1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Aloqa]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“POCHTA ALOQASI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 18-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2009-yil 27-martda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2022-yil 9-iyundagi OʻRQ-777-sonli “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi 118-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 210-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2009-yil 23-apreldagi 81 (4744)-sonida eʼlon qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 22-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-211-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
POCHTA ALOQASI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(yangi tahriri)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi pochta aloqasining tashkil etilishi va faoliyat koʻrsatishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Pochta aloqasi toʻgʻrisidagi qonunchilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining pochta aloqasi toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-moddaOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abonement pochta javoni — pochta aloqasi obyektlarida oʻrnatiladigan qulflanadigan qutichalardan iborat maxsus javon boʻlib, bu qutichalar yozma xat-xabarlarni, davriy bosma nashrlarni, pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalari kelganligi toʻgʻrisidagi xabarnomalarni olish uchun adresatlar tomonidan muayyan muddatga ijaraga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abonent pochta javoni — koʻp kvartirali uyda, shuningdek yetkazib berish uchastkasida oʻrnatiladigan, yozma xat-xabarlarni, davriy bosma nashrlarni, pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalari kelganligi toʻgʻrisidagi xabarnomalarni adresatlarga yetkazib berish uchun moʻljallangan qulflanadigan qutichalardan iborat maxsus javon;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adresat — pochta, kuryerlik joʻnatmasi, pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmasi, telegraf xabari yoki boshqa xabar yoʻllangan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozma xat-xabarlar — oddiy, buyurtma, qiymati eʼlon qilingan xatlar va banderollar, oddiy, buyurtma pochta varaqchalari hamda oddiy, buyurtma sekogrammalar, shuningdek mayda paketlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuryerlik joʻnatmalari — joʻnatilishi qisqa muddatlarda qoʻldan-qoʻlga yetkazib berilgan (topshirilgan) holda amalga oshiriladigan pochta varaqchalari, xatlar, banderollar, posilkalar, bosma nashrlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuryerlik xizmatlari — pochta aloqasi operatori yoki provayderining kuryerlik joʻnatmalarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish) boʻyicha faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat muddatlari — pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini qabul qilish joyidagi pochta aloqasi obyektidan ularni topshirish va yetkazib berish joyidagi pochta aloqasi obyektigacha joʻnatish uchun belgilangan eng koʻp vaqt oraligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi — pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini joʻnatish va yetkazib berishni (topshirishni) taʼminlovchi texnika va transport vositalarining yagona ishlab chiqarish-texnologiya majmuidan iborat aloqa turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi vositalari — pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish uchun foydalaniladigan binolar, yashash uchun moʻljallanmagan joylar, asbob-uskunalar, texnika va transport vositalari, shuningdek pochta konvertlari, varaqchalari va taralar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasining milliy operatori — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi doirasida majburiy ravishda universal xizmatlar koʻrsatish vazifasi yuklatilgan pochta aloqasi operatori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi obyektlari — pochta aloqasi operatorlarining alohida boʻlinmalari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari, boʻlimlari, punktlari, shuningdek boshqa boʻlinmalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi operatori — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida pochta aloqasi tarmogʻiga egalik qiluvchi va faoliyatning asosiy turi sifatida pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi provayderi — foydalanuvchilarga pochta aloqasi operatorlarining tarmogʻi orqali pochta, kuryerlik xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta toʻlovining davlat belgilari — pochta markalari hamda frankirlash mashinalarining pochta joʻnatmalariga pochta aloqasi xizmatlari haqi toʻlanganligini tasdiqlash uchun tushiriladigan tamgʻasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta xizmatlari — pochta aloqasi operatori yoki provayderining pochta joʻnatmalarini, shuningdek pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish) boʻyicha faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta qutisi — pochta aloqasi milliy operatorining manzili koʻrsatilgan oddiy xatlar va pochta varaqchalarini yigʻish uchun moʻljallangan, belgilangan shakl va oʻlchamdagi qulflanadigan maxsus qutisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmasi — pochta aloqasi operatori yoki provayderining pochta aloqasi va telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda pul mablagʻlarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish) boʻyicha xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sekogramma — koʻzi ojizlar uchun muassasalar tomonidan pochta aloqasi tarmogʻi orqali joʻnatiladigan, koʻzi ojizlar uchun moʻljallangan ochiq tarzda topshiriladigan yozma xat-xabarlar, bosma nashrlar, koʻzi ojizlar uchun yozuv tizimining belgilariga ega tamgʻa, shuningdek koʻzi ojizlar uchun moʻljallangan ovozli yozuvlar va maxsus qogʻoz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
universal xizmatlar — foydalanuvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi doirasida maqbul narxlarda koʻrsatiladigan va belgilangan talablarga mos keladigan sifatdagi pochta xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
frankirlash mashinasi — yozma xat-xabarlarga pochta aloqasi xizmatlari uchun haq toʻlanganligini, ushbu xat-xabarlar qabul qilingan sanani va boshqa axborotni tasdiqlovchi tamgʻa izlarini tushirishga moʻljallangan mashina;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiymati eʼlon qilingan joʻnatmalar — joʻnatilayotganda joylanma qiymati foydalanuvchi tomonidan eʼlon qilingan pochta va kuryerlik joʻnatmalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Pochta aloqasi sohasidagi asosiy prinsiplar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha foydalanuvchilar uchun pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishning erkinligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
standartlar, normalar va qoidalarning yagonaligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozishmalar, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini sir tutishga rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta va kuryerlik joʻnatmalari tranzitining erkinligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Pochta aloqasi sohasini davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Pochta aloqasi sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi sohasini davlat tomonidan tartibga solish ilmiy-texnik siyosatni shakllantirish, litsenziyalash, sertifikatlashtirish orqali, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vositalar bilan amalga oshiriladi.
(5-moddaning matniOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi sohasidagi davlat boshqaruvini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan maxsus vakolatli organ (bundan buyon matnda maxsus vakolatli organ deb yuritiladi) amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus vakolatli organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasini rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantiradi va ularning amalga oshirilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish qoidalarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta toʻlovining davlat belgilari namunalarini tasdiqlaydi hamda pochta markalarini nashr etish, ularni muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi pochta toʻlovining davlat belgilari toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2529, 22.11.2013-y.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta toʻlovining davlat belgilari davlat kolleksiyasini shakllantiradi;
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun qarang: “Pochta toʻlovining davlat belgilari davlat kolleksiyasi toʻgʻrisida”gi Nizom (roʻyxat raqami 2077, 04.02.2010-y.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
universal xizmatlarga oid tariflarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi tarmoqlari va xizmatlarini rivojlantirish, pochta va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha pochta aloqasi operatorlari va provayderlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi operatorlari va provayderlari uchun majburiy boʻlgan pochta indekslarini, shuningdek yozma xat-xabarlarni olib ketish davriyligi normativlarini hamda pochta joʻnatmalari oʻtishining nazorat muddatlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
frankirlash mashinalaridan foydalanish tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: “Pochta aloqasida frankirlash mashinasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2008, 19.09.2009-y.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi, foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi, pochta aloqasi operatorlari, provayderlari va foydalanuvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar masalalarini koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus vakolatli organ qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(6-moddaning uchinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toʻgʻrisida”gi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Favqulodda holatlarda pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda holatlarda (harbiy harakatlar, zilzilalar, suv toshqinlari, yongʻinlar, epidemiyalar va boshqalarda) pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrdagi 248-son qarori bilan tasdiqlangan “Favqulodda vaziyatlarda pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizom”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Pochta aloqasi obyektlarida roʻy bergan hodisalar, avariyalar oqibatlarini bartaraf etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi obyektlarida roʻy bergan hodisalar, avariyalar oqibatlarini bartaraf etish ularning mulkdorlari, egalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari pochta aloqasi obyektlarida roʻy bergan hodisalar, avariyalar oqibatlarini bartaraf etishda pochta aloqasi operatorlariga koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi obyektlarida yuridik va jismoniy shaxslarning aybi bilan roʻy bergan hodisalar, avariyalar oqibatida pochta aloqasi operatorlari yoki provayderlariga yetkazilgan zararlarning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
(8-moddaning uchinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Pochta aloqasi xizmatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi xizmatlari pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan pochta va kuryerlik xizmatlari tarzida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta xizmatlari quyidagilardir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta joʻnatmalarini, shu jumladan xalqaro pochta joʻnatmalarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini, shu jumladan pul mablagʻlarining xalqaro pochta oʻtkazmalarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta joʻnatmalarini, shu jumladan xalqaro pochta joʻnatmalarini tezkor pochta rejimida joʻnatish va yetkazib berish (topshirish).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuryerlik xizmatlari kuryerlik joʻnatmalarini, shu jumladan xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini joʻnatish va yetkazib berishdir (topshirishdir).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish qoidalarida quyidagilar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatishni tashkil etishga doir talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi operatorlarining nomli buyumlaridan (shtamplar, shtempellar, muhrlardan) foydalanish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta va kuryerlik joʻnatmalarini rasmiylashtirish standartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta va kuryerlik joʻnatmalarining turlari hamda ularning texnik tavsiflari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta va kuryerlik joʻnatmalarini, shu jumladan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish) tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini, shu jumladan pul mablagʻlarining xalqaro pochta oʻtkazmalarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish) tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta joʻnatmalarini, shu jumladan xalqaro pochta joʻnatmalarini tezkor ravishda joʻnatish va yetkazib berish (topshirish) tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta va kuryerlik joʻnatmalarini saqlash muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta va kuryerlik joʻnatmalarini qayta joʻnatish hamda qaytarish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi tarmogʻi orqali joʻnatilishi taqiqlangan hamda cheklangan predmetlar va moddalar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta va kuryerlik joʻnatmalarini ushlab turish va koʻzdan kechirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi doirasida joʻnatiladigan pochta va kuryerlik joʻnatmalaridan pochta aloqasi tarmogʻi orqali joʻnatilishi taqiqlangan predmetlar va moddalarni olib qoʻyish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi tarmogʻi orqali joʻnatilishi taqiqlangan predmetlar va moddalarni yoʻq qilib tashlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
universal xizmatlar koʻrsatish tartibi va ularning sifatiga doir talablar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish qoidalarida qonunchilikka muvofiq boshqa qoidalar ham boʻlishi mumkin.
(10-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalari”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Universal xizmatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universal xizmatlarga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilarning pochta varaqchalari, xatlar, banderollar va mayda paketlarni Oʻzbekiston Respublikasi doirasida maqbul narxlarda joʻnatish va yetkazib berish (topshirish) boʻyicha ehtiyojlarini qanoatlantirishga doir pochta xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻzi ojizlarning va koʻzi ojizlar uchun muassasalarning ehtiyojlarini qanoatlantirishda sekogrammalar almashinuvi boʻyicha pochta xizmatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universal xizmatlar koʻrsatish majburiyati pochta aloqasining milliy operatori zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Pochta aloqasi xizmatlari uchun toʻlov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi xizmatlari uchun toʻlov pochta aloqasi operatori yoki provayderi tomonidan shartnoma asosida belgilanadigan tariflar boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universal xizmatlar uchun toʻlov qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan tariflar asosida aniqlanadi.
(12-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozma xat-xabar joʻnatganlik uchun toʻlov yozma xat-xabarga pochta toʻlovining davlat belgilarini tushirish orqali tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishdagi imtiyozlar va afzalliklar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilikda foydalanuvchilarning ayrim toifalari uchun pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda imtiyozlar belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanuvchilarning ayrim toifalariga pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda belgilangan imtiyozlar berilishi munosabati bilan pochta aloqasi operatorlari yoki provayderlarining mablagʻlarini kompensatsiya qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(13-moddaning birinchi va ikkinchi qismlariOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanuvchilarning ayrim toifalari uchun pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar belgilanishi mumkin. Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar beriladigan foydalanuvchilarning ayrim toifalari roʻyxati hamda ushbu xizmatlarni koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-yanvardagi 1-sonli “Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar beriladigan foydalanuvchilarning ayrim toifalariga pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul mablagʻlarining but saqlanishini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul mablagʻlarining but saqlanishini pochta aloqasi operatorlari va provayderlari taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari oʻrtasida pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini qabul qilish hamda topshirish qabul qilinadigan va topshiriladigan pochta, kuryerlik joʻnatmalari hamda pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalari hujjatlashtirilib qayd etilishi taʼminlangan holda, Pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish qoidalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalari”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul mablagʻlari tashiladigan transport vositalari belgilangan normalar va qoidalarga muvofiq jihozlangan boʻlishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: “Temir yoʻllarda pochtani tashish va pochta vagonlarini ekspluatatsiya qilish qoidalari” (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 16-avgustda 1613-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta, kuryerlik joʻnatmalariga ishlov beriladigan va saqlanadigan, shuningdek pul mablagʻlari saqlanadigan binolar, xonalar zarur asbob-uskunalar, qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiya vositalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qiymati eʼlon qilingan joʻnatmalar qonunchilikda belgilangan tartibda sugʻurtalanishi mumkin.
(14-moddaning beshinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Topshirilmay qolgan pochta, kuryerlik joʻnatmalaridan va pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta, kuryerlik joʻnatmasini yoki pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmasini foydalanuvchining manziliga doir zarur maʼlumotlar aniq emasligi yoki yoʻqligi, adresat koʻchib ketganligi tufayli yetkazib berish (topshirish) imkoni boʻlmasa yoxud pochta aloqasi operatori va provayderi pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish shartnomasidagi oʻz majburiyatlarini bajara olishi imkoniyatini istisno etadigan boshqa holatlarda ular joʻnatuvchiga Pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish qoidalarida belgilangan muddatlarda qaytariladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalari”ning 189-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar foydalanuvchining manziliga doir zarur maʼlumotlar aniq emasligi yoki yoʻqligi tufayli yetkazib berilmagan (topshirilmay qolgan) pochta, kuryerlik joʻnatmalarini yoki pul mablagʻlarini joʻnatuvchiga qaytarishning imkoni boʻlmasa yoxud joʻnatuvchi qaytarilgan pochta, kuryerlik joʻnatmasini yoki pul mablagʻlarini olishdan voz kechsa, u holda tarqatilmay qolgan sifatida vaqtincha saqlash uchun pochta aloqasi operatori yoki provayderi tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarqatilmay qolgan pochta va kuryerlik joʻnatmalarini vaqtincha saqlash qonunchilikda belgilangan tartibda pochta aloqasi operatori yoki provayderi tomonidan olti oy davomida amalga oshiriladi.
(15-moddaning uchinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddat oʻtganidan soʻng:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar, qimmatbaho metallar va boshqa predmetlar belgilangan tartibda realizatsiya qilinadi hamda pochta aloqasi operatorlari yoki provayderlari xarajatlarining oʻrni qoplanganidan soʻng tushgan pul mablagʻlari, shuningdek pochta va kuryerlik joʻnatmalarida aniqlangan pul mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadiga oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlar (pasportlar, diplomlar, shahodatnomalar, guvohnomalar va boshqalar) ularni bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga topshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xatlar tegishli dalolatnoma tuzilib, yoʻq qilib tashlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adresatlarni va joʻnatuvchilarni qidirishning iloji boʻlmaganda, tarqatilmay qolgan pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalari pochta aloqasi operatori tomonidan oʻn sakkiz oy davomida saqlanadi, shundan soʻng bu pul mablagʻlari mahalliy budjet daromadiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Yozishmalarning, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining siri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozishmalarning, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining sirini saqlash maqsadida pochta aloqasi operatorlari va provayderlarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa shaxsga pochta, kuryerlik joʻnatmalari, pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalari haqidagi maʼlumotlarni, shuningdek foydalanuvchilarning manzillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta va kuryerlik joʻnatmasini ochishi yoki ochmagan holda ularning mazmuniga (joylanmasiga) doir maʼlumotlarni bilib olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta va kuryerlik joʻnatmalarining mazmuni (joylanmasi) toʻgʻrisida boshqa shaxsni xabardor qilishi taqiqlanadi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
(16-moddaning toʻrtinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Pochta va kuryerlik joʻnatmalarini joʻnatishdagi cheklovlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi tarmogʻi orqali pochta va kuryerlik joʻnatmalarini joʻnatishga doir cheklovlar qonunchilikda belgilanadi.
(17-moddaning birinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari joʻnatilishi taqiqlangan joylanmasi boʻlgan pochta va kuryerlik joʻnatmalarini ushlab turish, shuningdek joylanmasi boshqa pochta va kuryerlik joʻnatmalarining buzilishiga (shikastlanishiga) olib keluvchi, pochta aloqasi operatorlari va provayderlari xodimlarining yoki oʻzga shaxslarning hayoti va sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan pochta va kuryerlik joʻnatmalarini, agar bu xavfni boshqa yoʻl bilan bartaraf etib boʻlmasa, yoʻq qilib tashlash yoki yoʻq qilib tashlashga ruxsat berish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Pochta aloqasi sohasining tashkiliy va iqtisodiy asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Pochta aloqasining mulki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasining mol-mulki ommaviy yoki xususiy mulk boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi mol-mulkining mulkdorlari, egalari qonun bilan kafolatlangan teng huquqlarga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Pochta aloqasi tarmoqlari va vositalarini rivojlantirish hamda rekonstruksiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi tarmoqlari va vositalarini rivojlantirish hamda rekonstruksiya qilish ularning mulkdorlari, egalari tomonidan oʻz mablagʻlari, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(19-moddaning birinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar, turar joy dahalari va majmualari, alohida binolar va inshootlar loyihalashtirilayotganda hamda rivojlantirilayotganda mahalliy davlat hokimiyati organlari pochta aloqasi obyektlarini joylashtirish uchun binolar yoki alohida xonalar qurilishini shaharsozlik hujjatlariga muvofiq nazarda tutishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi obyektlarini avtomobil va temir yoʻl vokzallari, aeroportlar qoshida, bozorlar va mehmonxonalarda joylashtirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil va temir yoʻl vokzallari, aeroportlar qoshida pochta aloqasi obyektlarining binolari va inshootlari qurilishi uchun yer uchastkalari bevosita ularga yaqin joylardan ajratilishi, shaharlarda pochtamtlar qurilishi uchun esa shaharning markaziy qismidan, pochta va kuryerlik joʻnatmalari almashinuvi uchun sharoitlar taʼminlangan holda ajratilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi punktlarini va ayrim binolarni yangidan qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, foydali qazilmalarni qazib olish tufayli pochta aloqasi obyektlarini koʻchirish (qayta qurish) buyurtmachi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan, pochta aloqasi operatorlarining texnologik shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta qutilari foydalanuvchilar uchun hamda oddiy xatlar va pochta varaqchalarini yigʻib olish uchun qulay boʻlgan yerlarga joylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abonent pochta javonlari qurilish tashkilotlari tomonidan koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatlarida oʻrnatiladi. Abonent pochta javonlarini xarid qilish va oʻrnatish xarajatlari ushbu koʻp kvartirali uylarning qurilish smetasiga kiritiladi. Abonent pochta javonlarini soz holatda saqlash koʻp kvartirali uylarning mulkdorlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Pochta aloqasining transport vositalaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul mablagʻlarini tashish uchun oʻzlariga tegishli transport vositalari: pochta vagonlaridan, avtomobillardan, shuningdek shartnoma asosida yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalaridan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlarining pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul mablagʻlarini tashish uchun foydalaniladigan transport vositalari maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan maxsus farqlash belgilariga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlarining pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul mablagʻlarini tashish uchun foydalanadigan transport vositalari boshqa ishlarni bajarish uchun ularning roziligisiz foydalanilishi va olib qoʻyilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchi hamda yuklarni muntazam tashuvchi temir yoʻl, havo va avtomobil transportining xoʻjalik yurituvchi subyektlari pochta aloqasi operatorlari hamda provayderlari bilan pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul mablagʻlarini tashish shartnomalari tuzishni rad etishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlarining pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul mablagʻlarini tashish uchun foydalanadigan transport vositalari shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning koʻchalari boʻylab, avtomobil yoʻllarida toʻsqinliksiz yurish hamda avtomobil, temir yoʻl vokzallari va aeroportlar qoshida joylashgan pochta aloqasi obyektlariga, yuk (bagaj) majmualariga toʻsqinliksiz kirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Pochta aloqasi milliy operatori xodimining formali kiyim-boshi va koʻkrak nishoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi milliy operatori xodimi xizmat vazifalarini bajarishi uchun formali kiyim-bosh va koʻkrak nishoni bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi milliy operatori xodimining formali kiyim-bosh va koʻkrak nishonini tasdiqlash hamda ulardan foydalanish tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining hamda foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlarining huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish, bundan ushbu Qonunning 23-moddasida koʻrsatilgan xizmatlar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatilganligi uchun boshqa davlatlarning pochta aloqasi operatorlari bilan oʻzaro hisob-kitoblarni yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emblemaga ega boʻlish va undan oʻz faoliyatida qonunchilikka muvofiq foydalanish.
(22-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
(22-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Pochta aloqasi milliy operatorining mutlaq huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi milliy operatori quyidagi mutlaq huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta vagonlari va pochta qutilariga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirini tushirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa davlatlarning pochta aloqasi operatorlari bilan pochta aloqasi sohasidagi oʻzaro harakatlarda va xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini oʻz vakolatlari doirasida ifodalash va himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oddiy xatlar va pochta varaqchalarini joʻnatish, davlat pensiyalari va nafaqalarini yetkazib berish (topshirish) boʻyicha xizmatlar koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Foydalanuvchilarning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz huquq va majburiyatlari, Pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish qoidalari, koʻrsatilayotgan xizmatlar toʻgʻrisidagi va ushbu xizmatlarga doir tariflar haqidagi axborotdan erkin foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz pochta manzili boʻyicha, yoʻqlab olish tarzida yoki abonement pochta javonining qutichalaridan foydalangan holda pochta, kuryerlik joʻnatmalarini va pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz pochta manziliga kelgan pochta, kuryerlik joʻnatmalari yoki pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalaridan voz kechish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiymati eʼlon qilingan joʻnatma joylanmasining bahosi summasini mustaqil ravishda belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan oʻz vaqtida hamda sifatli xizmat koʻrsatilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatilmaganligi yoki lozim darajada koʻrsatilmaganligi natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrni qoplanishi, maʼnaviy ziyon kompensatsiya qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan harakatlar (harakatsizlik) va qarorlar ustidan bevosita sudga yoxud boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga shikoyat bilan murojaat etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
(24-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlarining majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi sohasida ushbu Qonunga va Pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish qoidalariga muvofiq faoliyatni amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilarning pochta aloqasi xizmatlaridan erkin foydalana olishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilayotgan pochta aloqasi xizmatlarining sifatini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul mablagʻlarining but saqlanishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish qoidalarida belgilangan talablar foydalanuvchi tomonidan buzilgan taqdirda, pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatishni toʻxtatib qoʻyishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasining uzluksiz va xavfsiz ishlashini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan texnologik uskunalar, mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va axborotlashtirish vositalariga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilarga pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish shartlari va tartibi toʻgʻrisidagi, shuningdek pochta aloqasi xizmatlari tariflarining oʻzgarganligi haqidagi axborotni taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatilmaganligi yoki lozim darajada koʻrsatilmaganligi natijasida foydalanuvchilarga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qonunchilikka muvofiq qoplashi, shuningdek ularga yetkazilgan maʼnaviy ziyonni qonun hujjatlariga muvofiq kompensatsiya qilishi shart.
(25-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(25-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Foydalanuvchilarning majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanuvchilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunga va Pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish qoidalariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlariga koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi operatorlari va provayderlarining ish sifatini pasaytirishga qaratilgan xatti-harakatlar qilmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanuvchilar zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(26-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlarining javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoxud lozim darajada bajarmaganlik uchun foydalanuvchilar oldida belgilangan tartibda javobgar boʻladi. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlarining javobgarligi pochta va kuryerlik joʻnatmalari yoʻqolgan, buzilgan (shikastlangan), joylanmalar kam chiqqan, pochta va kuryerlik joʻnatmalari yetkazib berilmagan (topshirilmagan), nazorat muddatlari hamda pochta aloqasi toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan boshqa hollarda yuzaga keladi.
(27-moddaning birinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatishda foydalanuvchilarga yetkazilgan zararlarning oʻrni pochta aloqasining operatori yoki provayderi tomonidan quyidagi hollarda va miqdorlarda qoplanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtma xat, buyurtma pochta varaqchasi, buyurtma banderol yoki pochta joʻnatmasi olinganligi toʻgʻrisidagi buyurtma bildirishnoma yoʻqotilganda — pochta aloqasi xizmatiga toʻlangan summa miqdorida neustoyka;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiymati eʼlon qilingan posilka, banderol va xat yoʻqotilganda — eʼlon qilingan qiymatning ikki baravari miqdorida va pochta aloqasi xizmati uchun toʻlangan summa miqdorida neustoyka, bundan eʼlon qilingan qiymat uchun tarif toʻlovi mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiymati eʼlon qilingan joʻnatma joylanma roʻyxati bilan joʻnatilganda joylanmaning bir qismi yetishmaganda yoki buzilganda (shikastlanganda) — joʻnatuvchi roʻyxatda koʻrsatgan joylanmaning yetishmayotgan yoki buzilgan (shikastlangan) qismi uchun eʼlon qilingan qiymatning ikki baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiymati eʼlon qilingan joʻnatma joylanma roʻyxatisiz joʻnatilganda joylanmaning bir qismi yetishmaganda yoki buzilganda (shikastlanganda) — joylanmaning yetishmayotgan yoki buzilgan (shikastlangan) qismi ogʻirligining yuborilgan joylanmaning ogʻirligiga (pochta va kuryerlik joʻnatmasi oʻrovining ogʻirligisiz) nisbati bilan mutanosib tarzda aniqlanadigan pochta va kuryerlik joʻnatmasining qiymati eʼlon qilingan qismining ikki baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adresatga pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmasi boʻyicha pul toʻlanmaganda yoki notoʻgʻri toʻlanganda yoxud agar oʻtkazilgan pullarni adresatga berishning imkoni boʻlmay, u joʻnatuvchiga ham toʻlanmagan boʻlsa — oʻtkazmaning toʻlanmagan yoki yetarlicha toʻlanmagan qismi summasi miqdorida hamda pochta aloqasi xizmatiga toʻlangan summa miqdorida neustoyka;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adresatdan ustama toʻlov miqdori yetarlicha olinmaganda yoki ustama toʻlov notoʻgʻri toʻlanganda — olinmay qolgan yoki notoʻgʻri toʻlangan ustama toʻlov summasi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiymati eʼlon qilingan posilkalar, banderollar va xatlar, shuningdek pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini joʻnatish yoki yetkazib berish (topshirish) nazorat muddatlaridan koʻproq ushlab qolinganda — ushlab qolingan har bir kun uchun pochta aloqasi xizmatiga toʻlangan summaning bir foizi miqdorida, lekin ushbu xizmatga toʻlangan summadan koʻp boʻlmagan miqdorda neustoyka. Zararlarning oʻrni joʻnatuvchilarning yoki adresatlarning talabiga binoan qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aviajoʻnatmalarni (banderollar, posilkalarni) joʻnatish yoki yetkazib berish (topshirish) nazorat muddatlaridan koʻproq ushlab qolinganda — avia- va yer usti transportida joʻnatish oʻrtasidagi toʻlov farqi miqdorida va bundan tashqari yer usti transporti orqali joʻnatishning nazorat muddatlaridan koʻproq ushlab qolingan har bir sutka uchun — ushbu modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisiga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻlomlashtirish muassasalariga yoʻllanmalar, avia- va yer usti transporti yoʻl chiptalari solingan qiymati eʼlon qilingan xatlarni joʻnatish yoki topshirish nazorat muddatlaridan kechikkanligi tufayli ulardan foydalanish muddatlari oʻtib ketganda — yetkazilgan zararning ikki baravari miqdorida, lekin joylanma roʻyxatida eʼlon qilingan qiymatning ikki baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda hamda pochta aloqasi xizmati uchun toʻlangan summa miqdorida neustoyka;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari yoʻqotilganda, buzilganda (shikastlanganda), joylanmalar yetishmaganda, topshirilmaganda, pul mablagʻlarining xalqaro pochta oʻtkazmalari amalga oshirilmaganda — yetkazilgan zararning oʻrnini Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan aniqlanadigan miqdorda qoplash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta va kuryerlik joʻnatmalarining yoʻqolganligi, buzilganligi (shikastlanganligi), topshirilmaganligi yoki ularni joʻnatish muddatlari buzilganligi uchun, agar bu yengib boʻlmas kuch yoki pochta va kuryerlik joʻnatmalari joylanmasining xususiyatlari tufayli sodir boʻlganligi isbotlansa, shuningdek pochta va kuryerlik joʻnatmalarini bojxona koʻrigidan oʻtkazish muddatlari buzilganligi yoki ularning bojxona organlari tomonidan olib qoʻyilganligi uchun pochta aloqasining operatorlari va provayderlari javobgar boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchilarning javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchilar pochta aloqasi xizmatlarining boshqa foydalanuvchilariga, pochta aloqasi operatorlari yoki provayderlariga yetkazilgan, joʻnatilishi taqiqlangan predmetlar va moddalarni pochta va kuryerlik joʻnatmalariga joylash natijasida yoki ular lozim darajada oʻralmaganligi natijasida yuzaga kelgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Qalbaki pochta toʻlovining davlat belgilarini tayyorlaganlik, sotganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qalbaki pochta toʻlovining davlat belgilarini sotish maqsadida tayyorlaganlikda yoki sotganlikda, shuningdek bila turib, frankirlash mashinalarining qalbakilashtirilgan tamgʻa izlaridan foydalanganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Talabnomalarni taqdim etish tartibi va muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda foydalanuvchi pochta aloqasi operatori yoki provayderiga talabnoma taqdim etishga, shu jumladan yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta va kuryerlik joʻnatmalari topshirilmaganligi, oʻz vaqtida yetkazib berilmaganligi yoki yoʻqotilganligi, buzilganligi (shikastlanganligi) yoxud oʻtkazilgan pul mablagʻlari toʻlanmaganligi toʻgʻrisidagi talabnomalar pochta, kuryerlik joʻnatmalari yoki pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmasi topshirilgan kundan eʼtiboran olti oy davomida taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnomalar yozma shaklda taqdim etiladi va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnomalarga yozma javoblar quyidagi muddatlarda berilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir aholi punkti doirasida joʻnatiladigan (oʻtkaziladigan) pochta, kuryerlik joʻnatmalari hamda pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalariga doir talabnomalarga — besh kun ichida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa barcha pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalariga doir talabnomalarga — bir oy ichida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi operatorlari yoki provayderlariga pochta, kuryerlik joʻnatmasi va pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmasi qabul qilingan yoki joʻnatilishi belgilangan manzil boʻyicha talabnoma taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro pochta, kuryerlik joʻnatmalarini va pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini qidirib topish boʻyicha talabnomalar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi hamda xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan tartib va muddatlarda qabul qilinadi hamda koʻrib chiqiladi.
(30-moddaning oltinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalari”ning (roʻyxat raqami 2219, 18.04.2011-y.) VII bobi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasining tashkil etilishi va faoliyat koʻrsatishi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(31-moddaning matniOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Pochta aloqasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(32-moddaOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 17-son, 209-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)