Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5647-son va 2019-yil 9-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xoʻjaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5890-son farmonlariga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 20-mart,
PF-5971-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-son Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 7-noyabrdagi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasini tuzish toʻgʻrisida”gi PF-982-son Farmoni 3-bandida:
birinchi xatboshidagi “davlat-aksionerlik kompaniyasining” soʻzlari “Aksiyadorlik jamiyatining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi va oltinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“temir yoʻl transportini kompleks rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-texnik yutuqlar, yangi texnika va texnologiyalar, investitsiya dasturlarini ishlab chiqish va temir yoʻl transportida joriy etish;
sarf-xarajatlarni kamaytirish va foydalanuvchi mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirishni hisobga olgan holda yuk, yoʻlovchi, pochta va bagajni tashishga oid tariflarni (tarif stavkalarini) ishlab chiqish va vakolatli organlar bilan kelishish”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5066-son Farmoni 5-bandida:
ikkinchi xatboshidan “daryo transporti” soʻzlari chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi, shuningdek, ichki suv yoʻllarida kichik hajmli kemalarning xavfsiz suzishini taʼminlashga qaratilgan boshqa tadbirlarni tashkil qilish va amalga oshirish”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5270-son Farmonida:
11-banddagi “Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi” soʻzlari “Transport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilovaning 40-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi” soʻzlari “Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi reglamentiga 2-ilovaning rus tilidagi matnida:
a) “Ministerstva” boʻlimi quyidagi mazmundagi 451-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
| “ |
451. |
Ministerstvo transporta |
1 |
”; |
b) “Gosudarstvennie komiteti” boʻlimidan 53-pozitsiya chiqarib tashlansin;
v) “Agentstva” boʻlimining 59-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
| “ |
59. |
Agentstvo grajdanskoy aviatsii pri Ministerstve transporta |
1 |
”; |
g) “Komiteti” boʻlimi quyidagi mazmundagi 661-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
| “ |
661. |
Komitet po avtomobilnim dorogam pri Ministerstve transporta |
1 |
”; |
d) “Gosudarstvennie inspeksii” boʻlimida:
73-pozitsiya chiqarib tashlansin;
74-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
| “ |
74. |
Inspeksiya po nadzoru za bezopasnostyu jeleznodorojnix perevozok pri Ministerstve transporta |
1 |
”; |
79-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
| “ |
79. |
Inspeksiya po kontrolyu za kachestvom dorojno-stroitelnix rabot pri Ministerstve transporta |
1 |
”. |
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5584-son Farmonida:
a) 1-bandning oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
b) 4-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzaeronavigatsiya” DK” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “Oʻzaeronavigatsiya” Markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzaeronavigatsiya” DUK)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
g) 10-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Transport vazirligi va “Uzbekistan Airports” AJ Jahon banki guruhini jalb qilgan holda”;
d) 11-bandda:
“a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)”;
“v” kichik bandi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda, Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan tranzit foydalanishda koʻrsatilgan aeronavigatsiya xizmatlari uchun xorijiy aviakompaniyalarning kechiktirilgan debitor qarzdorligini undirish imkoniyati boʻlmaganda,” Oʻzaeronavigatsiya” DUK kechiktirilgan debitorlik qarzdorlik uchun jarima sanksiyalarini qoʻllashdan keyingi 12 oy muddatga ozod qilinsin”;
j) 14-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Agentlik, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxs tashkil etmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligini rivojlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin”;
“a” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “Davavianazorat” soʻzi “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
z) 21-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasini” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
i) 3-ilovaning 17-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Uljayev T.E. — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori”.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini” Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5635-son Farmoniga 3-ilovaning “Masʼul vazirlik va idoralar” ustuni 2.2-pozitsiyasining “Transport infratuzilmasi” satri quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Transport vazirligi, “Uzbekistan airways” AJ, “Uzbekistan airports” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ”.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5647-son Farmoniga ilovaning “I. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi” boʻlimi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-apreldagi “Qozogʻiston Respublikasi bilan ikki tomonlama mahsulot ayirboshlashni oshirish boʻyicha integratsiyalashuv jarayoni va chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-332-son qaroriga ilovaning rus tilidagi matni 6.2-pozitsiyasi “Organ, otvetstvenniy za ispolneniye” ustunidagi “Uzbekskoye agentstvo avtomobilnogo i rechnogo transporta” soʻzlari “Mintrans” soʻzi bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi “Aholiga transport xizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2724-son qarorida:
2-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Transport vazirligi zimmasiga yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish madaniyati va sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan kompleks amaliy chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi va tizimli asosda amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish vazifasi yuklansin, quyidagilar vazirlikning qoʻshimcha funksiyalari etib belgilansin”;
3-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-ilovaga muvofiq 2017 — 2021-yillarda yangi avtobuslar sotib olish parametrlari”;
3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2750-son qaroriga 3-ilovaning 65-pozitsiyasi “Masʼul organlar” ustunidagi “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (Ismailov V.V.)” soʻzlari “Transport vazirligi (Dehqonov D.T.)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi vazirlik, idora va tashkilotlari formali kiyimini ishlab chiqish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2800-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matni 6-pozitsiyasi “Vedomstvennaya formennaya odejda” boʻlimidagi “Uzbekskoye agentstvo avtomobilnogo transporta” soʻzlari “Ministerstvo transporta Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-dekabrdagi “2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3422-son qarorida:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor tashkilotlar rahbarlari zimmasiga Dasturda belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar toʻla hajmda va oʻrnatilgan muddatlarda sifatli amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin”;
b) 1-ilovaning rus tilidagi matni 1-pozitsiyasi “Otvetstvennie ministerstva i vedomstva” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ministerstvo investitsiy i vneshney torgovli (Umurzakov), MID, AO “Uzbekiston temir yullari” (Xasilov), GTK (Musayev), Ministerstvo transporta (daleye — Mintrans) (Maxkamov), Komitet po avtomobilnim dorogam (Abduvaliyev)”;
v) 2-ilovaning rus tilidagi matnida:
1-banddan “ — predsedatel pravleniya AO “Uzbekiston temir yullari”” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Umurzakov S.U. — zamestitel Premyer-ministra Respubliki Uzbekistan — ministr investitsiy i vneshney torgovli, zamestitel rukovoditelya rabochey gruppi
3. Abidov Sh.A. — zaveduyushiy sekretariatom Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan”;
11 va 12-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Maxkamov I.R. — perviy zamestitel ministra transporta
12. Abduvaliyev A.A. — zamestitel ministra transporta — predsedatel Komiteta po avtomobilnim dorogam pri Ministerstve transporta”;
13-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3589-son qarorida:
b) 7-bandda:
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
beshinchi-oltinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi-uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 8-banddagi “Oʻzavtotrans” agentligi” soʻzlari “Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 9-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzavtotrans” agentligi boshligʻi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 12-bandda:
birinchi xatboshidagi “Oʻzavtotrans” agentligi boshligʻiga” soʻzlari “Transport vaziriga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Oʻzavtotrans” agentligi” soʻzlari “Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 13-banddagi “Oʻzavtotrans” agentligiga” soʻzlari “Transport vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 14-bandning birinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “Oʻzavtotrans” agentligi” soʻzlari “Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 15-bandda:
birinchi xatboshisidagi “Oʻzavtotrans” agentligi” soʻzlari “Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
i) 1 — 5 va 5a-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “2018 — 2022-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida avtomobil koʻpriklari, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash Dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-3632-son qarori 5-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Obod mahalla” dasturining asosiy parametrlarini tasdiqlash va ularning ijrosini taʼminlash masalalari toʻgʻrisida”gi PQ-3812-son qarori 12-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi bajariladigan yoʻl-qurilish ishlarining sifati va nazoratini oʻrnatilgan tartibda taʼminlasin”.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3973-son qaroriga 3-ilovaning 10-pozitsiyasi “nomlanishi” ustunidagi “Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi” soʻzlari “Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-noyabrdagi “Avtomobil yoʻllarini qurish va ulardan foydalanish sohasida ishlarni tashkil etishning ilgʻor xorijiy uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4035-son qaroriga ilovada:
a) 5-pozitsiyada:
“Tadbirlar” ustunidagi “Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼul ijrochilar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Tashqi ishlar vazirligi”;
b) 7-pozitsiya “Masʼul ijrochilar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qurilish vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi”;
v) 12-pozitsiya “Masʼul ijrochilar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi”;
g) 24 va 25-pozitsiyalar “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4059-son qaroriga 2-ilovada:
10-pozitsiya “Ishlab chiquvchilar” ustunidagi “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” soʻzi “Oʻztemiryoʻlnazorat” soʻzi bilan almashtirilsin;
25-pozitsiya “Yordamchi ijrochilar” ustunidagi “Avtomobil transporti agentligi” soʻzlari “Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi PQ-4086-son qarori 25-bandi “b” kichik bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika yoʻl jamgʻarmasi)ni Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tasarrufiga oʻtkazish hamda:
yoʻl xoʻjaligi sohasidagi qurilish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlash boʻyicha manzilli dasturlarni moliyalashtirish va kelishish, shuningdek, avtomobil yoʻllaridan foydalanish va saqlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, uning hududiy bosh boshqarmalari, tuman yoʻllardan foydalanish korxonalari, yoʻllardan muntazam foydalanish korxonalari, koʻpriklardan foydalanish korxonalari, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasini saqlash funksiyalarini Moliya vazirligi zimmasiga yuklash;”.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4143-son qarorida:
a) 1-banddan oltinchi va yettinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
b) 2-bandning ikkinchi xatboshisidan “, shuningdek, Vazirlik huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 3-bandda:
beshinchi xatboshidan “Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisining,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi”;
oltinchi — oʻninchi xatboshilar tegishincha yettinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
g) 6 va 7-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi “Obod qishloq” dasturini 2019-yilda amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4201-son qarori 9-bandida:
uchinchi xatboshidagi “muhandislik-transport” soʻzlari “muhandislik” soʻzi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“avtomobil yoʻllarini oʻz vaqtida va sifatli qurish hamda taʼmirlash yuzasidan — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi zimmasiga”;
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-yanvardagi “Oʻzbekiston Milliy aviakompaniyasini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi PF-326-son Farmoni.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 4-iyundagi “Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chiqarish va boshqaruvni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-2871-son Farmoni.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3136-son qarori.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3221-son qarori.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3221-sonli qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi PQ-3903-son qarori.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-sonli Farmon) PQ-3936-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)