1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.01.00 Umumiy qoidalar;
3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAVLAT UY-JOY SIYOSATINING ASOSLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik, Uy-joy kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda “Davlat uy-joy siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi 2007-yil 8-yanvardagi OʻRQ-77-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy sohasi — davlat iqtisodiy qudratining bir qismi boʻlib, uy-joy va muhandislik inshootlarini qurish, qayta qurish, asrash, saqlash, taʼmirlashni oʻz ichiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy fondi — inson yashashi uchun yaroqli boʻlgan uy-joy binolaridan, shu jumladan turar joy binolari, kvartiralar, xizmat uy-joylari, maxsus uylar (yotoqxonalar, internat-uylar, yolgʻiz qariyalar uchun uylar va hokazo) hamda boshqa uy-joy binolaridan iborat fond;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompensatsiya — uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash uchun fuqarolarga yordam tariqasida davlat tomonidan beriladigan pul mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy sohasidagi koʻchmas mulk — egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlari belgilab qoʻyilgan quyidagi mol-mulk:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— turar joy binolari yashashga moʻljallangan hamda moʻljallanmagan xonalari bilan birga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— tomorqa xoʻjalik imoratlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— obodonlashtirish unsurlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— qurilishi tugallanmagan turar joy binolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— uy-joy sohasi muhandislik infrastrukturasining inshootlari va unsurlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy maydonining ijtimoiy normasi — uy-joy maydonining bir kishiga toʻgʻri keladigan, sanitariya-gigiyena normalari va qoidalari talablariga mos oʻlchamlari boʻlib, shunga qarab uy-joy xonalari, uy-joy va kommunal xizmatlarga haq toʻlash yuzasidan kompensatsiyalar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Davlat uy-joy siyosatining asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy siyosatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir fuqaro oʻz ehtiyojlari va imkoniyatlariga qarab uy-joy qurishi, uni mulk qilib olishi, ijaraga olishi mumkin boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy fondini rivojlantirish va asrash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobida turuvchi fuqarolarga davlat munitsipal uy-joy fondidan uy-joy berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam taʼminlangan toifalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha davlat aniq maqsadli kommunal-uy-joy fondi hisobidan uy-joy bilan taʼminlash, shuningdek ularga kommunal xizmatlarga haq toʻlash va uy-joydan foydalanishda kompensatsiyalar berish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-son “Davlat uy-joy fondi xususiylashtirilishi munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 13-apreldagi PF-3596-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Uy-joy kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha oylik kompensatsiya pul toʻlovlari eng kam ish haqiga nisbatan tabaqalashtirilgan miqdorlarda beriladigan shaxslar imtiyozli toifalarining yangilangan roʻyxati va “Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻgʻrisida”gi nizomining I-boʻlimi (roʻyxat № 1232, 15.04.2003-y.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobida turuvchi fuqarolarga uy-joy qurish, uni qayta qurish, taʼmirlash hamda sotib olish uchun kreditlar va ssudalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan yosh oilalarga uy-joy qurish yoki olishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy qurish, uni qayta qurish va saqlashni davlat tomonidan iqtisodiy va moliyaviy omillar tizimi orqali ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qulay va shinam uy-joylar, qoʻrgʻoncha shaklidagi kam qavatli turar joy binolari barpo etish koʻlamini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga ijtimoiy-maishiy, madaniy va boshqa xizmatlar koʻrsatadigan zarur infrastrukturasi boʻlgan qulay hayotiy muhit yaratish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining uy-joy siyosati sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy sohasini rivojlantirish yuzasidan yaxlit, davlat dasturlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy xoʻjaligi va kommunal xizmat koʻrsatish davlat boshqaruvi organlari faoliyatiga rahbarlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarga ijara, almashtirish shartnomasi boʻyicha uy-joy binolarini taqsimlash va berish, shuningdek ularni sotish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy va kommunal xizmatlar uchun haq toʻlash tizimini tartibga solib turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompensatsiya, kredit hamda ssudalar berish yoʻllari va shartlarini tartibga solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy fondidan foydalanish va uning asralishini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi, aholiga kommunal xizmat koʻrsatishni rivojlantirishning istiqbolli dasturlari va chizmalarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy egalari hamda uy-joy fondiga xizmat koʻrsatuvchi, uni taʼmirlovchi korxonalar, shuningdek aholiga kommunal xizmat koʻrsatuvchi korxonalar uy-joy fondidan texnikaviy foydalanish norma va qoidalariga rioya etishlarini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining uy-joy fondidan foydalanish va uni asrash masalalari yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan normativ hujjatlari davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va jismoniy shaxslar ijro etishi uchun majburiydir.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy-joy siyosati sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy-joy siyosati sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy sohasidagi qonun hujjatlarining ijrosini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy fondini hisobga olish, fuqarolarga ijara shartnomalari boʻyicha uy-joy binolarini taqsimlash va berish, shuningdek ularni sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy binolarini oʻz vazifasi boʻyicha foydalanish uchun yuridik shaxslarga ijara (mulk ijarasi) shartnomasi shartlari asosida berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy qurilishida qatnashuvchi fuqarolar va yuridik shaxslar uchun imtiyozlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud uy-joy fondidan foydalanish va uni asrash, uning xizmat muddatlarini uzaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan qatlamlari uchun uy-joy qurish va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibda uy-joy quruvchilarga yer uchastkalari ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy fondiga xizmat koʻrsatuvchi kommunal, ijtimoiy va transport infrastrukturasi obyektlarini tegishli holda saqlash va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat uy-joy fondini band qilib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va boshqa uy-joy fondlarining uy-joylarini almashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining uy-joy siyosatini amalga oshirishdagi ishtiroki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarga uy-joy fondidan foydalanishda hamda uning asralishini taʼminlashda koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy qurish va uy oldidagi hududlarga qarab turish qoidalariga rioya qilinishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va jamoat organlariga fuqarolarning uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Fuqarolarning, ijarachilar va mulkdorlar jamoat birlashmalarining uy-joy xoʻjaligini boshqarishdagi huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar, ijarachilar va uy-joy mulkdorlarining jamoat birlashmalari oʻz istiqomat joylaridagi uy-joy fondini boshqarishda qatnashish, uy-joy qurish, unga xizmat koʻrsatish uchun taʼmirlash-foydalanish va boshqa tashkilotlarni tanlash, shuningdek uy-joy va kommunal xizmatlar uchun sarflanadigan xarajatlar hamda uy-joy va kommunal xizmatlar narxlarini shakllantirish ustidan nazorat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Uy-joy fondidan foydalanishda fuqarolar va yuridik shaxslarning majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar va yuridik shaxslar quyidagilarni bajarishlari shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy, yordamchi xonalar va uskunalardan, uy oldidagi va qoʻrgʻon oldidagi hududlardan, shuningdek umumiy foydalaniladigan joylardan ularning vazifasiga muvofiq, boshqa fuqarolar va yuridik shaxslarning uy-joyga doir, oʻzga huquq va erkinliklariga zarar yetkazmagan holda foydalanish, tashqi obodonlashtirish obyektlarini asrab-avaylash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joylarning asralishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan sanitariya-gigiyena, ekologiya, arxitektura-shaharsozlik, yongʻinga qarshi va foydalanishga doir talablarni bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joylarni saqlab turish va taʼmirlash, kommunal xizmatlar haqini, koʻchmas mulk soligʻi va uy-joy kreditlari boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat korxonalarini koʻp kvartirali turar joy binolarida joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Mulk egasining oʻziga qarashli turar joy binosida korxona, muassasa, tashkilotni joylashtirishiga bunday bino qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yashashga moʻljallanmagan joyga aylantirilganidan keyingina yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy fondidan foydalanish va uni asrash majburiyatlarini bajarmayotgan shaxslar qonunga muvofiq javobgar boʻladilar.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. UY-JOY SOHASIDAGI MULK
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Uy-joy sohasidagi koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sohasidagi koʻchmas mulk xususiy mulk, davlat mulki, shuningdek jamoat tashkilotlarining mulki boʻlishi hamda qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda mulkchilikning bir shaklidan boshqa shakliga oʻtishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat uy-joy mulki huquqining subyektlaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy mulki huquqi muddatsiz boʻlib, shaxsning oʻziga tegishli uy-joy binosiga oʻz xohishi va manfaatlariga qarab egalik qilish, undan foydalanish va uni boshqarish, shuningdek oʻzining mulk huquqi buzilishini bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Uy-joy binolarining koʻrinishini oʻzgartirishga, ularni qayta qurish yoki buzishga boshqaruv organlarining tegishli ruxsatnomasi boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sohasidagi koʻchmas mulk yoki uning bir qismining xususiy mulkligi miqdor, oʻlcham va qiymat jihatidan cheklanmaydi va u mahalliy davlat hokimiyati organlarida roʻyxatga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Uy-joy fondining turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy fondi xususiy va davlat uy-joy fondlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy uy-joy fondiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning mulki boʻlgan uy-joy fondi (yakka tartibdagi turar joy binolari, xususiylashtirilgan, qurilgan hamda olingan kvartiralar va uylar, uy-joy hamda uy-joy qurilish kooperativlariga qarashli uylardagi pay badallari toʻliq miqdorda toʻlangan kvartiralar, fuqarolar tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarda mulk qilib olingan kvartiralar va uylar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari hamda boshqa nodavlat yuridik shaxslarning mulki boʻlgan hamda ularning mablagʻlari hisobidan qurilgan yoki kim oshdi savdosida yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarda olingan uy-joy fondi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy budjetga tushgan soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan munitsipal uy-joy fondi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan barpo etilgan, shuningdek xususiy, munitsipal uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam taʼminlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanilayotgan aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining toʻla xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida boʻlgan idoraga qarashli uy-joy fondi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Umumiy mulkdagi uy-joy binolariga egalik qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy mulkdorlardan har birining ulushi aniqlab qoʻyilgan (ulushli mulk) yoki ulushlar aniqlab qoʻyilmagan (birgalikdagi mulk) holda umumiy mulk boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy ulushli mulkda mustaqil ravishda boshqa shaxsga berish mumkin boʻlmagan obyektlarga quyidagilar kiradi: uylarning umumiy joylari, ustun va toʻsinlar, kvartira tashqarisidagi yoki ichkarisidagi, bittadan ortiq kvartiraga xizmat qiluvchi mexanik, elektr, sanitariya-texnika va boshqa qurilmalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyning umumiy mol-mulkidagi, kvartiralar mulkdorlari ulushining miqdori hamda mazkur mol-mulkni saqlash va asrash xarajatlarini mulkdorlar oʻrtasida taqsimlash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 125 va 126-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-bobiga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kvartira mulkdori turar joy binosining umumiy mol-mulkidagi oʻz ulushini boshqa shaxsga berishga, shuningdek bu ulushning kvartiraga boʻlgan mulk huquqidan alohida tarzda boshqa shaxsga oʻtishiga olib keluvchi oʻzga harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Mulkchilik munosabatlarining oʻzgarishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini mulkchilikning boshqa shakliga oʻtkazish yoki tugatish chogʻida ularning toʻla xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida boʻlgan uy-joy fondi ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar huquqiy vorislarining (agar ular aniqlangan boʻlsa), boshqa yuridik shaxslarning toʻla xoʻjalik yuritishiga yoki operativ boshqaruviga yoxud belgilangan tartibda fuqarolarning barcha uy-joy huquqlarini, shu jumladan uy-joyni xususiylashtirish huquqini saqlagan holda mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuritishiga oʻtkazilishi lozim. Bunda uy-joyning yangi egasi ilgari tuzilgan ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchiga aylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Uy-joy sohasida koʻchmas mulkni majburiy ravishda olib qoʻyishning cheklanishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sohasida koʻchmas mulkning majburiy ravishda olib qoʻyilishiga faqatgina sudning qarori asosida, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 199-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. UY-JOY FONDIDAN FOYDALANISh. FUQAROLARNI UY-JOY BILAN TAʼMINLASh
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Uy-joy binosini ijara shartnomasi boʻyicha berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondiga qarashli uylardagi uy-joy binolari uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarga ijara shartnomasi boʻyicha uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun tuzilgan mavjud navbatga muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qaroriga binoan beriladi. Uy-joy berish tartibi va imtiyozlar roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari respublika kengashining 1984-yil 26-sentabrdagi 494-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston SSRda uy-joy sharoitini yaxshilash muhtoj boʻlgan fuqarolarni roʻyxatga olish va uy-joy binolarini taqsimlash qoidalari”, Jon boshiga oʻrtacha oylik daromadi eng kam ish haqidan past boʻlgan taqdirda ijaraga olish shartnomasi boʻyicha kommunal uy-joy fondidan turar joy beriladigan fuqarolar toifalarining roʻyxati (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilova).
LexUZ sharhi
Shuningdek, qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksining 38 — 47-moddalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga xususiy mulk sifatida qarashli boʻlgan uy, kvartirani ijaraga olish shartnomasining shartlari taraflarning kelishuviga muvofiq belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 600 — 616-moddalari.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Uy-joy binosini ijaraga olish huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy binosini ijaraga olish huquqi davlat uy-joy fondiga qarashli uylardan qonun hujjatlarida belgilangan uy-joy maydonining ijtimoiy normasi doirasida uy-joy binolarini oluvchi fuqarolarga beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 42-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondiga qarashli uylarda ijara shartnomasi boʻyicha yashovchi fuqarolarning bu uylarda yashaydigan boshqa fuqarolar koʻchib ketgan taqdirda uy-joy binosini egallab turgan maydonidan qatʼi nazar ijaraga olish huquqi saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar uy-joyni bergan davlat hokimiyati organlariga yoki korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga ijtimoiy normadan ortiqcha maydonga ega boʻlgan uy-joy binolarini ijtimoiy norma doirasidagi uy-joy binolariga almashtirib berish toʻgʻrisida iltimos bilan murojaat qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy binolarini ijaraga olish shartnomasi mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari tomonidan uy-joy maydoni oluvchi fuqarolar bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 600-616-moddalari, Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1987-yil 22-iyuldagi 309-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va jamoat uy-joy fondidan turar joylarni ijaraga berish qoidalari”, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-yanvardagi 24-sonli “Xizmat turar joylari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi toʻgʻrisidagi Nizomning IV-boʻlimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Ijara shartnomasi boʻyicha uy-joy va kommunal xizmatlarga haq toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joyga haq toʻlash, kommunal xizmatlardan foydalanish normativlari, ularning tariflari va narxlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan aniqlanadigan tartibda belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-iyuldagi 271-sonli “Uy-joy-kommunal xizmatlarning oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashiga bosqichma-bosqich oʻtish munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy maydoni ijtimoiy normadan ortiq boʻlgan taqdirda mahalliy davlat hokimiyati organlari fuqarolarga ijara shartnomasi boʻyicha uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlashda belgilangan imtiyozlardan tashqari qoʻshimcha imtiyozlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy binolarini ikkilamchi ijaraga topshiruvchi ijarachilar kompensatsiya olish huquqini yoʻqotadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar uy-joy-kommunal xizmatlari haqi qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan muddatda toʻlanmasa, uy-joy binosini ijaraga olish shartnomasi sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.03.00 Uy-joy binosini ijaraga olish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Uy-joy binolarini ijaraga berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy fondi mulkdorlari har qanday maydonga ega boʻlgan kvartiralar va uylarni ulardan bevosita vazifasiga muvofiq foydalanish uchun ijara shartnomasiga asosan yuridik shaxslarga berish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijara tartibi, muddatlari va shartlari ijaraga oluvchi bilan mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs (organ) oʻrtasidagi shartnomada belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondiga qarashli uylar ularda yashovchi voyaga yetgan barcha fuqarolarning roziligisiz boshqa shaxslarga ijaraga berilishi, shuningdek maxsus uylar hamda ulardagi uy-joy binolari ijaraga berilishi mumkin emas.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.03.00 Uy-joy binosini ijaraga olish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Ijara boʻyicha uy-joylar va kommunal xizmatlar haqini toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijara boʻyicha uy-joylar va kommunal xizmatlar haqini toʻlash ijaraga oluvchi bilan mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs (organ) oʻrtasidagi shartnomada belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy binolari uchun ijara haqi shartnomada belgilangan muddatda toʻlanmagan taqdirda ijara shartnomasi sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.02.00 Mulk huquqining vujudga kelishi va uning bekor boʻlishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Fuqarolarning uy-joylarni xususiy mulk qilib olishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar uy-joylarni ularning soni, katta-kichikligi cheklanmagan holda quyidagi yoʻllar bilan xususiy mulk qilib olish huquqiga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibda uy-joy qurish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 28-iyuldagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston SSRda yakka tartibda uy-joy qurish toʻgʻrisida”gi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibda imorat quruvchilarning shirkatlari tomonidan uy-joy qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy va uy-joy qurilish kooperativlarida qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joylarni sotib olish-sotish va almashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meros qilib olish, hadya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniq maqsadda foydalaniladigan kommunal uy-joy fondidan tashqari davlat uy-joy fondiga qarashli uylardagi egallab turilgan uy-joy binolarini qonunda belgilangan tartibda xususiylashtirib olish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 551-sonli “Toshkent shahrida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni jadallashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 1993-yil 1-martdagi 114-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi qarorlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra ham uy-joylarni xususiy mulk qilib olishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondining sotishga moʻljallangan ulushi tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondiga qarashli kvartiralar va uylarni ularda yashayotgan voyaga yetgan fuqarolarning hamda uy-joy maydonini olish huquqiga ega boʻlgan boshqa shaxslarning roziligisiz xususiy mulk qilib sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Mulk huquqi asosida fuqarolarga qarashli boʻlgan uylardan foydalanish, ularni taʼmirlash va saqlab turish boʻyicha kommunal hamda boshqa xizmatlar haqini toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash bilan bogʻliq xarajatlar uy-joy mulkdorlari tomonidan toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp kvartirali uylardagi xususiylashtirilgan uy-joy binolarining mulkdorlari uyning muhandislik uskunalariga, umumiy foydalaniladigan joylarga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash hamda uy oldidagi hududni saqlab turish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlashda ushbu uyda oʻzlari egallab turgan umumiy maydonga mutanosib ravishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xususiylashtirilgan kvartiraga texnik xizmat koʻrsatish uchun tuzilgan shartnomaga binoan qatnashadilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan Turar joylarni va uy atrofidagi yerlarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 4-oktabrdagi 454-sonli qarori bilan tasdiqlangan Uy-joylarni uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruviga berish va uy-joy fondini saqlash va tuzatish masalalarida davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-apreldagi 178-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joyning umumiy foydalaniladigan joylariga texnik xizmat koʻrsatish va kommunal xizmatlar koʻrsatish boʻyicha namunaviy shartnoma (kontrakt) va Oʻzbekiston Respublikasi shaharlari va aholi yashaydigan punktlarida uy-joy fondini saqlash va taʼmirlash, va kommunal xizmatlarni koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni toʻlash toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat № 1173, 13.09.2002-y.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy egalari kommunal xizmatlar haqini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aniqlaydigan tartibda belgilab qoʻyiladigan tariflar boʻyicha toʻlaydilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-iyuldagi 271-sonli “Uy-joy-kommunal xizmatlarning oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashiga bosqichma-bosqich oʻtishi munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkida uy-joy binolari boʻlgan fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasi va kommunal xizmatlardan foydalanish normativlari doirasida uy-joydan foydalanish xarajatlari va kommunal xizmatlar haqini toʻlashni taʼminlaydigan kompensatsiyalar berilishi mumkin.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.06.00 Uy-joy binolarini almashtirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Uy-joy binolarini almashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aniq maqsadda foydalaniladigan kommunal uy-joy fondidan tashqari davlat uy-joy fondiga qarashli uylardagi uy-joy binosini ijaraga oluvchi oʻzi bilan birga yashaydigan voyaga yetgan oila aʼzolarining roziligi bilan oʻzi egallab turgan uy-joy binosini boshqa bir ijaraga oluvchi bilan, shu jumladan boshqa aholi punktida yashovchi bilan almashtirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondiga qarashli uylardagi uy-joy binosini ijaraga oluvchi uy-joy fondi mulkdorining yoki u vakil qilgan shaxs (organ)ning hamda oʻzi bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila aʼzolarining roziligi bilan ushbu binoni ijara shartnomasi boʻyicha huquq va majburiyatlarini uy (uy-joy binosi)ga boʻlgan mulk huquqini olish evaziga xususiy uy-joy fondi mulkdoriga topshirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy binolarini almashtirish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1985-yil 29-dekabrdagi 650-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston SSRda turar joylarni almashtirish qoidalari”, Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 4-apreldagi 162-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Grajdaninga shaxsiy mulk huquqida tegishli boʻlgan uy-joy (kvartirani) xalq deputatlari mahalliy Sovetlari, davlat, kooperativ va jamoat tashkilotlariga qarashli uylardagi boshqa turar joyga almashtirish tartibi haqida”gi qoʻllanma va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi toʻgʻrisida”gi nizomning VII-boʻlimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Uy-joy fondiga koʻchib kirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy binosiga berilgan order ijara shartnomasi boʻyicha uy-joy binosiga koʻchib kirish uchun asos boʻladi, ijara shartnomasi boʻyicha uy-joy binosiga koʻchib kirish uchun — ijara shartnomasi hamda koʻchib kirish uchun ijaraga oluvchi tomonidan berilgan hujjat, mulkdor uchun — mulk huquqini tasdiqlaydigan hujjat, xususiylashtirilgan kvartiraning mulkdori uchun esa — mulk huquqi haqidagi davlat orderi asos boʻladi. Fuqarolarning ijaraga olinayotgan, yoki mulk qilib olingan uy-joy binosiga koʻchib kirishini cheklashga faqat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 45 — 47-moddalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Davlat tomonidan bepul uy-joy berilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarga ularning uy-joylari buzilganida, avariya holatlari va tabiiy ofatlar roʻy berganida davlat tomonidan uy-joy bepul beriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.01.00 Asosiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. YERGA DOIR MUNOSABATLARNI, UY-JOY QURISh, UNI SAQLASh VA TAʼMIRLAShNI TARTIBGA SOLISh
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.11.00 Yerga boʻlgan huquqlarning bekor boʻlishi;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.12.00 Yerni olib qoʻyish natijasida yetkazilgan zarar va ziyonlarni qoplash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini olish, sotib olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar uy-joy qurish uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari olish huquqiga ega. Uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan muddatlarda belgilangan maqsadda foydalanish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar boshqa uy-joy binolari (uy-joy sohasida koʻchmas mulklari), shu jumladan boshqa aholi punktlarida ham, bor-yoʻqligidan qatʼi nazar uy-joy qurish uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari sotib olish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 27-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joy binolarini buzish mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori asosida ularga boshqa qulay va shinam uy-joy binosi mulk qilib berilganidan yoki ularning xohishiga koʻra uy-joy qurish yoxud eski uyni koʻchirish uchun avvalgisiga teng qiymatdagi yer uchastkasi ajratilib, koʻrgan zararlari toʻla qoplanganidan, shuningdek yer uchastkasini oʻzlashtirish davri uchun ijara shartnomasi shartlari asosida ikki yilgacha muddatga vaqtinchalik uy-joy berilganidan soʻng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Uy-joy fondini qurish, qayta qurish va taʼmirlash huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy fondini qurish, qayta qurish va taʼmirlash huquqi yakka tartibda imorat quruvchiga yoxud ushbu uy-joy fondi foydalanish uchun yoki ijaraga berib qoʻyilgan jismoniy yoki yuridik shaxsga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, shuningdek bunday huquqni mulkdor shartnoma asosida bergan yakka tartibda imorat quruvchiga beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 138-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy qurish, qayta qurish va taʼmirlash ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi toʻgʻrisida”gi nizomning VIII-boʻlimi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Joriy va tubdan taʼmirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlatga qarashli va xususiy uy-joy fondlarini joriy va tubdan taʼmirlash, shuningdek ulardan foydalanish uy-joy fondidan foydalanish, uni taʼmirlashning yagona qoidalari va normalariga soʻzsiz rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlatga qarashli uy-joy fondidan foydalanish va uni taʼmirlash tasarrufida va balansida ushbu uy-joy fondi boʻlgan korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari va uy-joylardan foydalanish tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi uy-joy binolaridan foydalanish va ularni taʼmirlash uy egalarining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Xususiylashtirilgan kvartiralar va uylardan, uy-joy va uy-joy-qurilish kooperativlariga qarashli uylardagi kvartiralardan foydalanish va ularni taʼmirlash, shu jumladan tubdan taʼmirlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Uy-joy fondidan foydalanishning texnik norma va qoidalari (roʻyxat. № 616, 01.02.1999-y.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Uy-joy fondini qurish, qayta qurish, saqlash va taʼmirlashda raqobatni rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy fondini loyihalash, qurish, qayta qurish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qoida tariqasida tanlov asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlatga qarashli uy-joy fondini saqlash va taʼmirlash xizmatlarini koʻrsatishga doir shartnomalar mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tomonidan, qoida tariqasida tanlov asosida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Uy-joy qurish yoki sotib olish chogʻida fuqarolarga kredit va ssudalar berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar uy-joy qurish yoki sotib olish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda kredit va ssudalar olish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 8-iyuldagi 339-son “Yakka tartibda uy-joy quruvchilarni va uy-joy qurilish kooperativlari aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 27-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
351-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 50-modda; 2001-y., 5-son, 89-modda)