Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 03.04.2020 yildagi PF-5978-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat koʻrsatishining barqarorligini taʼminlash, shuningdek, ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2020-yil 31-dekabrga qadar 1-ilovaga muvofiq tovarlarni olib kirishda bojxona boji va aksiz soligʻining nol stavkalari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarif va notarif tartibga solish kengashi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanish uchun olib kiriladigan xom ashyo, materiallar, aksessuarlar va butlovchi qismlarning narxini pasaytirishga alohida eʼtibor qaratgan holda, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Joriy yilning mart — iyun oylarida toʻlash muddati tugaydigan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordamlar toʻlash ularni toʻlashni yangi muddatda davom ettirish toʻgʻrisidagi ariza hamda boshqa hujjatlarni talab qilmagan holda 6 oy muddatga (biroq bola tegishlicha 2 yoshga va 14 yoshga toʻlgunidan koʻp boʻlmagan muddatda) tanaffussiz davom ettirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam toʻlashni uzaytirish bilan bogʻliq xarajatlar Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni bepul taʼminlash uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlarining roʻyxati karantin tadbirlari amal qilishi davrida bir martalik niqoblar, antiseptik vositalar va bakteriyaga qarshi sovunlar jamlanmasi bilan toʻldirilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, 2020-yil 1-apreldan 31-dekabrga qadar quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) koʻrsatuvchi subyektlar, “Uzbekistan Airways” AJ va uning tarkibiy boʻlinmalari, “Uzbekistan Airports” AJ va “Oʻzaeronavigatsiya markazi” DUK:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy soliqni kamaytirilgan stavkada 1 foiz miqdorida toʻlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga 1 mlrd soʻmdan oshmaydigan va elektron hisob-fakturalarni qoʻllaydigan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar ushbu soliqni har choraklik asosda hisoblash va toʻlash huquqiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yuridik yoki jismoniy shaxs oʻz faoliyatini koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun kiritilgan cheklov choralari tufayli toʻxtatishga majbur boʻlgan hollarda, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlarga, shu jumladan 2020-yil 1-aprelga qadar aniqlanganlarga nisbatan mol-mulk soligʻi va yer soligʻining oshirilgan stavkalarini qoʻllash, shuningdek, koʻrsatilgan soliqlar boʻyicha oshirilgan stavkalarni qoʻllash natijasida yuzaga kelgan qarzdorlikka nisbatan penya hisoblash va majburiy undirish choralarini koʻrish tartibi toʻxtatiladi.
(4-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-iyuldagi PF-6027-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2020-y., 06/20/6027/1071-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Karantin tadbirlari davrida oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi qatʼiy belgilangan summasini va ijtimoiy soliqni hisoblash toʻxtatilsin, bunda faoliyatni toʻxtatganlik toʻgʻrisida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali davlat soliq xizmati organlari xabardor qilinadi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnomani topshirish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻz faoliyatini toʻxtatgan va (yoki) tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan tushumi joriy yilning birinchi choragidagi oʻrtacha oylik miqdoriga nisbatan 50 foizdan koʻproqqa kamaygan mikrofirma, kichik korxona va yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq organlarini xabardor qilgan holda 2020-yil 1-oktabrga qadar quyidagi soliqlarni foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) huquqi taqdim etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza bermasdan turib aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha — ularni keyinchalik 12 oy davomida teng ulushlarda toʻlash sharti bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy soliq boʻyicha — uni keyinchalik 6 oy davomida teng ulushlarda toʻlash sharti bilan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Joriy yilning oxiriga qadar spirt, alkogol mahsulotlari, shu jumladan vino va pivo uchun aksiz soligʻi, shuningdek, benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz soligʻining amaldagi stavkalari saqlanib qolinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-apreldagi PF-65-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 06/25/65/0331-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy zaxiralar boʻyicha talablarni yengillashtirish hisobiga tijorat banklarini 2,6 trln soʻm hajmidagi qoʻshimcha likvidlik resurslari bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklariga 3 yil muddatgacha 2 trln soʻmgacha miqdorda likvidlik taqdim etishning maxsus mexanizmini joriy etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Markaziy bankning quyidagilar toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi PF-5969-son Farmoni ijrosi doirasida yuridik shaxslarning kreditlari boʻyicha 7,9 trln soʻm hajmdagi qarzdorligi kechiktirilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda va boshqa mamlakatlarda koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha koʻrilayotgan choralar va iqtisodiy faollikning keskin pasayishi sababli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan tashkilotlarning kreditlari boʻyicha qoʻshimcha restrukturizatsiya qilinadigan toʻlovlar hajmi qoʻshimcha ravishda 7 trln soʻmni tashkil etmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan 2020-yilning navbatdagi 6 oyi mobaynida soʻndirilishi lozim boʻlgan kreditlar boʻyicha muddati uzaytiriladigan toʻlovlar hajmi 4,7 trln soʻmni tashkil etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Markaziy bank quyidagilar uchun shart-sharoitlar yaratish va tartib-taomillarni soddalashtirish choralarini koʻrsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari tomonidan moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan yuridik va jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning kreditlari boʻyicha toʻlovlarga 2020-yil 1-oktabrga qadar kechiktirish taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga kiritilgan karantin rejimi faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatgan qarzdorlarning muddati oʻtib ketgan kreditlariga garov taʼminoti boʻyicha jarima sanksiyalari va undiruv choralari qoʻllamaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, tijorat banklari tomonidan kreditlar boʻyicha hisoblangan va kechiktirilgan foizlar summasi kechiktirish taqdim etilgan davrda foyda soligʻini hisoblashda jami daromad tarkibiga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Belgilansinki, 2020-yil 1-oktabrga qadar Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalar sonidan qatʼi nazar, ijobiy kredit tarixiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun beriladigan kreditlar boʻyicha kredit summasining 75 foizidan oshmagan, biroq 10 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan hajmda kafillik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdordagi foiz stavkasi bilan milliy valyutada beriladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya, uning belgilangan miqdorlarini saqlab qolgan holda, taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitta qarz oluvchiga davlat jamgʻarmasi tomonidan bir vaqtda ham kafillik, ham kompensatsiya berishga qoʻyilgan cheklov bekor qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mazkur Farmon doirasida toʻlov muddati kechiktirilgan kreditlarni qayta moliyalashtirish uchun tijorat banklariga ajratilgan resurslarni soʻndirish muddatlarini uzaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Moliya vazirligi manfaatdor tijorat banklari bilan birgalikda mazkur Farmon doirasida muddati uzaytirilgan kreditlar boʻyicha berilgan davlat kafolatlarini qayta rasmiylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun kiritilgan cheklov choralari tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan korxonalarga nisbatan bankrotlik tartib-taomillarini qoʻllash va ularni bankrot deb eʼlon qilishga 2020-yil 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda moratoriy joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni 2019-yil yakunlari boʻyicha auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish muddati 2020-yil 1-oktabrgacha uzaytiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksionerlarning 2019-yil yakunlari boʻyicha yillik umumiy yigʻilishlarini 2020-yil 1-oktabrgacha muddatda, shuningdek, videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan ortiq boʻlgan masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlarni har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish boʻyicha talab 2020-yil yakunlari boʻyicha kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
karantinga olingan shaxslarga nisbatan qoʻllanilgan maʼmuriy jarimalarni (karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik bundan mustasno) toʻlash muddatlari karantin muddati tugagunga qadar uzaytiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-oktabrgacha dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalari, tibbiy buyumlar va boshqa mahsulotlarni ulgurji sotishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yil yakuniga qadar qarz beruvchiga foiz shaklida daromad toʻlash majburiyatisiz qarz (qaytarib beriladigan moliyaviy koʻmak) taqdim etilganda soliq solish maqsadida qayta moliyalash stavkasi (asosiy stavka) asosida aniqlanadigan daromad aylanmadan olinadigan soliq hamda foyda soligʻini hisoblashda jami daromad tarkibiga kiritilmaydi va oʻz navbatida soliqqa tortilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
karantin tadbirlari davrida oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarini hisoblash va undirish toʻxtatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foyda soligʻini avvalgi chorak yakunlari asosida hisoblash boʻyicha oʻrnatilgan talablarni bekor qilgan holda, ushbu soliqni toʻlovchilar 2020-yilning ikkinchi choragidan boshlab, kutilayotgan hajmlardan kelib chiqib foyda soligʻi boʻyicha avans toʻlovlar summasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etish huquqiga ega. Soliq toʻlovchilar tomonidan mazkur huquqni suiisteʼmol qilish holatlari aniqlanganda davlat soliq xizmati organlariga foyda soligʻi boʻyicha avans toʻlovlar toʻgʻrisida taqdim etilayotgan maʼlumotnomalarga oʻzgartirishlar kiritish vakolati beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-apreldan boshlab soliq toʻlovchilar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlarni soliq solishdan boʻshagan mablagʻlarni muayyan maqsadlarga yoʻnaltirish shartlarisiz qoʻllaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inqirozga qarshi kurashish boʻyicha respublika komissiyasi (A.N. Aripov) ishlab chiqarish faoliyatini davom ettirayotgan shaxslar oʻz ishchilariga shart-sharoitlar tashkil etishi ustidan doimiy monitoring olib borish uchun ularga sanitariya-epidemiologiya xizmatlari va sogʻliqni saqlash muassasalarining biriktirilishini taʼminlagan holda, ushbu shaxslar faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun kiritilgan cheklov tadbirlari sababli bajarilmagan investitsiya majburiyatlari muddatlarini uzaytirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish boʻyicha tibbiyot va karantin muassasalari qurilishi uchun zarur boʻlgan qurilish materiallari, shuningdek, ular faoliyat koʻrsatishi uchun zarur tovarlar 2020-yil 31-dekabrgacha muddatga bojxona toʻlovlaridan, shu jumladan qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koronavirus infeksiyasini aniqlash boʻyicha ekspress-testlarni olib kirishda ular uchun bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimi undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6324-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2021-y., 06/21/6324/0970-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlashni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyatini berish ishlari lozim darajada tashkil etilmaganligi mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrsatib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlashni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyati berilishi munosabati bilan mahalliy budjetlarining olinmay qolinadigan daromadlari oʻrni Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan har oyda qoplanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va toʻlashning amaldagi tartibiga oilalarning ijtimoiy nafaqa olishga muhtojligini baholash tartib-taomillarini soddalashtirishga, shu jumladan quyidagilarga qaratilgan oʻzgartirishlarni kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy nafaqa olish uchun ariza bilan birga taqdim etiladigan hujjatlarni kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatning ijtimoiy yordam choralari hisoblanuvchi alohida transfertlarni oilaning jami daromadlaridan chiqarib tashlash va boshqalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalari ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarning manzilliligini taʼminlash maqsadida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlikda ishlasin, shuningdek, ijtimoiy yordamga oʻta muhtoj boʻlgan oilalarga yordam koʻrsatish uchun tegishli koʻmaklarni jalb qilish boʻyicha tezkorlik bilan choralar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki hafta muddatda “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 3-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5978-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda 2020-yil 31-dekabrga qadar bojxona boji va aksiz soligʻining nol stavkalari belgilanadigan tovarlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

TIF TN kodi

Tovar nomi

1.

0207

0105-tovar pozitsiyasida koʻrsatilgan yangi, sovutilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi goʻshti va qoʻshimcha ozuqabop mahsulotlar

2.

0301-0305

Baliq

3.

0402,

0405,

0407

Quyultirilgan yoki shakar yoxud boshqa shirin taʼm beruvchi moddalar qoʻshilgan sut va qaymoq;

Sariyogʻ va sutdan tayyorlangan boshqa moylar va yogʻlar; sut pastalari;

Poʻchoqli, yangi, konservalangan yoki qaynatilgan parranda tuxumlari

4.

0703,

0706,

070700

Barra yoki sovutilgan piyoz, shalot piyozi, sarimsoq piyoz, porey piyozi va boshqa piyozboshli sabzavotlar;

Barra (yangi) yoki sovutilgan sabzi, sholgʻom, shirin lavlagi, echkisoqol, selderey ildizi, rediska va boshqa shunga oʻxshash isteʼmol qilinadigan ildizmevalar;

Barra (yangi) yoki sovutilgan bodringlar va sapcha bodringlar

5.

0708,

0713

Poʻchogʻi archilgan yoki archilmagan, barra (yangi) yoki sovutilgan dukkakli sabzavotlar;

Poʻchogʻi archilgan, urugʻ poʻsti archib tozalangan yoki tozalanmagan, yanchilgan yoki yanchilmagan quritilgan dukkakli sabzavotlar

6.

110100,

1104

Bugʻdoy uni yoki bugʻdoy-javdar uni;

1006-tovar pozitsiyasida koʻrsatilgan guruchdan tashqari boshqa usullarda qayta ishlangan (masalan, oqshoq yoki yanchilgan koʻrinishda poʻsti tozalangan, bosilgan, yorma qilib qayta ishlov berilgan, oqlangan) boshoqli donlar;

butun, yorma koʻrinishida bosilgan yoki yanchilgan boshoqli don murtagi

7.

1512

Kimyoviy tarkibi oʻzgartirilmagan holda tozalangan yoki tozalanmagan kungaboqar, maxsar yoki paxta moyi va ularning fraksiyalari

8.

170199

Oq va boshqa shakar

9.

1902

Issiqlik bilan ishlov berilgan yoki ishlov berilmagan, ichiga masalliq (goʻshtdan yoki boshqa mahsulotlardan) solingan yoki solinmagan, boshqa usulda tayyorlangan yoki tayyorlanmagan, shu kabi spagetti, makaronlar, ugra, lazanya, kletski, ravioli, kanneloni makaron mahsulotlari;

tayyorlangan yoki tayyorlanmagan kuskus

10.

2102103100,

2102103900

Xamirturush

11.

3005

Tibbiyot, xirurgiya, stomatologiya yoki veterinariyada qoʻllash uchun moʻljallangan, chakana savdo uchun shakl va oʻramlarda qadoqlangan yoki farmatsevtik moddalar shimdirilgan yoki qoplangan paxta, doka, bint va shunga oʻxshash buyumlar (masalan, bogʻlash materiallari, leykoplastirlar, priparkalar)

12.

3306

Ogʻiz boʻshligʻi yoki tish gigiyenasi vositalari, shu jumladan, tish protezlarini qotirish uchun kukunlar va pastalar;

chakana sotish uchun individual qadoqlangan tish oralarini tozalashda ishlatiladigan iplar (tish ipagi)

13.

3401,



3402

Sovun; tarkibiga sovun qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan, bruslar shaklidagi yoki qoliplangan buyumlar koʻrinishidagi sovun sifatida ishlatiladigan yuzaga faol taʼsir koʻrsatuvchi organik moddalar va vositalar;

suyuqlik yoki krem koʻrinishidagi va chakana sotish uchun qadoqlangan, tarkibiga sovun qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan, yuzaga faol taʼsir koʻrsatuvchi organik moddalar va terini yuvish vositalari;

Yuzaga faol taʼsir koʻrsatuvchi organik moddalar (sovundan tashqari); tarkibiga sovun qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan (3401-tovar pozitsiyasidan tashqari) yuzaga faol taʼsir koʻrsatuvchi moddalar, yuvish vositalari (shu jumladan, yordamchi yuvish vositalari) va tozalash vositalari

14.

3406000000

Shamlar, mumdan yasalgan ingichka shamlar va shunga oʻxshash buyumlar

15.

3605000000

Gugurtlar, 3604-tovar pozitsiyasidagi pirotexnika buyumlaridan tashqari

16.

4015110000,

4015190000

Vulkanizatsiyalangan rezinadan tayyorlangan qoʻlqoplar, ish qoʻlqoplari va mitenkalar

17.

480300,


4818

Oʻramlar yoki listlarda boʻlgan, krepirlangan yoki krepirlanmagan, gofralangan yoki gofralanmagan, bosib naqshlangan yoki bosib naqshlanmagan, teshilgan yoki teshilmagan, yuzasi boʻyalgan yoki boʻyalmagan qogʻozdan tayyorlangan hojatxona salfetkalari yoki yuz artish uchun salfetkalar, sochiqlar yoki xoʻjalik-maishiy yoxud sanitariya-gigiyena uchun moʻljallangan boshqa turdagi qogʻozlar, sellyuloza momigʻi va sellyuloza tolasidan mato;

Eni 36 sm dan oshmaydigan rulonlarda yoki oʻlcham yoxud shaklda kesilgan xoʻjalik-maishiy yoxud sanitariya-gigiyena uchun moʻljallangan hojatxona qogʻozi va shunga oʻxshash qogʻoz, sellyuloza momigʻi va sellyuloza tolasidan mato; xoʻjalik-maishiy, sanitariya-gigiyena yoki tibbiyot uchun moʻljallangan dastroʻmolchalar, kosmetik salfetkalar, sochiqlar, dasturxonlar, salfetkalar, choyshablar va shunga oʻxshash buyumlar, qogʻoz massasi, qogʻoz, sellyuloza momigʻi yoki sellyuloza tolasidan kiyim-kechak va unga tegishli buyumlar

18.

5603

Shimdirilgan yoki shimdirilmagan, qoplamali yoki qoplamasiz, dublirillangan yoki dublirillanmagan notoʻqima matolar

19.

9019200000

Ozon, kislorod va aerozol terapiyasi uchun sunʼiy nafas olish yoki boshqa terapevtik nafas oldirish apparatlari

20.

961900

Turli materiallardan tayyorlangan ayollarning gigiyenik prokladkalari va tamponlari, bolalar yoʻrgaklari va tagliklari hamda shunga oʻxshash buyumlar

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6324-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2021-y., 06/21/6324/0970-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2020-y., 06/20/5978/0393-son, 15.07.2020-y., 06/20/6027/1071-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2021-y., 06/21/6324/0970-son, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son; 11.04.2025-y., 06/25/65/0331-son)