Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (bundan buyon matnda Soliq kodeksi deb yuritiladi), Fuqarolik kodeksi va “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 28-iyundagi 2024-09-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3256-1, 17.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 10/24/3256-1/0524-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom talablari budjet tashkilotlari, davlat korxonalari va notijorat tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Soliq qarzi soliq organi tomonidan qabul qilingan qarorga asosan undirilishi umidsiz deb e’tirof etiladi va hisobdan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzining hisobi ularni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilgan soliq organi tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Subsidiar tartibda ko‘rilgan choralar natijasida soliq qarzi hisobdan chiqarilgandan keyin undirilgan soliq qarzi aynan hisobdan chiqarilgan soliq qarzi uchun hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Undirilishi umidsiz deb e’tirof etiladigan soliq qarzi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Soliq qarzi quyidagi hollarda undirilishi umidsiz deb e’tirof etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs tugatilganda — yuridik shaxsning mol-mulki yetarli emasligi va (yoki) shu yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda uning soliq qarzini uzish imkoni bo‘lmaganligi sababli uning Soliq kodeksining 91-moddasida nazarda tutilgan tartibda uzilmay qolganda;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 14-bobi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkor yoki jismoniy shaxs bankrot deb e’tirof etilganda — qarzdorning mol-mulki yetarli emasligi sababli soliq qarzi (uning qismi) uzilmay qolganda;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 28-iyundagi 2024-09-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3256-1, 17.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 10/24/3256-1/0524-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxs vafot etganda yoki jismoniy shaxs vafot etgan deb e’lon qilinganda — uning mol-mulki yetarli emasligi sababli, shu jumladan meros davlat mulkiga o‘tgan taqdirda, uning soliq qarzi Soliq kodeksining 94-moddasida nazarda tutilgan tartibda uzilmay qolganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vafot etgan jismoniy shaxsning merosxo‘ri bo‘lmaganda yoki merosxo‘r (merosxo‘rlar) meros olish huquqidan voz kechganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organi soliq qarzini undirishning belgilangan muddati o‘tishi munosabati bilan uni undirish imkoniyatini yo‘qotganligi to‘g‘risida sud tomonidan qaror qabul qilinganda, shu jumladan sud tomonidan soliq qarzini undirish to‘g‘risida ariza berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklashni rad etish haqida ajrim chiqarilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el yuridik shaxs soliq organidan hisobdan chiqarilganda, doimiy muassasaning mol-mulki yetarli emasligi va O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan yuridik shaxs tomonidan to‘lash imkonsizligi sababli soliq qarzi to‘lanmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning yettinchi xatboshisiga asosan soliq qarzi undirilishi umidsiz deb e’tirof etilganidan so‘ng chet ellik yuridik shaxslar soliq organida qaytadan hisobga qo‘yilganda yoki faoliyati tiklanganda soliq qarzi ham qayta tiklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar soliq qarzini undirilishi umidsiz deb e’tirof etish va uni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish vakolatiga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Soliq to‘lovchi joylashgan joydagi soliq organining soliq qarzini undirilishi umidsiz deb e’tirof etish va uni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qarori soliq to‘lovchining boshqa hududlarda soliq majburiyati yuzaga kelgan soliq organlari yoki yirik soliq to‘lovchilari bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi (agar qarzdor yirik soliq to‘lovchi bo‘lsa) tomonidan ijro etilishi shart.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 51-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3450, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Soliq qarzini undirilishi umidsiz deb e’tirof etish va uni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror yuqori turuvchi soliq organi tomonidan noto‘g‘ri hisoblangan soliq qarzi aniqlangan taqdirda bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Soliq qarzini undirilishi umidsiz deb e’tirof etish va uni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Soliq qarzini undirilishi umidsiz deb e’tirof etish va uni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror ushbu Nizomning 9-bandida keltirilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda soliq organi rahbari (o‘rinbosari) tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagi hujjatlar soliq qarzini undirilishi umidsiz deb e’tirof etish va uni hisobdan chiqarish uchun asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdor yuridik shaxs, chet el yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizlik taomillariga ko‘ra tugatishga doir ish yurituvi tamomlanganligi to‘g‘risidagi sud ajrimi asosida soliq to‘lovchini yagona davlat reyestridan chiqarilganligi to‘g‘risida Davlat xizmatlari markazining ma’lumotnomasi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 28-iyundagi 2024-09-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3256-1, 17.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 10/24/3256-1/0524-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el yuridik shaxsni soliq organidan hisobdan chiqarilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma va to‘lanmagan soliq qarzi bo‘yicha mol-mulk yetarli emasligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan davlat ijrosining ko‘rilgan choralar natijasiz bo‘lganligi va soliq qarzini undirish imkonsizligi haqidagi qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdor jismoniy shaxsning vafot etganligi to‘g‘risida guvohnoma yoki vafot etgan deb e’lon qilinganligi to‘g‘risidagi sud ajrimi, merosxo‘rlarning merosdan voz kechganligi yoki merosxo‘rlarning yo‘qligi sababli, merosni egasiz deb topish to‘g‘risida sud qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organi soliq qarzini undirishning belgilangan muddati o‘tishi munosabati bilan uni undirish imkoniyatini yo‘qotganligi yoki soliq qarzini undirish to‘g‘risida ariza berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklashni rad etganligi to‘g‘risida sud qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish tartib-taomilini tamomlash to‘g‘risidagi sud ajrimi, bundan sud ajrimida majburiyatlardan ozod etish qoidasi qo‘llanilmasligi ko‘rsatilgan holatlar hamda to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish tamomlanganidan keyin sud tomonidan qarzdor jismoniy shaxsni majburiyatlardan ozod etish haqidagi qoida qo‘llanilmasligi to‘g‘risida ajrim chiqarilgan holatlar mustasno.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 28-iyundagi 2024-09-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3256-1, 17.07.2024-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 10/24/3256-1/0524-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Jismoniy shaxsning vafot etganligi haqida ma’lumotlar soliq organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziriligi bilan kelishilgan holda maxsus elektron hujjat almashish tizimi orqali yoki soliq organining so‘rovi asosida Davlat xizmatlari markazidan olinadi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vafot etgan jismoniy shaxs yashash joyidagi soliq organi ushbu shaxsning merosxo‘ri (merosxo‘rlari) to‘g‘risida axborot olingan paytdan e’tiboran bir oy ichida uni (ularni) soliq qarzi mavjudligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish va hisobdan chiqarilgan soliq qarzlarining hisobini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Soliq qarzini undirilishi umidsiz deb e’tirof etish va uni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan keyingi ish kunidan kechiktirmay soliq organi soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasiga tegishli yozuv kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ushbu yozuvni shaxsiy kartochkaga kiritish alohida modul orqali amalga oshiriladi hamda soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risida soliq organi qarorisiz soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasiga yozuv kiritilishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarishda ortiqcha to‘lov yuzaga kelishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxsning umidsiz deb topilgan yoki undiruvi merosxo‘r(lar)ga qaratilgan soliq qarziga hisoblangan penya va jarimalar summasi undirilishi umidsiz deb e’tirof etiladi va hisobdan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Hisobdan chiqarilgan undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzi hisobi soliq organi tomonidan maxsus elektron dasturi orqali olib boriladi va asos bo‘lgan hujjatlar ushbu dasturga elektron ko‘rinishida saqlab (biriktirib) qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Hisobdan chiqarilgan undirilishi umidsiz soliq qarzi bo‘yicha hujjatlar soliq organining qarori qabul qilingan sanadan boshlab besh yil davomida soliq qarzini hisobdan chiqargan soliq organida alohida ish jildida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Soliq organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hamda Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobdan chiqarilgan undirilishi umidsiz soliq qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar har oy yakuni bilan keyingi oyning 5 sanasiga qadar kiritib boriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 51-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3450, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 174-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QAROR

20__ yil “____” _________ ________-son _________ shahar (tuman)
20__ yil ________ oyining ______kuni __________ shahar (tuman) soliq inspeksiyasi boshlig‘i (o‘rinbosari)___________________________________soliq to‘lovchi ________________________________ (STIR __________) ning undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risida hujjatlarni ko‘rib chiqib quyidagilarni
ANIQLADI:
____________________ (hujjat taqdim etgan vakolatli organ nomi) tomonidan taqdim etilgan ______________ (20___ yil “___” _______dagi XX-son ________________ hujjat nomi) hujjatlar o‘rganib chiqilganda, soliq to‘lovchi ______________________________ (STIR __________) ning undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan ___ so‘m _____ tiyin soliq qarzini hisobdan chiqarish uchun asoslar mavjudligi hamda qonunchilik hujjatlari talablariga to‘liq javob berishi ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 96-moddasiga asosan
QAROR QILADI:
1. ______________________________ (yuridik shaxsning nomi, STIR, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR)ning (STIR ___________) undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan ______ so‘m ____ tiyin soliq qarzi hisobdan chiqarilsin.
2. _________________ bo‘limi (F.I.O.) 3 ish kuni ichida hisobdan chiqarilgan undirilishi umidsiz soliq qarzi soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasida belgilangan tartibda aks ettirilsin.
3. Soliq qarzini hisobdan chiqarishda ortiqcha to‘lov yuzaga kelishiga yo‘l qo‘yilmasin.
4. Mazkur qaror va unga ilova qilingan hujjatlar alohida ochilgan ish jildida besh yil davomida saqlanishi ta’minlansin.
____________________________soliq inspeksiyasi
________________
boshlig‘i (o‘rinbosari)
(F.I.O.)
M.O‘.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 51-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3450, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3256/1046-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son; 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son; 18.07.2024-y., 10/24/3256-1/0524-son)