O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 22-yanvardagi PQ-4569-son, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4612-son, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimini kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 10-martdagi PQ-4635-son va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-son qarorlari)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va maslahatchilari hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 26-iyun,
411-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo Taraqqiyot banki hamda Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish uchun normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2004-yil 30-martdagi 153-son qarorining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarining amalga oshirilishi, ularni amalga oshirishga ajratilgan mablag‘larning samarali va o‘z vaqtida sarflanishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirsinlar”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 7-sentabrdagi 419-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 91-modda):
a) 5-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining statistika axborotnomalari majburiy tartibda yuboriladigan reyestrga kiritilsin”;
b) 1-ilova 10-bandining to‘qqizinchi xatboshisi va 16-bandining oltinchi xatboshisidagi “Ijtimoiy rivojlantirish” so‘zlari “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori 8-bandining birinchi xatboshisidagi “Ijtimoiy rivojlantirish” so‘zlari “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qarori 7-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan qat’iy monitoring o‘rnatsinlar”.
7. Vazirlar Mahkamasining “Bolalarning san’at va madaniyat sohasidagi qobiliyat hamda iqtidorini barvaqt aniqlash, rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan nodavlat tashkilotlarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 13-oktabrdagi 225-son qaroriga 2-ilovaning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Lavozimi bo‘yicha — Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati mudiri”.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son)
9. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 1-avgustdagi 214-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazining ustavi 12-bandining uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi hamda Ilmiy-metodik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2014-yil 20-yanvardagi 11-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 4-son, 48-modda):
a) 1-ilovaning 15-bandidagi “Ijtimoiy rivojlantirish” so‘zlari “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning yettinchi xatboshisidagi “Ijtimoiy rivojlantirish” so‘zlari “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-apreldagi 80-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 4-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Sug‘urta urug‘lik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 17-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish loyihalarini amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy iqtisodiy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilayotgan qarz va kredit mablag‘larini jamlash, qaytarish va ularga xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 12-iyundagi 154-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 6-son, 60-modda):
a) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati taqdim etilgan materiallarni puxta tahlil qilish asosida yilning har choragida Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyatiga jalb etilgan qarz va kredit mablag‘larini qaytarish va to‘lash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berish uchun kiritsin”;
b) ilovada:
17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati taqdim etilgan materiallarni puxta tahlil qilish asosida yilning har choragida Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyatiga, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berish uchun, jalb etilgan qarz va kredit mablag‘larini qaytarish va to‘lash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot kiritadi”;
Nizomga ilovadagi:
“Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti” va “Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti” so‘zlari tegishli ravishda “Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati” va “Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12 va 13-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyatiga xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar (xorijiy hukumat moliya tashkilotlari)ning qarz mablag‘larini qaytarish va to‘lash bo‘yicha axborot kiritadi.
13. Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati taqdim etilgan axborot asosida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot beradi”.
13. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-avgustdagi 241-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 33-son, 441-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati Davlat komissiyasining ishchi organi (keyingi o‘rinlarda — Ishchi organ) hisoblanadi”.
14. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida” 2015-yil 6-noyabrdagi 320-son qaroriga 2-ilovada:
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O.M. Umarov — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i, Jamoatchilik kengashi raisining o‘rinbosari”;
b) o‘n oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“lavozimi bo‘yicha — Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti bosh mutaxassisi, Jamoatchilik kengashi kotibi”.
15. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 11-son, 100-modda) bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, olib chiqishga sertifikat olish uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish rus tilidagi matnda berilgan.
16. Vazirlar Mahkamasining “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 12-son, 106-modda) 10-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlar tomonidan konsert-tomosha faoliyati sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan tizimli monitoring yuritilishini ta’minlasin”.
17. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-apreldagi 123-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 4-son, 29-modda) bilan tasdiqlangan Viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining boshqaruv apparatlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomning 13-bandida:
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13.Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari bilan kelishgan holda hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi”;
b) ikkinchi xatboshidagi “kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati” so‘zlari “kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali to‘g‘risidagi nizomda:
a) 5-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot xizmati, davlat organlarining axborot xizmatlari tomonidan taqdim etiladigan axborot”;
b) 10-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot xizmati hamda boshqa davlat organlari tomonidan muntazam ravishda taqdim etiladigan axborot materiallarini Portalda e’lon qilish”;
v) 11-bandning uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining “Har yillik “Savdo va xavfsizlik” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” 2016-yil 21-iyuldagi 237-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 7-son, 69-modda) 3-ilovaning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“lavozimi bo‘yicha — Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudirining birinchi o‘rinbosari”.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 343-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/343/0520-son)
21. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2017-yil 1-maydagi 250-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda) 5-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirlar Mahkamasi Apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga, uning apparati bosh mutaxassisiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun ustamalar va martaba darajalari uchun lavozim maoshlariga har oylik qo‘shimcha haq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan adliya organlari xodimlari uchun belgilangan tartibda va miqdorlarda to‘lanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son)
23. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 525-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 7-son, 151-modda) bilan tasdiqlangan Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“21. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limining bosh mutaxassisi Komissiya kotibi hisoblanadi”;
b) 32-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“32. Komissiya yig‘ilishlari bayonnomalarining asl nusxalari va unga materiallar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limida saqlanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son)
25. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 11-son, 266-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 48-bandidagi “Ijtimoiy rivojlantirish” so‘zlari “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 957-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 276-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Badiiy akademiyasining ustavida:
a) 28-banddagi “Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga” so‘zlari “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyatiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 62-banddagi “Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati” so‘zlari “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyuldagi 418-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 09/24/418/0508-son)
28. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 969-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 285-modda) bilan tasdiqlangan “O‘zmeliomashlizing” davlat unitar korxonasi ustavining 17-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga 5-ilovada:
a) birinchi xatboshidagi “ — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) o‘n sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“lavozimiga ko‘ra — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi, komissiya kotibi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
32. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 141-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 48-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 22-banddagi “Ijtimoiy rivojlantirish” so‘zlari “Sport va turizmni rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 35-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
33. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi vakillarining o‘qishini tashkil etish uchun Yaponiya Hukumati grantidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 9-martdagi 189-son qarorida:
a) 2-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston tomonidan, Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi va JICA Yaponiya tomonidan ushbu loyihaning amalga oshirilishini va o‘qish uchun nomzodlarni tanlab olish muvofiqlashtiruvchilari”;
b) 7-bandining birinchi xatboshisidagi “Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 433-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
35. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 45-banddagi “Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyatiga” so‘zlari “IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 66-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“66. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i Vazirlik rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi bo‘yicha ular faoliyati ustidan muntazam monitoring olib boradi, Vazirlik faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 465-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/465/0760-son)
37. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 7-iyundagi 433-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 6-son, 143-modda):
a) 1-ilovaning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Barnoyev O‘.I. — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Kengash raisi”;
b) 4-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son)
40. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 605-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaning “Vakolatli organ nomi” ustuni 3-pozitsiyasidagi “Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar” so‘zlari “Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
41. Vazirlar Mahkamasining “Mehmonxona sohasiga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-avgustdagi 661-son qarori 5-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari” so‘zlari “Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
42. Vazirlar Mahkamasining “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-oktabrdagi 829-son qaroriga 2-ilovaning “Vakolatli organning nomi” ustunining 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati”.
Oldingi tahrirga qarang.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 83-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/83/0157-son)
44. Vazirlar Mahkamasining “Aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-noyabrdagi 901-son qaroriga 1-ilovada:
a) 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. A.J. Ramatov — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Respublika komissiyasi rahbari
“2. Lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i, Respublika komissiyasi rahbarining o‘rinbosari;
b) 11 va 12-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Lavozimi bo‘yicha — Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari
12. Lavozimi bo‘yicha — Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi, Respublika komissiyasi kotibi”.
45. Vazirlar Mahkamasining “YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 26-noyabrdagi 957-son qarorida:
a) 1-ilovaning 26-bandidagi “Ijtimoiy rivojlantirish” so‘zlari “Sport va turizmni rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovada:
birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi” so‘zlari “Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n birinchi xatboshidagi “Matbuot va axborot agentligi” so‘zlari “Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
46. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1047-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovada:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. J. Qo‘chqorov — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri, Kengash raisi”;
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. T. Ishmetov — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri”.
47. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 50-banddagi “kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati” so‘zlari “kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 61-banddagi “ — transport vaziri” so‘zlari chiqarib tashlansin.
v) 67-banddagi “ — transport vaziri” so‘zlari chiqarib tashlansin.
48. Vazirlar Mahkamasining “2019 — 2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 13-fevraldagi 118-son qarorida:
a) 4-bandining uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 2-bandidagi “Maktabgacha ta’lim muassasalaridan” so‘zlari “Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
49. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining O‘zbekiston Respublikasi Oliy va urta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Ichki ishlar vazirligi,” so‘zlaridan keyin “Adliya vazirligi,” so‘zlari qo‘shilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi 503-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.08.2021-y., 09/21/503/0771-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 150-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son)
53. Vazirlar Mahkamasining “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 8-apreldagi 284-son qaroriga 1-ilovada:
a) 6-banddagi “iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i o‘rinbosari”.
54. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-apreldagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududlarda mavzuli sayyor majlislarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 10 va 11-bandlardagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa mas’ul tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklarining vakillarini jalb qilgan holda, sayyor majlis sanasidan kamida o‘n kun oldin kiritilgan materiallarni puxta ishlaydi hamda sayyor majlisni o‘tkazish bo‘yicha zarur ma’lumotnoma, axborot-tahliliy, taqdimot va boshqa materiallarni tayyorlaydi”;
v) 13-bandning birinchi xatboshisi, 18-bandning birinchi xatboshisi, 21-bandning uchinchi xatboshisi, 26, 29 va 33-bandlardagi “kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati” so‘zlari “kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 14-banddagi “kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati” va “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari tegishli ravishda kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi” va “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) Nizomga ilovada:
“Subyektlar” ustunining “3-bosqich” pozitsiyasidagi “kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati” so‘zlari “kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” ustunining “3-bosqich” pozitsiyasidagi Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
55. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 12-apreldagi 300-son qaroriga 1-ilovaning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘.I. Barnoyev — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, komissiya raisining o‘rinbosari
B.N. Tog‘ayev — Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatining mudiri — respublika komissiyasi huzuridagi ishchi guruh rahbari, komissiya kotibi”.
56. Vazirlar Mahkamasining “Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining yangilangan tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 12-apreldagi 304-son qaroriga ilovaning 7-bandi quyidagi tahrirda bayot qilinsin:
“7. Lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i o‘rinbosari”.
Oldingi tahrirga qarang.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-iyundagi 337-sonli qaroriga asosan 2025-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/337/0422-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 647-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/647/0997-son)
59. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 366-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasiga biriktirilgan kontingentga kafolatlangan tibbiy va sanator — sog‘lomlashtirish yordamini ko‘rsatish tartibi va hajmi to‘g‘risidagi nizomga ilovada:
a) “Lavozimlar nomi” ustunining 1-bo‘lim 4-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bosh vazir, Bosh vazirning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, apparat boshqaruvchisi va apparat boshqaruvchisining o‘rinbosarlari, Bosh vazir yordamchilari, Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilarining yordamchilari, kotibiyatlar va departamentlar mudirlari, kotibiyatlar va departamentlar mudirlarining o‘rinbosarlari, departamentlar boshliqlarining o‘rinbosarlari, boshqarmalar boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, bo‘limlar, shu’balar, xizmatlar mudirlari va mudirlarning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi vakolatli vakili, matbuot kotibi, bosh mutaxassislar”;
b) “Lavozimlar nomi” ustunining 3-bo‘lim 4-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Inspektorlar, “Hukumat uyidan foydalanish boshqarmasi” DM, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining avtoxo‘jaligi” DM, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xo‘jalik hisobidagi oshxonasi” DUK, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bosmaxonasi” DUK, “Semurg‘” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi” DMning rahbar xodimlari.
Oldingi tahrirga qarang.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 09/21/572/0891-son)
61. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyundagi 461-son qarori bilan tasdiqlangan “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari hududida joylashtirish uchun investorlarning eng yaxshi investitsiya takliflarini tanlash va ularga yer uchastkalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 7-banddagi “Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati tomonidan o‘n kun muddatda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” so‘zlari “Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati tomonidan o‘n kun muddatda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 9-banddagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 10-banddagi “kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati” so‘zlari “kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) Nizomga 1-ilova “Subyektlar” ustunining “2-bosqich” va “4-bosqich” pozitsiyalaridagi “kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati” so‘zlari “kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
62. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-iyundagi 503-son qarori 2-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimlar shartlariga muvofiq Mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Adliya vazirligi vakillaridan iborat bo‘lgan O‘zbekiston tomonidan Boshqaruvchi qo‘mitaning shaxsiy tarkibi belgilanishini”.
63. Vazirlar Mahkamasining “2019 — 2021-yillarda Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanini namunali tumanga aylantirish bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 22-iyuldagi 612-son qarori 4-bandining birinchi xatboshisidagi “kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati” so‘zlari “kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
64. Vazirlar Mahkamasining “2019 — 2022-yillarda Xorazm viloyatining Xiva shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 15-avgustdagi 673-son qaroriga 7-ilovada:
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“A. Abduxakimov — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi, ishchi guruh rahbari”;
b) to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“A. Akkulov — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari”;
v) o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“S. Ashurov — Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati mudiri o‘rinbosari, ishchi guruhning mas’ul kotibi”.
65. Vazirlar Mahkamasining “Yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-sentabrdagi 793-son qaroriga 1-ilovada:
a) birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“J.A. Qo‘chqorov — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri, Respublika ishchi guruhi hamraisi
A.A. Abduxakimov — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi, Respublika ishchi guruhi hamraisi”;
b) sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“A.U. Akkulov — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari”.
66. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaning beshinchi majlisi yakunlariga ko‘ra erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 24-sentabrdagi 805-son qarorining 5-bandidagi “Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar” so‘zlari “Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
67. Vazirlar Mahkamasining “2019 — 2021-yillarda Toshkent shahrining Uchtepa tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-sentabrdagi 812-son qarori 5-bandning birinchi xatboshisidagi va 6-banddagi “kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati” so‘zlari “kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(68-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
69. Vazirlar Mahkamasining “2019 — 2021-yillarda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-sentabrdagi 813-son qarori 4-bandining birinchi xatboshisidagi va 5-banddagi “kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati” so‘zlari “kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
70. Vazirlar Mahkamasining “Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 27-noyabrdagi 953-son qarorga:
a) 1-ilovaning 29-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“29. Lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, Kengash kotibi”;
b) 2-ilova 16-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti — boshqa masalalar bo‘yicha amalga oshiradi”.
71. Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida paxta hosili terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 14-yanvardagi 21-son qarori 2-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov, qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.J. Teshayev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar xokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga:”.
Oldingi tahrirga qarang.
(72-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 09/21/95/0147-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(73-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 668-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2022-y., 09/22/668/1032-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(74-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
75. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 18-apreldagi 240-son qarorida:
a) 2-ilovada:
24-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“24. Agentlik faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining tegishli tarkibiy bo‘linmasi tomonidan mutasaddilik qilinadi”;
44-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. B.A. Musayev — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari”.
76. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-F-son farmoyishiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha rus tilidagi matnda berilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari
ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tijorat tashkilotlarning o‘zbekiston respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi va ularning faoliyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 23-oktabrdagi 410-son qaroriga 2-ilovaning 2 va 3-bandlari.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 10-avgustdagi 192-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim respublika komissiyalari va kengashlari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 7-noyabrdagi 244-son qaroriga 1-ilovaning 4, 8, 9 va 11-bandlari.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2006-yil 10-martdagi 41-son qaroriga 1-ilovaning 10-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2006-yil 21-avgustdagi 178-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga qisman o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2008-yil 8-avgustdagi 174-son qarori.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2010-yil 17-dekabrdagi 301-son qaroriga ilovaning 32-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 17-fevraldagi 42-son qaroriga ilovaning 1 va 6-bandlari.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 10-avgustdagi 244-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartibotlarni liberallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 30-dekabrdagi 379-son qaroriga 2-ilovaning 9-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga 1-ilovaning 75 va 92-bandlari.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 13-sentabrdagi 249-son qaroriga ilovaning 1 va 3-bandlari.
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 8-oktabrdagi 276-son qaroriga ilovaning 4 va 8-bandlari.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
16. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 31-martdagi 74-son qaroriga ilovaning 14-bandi.
17. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2018-yil 12-fevraldagi 107-son qaroriga 1-ilovaning 18, 25 va 27-bandlari.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
19. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2019-yil 26-fevraldagi 171-son qarori.
20. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 397-son qaroriga ilovaning 75-bandi.
21. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 17-maydagi 416-son qaroriga ilovaning 5 va 6-bandlari.
22. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 27-iyundagi 532-son qaroriga 5-ilovaning 30-bandi.
23. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 18-iyuldagi 600-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi.
24. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-son qaroriga ilovaning 37-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; 24.02.2021-y., 09/21/95/0147-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/343/0520-son, 07.08.2021-y., 09/21/503/0771-son, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son, 17.09.2021-y., 09/21/572/0891-son; 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son, 22.02.2022-y., 09/22/83/0157-son, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 22.08.2022-y., 09/22/465/0760-son, 05.11.2022-y., 09/22/647/0997-son; 24.11.2022-y., 09/22/668/1032-son; 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son; 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son, 19.06.2024-y., 09/24/337/0422-son; 15.07.2024-y., 09/24/418/0508-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)