28.04.2020 yildagi 08-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi PLENUMIning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olishga qaratilgan choralar joriy etilishi munosabati bilan qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olishga qaratilgan choralar joriy etilishi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan, shuningdek, moddiy va protsessual qonun normalari bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, O‘zbekiston Respublikasi hududida 2020-yil 16-martdan boshlab koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olishga qaratilgan maxsus choralar (karantin) joriy etilgan bo‘lib, bu davlat organlari va boshqa muassasalar ishlash tartibiga, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga jiddiy o‘zgartirishlar kiritilishiga, fuqarolarning erkin harakatlanishiga, shu jumladan, sud orqali himoyalanish huquqini amalga oshirishga bo‘lgan huquqlari cheklanishiga sabab bo‘ldi. Bunday choralar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 19-martdagi PF-5969-sonli Farmoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-sonli Farmoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 23-martdagi 176-sonli qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi F-5537-sonli farmoyishi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa qonun hujjatlariga muvofiq joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, karantin davri va shartlari O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan belgilanadi va rasman bekor qilingunga qadar amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sudlarga tushuntirilsinki, karantin amal qilishi davrida da’vo muddati O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 156-moddasi birinchi qismining 1 va 2-bandlariga asosan to‘xtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda shunga e’tibor qaratish lozimki, agar karantin da’vo muddatining oxirgi olti oyida joriy etilgan yoki amal qilishi davom etib turgan bo‘lsa, da’vo muddatining o‘tishi to‘xtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Da’vo muddatining to‘xtatilishiga asos bo‘lgan karantin bekor qilingan kundan boshlab da’vo muddatining o‘tishi davom etadi, bunda muddatning qolgan qismi olti oygacha, agar da’vo muddati olti oydan kam bo‘lsa, da’vo muddatiga qadar uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 333-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra, basharti, qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan shaxs faqat majburiyatni lozim darajada bajarishga yengib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli imkon bo‘lmaganligini isbotlay olmagan holdagina, javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan sudlar majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi masalani hal etishda (neustoyka undirish, zararlarni qoplash, shartnomani bekor qilish va boshqalar) majburiyatlarni bajarmaslik sabablarini aniqlashi, agar majburiyatni bajarish yoki lozim darajada bajarish karantin joriy etilishi tufayli mumkin bo‘lmaganligi aniqlanganda, talabni qanoatlantirishni rad etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qonunga muvofiq jinoyat, fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy va ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarda ishtirok etuvchi shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan yoki sud tomonidan tayinlangan protsessual muddatlar o‘tishi bilan u yoki bu protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini yo‘qotadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, protsessual harakatlarni karantin joriy etilishi munosabati bilan amalga oshirish imkoniyati bo‘lmagan hollarda, sudlar protsessual muddatlarni uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazilgan muddat sifatida qonunda belgilangan tartibda uzaytirish va tiklash masalasini hal etishi zarur, basharti qonun bunday muddatlarni uzaytirish yoki tiklashga yo‘l qo‘ysa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sudlar shunga alohida e’tibor qaratishi lozimki, karantin joriy etilishi ushlab turish, qamoqda saqlash, uy qamog‘ida bo‘lish tariqasidagi protsessual majburlov choralarining qonunda belgilangan muddatlarini, shuningdek, jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish muddatlari o‘tishini to‘xtatmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar ehtiyot choralarini qo‘llash, o‘zgartirish, bekor qilish, ehtiyot choralari muddatlarini uzaytirish, kasalligi yoxud nogironligi tufayli jazodan ozod qilish, jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish to‘g‘risidagi ishlar va materiallarni o‘z vaqtida karantin shartlariga rioya etgan, shu jumladan, videokonferensaloqa vositalaridan foydalangan holda ko‘rib chiqish choralarini ko‘rishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tegishli protsessual qonunda nazarda tutilgan fuqarolik, jinoyat, ma’muriy, iqtisodiy ish bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatish asoslari tugal ekanligi sababli, sudlar mazkur ishlar bo‘yicha ish yuritishni karantin joriy etilishi munosabati bilan to‘xtatishga haqli emas va ularni o‘z vaqtida, karantin shartlarida belgilangan ehtiyot choralariga rioya qilgan holda ko‘rib chiqishi, bunday choralar ko‘rishning hamda protsess ishtirokchilari ishtirokini amalda ta’minlashning imkoniyati bo‘lmaganda, ishni ko‘rishni ma’lum muddatga qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqarishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda karantin joriy etilishi munosabati bilan qoldirilgan ishlarni ko‘rish muddatlari buzilishi hollari sudyalar aybi bilan yo‘l qo‘yilgan deb baholanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, ushbu qaror 7-bandining birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan qoidalar quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyruq tartibida ko‘riladigan ishlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soddalashtirilgan tartibda ko‘riladigan ishlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflar tomonidan ishni ularning ishtirokisiz ko‘rish haqida iltimosnoma berilgan ishlarga, basharti sud sud majlisida taraflar ishtirok etishini shart deb topmagan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kechiktirmay ko‘rilishi talab etiladigan boshqa ishlarga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 117-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lganda, ya’ni taraf davolash muassasasida bo‘lganda, shuningdek, taraflardan birortasida sudga kelishga monelik qiladigan, tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan kasallik mavjud bo‘lganda, ish bo‘yicha ish yuritish sud tomonidan to‘xtatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sudlarga tushuntirilsinki, sudlarning qamoqdan va uy qamog‘idan ozod qilish to‘g‘risidagi hukmlari, ajrimlari, qarorlari darhol ijroga qaratilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Karantin joriy etilgunga qadar qonuniy kuchga kirmagan sud qarorlari, shuningdek, karantin davrida chiqarilgan va karantin joriy etilishi munosabati bilan apellyatsiya tartibida shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) sud qarorlari karantin amal qilishi bekor qilingandan so‘ng ijroga qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Iqtisodiy sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 19-martdagi PF-5969-sonli Farmonining qoidalarini inobatga olgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
karantin joriy etilgan paytdan boshlab va 2020-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan davrda chet eldan xorijiy valyutadagi tushum tushishi kechiktirilishiga yo‘l qo‘ygan eksport (import) qiluvchilarga moliyaviy jarimalar qo‘llash to‘g‘risidagi arizalar kelib tushganda bunday arizalarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda qabul qilish rad etilishi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, ish bo‘yicha ish yuritish IPK 110-moddasining 1-bandiga mos holda tugatilishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmon qabul qilingunga qadar qo‘zg‘atilgan chet eldan xorijiy valyutadagi tushum tushishi kechiktirilishiga yo‘l qo‘ygan eksport (import) qiluvchilarga moliyaviy jarimalar qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ish yuritish 2020-yil 1-oktabrga qadar to‘xtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Iqtisodiy sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-sonli Farmoni qoidalarini inobatga olgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlar va bojxona organlari o‘rtasidagi bojxona imtiyozlarini qo‘llash masalalari bo‘yicha nizolarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan tovar Farmonning 1-ilovasida ko‘rsatilgan tovarlarga kirishi yoki kirmasligi, qurilish materiallari koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha tibbiyot va karantin muassasalari qurilishi uchun, tovarlar esa, ular faoliyat ko‘rsatishi uchun olib kirilganligi aniqlanishi va uning natijasi bo‘yicha nizo yuzasidan tegishli qaror qabul qilinishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organlarining soliq qarzdorligini majburiy undirish to‘g‘risidagi da’vo arizalarini ko‘rib chiqishda javobgar (soliq to‘lovchi) Farmon 4-bandining “a” kichik bandida ko‘rsatilgan subyektlarga kirishi yoki kirmasligi aniqlanishi, agar kirganda — soliq turi va soliq hisoblangan davr, soliq organi tomonidan qo‘llanilgan soliq stavkasi aniqlanishi va uning natijasi bo‘yicha nizo yuzasidan tegishli qaror qabul qilinishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organlarining soliq qarzdorligini majburiy undirish haqidagi da’vo arizalarini ko‘rishda soliq organlari mazkur obyekt 2020-yil 1-aprelgacha yoki undan so‘ng aniqlangan bo‘lishidan qat’i nazar 2020-yil 1-apreldan 31-dekabrgacha bo‘lgan davrda foydalanilmayotgan obyektlarga nisbatan mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining oshirilgan stavkalarini qo‘llashga, 2020-yil 1-aprelga qadar oshirilgan stavkalar bo‘yicha hisoblangan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i summasiga nisbatan penya hisoblashga va majburiy undirish choralarini ko‘rishga haqli emasligini nazarda tutish lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organlarining yakka tartibdagi tadbirkorlardan soliq qarzdorligini majburiy undirish haqidagi da’vo arizalarini ko‘rib chiqishda soliq organi tomonidan hisoblangan jismoniy shaxslarga daromad solig‘i va ijtimoiy soliq davri aniqlanishi lozim, bunda nazarda tutish lozimki, 2020-yil 24-martdan boshlab karantin amal qilinishi bekor bo‘lgunga qadar ko‘rsatilgan soliqlar hisoblanmaydi, agar yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan o‘z faoliyatini to‘xtatilganligi haqida soliq organini xabardor qilgan bo‘lsa. Bunda sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, agar bunday xabarnoma soliq organiga yuborilmagan bo‘lsa, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i qat’iy belgilangan summasi va ijtimoiy soliq hisoblanishi to‘xtatilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
karantin joriy etilgan paytdan boshlab va 2020-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan davrda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun kiritilgan cheklov choralari tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan qarzdor — yuridik shaxsning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida arizalar kelib tushganda bunday arizalarni IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda qabul qilish rad etilishi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, ish bo‘yicha ish yuritish IPK 110-moddasining 1-bandiga mos holda tugatilishi lozim. Ushbu qoida bankrotlikning soddalashtirilgan tartibida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizalarga, shuningdek, ko‘rsatilgan cheklov choralari kiritilgunga qadar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan qarzdor — yuridik shaxsning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizalarga nisbatan tatbiq etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat korxonalari — davlat mulklarini ijaraga berish markazlarining ijara to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi da’vo arizalarini ko‘rishda qarzdorlik yuzaga kelgan davr aniqlanishi lozim. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, agar karantin tadbirlari davrida o‘z faoliyatini ijarachi — tadbirkorlik subyekti tomonidan to‘xtatilgan bo‘lsa, 2020-yil 24-martdan boshlab karantin amal qilinishi bekor bo‘lgunga qadar ijara to‘lovlari hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-sonli Farmoni qoidalarini inobatga olgan holda, agar 2020-yil 1-oktabrga qadar bo‘lgan davr mobaynida kredit qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qarzdor tomonidan kredit bo‘yicha to‘lovlar karantinning amal qilish davrida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelganligi sababli kechiktirilganligi va shu sababli qarzdor kechiktirish huquqiga ega ekanligi aniqlanganda, arz qilingan talabni qanoatlantirish rad etilishi lozim. Bunday qaror joriy etilgan karantin rejimi qarzdorlarning faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi aniqlanganda, qarzdorlarning muddati o‘tib ketgan kreditlariga jarima sanksiyalarini undirish va undiruvni garov ta’minotiga qaratish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha ham qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 28-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
08-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV