1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Yoshlarga doir siyosat to‘g‘risida qonun hujjatlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hamda Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 21-apreldagi PQ-5088-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil qilish va boshqarish, ularga joylashtirish uchun yosh tadbirkorlik subyektining investitsiya loyihalarini tanlab olish va joylashtirish, ularda joylashgan binolar va inshootlarni xususiylashtirish, shuningdek, tijorat banklari tomonidan qurilgan bino va inshootlarni lizing yoki ijaraga berish tartibini nazarda tutuvchi Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalari, jamg‘arma faoliyatini boshqarish, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish, shuningdek, uning mablag‘laridan foydalanishga doir hisobot va nazorat yuritish tartibini nazarda tutuvchi Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh tadbirkorlik subyekti o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan hamda yuridik shaxs maqomida yoki ta’sischilari sifatida sanoat yoki xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida investitsiya loyihasini amalga oshirish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha yosh tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining mablag‘lari tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voitov) Yoshlar ishlari agentligi, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2021-yilning 20-mayigacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-sentabrigacha 77 ta hamda 2022-yil 1-yanvarigacha 142 ta Yoshlar sanoat zonalarini ishga tushirilishini nazarda tutuvchi ish reja ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimi doirasida nazarda tutilgan imkoniyatlar va imtiyozlar to‘g‘risida yoshlar orasida keng targ‘ibot ishlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 25-dekabrgacha — Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining kelgusi yil uchun ish rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 20-yanvargacha — Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larining taqsimlanishi bo‘yicha yillik hisobotni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi (Umurzakov) bir oyda kamida bir marotaba Yoshlar sanoat zonalarini tashkil qilish hamda Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligini tanqidiy muhokama qilsin hamda har chorak yakuni bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritib borsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 605-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/605/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 10-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
294-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-maydagi 294-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari va ularning faoliyatini tashkil etish, shuningdek, ushbu zonalar hududlarida amalga oshirish uchun yosh tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini tanlab olish va joylashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh tadbirkorlik subyekti — o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan hamda yuridik shaxs maqomida yoki ta’sischilari sifatida sanoat yoki xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida investitsiya loyihasini amalga oshirish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari (keyingi o‘rinlarda — Yoshlar sanoat zonalari) — tegishli hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yoshlar bandligini, eng avvalo “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning bandligini ta’minlash va yosh tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratilgan maxsus hudud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektining o‘z mablag‘lari — Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektining mablag‘lari, shu jumladan, hisobvarag‘idagi mablag‘lar, kredit mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladigan mablag‘lar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 432-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.07.2024-y., 09/24/432/0535-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil qilish va boshqarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yoshlar sanoat zonalari faqat muhandislik-texnik kommunikatsiyalari mavjud bo‘lgan yoki o‘tkazish oson bo‘lgan, faoliyat ko‘rsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer maydonlarida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yoshlar sanoat zonalarini tashkil etish va faoliyat ko‘rsatayotgan Yoshlar sanoat zonalari hududining chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar sanoat zonalari hududining chegaralari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarorlariga asosan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Yoshlar sanoat zonalarini tashkil etish yoki faoliyat ko‘rsatayotganlarining chegaralarini o‘zgartirish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mo‘ljallangan yer maydonlari chegaralari chizib ko‘rsatilgan yer-kadastr rejasining ko‘chirma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mo‘ljallangan chegaralarda joylashgan yerlarning tarkibi, yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, yer maydonlari ijarachilarining va mulkdorlarining (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) ro‘yxati hamda ularning Yoshlar sanoat zonalari tashkil etilishiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yozma shaklda berilgan roziligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududdagi kommunikatsiyalar bilan ta’minlanganlik darajasini tahlil qilish natijalari asosida ishlab chiqilgan Yoshlar sanoat zonalarini yo‘l-transport, muhandislik kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash bo‘yicha dastur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim qilingan hujjatlarni bir hafta muddatda o‘rganib chiqib, Yoshlar sanoat zonalarini tashkil etish va faoliyat ko‘rsatayotgan Yoshlar sanoat zonalarining chegaralarini o‘zgartirishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan xulosani Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasi kelib tushgan hujjatlarni o‘n kunlik muddatda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining xulosasi va Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar asosida ko‘rib chiqadi hamda ko‘rib chiqish natijalarini Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari boshliqlari Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyalar (keyingi o‘rinlarda — Yagona direksiyalar) bilan birgalikda Yoshlar sanoat zonalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi, ularni rivojlantirish hamda faoliyatini samarali tashkil etish choralarini ko‘radi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yagona direksiyalar Yoshlar sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish doirasida quyidagilarni amalga oshiradi:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning har bir bosqichida yosh tadbirkorlik subyektining hamda tegishli davlat organlarining o‘zaro hamkorligini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan, shu jumladan mavjud byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha masalalarni hal etishga doir ishlarni tashkillashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarini ajratilgan yer maydonlari chegarasigacha yetarli quvvatda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va zarur infratuzilma bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalari bo‘yicha ular foydalanishga topshirilgunga qadar bo‘lgan jarayonning to‘liq monitoringini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi Yoshlar sanoat zonalari hududidagi yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar va xizmatlar haqidagi ma’lumotlar bazasini yuritadi va ularga yetakchi xalqaro elektron savdo maydonlariga chiqarishda ko‘maklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalari Yagona direksiyalar bilan birgalikda:
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimi doirasida nazarda tutilgan imkoniyatlar, imtiyozlar, amaliy ko‘maklashuv chora-tadbirlari yuzasidan yoshlar orasida keng targ‘ibot ishlarini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning tadbirkorlik g‘oyalarini amalga oshirish maqsadida loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun “loyihalar fabrikasi”ga yo‘naltiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar sanoat zonalari hududida yosh tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini amalga oshirilishini va ularning davlat tashkilotlari bilan samarali hamkorligini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh tadbirkorlik subyektining eksport salohiyatini oshirish maqsadida har oyda mahalliy va xorijiy kompaniyalarni, mutaxassislarni jalb qilgan holda motivatsion biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlar tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh tadbirkorlik subyektlarini ishlab chiqarilgan mahalliy mahsulotlarni eksport qilishdagi mavjud imtiyozlar va preferensiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalari “loyihalar fabrikasi” bilan birgalikda loyiha-takliflari asosida loyiha biznes-rejasini ishlab chiqishda, shuningdek moliyalashtirish uchun buyurtmanoma taqdim etilgan investitsiya loyihalariga doir loyihaoldi hujjatlarini ko‘rib chiqish va tayyorlashda yosh tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam ko‘rsatadi.
(3-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 105-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida investitsiya loyihalarini joylashtirish tartibi
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 105-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Yoshlar sanoat zonalari hududida yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali ajratiladi, bo‘sh bino va inshootlar (davlat ko‘chmas mulk obyektlari) shartnoma asosida ijara to‘lovlari har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun belgilanadigan ijara to‘lovining eng kam miqdoridan oshmagan stavkalar bo‘yicha belgilangan tartibda ijaraga beriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Yoshlar sanoat zonalari hududlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun elektron onlayn-auksion orqali yer ijaraga olinganda, ijara to‘lovlari loyiha ishga tushgunga qadar, biroq 2 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga kechiktirib to‘lanishi mumkin.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan investitsiya loyihasi Yoshlar sanoat zonalari hududiga joylashtirilgan kundan boshlab uch oy davomida loyihani amalga oshirish bo‘yicha choralar ko‘rilmasligi, shuningdek, ishlab chiqarish maydonlari va (yoki) yer maydonlaridan ularga doir uzoq muddatli ijara shartnomada ko‘rsatilgan maqsaddan tashqari foydalanilishi ajratilgan yer maydoni yoki ishlab chiqarish maydonlarini qaytarib olish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hududida joylashgan binolar va inshootlarni xususiylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Yoshlar sanoat zonalari hududida loyiha tashabbuskorlari quyidagi huquqlardan foydalanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z mablag‘lari hisobidan qurilgan binolar va inshootlarga egalik huquqini qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonuni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z mablag‘lari hisobidan rekonstruksiya qilingan yoki kapital ta’mirlangan bino va inshootlarni yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan amalga oshirilgan investitsiya loyihasi foydalanishga topshirilgan sanadan boshlab uch yildan keyin, rekonstruksiya qilish yoki kapital ta’mirlash xarajatlarini chegirib tashlagan holda, belgilangan tartibda aniqlanadigan baholash qiymati bo‘yicha xususiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya majburiyatlarini to‘liq bajarish sharti bilan (o‘z mablag‘lari hisobidan rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni amalga oshirmasdan), biroq investitsiya loyihasini amalga oshirish yakunlangan sanadan boshlab besh yildan keyin to‘lovlarni besh yil mobaynida teng ulushlarda amalga oshirish huquqi berilgan holda, belgilangan tartibda aniqlanadigan baholash qiymati bo‘yicha xususiylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
251. Yagona direksiyaning tegishli qarorining qabul qilinishi Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektlari tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan muddatlar tugagandan so‘ng o‘zlari qabul qilgan barcha investitsiya majburiyatlari bajarilganining tasdig‘i hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda kiritilgan investitsiyalar miqdori Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan jalb etiladigan tashkilotlarning nazorat o‘lchovi va auditorlik tashkilotining hisoboti asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
252. Yagona direksiya zaruratga ko‘ra, investitsiya majburiyatlari bajarilishini qabul qilish bo‘yicha komissiya tashkil etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
253. Yagona direksiya quyidagi asoslarga ko‘ra investitsiya majburiyatlari bajarilishini qabul qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan investitsiya majburiyatlari to‘liq bajarilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti o‘z faoliyatini loyihada ko‘rsatilgan quvvatda amalga oshirmaganda yoki investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektiga mazkur Nizomga muvofiq yer uchastkalari hamda davlat ko‘chmas mulk obyektlari (ularning bir qismi) ajratib berilmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti Yagona direksiyaning investitsiya majburiyatlari bajarilishini rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan belgilangan tartibda sudga murojaat etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
254. Yoshlar sanoat zonalari hududidagi davlat ko‘chmas mulk obyektlari (ularning bir qismi) mazkur Nizomga 4-ilovadagi sxemaga muvofiq xususiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya majburiyatlarini bajargan Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti davlat ko‘chmas mulk obyektlarini (ularning bir qismini) xususiylashtirish uchun quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda Yagona direksiyaga ariza bilan murojaat qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimga asosan davlat ko‘chmas mulk obyektlari (ularning bir qismi) qabul qilingan kundan boshlab xususiylashtirishga ariza berilgan davrda Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan rekonstruksiya qilingan yoki kapital ta’mirlangan davlat ko‘chmas mulk obyektlari (ularning bir qismi) bo‘yicha nazorat o‘lchovi hamda Yoshlar sanoat yosh tadbirkorlik subyekti maqomini olganiga kamida uch yil bo‘lganini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti maqomini olganiga kamida besh yil bo‘lganini tasdiqlovchi hujjat va davlat ko‘chmas mulk obyektlariga (ularning bir qismiga) Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan Yagona direksiya bilan kelishilgan holda ularga qilingan xarajatlar bo‘yicha nazorat o‘lchovi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
255. Yagona direksiya besh ish kuni ichida davlat ko‘chmas mulk obyektlarini (ularning bir qismini) xususiylashtirish bo‘yicha tegishli hujjatlarni (investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni bajarilganligi to‘g‘risida Yagona direksiya qarori, kadastr hujjati, nazorat o‘lchovi, Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektiga ijara haqidan chegirma berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot) ilova qilgan holda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
256. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi mazkur Nizomning 255-bandida nazarda tutilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, xulosa kelib tushgan paytdan boshlab uch ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlarni Yagona direksiyaga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
257. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ko‘chmas mulk obyektlarini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq besh ish kuni ichida davlat ko‘chmas mulki obyektini xatlovdan o‘tkazish to‘g‘risida balansda saqlovchiga yozma talabnoma yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
balansda saqlovchi tomonidan taqdim etilgan materiallar va hujjatlar ko‘rib chiqilgandan yetti kun muddatda baholovchi tashkilotni belgilangan tartibda jalb etadi. Bunda baholovchi tashkilotni jalb etish uchun ishlab chiqilgan texnik shartda o‘n kun muddatda baholovchi tashkilot tomonidan davlat ko‘chmas mulk obyektini baholash to‘g‘risidagi hisobot va ushbu hisobotning ishonchliligini ekspertizadan o‘tkazish natijalari haqidagi ekspert xulosasida obyektning bugungi kundagi baholangan qiymati va Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan davlat ko‘chmas mulk obyektlariga (ularning bir qismiga) sarflangan xarajatlari chegirilgan holdagi qiymati, shuningdek, binoga sarflangan xarajatlarni chegirishda, avval mazkur Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektiga ijara haqi yuzasidan berilgan chegirmalar inobatga olinishi lozimligi ko‘rsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda baholovchi tashkilot jalb etilgandan so‘ng unga mazkur Nizomning 255-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni hamda balansda saqlovchining rahbari tomonidan imzolangan tegishli xatlovdan o‘tkazish dalolatnomalari, madaniy meros, fuqaro muhofazasi obyektlari va servitut mavjudligi hamda Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektiga ijara haqidan chegirma berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
258. Davlat ko‘chmas mulk obyektining bahosi baholovchi tashkilot tomonidan aniqlangandan keyin Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi bir ish kuni ichida Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektiga davlat ko‘chmas mulk obyektini baholangan qiymatda sotib olish bo‘yicha yozma taklif (shaxsan tilxat orqali yoki pochtadan topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali) taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan o‘tkazish natijalari haqida ekspert xulosasi olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektining davlat ko‘chmas mulk obyektini sotib olish yuzasidan roziligi olingan taqdirda, o‘n ish kuni ichida davlat ko‘chmas mulk obyektini Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri oldi-sotdi shartnomasi tuzish orqali sotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti davlat ko‘chmas mulk obyektini sotib olishni rad etgan yoki bir oy muddatda munosabat bildirmagan taqdirda, davlat mulkini ijaraga olish bo‘yicha shartnomada belgilangan muddatda faoliyatini amalga oshirishga, shuningdek, ijaraga olish shartnomasi bo‘yicha muddat yakunlanganda, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga asosan qayta shartnoma rasmiylashtirishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taraflarning o‘zaro kelishuviga erishish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi sudlarida ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taraflar sudlarga murojaat qilishdan avval kelishmovchiliklarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
259. Davlat ko‘chmas mulk obyektlarini sotib olish uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati oldi-sotdi shartnomasi kuchga kirgan kundan boshlab besh yil ichida teng ulushlarda to‘lanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda to‘lovning 35 foizi bir oy ichida to‘lanishi lozim, agar to‘lanmagan taqdirda, Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha foizlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi sotilgan davlat ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha to‘lovlar va penya (yuzaga kelgan taqdirda) to‘liq hajmda qoplangan kundan boshlab besh ish kuni ichida Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektiga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2510. O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida Yoshlar sanoat zonalari hududidagi yer uchastkalari Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir ma’muriy reglament talablari asosida xususiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2511. Yoshlar sanoat zonalari hududida joylashgan va tadbirkorlarga berilgan hamda investitsiya bitimlari yoki shartnomalarda xususiylashtirilishi ko‘rsatilmagan davlat ko‘chmas mulk obyektlari investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni to‘liq bajargan ishtirokchilarga qonunga muvofiq xususiylashtirib beriladi.
(251 — 2511-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 432-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.07.2024-y., 09/24/432/0535-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Tijorat banklari tomonidan qurilgan bino va inshootlarni lizing yoki ijaraga berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga biriktirilgan tijorat banklari o‘zlariga biriktirilgan hududlardagi Yoshlar sanoat zonalarida o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan lizingga yoki ijaraga berish maqsadida bino va inshootlar qurishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar sanoat zonalari hududida quriladigan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish binolari birinchi bosqichda 2-3 qavat qilib, kelgusida 5 qavatgacha qurish imkonini beruvchi loyihalar asosida barpo etiladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tijorat banklari tomonidan qurilgan bino va inshootlarni yosh tadbirkorlik subyektlariga lizingga berishda ular boshlang‘ich to‘lov sifatida mazkur obyektlar qiymatining kamida 10 foizlik qismini to‘lashi talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tijorat banklari tomonidan yosh tadbirkorlik subyektiga bino va inshootlarni lizing yoki ijaraga berish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Yagona direksiyalar tomonidan investitsiya loyihalarining ma’qullanishi tijorat banki tomonidan bino va inshootlarning yosh tadbirkorlik subyektlariga lizing yoki ijara shartlari asosida ajratilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Yoshlar sanoat zonalari faoliyatini tugatish haqidagi qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Vazirlar Mahkamasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Shahar (tuman) hokimliklari hamda Yagona direksiyalar, investitsiya loyihasi Yoshlar sanoat zonalari hududiga joylashtirilgan yosh tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, manfaatdor tashkilotlar rahbarlari ushbu Nizom talablariga rioya etilishiga shaxsan mas’ul hisoblanadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ushbu Nizomning talablarini bajarishda yuzaga keladigan nizo va kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlariga muvofiq sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi to‘g‘risidagi nizomga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish va moliyalashtirish
SXEMASI
Mas’ul organ
Tadbirlar
Ko‘rib chiqish muddati
I. Yeshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida investitsiya loyihalarini joylashtirish
Yesh tadbirkorlik subyekti
Investitsiya loyihasiga doir takliflarini ishlab chiqadi.
Real vaqt rejimida
Loyihalar fabrikasi
Yosh tadbirkorlik subyektining loyiha-takliflari asosida loyiha biznes-rejasini ishlab chiqishda amaliy yordam ko‘rsatadi.
10 kalendar kuni ichida
Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyalar
Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududidagi yer uchastkalarini lotlarga ajratgan holda, elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarish uchun “Yerelektron” AATga kiritadi.
10 kalendar kuni ichida
Yosh tadbirkorlik subyekti
“E-auksion” savdo maydonchasi orqali yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasidan yer uchastkasini sotib olish uchun ariza kiritadi
Real vaqt rejimida
II. Ishlab chiqarish binolarini lizing va ijara asosida ajratib berish tartibi
Yosh tadbirkorlik subyekti
Ishlab chiqarish binolarini lizingga yoki ijaraga olish bo‘yicha mas’ul tijorat bankiga murojaat qiladi.
Real vaqt rejimida
Tijorat banki
Yesh tadbirkorlik subyektiga milliy valyutada yillik o‘simi (foydasi) 14 foiz miqdorida belgilangan holda ishlab chiqarish binolarini 7 yilga lizingga ajratish bo‘yicha yosh tadbirkor bilan shartnoma imzolaydi.
10 kalendar kuni ichida
III. Yesh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirish
Yosh tadbirkorlik subyekti
Investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida tegishli tijorat bankiga murojaat qiladi va belgilangan hujjatlar to‘plamini taqdim etadi.
Real vaqt rejimida
Tijorat banki
Jamg‘armadan moliyaviy resurslar olish uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bosh kelishuv tuzadi va mablag‘ ajratish bo‘yicha buyurtmanoma kiritadi.
Yosh tadbirkorlik subyekti arizasi qabul qilingandan keyin
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etish Jamg‘armadagi mavjud mablag‘lar doirasida, milliy valyutada 10 foiz stavkada, xorijiy valyutada 2 foiz stavkada amalga oshiriladi.
10 bank ish kuni ichida
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Tijorat banklari tomonidan kiritilgan buyurtmanomani ko‘rib chiqadi va ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha qabul qilingan qaror to‘g‘risida tijorat bankiga bildirishnoma yuboradi.
Bildirishnomada moliyaviy resurslar (to‘liq yoki qisman) ajratilishi yoki rad etilishi sabablari ko‘rsatiladi.
10 bank ish kuni ichida
Tijorat banki
Tijorat banki moliyaviy resurs ajratilishi ko‘rsatilgan bildirishnomani olgan kundan boshlab, belgilangan tartibda yosh tadbirkorlik subyekti bilan hujjatlarni rasmiylashtiradi.
Moliyaviy resurs ajratilishi rad etilgan hollarda bu to‘g‘risida buyurtmanoma bergan yosh tashabbuskorga ma’lum qiladi.
3 bank ish kuni ichida
Yosh tadbirkorlik subyekti
Moliyaviy resurs ajratilishi rad etilganda “Loyihalar fabrikasi” bilan birgalikda mavjud kamchiliklarni bartaraf etgan holda investitsiya loyihasini yanada puxta ishlab chiqadi va tegishli tijorat bankiga takroran taqdim etadi.
Real vaqt rejimida
Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyalar
Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil etish, ularda investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligini muvofiqlashtirib boradi.
Har oyda
(1-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 105-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
__________ shahar (tuman) hokimligiga
“______________________” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida joylashgan investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun
INVESTITSIYA BUYURTMANOMASI
1. Talabgor haqida ma’lumot:
Yosh tadbirkorlik subyektining nomi
Talabgor haqida ma’lumotlar, shu jumladan davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanasi va joyi, ta’sischisi(lari) va boshqalar
Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, ustav kapitalida ta’sischilar ulushlarining taqsimlanishi va ulushlar shakli
Talabgor tashkilot joylashgan yeri (pochta manzili)
2. Investitsiya loyihasi haqida ma’lumotlar:
Investitsiya loyihasining nomi
Investitsiya loyihasining tavsifi i maqsadi, shu jumladan rejalashtirilayotgan yillik mahsulot ishlab chiqarish quvvati
Ishlab chiqariladigan mahsulotning nomi, maqsadi va asosiy xususiyatlari
Mahsulot ishlab chiqarishning o‘rtacha yillik hajmi, shu jumladan eksport qilish va ichki bozor uchun mo‘ljallangan hajmlar (jismoniy va qiymat ifodasida)
Xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarning asosiy turlari (mahalliy va import), ularning tayyor mahsulotdagi ulushi (% da)
Xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarga bo‘lgan yillik ehtiyoj (so‘mda yoki AQSH dollari ekv.), shu jumladan mahalliy va import.
Mahsulot standartlari — O`zDst, ISO 9001 va ISO 14001 va boshqalar.
Ishlab chiqarish ishga tushgan sana
Tashkil etiladigan yangi ish o‘rinlarining soni, shu jumladan mahalliy ishchilar soni
3. Zarur maydon va infratuzilma haqidagi ma’lumot:
Talab etiladigan maydon (ga)
Talab etiladigan ishlab chiqarish maydoni (kv. metr)
Elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj (bir yilda kVt/soat), belgilanayotgan quvvat (kVt yoki MVt)
Tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoj (bir yilda kub. metr), bosim (atm.)
Ichimlik va texnik suviga (yiliga kub. metr) hamda kanalizatsiyaga bo‘lgan ehtiyoj
Mavjud tashlamalar, shu jumladan gazlar (nomi) kg yiliga yoki soatiga, qattiq chiqindilar (nomi) t/oyiga, suyuq chiqindilar (nomi) t/oyiga va boshqalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududidagi davlat ko‘chmas mulk obyektlarini (ularning bir qismini) xususiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Investitsiya majburiyatlarni bajargan
Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti
Davlat ko‘chmas mulk obyektlarini (ularning bir qismini) xususiylashtirish uchun Yagona direksiyaga ariza bilan murojaat qiladi.
Bitimda nazarda tutilgan muddatlar tugagandan so‘ng
2-bosqich
Yagona direksiya
Davlat ko‘chmas mulk obyektlarini (ularning bir qismini) xususiylashtirish bo‘yicha tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasiga taqdim etadi.
Besh ish kuni ichida
3-bosqich
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ko‘chmas mulk obyektlarini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq davlat ko‘chmas mulki obyektini xatlovdan o‘tkazish to‘g‘risida balansda saqlovchiga yozma talabnoma yuboradi.
Besh ish kuni ichida
2. Baholovchi tashkilotni jalb etadi va davlat ko‘chmas mulki obyektini baholatadi.
O‘n yetti kun muddatda
Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektiga davlat ko‘chmas mulk obyektini baholangan qiymatda sotib olish bo‘yicha yozma taklif (shaxsan tilxat orqali yoki pochtada topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali) taqdim etadi.
Bir ish kuni ichida
4-bosqich
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi,
Yagona direksiya,
Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti
Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektining davlat ko‘chmas mulk obyektini sotib olish yuzasidan roziligi olingan taqdirda, davlat ko‘chmas mulk obyektini Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri oldi-sotdi shartnomasi tuzish orqali sotadi.
O‘n ish kuni ichida
5-bosqich
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi
Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektiga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini beradi.
To‘lovlar va penya (yuzaga kelgan taqdirda) to‘liq hajmda qoplangan kundan boshlab besh ish kuni ichida
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 432-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.07.2024-y., 09/24/432/0535-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-maydagi 294-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish, ulardan foydalanish va nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamg‘arma yuridik shaxs maqomiga ega emas va uning mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) alohida ochilgan g‘azna hisobvaraqlarida jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Jamg‘armaning mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan 100 million AQSH dollar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va xususiy moliya tashkilotlarining qarzlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga belgilangan tartibda joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamg‘arma mablag‘lari tijorat banklari orqali yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan va importning o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish hamda xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish (bundan savdo, vositachilik, bino va inshootlar qurish sohasidagi loyihalar, shuningdek, davlat korxonalari va ustav jamg‘armasida davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar, aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchilar hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish holatlari mustasno);
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to‘qimachilik, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik, zamonaviy qurilish materiallari, hunarmandchilik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalaridagi loyihalarni moliyalashtirish va boshqa yo‘nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy xom ashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish hamda yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli texnologiyalar sohasida IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun tanlov asosida 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan grantlar ajratish.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-maydagi 303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2024-y., 09/24/303/0389-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Jamg‘arma faoliyatini boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 25-dekabrgacha Jamg‘armaning kelgusi yil uchun ish-rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar rejalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish, ulardan maqsadli va samarali foydalanish bilan bog‘liq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Jamg‘arma hisobidan ajratiladigan moliyaviy resurslar tijorat banklariga quyidagi shartlarda taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy resurslarni taqdim etish bir yo‘la bir tadbirkorlik subyekti uchun 100 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda 7 yilgacha muddat bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining qaroriga asosan moliyaviy resurslar tijorat banklari tomonidan bir yosh tadbirkorlik subyekti uchun bir yo‘la 100 ming AQSH dollari ekvivalentidan yuqori va 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda 7 yilgacha muddat bilan taqdim etiladi;
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 105-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiymati 500 ming AQSH dollari ekvivalentigacha bo‘lgan investitsiya loyihalarini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi, undan oshgan qismini qarorda nazarda tutilgan imtiyozlarsiz, tijorat banklari orqali umumiy tartibda taqdim etiladi;
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olingan moliyaviy resurslar bo‘yicha tijorat banki o‘z marjasi miqdorini yillik milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha 4 foiz, xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha 1 foizdan oshirmasdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy resurslardan foydalanish uchun alohida hisobvaraq ochilgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olingan moliyaviy resurslardan yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan maqsadli foydalanilishini monitoring qilib borish hamda moliyaviy resurslarni o‘z vaqtida qaytarilishi ustidan nazorat o‘rnatish asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy resurslar tijorat banklariga Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining qaroriga asosan bir yosh tadbirkorlik subyekti uchun bir yo‘la ekvivalentda 500 ming AQSH dollaridan oshmagan miqdorda 7 yilgacha muddat bilan taqdim etilishi mumkin. Bunda kredit miqdori ekvivalentda 500 ming AQSH dollarigacha bo‘lgan investitsiya loyihalari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi, undan oshgan qismi esa ushbu qarorda nazarda tutilgan imtiyozlarsiz, tijorat banklari orqali umumiy tartibda taqdim etiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 605-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/605/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tijorat banki Jamg‘armadan moliyaviy resurslar olish uchun Jamg‘arma bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bosh kelishuv tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, bosh kelishuvda mazkur Nizomda belgilangan shartlarni va tartiblarni inobatga olgan holda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari, moliyaviy resurslarni taqdim etish va ulardan foydalanish shartlari va muddatlari belgilab qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari rasmiy veb-saytlari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda bosh kelishuv tuzilgan banklar haqida doimiy ravishda ma’lumotlar yetkazib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tijorat banklari o‘zlarining ichki nizomlari qoidalari bilan bir qatorda yosh tadbirkorlik subyektini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishda quyidagi shartlarning bajarilishini tekshirib boradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbuskorning kredit qarzdorligi va salbiy kredit tarixi bo‘lmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma moliyaviy resurslari hisobidan avval olingan mablag‘lar to‘liq qaytarilgan bo‘lishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etish Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari doirasida, milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha 10 foiz stavkada, xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha 2 foiz stavkada amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bosh kelishuv tuzgan tijorat banki moliyaviy resurslar olish uchun Vazirlikka ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan shaklda buyurtmanoma taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmanoma to‘g‘ridan-to‘g‘ri, pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali tegishli tijorat banki mas’ul rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan holda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim etilgan buyurtmanomadagi ma’lumotlarning haqiqiyligi uchun tijorat banki javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tijorat banklari tomonidan kiritilgan buyurtmanoma Vazirlik tomonidan 10 kungacha muddat ichida ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmanoma moliyalashtirish turi, miqdori, muddati hamda mazkur Nizomda belgilangan boshqa talablarga va shartlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlik buyurtmanomani ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha qabul qilingan qaror to‘g‘risida pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali tijorat bankiga bildirishnoma (qaror nusxasini ilova qilgan holda) yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bildirishnomada moliyaviy resurslar (to‘liq yoki qisman) ajratilishi yoki rad etilishi sabablari ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tijorat banki moliyaviy resurslar ajratilishi ko‘rsatilgan bildirishnomani olgan kundan boshlab, uch ish kuni ichida belgilangan tartibda yosh tadbirkorlik subyekti bilan hujjatlarni rasmiylashtiradi hamda Vazirlikka mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha tijorat bankining mas’ul rahbari tomonidan imzolangan talabnoma va reyestrini kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu hujjatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri, pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banki moliyaviy resurs ajratilishi rad etilgan hollarda bu to‘g‘risida buyurtmanoma bergan yosh tashabbuskorga tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida ma’lum qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vazirlik tomonidan tijorat banklaridan mazkur Nizomning 8 va 10-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlar talab etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Jamg‘arma hisobidan tijorat banklariga yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun binolar qurish maqsadlariga moliyaviy resurslar Jamg‘armaning moliyaviy ko‘rsatkichlari va uning resurs bazasidan kelib chiqqan holda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tijorat banklariga yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida bino qurishga lizing asosida beriladigan moliyaviy resurslar milliy valyutada yillik 10 foiz miqdorida taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tijorat banklari tomonidan qurilgan binolarni yosh tadbirkorlik subyektiga lizing asosida berish milliy valyutada yillik 14 foiz stavkada amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Binolarni qurish, sotish va ijaraga yoki lizinga berish tijorat banklarining shu’ba tashkilotlari (investitsiya kompaniyalari) orqali ham amalga oshirish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Yosh tadbirkorlik subyekti boshlang‘ich to‘lov sifatida lizingga beriladigan bino qiymatining 10 foizini tashkil etadigan qismini to‘laydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tijorat bankiga moliyaviy resurslar taqdim etish rad etilishi uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 8 va 10-bandlarida nazarda tutilgan shartlardan biri yoki ularning bajarmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banki tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomada mazkur Nizomning 13-bandida belgilangan tartibda o‘rganishlar natijasida ishonchsiz va noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi yoki ma’lumotlar buzib ko‘rsatilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mazkur Nizomning 22-bandida ko‘rsatilgan holatlar va asoslardan ko‘ra boshqa sabablarga ko‘ra moliyaviy resurslar taqdim etish rad etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tijorat banki buyurtmanoma bo‘yicha rad etish to‘g‘risida bildirishnomada ko‘rsatilgan rad etish uchun asos bo‘lgan sabab va kamchiliklarini bartaraf etgan holda, bildirishnoma olgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida moliyaviy resurslar olish uchun Vazirlikka qayta buyurtmanoma taqdim etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Vazirlik buyurtmanoma takroran kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida unda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning buyurtmanoma va bildirshnomadagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshiradi hamda ma’lumotlar to‘liq muvofiq bo‘lgan taqdirda tegishli moliyaviy resurslarni tijorat bankining alohida ochilgan hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Jamg‘arma o‘z mablag‘lari hisobidan yosh tadbirkorlik subyektining investitsiya loyihalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri milliy valyutada yillik 14 foiz, xorijiy valyutada esa 3 foiz miqdorida moliyalashtirishi ham mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Jamg‘arma tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish tartibi Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 605-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/605/0932-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
271. Jamg‘arma hisobidan raqamli texnologiyalar sohasida IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ tomonidan o‘tkaziladigan tanlov asosida raqamli texnologiyalar sohasidagi istiqbolli startap loyihalarni qo‘llab-kuvvatlash uchun bir loyihaga 1 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda grantlar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Raqamli texnologiyalar sohasida startap loyihalarini tanlash va grant ajratish bo‘yicha tanlov komissiyasi qarori Jamg‘arma hisobidan grant ajratish uchun asos hisoblanadi.
(271-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-maydagi 303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2024-y., 09/24/303/0389-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
272. Jamg‘arma hisobidan IT-parkning “Aloqabank” AT bankida ochilgan bank hisob raqamiga raqamli texnologiyalar sohasida IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun tanlov asosida 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan grantlar ajratish uchun moliyaviy resurslar ajratiladi.
(272-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-maydagi 303-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2024-y., 09/24/303/0389-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisobot va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisob va hisobotlar Vazirlik tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Jamg‘arma mablag‘larining taqsimlanishi bo‘yicha yillik hisobot har yili 15-yanvargacha Vazirlik tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qo‘yilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun mas’uliyat Vazirlik zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi yosh tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash jamg‘armasidan moliyaviy resurs olish uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYURTMANOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida maxsus h/v (moliyaviy resursni o‘tkazish uchun):
MFO:
Boshqaruvchi:
Ishonchnoma:
Boshqaruvchi telefon raqami:
Mas’ul xodim telefon raqami:
2.
Yosh tadbirkorlik subyektining rekvizitlari
STIR:
Mijoz nomi:
Manzil:
H/v (milliy va xorijiy):
MFO:
IFUT:
Rahbar (F.I.O):
Rahbar telefon raqami:
3.
Bank oldidagi muddati o‘tgan kredit qarzdorligi miqdori (buyurtmanoma taqdim etilgan sanaga)
(Muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud emas yoki ____(mln. so‘m yoki ming AQSH dollari) miqdorida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud deb ko‘rsatiladi
4.
Soliq qarzi
(Mavjud emas yoki __ mln. so‘m miqdorida soliq qarzdorlik mavjudligi ko‘rsatiladi)
5.
Qarz oluvchi tashabbuskor-tashkilotda Jamg‘arma tomonidan taqdim etilgan moliyaviy resurslar hisobidan
(Mavjud emas yoki mavjud, ____mln. so‘m, qaytarish muddati __ yil ______ oyi, ikki holatidan biri ko‘rsatiladi)
6.
Jamg‘armadan so‘ralayotgan moliyaviy resurslari miqdori
____ AQSH dollari
7.
Mablag‘lar olish uchun taqdim etilayotgan ta’minot turi va qiymati (bank tomonidan qabul qilinadigan qiymat bo‘yicha)
(ko‘chmas mulklar — ____ mln. so‘m, avtotransport vositalari — ___ mln. so‘m, xorijiy bank kafolati — ____ ming AQSH dollari, bank akkreditivi — ____ ming AQSH dollari, sug‘urta polisi — ___ mln. so‘m — tegishlilari ko‘rsatiladi)
8.
1)Moliyalashtirish turi
2)Bank foiz stavkasi
1) Investitsiya krediti, aylanma mablag‘ uchun kredit
2) _______
9.
Moliyalashtirish bo‘yicha mablag‘larni qaytarish muddati
(oylar soni ko‘rsatiladi)
10.
Mablag‘lardan foydalanish maqsadi
Import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va band bo‘lmagan yoshlarni ish bilan ta’minlash
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TALABNOMA
(moliyaviy resurs ajratish to‘g‘risida)
____________________ (tijorat banki nomi), yosh tadbirkorlarni investitsiya loyihalarini moliyalashtirish kreditlari taqdim etish _____________ AQSH dollari miqdoridagi moliyaviy resursni tijorat bankining quyidagi rekvizitlari bo‘yicha ajratishingizni so‘raydi.
Bank STIR:
Manzil:
H/r:
MFO:
__________boshqaruvchisi
___________________
(F.I.O)
Bog‘lanish uchun tel.: _+998 (____ )____________
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2021-y., 09/21/294/0444-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 15.10.2022-y., 09/22/605/0932-son; 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son; 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son; 01.06.2024-y., 09/24/303/0389-son; 20.07.2024-y., 09/24/432/0535-son; 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)