshchiligida tashkil etilgan boshqaruv ofislari va doimiy vakillarning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
v) hududlarning belgilangan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlariga erishishini taʼminlash sohasida:
hududning makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini, shu jumladan yalpi hududiy mahsulot, sanoat, investitsiya, xizmat koʻrsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy budjetning har yilgi prognoz parametrlari asoslangan holda ishlab chiqilishini taʼminlaydi;
ishlab chiqilgan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning samarali ijrosini tashkil qiladi;
debitor-kreditor qarzdorliklar yuzaga kelishining oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshiradi, qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etadi;
g) iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha tegishli vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
tegishli vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining hududiy tuzilmalari faoliyatini doimiy nazorat va tahlil qiladi, ular faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tegishli choralarni belgilaydi va ijrosini taʼminlash choralarini koʻradi;
bank tizimi va moliyaviy infratuzilmani yanada isloh qilish, umumiy qabul qilingan xalqaro normalar, standartlar hamda baholash koʻrsatkichlariga muvofiq ularning barqarorligini oshirish va yanada yuqori darajaga chiqishini taʼminlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
aholini tadbirkorlikka faol jalb qilish maqsadida ular bilan tijorat banklarining hududiy tuzilmalari oʻrtasida tizimli muloqot oʻrnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va soʻzsiz amalga oshirish choralarini koʻradi;
moliyaviy va sugʻurta xizmatlarining hajmlari, turlarini kengaytirish hamda sifatini oshirishga qaratilgan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini kompleks tahlil qiladi;
d) soliq-budjet siyosatiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash, mahalliy budjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, “xufiyona iqtisodiyot”ni kamaytirish choralarini koʻrish sohasida:
hududlar boʻyicha respublika budjeti va mahalliy budjetga belgilangan soliq tushumlari boʻyicha prognoz koʻrsatkichlari bajarilishini taʼminlaydi;
“xufiyona iqtisodiyot”ni qisqartirish, noqonuniy tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarni hamda xususiy sektorda norasmiy bandlikni legallashtirish orqali budjet tushumlarini oshirish choralarini koʻradi;
hududning tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqib budjet tushumlarini koʻpaytirish yoʻnalishlarini ishlab chiqish, budjetga qoʻshimcha tushum tushirish manbalarini izlab topish choralarini koʻradi;
tegishli budjet loyihasini ishlab chiqish va uni ijro etish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari loyihalari tegishlicha xalq deputatlari Kengashlariga koʻrib chiqish va qabul qilish uchun taqdim etilishini taʼminlaydi;
Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlariga tushumlar toʻliq va oʻz vaqtida tushishi, budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
qonun hujjatlarida belgilanadigan alohida soliqlar boʻyicha belgilangan stavkalarga pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish toʻgʻrisida hududlarning faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda qarorlar tayyorlaydi va qabul qilish choralarini koʻradi;
e) xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, hududda boʻsh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlardan samarali foydalanishni taʼminlash sohasida:
hududdagi boʻsh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarni xatlovdan oʻtkazish, ulardan samarali foydalanish, investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar olish sharti bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
xususiylashtirish jarayonlarini boshqarish samaradorligini oshirish, investorlar, jumladan, xorijiy investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi boʻyicha monitoring olib borish va xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish sohasida takliflar tayyorlaydi;
hududdagi davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishini, ushbu korxonalar faoliyatining samaradorligi uchun ularni boshqarish organlari masʼuliyatini oshirishni taʼminlaydi;
xorijiy va xalqaro institutlar hamda kompaniyalar bilan birgalikda davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirishga tayyorlash, shu jumladan ularning jozibadorligini hamda boshqarish sifatini oshirishni nazarda tutuvchi samarali mexanizmlarini oʻrganish va joriy qilishga qaratilgan doimiy ishlar yuritilishini taʼminlaydi;
hududda joylashgan davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish ishlarini muvofiqlashtiradi, samarali va oshkora xususiylashtirishni taʼminlaydi;
j) ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish sohasida:
hududda yangi ish oʻrinlari tashkil etish, aholi bandligini oshirish hududiy dasturi ishlab chiqilishini taʼminlash, aholining turmushi sifati va farovonligi darajasini yanada oshirish dasturlarini shakllantiradi, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish va xodimlar mehnat huquqlarini himoya qilish tizimlarini kuchaytirish choralarini koʻradi;
demografik omillar va iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ishga joylashtirishning ilgʻor shakllarini joriy etishga yoʻnaltirilgan aholi bandligini taʼminlashning hududiy dasturlarini shakllantirish, pensionerlar, nogiron shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy nochor guruhlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir manzilli dasturlar va samarali tadbirlarni ishlab chiqish borasida mahalliy ijroiya hokimiyati organlari ishini muvofiqlashtiradi;
bandlik, mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini mustahkamlash, moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini va mehnatni muhofaza qilish sharoitlarini yaxshilash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga yoʻnaltirilgan maqsadli dasturlar, qabul qilingan qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari amalga oshirilishini nazorat qiladi;
z) kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash sohasida:
qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish, ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish hamda ular faoliyati erkinligining kafolatlarini taʼminlash choralarini koʻradi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ish yuritishi uchun ularni tegishli resurslar bilan taʼminlash choralarini koʻrish, ularning bank kreditlarini olish, energiya tarmoqlariga ulanish va boshqa shu kabi muammolari yechimi yuzasidan choralar belgilaydi va ijrosini doimiy nazorat qilib boradi;
chakana va ulgurji savdoni, xizmatlar koʻrsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, aholini isteʼmol tovarlari va xizmatlar bilan taʼminlash choralarini koʻradi;
“yagona darcha” tamoyili boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatuvchi vakolatli organlarning faoliyatini, shuningdek, davlat organlari bilan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning bevosita aloqasiz shakllarini joriy etishning holatini tahlil qilib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band “z” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etish choralarini koʻradi;
tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi toʻgʻrisidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish yoʻli bilan tadbirkorlik subyektlari orasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
i) aholining turmush darajasini va sifatini oshirish hamda ularning toʻlov qobiliyatini mustahkamlash sohasida:
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, ularda qayd qilingan muammolar hal etilishi yuzasidan tegishli choralarni belgilaydi;
nafaqalar, aholining real daromadlarini barqaror oshirish manbalarini yaratish choralarini koʻradi;
zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishning yangi mexanizmi va tizimini joriy qiladi;
yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali ularning turmush darajasini va sifatini oshirish choralarini koʻradi.
Shuningdek, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosari quyidagi qoʻshimcha funksiyalarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumatning hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni taʼminlaydi;
iqtisodiyot va tadbirkorlik yoʻnalishlarida islohotlarni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tahlil qilib boradi, ularning natijalari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlanishi va hokimlik yigʻilishlarida muhokama qilib borilishini tizimli asosda taʼminlaydi;
hududda boʻsh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlardan samarali foydalanish, ularga investitsiyalarni keng jalb etgan holda davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish choralarini koʻradi;
tuman va shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyati va javobgarligini oshirish choralarini koʻradi hamda yil yakunlari boʻyicha ularning faoliyatini baholab boradi;
tegishli komissiyalarga (kengashlar, guruhlar) samarali rahbarlik qiladi, komissiyalar (kengashlar) faoliyatini tashkil etadi va qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
belgilangan tartibda oʻzlariga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
3-bob. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari birinchi oʻrinbosarining huquqlari va javobgarligi
10. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
hududni iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasida kompleks rivojlantirish boʻyicha qarorlar, dasturlar va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish, ijrosini tashkil etish;
hududning makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini, shu jumladan mahalliy budjetning har yilgi prognoz parametrlarini ishlab chiqish, ijrosini doimiy tahlil qilib borish, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tezkor choralar koʻrish;
iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha tegishli vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining hududiy tuzilmalari faoliyatini doimiy nazorat va tahlil qilish;
vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining hududiy tuzilmalari, tuman va shaharlar hokimliklarining iqtisodiy-ijtimoiy hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi boʻyicha hisobotlarini muhokama qilish;
Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlariga tushumlar toʻliq va oʻz vaqtida tushishi, budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish borasida tegishli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish hamda ular faoliyati erkinligining kafolatlarini taʼminlash yuzasidan zarur choralarni koʻrish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ish yuritishi uchun tegishli resurslar bilan taʼminlash choralarini koʻrish, ularning oʻz faoliyatini boshlashlari uchun belgilangan tartibda bank kreditlarini olish, elektr energiyasi tarmoqlariga ulanish va boshqa shu kabi muammolarini hal etish yuzasidan choralar belgilash va ijrosini nazorat qilish.
11. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosari ushbu Namunaviy nizomning 8 va 9-bandlarida oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardirlar.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlari shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash uchun javob beradi.
4-bob. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari birinchi oʻrinbosarlari faoliyatini tashkil etish
12. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari ishlari Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining choraklik va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ushbu ish rejalari asosida viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari birinchi oʻrinbosarlarining oylik shaxsiy ish rejalari ishlab chiqiladi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
13. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari birinchi oʻrinbosarlarining hisoboti viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tezkor yigʻilishlarida har haftada eshitib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlarining tegishli hisobotlari xalq deputatlari Kengashi majlisida eshitiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
15. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari faoliyatini taʼminlash kotibiyat tomonidan amalga oshiriladi.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari tomonidan faoliyati muvofiqlashtirib boriladigan davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari
ROʻYXATI
1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi.
2. Moliya bosh boshqarmasi.
3. Gʻaznachilik boshqarmasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
5. Bandlik bosh boshqarmasi.
6. Davlat soliq boshqarmasi.
7. Bojxona boshqarmasi
8. Statistika boshqarmasi.
9. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmasi.
10. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi.
11. Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi.
12. “Oʻzbekiston respublika tovar xom ashyo birjasi” AJ hududiy filiali.
13. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hududiy filiali.
14. Hokimlik huzuridagi “Yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish” hududiy jamgʻarmasi.
15. Kadastr agentligining hamda Agentlik huzuridagi Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari.
16. Davlat ulushiga ega boʻlgan barcha tijorat banklarining hududiy tuzilmalari.
17. Boshqa tijorat banklarining hududiy tuzilmalari — bank tizimi barqarorligini taʼminlash, isloh qilish, xorijiy kreditlar va qarzlarga xizmat koʻrsatish masalalari yuzasidan.
18. Vazirliklar va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari — iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari tomonidan oʻzaro hamkorligi taʼminlanadigan tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning hududda faoliyat koʻrsatuvchi devoni xodimlari.
2. Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi.
3. Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hududlardagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari.
5. Sugʻurta tashkilotlarining hududiy filiallari.
6. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi hududiy birlashmasi.
7. Bozorlar va savdo komplekslari uyushmasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-avgustdagi 548-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hokimning qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq viloyatlar hokimlarining, qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Toshkent shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi, Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari — Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi boshligʻi hamda Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari — Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi (keyingi oʻrinlarda — viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari)ning vazifalari, funksiyalari, huquqlari, shaxsiy masʼuliyati, vakolati va javobgarligini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
2. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining hujjatlariga, tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlariga, viloyat va Toshkent shahar hokimlarining qaror va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga amal qiladi.
3. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari oʻziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining toʻliq va sifatli bajarilishini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaxsan javobgar hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.
4. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari tegishlicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga boʻysunadi.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari oʻziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda hududlarni rivojlantirish bilan bogʻliq vazifalarni hal qilish boʻyicha faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari tegishli tuman va shahar hokimining, qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
7. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari oʻz vakolati davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas.
2-bob. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
kapital qurilish sohasini jadal rivojlantirish, ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma obyektlarini qurish ishlarining sifatini yangi darajaga koʻtarish;
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida har bir hududning oʻziga xosligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda shahar, tuman, qishloq va mahallalarni kompleks hamda jadal rivojlantirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratish uchun telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot tizimlari, shuningdek, pochta aloqasi va arxiv obyektlarining samarali faoliyatini tashkil etish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish, tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini taʼminlash;
aholining sifatli kommunal xizmatlar bilan qamrab olinishini tubdan yaxshilash, koʻp kvartirali uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish, hududning sanitariya va ekologik vaziyatini yaxshilash;
davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish va chegaraboʻyi muammolarini hal qilish hamda aholini va hududlarni toshqinlar, sel oqimlari, qor koʻchish va yer koʻchki hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish.
9. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) kapital qurilish industriyasi sohasini jadal rivojlantirish, ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma obyektlari qurish ishlarining sifatini yangi darajaga koʻtarish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq amalga oshiriladigan shaharsozlik faoliyati, shuningdek, kapital qurilish va pudrat ishlari sohasida islohotlar va siyosatning amalga oshirilishini tizimli hamda kompleks oʻrganishni tashkil etadi;
shaharsozlik faoliyatida va kapital qurilishda, shuningdek, muhim obyektlar, shu jumladan ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma obyektlari qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni taʼminlaydi, mavjud muammolarni aniqlab, ularni hal etish choralarini koʻradi;
Ijtimoiy va infratuzilmani rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar (obyektlar) boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini oʻz vaqtida ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish, tender jarayonlarini ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida oʻtkazish hamda moliyalashtirishni oʻz vaqtida ochish ishlarini tashkil qiladi;
Ijtimoiy va infratuzilmani rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar (obyektlar) doirasida budjet mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanishni tashkil qiladi;
har yili qabul qilinadigan Ijtimoiy va infratuzilmani rivojlantirish dasturlari loyihalarini shakllantirish jarayonida hududdagi mavjud holatni toʻgʻri va toʻliq tahlil qilgan holda, vakolatli organlarga asoslangan takliflar kiritib boradi;
Investitsiya dasturi loyihasini shakllantirish jarayonida yirik investitsiya loyihalarini kerakli infratuzilma obyektlari bilan taʼminlanganlik darajasini Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda tahlil qilib, asoslangan takliflar ishlab chiqishda qatnashadi;
shaharlarda va qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy qurish dasturiy hujjatlarini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
yirik ixtisoslashtirilgan qurilish-pudrat tashkilotlarini shakllantirish dasturini amalga oshirish, pudrat va loyiha tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish hamda qurilish-pudrat tashkilotlarining reyestrini yuritish ishlarini muvofiqlashtiradi;
hududiy davlat organlari va tashkilotlari tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, hokim oʻrinbosari vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hukumat komissiyalari va kengashlar qarorlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
vakolatli davlat organlarini jalb qilgan holda, obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini sifatli tayyorlash va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatining monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini tashkil etadi;
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashda texnik shartlar va reglamentlarga rioya etilishi, buyurtmachilar (quruvchilar) tomonidan loyihalashtirish, qurilish sifati yuzasidan texnik nazorat, shuningdek, mualliflik nazoratining amalga oshirilishi holatini oʻrganadi;
qurilish-montaj ishlari va zarur arxitektura-qurilish nazorati sifati yuzasidan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlarining tizimli monitoringini amalga oshiradi hamda natijalari boʻyicha obyektlarda qurilish-taʼmirlash ishlaridagi mavjud qoloqliklarni bartaraf etish, qurilish-taʼmirlash ishlarini jadallashtirish hamda obyektlarni oʻz vaqtida foydalanishga topshirish yuzasidan choralar koʻradi;
qurilishda ilgʻor texnologiyalar va zamonaviy mahalliy qurilish materiallaridan foydalangan holda, yangi konstruktiv yechimlar qoʻllanilishini oʻrganadi va tahlil qiladi, qurilishning yuqori sifatini va tannarxini pasaytirishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
qurilish tarmogʻini jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish, salohiyatli xorijiy investorlarni keng jalb etgan holda, qurilish materiallarini ishlab chiqarishga zamonaviy ilgʻor, energiyadan samarali foydalanadigan va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, shu asosda tarmoqning eksport salohiyatini oshirish, shunday mahsulotlarni import qilishni bosqichma-bosqich qisqartirish ishlarini tashkil etadi;
b) “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida har bir hududning oʻziga xosligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda shahar, tuman, qishloq va mahallalarni kompleks va jadal rivojlantirish sohasida:
qishloq aholi punktlarining meʼmoriy qiyofasini tubdan yangilash, yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi hamda ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish va shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish va dunyoqarashini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari boʻyicha har yilgi tasdiqlanadigan asosiy parametrlarning oʻz vaqtida va sifatli ijrosini taʼminlash yuzasidan aniq choralar belgilaydi;
v) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratish uchun telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot tizimlari, shuningdek, pochta aloqasi va arxiv obyektlarining samarali faoliyatini tashkil etish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi va “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq aholi maskanlari, binolar va inshootlarni loyihalashtirish hamda rivojlantirishda belgilangan normativlarga muvofiq telekommunikatsiya vositalari va pochta aloqasi obyektlarini joylashtirish nazarda tutilishini taʼminlaydi, telekommunikatsiya tarmoqlari va pochta aloqasi obyektlarida roʻy bergan hodisalar oqibatlarini bartaraf etishda koʻmaklashadi;
iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshiradi;
“Xavfsiz shahar” loyihasini joriy etish doirasida tizimni muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq davlat va idoraviy arxivlar hujjatlarining saqlanishi uchun tegishli darajadagi shart-sharoitlarni taʼminlash, ularning holati boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish choralarini koʻradi va arxivlarni moliyalashtirish miqdorini aniqlaydi;
g) transport va transport kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish, tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini taʼminlash sohasida:
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etadi;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasining faoliyati masalalarida davlat organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;
raqobat muhitini shakllantirish, sohaga davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini joriy etish, transport xizmatlari bozoridan teng foydalanilishini taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishni tashkil etadi;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning koʻchalarini rivojlantirish hududiy dasturlarini maxsus vakolatli organ bilan kelishgan holda ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlar va ovullarning transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini maxsus vakolatli organ bilan kelishgan holda ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning koʻchalarini joriy taʼmirlash, saqlash (shu jumladan, yoritish tizimlarini oʻrnatish), obodonlashtirishni tashkil etadi hamda hisobini yuritadi;
shaharlarning, shahar posyolkalarining, xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarining, qishloqlar va ovullarning yoʻl-transport va yoʻl boʻyi infratuzilmasini rivojlantirishni davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshiradi;
d) aholining sifatli kommunal xizmatlar bilan qamrab olinishini tubdan yaxshilash, koʻp kvartirali uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish, hududning sanitariya va ekologik vaziyatini yaxshilash sohasida:
kommunal xoʻjaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etadi;
kommunal xizmat koʻrsatish sohasiga xorijiy investitsiyalar va innovatsion gʻoyalar, texnologiyalarni jalb etish hamda kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlarini davlat-xususiy sheriklik asosida ishonchli boshqaruvga berish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
aholi punktlarini rivojlantirish sxemalariga va bosh rejalariga muvofiq suv taʼminoti, kanalizatsiya obyektlarini rivojlantirish, modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishga doir dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
hududdagi davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari bilan birgalikda uy-joy kommunal xoʻjaligi obyektlarini zamonaviy hisobga olish asboblari bilan jihozlashni, qurilish-montaj ishlari tannarxini pasaytirishni taʼminlovchi zamonaviy va sifatli mahalliy qurilish materiallarini keng qoʻllashni nazarda tutuvchi amaliy mexanizmlar hamda chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish davlat dasturlarini amalga oshirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish, koʻp kvartirali, shu jumladan eskirgan va avariya holatidagi uy-joylar holatini xatlovdan oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtiradi;
koʻp kvartirali uy-joylarning tutash hududlarini obodonlashtirish, koʻp kvartirali uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish, koʻp kvartirali uylardan texnik jihatdan foydalanish qoidalari talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;
issiqlik taʼminoti tizimlarini rivojlantirish, hududlarni obodonlashtirishga doir dasturiy hujjatlarning sifatli bajarilishini nazorat qiladi, ushbu soha tashkilotlarining faoliyati muvofiqlashtirilishi va boshqarilishini taʼminlaydi;
uy-joy kommunal soha uchun kadrlar tayyorlash, xorijda oʻquv stajirovkalari tashkil etishni hisobga olgan holda, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, dasturiy mahsulotlarni, idoraviy axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasini joriy etish yuzasidan takliflar kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish doirasida tabiiy resurslarni asrab-avaylash va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari, davlat organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlarning fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;
chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, hududda sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar hayoti va salomatligiga, atrof-muhitga zararli taʼsirining oldini olish, chiqindilar hosil boʻlishini qisqartirish va xoʻjalik faoliyatiga jalb etilishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarining soʻzsiz va sifatli bajarilishi, shuningdek, biologik resurslarni saqlash, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanishga yoʻnaltirilgan uzoq, oʻrta va qisqa muddatli hududiy ekologik dasturlarni ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtiradi;
kanallarni sanitar tozalashni kompleks va tubdan yaxshilash, kanallarga tutash hududlarni sanitariya, ekologik norma va qoidalarga muvofiq obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish hamda qirgʻoq boʻylarida zamonaviy landshaft meʼmorchiligi usullarini qoʻllagan holda rekreatsion hududlarni shakllantiradi;
e) davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish va chegaraboʻyi muammolarini hal qilish hamda aholini va hududlarni toshqinlar, sel oqimlari, qor koʻchish va yer koʻchki hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasining chegaraboʻyi hududida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatning har tomonlama va chuqur oʻrganilishini tashkil etadi, davlat chegarasini muhandislik-texnik jihatdan jihozlash bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
toshqin suvlari va sel oqimlarini xavfsiz oʻtkazish imkoniyatlarini baholash hamda daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish joyini, hajmini va boshqa shart-sharoitlarini, suv oqimlari boʻylab joylashgan suv xoʻjaligi va boshqa ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha ustuvor himoyalash ishlarini belgilaydi;
suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha hududiy manzilli dasturlarni shakllantiradi hamda ularda belgilangan tadbirlarni oʻz muddatida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi.
Shuningdek, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari quyidagi qoʻshimcha funksiyalarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlarining bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
hududni, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik sohalarini rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yoʻl xaritalari” loyihalarining tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini taʼminlaydi;
sohalar va yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini tahlil qilib boradi, ularning natijalari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlanishi va hokimlik yigʻilishlarida muhokama qilib borilishini tizimli asosda taʼminlaydi;
kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha tegishli vazirlik, idora, tijorat banklari hududiy tuzilmalarining aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;
tegishli vazirlik, idoralar, qoʻmitalarining hududiy tuzilmalari rahbarlari, tuman va shahar hokimlarining oʻrinbosarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;
hokimning topshiriqlariga binoan oʻziga biriktirilgan yoʻnalish boʻyicha hudud va tarmoqlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
hududda maʼmuriy va iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligining tizimli monitoringi olib borilishini va maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, ularni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi tashkil etilishini taʼminlaydi;
davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha Hukumat delegatsiyasining yigʻilishlari va tadbirlarida ishtirok etadi;
davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegaraboʻyi muammolarini hal qilish, nolegal migratsiya, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini olish masalalari bilan bogʻliq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
tuman va shahar hokimlarining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyati va javobgarligini oshirish choralarini koʻradi hamda yil yakuni boʻyicha ularning faoliyatini baholab boradi;
(9-band “e” kichik bandining oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
tegishli komissiyalarga (kengashlar, guruhlar) samarali rahbarlik qiladi, viloyat va Toshkent shahar hokimi rahbarlik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini tashkil etadi va qarorlarining bajarilishi boʻyicha nazoratni taʼminlaydi;
belgilangan tartibda oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
3-bob. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining huquqlari va javobgarligi
10. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik sohasida hududni kompleks rivojlantirish boʻyicha qarorlar, dastur va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va ijrosini tashkil etish;
kapital qurilish sohasini jadal rivojlantirish, jumladan, ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma obyektlarini qurish ishlarini har yilgi maqsadli parametrlarini ishlab chiqish, ijrosini tahlil qilib borish, mavjud muammolar yechimi yuzasidan tezkor choralar koʻrish;
kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha tegishli vazirlik, idoralar, qoʻmitalarning hududiy tuzilmalari faoliyatini doimiy nazorat va tahlil qilish;
vazirlik, idora va qoʻmitalarning hududiy tuzilmalari, tuman va shaharlar hokimliklarining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjaligini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi boʻyicha hisobotlarini muhokama qilish;
ichimlik suvi va issiqlik taʼminoti, kanalizatsiya obyektlarini rivojlantirish, modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishga doir dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, kommunal soha tashkilotlarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini taʼminlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlarini tashkil etish;
koʻp kvartirali uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish, kommunal soha tashkilotlarini davlat-xususiy sheriklik asosida ishonchli boshqaruvga berish hamda hududda sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar hayoti va salomatligiga, atrof-muhitga zararli taʼsirining oldini olish boʻyicha vakolati doirasida zarur choralarni koʻrish;
shaharlar va qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar va koʻp qavatli uy-joylar qurilishi boʻyicha tasdiqlangan dasturlar ijrosini taʼminlash, shuningdek, pudrat va loyiha tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish.
11. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari ushbu Namunaviy nizomning 8 va 9-bandlarida oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarning tegishli ravishda hamda samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardirlar.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlari shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash uchun javob beradi.
4-bob. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari faoliyatini tashkil etish
12. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining ishlari Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining choraklik va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ushbu ish rejalar asosida viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining oylik shaxsiy ish rejalari ishlab chiqiladi va viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
13. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining hisobotlari viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tezkor yigʻilishlarida har hafta eshitib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan viloyatlar hokimlari oʻrinbosarining hisobotlari tegishli xalq deputatlari Kengashi majlisida eshitiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
15. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari faoliyati tegishli kotibiyat tomonidan taʼminlanadi.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari tomonidan faoliyati muvofiqlashtirib boriladigan davlat va organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari
ROʻYXATI
1. Qurilish bosh boshqarmasi.
2. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi.
3. “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi.
4. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi.
5. Transport boshqarmasi.
6. Avtomobil yoʻllari hududiy boshqarmasi.
7. Hududiy gaz taʼminoti korxonasi.
8. Hududiy va magistral elektr tarmoqlari korxonalari.
9. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish hududiy boshqarmasi.
10. “Oʻzarxiv” agentligining hududiy boshqarmasi.
11. Sanoat xavfsizligi qoʻmitasining hududiy boʻlimi.
12. Ichimlik suvi va issiqlik taʼminoti tashkilotlari.
13. Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish, Koʻp qavatli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish, Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish, “Oʻzneftgazinspeksiya”, “Oʻzenergoinspeksiya” inspeksiyalari, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining hududiy boʻlimlari.
14. Vazirlik va idoralar tarkibidagi obyektlarni qurish boʻyicha buyurtmachi tashkilotlarning hududiy boʻlimlari.
15. “Toza hudud” DUK.
16. Vazirliklar va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari — sanoat, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik sohasidagi islohotlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari tomonidan oʻzaro hamkorligi taʼminlanadigan tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari
ROʻYXATI
1. “Qishloq qurilish invest” MCHJ IK hududiy filiali.
2. “Oʻzbektelekom” AK hududiy filiali.
3. “Oʻzbekiston pochtasi” AJ hududiy filiali.
4. “Oʻzbekneftgaz” AJning neft bazalari.
5. Qora va rangli metallar parchalari, chiqindilarini tayyorlash idoralari.
6. “Oʻzbekkoʻmir” AJning koʻmir taʼminoti omborlari.
7. “Uzbekistan Airports” AJ va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJlarning hududiy tashkilotlari va boshqa transport korxonalari.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-avgustdagi 548-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hokim oʻrinbosari — viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshliqlarining funksional vazifalari toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi (keyingi oʻrinlarda — viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari)ning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, shaxsiy masʼuliyati, vakolati va javobgarligini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
2. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlariga, tegishli xalq deputatlari Kengashining qarorlariga, viloyat va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga amal qiladi.
3. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari oʻziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining toʻliq va sifatli bajarilishini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaxsan javobgar hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.
4. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari tegishlicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga boʻysunadi.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining oʻziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda hududlarni rivojlantirish bilan bogʻliq vazifalarni hal qilish boʻyicha faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
6. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari tuman va shahar hokimining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshliqlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
7. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari oʻz vakolati davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas.
2-bob. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishini taʼminlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va samarali oʻzlashtirish;
hududning eksport salohiyatini oshirish, mahalliy korxonalar mahsulotlarining eksport hajmlari, nomenklaturasi hamda geografiyasini kengaytirish boʻyicha manzilli dasturlarni ishlab chiqish hamda ularning ijrosini taʼminlash;
ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatni amalga oshirish, ilmiy-texnikaviy va innovatsion rivojlanishni taʼminlash;
erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish hamda eksportbop va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish;
kichik sanoat zonalarining samarali faoliyatini tashkil etish, ularda raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirish.
9. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishini taʼminlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va samarali oʻzlashtirish sohasida:
investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning oʻz muddatida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlaydi;
investitsiya faoliyati yoʻnalishida hududda boshqaruv tizimini, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etish va oʻzlashtirish sohasida hududda davlat organlari va tashkilotlarining hududiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi, xorijiy investorlarni hududning imkoniyatlari va salohiyati toʻgʻrisida xabardor qilish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni ragʻbatlantiradi;
investitsiya dasturlarini, jumladan hududiy dasturlarni shakllantirish, jalb etilgan mablagʻlarni oʻzlashtirish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;
har haftaning chorshanba kuni hudud boʻyicha “Investitsiya kuni” tadbirlarini oʻtkazish ishlarini tashkil etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish, salohiyatli investorlarni aniqlash va ular bilan muzokaralar oʻtkazish, investorlarning muammolarini hal qilish boʻyicha tizimli ishlarni olib boradi;
investitsiya loyihalari amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar faoliyatini, investor tomonidan oʻzining investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarilishini tahlil qilish, xorijiy investitsiyalar ishtirokida investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash hamda ularni hal etish yuzasidan tezkor choralar koʻrish orqali jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish, investitsiya dasturlarini amalga oshirishning sifat va samaradorlik mezonlariga asoslangan baholash tizimini amalda tatbiq etadi;
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchilari va konsullari bilan yaqin hamkorlikda hududda ishlab chiqariladigan mahsulotlar, ishlar (xizmatlar) eksportini kengaytirish va diversifikatsiya qilish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarini jalb etish, hududning savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsiyaviy va ilmiy-texnik imkoniyatlarini mustahkamlash choralarini koʻradi;
xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasini shakllantirish va yangilash jarayonini muvofiqlashtirishni taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida yaratilgan investitsiya muhiti, shu jumladan investitsiya kiritish jarayonining asosiy tartib-taomili masalalari, shuningdek, amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya takliflari toʻgʻrisidagi axborotni salohiyatli investorlar va kreditorlarga yetkazadi;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish borasida loyiha institutlari hamda respublika tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni tashkil etadi;
hududning ishlab chiqarish salohiyati va investitsiyalarga boʻlgan ehtiyoji, oldindan hisob-kitob qilingan aniq loyihalar hamda salohiyatli investorlar uchun qiziqish uygʻotadigan boshqa axborot aks ettirilgan hududning interfaol investitsiya xaritasini ishlab chiqish hamda uning faoliyatini taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
moliyalashtirishning turli manbalari, shu jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobidan hududning iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohasini yuksaltirish hamda muvozanatli rivojlantirish surʼatlarining investitsiya resurslariga boʻlgan ehtiyojlar bilan bogʻliqligini taʼminlashga doir takliflarni ishlab chiqadi;
investitsiya dasturlari doirasida mablagʻlar jalb etilishi hamda oʻzlashtirilishi boʻyicha belgilangan prognoz parametrlarning bajarilishi uchun tizimli va qatʼiy nazoratni tashkil qilish, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish holatini kompleks tahlil qilish hamda monitoring davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi;
hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari boʻyicha maʼlumotlar bazasi yaratilishini, yuritilishini hamda muntazam yangilanishini taʼminlaydi;
b) hududning eksport salohiyatini oshirish, mahalliy korxonalar mahsulotlarining eksport hajmlari, nomenklaturasi hamda geografiyasini kengaytirish boʻyicha manzilli dasturlarni ishlab chiqish hamda ularning ijrosini taʼminlash sohasida:
hududning eksport salohiyatini kengaytirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini taʼminlash, korxonalarning, shu jumladan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
hududiy eksport shtablarining faoliyatini boshqaradi, hududiy korxonalarning eksport mahsulotlari va eksportchilari boʻyicha maʼlumotlar bazasining yuritilishini taʼminlaydi, mahalliy korxonalarga eksportni tashkil etishda koʻmaklashadi;
hududiy korxonalar eksport prognozining bajarilishi holati boʻyicha monitoring olib borish, buning asosida ularning eksport faoliyatini tahlil qilish va korxonalar eksportini jadallashtirish va ragʻbatlantirish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqadi;
hududiy korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini oʻrganish asosida ularning mavjud eksport zaxiralarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etadi;
hududiy korxonalarga eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha savdo-sanoat koʻrgazmalari, yarmarkalar, forumlar, taqdimotlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishda koʻmaklashadi, shunday tadbirlarni hududda tashkil etadi va oʻtkazadi;
eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash, tijorat banklarining eksportoldi kreditlari boʻyicha kompensatsiya taqdim etishni tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi;
v) ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni amalga oshirish, ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanishni taʼminlash sohasida:
hududda ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni amalga oshirish, ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanishni taʼminlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi, ilm-fan, innovatsion faoliyat va ishlab chiqarish oʻrtasida integratsiyani kuchaytiradi;
hududda ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish oʻrtasida integratsiyani kuchaytirish asosida hududning ilmiy salohiyatini va innovatsion rivojlantirishga qaratilgan izchil chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
innovatsion loyihalar-startaplarni ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va oʻzlashtirish, innovatsion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni amalga oshiruvchi innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari bilan hamkorlikda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda innovatsiyalar va ilgʻor yuqori texnologiyalarni joriy qilish uchun zarur shart-sharoit yaratishga qaratilgan izchil chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
hududning barcha tumanlarida innovatsion faoliyatni yuritish, yangi innovatsion texnologiyalarga asoslangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;
ilm-fan sohasini va innovatsion rivojlantirishga doir hududiy dasturlarni ishlab chiqish, ularning bajarilishi yuzasidan nazorat oʻrnatish, shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun zarur investitsiyalarni jalb etadi;
hududda innovatsion infratuzilmani shakllantirish, shu jumladan ixtisoslashtirilgan ilmiy-tajriba tashkilotlari, yuqori texnologiyalar markazlari va texnologik parklar faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishni taʼminlaydi;
yoshlarni ilm-fan va innovatsion faoliyatga jalb qilish, yosh olimlarning ilmiy va innovatsion ishlanmalarini ishlab chiqarishga joriy etish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tizimli ishlarni olib boradi;
respublika olimlarining ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalari hamda ishlanmalari uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarning buyurtmalari portfelini shakllantiradi;
d) erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish hamda eksportbop va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun sharoitlar yaratish sohasida:
hududda erkin iqtisodiy zonalar maʼmuriy kengashlari va direksiyalarining, jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni va mahalliy investorlarni jalb etish masalalaridagi faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda samaradorligini tahlil qiladi, erkin iqtisodiy zonalarning maʼmuriy kengashlariga tashqi bozorlarda talab boʻlgan va import oʻrnini bosuvchi yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga koʻmaklashadi;
sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohasida yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarning tashkil etilishi, shu jumladan mahalliy xom ashyo va materiallar negizida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha hududdagi erkin iqtisodiy zonalarda joylashtirilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini va tahlil qilinishini tashkil etadi;
investitsiya loyihalarini tahlil qilishda, erkin iqtisodiy zonalar hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni va ulardan samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
erkin iqtisodiy zonalarni, hududning mavjud ishlab chiqarish va resurs salohiyatini hisobga olgan holda, mahalliy xom ashyo va materiallarni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish hamda ulardan foydalanish asosida ularda yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlaydigan loyihalarni yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar va dasturlarni shakllantiradi;
erkin iqtisodiy zonalar hududida loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirish maqsadida qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;
e) kichik sanoat zonalarining samarali faoliyatini tashkil etish, ularda raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirish sohasida:
kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashlari va direksiyalarining, jumladan, mahalliy tadbirkorlik subyektlarini jalb etish masalalarida faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda samaradorligini tahlil qiladi, kichik sanoat zonalarining maʼmuriy kengashlariga raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etishda koʻmaklashadi;
kichik sanoat zonalarini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni va mahalliy investorlarni jalb etishda koʻmaklashadi, zarur infratuzilma obyektlarini rivojlantirish orqali ulardan samarali foydalanishni taʼminlaydi;
hududlardagi foydalanilmayotgan korxonalar negizida va boʻsh turgan yer uchastkalarida tashkil etilgan kichik sanoat zonalariga joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini tashkil etadi;
kichik sanoat zonalari hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni va ulardan samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
kichik sanoat zonalari faoliyatini samarali tashkil etish, tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish uchun qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;
kichik sanoat zonalarining samarali faoliyatini tashkil etish, ularda raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirishni taʼminlaydi.
Shuningdek, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari quyidagi qoʻshimcha funksiyalarni amalga oshiradi:
investitsiya dasturlarini amalga oshirishda, jumladan, hududiy dasturlarni shakllantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va oʻzlashtirish sohasida hududda davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarining hududiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
xorijiy investitsiyalarni jalb etish, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va preferensiyalar berish, tadbirkorlik subyektlariga eksportda koʻmaklashish sohasida vazirliklar, idoralar, respublika tashkilotlarining hududiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
hududning eksport salohiyatini oshirish, hududiy korxonalar mahsulotlarining eksport hajmlari, nomenklaturasi hamda geografiyasini kengaytirish boʻyicha manzilli dasturlar koʻrsatkichlarining ijrosini taʼminlaydi;
yoshlarni ilm-fan va innovatsion faoliyatga jalb qilish, ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish oʻrtasida integratsiyani kuchaytirish hamda innovatsiyalar va ilgʻor yuqori texnologiyalarni joriy qilish uchun zarur shart-sharoit yaratadi;
hududda erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni va mahalliy investorlarni jalb etishga koʻmaklashish, ularda zarur infratuzilma obyektlarini rivojlantirish orqali samarali foydalanishni taʼminlaydi;
oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalarining (“yoʻl xaritalari”) bajarilishini taʼminlaydi va tizimli nazoratini olib boradi;
investitsiyalar, eksport va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish masalalarida sayyor (ochiq) majlislarni tizimli oʻtkazadi.
3-bob. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosarining huquqlari va javobgarligi
10. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar hamda maʼlumotlarni davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish, vakolati doirasiga kiruvchi sohalarning samarali ishlashi hamda ularni rivojlantirish boʻyicha tegishli davlat boshqaruvi organlariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;
biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik birlashmalarining hududiy tuzilmalarining majlislarida, shuningdek, viloyat va Toshkent shahar hokimi topshiriqlari boʻyicha — boshqa davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar hududiy tuzilmalarining oʻzi yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejalariga (“yoʻl xarita”lariga) kiritish uchun biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, tegishli tarmoq korxonalari va hududlarning muammoli masalalari boʻyicha takliflar tayyorlash;
davlat boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning hududiy tuzilmalari rahbarlari hamda vakillarini hokimlikda koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtincha ishchi guruhlar tuzish.
11. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari ushbu Namunaviy nizomning 8 va 9-bandlarida oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlari shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash uchun javob beradi.
4-bob. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari faoliyatini tashkil etish
12. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining choraklik va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ushbu ish rejalar asosida viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining oylik shaxsiy ish rejalari ishlab chiqiladi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
13. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining hisoboti viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tezkor yigʻilishlarida har hafta eshitib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosarining tegishli hisobotlari xalq deputatlari Kengashi majlisida eshitiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
15. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining faoliyati tegishli kotibiyat tomonidan taʼminlanadi.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari tomonidan faoliyati muvofiqlashtiriladigan davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari
ROʻYXATI
1. Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi.
2. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining hududiy boshqarmasi.
3. Viloyatlar va shaharlardagi sinov va sertifikatlashtirish markazlari.
4. Erkin iqtisodiy zonalar, ixtisoslashtirilgan texnoparklar direksiyalari, hududdagi ilmiy tashkilotlar, hududda tashkil etilgan innovatsion markazlar va innovatsiyalarni transfer qilish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar.
5. Kichik sanoat zonalari direksiyalari.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari tomonidan oʻzaro hamkorligi taʼminlanadigan tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari
ROʻYXATI
1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi — investitsiya va eksport masalalari boʻyicha.
2. Tashqi ishlar vazirligining hududiy boʻlinmalari — toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari boʻyicha.
3. Qurilish bosh boshqarmasi — investitsiya loyihalari ekspertizasi masalalari boʻyicha.
4. Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasi — eksportni qoʻllab-quvvatlash va importni optimallashtirish yuzasidan.
5. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalari — xususiylashtirish va davlat mulki obyektlariga investitsiyalar jalb qilish va boshqa yuklangan vazifalar doirasida.
6. Tijorat banklarining hududiy filiallari — investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hamda oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalarini (“yoʻl xarita”lari) ishlab chiqish va ularning samarali amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borish masalalari boʻyicha.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning hududda faoliyat koʻrsatuvchi devoni xodimlari — investorlar, xususiylashtirilgan korxonalar, erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
9. Ilmiy tashkilotlar, innovatsion loyihalar-startaplarni ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va oʻzlashtirish, innovatsion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni amalga oshiruvchi innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari.
10. Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar hududiy boshqarmasi — investitsiyalar, innovatsion faoliyat, erkin iqtisodiy zonalar masalalari boʻyicha.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-avgustdagi 548-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (keyingi oʻrinlarda — viloyat hokimining oʻrinbosari)ning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, shaxsiy masʼuliyati, vakolati va javobgarligi belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
2. Viloyat hokimining oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlariga, xalq deputatlari Kengashi qarorlariga, viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga amal qiladi.
3. Viloyat hokimining oʻrinbosarining oʻziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining toʻliq va sifatli bajarilishini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaxsan javobgar hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.
4. Viloyat hokimining oʻrinbosari viloyat hokimiga boʻysunadi.
Viloyat hokimi oʻrinbosining oʻziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda hududlarni rivojlantirish bilan bogʻliq vazifalarni hal qilish boʻyicha faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
6. Viloyat hokimining oʻrinbosari tegishli tuman hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
7. Viloyat hokimining oʻrinbosari oʻz vakolati davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas.
2-bob. Viloyat hokimi oʻrinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar viloyat hokimi oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar va topshiriqlar ijrosini tashkil etish;
qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishning samarali usullarini joriy etish, agrosanoat klasterlarini tashkil etish va rivojlantirish;
yangi intensiv bogʻlar, uzumzor va issiqxonalar tashkil etish boʻyicha qabul qilingan dasturlar ijrosini taʼminlash;
yer resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvni tejovchi va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish;
qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda resurslarni tejaydigan va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish;
tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligidan kelib chiqib, qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun talab etiladigan mineral oʻgʻitlar miqdorini belgilash, qishloq xoʻjaligi ekinlarini kasallik va zararkunanda hasharotlardan himoya qilish;
oʻrmon xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish, oʻrmon xoʻjaliklarida mahsulot yetishtirish hajmlarini oshirish;
veterinariya xizmatini koʻrsatish hamda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va pillachilik tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturlar ijrosini tashkil etish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish va qishloq joylarda savdo va pulli xizmatlarni tashkil etish.
9. Viloyat hokimi oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar va topshiriqlar ijrosini tashkil etish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan ustuvor vazifalarga muvofiq hududda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish dasturlariga takliflar ishlab chiqadi;
agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar va topshiriqlar ijrosini tashkil etadi;
qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirish loyihalarini amalga oshirish, qishloq xoʻjaligi sohasining barcha tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqadi;
b) qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning samarali usullarini joriy etish, agrosanoat klasterlarini tashkil etish va rivojlantirish sohasida:
har bir hududning ixtisoslashuvi, tuproq-iqlim sharoitlari, yerlarning meliorativ holati, unumdorligi, suv bilan taʼminlanganligini inobatga olgan holda qayta ishlovchi, tayyorlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarning talablaridan kelib chiqqan holda qishloq xoʻjaligi ekinlari toʻliq ekilishini, agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini hamda qishloq xoʻjaligi ekinlaridan belgilangan hosil yetishtirilishini tashkil etadi;
paxta xom ashyosi, boshoqli don va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning yangi shakllarini joriy etadi;
agrosanoat klasterlarini tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, klasterlar modelidagi tashkilotlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish choralarini koʻradi;
qishloq xoʻjaligida kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish, jumladan, meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash va sotish boʻyicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshiruvchi qishloq xoʻjaligi birlashmalarini tashkil etadi;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish boʻyicha tuzilgan kontraktatsiya va fyuchers shartnomalari bajarilishini va hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilishini tashkil qiladi;
v) yangi intensiv bogʻlar, uzumzor va issiqxonalar tashkil etish boʻyicha qabul qilingan dasturlar ijrosini taʼminlash sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos boʻlgan intensiv bogʻlar va uzumzorlar barpo etish hamda issiqxona xoʻjaliklari tashkil etish boʻyicha kompleks dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
(9-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
g) yer resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
yer resurslaridan belgilangan maqsadlarda oqilona va samarali foydalanishni, yerlarni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
yer tuzish, yer monitoringi oʻtkazilishi va davlat yer kadastrini yuritish ishlarini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslarga qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari hamda boshqa jamoat ehtiyojlari uchun egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish ishlarini tashkil etadi;
(9-band “g” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
yerga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek, yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini hamda yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqini belgilangan tartibda bekor qilish jarayonlarini muvofiqlashtiradi;
d) suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5005-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini taʼminlaydi;
suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv olish limitlarini belgilash, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli boʻyicha shartnomalarni rasmiylashtirish hamda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli boʻyicha tartib ijrosini hamda sugʻoriladigan yerlarda meliorativ nazoratni tashkil qiladi;
suv xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash-tiklash hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha hududiy dasturlarni shakllantiradi hamda ijrosini tashkil qiladi;
suvni tejovchi sugʻorish texnologiyalarini keng joriy qilish boʻyicha hududiy dasturlarni shakllantiradi va ijrosini taʼminlaydi;
suv isteʼmolchilari uyushmalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularning moliyaviy holatini yaxshilash va rivojlantirishga koʻmaklashadi, fermer xoʻjaliklari, klaster tashkilotlari hamda boshqa suv isteʼmolchilari bilan ularning shartnomaviy munosabatlarini tashkil qiladi;
suv isteʼmolchilari uyushmalari va suvdan foydalanuvchilar hisobidagi sugʻorish tarmoqlari, ulardagi gidrotexnika inshootlarining texnik holatini yaxshilash, suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlashni hamda suvning hisobi va hisoboti yuritilishini taʼminlaydi;
suv va suv xoʻjaligi obyektlarining muhofaza zonalari va sohilboʻyi mintaqalarini tashkil qilish, ajratilgan yerlardan oqilona foydalanishni taʼminlaydi;
investitsiya dasturlari doirasida suv xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash-tiklash boʻyicha loyihalarni oʻz vaqtida amalga oshirish uchun zarur choralarni koʻradi hamda foydalanishga topshirilgan obyektlardan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni tashkil qiladi;
e) qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda resurslarni tejovchi va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish sohasida:
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga resurslarni tejovchi va innovatsion texnologiyalarni qoʻllashga koʻmaklashadi, qishloq xoʻjaligi ekinlarining istiqbolli, intensiv hamda serhosil navlarini ekishni tashkil etadi;
innovatsion ishlanmalar, shuningdek, zamonaviy avtomatlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qishloq xoʻjaligi tarmoqlariga joriy etadi;
agrar sektorga investitsiyalarni jalb etish sohasida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni kengaytirish choralarini koʻradi;
j) tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligidan kelib chiqib, qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun talab etiladigan mineral oʻgʻitlar miqdorini belgilash, qishloq xoʻjaligi ekinlarini kasallik va zararkunanda hasharotlardan himoya qilish sohasida:
har bir tumandagi qishloq xoʻjaligi yer maydonlarining tuproq unumdorligi va belgilanadigan ekinlar hosildorligidan kelib chiqib, qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun talab etiladigan mineral oʻgʻitlar, oʻsishni boshqaruvchi vositalar va kimyoviy preparatlar miqdorini belgilaydi;
mutasaddi tashkilotlar tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlarini oziqlantirish uchun mineral oʻgʻitlar, oʻsishni boshqaruvchi vositalar va oʻsimliklarni himoya qiluvchi zarur kimyoviy preparatlar bilan uzluksiz taʼminlash choralarini koʻradi;
mavjud biolaboratoriyalarning toʻla quvvat bilan ishlashini tashkil etadi, qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi birinchi navbatda biologik va kimyoviy kurashish tadbirlarini tashkil etadi;
z) oʻrmon xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish, oʻrmon xoʻjaliklarida mahsulot yetishtirish hajmlarini oshirish sohasida:
yuridik va jismoniy shaxslarning davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanishi boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini nazorat qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda oʻrmon xoʻjaliklarida davlat oʻrmon fondining madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish uchun berilgan uchastkalarida oʻrmonlarni va tabiiy landshaftlarni saqlash, oʻrmonlarda yongʻin xavfsizligi va sanitariya qoidalariga rioya qilish sharti bilan bu uchastkalarni obodonlashtirish tadbirlarini tashkil etadi;
oʻrmonlarning davlat hisobi va davlat oʻrmon kadastri yuritilishini taʼminlaydi;
oʻrmonlarni muhofaza qilish, qoʻriqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy koʻpaytirish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
oʻrmonlar holatiga zarar yetkazilgan hollarda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatini cheklash, toʻxtatib qoʻyish va tugatish toʻgʻrisida takliflarni ishlab chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda hududdagi oʻrmon xoʻjaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlarini koʻpaytirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshirilishini nazorat qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda oʻrmon fondi yerlarida ekoturizmni rivojlantirish, turistik yoʻnalishlar va zamonaviy infratuzilma obyektlarini barpo etish boʻyicha ishlab chiqilgan hududiy dasturlar ijrosini tashkil qiladi;
i) veterinariya xizmatini koʻrsatish hamda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va pillachilik tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturlar ijrosini tashkil etish sohasida:
veterinar osoyishtalikni taʼminlashga qaratilgan choralarni koʻradi va epizootiyaga qarshi tadbirlarni oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirib boradi;
ichki isteʼmol bozorini sifatli goʻsht va goʻsht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, tuxum, baliq hamda asal mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash, mahsulotlar narxining barqarorligini saqlash maqsadida zamonaviy chorvachilik komplekslarini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
chorva mollari bosh sonini, goʻsht, sut, tuxum, baliq va asal ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlar bajarilishini taʼminlaydi;
chorvachilik xoʻjaliklaridagi mavjud chorva mollari uchun ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishning holatini oʻrganadi va samarali foydalanish yuzasidan tegishli choralar koʻradi;
parrandachilik, baliqchilik va pillachilik tarmoqlarida klaster usulini joriy etadi;
suv tanqisligi sharoitida sunʼiy suv havzalariga boshqa manbalardan qoʻshimcha suv berish choralarini koʻradi;
asalarichilik xoʻjaliklarini oʻrmon fondi yerlariga, togʻ va togʻoldi hududlarga, tabiiy pichanzor va yaylovlarga hamda qishloq xoʻjaligi yerlariga joylashtirish choralarini koʻradi;
fermer xoʻjaliklarining dala atroflariga tut koʻchatlarini ekish, intensiv tutzorlar barpo etish va parvarishlashni tashkil etadi va pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash choralarini koʻradi;
k) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish va qishloq joylarda savdo va pullik xizmatlar tashkil etish sohasida:
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish tarmoqlarida bozor prinsiplari va mexanizmlarini hamda oziq-ovqat sanoati korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan tasdiqlangan chora-tadbirlarning ijrosini taʼminlaydi;
savdo va pulli xizmatlarni rivojlantirish sohasida iqtisodiy islohotlar tizimli amalga oshirilishini taʼminlash choralarini koʻradi;
oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash yuzasidan bozorlar, yarmarka va koʻrgazmalar faoliyati monitoringini olib boradi, qishloq aholisini talab etiladigan oziq-ovqat tovarlari bilan taʼminlash va pulli xizmatlar koʻrsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va ijrosini taʼminlaydi;
hudud aholisini qish-bahor davrida uzluksiz taʼminlash uchun oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlarini zaxiraga gʻamlash boʻyicha qabul qilingan chora-tadbirlar ijrosini tashkil etadi;
hududda omborxonalar, kartoshka saqlash joylari va sovitish kameralarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish hisobiga meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini koʻradi;
dehqon bozorlari faoliyatini tartibga solish choralarini koʻradi;
hudud aholisini, shu jumladan qish-bahor oylarida borish qiyin boʻlgan olis va choʻl zonalarida yashaydigan aholiga, shuningdek, ijtimoiy soha muassasalariga oziq-ovqat mahsulotlari ishonchli va uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlaydi.
Shuningdek, viloyat hokimining oʻrinbosari quyidagi qoʻshimcha funksiyalarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlarining bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
hududda qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yoʻl xaritalari” loyihalarining tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini taʼminlaydi;
hududda qishloq xoʻjaligini rivojlantirishni taʼminlash borasida tegishli vazirliklar, idoralar, qoʻmitalar va xoʻjalik birlashmalarining hududiy tuzilmalari rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
qishloq xoʻjaligining barcha tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini tahlil qilib boradi, ularning natijalari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlanishi va hokimlik yigʻilishlarida muhokama qilib borilishini tashkil etadi;
qishloq xoʻjaligi, suv xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi masalalari boʻyicha tegishli vazirliklar, idoralar, qoʻmitalar, xoʻjalik birlashmalari hududiy tuzilmalarining aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;
tegishli vazirliklar, idoralar, qoʻmitalar, xoʻjalik birlashmalarning hududiy tuzilmalari rahbarlari, tuman hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlariga yuklangan vazifalar hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;
tegishli viloyat komissiyalariga (kengashlar, guruhlarga) rahbarlik qiladi, viloyat hokimi ishtirokidagi komissiyalar (kengashlar, guruhlar) ishini tashkil etadi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi respublika komissiyalari qarorlari ijro etilishini taʼminlaydi;
belgilangan tartibda oʻzlariga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
3-bob. Viloyat hokimi oʻrinbosarining huquqlari va javobgarligi
10. Viloyat hokimining oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
hududda qishloq xoʻjaligi sohasini kompleks rivojlantirish boʻyicha qarorlar, dasturlar va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish, ijrosini tashkil etish;
viloyat hokimligida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni hududiy boshqaruv organlari, tumanlar hokimliklari va boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
zarurat boʻlganda viloyat hokimligida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni tayyorlash uchun hududiy boshqaruv organlari, shahar va tuman hokimliklari rahbarlari va xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish;
hududiy boshqaruv organlari, shahar va tuman hokimliklari, boshqa tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan viloyat hokimining hujjatlari va qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;
qishloq, suv, oʻrmon xoʻjaligi, yerdan foydalanish va chorvachilik masalalarini hududiy boshqaruv organlari, tuman hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida koʻrib chiqilishi va muhokama qilinishini tashkil etish;
hududiy boshqaruv organlari, tuman hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan masalalar boʻyicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar, viloyat hokimi oʻrinbosari topshiriqlarining hududiy boshqaruv organlari, shahar va tuman hokimliklari, boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishini oʻrganish.
11. Viloyat hokimining oʻrinbosari ushbu Namunaviy nizomning 8 va 9-bandlaridagi oʻziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
Viloyat hokimining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlari shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash uchun javob beradi.
12. Viloyat hokimining oʻrinbosari oʻz vazifalari va funksiyalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
4-bob. Hokim oʻrinbosari faoliyatini tashkil etish
13. Viloyat hokimining oʻrinbosari ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga muvofiq viloyat hokimining choraklik va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ushbu ish rejalar asosida viloyat hokimi oʻrinbosarining oylik shaxsiy ish rejalari ishlab chiqiladi va viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
14. Viloyat hokimi oʻrinbosarining hisoboti viloyat hokimining tezkor yigʻilishlarida har haftada eshitib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan viloyat hokimi oʻrinbosarining hisobotlari xalq deputatlari viloyat Kengashi majlisida eshitiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
16. Viloyat hokimi oʻrinbosari faoliyatini taʼminlash tegishli kotibiyat tomonidan amalga oshiriladi.
Viloyat hokimi oʻrinbosari tomonidan faoliyati muvofiqlashtirib boriladigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy va tarmoq boʻlinmalari
ROʻYXATI
1. Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi.
2. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi.
3. Irrigatsiya tizimlari boshqarmalari.
4. Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi.
5. Meliorativ ekspeditsiyasi.
6. Oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi.
7. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi.
8. Oʻsimliklar karantini va himoyasi Agentligi hududiy boshqarmasi.
9. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi viloyat boshqarmasi.
10. Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish hududiy boshqarmasi.
11. Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazining hududiy filiallari.
Viloyat hokimi oʻrinbosari tomonidan oʻzaro hamkorligi taʼminlanadigan tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari
ROʻYXATI
1. Hududiy “Agrokimyohimoya” AJ.
2. Don qabul qilish korxonalari.
3. “Agroservis” MCHJ.
4. “Oʻzagromashlizing” AJ viloyat filiali.
5. “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmasi.
6. Urugʻchilik markazi.
7. “Baliqsanoat” MCHJ.
8. Paxta va don klasterlari.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-avgustdagi 548-son qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (keyingi oʻrinlarda — viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari) faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari, funksiyalari, huquqlari, shaxsiy masʼuliyati, vakolati va javobgarligini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
2. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlariga, xalq deputatlari Kengashi qarorlariga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga amal qiladi.
3. Viloyatlar va Toshkent shahar oʻrinbosari oʻziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining toʻliq va sifatli bajarilishini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaxsan javobgar hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.
4. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari tegishlicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga boʻysunadi.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining oʻziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda hududlarni rivojlantirish bilan bogʻliq vazifalarini hal qilish boʻyicha faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
6. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosariga tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari boʻysunadi.
7. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari oʻz vakolati davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas.
2-bob. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
hududda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, iqtidorli va ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan yoshlarni va yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash hamda yoshlar bandligini taʼminlash va tadbirkorligini rivojlantirish, ular oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish;
uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimi islohotlarini amalga oshirish, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish, oʻquvchilarning maʼnaviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini taʼminlash, tarbiyachilar, oʻqituvchilar, professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish va jamiyatda ularning mavqeyini koʻtarish;
aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatishni taʼminlash va aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash hamda hududda farmatsevtika sanoatini rivojlantirishni taʼminlash;
hududda nogironligi boʻlgan shaxslarni tizimli ravishda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularni reabilitatsiya qilishni taʼminlash;
aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri, mafkuraviy immuniteti va dunyoqarashini yuksaltirishga, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini taʼminlash.
9. Quyidagilar viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) hududda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, iqtidorli va ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan yoshlarni hamda yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash, yoshlar bandligini taʼminlash va tadbirkorligini rivojlantirish, ular oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyundagi PF-6017-son Farmoniga muvofiq, Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, vakolatli organlar faoliyatini samarali amalga oshirish etish;
Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini samarador va natijali ijrosini taʼminlash;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda, shuningdek, “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini taʼminlashda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali oʻzaro hamkorligini tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarni madaniyat va sanʼat muassasalariga, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish hamda aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan beshta muhim tashabbusini amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar — kelajagimiz” davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5466-son Farmonining hududda toʻliq ijrosini taʼminlash choralarini koʻradi;
yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, iqtidorli yoshlarni, shuningdek, yosh oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
yoshlar ongida Vatanga muhabbat va sodiqlik prinsiplarini singdirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi hamda yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, chaqiruv tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish ishlarini tizimli tashkil etadi;
yosh rahbar kadrlarni tayyorlash, yosh kadrlar zaxirasini yaratish va ularni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida masʼul lavozimlarga koʻtarish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etadi;
yoshlar oʻrtasida jinoyatlarni sodir etish sabablari va sharoitlarini aniqlash va ularning oldini olish hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka moyilligi boʻlgan yoshlar bilan yakka tartibda ishlashning bosqichli rejalarini ishlab chiqadi va ijrosini taʼminlash choralarini koʻradi;
yoshlar bandligini, ayniqsa qishloq joylarda taʼminlash, shuningdek, mehnat migratsiyasidan qaytgan yoshlarga, turmushida ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan yoshlarga hayotda oʻz oʻrinlarini topishda koʻmaklashadi;
b) uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimi islohotlarini amalga oshirish, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish, oʻquvchilarning maʼnaviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini taʼminlash, tarbiyachilar, oʻqituvchilar, professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish va jamiyatda ularning mavqeyini koʻtarish:
uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli oʻrganishni taʼminlash, taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor oʻquv-pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, oʻquv va tarbiya jarayonlarining oʻzaro mustahkam aloqasi va uzluksizligini taʼminlash, tarbiyaviy ishlarning usullari va mazmunini takomillashtirish, maʼnaviy-axloqiy tarbiyaning samarali tashkiliy va pedagogik shakllarini joriy etish, taʼlim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
uzluksiz taʼlim tizimining muhim boʻgʻini sifatida maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, taʼlim-tarbiya jarayoniga bolalarni har tomonlama intellektual, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish chora-tadbirlari kompleksi amalga oshirilishini taʼminlash;
umumiy oʻrta va maktabgacha taʼlim sifatining yangi darajaga oshirilishini taʼminlash, har tomonlama rivojlangan avlodni tarbiyalash, oʻquvchilarning maʼnaviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini taʼminlash;
xalq taʼlimini boshqarish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilishini taʼminlash, jamoatchilik nazoratining shaffofligi va samaradorligiga erishish, shu jumladan, barcha muassasalarning telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanishini taʼminlash, umumiy foydalaniladigan maʼlumotlar bazasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy qilishda ishtirok etish;
umumiy oʻrta va maktabgacha taʼlim sohasida nodavlat xizmatlari koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslar tarmogʻini ular uchun tashkiliy-huquqiy va texnik-iqtisodiy sharoitlar yaratish orqali yanada rivojlantirishni taʼminlash, ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikning turli shakllarini samarali joriy qilishda ishtirok etish;
ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini zamonaviy talablar darajasida qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil qilish, professor-oʻqituvchi kadrlarning pedagogik va professional darajasini muntazam oshirish, ularning qonunchilik normalarini, nazariy ilm-fan, ilmiy va amaliy izlanishlar, oʻqitilayotgan fan boʻyicha texnologik jarayon va innovatsiyalar sohasidagi eng soʻnggi yutuqlarni, shuningdek, oʻquv jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullarini chuqur oʻrganishiga koʻmaklashish va ragʻbatlantirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
taʼlim, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi, ayniqsa, yangi, istiqbolli sohalarga xorijiy olimlar, oʻqituvchilar, muhandislar va boshqa mutaxassislarni, shu jumladan, vatandoshlarni jalb qilishga doir takliflarni ishlab chiqish hamda tadbirlarni amalga oshirish masalalarini muvofiqlashtirish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, muhim muammolarni hal etish, ularning salohiyatidan samarali foydalanishni taʼminlash;
v) aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatishni taʼminlash va aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5590-son Farmoniga muvofiq sogʻliqni saqlashni tashkil etish va moliyalashtirish boʻyicha aholiga tibbiy yordam koʻrsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini tubdan oshirish;
sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishni taʼminlash, oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari hamda kasalliklar profilaktikasi va salomatligini muhofaza qilish boʻyicha patronaj tibbiyot hamshiralari ishlarining samaradorligini oshirish hisobidan aholiga, ayniqsa, qishloq joylarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish sifatini yanada yaxshilash boʻyicha monitoring olib borilishi tashkil etilishini va chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlash;
tez tibbiy yordam xizmati samaradorligini, u tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarning tezkorligi va sifati oshirilishini, uni eng yangi diagnostika va davolash uskunalari bilan tizimli asosda qayta jihozlash, zamonaviy mobil tibbiyot uskunalari va aloqa vositalari bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan toʻliq taʼminlash choralarini koʻrish;
aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar salomatligini muhofaza qilish, perinatal va skrining-markazlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha mahalliy davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
sogʻlom turmush tarzi va jismoniy faollik tamoyillarini targʻib etish va joriy qilish asosida mehnatga layoqatli aholi, keksa kishilarning sogʻligʻini yaxshilash, jarohatlanishni kamaytirish boʻyicha profilaktika tadbirlarini takomillashtirish, fuqarolarning oʻz sogʻligʻi uchun shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish, gerontologiya, aholining gender va yosh xususiyatlari masalalarida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni joriy etish yoʻli bilan aholi salomatligining muhim tibbiy-demografik tavsifi sifatida uzoq umr koʻrishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlash;
katta yoshdagilarga tibbiy va ijtimoiy xizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish, ularning hayoti, faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimining ishlashini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish;
tugʻma va irsiy kasalliklarning yuzaga kelishi sabablarini oʻrganish va oldini olish, hududdagi ijtimoiy, tabiiy-iqlim sharoitlariga xos boʻlgan kasalliklarni oʻrganish masalalarida tibbiyot ilm-fanini rivojlantirish hamda ularning oldini olish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni joriy etish chora-tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlash;
hududda sanitariya-epidemiologik holat va radiatsiyaviy vaziyat monitoringi olib borilishini tashkil etish va amalga oshirish, kelgusida aholi sogʻligʻini mustahkamlashga, yashash muhiti omillarining insonga zararli taʼsirini bartaraf etishga, atmosfera havosi, tuproq, suv taʼminoti manbalari, oziq-ovqat mahsulotlari ifloslanishining oldini olishga yoʻnaltirilgan kompleks sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tashkiliy tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;
farmatsevtika ishlab chiqarishini tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni, farmatsevtika tarmogʻi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish;
g) hududda nogironligi boʻlgan shaxslarni tizimli ravishda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularni reabilitatsiya qilishni taʼminlash sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda hamkorlikni muvofiqlashtirish va nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarining toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etishi mexanizmlarini yaratish;
ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning yuqori samaradorligiga va uning murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan muayyan shaxslar hamda oilalar ehtiyojlariga mos kelishiga erishish uchun ijtimoiy himoya qilish tizimining barcha darajalarida professional ijtimoiy faoliyat ishlab chiqilishi va joriy etilishini muvofiqlashtirish;
samarali ijtimoiy himoya qilish uchun moddiy resurslarning yetarli miqdorda ajratilishini, ulardan oqilona va tegishli ravishda foydalanilishini muvofiqlashtirish;
d) aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri, mafkuraviy immuniteti va dunyoqarashini yuksaltirish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4307-son qaroriga muvofiq fuqarolar, ayniqsa yoshlar ongida milliy gʻoyaga, umuminsoniy qadriyatlar va demokratik prinsiplarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirish, jamoatchilik ongida mustaqillik gʻoyalariga, Vatanga muhabbat va sodiqlik prinsiplarini singdirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka samarali yetkazish boʻyicha zarur choralar koʻrish;
oila, mahalla, taʼlim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganishni tashkil etadi hamda “mahalla-tuman-viloyat” prinsipi asosida hududlar boʻyicha ijtimoiy-maʼnaviy muhit xaritasini shakllantirish;
“Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi asosida jamiyatda uzluksiz maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va targʻibot-tashviqotning strategik yoʻnalishlari, taʼsirchan, kreativ va innovatsion usullarini ishlab chiqilishini taʼminlash;
tinchlik va osoyishtalikka, mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga, qadriyat va urf-odatlarga hamda insonparvarlik gʻoyalariga xavf soluvchi turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi samarali targʻibot ishlarini olib borish uchun zarur sharoitlar yaratish;
10. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni taʼminlaydi;
hududda yoshlar siyosati va ijtimoiy sohalarini rivojlantirish, maʼnaviy-maʼrifiy masalalarning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yoʻl xaritalari” loyihalarining tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini taʼminlaydi;
hududni yoshlar siyosati va ijtimoiy sohalarini rivojlantirish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar borasida tegishli vazirliklar, idoralarlar, qoʻmitalar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilayotgan ishlari samaradorligini tahlil qilib boradi, ularning natijalari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlanishi va hokimlik yigʻilishlarida muhokama qilib borilishini tizimli asosda taʼminlaydi;
yoshlar siyosati va ijtimoiy sohalarini rivojlantirish, maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha tegishli vazirliklar, idoralar, qoʻmitalar va boshqa tashkilotlarning hududiy tuzilmalarining aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;
tuman va shahar hokimining oʻrinbosarlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyati va javobgarligini oshirish choralarini koʻradi hamda yil yakuni boʻyicha ularning faoliyatini baholab boradi;
tegishli komissiyalarga (kengashlar, guruhlarga) samarali rahbarlik qiladi, komissiyalar (kengashlar) faoliyatini tashkil etadi va qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari belgilangan tartibda oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
3-bob. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining huquqlari va javobgarligi
11. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
hududni yoshlar siyosati va ijtimoiy sohalarini rivojlantirish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha qarorlar, dasturlar va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish, ijrosini tashkil etish;
soha boʻyicha tegishli vazirliklar, idoralar, qoʻmitalar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari faoliyatini doimiy nazorat va tahlil qilish;
vazirliklar, idoralar, qoʻmitalarning hududiy tuzilmalari, tumanlar va shaharlar hokimliklarining yoshlar siyosati va ijtimoiy sohalarini rivojlantirish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi boʻyicha hisobotlarini muhokama qilish;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimi huzurida va oʻzi raisligida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni hokimlik apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosariga biriktirilgan mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlari hamda ularning kollegial organlari majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
zarurat boʻlganda viloyatlar va Toshkent shahar hokimi huzurida va oʻzi rahbarligida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish.
12. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari ushbu Namunaviy nizomning 9 va 10-bandlaridagi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardir. Shu jumladan:
yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha belgilangan asosiy koʻrsatkichlarga va maqsadlarga erishilishi;
yoshlarni madaniyat va sanʼat muassasalariga, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish hamda aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga tatbiq etilishi;
“Yoshlar — kelajagimiz” davlat dasturi doirasida nazarda tutilgan tadbirlarning, xususan, imtiyozli kreditlar ajratish orqali yoshlar tadbirkorligining keng rivojlanishi;
iqtidorli yoshlarni, shuningdek, yosh oilalar ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishi, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratilishi, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning kamayishi;
“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari uchun sogʻlomlashtirish oromgohlari va shahar tashqarisidagi uylarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralari koʻrilishi;
doimiy ravishda bevosita taʼlim muassasalariga chiqqan holda pedagog xodimlar ish faoliyati samaradorligini oshirishga, taʼlim sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar tashkil etilishi, oʻqituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilmaslik uchun qatʼiy nazorat amalga oshirilishi, oʻquvchilar toʻgaraklarga toʻliq jalb etilishi hamda ularning yozgi va qishki taʼtillari mazmunli tashkil etilishi;
aholi salomatligi koʻrsatkichlarining yildan yilga yaxshilanishi, ayniqsa, aholining oʻrtacha umr koʻrish yoshining oshishi, onalar va bolalar oʻlimi, baxtsiz hodisalardan oʻlim, yuqumli boʻlmagan kasalliklardan barvaqt oʻlim koʻrsatkichlarining pasayishi, onkologiya kasalliklaridan besh yillik yashash koʻrsatkichi oshishi, bir yillik oʻlim koʻrsatkichining kamayishi;
davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordamning belgilangan hajmlarda va sifatda koʻrsatilishi hamda hududda nodavlat tibbiyot tashkilotlari soni va ular tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar hajmining oshishi;
aholining ehtiyojmand qatlamlarining ijtimoiy himoyasi davlat talabi darajasida tashkil etilishi, mazkur guruhga kiruvchi shaxslarning ijtimoiy moslashuvini taʼminlash orqali ularning soni yildan-yilga kamayishi;
madaniy-maʼrifiy, ommaviy-sport, sport-sogʻlomlashtirish tadbirlariga aholining keng qatlamini jalb etish sonini oshirib borish, shu orqali hududda madaniyat va sanʼatni yanada rivojlantirish uchun, sport turlari boʻyicha yosh chempionlar tarbiyalanishiga yetarli shart-sharoitlar yaratilishi;
mavjud madaniy va maʼrifiy obyektlardan maqsadli va oqilona foydalanish koʻrsatkichlari yaxshilanishi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining ochiqligi taʼminlanishi hamda ularning axborot xizmatlari samaradorligi oshirilishi;
axborot-kutubxona markazlari tarmogʻi kengaytirilishi va ular tomonidan xizmat koʻrsatish sifati yaxshilanishi;
aholining muhim muammolarini hal etishda mahalla institutining roli kuchaytirilishi, fuqarolar yigʻinining davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan tizimli hamkorligini kuchaytirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilanishi uchun masʼuldir.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlari shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash uchun javob beradi.
4-bob. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari faoliyatini tashkil etish
13. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosarining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining choraklik va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ushbu ish rejalar asosida viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining oylik shaxsiy ish rejalari ishlab chiqiladi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
14. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarining hisoboti viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tezkor yigʻilishlarida har haftada eshitib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining tegishli hisobotlari xalq deputatlari Kengashi majlisida eshitiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
15. Kotibiyat mudiri va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
16. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari faoliyatini taʼminlash tegishli kotibiyat tomonidan amalga oshiriladi.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari tomonidan faoliyati muvofiqlashtiriladigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari
ROʻYXATI
1. Maktabgacha taʼlim boshqarmasi.
2. Xalq taʼlimi boshqarmasi.
3. Sogʻliqni saqlash boshqarmasi.
4. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududiy boshqarmasi.
5. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining hududiy boʻlimi.
6. Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi.
7. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining hududiy boʻlimi.
8. Oliy taʼlim muassasalari.
9. Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi.
10. Hududlardagi Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar.
11. Vazirliklar va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari — yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari tomonidan oʻzaro hamkorligi taʼminlanadigan tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari
ROʻYXATI
1. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hududiy boʻlimi.
2. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish hududiy kengashi.
3. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hududiy kengashi, “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasining tuman, shahar boʻlimlari.
4. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hududiy boʻlimi.
5. Kasaba uyushmalari federatsiyasining hududiy kengashi.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-avgustdagi 548-son qaroriga
6-ILOVA
6-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hokim oʻrinbosari — viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshliqlarining funksional vazifalari toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari — viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshliqlari (keyingi oʻrinlarda — Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari)ning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, shaxsiy masʼuliyati, vakolati va javobgarligini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
2. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlariga, xalq deputatlari Kengashi qarorlariga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga amal qiladi.
3. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari oʻziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining toʻliq va sifatli bajarilishini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaxsan javobgar hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.
4. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari tegishlicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga boʻysunadi.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining oʻziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda hududlarni rivojlantirish bilan bogʻliq vazifalarini hal qilish boʻyicha faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosariga tumanlar va shaharlar hokimining oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boʻlimi boshliqlari boʻysunadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
7. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari oʻz vakolati davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas.
2-bob. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
8. Quyidagilar viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini taʼminlash, ilmiy faoliyatga keng jalb qilish;
oila va xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʻrsatish;
xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylardagi xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish;
xotin-qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, oiladagi maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
xotin-qizlar yoʻnalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga yordam koʻrsatish;
konsepsiyalar, davlat dasturlari va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini taʼminlash, ilmiy faoliyatga keng jalb qilish sohasida:
xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali ijrosini taʼminlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va faolligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
xotin-qizlarni oila, mahalla va mehnat jamoalarida ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, maʼnaviyatini yuksaltirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning maʼnaviy-axloqiy muhitini va anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirishda tuman (shahar)lar oila va xotin-qizlar boʻlimlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollarini ishini samarali tashkil etish choralarini koʻradi;
xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qoʻllab-quvvatlashga doir islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi oʻrtasida keng targʻib qiladi;
oilalar va xotin-qizlar, ayniqsa, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oilalar va xotin-qizlarni ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ularning birinchi navbatdagi ehtiyojlari qondirilishida har tomonlama yordam berishni tashkil etadi;
ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlar nazarda tutilgan imtiyozlar boʻyicha qonunchilik hujjatlari ijrosining nazoratini, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va tibbiy yordam bilan taʼminlash sohasida tegishli davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshirish choralarini koʻradi;
xotin-qizlarning murojaatlari va uyma-uy yurish jarayonida aniqlangan muammolarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar, mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan oʻz vaqtida hal etilishi yuzasidan muntazam monitoring yuritadi va koʻmaklashadi;
xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini koʻzlab, sudlarga ariza (shikoyat) va daʼvolarni kiritadi;
xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish sohasida ijtimoiy sheriklik tizimini rivojlantirishga, Hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik tamoyillarining amalga oshirilishiga koʻmaklashadi;
xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari ishini samarali tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkilotlarga, jumladan, tashkilot, muassasa va korxonalarda xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashlariga har tomonlama koʻmaklashadi hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirish choralarini koʻradi;
iqtidorli qizlarni aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari hamda adabiyot, madaniyat, sanʼat, taʼlim va sport sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash uchun takliflar tayyorlash ishlarini hamda ushbu mukofot boʻyicha mahalliy komissiyalar faoliyatini tashkil qiladi;
xotin-qizlar oʻrtasida har yili ularning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi oʻrni va faolligini oshirishga qaratilgan turli koʻrik-tanlovlarni tashkil etadi;
oʻz vakolati doirasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda xotin-qizlarni ilm-fanga keng jalb etish, ular oʻrtasida innovatsiyalarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
tashabbuskor, amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan qizlardan kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning nomzodlarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimini yoʻlga qoʻyadi;
b) oila va xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʻrsatish sohasida:
xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi boʻlgan ayollar bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni olib borish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etadi, ushbu yoʻnalishda mahallalardagi xotin-qizlar faollarining ishini muvofiqlashtirib boradi;
mahallalardagi xotin-qizlar faollariga xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etishda, ularni ogʻir ijtimoiy ahvoldan chiqarish choralarini amalga oshirishda uslubiy va amaliy koʻmaklashadi;
ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi boʻlgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatish tizimini shakllantirish, ularning iqtisodiy barqarorligini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, kam taʼminlangan hamda nogironligi boʻlgan ayollarning manzilli roʻyxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etadi;
(9-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
uy-joyga muhtoj, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan, kam taʼminlangan hamda nogironligi boʻlgan xotin-qizlarning roʻyxatini tuzish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi hisobidan boshlangʻich badalni toʻlab berish orqali ularni arzon uy-joylar bilan taʼminlash ishlarini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganish hamda sogʻlomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda mahallalardagi xotin-qizlar faollarining davlat hamda jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikdagi faoliyatini taʼminlaydi;
notinch va muammoli oilalarni aniqlash, ularning manzilli roʻyxatlarini tuzish, maʼnaviy-axloqiy muhitni sogʻlomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va milliy mentalitetga zid boʻlgan yot xavf-xatarlarga qarshi kurashish maqsadida ular bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlashni tashkil etadi;
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning taʼlim-tarbiyasi, ularni balogʻatga, turmushga tayyorlash ishlariga yordamlashadi;
har yili kamida ikki marotaba oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ijtimoiy holatini oʻrganib boradi;
oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning muammolarini joyida hal qilishga hamda oʻquv-tarbiya muassasalaridan keyingi hayotida oʻz oʻrnini topishiga har tomonlama koʻmaklashadi;
xotin-qizlar oʻrtasida turli salbiy ijtimoiy harakatlar, ayniqsa, oʻz joniga qasd qilish, fohishabozlik, voyaga yetmagan qizlarning erta turmushga chiqish kabi holatlarning sabablarini chuqur oʻrganish hamda natijalari boʻyicha mahallalar, mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktika chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etadi;
v) xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylardagi xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish sohasida:
aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari bilan xotin-qizlarning bandligini taʼminlash choralarini koʻrish, mehnat sharoitlarini yaxshilashga oid masalalarni hal etish, qishloq joylaridagi xotin-qizlarni, ayniqsa, yosh qizlarni tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish uchun biznes tuzilmalari, tadbirkor ayol birlashmalarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
ishsiz va ijtimoiy faol boʻlmagan xotin-qizlar bilan individual ish olib borish, ularni kasb-hunarga tayyorlash boʻyicha oʻqitishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yoʻlga qoʻyish istagida boʻlgan xotin-qizlarga tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda kredit mablagʻlari, Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kreditlar ajratilishiga koʻmaklashadi;
xotin-qizlarning tadbirkorlik gʻoyalarini amalga oshirish, ular faoliyatiga kredit, subsidiya va boshqa yordam choralarini jalb qilish boʻyicha mahallalardagi xotin-qizlar faollarining hududdagi tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlari yordamchilari bilan hamkorligini tashkil etadi;
mahallalardagi xotin-qizlar faollarining “Ayollar maslahat kengashlari” bilan yaqin hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish, biznesga oid namunaviy rejalarni ishlab chiqish va kredit olishda ularga koʻmaklashish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlarni amalga oshirish ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi;
joylarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, ular oʻrtasida tadbirkorlikni, hunarmandchilikni rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan amaliy choralar samaradorligini monitoring qiladi;
mahallalarda xotin-qizlarni kasbga oʻqitish, ularning moliyaviy savodxonligini oshirish, tadbirkorlik bilan shugʻullanish hissini uygʻotish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Respublika va hududiy “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari” faoliyatini samarali tashkil etish choralarini koʻradi;
g) xotin-qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, oiladagi maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida:
mahallalarda xotin-qizlar uchun ularning yoshini hisobga olgan holda, turli ijtimoiy-madaniy va sogʻlomlashtirish tadbirlari, maxsus sport musobaqalari, shuningdek, yozuvchilar, sanʼatkorlar, rassomlar va boshqa ijod ahli vakillarini taklif etgan holda ijodiy kechalar tashkil etadi;
xotin-qizlarni sogʻlomlashtirish tadbirlarini tashkil etish, madaniyat, turizm, ommaviy jismoniy tarbiya va sport muassasalari, sanatoriy-kurortlarda davolash, bolalarni sogʻlomlashtirish va ularning dam olishi masalalarida davlat organlari, mahallalar, ish beruvchilar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
oila institutini mustahkamlash, “Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat” gʻoyasini ijtimoiy hayotga tatbiq etish choralarini koʻradi;
zamonaviy oilani rivojlantirish, oilaning ichki munosabatlari, shaxslararo munosabatlar, yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari, boy madaniy, tarixiy meros va anʼanaviy oilaviy qadriyatlar asosida oila institutini mustahkamlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini oʻrgatish, oilalarni mustahkamlash, erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
oila-nikoh munosabatlari sohasida amaliyotni oʻrganish hamda tajriba almashish borasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
xotin-qizlarning oilalarni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda ularning farzand tarbiyasidagi rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini taʼminlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish choralarini koʻradi;
jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan, oʻzining samarali mehnati bilan oilaning totuvligi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʻshgan, shuningdek, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda maʼnaviy-axloqiy muhitni sogʻlomlashtirish va milliy qadriyatlarni keng targʻib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash ishlarini tashkil etadi;
farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan oilalarni “Ibratli oila” koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga doir takliflar tayyorlash ishlarini tashkil etadi;
d) xotin-qizlar yoʻnalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga yordam koʻrsatish sohasida:
xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini taʼminlash sohalarida nodavlat notijorat tashkilotlariga koʻmaklashadi;
xotin-qizlar yoʻnalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlarning ilgʻor tajribalarini ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashish choralarini koʻradi;
mahallalarda soha mutaxassislarini hamda nodavlat notijorat tashkilotlarni jalb etgan holda, xotin-qizlar uchun “Maʼnaviyat soatlari” va “Huquqiy bilimlar” tadbirlari oʻtkazilishini tashkil etadi;
xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni ehtiyojmandlik darajasidan chiqarish boʻyicha jamoatchilik nazoratini taʼminlashda nodavlat notijorat tashkilotlarni jalb etish ishlarini tashkil etadi.
Shuningdek, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari quyidagi qoʻshimcha funksiyalarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumatning hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni taʼminlaydi;
xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy muammolarini hal etish, oilalar mustahkamligini taʼminlash borasida oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yoʻl xaritalari” loyihalarining tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini taʼminlaydi;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari majlislarida, hokimlar huzurida oʻtkaziladigan yigʻilishlarda koʻrib chiqish uchun xotin-qizlar va oila masalalari boʻyicha materiallar tayyorlanishini va kiritilishini taʼminlaydi;
tumanlar va shaharlar hokimlarining oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boʻlimi boshliqlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyati va javobgarligini oshirish choralarini koʻradi hamda yil yakuni boʻyicha ularning faoliyatini baholab boradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida har oylik hisobotlar tayyorlanishini va ularning Vazirlar Mahkamasiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli xizmatlariga taqdim etilishini taʼminlaydi;
xotin-qizlar muammolarini hal etish va ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari, siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qiladi;
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
3-bob. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining huquqlari va javobgarligi
10. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
xotin-qizlarning turmush sharoitlarini yaxshilash boʻyicha qarorlar, dasturlar va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish hamda ijrosini tashkil etish;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar rahbarlarining xotin-qizlar va oila masalalarida olib borayotgan ishlari samaradorligini muhokama qilish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillarini viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida hamda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqarmalar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berish va ijrosini talab qilish;
mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar, shuningdek, tumanlar, shaharlar hokimliklari va boshqa tashkilotlarning oʻzi mutasaddilik qiladigan masalalar boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari kotibiyati mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislar lavozimiga nomzodlar yuzasidan viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga takliflar kiritish;
kotibiyat mudirini, bosh va yetakchi mutaxassislarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritish.
11. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari ushbu Namunaviy nizomning 8 va 9-bandlaridagi oʻziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardirlar.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlari shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash uchun javob beradi.
4-bob. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining faoliyatini tashkil etish
12. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining ishlari Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining choraklik va yarim yillikka moʻljallangan ish rejasi asosida tashkil etiladi.
Mazkur ish rejalari asosida viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadigan oylik shaxsiy ish rejalari ishlab chiqiladi.
13. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari huzurida har hafta oʻtkaziladigan tezkor majlislarda viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining hisobotlari eshitib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosarining hisobotlari tegishli xalq deputatlari Kengashi majlislarida eshitiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning birinchi xatboshisi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
14. Kotibiyat mudiri va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
15. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari faoliyatini taʼminlash tegishli kotibiyat tomonidan amalga oshiriladi.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari tomonidan faoliyati muvofiqlashtiriladigan tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oila va xotin-qizlar boshqarmasi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ichki ishlar bosh boshqarmalari — oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonliklardan himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
3. Tuman va shahar FHDY organlari — oilani mustahkamlash, ajralishlarning oldini olish, tugʻilish va nikohni oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazish, targʻibot va maʼrifat chora-tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari tomonidan oʻzaro hamkorligi taʼminlanadigan tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
1. “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondining viloyatlar va Toshkent shahar mintaqaviy filiali.
2. Qizil Yarim oy jamiyati viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari.
3. “Tadbirkor ayol” uyushmasi viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
5. Viloyatlar va Toshkent shahar “Xotin-qizlar tadbirkorligi markazlari.
(1 — 5-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-avgust 548-son qaroriga
7-ILOVA
7-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hokimning turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — turizm va sport bosh boshqarmalari boshliqlarining funksional vazifalari toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — turizm va sport bosh boshqarmalari boshliqlari (keyingi oʻrinlarda — viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari)ning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, shaxsiy masʼuliyati, vakolati va javobgarligini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
2. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining hujjatlariga, tegishli xalq deputatlari Kengashlari qarorlariga, viloyat hokimlarining qaror va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga amal qiladi.
3. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari oʻziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining toʻliq va sifatli bajarilishini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaxsan javobgar hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.
4. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari tegishlicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga boʻysunadi.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining oʻziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda hududlarni rivojlantirish bilan bogʻliq vazifalarni hal qilish boʻyicha faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va sport vaziri tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
6. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosariga shahar va tumanlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari tegishli yoʻnalish boʻyicha hisobot beradilar.
7. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari oʻz vakolati davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas.
2-bob. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
turizmni jadal rivojlantirish, hududning turistik salohiyatidan samarali foydalanish, turistik mahsulotlar va xizmatlarni diversifikatsiya qilish, turizm infratuzilmasini takomillashtirish;
ichki turizmni jadal rivojlantirish, yangi turizm mahsulotlarini yaratish, ziyorat turizmini rivojlantirish;
turizm infratuzilmasi va transport logistikasini rivojlantirish, turizm sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
aholining keng qatlamlari sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish va shu orqali yoshlarning jismonan sogʻlom boʻlib voyaga yetishi koʻrsatkichlarini oshirishni taʼminlash;
madaniy sohadagi islohotlarni joylarda amalga oshirilishini taʼminlash;
aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlarni madaniyat muassasalariga jalb etish va madaniy-ommaviy tadbirlar bilan toʻliq qamrab olishni taʼminlash;
hududda ommaviy axborot vositalari, axborot targʻibot sohasini kompleks rivojlantirishni taʼminlash choralarini koʻrish.
9. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) hududning turistik salohiyatidan samarali foydalanish va turizmni rivojlantirishni taʼminlash sohasida:
turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish, shu jumladan ushbu sohada aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini taʼminlovchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
hududga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy turistlar oqimini koʻpaytirish maqsadida yaqin, oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda turizm sohasini strategik rivojlantirish dasturlarini sifatli va samarali amalga oshirilishini taʼminlaydi;
joylarda turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha islohotlar amalga oshirilishining samaradorligini doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qiladi, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish boʻyicha asosli takliflar tayyorlaydi;
turizm sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etish choralarini koʻradi;
vakolat doirasida Xavfsiz turizmni taʼminlash konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha zarur choralarni koʻradi;
turizmni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hududlarda koʻrsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, hududning oʻziga xos madaniyati va anʼanalaridan kelib chiqib, turizm mahsulotini faol va kompleks targʻib qilish choralarini amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasida mehmonxonalar qurishning maqsadli parametrlari, mehmonxonalar tashkil etish boʻyicha istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha oʻz vakolati doirasida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
b) ichki turizmni jadal rivojlantirish, yangi turizm mahsulotlarini yaratish sohasida:
“Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” Dasturi doirasida tashrif buyurayotgan mahalliy turistlar uchun turizm infratuzilmasini, shu jumladan mehmonxona va ovqatlanish shoxobchalarining tayyorligini taʼminlash, hududdagi joylashtirish vositalari va umumiy ovqatlanish shoxobchalarini xatlovdan oʻtkazgan holda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan choralarni amalga oshiradi;
ekologik, etnomadaniy, qishloq, agro va sanoat turizmi yoʻnalishlarini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilaydi;
mahalliy turistlar uchun tavsiya etiladigan tashrif buyurish obyektlari roʻyxatini shakllantirish va uni doimiy yangilab borishni tashkil etadi;
mahalliy turistlar uchun teatrlashtirilgan milliy anʼana va urf-odatlar bilan boyitilgan tomoshalar tashkil etilishini taʼminlaydi;
v) kirish turizmini rivojlantirish hamda turistik mahsulotlar va xizmatlarni diversifikatsiya qilish sohasida:
turizm yoʻnalishlarini tizimlashtiradi, shu jumladan turizm namoyishi obyektlarining yagona axborot bazasini shakllantiradi;
tanlov asosida viloyat turizm brendining ishlab chiqilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan hamkorlikda tasdiqlanishini taʼminlaydi;
tematik turistik zonalari va klasterlarni yaratish orqali hamda hududning turistik salohiyati va xususiyatlarini hisobga olgan holda turizmning istiqbolli turlari (ziyorat, maʼrifiy, ekologik, etnografik, gastronomik, sport, davolovchi-sogʻlomlashtiruvchi, qishloq, sanoat, ishbilarmonlik (“MICE-turizm”) va boshqalar)ni rivojlantirish boʻyicha hududiy turizm dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
hududning tarixiy-madaniy merosini keng targʻib qilish, turizm sohasidagi nufuzini saqlash va rivojlantirish, milliy turizm mahsulotlari va brendlarining xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga hamda yangi turizm yoʻnalishlarini tashkil etishga qaratilgan faol reklama-axborot siyosatini amalga oshiradi;
bepul faoliyat koʻrsatuvchi, shu jumladan bron qilish, suvenirlar, kitoblar va turizm xaritalari boʻyicha maʼlumot beruvchi “turizm axborot shoxobchalari” faoliyatini tashkil etadi;
yuqori turistik salohiyatga ega boʻlgan hududlarda xavfsiz turizmni taʼminlash boʻyicha ichki ishlar organlarining maxsus boʻlinmalari bilan yaqindan hamkorlikni tashkil qiladi;
g) turizm infratuzilmasi va transport logistikasini rivojlantirish sohasida:
joylashtirish vositalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish, yirik, oʻrta, kichik mehmonxonalar va xostellarni qurishni ragʻbatlantirish hamda mavjud mehmonxonalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
turizm sohasiga tutash infratuzilmani (umumiy ovqatlanish obyektlari, transport-logistika tuzilmalari, koʻngilochar maskanlar industriyasi, madaniy va sport muassasalari, turistik namoyish obyektlari va boshqalarni) rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
turizm infratuzilmasi obyektlarini qurish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha barcha zarur choralarni koʻradi, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida turizmni rivojlantirish sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshiradi;
toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini turizm infratuzilmasini xalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirishga jalb etish choralarini koʻradi;
turizm navigatsiyasining unifikatsiyalashtirilgan yagona tizimini joriy etish va rivojlantirishni tashkillashtiradi;
joylardagi turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot va shaxsiy uchrashuvlar oʻtkazadi;
yoʻlovchilar tashishni rivojlantirish, shu jumladan avtomobil yoʻllarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari dasturlarida belgilangan loyihalarning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
respublika hududlari oʻrtasida aviaqatnovlarni rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
transport xizmatlarini sifatli koʻrsatish uchun hududda transport vositalarining harakatlanuvchi tarkibini muntazam yangilab borish boʻyicha takliflar kiritadi;
d) yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida:
turizm sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yuzasidan belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini taʼminlash, turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashgan holda ularning xodimlari malakasini oshirish yuzasidan zarur choralar koʻradi;
turizm sohasida kasb-hunar taʼlimi muassasalaridagi kadrlar va bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantiradi;
ichki va kirish turizmi sohasida bevosita turistik xizmatlarni koʻrsatuvchi turizm sohasi xodimlari (gidlar, yoʻriqchi-kuzatuvchi, turizm faoliyati subyektlari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari, transport xizmati va boshqa xodimlari) uchun malaka oshirish oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etadi;
turizm sohasida xalqaro talablarga javob beradigan uzluksiz, koʻp bosqichli taʼlim tizimini yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
turizm sohasida taʼlimning amaliyotga yoʻnaltirilgan va zamonaviy taʼlim standartlari, oʻquv-uslubiy dasturlari hamda ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
e) aholining keng qatlamlari sport bilan muntazam shugʻullanishini taʼminlash sohasida:
aholining keng qatlamlarini sport bilan muntazam shugʻullanishga keng jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratadi va amaliy chora-tadbirlarni bajarish, jismonan sogʻlom barkamol yosh avlodni voyaga yetkazish, bolalar sportini ustuvor rivojlantirish, ilmiy asoslangan sport tibbiyotini rivojlantirish, trenerlar tarkibining kasbiy darajasini doimiy ravishda oshirish choralarini koʻradi;
aholining oʻsib borayotgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi, jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy sport inventarlari va asbob-uskunalari bilan jihozlashni hisobga olgan holda ilgʻor xorijiy tajriba asosida xalqaro toifadagi sport ustalarini tayyorlash uchun sport komplekslari tashkil etilishini taʼminlaydi;
jismoniy tarbiya-sport jamoat hududiy birlashmalari faoliyatini rivojlantirish hamda mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini tashkil qiladi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
iqtidorli va istiqbolli sportchilarning Olimpiya va Osiyo oʻyinlarida, shuningdek, jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishishi hamda mamlakatimizni munosib ifodalashi uchun ularni sport seksiyalari va maktablari darajasidan boshlab mamlakat terma jamoasigacha tanlash, tayyorlash hamda mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlaydi;
j) aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlarni madaniyat muassasalariga jalb etish va madaniy-maʼrifiy tadbirlar bilan toʻliq qamrab olishni taʼminlash sohasida:
hududdagi madaniyat muassasalari, jumladan, teatrlar, muzeylar, madaniyat markazlari, sirklar, madaniyat va istirohat bogʻlari, hayvonot bogʻlari faoliyati samaradorligini oshirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ushbu muassasalarga aholi, ayniqsa, yoshlarni tizimli tarzda jalb etish choralarini koʻradi;
hududdagi moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ishonchli saqlash va ilmiy oʻrganish, ulardan oqilona foydalanish ishlarini tashkil etadi;
jamiyatning madaniy va maʼnaviy hayotida, ayniqsa, yoshlarni tarbiyalashda kino sanʼatining roli va ahamiyatini oshirish, kino mahsulotlarining gʻoyaviy-badiiy saviyasini oshirish, kino sanʼatini yanada takomillashtirish boʻyicha zarur sharoitlar yaratadi;
hududda tasviriy, amaliy sanʼatni va dizayn sohasini yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning oʻz iqtidorini namoyon qilishlari uchun munosib sharoitlar yaratadi;
z) ommaviy axborot vositalari, axborot targʻiboti sohasida:
aholining axborot bilan taʼminlanganlik darajasini va madaniy saviyasini oshirish, turli axborot tahdidlarining oldini olish, yoshlarning ongi va tafakkurini “ommaviy madaniyat”ning salbiy taʼsiridan himoya qilishda ommaviy axborot vositalarining roli va ahamiyatini yanada kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
mahalliy ijroya hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligi monitoringini olib borish, ommaviy axborot vositalari va davlat boshqaruvi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari axborot xizmatlarining oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻradi;
axborot-kutubxona markazlari tarmogʻini kengaytirish, axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatish sifatini oshirish, jamiyatda kitob oʻqish madaniyatini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
jurnalistlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
mahalliy ijroya hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligi monitoringini olib borish, ularga biriktirilgan sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarning maqsadlari, vazifalari, amalga oshirilishi va natijalari toʻgʻrisida keng jamoatchilikka oʻz vaqtida, xolisona va toʻliq axborot berilishini tashkil etadi.
Shuningdek, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari quyidagi qoʻshimcha funksiyalarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumatining hujjatlari va topshiriqlarining bajarilishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni taʼminlaydi;
hududning turizm salohiyatini rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, hududiy dasturlar hamda “yoʻl xaritalari” loyihalarining tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini taʼminlaydi;
turizm sohasidagi islohotlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tahlil qilib boradi, ularning natijalari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlanishi va hokimlik yigʻilishlarida muhokama qilib borilishini tizimli asosda taʼminlaydi;
viloyat hokimligining ish rejasiga turizm sohasini rivojlantirish yoʻnalishi boʻyicha masalalarga doir takliflar kiritadi;
tuman va shahar hokimlarining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlariga yuklangan turizmni rivojlantirish boʻyicha vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyati va javobgarligini oshirish choralarini koʻradi hamda yil yakuni boʻyicha ularning mazkur yoʻnalishdagi faoliyatini baholab boradi;
tegishli komissiyalarga (kengashlar, guruhlar) samarali rahbarlik qiladi, viloyat hokimi boshchilik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini tashkil etadi va qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
belgilangan tartibda oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
3-bob. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari huquqlari va javobgarligi
10. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
hokimlikda koʻrib chiqiladigan turizm sohasiga oid masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni tayyorlash, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlarini tashkil etish;
turizmni rivojlantirish boʻyicha hududiy dasturlar va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va ijrosini tashkil etish;
hududda turizmni rivojlantirish masalalarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boshqarma va boʻlinmalari, shahar va tuman hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida koʻrib chiqish va muhokama qilish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boshqarma va boʻlinmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish.
11. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari ushbu Namunaviy nizomning 8 va 9-bandlaridagi oʻziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlari shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash uchun javob beradi.
4-bob. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari faoliyatini tashkil etish
12. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining ishi Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga muvofiq, viloyatlar hokimlarining choraklik va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ushbu ish rejalari asosida viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining oylik shaxsiy ish rejalari ishlab chiqiladi va ular viloyatlar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
13. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlarida belgilangan vazifalarning bajarilishini taʼminlash boʻyicha faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — turizm va sport vaziri va hokim topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasi Rayosati va viloyat hokimligi majlislarida hisobotlarni eshitish yoʻli bilan tashkil etiladi.
14. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tezkor yigʻilishlarida viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining hisobotlari har haftada eshitib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan hokimlar oʻrinbosarlarining hisobotlari tegishli xalq deputatlari Kengashi majlisida eshitiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
16. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari faoliyatini taʼminlash tegishli kotibiyat tomonidan amalga oshiriladi.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari tomonidan faoliyati muvofiqlashtirib boriladigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari
ROʻYXATI
1. Turizm va sport boshqarmasi.
2. Madaniyat boshqarmasi.
3. Madaniy meros boshqarmasi.
4. Kinematografiya agentligining hududiy boʻlimi.
5. Hududiy axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi.
6. Viloyat teleradiokompaniyasi.
7. Hududdagi madaniyat, sanʼat va ijodiy tashkilotlar hamda muassasalar.
8. Vazirliklar va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari — turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari yuzasidan.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari tomonidan oʻzaro hamkorligi taʼminlanadigan tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari
ROʻYXATI
1. Turizm sohasidagi kollejlar va texnikumlar.
2. Jismoniy tarbiya va sport birlashmalari, sport federatsiyalarining hududiy boʻlimlari hamda muassasalari.
3. Hududdagi madaniyat, sanʼat va ijodiy tashkilotlar hamda muassasalar.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-avgustdagi 548-son qaroriga
8-ILOVA
8-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari (keyingi oʻrinlarda — viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosari)ning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, shaxsiy masʼuliyati, vakolati va javobgarligini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
2. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlariga, tegishli xalq deputatlari Kengashlarining qarorlariga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Viloyatlar va Toshkent shahar oʻrinbosari oʻziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining toʻliq va sifatli bajarilishini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaxsan javobgar hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi, shuningdek, hududdagi millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari yuzasidan vakolatli organ oldida hisobdordir.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
4. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari tegishlicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga boʻysunadi.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining oʻziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda hududlarni rivojlantirish bilan bogʻliq vazifalarini hal qilish boʻyicha faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va sport vaziri tomonidan muvofiqlashtiriladi..
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
6. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari oʻz vakolati davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas.
2-bob. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari
7. Quyidagilar viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro samarali hamkorligini tashkil etish;
ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish hamda yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;
jamiyatda vijdon va diniy eʼtiqod erkinligini taʼminlash, diniy tashkilotlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyatda umummilliy birdamlik, hamjihatlik va bagʻrikenglikni hamda xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash, shuningdek xorijiy davlatlar hududlari bilan doʻstlik va birodarlik munosabatlarini rivojlantirish;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oʻzbekistonni yangilash va rivojlantirishning maʼnaviy-axloqiy negizlarini mustahkamlashda, keksalar rolini oshirish, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
8. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro samarali hamkorligini tashkil etish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari, xalq deputatlari Kengashlari qarorlari, viloyat va shahar hokimining farmoyishlari ijrosini, jamoat tashkilotlarini har tomonlama rivojlantirish boʻyicha strategik va ustuvor vazifalar soʻzsiz bajarilishini taʼminlaydi;
respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlar ijrosini taʼminlash choralarini koʻradi;
demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishda nodavlat notijorat tashkilotlarining faolligini oshirish, davlat dasturlari ijrosini taʼminlashda ularning ishtirokini kengaytirish boʻyicha dasturlarga takliflar ishlab chiqadi;
jamoat tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, jamoat tashkilotlarining ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, demokratik islohotlarni amalga oshirishda ularning roli va ahamiyatini mustahkamlash, fuqarolik jamiyati institutlarini keng rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni hamda normativ-huquqiy hujjatlarni va fuqarolarning huquqlari qonuniy manfaatlariga daxl qiladigan boshqa qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat organlarining jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;
fuqarolarning manfaatlariga daxl qiluvchi ijtimoiy loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasidagi ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikda yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan hududiy dasturlar loyihalarini tayyorlaydi;
jamiyatning madaniy va maʼnaviy hayotida, ayniqsa, yoshlarni tarbiyalashda jamoat tashkilotlarining roli va ahamiyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
b) ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish hamda yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash sohasida:
joylardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitning real holatini doimiy ravishda oʻrganadi, sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qiladi va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha kompleks takliflar ishlab chiqadi;
aholining, ayniqsa, yoshlarning turli mafkuraviy tahdidlarga, jumladan, diniy ekstremizm, terrorizm va boshqa yot gʻoyalarga qarshi mustahkam immunitetini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni, bu boradagi dasturlar ijrosini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston xalqining milliy va diniy merosini asrash, aholining diniy saviyasini oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
axborot tahdidlarining oldini olishda, aholining ongi va tafakkurini salbiy taʼsirlardan himoya qilishda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
maʼnaviy va milliy qadriyatlarga, xalqimizning diniy eʼtiqodi va urf-odatlariga qarshi yoʻnaltirilgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi samarali kurashish, yot gʻoyalarni tarqatishga qarshi kurash olib borish tadbirlarini tizimli amalga oshiradi;
chegaradosh hududlarga tizimli ravishda nufuzli ulamolar, salohiyatli imomlar hamda jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat targʻibot guruhlarini yuborib, aholi oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil qiladi;
yoshlarning yot gʻoyalar taʼsiriga tushishini oldini olish maqsadida ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun ziyolilar, olimlar va ulamolar ishtirokida turli uchrashuv va davra suhbatlarini tashkil etadi;
“Yoshlar ekstremizmning har qanday koʻrinishiga qarshi”, “Jaholatga qarshi maʼrifat” ruknlarida ommabop tele-radio dasturlar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;
v) jamiyatda vijdon va diniy eʼtiqod erkinligini taʼminlash, diniy tashkilotlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish sohasida:
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni va ushbu sohadagi boshqa qonun hujjatlari ijrosini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5416-son Farmonida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini soʻzsiz taʼminlaydi;
diniy tashkilotlar faoliyati bilan bogʻliq ishlarning real holatini doimiy ravishda oʻrganadi, sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qiladi va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
“Haj” va “Umra” tadbirlarini yuqori tashkiliy darajada oʻtkazishga shaxsan javob beradi, bu yoʻnalishda mahalliy davlat boshqaruvi organlari, jamoatchilik va diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
mahallalarda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, erta turmushning oldini olish, yosh oila quruvchilar oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni va tushuntirish-targʻibot ishlarini amalga oshiradi;
ziyoratgohlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini tashkil etadi, bu yoʻnalishdagi ishlar sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
g) jamiyatda umummilliy birdamlik, hamjihatlik va bagʻrikenglikni hamda xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash, shuningdek xorijiy davlatlar hududlari bilan doʻstlik va birodarlik munosabatlarini rivojlantirish sohasida:
millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosatini hududda izchil amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasiga yuklangan vazifalarning hududlarda sifatli bajarilishini tashkil etadi va taʼsirchan nazoratni amalga oshiradi;
hududlarda umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarning mavjud holati, uni yanada mustahkamlash istiqbollari toʻgʻrisida tegishli axborot, axborot-tahliliy hujjatlar va hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasiga kiritadi;
millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash sohasini rivojlantirish va hududlarning muammoli masalalarini hal qilish boʻyicha dastur, chora-tadbirlar rejasi, “yoʻl xaritalari” va boshqa hujjatlar ijrosini taʼminlaydi;
hududdagi aholi oʻrtasida umummilliy birdamlik, hamjihatlik va bagʻrikenglikni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, davlat organlari va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi;
mamlakatimizga ishlash, taʼlim olish maqsadida uzoq muddatga kelgan xorijiy fuqarolarning mahalliy shart-sharoitlarga va ijtimoiy-madaniy moslashuvini taʼminlash choralarini koʻradi;
hududlarda milliy madaniy markazlar umummilliy hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan faoliyatini amalga oshirishiga koʻmaklashadi;
xorijiy davlatlar hududlari bilan doʻstlik va birodarlik aloqalarini rivojlantirish choralarini koʻradi.
(8-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
d) Oʻzbekistonni yangilash va rivojlantirishning maʼnaviy-axloqiy negizlarini mustahkamlashda, keksalar rolini oshirish, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish sohasida:
keksalar va pensiyadagi fuqarolarning ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
keksalar va pensiyaga chiqadigan xodimlarga doimiy gʻamxoʻrlik va eʼtibor koʻrsatishni, ularga zarur moddiy va ijtimoiy koʻmak berish, shuningdek, har yili pensionerlardan, ayniqsa, yakka-yolgʻizlaridan xabar olish tadbirlarini tashkil etadi;
yolgʻiz keksalarning uy-joy, maishiy muammolarini hal etishga koʻmaklashadi, ularni sanatoriy-kurortda sogʻlomlashtirish va davolanishini tashkil etadi;
keksalar va pensionerlar bilan ochiq muloqotni tizimli yoʻlga qoʻyadi, ularning hayotiy muhim muammolarini hal etishga yordam berish maqsadida hududiy davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari tomonidan qabul qilish ishlarini tashkil etadi;
mahallalarda eng obroʻli otaxon va onaxonlar, xotin-qizlar, imomlarni jalb etgan holda jamiyatdagi illatlarning (oʻz joniga qasd qilish, oilaviy ajrim va boshqa) kelib chiqish sabablarini aniqlash, bunday holatlarning oldini olish choralarini koʻradi;
keksa avlod vakillari tomonidan yoshlar bilan ishlash, huquqbuzarlikning oldini olish, sodir etilgan gʻayriijtimoiy holatlarni oʻz vaqtida aholi oʻrtasida muhokama qilish ishlarini amalga oshiradi.
Shuningdek, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari quyidagi qoʻshimcha funksiyalarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumatining hujjatlari va topshiriqlarining bajarilishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni taʼminlaydi;
hududda jamoat tashkilotlarini rivojlantirish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, diniy sohada muhim ustuvor vazifalarni amalga oshirish, millatlararo totuvlikni taʼminlash, keksalarning ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlashning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, hududiy dasturlar hamda “yoʻl xaritalari” loyihalarining tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini taʼminlaydi;
fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha hududiy dasturlar loyihalarini tayyorlaydi;
amalga oshirilayotgan islohotlarning roʻyobga chiqarilishini oʻrganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida tegishli mavzularga bagʻishlangan sayyor (ochiq) majlislarni tizimli asosda oʻtkazadi;
xalq deputatlari Kengashlarining sessiyalarida, hokim huzuridagi yigʻilishlarda koʻrib chiqish uchun tegishli rejali masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;
tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun oʻz faoliyati sohasiga kiradigan muammoli masalalar boʻyicha jamoatchilik fikrini tizimli oʻrganadi;
davlat organlarining viloyatda joylashgan tuzilmalari bilan jamoat tashkilotlari, diniy tashkilotlar hamda milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlari oʻrtasida oʻzaro aloqa va hamkorlikni taʼminlaydi;
hokim tomonidan tegishli sohada islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini tizimli asosda taʼminlaydi;
oʻziga boʻysunadigan kotibiyat rahbari va mutaxassislarning aniq koʻrsatkichlar, shuningdek, maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi, ularning zimmasiga yuklangan vazifa hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun shaxsiy masʼuliyati va javobgarligini oshirish choralarini koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy safarlari va respublika hududlariga tashriflari yakunlari boʻyicha diniy bagʻrikenglik va millatlararo munosabatlarga oid belgilangan topshiriqlar hamda vazifalarni bajarish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ning amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
hujjatlar amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini taʼminlaydi.
3-bob. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining huquqlari va javobgarligi
9. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
hududiy davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroya hokimiyati organlari tarkibiy boʻlinmalari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
hududda jamoat tashkilotlarini rivojlantirish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, diniy sohada muhim ustuvor vazifalarni amalga oshirish, millatlararo totuvlikni taʼminlash, keksalarning ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qarorlar, hududiy dasturlar hamda “yoʻl xaritalari” loyihalarini ishlab chiqish hamda ularning ijrosini tashkil etish;
xalq deputatlari Kengashlari sessiyalari, hokimlik yigʻilishlarida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni hududiy davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrab olish;
oʻzi hamkorlik qiladigan hududiy davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning sohaga oid masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlis va yigʻilishlarida ularning taklifi asosida qatnashish;
tegishli komissiyalar (kengashlar, guruhlar)ga samarali rahbarlik qilish, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi rahbarlik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini tashkil etish va qarorlarining bajarilishi, shuningdek, ijtimoiy-maʼnaviy muhit boʻyicha respublika komissiyalarining qarorlari bajarilishi boʻyicha nazoratni taʼminlash;
xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida, hokim huzuridagi yigʻilishlarda koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun zarur boʻlganda, hududiy davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning vakillarini belgilangan tartibda jalb etgan holda, axborot-tahliliy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish.
10. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari ushbu Namunaviy nizomning 7 va 8-bandlarida oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardirlar.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlari shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash uchun javob beradi.
4-bob. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining faoliyatini tashkil etish
11. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining ishlari Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek ushbu Namunaviy nizomga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining choraklik va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ushbu ish rejalar asosida viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining oylik shaxsiy ish rejalari ishlab chiqiladi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
12. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlarining hisoboti viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tezkor yigʻilishlarida har haftada eshitib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining tegishli hisobotlari xalq deputatlari Kengashi majlisida eshitiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
14. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining faoliyati tegishli kotibiyat tomonidan taʼminlanadi.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari tomonidan oʻzaro hamkorligi taʼminlanadigan tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining hududiy kengashlari.
2. “Mehr-shafqat va salomatlik” jamgʻarmasining hududiy boʻlimlari.
3. “Oltin meros” jamgʻarmasining viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari.
4. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining viloyatlar va Toshkent shahar vakillari.
5. Noislomiy diniy tashkilotlar.
6. Milliy madaniy markazlar.
7. Doʻstlik jamiyatlari.
8. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazining viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari.
9. Boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari.
10. Vazirliklar va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari — jamoat va diniy islohotlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/548/0836-son; 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son; 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son; 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son; 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son; 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)