O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5630-son Farmoni, 2019-yil 14-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4112-son va 2019-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4127-son qarorlariga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 18-mart,
PF-5968-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-son Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PF-5185-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi III bo‘limining 3-bandidan “va davlatning ishonchli vakillari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PF-5468-son Farmoni 9-bandining ikkinchi xatboshisidan “, shuningdek, davlatning ishonchli vakillari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi PF-5515-son Farmonida:
17-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” so‘zlari “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-ilovaning rus tilidagi matni 19-pozitsiyasi “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Sentr po koordinatsii i razvitiyu rinka sennix bumag” so‘zlari “Agentstvo po razvitiyu rinka kapitala” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 9-oktabrdagi “Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2048-son qarorida:
5-bandning birinchi xatboshisidan “, aksiyadorlik va unitar transport tashkilotlari” va “2-ilovaga muvofiq” so‘zlari chiqarib tashlansin;
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 27-fevraldagi “Montaj va maxsus qurilish ishlarini tashkillashtirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2136-son qarori rus tilidagi matnida:
3 va 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Opredelit, chto AK “Uzmaxsusmontajkurilish” yavlyayetsya pravopreyemnikom po pravam i obyazatelstvam assotsiatsii “Uzmontajspetsstroy”.
4. Odobrit osnovnuyu spetsializatsiyu i territorialnie zoni deyatelnosti montajnix i spetsialnix stroitelnix organizatsiy, vxodyashix v sostav AK “Uzmaxsusmontajkurilish”, soglasno prilojeniyu № 3”;
1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2340-son qarori 6-bandida:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 7-apreldagi “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi ixtisoslashtirilgan “O‘zagroeksport” tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2515-son qarorida:
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. “O‘zagroeksport” kompaniyasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq ma’qullansin”;
5-ilovaning rus tilidagi matni nomlanishidan “predpriyatiy i” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomning rus tilidagi matni 9-bandining 7-kichik bandida:
yigirma birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yigirma ikkinchi xatboshi yigirma birinchi xatboshi deb hisoblansin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-noyabrdagi “Paxtachilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3408-son qarorida:
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. “O‘zpaxtasanoat” AJning tarkibiga kiruvchi korxonalar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin”;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-avgustdagi PF-197-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2022-y., 06/22/197/0765-son)
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-sentabrdagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyani tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3947-son qarori 6-bandida:
“b” kichik banddan “va lotereyalar tashkil etishni” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF-6280-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim hujjatlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” gi PF-3358-son Farmoniga ilovaning V bo‘limi 1-bandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-4045-son Farmoniga ilovaning 2-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-4561-son Farmoniga 1-ilovaning 12, 16 va 17-bandlari.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5197-son Farmoniga ilovaning 2-bandi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi PF-5207-son Farmoniga ilovaning 5-bandi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-5250-son Farmoniga ilovaning 9-bandi “a” kichik bandi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5329-son Farmoniga 1-ilovaning 13-bandi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5447-son Farmoniga 1-ilovaning 10, 12, 27, 28-bandlari va 30-bandi “b” kichik bandi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5607-son Farmoniga 1-ilovaning 2-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-iyuldagi “Davlat aktivlariga ega ayrim yirik aksiyadorlik kompaniyalari kengashlarining tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-424-son qarori.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-avgustdagi “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-446-son qarori 2-bandi va 3-bandining uchinchi xatboshisi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 8-sentabrdagi “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-461-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 30-oktabrdagi “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va moliyaviy-iqtisodiy jihatdan sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-500-son qarori 2-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-sentabrdagi PF-139-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 9-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va moliyaviy-iqtisodiy jihatdan sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 30-oktabrdagi PQ–500-sonli qaroriga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-668-son qarori.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 7-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-1199-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 20-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-1340-son qarori.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 21-dekabrdagi “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2454-son qarori 1 va 2-bandlari.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-iyuldagi “Elektr energetika sohasida ilmiy-texnikaviy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2559-son qarori 3-bandi hamda qarorga 1 — 3-ilovalar.
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2658-son qarori 2-bandi hamda qarorga 1b, 1v, 4 va 5-ilovalar.
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 9-oktabrdagi PQ-2048-sonli qaroriga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi PQ-2787-son qarori.
26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2884-son qarori 3 va 4-bandlari hamda qarorga 1, 2-ilovalar va 5-ilovaning 1-bandi.
27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2897-son qarori.
28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2972-son qarori 1 — 3-bandlari hamda qarorga 1 — 3-ilovalar.
29. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “2017 — 2021-yillarda avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3028-son qarori 4 va 16-bandlari hamda qarorga 3 — 5-ilovalar.
30. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuvini yanada ko‘paytirish va investitsion faolligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 16-oktabrdagi PQ-986-sonli qaroriga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-3076-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
31. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi “Neft-gaz tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3107-son qaroriga 17-ilovaning 2-bandi “a” kichik bandi.
33. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3277-son qarori 4 va 6-bandlari hamda qarorga 1 va 2-ilovalar.
34. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi “Olmaliq KMK” AJning boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3280-son qarori 2 va 3-bandlari hamda qarorga 1 va 2-ilovalar.
35. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-3310-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
36. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3317-son qarori 3-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari hamda qarorga 2 va 3-ilovalar.
37. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-noyabrdagi “O‘zbekko‘mir” AJ va “Sharg‘unko‘mir” AJni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibiga o‘tkazish hamda ko‘mir sanoati korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish borasidagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3380-son qarori 3-bandi hamda qarorga 1-ilova.
39. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-sentabrdagi “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3929-son qarori 5 va 6-bandlari hamda qarorga 1, 2-ilovalar va 3-ilovaning 2-bandi.
40. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kimyo sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3983-son qaroriga 3-ilovaning 1 va 3-bandlari.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son; 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son; 24.08.2022-y., 06/22/197/0765-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)