20.01.2014 yildagi 11-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi hamda Ilmiy-metodik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 7-sentabrdagi 419-son qaroriga muvofiq hamda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdagi faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining Ilmiy-metodik kengashi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining Ilmiy-metodik kengashi tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I.Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 20-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-yanvardagi 11-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi (keyingi o‘rinlarda Jamoatchilik kengashi deb ataladi) faoliyati tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamoatchilik kengashi faoliyati himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy himoyalashda idoralararo muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borishni ta’minlashga yo‘naltirilgan, O‘zbekistonda bolalarni ijtimoiy himoya qilishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy qilish hamda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (keyingi o‘rinlarda RBIMM deb ataladi) faoliyati bilan bog‘liq vazifalarni samarali bajarish uchun RBIMM huzurida tashkil etilgan maslahat organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik kengashining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamoatchilik kengashi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Jamoatchilik kengashining maqsadi va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamoatchilik kengashining asosiy maqsadi bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimiga (vazirliklar, idoralar va nodavlat notijorat tashkilotlariga) ko‘maklashishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha himoyaga muhtoj guruh bolalarini samarali ijtimoiy himoya qilish mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoyaga muhtoj guruhdagi bolalarni samarali ijtimoiy himoya qilish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimidagi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi muassasalari va mutaxassislarining amaliy faoliyati asoslarini hamda mezonlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimidagi atamalar va asosiy tushunchalarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish va takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarni ijtimoiy himoya qilish muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Jamoatchilik kengashining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jamoatchilik kengashi o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik kengashi zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida vazirliklar, idoralar va huquqni muhofaza qilish organlaridan zarur ma’lumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompleks dasturlarni hamda alohida ishlarni ishlab chiqish uchun olimlar va amaliyotchi mutaxassislarni, shu jumladan shartnoma asosida RBIMM mablag‘lari va moliyalashtirishning boshqa manbalari hisobiga belgilangan tartibda jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan himoyaga muhtoj guruhdagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda, konferensiyalar va seminarlarda ishtirok etish va Jamoatchilik kengashi manfaatlarini ifodalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi a’zolari, olimlar, amaliyotchi mutaxassislar va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan iborat komissiyalarni, shuningdek faoliyatiga rahbarlik qilish Jamoatchilik kengashi a’zosi zimmasiga yuklanadigan doimiy va vaqtinchalik ishchi guruhlarni tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jamoatchilik kengashi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun amaldagi aniq natijalar samaradorligi tahlilini amalga oshirishi hamda bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi faoliyatini (muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish yo‘li bilan) umumlashtirishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar bo‘yicha takliflar kiritishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoyaga muhtoj guruhdagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish mexanizmini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimidagi vazirliklar, idoralar va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining idoralararo muvofiqlashtirilishini takomillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Jamoatchilik kengashi ishlarini rejalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Jamoatchilik kengashining ishlari bolalarni ijtimoiy himoya qilishga doir davlat dasturlari hamda yillik rejalar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yillik ish rejasi belgilangan masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, unda bajarish uchun mas’ullar hamda ularni bajarish muddatlari ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yillik ish rejasiga Jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan kiritiladigan takliflar Jamoatchilik kengashi mas’ul kotibiga yuboriladi. Tushgan takliflar ishchi guruhlar majlislarida muhokama qilingandan keyin yillik ish rejasi navbatdagi rejalashtirish davridan oldingi oyda Jamoatchilik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Jamoatchilik kengashi rais, rais o‘rinbosarlari, mas’ul kotib va Jamoatchilik kengashi a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi. Ular Jamoatchilik kengashi ishlarida jamoatchilik asosida ishtirok etadilar. Jamoatchilik kengashi a’zolarining nomzodlari tegishli vazirliklar, idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tavsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. RBIMM direktori Jamoatchilik kengashi raisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik kengashi raisining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik kengashi majlisi kun tartibini belgilash hamda majlislarini chaqirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijrosi yuzasidan nazoratni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik kengashi a’zolari ishlarini ularga yuklangan vazifalarni bajarishlari bo‘yicha muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik kengashiga rahbarlik hamda uning faoliyatini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik kengashining samarali faoliyatini ta’minlashga doir boshqa ishlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jamoatchilik kengashining mas’ul kotibi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha zarur hujjatlarning navbatdagi Jamoatchilik kengashi majlisiga o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik kengashi majlislari kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha o‘tkazilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik kengashi a’zolarini va taklif qilinganlarni majlis o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy to‘g‘risida xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik kengashi qarorlarining ijrosi monitoringini olib boradi hamda uning natijalarini Jamoatchilik kengashi majlisida ko‘rib chiqish uchun taqdim qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik kengashi majlislari bayonnomalarini rasmiylashtiradi hamda tasdiqlangan bayonnomalarni Jamoatchilik kengashi a’zolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik kengashi ish reglamentiga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Jamoatchilik kengashining ish tartibi yillik ish rejasiga hamda RBIMM direktori tomonidan tasdiqlanadigan Jamoatchilik kengashining ish reglamentiga muvofiq tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Jamoatchilik kengashi o‘z faoliyati to‘g‘risidagi yillik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyatiga taqdim etadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Jamoatchilik kengashi majlislari har yarim yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. Zarur hollarda Jamoatchilik kengashining navbatdan tashqari majlislari o‘tkazilishi mumkin. Jamoatchilik kengashi majlisini rais boshqaradi. Rais bo‘lmagan hollarda majlisni Jamoatchilik kengashi raisi o‘rinbosarlari olib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Jamoatchilik kengashi majlisi unda a’zolarining yarmidan ko‘pi ishtirok etganda vakolatli bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik kengashi qarorlari Jamoatchilik kengashining majlisda ishtirok etayotgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng bo‘lgan hollarda Jamoatchilik kengashi majlisida raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Jamoatchilik kengashiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun uning a’zolaridan ishchi guruhlar tashkil etiladi. Ularning faoliyati va tarkibi Jamoatchilik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik kengashi majlislarida ishtirok etish, shuningdek ishchi guruh tarkibida ishlash uchun vazirliklar, idoralar va nodavlat notijorat tashkilotlaridan mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Jamoatchilik kengashi tomonidan qarorlarning qabul qilinishi va ularning ijrosini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Jamoatchilik kengashi qarorlari Jamoatchilik kengashi majlisi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Jamoatchilik kengashi majlisi bayonnomasi uning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi, mas’ul kotib tomonidan imzolanib, Jamoatchilik kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadi hamda bir hafta muddatda Jamoatchilik kengashi a’zolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik kengashining har bir a’zosi qabul qilinadigan qarorlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini yozma ifodalash huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Jamoatchilik kengashi raisi qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida, Jamoatchilik kengashining alohida masalalar bo‘yicha qarorlarini Jamoatchilik kengashi ishtirokchilari bilan so‘rovnoma o‘tkazish yo‘li orqali tasdiqlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Jamoatchilik kengashi bayonnomasining asl nusxasi va unga ilova qilingan materiallar Jamoatchilik kengashi mas’ul kotibida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Jamoatchilik kengashi qabul qilingan qarorlarning bajarilishini o‘z majlislarida muntazam ravishda ko‘rib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Jamoatchilik kengashi o‘ziga yuklangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-yanvardagi 11-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Alimova V.S.‎

—‎

RBIMM direktori, Jamoatchilik kengashi raisi ‎

Xolbekov A.J.‎

—‎‎

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari, Jamoatchilik kengashi raisining o‘rinbosari ‎

Axunova M.A.‎

—‎‎

“Sen yolg'iz emassan” Respublika bolalar jamoatchilik fondi o‘quv markazi direktori, Jamoatchilik kengashi raisining o‘rinbosari ‎

Narbayeva T.K.‎

—‎‎

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi‎

Axmedov A.A.‎

—‎‎

O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi ‎

Yunusova A.T.‎

—‎‎

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati (kelishuv asosida)‎

lavozimiga ko‘ra

—‎‎

Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi

Rizayev F.X.‎

—‎‎

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari ‎

Salimov U.Z.‎

—‎‎

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori ‎

lavozimiga ko‘ra‎

—‎‎

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining o‘rinbosari ‎

To‘ychiyeva A.N.‎

—‎‎

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari‎

Xalilov F.K.‎

—‎‎

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining o‘rinbosari ‎

lavozimiga ko‘ra

—‎‎

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining o‘rinbosari‎

Shoraxmetov Sh.Sh.‎

—‎‎

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i ‎

Yakubova D.Sh.‎

—‎‎

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Notariat, advokatura va FXDYo organlari boshqarmasi boshlig‘i ‎

Xalikov I.M.‎

—‎‎

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar ‎profilaktikasi bo‘limlari faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i ‎

Davletov R.K.‎

—‎‎

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish
‎hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi direktori vazifasini bajaruvchi ‎

Abidova G.M.‎

—‎‎

“SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi milliy direktori ‎

Murodova Sh.O.‎

—‎‎

“O‘zbekkino” milliy agentligining Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi direktori ‎

Bakayeva F.X.‎

—‎‎

O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazining inson huquqlari bo‘yicha tahlil va tadqiqot bo‘limi mudiri ‎

Musurmonova O.M.‎

—‎‎

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri ‎

Begmatov A.S.‎

—‎‎

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining “Fuqarolik jamiyati ‎asoslari” kafedrasi professori ‎

Nazarova E.N.‎

—‎‎

RBIMMning Jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar muammolarini o‘rganish bo‘limi rahbari‎

Xrulnova G.V.‎

—‎‎

RBIMMning Ota-onalari qarovisiz qolgan bolalar muammolarini o‘rganish bo‘limi rahbari‎

Bozorov A.A.‎

—‎‎

RBIMMning Bolalarning huquqiy muammolarini o‘rganish bo‘limi rahbari ‎

Tojiyeva S.X.‎

—‎‎

RBIMMning Ijtimoiy ishlar bo‘limi rahbari ‎

Toirova M.A.‎

—‎‎

RBIMMning Alohida iqtidorli bolalar muammolarini o‘rganish bo‘limi rahbari ‎

Karimova I.Sh.‎

—‎‎

RBIMM Axborot-konsalting xizmati rahbari ‎

Isroilova N.A.‎

—‎‎

RBIMMning Ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalar muammolarini o‘rganish bo‘limi ‎rahbari, Jamoatchilik kengashi mas’ul kotibi ‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: jamoatchilik kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-yanvardagi 11-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining Ilmiy-metodik kengashi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining Ilmiy-metodik kengashi (keyingi o‘rinlarda Ilmiy-metodik kengash deb ataladi) faoliyati tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ilmiy-metodik kengash ilmiy-metodik va o‘quv, ko‘rgazmali qo‘llanmalar, dasturlarni muhokama qilish, shuningdek bolalarni ijtimoiy himoya qilish, ularning moslashuvini ta’minlash, reabilitatsiyasini amalga oshirish sohasidagi ilg‘or milliy va xalqaro tajribani o‘rganish va ommalashtirishga doir tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida tuzilgan kollegial maslahat organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-metodik kengash tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ilmiy-metodik kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining (keyingi o‘rinlarda RBIMM deb ataladi) Ustaviga va ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. RBIMM mas’ul xodimlari Ilmiy-metodik kengash majlislarining yuqori saviyada va ushbu Nizomga muvofiq ravishda o‘tkazilishi yuzasidan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Ilmiy-metodik kengashning vazifalari va huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Ilmiy-metodik kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogiron, jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan, surunkali og‘ir kasal bolalar, shuningdek ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar qaramog‘isiz qolgan bolalar, ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga mansub notinch oilalar farzandlari, alohida iqtidorli bolalar muammolariga taalluqli ilmiy-metodik, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, dasturlar va boshqa adabiyotlarni muhokama qilish, o‘z tavsiyalarini manfaatdor vazirliklar, idoralar va nodavlat notijorat tashkilotlariga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy ilmiy tadqiqotlar va bilimlarni milliy va xorijiy tajribani hisobga olgan holda huquqni qo‘llash, ijtimoiy, pedagogik, tibbiy-reabilitatsiya va profilaktika amaliyotiga tatbiq etish maqsadida RBIMM xodimlarining, boshqa tashkilotlar mutaxassislarining bolalarning oila davrasida, ta’lim olish sohasida, sog‘liqni saqlashda, mehnatga va kasbiy tayyorlashda, odil sudlov sohalarida ijtimoiy moslashuv muammolarini o‘rganishga doir fundamental, amaliy, innovatsion tadqiqotlardagi ishtirokini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli ilmiy-metodik va o‘quv qo‘llanmalarini ko‘rib chiqish va nashr etishga tavsiya qilish, RBIMM mutaxassislari tomonidan nashr etiladigan ma’lumotnoma materiallar va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni, seminarlar, treninglar dasturlarini va boshqa materiallarni, shuningdek himoyaga muhtoj guruhdagi bolalarning ijtimoiy himoyasi, moslashuvi va reabilitatsiyasiga oid ilg‘or milliy hamda xalqaro ish tajribasini o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha tavsiyalarni tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning ijtimoiy himoyasi, moslashuvi va reabilitatsiyasi sohasida yangi shakllar, metodikalar, texnologiyalarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va joriy etish yo‘li bilan RBIMM umumiy faoliyati samaradorligini oshirish hamda mutaxassislar ishlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RBIMMda o‘tkaziladigan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha hisobotlarni va ularning yakunlariga muvofiq xulosalarni tayyorlash hamda har yilning dekabr oyida taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning ijtimoiy himoyasi, moslashuvi va reabilitatsiyasi sohasidagi yetuk mutaxassislarni Ilmiy-metodik kengash majlislarida ishtirok etishga, ekspertiza o‘tkazishga, shuningdek RBIMM tomonidan nashr etiladigan ilmiy-metodik va boshqa adabiyotlarni tahlil va tahrir qilishga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RBIMM hamkorlari (vazirliklar, idoralar, huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa tashkilotlar) tajribasini o‘rganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish samaradorligini oshirish ishlarini olib borish, shuningdek ilmiy-metodik, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni, metodik tavsiyalarni, seminarlar dasturlarini, psixologik treninglarni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ilmiy-metodik kengash o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislarning mualliflik faoliyati, bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi ishlarining holati haqidagi axborotlarni eshitish, shuningdek bolalarni ijtimoiy himoya qilish, ularni moslashtirish va reabilitatsiya qilishning tegishli masalalari bo‘yicha tavsiyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning ijtimoiy himoyasi sohasidagi nashrlar, materiallar va tadqiqot dasturlari bo‘yicha ish olib borish maqsadida mualliflarning ijodiy guruhlarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqsadli auditoriyalar, tegishli vazirliklar, idoralar va nodavlat notijorat tashkilotlari uchun ishlab chiqilgan ilmiy-metodik, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, metodik tavsiyalar, seminar dasturlari va psixologik treninglar taqdimotini o‘tkazish va qo‘llashga tavsiya etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-metodik kengashga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida zarur axborotlarni vazirliklar, idoralar va huquqni muhofaza qilish organlaridan qonunchilikda belgilangan tartibda so‘rash va olish;
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-metodik, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni ishlab chiqish maqsadida olimlar va amaliyotchi mutaxassislarni belgilangan tartibda, shu jumladan shartnoma asosida, RBIMM mablag‘lari va boshqa moliyalashtirish manbalari hisobiga jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ilmiy-metodik kengash ishlarini tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ilmiy-metodik kengashning yillik ish rejasi har yili dekabrda o‘tkaziladigan yillik umumiy majlisda ko‘rib chiqiladi va Ilmiy-metodik kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ilmiy-metodik kengash majlisi har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganda rejadan tashqari (ekstren) majlis chaqiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ilmiy-metodik kengash majlisi unda Ilmiy-metodik kengash a’zolarining uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi, uning qarorlari qatnashayotganlarning yarmidan ortig‘i ovozi bilan qabul qilinadi. Majlis bayonnomalari ilmiy kotib tomonidan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Ilmiy-metodik kengash majlislarida muhokamalarni o‘tkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Muallif yoki mualliflar guruhi tomonidan tayyorlangan nashrlar, materiallar va tadqiqot dasturlari ilmiy kotibga belgilangan tartibda ikki nusxada, ariza va taqrizlar bilan birgalikda topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ilmiy-metodik kengash majlisida qo‘lyozmalar va dasturlar muhokama qilingandan so‘ng, muallif yoki mualliflar guruhiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga doir amaliy tavsiyalar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ilmiy-metodik kengash majlislari yillik ish rejasiga muvofiq o‘tkaziladi. Kun tartibidagi masalalar Ilmiy-metodik kengashning ilmiy kotibi tomonidan puxta ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ilmiy kotib a’zolar va mualliflarni Ilmiy-metodik kengash majlisi o‘tkaziladigan sana, joy va vaqt haqida majlisdan kamida bir hafta oldin xabardor qiladi. Majlisga mazkur soha mutaxassislari ham taklif etilishi mumkin. Ular (ovoz berishda ishtirok etmay) qo‘lyozmalar haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ilmiy-metodik kengash majlisini rais, u bo‘lmaganda rais o‘rinbosari o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ilmiy-metodik kengash raisi (u bo‘lmaganda esa — rais o‘rinbosari) yillik ish rejasini va kun tartibiga kiritiladigan masalalarni tayyorlash hamda qarorlar ijrosini ta’minlash uchun mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ilmiy-metodik kengash bayonnomasi 5 ish kuni muddatda kengash raisi (u bo‘lmaganda esa — rais o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi, Ilmiy-metodik kengash a’zolari tomonidan imzolanadi va ilmiy kotib tomonidan rasmiylashtiradi. Ilmiy-metodik kengash bayonnomasidan ko‘chirmalar ilmiy kotib tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Yozuvlarning to‘g‘riligi va ko‘chirmalarning asliga mosligi bo‘yicha Ilmiy-metodik kengash ilmiy kotibi mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Ilmiy-metodik kengash a’zolari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ilmiy-metodik kengash tarkibiga respublikada va xorijda o‘zining ilmiy, metodik va amaliy ishlari bilan tanilgan olimlar, amaliyotchi mutaxassislar (pedagoglar, psixologlar, huquqshunoslar, shifokorlar, ijtimoiy soha xodimlari, sotsiologlar) kiradi. Ilmiy-metodik kengash a’zolari jamoatchilik asosida faoliyat olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ilmiy-metodik kengash a’zolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jalb etilgan mutaxassislar bilan birgalikda bolalarning ijtimoiy himoyasi, moslashuvi va reabilitatsiyasiga oid o‘quv-metodik, ilmiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarning sifatini oshirish yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini taqdim etadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘lyozmalarni muhokama qilishda faol ishtirok etadilar va ular bo‘yicha xolisona va asoslangan xulosalar beradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning ijtimoiy himoyasi, moslashuvi va reabilitatsiyasiga oid ilmiy ishlar (dissertatsiyalar, monografiyalar va ilmiy-tadqiqot ishlanmalari) bo‘yicha xulosalarni tuzishda ishtirok etadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilg‘or ish tajribasini ommalashtirish maqsadida bolalarning ijtimoiy moslashuvi bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarga amaliy yordam ko‘rsatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-yanvardagi 11-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining Ilmiy-metodik kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alimova V.S.‎ —‎ RBIMM direktori, Ilmiy-metodik kengash raisi‎
lavozimiga ko‘ra‎ —‎‎ RBIMM direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Ilmiy-metodik kengash raisining o‘rinbosari
G‘oziyev E.G‘.‎ —‎‎ M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Psixologiya” kafedrasi professori,
‎Ilmiy-metodik kengash raisining o‘rinbosari ‎
Axmedova D.I.‎ —‎‎ Respublika Ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori ‎
Murodova Sh.O.‎ —‎‎ “O‘zbekkino” milliy agentligining Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi direktori‎
Djamoldinova O.R. ‎ —‎‎ Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti prorektori ‎
G‘aniyeva M.X.‎ —‎‎ M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Sotsiologiya” kafedrasi mudiri ‎
Musurmonova O.M.‎ —‎‎ O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri‎
Ismoilov I.I.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining “Jinoyatlarning oldini olish” kafedrasi boshlig‘i ‎
Nazarova D.N.‎ —‎‎ A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish markaziy institutining
‎“Maxsus ta’lim” kafedrasi mudiri‎
Ismoilov B.I.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazining
‎“Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi professori ‎
Rahmonova V.S.‎ —‎‎ Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Maxsus ta’lim metodikasi” kafedrasi professori ‎
Mo‘minova L.R.‎ —‎‎ Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Maxsus ta’lim” kafedrasi professori ‎
Karamyan M.X.‎ —‎‎ M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Psixologiya” kafedrasi dotsenti ‎
Nazarova E.N.‎ —‎‎ RBIMMning Jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar muammolarini o‘rganish bo‘limi rahbari‎
Xrulnova G.V.‎ —‎‎ RBIMMning Ota-onalari qarovisiz qolgan bolalar muammolarini o‘rganish bo‘limi rahbari‎
Isroilova N.A.‎ —‎‎ RBIMMning Ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalar muammolarini
‎o‘rganish bo‘limi rahbari‎
Tojiyeva S.X.‎ RBIMMning Ijtimoiy ishlar bo‘limi rahbari‎
Toirova M.A.‎ —‎‎ RBIMMning Alohida iqtidorli bolalar muammolarini o‘rganish bo‘limi rahbari‎
Karimova I.Sh.‎ —‎‎ RBIMMning Axborot-konsalting xizmati rahbari‎
Tuxvatulina E.A.‎ —‎‎ “Bola va Zamon” jurnali bosh muharriri‎
Bozorov A.A.‎ —‎‎ RBIMMning Bolalarning huquqiy muammolarini o‘rganish bo‘limi rahbari, Ilmiy-metodik kengash ilmiy kotibi ‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: ilmiy-metodik kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 4-son, 48-modda; 2017-y., 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)