23.03.2020 yildagi 176-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda mutasaddi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlarning muvofiqlashtirilgan faoliyatini tashkil etish, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi F-5537-son farmoyishi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) qarorlariga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dunyoning barcha davlatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar to‘xtatilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni, (respublikada doimiy istiqomat qiluvchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bundan mustasno), shuningdek, yo‘lovchi tashuvchi transport vositalarini (avtobus, yengil avtotransport va temir yo‘l transporti vositalari) O‘zbekiston Respublikasi hududiga barcha chegara o‘tkazish punktlari orqali kirib kelishi to‘xtatilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan shaxslarni 14 kun davomida maxsus ajratilgan tibbiyot muassasasi yoki karantin tadbirlarini tashkil etishga moslashtirilgan bazalar yoxud uy sharoitida karantinga olish talabi belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha ko‘ngilochar obyektlar, shu jumladan tungi klublar, diskoteka, restoran, kafe, oshxona, choyxona, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) markazlari va kompyuter o‘yinlari xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik faoliyati to‘xtatilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha turdagi ommaviy tadbirlar, shu jumladan bayram tadbirlari, xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari, shuningdek, teatr, kino va konsert dasturlari hamda to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishi (dafn marosimlari 10 — 15 kishidan ko‘p bo‘lmagan hollar bundan mustasno) to‘xtatilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat oliy ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, maktabdan tashqari va maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda barcha nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonlari to‘xtatilganligi va koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan boshqa bir qator choralar ko‘rilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida 2020-yil 24-mart soat 00.01 dan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib (keyingi o‘rinlarda — Tartib) joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koronavirus infeksiyasi asosan Toshkent shahri hududida aniqlanganligini inobatga olib va ushbu infeksiya respublikaning boshqa hududlariga tarqalishining oldini olish maqsadida boshqa hududlardan Toshkent shahriga kirish (avtobus, mikroavtobus, yengil avtotransport, aviaqatnovlar va temir yo‘l transporti vositalari orqali) to‘xtatiladi, bundan ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar, shuningdek, Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan holda Toshkent shahrida mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organlari va muassasalari (nodavlat tashkilotlarida — ish beruvchi tomonidan taqdim etiladigan tegishli ruxsatnoma asosida) xodimlari hamda yuk tashish bilan bog‘liq hollarda Toshkent shahriga kirish va chiqishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahriga kiruvchi va chiquvchi shaxslarda koronavirus infeksiyasi alomatlarini aniqlash bo‘yicha majburiy tibbiy nazorat o‘rnatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqichda Toshkent shahrida, keyinchalik bosqichma-bosqich Nukus shahri, viloyat va tuman markazlarida joylashgan barcha yirik dehqon bozorlari va savdo majmualari (supermarket, gipermarket va boshqalar) kirish-chiqish joylarini tegishli mutaxassislar bilan ta’minlagan holda teplovizorlar va antiseptik vositalar bilan jihozlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududiga xorijiy davlatlardan, shuningdek, Toshkent shahriga boshqa hududlardan kirib kelayotgan barcha transport vositalari, tovar va yuklarning majburiy ravishda dezinfeksiya qilinishi ta’minlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat idoralari va tashkilotlarida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari vakillarini qabul qilish hamda ularga davlat va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish imkon qadar “onlayn” rejimga o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar tomonidan Internet jahon axborot tarmog‘i va telefon aloqasi uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli ikki oy davomida o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarning asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni mehnat ta’tiliga chiqarish, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (“onlayn” rejimda yoki masofaviy tarzda) tashkil etish choralari ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy gvardiya va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi” (keyingi o‘rinlarda Sanepidqo‘m deb yuritiladi) bilan birgalikda ushbu bandning uchinchi xatboshisida belgilangan talablarga so‘zsiz rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin;
(2-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tartibning amal qilish davrida, zaruratga ko‘ra, qo‘shimcha yo‘l-patrul xizmati statsionar postlari va blok postlar tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlari yo‘l-patrul xizmati xodimlariga, istisno tariqasida, Tartib davrida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boshqarganlik uchun Sanepidqo‘m xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 291-moddasida belgilangan tartibda avtotransport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish yo‘li bilan ushlab turish huquqi berilsin.
(2-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qaror belgilangan tartibda ijro etilganidan yoxud ijrosi tugatilgandan so‘ng Sanepidqo‘m tomonidan beriladigan ma’lumotnoma asosida avtotransport vositasi jarima maydonchasidan olib chiqib ketiladi.
(2-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tartibning amal qilish davrida quyidagilar o‘rnatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) koronavirus infeksiyasi aniqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va xorijiy fuqarolar, shu jumladan 2020-yil yanvar — mart oylarida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan hududlarda bo‘lib, O‘zbekiston hududiga kirib kelgan shaxslar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qarorlariga, Sanepidqo‘m va epidemiyaga qarshi kurashishga jalb etilgan boshqa davlat tashkilotlarining qonuniy talablariga rioya etishga;
(3-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistonga qaytib kelganligi, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan hududlarda bo‘lgan vaqti va joyi to‘g‘risida zudlik bilan sog‘liqni saqlash organlariga ma’lumot berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zida kasallik alomatlari vujudga kelganda kasallik yuqishi mumkin bo‘lgan davrda muloqotda bo‘lgan shaxslar va harakatlanish yo‘nalishlari haqida zudlik bilan sog‘liqni saqlash organlariga ma’lumot berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14 kun davomida uyda yoki maxsus belgilangan joyda izolyatsiya sharoitida bo‘lishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya va epidemiyaga qarshi kurashish qoidalari va izolyatsiya rejimida bo‘lishga oid talablarga qat’iy rioya etish, shu jumladan tibbiy himoya vositalarini qo‘llash va jamiyatda bir-birlari orasida masofani saqlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sog‘liqni saqlash organlari tomonidan tayinlanadigan tibbiy tekshiruv va davolanishdan o‘tishga majburdirlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Sanepidqo‘m organlari tomonidan izolyatsiya qilinishi lozimligi haqida talab qo‘yilgan shaxslar bilan birga yashovchi shaxslar ham 14 kun davomida yoki Sanepidqo‘m organlari tomonidan belgilab berilgan muddat davomida uyda yoki maxsus belgilangan joyda izolyatsiya sharoitida bo‘lishga majburdirlar;
(3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) koronavirus infeksiyasini yuqtirgan yoki ushbu infeksiyani yuqtirganlikda gumon qilinib karantinga joylashtirilgan shaxslarga tegishli bo‘lgan mobil telefon, audio va video vositalar, bank kartalari hamda boshqa axborot tashuvchi buyumlar vaqtincha olib qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlar rahbarlari (ish beruvchilar) quyidagilarga rioya etishlari shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashrif buyuruvchi shaxslarni faqat tibbiy niqob va tibbiy vositalarni qo‘llagan holda kiritish tartibini majburiy joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish joylarida xodimlarning tana haroratini o‘lchash va tana harorati yuqori bo‘lgan xodimlarni ish joyida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ushbu xodimlar to‘g‘risida sog‘liqni saqlash organlariga zudlik bilan xabar yetkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanepidqo‘m organlarining talabnomasiga muvofiq koronavirus infeksiyasini yuqtirgan xodim bilan muloqotda bo‘lganlar haqida darhol ma’lumot berish, kasallangan shaxs bo‘lgan joylarni dezinfeksiyadan o‘tkazish choralarini ko‘rish;
(3-band “g” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarga izolyatsiya rejimida bo‘lishga oid talablarga rioya etishda ko‘maklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari Sanepidqo‘m va uning hududiy bo‘linmalari yoki boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish yo‘li bilan dezinfeksiya vositalari bilan ta’minlanadi;
(3-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilishi bilan bog‘liq barcha masalalarni muvofiqlashtiradi va zarur hollarda qo‘shimcha kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Transport vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy hokimliklar bilan birgalikda mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalar ijrosini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Koronavirus infeksiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) bajariladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n kun muddatda respublikada koronavirus infeksiyasining tarqalish darajasini tahlil qilgan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan tuzilgan shartnoma asosida nodavlat tibbiyot tashkilotlarida ushbu infeksiya bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha takliflarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda karantin guruhiga mansub bo‘lgan o‘ta xavfli va yuqumli kasalliklar infeksiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) o‘tkaziladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibini ishlab chiqsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda bir kun muddatda to‘lovlarni amalga oshirishning masofaviy shakllarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqib amaliyotga tatbiq etish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda xorijiy mamlakatlarda koronavirus infeksiyasiga qarshi qabul qilingan qonun hujjatlari, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shu jumladan tibbiyot sohasidagi yangi yondashuv hamda ixtirolar to‘g‘risida har kunlik ma’lumotni Komissiyaga taqdim etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga qarashli sanatoriy va boshqa sog‘lomlashtirish maskanlarida hamda davlat tasarrufidagi dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlari, mehmonxonalari negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 ta, viloyatlar va Toshkent shahrida 3 tadan 14 kunlik karantin tadbirlari uchun moslashtirilgan bazalar tashkil etilishi choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
karantinda saqlanayotgan shaxslarni bir-biridan ajratgan holda ular o‘rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining maksimal oldini olish imkonini beruvchi maxsus karantin obyektlari qurilishini qisqa muddatlarda ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiyaga joriy etilgan Tartibning amal qilish davrida quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koronavirus infeksiyasi aholi o‘rtasida tarqalishini oldini olishga qaratilgan zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlarining faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi navbatdagi dori vositalari, niqob va tibbiy buyumlarning (dezinfeksiya vositalari va boshqalar) aholiga qat’iy belgilangan narxlarda uzluksiz yetkazib berilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatni muntazam tahlil qilish va vaziyat barqarorlashgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Tartibning amal qilishini tugatish yuzasidan taklif kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Komissiyaga uning zimmasiga yuklatilgan qo‘shimcha vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tekshirish hamda nazoratni olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida aholi punktlari va hududlarda karantin tadbirlari hamda karantin joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlardan hujjatlar talab qilish hamda ularning rahbarlarini koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar bajarilishi to‘g‘risidagi axborotlarini Komissiya majlislarida eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslarining aybi (harakati yoki harakatsizligi) bilan koronavirus infeksiyasi avj olishiga yo‘l qo‘yilganda, ularni egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida yuqori turuvchi tashkilotlarga, shuningdek, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘rib chiqishi uchun kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Belgilansinki, Komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Tartibning amal qilish davrida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, istisno tariqasida, bojxona chegarasi orqali o‘tkazilayotgan zarur dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika, ularni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan materiallar va substansiyalar uchun “yashil” yo‘laklar tashkil qiladi va ushbu tovarlarga nisbatan bojxona bojlari undirilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika, ularni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan materiallar va substansiyalar uchun, istisno tariqasida, tenderlar yoki tanlov savdolari o‘tkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Tartibning amal qilish davrida aholining real daramodlarini barqarorligini ta’minlash maqsadida ishchilarga oylik ish haqlari uzluksiz va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlab borsin hamda respublikadagi bandlik darajasini tushib ketmaslik bo‘yicha aniq va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Sanepidqo‘m bilan birgalikda koronavirus infeksiyasini yuqtirgan yoki ushbu infeksiyani yuqtirganlikda gumon qilinib uy sharoitida karantinga joylashtirilgan shaxslar tomonidan karantin qoidalariga rioya qilinishi ustidan qat’iy va tizimli nazorat o‘rnatsin hamda karantin o‘tash davrida ushbu shaxslarni birinchi navbatdagi oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari, niqob va tibbiy buyumlar (dezinfeksiya vositalari va boshqalar) bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya Tartibning amal qilish davrida jamoat tartibini saqlash choralarini kuchaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorning maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmog‘ida keng tushuntirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mas’ul vazirlik va idoralarni jalb qilgan holda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat hamda joriy etilgan Tartib to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotlarni keng jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazib borilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish o‘z zimmamda qoldiraman.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 23-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
176-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 176-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus infeksiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) bajariladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom koronavirus infeksiyasi aniqlanganda yoxud gumon qilinganda davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan profilaktik hamda epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
karantin — ma’lum hududni koronavirus infeksiyasi tarqatuvchi manbadan muhofaza qilish va uni yo‘qotishga hamda koronavirus infeksiyasining bir joydan boshqa hududlarga tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan ma’muriy va sanitariya-epidemiologik tadbirlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
observator — karantin zonada bemor bilan muloqotda bo‘lmagan sog‘lom kishilarni saqlash uchun moslashtirilgan binolarda (maktab, mehmonxona, ma’muriy binolar, sihatgohlar, bolalarning yozgi dam olish oromgohlari va boshqalarda) tashkil etiladigan maxsus ajratiladigan joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gospital — koronavirus infeksiyasini yuqtirganlarni davolash uchun yuqumli kasalliklar shifoxonasi yoki boshqa tibbiyot muassasasi bazasida tashkil etilgan davolash muassasasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
provizor gospital — koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaxslarni saqlash va davolash uchun yuqumli kasalliklar shifoxonasi yoki boshqa tibbiyot muassasasi bazasida tashkil etilgan davolash muassasasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
izolyator — epidemiyaga qarshi rejimni ta’minlash uchun koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemor bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar joylashtiriladigan yuqumli kasalliklar shifoxonasi yoki boshqa alohida ajratilgan binolarning maxsus jihozlangan xonasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-karantin punktlari — Davlat chegaralarini quruqlikda (avtomobil va temir yo‘llari), havo va suv yo‘llari orqali kesib o‘tish joylaridagi chegara-bojxona majmualarida tashkil etiladigan ixtisoslashgan profilaktik muassasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemorlar aniqlanganda davlat organlari va boshqa tashkilotlarining harakatlanish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemorlar aniqlanganda harakatlanishning umumiy qoidalari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Sanepidqo‘m) va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari hamda barcha tibbiyot muassasalari koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemor aniqlanganda zarur tibbiy-sanitariya chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi.
(3-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Har bir tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida koronavirus infeksiyasi aniqlanganda tezkor reja asosida harakatga keltiriladigan maslahat, evakuatsiya va dezinfeksiya guruhlari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemor aniqlanganligi to‘g‘risida xabar kelganda, tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi rahbari tomonidan bemorni ko‘rikdan o‘tkazish uchun maslahat-evakuatsiya va dezinfeksiya guruhlari yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bemorni olib ketish uchun haydovchi joyi salondan ajratilgan va zich yopiladigan, maxsus (tez tibbiy yordam) avtotransport vositasi ajratiladi, guruh a’zolari tegishli shaxsiy himoya vositalarini kiygan holda bo‘lishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Infeksionist vrach bemorga birlamchi tashxis qo‘yish va ahvolini baholash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Epidemiolog vrach bemor bilan muloqotda bo‘lganlarni va uning harakatlanish yo‘nalishini aniqlash maqsadida epidemiologik surishtiruv o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dezinfeksiya guruhi infeksiya o‘chog‘ida yakuniy dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazadi. Bemorni olib kelgan avtotransport vositasi maxsus maydonchada dezinfeksiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bemorda koronavirus infeksiyasiga gumon tashxisi kasallikning klinik belgilari (tana haroratining me’yoridan yuqoriligi, quruq yo‘tal, holsizlanish, nafas siqilishi) va epidemiologik surishtiruv natijalariga asoslanib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Epidemiologik surishtiruv jarayonida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemik noxush bo‘lgan davlatda yoki hududda bo‘lganligi, shuningdek, yashash yoki ish joyida, safar davomida yuqori nafas yo‘llari infeksiyasi bilan og‘rigan yoki ushbu kasallikdan vafot etgan bemor bilan muloqotda bo‘lganligi aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Sanitariya-karantin punktlarining faoliyatini tashkil etish hamda ularda koronavirusga gumon qilingan bemor aniqlanganda harakatlanish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Chegara bojxona postlaridan o‘tayotgan yo‘lovchilar dastlab sanitariya-karantin punktlarida navbatchi xodimlar tomonidan tibbiy-sanitariya ko‘rigidan o‘tkazilgandan so‘ng chegara va bojxona xizmatlari nazoratidan o‘tkaziladi. Bu jarayonda koronavirus infeksiyasining belgilarini aniqlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaxs aniqlanganda bu haqda zudlik bilan Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punkti ma’muriyatiga, hududiy tibbiyot birlashmasi va Sanepidqo‘mning hududiy bo‘limiga xabar yetkaziladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaxs izolyatsiya qilinadi va zarur hollarda unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Bunda maslahat guruhi yetib kelgunga qadar Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punkti ma’muriyati tomonidan ushbu punkt faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sanitariya-karantin punktlari xodimlari shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda epidemiologik surishtiruv ishlarini o‘tkazib, mazkur shaxs bilan muloqotda bo‘lganlar (yo‘lovchi bilan birga kelgan va yaqin muloqotda bo‘lganlar, chegarachilar, tibbiyot xodimlari va boshqalar)ning ro‘yxatini tuzadilar hamda boshqa zarur ma’lumotlarni (kasallikning boshlanish vaqti, uning yashirin davrida qayerda bo‘lganligi, hududdagi epidemik vaziyat, kasallik belgilarining dinamikasi) aniqlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-karantin punktlari xodimlarining keyingi harakatlari maslahat guruhi ko‘rsatmalari asosida olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Maslahat guruhi epidemiologik surishtiruv natijalariga qarab, koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemorni provizor gospital (gospital)ga joylashtirish uchun evakuatsiya guruhini, shuningdek, sanitariya-karantin punktlarida dezinfeksiya ishlarini olib borish uchun dezinfeksiya guruhini chaqirtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Chegaradan kirib kelishda tibbiy-sanitariya tartib-taomillari Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalariga binoan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemor sanitariya-karantin punktlarida aniqlanganda:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bemor koronavirus infeksiyasiga gumon qilinganda, darhol sanitariya-karantin punkti izolyatoriga joylashtiriladi hamda bu to‘g‘risida ushbu Nizomga ilovada belgilangan tartibda Sanepidqo‘mning tuman (shahar) bo‘limi rahbariga xabar beriladi;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-karantin punktlarining tibbiyot xodimi shaxsiy himoya vositalarini (kombinezon, etik, tibbiy niqob, ko‘zoynak va qo‘lqop) kiygan holda tegishli tadbirlarni davom ettiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanepidqo‘mning tuman (shahar) bo‘limi rahbari infeksiya o‘chog‘iga shaxsiy himoya vositalari va texnika bilan ta’minlangan evakuatsiya (infeksionist, epidemiolog, shoshilinch tibbiy yordam xizmati vrachi va o‘rta tibbiyot xodimi) hamda dezinfeksiya (dezinfeksiya shifokori va dezinfektor) guruhlarini yuboradi;
(15-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
epidemiolog vrach epidemiologik surishtiruv ishlarini olib boradi hamda bemor bilan muloqotda bo‘lganlarni aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dezinfeksiya guruhi infeksiya o‘chog‘ida yakuniy dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
evakuatsiya guruhi bemorni boks palatalari bo‘lgan maxsus ajratilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot muassasasi xodimlari bemordan laboratoriya tekshiruvi o‘tkazish uchun namunalar oladi va virusologiya laboratoriyasiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Koronavirusga gumon qilingan bemor uyda va tibbiyot muassasasida aniqlanganda harakatlanish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Koronavirusga gumon qilingan bemor uyda aniqlanganda:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot xodimi bemorni uyida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, koronavirus infeksiyasiga gumon qilgan hollarda, ushbu Nizomga ilovada belgilangan tartibda darhol o‘zi ishlayotgan tibbiyot muassasasi rahbariga, rahbar esa, Sanepidqo‘mning tuman (shahar) bo‘limi hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga xabar beradi;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi rahbari infeksiya o‘chog‘iga kombinezon, etik, tibbiy niqob, ko‘zoynak va qo‘lqopdan iborat shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan tibbiyot xodimlari guruhini va tez tibbiy yordam mashinasini yuboradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanepidqo‘mning tuman (shahar) bo‘limi bosh vrachi bemorning uyiga tuman epidemiolog vrachi va dezinfeksion guruhni yuboradi;
(16-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
epidemiolog vrach epidemiologik surishtiruv ishlarini olib boradi hamda bemor bilan muloqotda bo‘lganlarni va bemorning harakatlanish yo‘nalishini aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dezinfeksiya guruhi infeksiya o‘chog‘ida yakuniy dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bemordan laboratoriya tekshiruvi o‘tkazish uchun namunalar tibbiyot muassasalari tomonidan olinib, virusologiya laboratoriyasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemor tibbiyot muassasasida aniqlanganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan barcha bemorlar muassasaga kirish eshigi oldida yoki qabul bo‘limida filtrdan o‘tkaziladi, tana harorati yuqori, nafas siqishi hamda yo‘talga shikoyati aniqlanganlar izolyatorga joylashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemor aniqlanganda, shifokor boshqa bemorlarni qabul qilishni to‘xtatadi va ushbu Nizomga ilovada belgilangan tartibda zudlik bilan bemor haqida tibbiyot muassasasi rahbariga, u esa, Sanepidqo‘mning tuman (shahar) bo‘limiga xabar beradi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi shoshilinch xabarnoma yuboradi;
(17-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanepidqo‘mning tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i bemorning uyiga tuman epidemiolog vrachi va dezinfeksiya guruhini yuboradi;
(17-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bemorni qabul qilayotgan shifokor shaxsiy himoya vositalarini kiyib, evakuatsiya va dezinfeksiya guruhlari kelgunga qadar davolash profilaktika muassasasida qoladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dezinfeksiya guruhi yoki tibbiyot muassasasi o‘zining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda infeksiya o‘chog‘ida joriy dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dezinfeksiya guruhi bemorning uyida yakuniy dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bemorga aniq birlamchi tashxis qo‘yish maqsadida infeksionist vrach uni ko‘rikdan o‘tkazadi va surishtiruv ishlarini olib boradi, bemor ko‘rikdan o‘tkazilganidan keyin, evakuatsiya guruhi uni boks palatalari bo‘lgan maxsus ajratilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib ketadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bemor bilan muloqotda bo‘lgan tibbiyot xodimlari va bemorning oila a’zolari bemor alohidalangan kundan boshlab, 14 kun davomida karantinga olinadi, agar ular orasida koronavirus infeksiyasining belgilari paydo bo‘lsa, ular gospitalga yotkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bemorni olib kelgan avtotransport vositasi yuqumli kasalliklar shifoxonasining maxsus maydonchasida dezinfeksiya qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bemordan laboratoriya tekshiruvi o‘tkazish uchun namunalar olinib, virusologiya laboratoriyasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaxslar uchun karantin belgilash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Koronavirus infeksiyasini yuqtirish xavfi darajasiga qarab, koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda va muloqotda bo‘lgan shaxslarga bo‘linadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda bo‘lgan shaxslar doirasiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan bitta xonadonda yashagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan bevosita jismoniy muloqotda (qo‘l siqish, quchoqlashish) bo‘lgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan muloqotda (masalan, yo‘talayotganda) himoyalanmagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan 2 metrdan kam masofada 15 daqiqadan ko‘proq vaqt davomida yuzma-yuz bo‘lgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15 daqiqa yoki undan ko‘proq vaqt 2 metrdan kam masofada koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan birga yopiq joyda (sinf xonasida, yig‘ilish xonasida, kasalxona kutish xonasida va boshqalar) bo‘lgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy mutaxassis yoki koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxsni bevosita parvarishlashni amalga oshiruvchi boshqa shaxs yoki shaxsiy himoya vositalarisiz yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzgan holda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxsning bionamunalari bilan ishlagan laboratoriya mutaxassislari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
samolyotda, shaharlararo avtobusda, poyezdda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxsdan har qanday yo‘nalishda ikki o‘rindiq oralig‘ida yoki bitta kupeda (poyezdda) bo‘lgan, shuningdek, koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs uchib ketgan samolyotda xizmat ko‘rsatgan ekipaj a’zolari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda bo‘lgan shaxslar provizor gospital yoki izolyatorga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar doirasiga koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan bir samolyotda, poyezdda, avtobusda bo‘lgan, ammo ular bilan yaqin muloqot qilmagan shaxslar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar uy karantinida saqlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarning yashash joyida uy sharoitida izolyatsiya qilish uchun sharoitlar bo‘lmagan taqdirda, ularning karantinga olinishi mahalliy hokimliklar tomonidan ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan yoki ushbu infeksiyani yuqtirganlikda gumon qilinib karantinga joylashtirilgan shaxslarga tegishli bo‘lgan mobil telefon, audio va video vositalar, kredit kartalari hamda boshqa axborot tashuvchi buyumlar vaqtincha olib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda vaqtinchalik olib qo‘yilgan buyumlar shaxs infeksiya yuqishi mumkin bo‘lgan davrda muloqotda bo‘lgan shaxslar va borgan joylarini aniqlash maqsadida o‘rganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtinchalik olib qo‘yilgan buyumlar shaxs davolash muassasasidan chiqayotgan vaqtda o‘ziga qaytarib beriladi yoki uning yaqin qarindoshlari yoxud vakillariga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtinchalik olib qo‘yilgan buyumlarni saqlash (qo‘riqlash) tegishli davolash muassasasi tomonidan ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalari bilan birgalikda tashkillashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar hamda ular bilan yaqin muloqotda va muloqotda bo‘lgan shaxslarni karantinda saqlash muassasalariga yetkazish maxsus transport vositalarida (avtobus, mikroavtobus) amalga oshiriladi, bunda haydovchi o‘rindig‘i salondan ajratilishi, dezinfeksiya jihozlarlari va uskunalari, himoya niqoblari, tibbiy chiqindilarni bir martalik yig‘ish vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Maxsus transport vositalari har bir tashishdan oldin va keyin maxsus ajratilgan maydonchada yuviladi va dezinfeksiyalanadi, ishchilarning himoya va ish kiyimlari tashish yakuniga ko‘ra rejim bo‘yicha dezinfeksiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Gospitalda, provizor gospitalda va izolyatorda har kuni joriy dezinfeksiya, ular bo‘shatilgandan keyin esa yakuniy dezinfeksiya ishlari olib borilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Karantin joyida muloqotda bo‘lgan shaxslarni, tashrif buyuruvchilar, transport vositalari kirishlari va chiqishlari, buyumlar, mahsulotlar va boshqalarni olib kirishni va olib chiqishni qat’iy nazorat qilish uchun Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tomonidan kechayu-kunduz qo‘riqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan muloqotda bo‘lib, karantinda saqlanayotgan shaxslar orasida koronavirus infeksiyasi bor boshqa shaxs aniqlansa, u gospitalga olinadi hamda qolgan shaxslar uchun karantin muddati qaytadan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan muloqotda bo‘lib, karantinda saqlanayotgan shaxslar orasida karantin muddatida koronavirus infeksiyasi bor shaxslar aniqlanmasa ular davolash muassasasidan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar davolash muolajalaridan so‘ng koronavirus infeksiyasidan tuzalsa hamda bu tegishli laboratoriya tekshiruvlari natijalari bilan tasdiqlansa, shaxs davolash muassasasidan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Bemor uyiga javob berilishi oldidan u sanitariya ishlovidan o‘tkaziladi. Gospitalda bemorlarning uyiga javob berish tartibi yuqumli kasalliklar bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyruqlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Karantin davrida tashkil etilgan gospital, provizor gospital, izolyator va observator kabi muassasalar faoliyati Respublika, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxar epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyalarining tegishli qarori bilan tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus infeksiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) bajariladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus infeksiyasiga gumon qilinganda shoshilinch xabar berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2020-y., 09/20/176/0358-son, 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)