1-ILOVA
2-ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Amalga oshirish muddatlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Mas’ul ijrochilar | |
|
I. Aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan keng qamrab olishni ta’minlaydigan innovatsion shakllar va mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy etishni tashkil etish | |||||
|
1. |
O‘tkaziladigan sport tadbirlarining ommaviyligi va muntazamliligini ta’minlagan, respublika mahallalari, tumanlari va mintaqalari bo‘yicha tegishli hududlarda aholining jins-yosh tarkibi xususiyatlarini, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish ishlari doirasida sport muassasalari, ijro etuvchi hokimiyat va joylarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘zaro hamkorligining namunaviy modelini ishlab chiqish va joriy etish. |
Ijrochilarning qarorlari |
2019-yil 20-fevral |
Ijrochilar mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va ommaviy sport tadbirlari Kalendar rejasi (keyingi o‘rinlarda kalendar reja deb ataladi) doirasida budjet mablag‘lari, xayriya ehsonlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. |
Quyidagilar: maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiyaning innovatsion usullarini takomillashtirish va qo‘llash; sport xonalari, zallari va maydonchalarini zamonaviy asbob-uskunalar va inventar bilan jihozlash; ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya-sport faoliyatini kadrlar bilan ta’minlash; ta’lim muassasalarida futbol, velosport, stol tennisi, badminton, yengil atletika, voleybol, basketbol va boshqalar bo‘yicha to‘garaklar va seksiyalar tashkil etish yo‘li bilan bolalar va o‘smirlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish. |
Ijrochilarning qarorlari |
2019-yil 30-fevral |
Ijrochilar mablag‘lari, Xayriya ehsonlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
3. |
Barcha darajalardagi hokimliklar, mulkchilikning barcha shakllaridagi muassasalar, tashkilotlar va korxonalarda jismoniy tarbiya jamoalarini tashkil etish orqali aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, ishlab chiqarish jismoniy tarbiyasini mehnat sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan tadbirlar tizimiga kiritish, futbol, velosport, stol tennisi, badminton, yengil atletika, voleybol, basketbol, marafon, yarimmarafon va boshqalar bo‘yicha sport musobaqalarini muntazamlilik asosida (bir chorakda kamida 1-marta) o‘tkazish. |
Ijrochilarning qarorlari |
2019-yil 20-fevral |
Ijrochilar mablag‘lari, xayriya ehsonlari |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
4. |
Quyidagilar: |
|
|
|
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, O‘zini o‘zi boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi |
|
|
fuq�rolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining sport maktablari, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar va klublar hamda boshqa sport tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligi bo‘yicha memorandumlarni imzolash; |
Memorandumlarni imzolash |
2019-yil 30-aprel |
Ijrochilar mablag‘lari | |
|
|
mahalla darajasida va ular o‘rtasida sport va fizkultura-ommaviy tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan yoshlarni ma’naviy kamol topish va jismonan sog‘lom shaxslar bo‘lish ruhida tarbiyalash, ularni foydali mashg‘ulotlar bilan qamrab olishni, mafkuraviy tahdidlardan himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha ishlar doirasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlarining sport tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligining samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Kalendar reja |
Har yili | ||
|
5. |
Hayotning zamonaviy tendensiyalari va shart-sharoitlarini hisobga olgan holda bolalar va katta yoshdagilar, istalgan yoshdagi havaskor sportchilar va professionallar uchun mo‘ljallangan yangi shakldagi ommaviy jismoniy tarbiya va ommaviy tomosha tadbirlarini ishlab chiqish va joriy etish, tadbirlarning ishtirokchilar va tomoshabinlar uchun tomoshabopligi va jozibadorligini oshirish. |
Ijrochilarning qarorlari |
2019-yil 20-fevral |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
6. |
Sport yulduzlari ishtirokida sport tadbirlari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari o‘tkazish uchun ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, xususiy va biznes tuzilmalarning, sport muassasalarining sport infratuzilmasidan faol foydalanish, bolalar va barcha xohlovchilar uchun yetakchi professional trenerlarni jalb etgan holda ochiq mashqlar va dastxat-sessiyalarni tashkil etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 10-mart |
Ijrochilar mablag‘lari, Kalendar reja doirasida budjet mablag‘lari, xayriya ehsonlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
7. |
Aholining turli qatlamlarini qamrab olishni kengaytirishga mo‘ljallangan o‘tkaziladigan “Sport — hayot tarzi” sport va jismoniy tarbiya — ommaviy mavzuli tadbirlarning turlari xilma-xil bo‘lishi va tez-tez o‘tkazilishini, yangi media-texnologiyalardan foydalangan holda faol ishtirokchilarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish choralarini ta’minlash. “Sport — hayot tarzi” sport va jismoniy tarbiya-ommaviy mavzuli tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha Kalendar rejani ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, uni ommaviy axborot vositalari va media-texnologiyalar bo‘yicha tarqatish. Aholining turli qatlamlarini jalb etgan holda Kalendar rejaga muvofiq “Sport — hayot tarzi” sport va jismoniy tarbiya — ommaviy mavzuli tadbirlar o‘tkazish. Tadbirlarning faol ishtirokchilarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishni ta’minlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
Kalendar rejaga muvofiq |
Ijrochilar mablag‘lari, Kalendar reja doirasida budjet mablag‘lari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
8. |
Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan sport ta’lim muassasalarida va chet eldagi yetakchi sport markazlarida ta’lim olish uchun mintaqalardan iqtidorli bolalarni tanlash maqsadida sportning ommaviy turlari bo‘yicha sport ta’lim muassasalari o‘rtasida, ayniqsa, qizlar uchun muntazam ravishda mintaqaviy sport musobaqalari o‘tkazish. |
Tashkiliy tadbirlar |
Kalendar rejaga muvofiq |
Ijrochilar mablag‘lari, Kalendar reja doirasida budjet mablag‘lari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Ol�y va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi |
|
9. |
Voyaga yetmagan bolalarning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishiga ota-onalar tomonidan qarshilik ko‘rsatish hollarining oldini olish maqsadida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan doimiy monitoring olib borish mexanizmini joriy etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 30-may |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi |
|
10. |
Aholining ijtimoiy muhofaza qilinmagan qatlamlari va qulayroq shart-sharoitlardagi fuqarolar uchun jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanish uchun teng imkoniyatlar yaratish, aholining kam ta’minl�ngan qatlamlari (daromadning past darajasi, to‘liq bo‘lmagan oila, shu kabilar) bolalari shug‘ullanadigan sport muassasalari faoliyatini, shuningdek, chekka tumanlarda (shu jumladan, tog‘lik joylar va anklavlar) joylashgan sport muassasalari faoliyatini qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlash. Aholining ijtimoiy himoyalanmagan qatlamlari va fuqarolar uchun jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini ko‘rish. Shu jumladan aholining kam ta’minlangan qatlamlari sirasiga kiradigan bolalar shug‘ullanadigan chekka tumanlarda joylashgan sport muassasalarini sport asbob-uskunalari va inventar bilan jihozlash uchun Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga mablag‘lar ajratish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 30-sentabr |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi |
|
II. Ilg‘or jahon tajribasi asosida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirishni ilmiy-metodik ta’minlashni takomillashtirish | |||||
|
11. |
Jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasida, shu jumladan, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash uchun ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga investitsiyalarni keng jalb etish, fuqarolarda kichik yoshdan boshlab sog‘lom turmush tarziga, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga, sog‘lom, kuchli va amaliy ijobiy qiziqishni singdirishga yo‘naltirilgan tizimning yanada rivojlanishini ta’minlaydigan normativ-huquqiy bazani shakllantirish. |
Kompleks tadbirlar |
2019-yil 25-iyul |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
|
12. |
Yangilangan o‘quv rejalari va dasturlar talablarini, shuningdek, yetakchi jahon sport markazlarining ilg‘or tajribasini, innovatsion rivojlanishning tegishli ustuvorliklarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan sifati va mazmuniga ko‘ra zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ommaviy adabiyotlarni, yangi avlod normativ hujjatlarni tayyorlash va nashr etishni tashkil etish. |
O‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish |
2019 — 2023-yillar |
Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi |
|
13. |
“Jismoniy tarbiya va sport” ixtisoslashtirilgan nashriyot markazi faoliyatini tashkil etish. Ushbu mavzu bo‘yicha matbaa mahsulotlarini tayyorlash, nashr etish va tarqatish, shu jumladan, jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasidagi ilg‘or ilmiy-metodik adabiyotlarni o‘zbek va rus tillariga tarjima qilish ushbu noshirlik markazining asosiy maqsadlari va faoliyati yo‘nalishlari bo‘lishi kerak. |
Kompleks tadbirlar |
2019-yil 1-iyul |
Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lar� |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
14. |
Sportning ommaviy turlari bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida elektron ta’lim resurslarida mashq jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalarning ochiq respublika ma’lumotlar bazasini tashkil etish. |
Ijrochilarning qarorlari |
2019-yil 20-aprel |
Ijrochilar mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi |
|
III. Yangicha fikrlaydigan trener kadrlarni tanlash va tayyorlashni tashkil etish | |||||
|
15. |
Muayyan ko‘nikma va sifatlarga ega bo‘lgan abituriyentlarning trenerlik kasbida ishlashga ishtiyoqini aniqlash uchun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga talabalarni tanlash jarayonini takomillashtirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 10-iyun |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
|
16. |
Oliy ta’lim muassasalari va malaka oshirish markazlarida jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini yangilash, amaliy komponentlar ulushini ko‘paytirish, yuqori natijalarni namoyish qiluvchi eng tajribali trenerlar rahbarligida mashg‘ulotlarni muntazamlilik asosida o‘tkazish amaliyotini joriy etish. |
Kompleks tadbirlar |
2019-yil 20-avgust |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
|
17. |
Respublikada hamma joyda o‘quv-mashq jarayoniga yetakchi jahon mutaxassislarini tizimli asosda jalb etishni tashkil etishga ko‘maklashish. |
Ijrochilarning qarorlari |
2019 — 2023-yillar |
Ijrochilar mablag‘lari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi |
|
18. |
Sport tayyorgarligi eng muvaffaqiyatli tizimga ega bo‘lgan mamlakatlardan mutaxassislarni jalb etib, yangicha fikrlaydigan trenerlar va ma’muriy kadrlarni tayyorlash uchun eng yangi sport texnologiyalaridan foydalanib, sport ixtisosligidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va sportchilarni tayyorlash markazlarining filiallarini tashkil etish. |
O‘zaro hamkorlik haqida memorandum |
2019 — 2023-yillar |
Ijrochilar mablag‘lari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
|
19. |
Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi bo‘limlarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalarini ko‘paytirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining taqdimnomasi bo‘yicha respublikaning trener kadrlar yetishmaydigan chekka tog‘li va cho‘l tumanlaridan (shaharlaridan) abituriyentlarni imtiyozli o‘qishga qabul qilish uchun kvotalar ajratish. |
Ijrochilarning qarorlari |
2019-yil 10-iyun |
Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
|
20. |
Trener kasbining yuqori maqomi va nufuzini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rish, o‘zini o‘zi to‘laqonli namoyon qilish va professional o‘sish uchun qulay shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish, davlatning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun yosh avlodni tarbiyalash bilan shug‘ullanadigan inson sifatida trenerning ijobiy qiyofasini shakllantirish. Tuman, ayniqsa chekka tumanlar (shahar) sport maktablari, Olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar trenerlarini viloyat va respublika darajasida sport turlari bo‘yicha terma jamoalar bilan o‘quv-mashq yig‘inlarida ishtirok etishga jal? qilish. Tuman va viloyat darajasidagi sport maktablari trenerlarining malakasini yanada oshirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 25-mart |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi |
|
IV. Innovatsion fikrlaydigan ma’muriy kadrlarni tayyor�ash va tanlashni tashkil etish | |||||
|
21. |
Jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasiga ma’muriy kadrlar tayyorlash jarayoniga sportni boshqarishning maxsus dasturlarini joriy etish, professionallar, menejerlar, sport tibbiyot xodimlari va psixologlar uchun seminarlar o‘tkazish, Sport Management (sportni boshqarish), Sport Leadership (sportda rahbarlik qilish), Sport Administration (sport ma’muriyatchiligi) yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi jahon sport markazlarida tajriba orttirishlarni tashkil etish. |
Kompleks tadbirlar |
2019-2020-yillar |
Ijrochilar mablag‘lari, Kalendar reja doirasida budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami mablag‘lari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
|
22. |
Sport muassasalari rahbarlarining ular o‘rtasida tajriba almashishni rag‘batlantirish, rivojlantirish bo‘yicha dasturlarda tizimli ishtirok etishini ta’minlash, shuningdek, ishning ilg‘or va eng sa�arali usullarini o‘zlashtirishga intilishda ularni qo‘llab-quvvatlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
Har yili |
Ijrochilar mablag‘lari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
|
23. |
Jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasida davlat siyosati o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq ko‘lamda amalga oshirilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hududiy bo‘linmalari va ularning rahbarlarining mustaqilligini oshirish va mas’uliyatini kuchaytirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 15-iyun |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
V. Sport tibbiyotini takomillashtirish, sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish | |||||
|
24. |
Ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlariga o‘quvchilarning jismoniy faolligini rag‘batlantiruvchi sog‘lom turmush tarzi yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish va sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha tadbirlar va maxsus kurslarni kiritish. |
Tashkiliy tadbirlar |
Muntazam ravishda |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
25. |
Xususiy imoratlar uylarida va ko‘p kvartirali uylarda yashaydigan shaxslarning yaqinda joylashgan ijtimoiy maqsaddagi obyektlarning (ta’lim, tibbiyot, sport va dam olish muassasalari) jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlaridan foydalanishini ta’minlash yo‘li bilan ular uchun jismoniy faollikni majburiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish. Ta’lim, sport va dam olish muassasalarida sportning ommaviy turlari bo‘yicha sport to‘garaklari va seksiyalarini tashkil etish. Malakali mutaxassislarni jalb etgan holda tibbiyot jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish obyektlarida davolovchi jismoniy tarbiyani tashkil etish. |
Kompleks tadbirlar |
Doimo |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi |
|
26. |
Sportchilar va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning tibbiy xizmatlardan foydalanishini kengaytirish va tibbiy ta’minlash sifatini oshirish, aholini sog‘lomlashtirish uchun jismoniy tarbiyadan faol va samarali foydalanish. Sport turlari bo‘yicha terma jamoalar a’zolarini bir yilda kamida ikki marta sport tibbiyoti bo‘linmalarining ko‘p ixtisosli tibbiyot markazlarida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish. Sog‘lomlashtirish va sog‘lom turmush tarzi vositasi sifatida aholi uchun jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilish. |
Tashkiliy tadbirlar |
Muntazam ravishda |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi |
|
27. |
Reabilitatsiya qiluvchi tibbiyot sohasida innovatsion usullar va texnologiyalardan keng foydalangan holda sportda intensiv jismoniy yuklamalardan, shuningdek, sportchilar va aholi kasallikni boshdan kechirganidan, jarohatlanganidan keyin tiklash tadbirlarini amalga oshirishda sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishini tizimli asosda tashkil etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-2020-yillar |
Ijrochilar mablag‘lari, Kalendar reja doirasida budjet mablag‘lari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
28. |
Aholi sog‘lom turmush tarzining asosi sifatida sog‘lom ovqatlanishni keng tushuntirish ishlarini tashkil etish va targ‘ib qilishni kuchaytirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 25-mart |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
29. |
Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablarga muvofiq oziq-ovqat xomashyosining asosiy turlarini mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish, almashtirib bo‘lmaydigan komponentlar, sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun maxsus oziq-o�qat mahsulotlari va ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish. |
Kompleks tadbirlar |
2019-yil 20-may |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK |
|
VI. Seleksiya, seleksioner trenerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini kuchaytirish yo‘li bilan iste’dodli sportchilarni tanlash | |||||
|
30. |
Iste’dodli sportchilarni tanlash va ularning natijalarini nazorat qilish bo‘yicha mintaqaviy kengashlar tashkil etish, ularni maqsadli tayyorlash, iqtidorli sportchilarni ixtisoslashtirilgan sport maktablariga, ta’lim muassasalari va sport klublariga tanlashda shaffoflik va xolislikni ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish. |
Ijrochilarning qarorlari |
2019-yil 25-aprel |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (uyushmalar) |
|
31. |
Iste’dodli sportchilarni aniqlash uchun sport turlari bo‘yicha respublika musobaqalari o‘tkazilishini, shu jumladan, uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarining barcha bosqichlari tanqidiy tahlil qilinishini va monitoring olib borilishini joriy etish. |
Kompleks tadbirlar |
Doimo |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (uyushmalar) |
|
32. |
Jismoniy tarbiya va sport tur�ari bo‘yicha sport sohasida ixtisoslashayotgan sport maktablari, ta’lim muassasalari va sport klublari o‘rtasida mintaqaviy, milliy va xalqaro o‘quv-mashq yig‘inlari o‘tkazish. |
Ijrochilarning qarorlari |
Kalendar rejaga muvofiq |
Ijrochilar mablag‘lari, Kalendar reja doirasida budjet mablag‘lari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (uyushmalar) |
|
33. |
Sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari g‘oliblari va sovrindorlarining jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari va boshqa xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish. |
Ijrochilarning qarorlari |
Kalendar rejaga muvofiq |
Ijrochilar mablag‘lari, Kalendar reja doirasida budjet mablag‘lari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (uyushmalar) |
|
34. |
Sport turlari bo‘yicha innovatsion tafakkurli seleksioner trenerlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida sport turlari bo‘yicha seleksioner trenerlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha bo‘linma ochish. Seleksioner trenerlar tayyorlash va qayta tayyorlash amaliyotini o‘rganish va ilg‘or tajribani joriy etish. |
Ijrochilarning qarorlari |
2019-yil 25-iyul |
Ijrochilar mablag‘lari, Kalendar reja doirasida budjet mablag‘lari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi, sport federatsiyalari (uyushmalar) |
|
VII. Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida yuqori darajali axborotlashtirishni va multimedia mahsulotlaridan foydalanishni ta’minlash | |||||
|
35. |
Barcha sport muassasalarining butunjahon Internet axborot tarmog‘idan foydalanishi chora-tadbirlarini ko‘rish, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining zamonaviy jozibador saytini yaratish va uning doimiy ishlashini ta’minlash. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2019-yil 10-aprel |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (uyushmalar) |
|
36. |
“Sport — hayot tarzi” xeshtegi ostida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni ommaviylashtirish kompaniyasini tashkil etish va ijtimoiy tarmoqlarda ilgari siljitish, SPORTS.UZ axborot portalini yaratish, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati ustuvorliklariga yangicha yondashuvlarni aks ettiruvchi l�gotipini yaratish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 10-may |
Ijrochilar mablag‘lari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
37. |
Dolzarb yo‘nalishlarda — jamoatchilik fikri monitoringi, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazishda (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri bilan aloqa qilish liniyasini ochish, voqealar kalendari, mashqlar organayzeri, aholi faolligi monitoringi) iSPORT mobil tarmoqlari uchun sport ilovalarini ishlab chiqish. |
Kompleks tadbirlar |
2019 — 2023-yillar |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami mablag‘lari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
38. |
Axborot texnologiyalarini va multimedia mahsulotlarini rivojlantirishda zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda o‘quv-mashq jarayoni kompyuterlashtirilishi darajasini oshirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
Doimo |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
39. |
Aholi orasida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalari va jismoniy faollikni targ‘ib qilish va bunday ko‘nikmalarni shakllantirishning foydasi bo‘yicha axborot-ma’rifiy faoliyatni kuchaytirish. |
Kompleks tadbirlar |
Doimo |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
40. |
Jismoniy tarbiya va sportning milliy integratsiyalashtirilgan axborot tizimini, shu jumladan, sportchilar faoliyatini ro‘yxatga olish va hisobga olish bo‘yicha — “Skm-sportsmen”, trenerlarning ma’lumotlar bazasini ta’minlash bo‘yicha — “Skm-trener” va respublikaning jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini pasportlashtirishni ta’minlash bo‘yicha — “Skm-sportinshoot” axborot tizimlari orqali sport natijalari monitoringi va yutuqlarni baholash tizimlarini tashkil etish. |
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari |
2019-yil 10-fevral |
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
41. |
Sport obyektlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini (turniketlar, videokuzatuv, hisobot berishning yagona tizimi, mablag‘lar tushishi�ing yagona bazasi va boshqalar) joriy etish. Sport obyektlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishga qo‘yiladigan eng kam talablarni belgilash; davlat-xususiy sheriklik shartlarida sport obyektlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlarining takliflarini jalb etish va ularning eng yaxshilarini tanlash. |
Kompleks tadbirlar |
2019-yil 30-may |
Ijrochilar mablag‘lari va xayriya ehsonlari |
Madaniyat obyektlari va muassasalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ishchi guruh, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
42. |
Ilg‘or xorijiy tajriba (Koreya, Xitoy, Turkiya, Germaniya, Buyuk Britaniya) asosida jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasida axborot va statistika ma’lumotlarini to‘plash va ularni puxta ishlash tizimi va usullarini takomillashtirish. |
Kompleks tadbirlar |
2020-yil mart |
Ijrochilar mablag‘lari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
VIII. Energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni faol joriy etish asosida davlat sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | |||||
|
43. |
Zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan, innovatsion qurilish texnologiyalarini faol joriy etish va ulardan foydalanish asosida sport muassasalari infratuzilmasi binolari va obyektlarini, shuningdek, umumta’lim muassasalarining sport inshootlarini bosqichma-bosqich qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni davom ettirish bo‘yicha takliflar tayyorlash. |
Takliflarni tayyorlash |
2019 ?il 15-iyun |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamg‘armasi mablag‘lari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamg‘armasi mablag‘lari, Moliya vazirligi |
|
44. |
Umumta’lim maktablari va sport muassasalarini eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy ergonomik va ekologik mebel, tegishli uskunalar, zamonaviy sport inventari bilan bosqichma-bosqich jihozlash va to‘liq jihozlashni davom ettirish. |
Kompleks tadbirlar |
2019-yil 10-iyul |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamg‘armasi mablag‘lari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamg‘armasi mablag‘lari, Moliya vazirligi |
|
45. |
Mintaqalarning hududiy-iqlim xususiyatlarini hisobga olgan, taniqli xorijiy kompaniyalarning ilg‘or tajribasi asosida qurilish materiallaridan, zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalardan foydalangan holda sport obyektlari loyihalarini ishlab chiqish uchun Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi huzurida ixtisoslashtiri�gan loyiha institutini tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash. |
Takliflarni tayyorlash |
2019-yil 1-aprel |
Budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi |
|
IX. Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish bo‘yicha innovatsion chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish | |||||
|
46. |
Ommaviy axborot vositalari, radio, televideniye, butunjahon Internet axborot tarmog‘i, bosma mahsulotlar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar ta’lim muassasalari, korxonalar va tashkilotlarda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi odamlarning imkoniyatlari va yutuqlarini namoyish qiluvchi tadbirlarni yoritish, shu jumladan, ko‘rgazmali materiallar va ma’ruza shakllaridan faol foydalanish, jismoniy tarbiya va sport masalalari bo‘yicha yagona axborot muhitini shakllantirishdan keng foydalanish yo‘li bilan turli yosh guruhlari orasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni, sog‘lom turmush tarzini, salbiy hodisalar profilaktikasini targ‘ib qilish bo‘yicha ishlarni tizimli asosda kompleks tashkil etish va amalga oshirishga yo‘naltirilgan doimiy ishlaydigan axborot-targ‘ibot tizimini shakllantirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 30-iyun |
Ijrochilar mablag‘lari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
|
47. |
Aholining barcha qatlamlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishdan manfaatdorlikni shakllantirish sohasida axborot va ta’lim vositalari samaradorligini oshirish. Jismoniy tarbiya va sportning vositalarini qo‘llashning foydasini targ‘ib qiluvchi teleko‘rsatuvlar tayyorlash va namoyish qilish; Aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish bo‘yicha sotsiologik so‘rovlar va tadqiqotlar, reklama kompaniyalari o‘tkazish va ijtimoiy roliklarni namoyish qilish; Teleradio kanallarida jismoniy tarbiya va sport vositalarini qo‘llash masalalari bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini, shu jumladan, studiyadagi mavzuli va ko‘chma teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar turkumlarini, tok-sho�larni tashkil etish. |
Kompleks tadbirlar |
2019-yil 20-noyabr |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
|
48. |
Ommalashtirish jarayonining uzluksizligini ta’minlash, ommaviy dam olish joylarida va yashash joyida shaxsga (oila, maktabgacha, maktab, o‘rta kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish jamoalari) tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning uzviyligiga rioya qilish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 20-may |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’li?i vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, sport federatsiyalari (uyushmalar) |
|
49. |
Jismoniy tayyorgarlikning yuqori darajasiga erishishda fuqarolarning jismoniy faolligini rag‘batlantirish, sog‘lom turmush tarzining muhim elementi sifatida sport faolligini mustahkamlash. Aholining turli qatlamlari orasida sport va jismoniy tarbiya — ommaviy tadbirlarni muntazam o‘tkazish, g‘oliblar va sovrindorlarni qimmatbaho sovrinlar bilan rag‘batlantirish, shuningdek, har xil nominatsiyalar bo‘yicha faol ishtirokchilarni sovrinlar bilan rag‘batlantirish. Musobaqalarning g‘oliblari va sovrindorlarini “Alpomish” va “Barchinoy”ning jismoniy tayyorgarligi va salomatligi holatini aniqlash bo‘yicha test sinovdan o‘tkazish va rag‘batlantirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
Doimo |
Kalendar reja doirasida budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami mablag‘lari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi |
|
50. |
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi bosma va ko‘rgazmali mahsulotlarni tarqatish, teleradio dasturlarini namoyish qilish va Internet resurslarini shakllantirish, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni ommalashtirishga yetakchi sport mutaxassislarini, sportchilar, siyosatchilar, jamoat arboblarini jalb etish, ijtimoiy reklamadan foydalanish. |
Kompleks tadbirlar |
2019-yil 15-aprel |
Bajaruvchilar mablag‘lari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi |
|
51. |
Davlat, jamoat tashkilotlari, biznes-tuzilmalar va xususiy shaxslarning mavzuli nominatsiyalari bo‘yicha sovrinlari uchun “Sport bayrami” milliy festivali, marafonlar, sport musobaqalari va birinchiliklarini muntazamlilik asosida tashkil etish va o‘tkazish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019 yil 10-oktabr |
Kalendar reja doirasida budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi |