Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3221-sonli qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekistan Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-sonli Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3221-sonli qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar ikki oy muddatda oʻzlari kabul kilgan avvalgi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchkorov va Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi D.B. Axmedov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 8-avgust,
PQ-3903-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PQ-3903-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3221-sonli qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 6-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti”.
2. 4-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 07/20/3903/0912-son)